“turmush qurgan yosh kelinlarni oilaviy hayotga tayyorlash” bo ...

269
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAHALLA VA OILANI QO‘LLAB- QUVVATLASH VAZIRLIGI “TURMUSH QURGAN YOSH KELINLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH” BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA TOSHKENT – 2021 “MAHALLA VA OILA” ILMIY TADQIQOT INSTITUTI

Transcript of “turmush qurgan yosh kelinlarni oilaviy hayotga tayyorlash” bo ...

O‘ZBEKISTON

RESPUBLIKASI MAHALLA VA OILANI QO‘LLAB-

QUVVATLASH VAZIRLIGI

“TURMUSH QURGAN YOSH KELINLARNI

OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH”

BO‘YICHA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

TOSHKENT – 2021

“MAHALLA VA OILA” ILMIY TADQIQOT

INSTITUTI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAHALLA VA OILANI

QO‘LLAB-QUVVATLASH VAZIRLIGI

“MAHALLA VA OILA” ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

“TASDIQLAYMAN” “Mahalla va oila”

ilmiy tadqiqot instituti direktori

_________ N.M.Egamberdiyeva “_____”__________ 2021-yil

TURMUSH QURGAN YOSH KELINLARNI

OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH BO‘YICHA

O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Umumiy o‘quv soati - 40

Shu jumladan: 30 soat ma’ruza

10 soat amaliy mashg‘ulot

TOSHKENT – 2021

Bugungi kunda oilani mustahkamlash, oila manfaatlarini himoya qilish

davlat ahamiyatiga molik ustuvor vazifa sanaladi. Shunga ko‘ra, zamonaviy

yoshlarni oilaviy hayotga maqsadli tayyorlash taqozo etiladi. Shu jumladan

kelinlik va kuyovlikka nomzod yoshlarga nikoh, oila, oila a’zolarining o‘zaro

munosabatlari, oila tutish sirlari, er-xotinlik munosabatlari kabi masalalar

yuzasidan bilimlarni o‘rgatish ham taqozo etiladi. Eng muhim masalalardan biri

bu – qizlarni kelinlikka tayyorlashdir. Kelinlik mahorati mavjud. Uning sirlari

mavjud. Mana shu an’anaviy va umumbashariy bilimlarni bugungi avlodlarga

yetkazish, avlodlar uzviyligini ta’minlash, kelinlik an’analarining zamonaviy

qirralarini yoritish muhimdir.

O‘QUV-USLUBIY MAJMUA O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani

qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti

granti asosida tayyorlandi. Kitob muhalla fuqarolik yig‘inlari faollari va xodimlari,

oilaviy munosabatlarga kirayotgan yoshlar, ota-onalar, xotin-qizlar, yoshlar

ishlari bilan shug‘ullanuvchi mutasaddilar, shuningdek mazkur mavzuga va

sohaga qiziqqan barcha kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.

Mualliflari:

Norqulov H.D. – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

To‘ychiyeva G.U. – filologiya fanlari doktori (DSc)

Mas’ul muharrir: Egamberdiyeva N. - pedagogika fanlari doktori, professor

Taqrizchilar: O.Jamoldinova - pedagogika fanlari doktori, professor

R.Ismoilova – psixologiya fanlari nomzodi, dotsent

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy kengashining

2021-yil 7- apreldagi 4-son majlisida muhokama qilingan va nashrga tavsiya

etilgan.

MUNDARIJA

I. Kirish……………………………………………………………………..4

II. O‘quv kursi dasturi…………………………………………….............12

III. Nazariy mashg‘ulot materiallari………………………………….......27

IV. Amaliy mashg‘ulot materiallari………………………………………

V. Glossariy………………………………………………………............

VI. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati……………………………..…...

KIRISH Oila jamiyatning mustahkam poydevori, davlatning harakatlantiruvchi

kuchidir. Shunga ko‘ra oila mavqei va oilaviy munosabatlar masalasi doimo

davlat e’tiborida bo‘lib kelgan. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda “Oila – kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, vatan tinch bo‘ladi”.

O‘zbekiston Respublikasida oila institutini muhofaza qilish va

mustahkamlashga oid davlat siyosati jamiyatimizning asosi bo‘lgan oilani

qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan maqsadlar, tamoyillar, vazifalar, ustuvor

yo‘nalishlar majmuiga teng keladi. Oilaga doir an’anaviy milliy, umumbashariy

an’analar va qadriyatlarning saqlanishi, oila nufuzini ko‘tarish, ota-onalik

martabasini oshirish, oilada kechadigan muammolar profilaktikasini

kuchaytirish, oilalar hayot shart-sharoitlari va turmush darajasini oshirish, oila

oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishga yoshlarni o‘rgatish muhim

ahamiyat kasb etadi.

O‘zbek mahallasining asosiy bo‘g‘inlaridan biri bu oila sanaladi. Oilani

muqaddas deb bilish, uni asrab avaylash, oila manfaatlarini ustun deb qarash,

oilada farzand tarbiyasi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish millatimizning

azaliy an’analaridan sanalgan. Shunga ko‘ra, mazkur o‘quv kursi manzilli

tarzda turmush qurgan yosh kelinlarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida

yozilgan.

Xotin-qizlarning har biri yosh kelinlik davridan o‘tadi. Bu davr qizlarimiz

hayotidagi keskin ulg‘ayish, mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olish, hozirjavoblik, mehr

va muruvvat ko‘rsatish, mehnatga tayyorlik, yangi sharoitlarga ko‘nikish, yangi

makonda o‘z o‘rnini topish va ijtimoiy makondan chiqib ketmaslik davridir.

Mana shu jarayonda qizlarning bir ijtimoiy makondan ikkinchisiga o‘tishdagi

turli muammolari va savollariga ilmiy-nazariy tasdiqlangan javoblarni berish

muhim. Turmush qurgan yosh kelinlarni yangi oiladagi oilaviy muhitga iqtisodiy,

ijtimoiy, ma’naviy va psixologik-ruhiy jihatdan tayyorlash zarur. Shunga ko‘ra,

mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun “Turmush qurgan yosh kelinlarni

oilaviy hayotga tayyorlash” bo‘yicha o‘quv uslubiy majmuasi (dasturi)

tayyorlandi.

Zamonaviy hayot turli, jumladan iqtisodiy, ma’naviy, mafkuraviy, atrof-

muhit, shaxslararo muammo va murakkabliklari bilan yoshlarning hayot tarzini

tashkil qilish masalasiga ma’lum talablar qo‘yadi. Mazkur o‘zgarishlar yosh

kelinlar hayotida juda katta o‘rin tutadi. Chunki ular o‘zlari o‘rgangan oila va

integratsiya qilingan hayot tarzini yangi oilada tubdan o‘zgartiradi. Bu esa

ularga juda katta talablar qo‘yadi. Mana shu talablarni o‘zlashtirish va ularga

tayyor turish baxtli oila qurishni ro‘yobga chiqarish uchun bevosita ijobiy ta’sir

ko‘rsatadi. Shu bois, turmushga chiqqan yosh kelinlarni oilaviy turmushning

barcha jihatlari bilan tanishtirish va ular tayyorligini ta’minlash muhimdir.

Oilani mustahkamlash yo‘nalishlaridan biri bu, turmush qurgan yosh

kelinlarni oilaviy hayotga tayyorlashdir. Oilaviy hayot masalalari bugungi kunda

“Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat asosidir” g‘oyasi negizida tashkil qilinmoqda.

Oila iqtisodi esa uning farovonligi zaminidir.

“Turmush qurgan yosh kelinlarni oilaviy hayotga tayyorlash” o‘quv

kursining maqsadi – yangi turmushga chiqqan juvonlarni oilaviy hayotga har

tomonlama tayyorligini oshirish, oilaviy turmush borasidagi ularning bilimlari,

ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ularning oilaga ma’naviy, axloqiy,

iqtisodiy masalalar bo‘yicha tayyorligini oshirish, har tomonlama komil bo‘lgan

zamonaviy uy bekasi, turmush o‘rtoq, hamdard va hamsuhbat, suyanchig‘ ona

bo‘lishlariga ularni o‘rgatish, ham oilada, ham jamiyatda o‘z mavqeiga ega

bo‘lgan faol shaxs bo‘lishlarini ta’minlashdan iboratdir.

“Turmush qurgan yosh kelinlarni oilaviy hayotga tayyorlash” o‘quv

kursining vazifasi – yosh kelinlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasidagi yosh

kelinlar kompetensiyalarini ta’minlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini

shakllantirish, ularning oila va uning zamonaviy xususiyatlariga doir yangi

tendensiyalarni bilishi, oilaga doir qarashlarni anglashi, oilaviy tarbiya va uning

shakl, vosita va usullarini egallagan bo‘lishi, xotin-qizlarning ijtimoiylashuvi

asoslarini tafakkur qilishi, oilaviy munosabatlarga oid tushunchalarni

shakllantirishdan iborat.

oila, oila ma’naviyati va oilaviy tarbiya,

oilaviy qadriyatlar tarixi va mazmuni,

oila gigiyenasi, maishiy-gigiyena va ozodalik, sarishtalik asoslari,

mehmonnavozlik, oilaviy qadriyatlar,

mahalla va oilaga kamarbastalik tafakkuri,

oilaviy kompetensiyalar,

shaxsning ma’naviy kamoloti (komillik darajalari),

oila va uning ijtimoy imiji,

shaxs ijtimoiylashuvi,

konflikt yechimi asoslariga o‘rgatish,

oilaviy zo‘ravonlikdan himoyalanish chora-tadbirlari, Himoya

orderi,

gender huquqi va madaniyati,

pedagogik va psixologik kompetensiyalar,

tolerantlik va madaniy bag‘rikenglik,

diniy e’tiqod va diniy bag‘rikenglik madaniyati,

ekologik madaniyat va ekologik xavfsizlik,

uy xo‘jaligini boshqarish bo‘yicha kompetensiyalar,

sog‘lom turmush tarzi va valeologik madaniyat,

iqtisodiy madaniyat,

USHBU KURS ASOSINI TASHKIL QILUVCHI SOHALAR VA YO‘NALISHLAR:

yuventologiya (yosh avlod haqidagi bilim) va shaxs madaniyati

asoslari,

kreativ tafakkur va madaniyat,

fuqarolik bilimi va madaniyati,

huquqiy savodxonlik,

vatanparvarlik tuyg‘usi va uni tarbiyalash asoslari,

mafkuraviy immunitet va ogohlik.

METODIK KO‘RSATMALAR

Kursni ishlab chiqishga metodologik yondashuv quyidagi tamoyillarni o‘z

ichiga oladi:

kurs kun tartibi turmush qurgan yosh kelinlarni oilaviy hayotga tayyorlash

bo‘yicha zarur bilimlar bilan qurollantiradi;

kurs kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ijtimoiylashuv g‘oyasini

ilgari suradi;

metodik qo‘llanma mahalla va oila tizimida yangi innovatsion g‘oyalarni

joylarda tizim mahalliy strukturalari orqali joriy qilinishi uchun xizmat qiladi.

Mazkur majmuada oilaviy hayotning barcha zamonaviy tartibiga doir

nazariy va amaliy jihatlar yaxlitligi asoslangan interfaol olib borish metodikasi

chuqur tushuntirilgan bo‘lib, trenerning istiqbol faoliyati uchun barcha ta’lim

ta’minoti va uning vositalari, usullari va yo‘llarini hamda ta’lim elementlarni

o‘zida aks ettiradi. Har bir mavzuning yoritilish jarayoni tegishli o‘quv metodik

yo‘riqnomalarga ega.

Kurs 40 akademik soatga mo‘ljallangan bo‘lib, bunda bir akademik soat

40 daqiqa qilib belgilangan. Har bir mavzu uchun 2 akademik soat (80 minut)

ajratilgan.

Kurs mahallalar kesimida mahallabay va fuqarobay tizim orqali yosh

kelinlarni oilaviy turmushga tayyorlash bo‘yicha majmuaviy kompetensiyalarni

shakllantirishga qaratilgan hamda oilaviy turmush uchun zarur bo‘lgan

materiallar, bilimlar, ta’lim ta’minoti va axborotlar bilan ta’minlashdan iborat.

Materiallar o‘quv jarayonida davlat siyosati maqsadlariga mos, tarixiy

ketma-ketlik, ilmiy yondoshganlik, zamonaviylik, oddiydan murakkabga qarab

taqdim etilgan.

BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARGA QO‘YILGAN TALABLAR:

“Turmush qurgan yosh kelinlarni oilaviy hayotga tayyorlash” o‘quv kursini

o‘qitish jarayonida yosh kelinlarning oilaviy hayotga har tomonlama

tayyorgarligini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning oilaviy turmush va uning

zamonaviy barcha dolzarb masalalari borasidagi bilimlarini oshishini

ta’minlaydi. Mazkur o‘quv kurs asosida o‘quv jarayonidan o‘tgan yosh kelinlar

oiladagi psixologik muhit ya’ni qaynona-kelin munosabatlari, er-xotin

munosabatlari, ota-ona va farzand munosabatlari, uy tutishning zamonaviy

talablari, bola tarbiyasiga, konfliktlar yechimiga doir zamonaviy qarashlar va

milliy an’analarni bilish hamda ularni hayotda amaliy qo‘llay olishi kerak bo‘ladi.

“Turmush qurgan yosh kelinlarni oilaviy hayotga tayyorlash” bo‘yicha

o‘quv kursini asosida maqsadli darslarni o‘tgan yosh kelinlar quyidagi axloqiy,

ma’naviy, maishiy, uy tutish, bola tarbiya qilish bo‘yicha zarur sifat va

fazilatlarga ega bo‘ladi: chaqqonlik, mehnatsevarlik, fidoiylik, samimiylik,

kamtarlik, mo‘minlik, kamsuqumlilik, ochiq ko‘ngillilik, qo‘li ochiqlik, sahiylik,

o‘zga insonlarning ko‘nglini olish, dil egasiga aylanishga sayi-harakat qilish,

to‘g‘rilik, tavozelik, oilaga sodiqlik, mehribonlik, mehmonnavozlik, diniy

bag‘rikenglik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, sabr, qanoat, tinchlik va

osudalikni e’zozlash, mayin gapirish, bosiqlik, jahlga erk bermaslik,

zo‘ravonlikni qabul qilmaslik va o‘ziga ep ko‘rmaslik, nizo va ziddiyatlarni oldini

olishga tayyorlik, mehr va muruvvat va hokazo. Yosh kelinlar axloqi va fe’l-

atvoriga taalluqli bo‘lgan mazkur sifat va fazilatlar milliy ma’naviyatiga tayangan

bo‘lib, xalqimizning mana shu azaliy qadriyatlarini kelinlar egallashlari taqozo

etiladi. Shu bilan birga yosh kelinlarning bugungi ehtiyojlari, orzu-umidlari va

hayotdan maqsadlari ham o‘quv kursinida inobatga olingan.

“TURMUSH QURGAN YOSH KELINLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH” O‘QUV KURSI DASTURI

O‘QUV DASTURINING MASHG‘ULOTLAR KESIMIDAGI JADVALI

№ MA’RUZALAR MAVZULARI Dars soatlari

hajmi

1. Oila muqaddas qo‘rg‘on va bu borada amalga

oshirilayotgan ishlarning mazmun va mohiyati.

2

2. Oilaning kelib chiqish tarixi va oila tiplari. 2

3. Oilaning huquqiy asoslari. 2

4 Oilada milliy urf-odat va an’analar hamda xalq

udumlari.

2

5 Oila va nikoh masalalari va ularning o‘ziga xos

xususiyatlari.

2

6. Oilaviy hayotning ma’naviy-axloqiy, iqtisodiy va

psixologik asoslari.

2

7. Globallashuv sharoitida o‘zbek oilasidagi

muammolar va o‘zgarishlar: ijobiy va salbiy

tomonlar.

2

8. Migratsiya holatidagi oila: uning muammolari va

yechimlari.

2

9. Oilada o‘zaro kelishmovchiliklar va ularni bartaraf

etishning o‘ziga xos xususiyatlari.

2

10. Agressiya, zo‘ravonlik va ular yuzaga kelganda o‘zini

qanday tutish kerak? va ularga qarshi choralar

qo‘llash masalalari.

2

11. Hushmuomala kelinning turmush o‘rtog‘ining

yaqinlari va qarindoshlari bilan go‘zal munosabat

o‘rnatish sirlari.

2

12. Homiladorlik davrida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan

tibbiy va psixologik o‘zgarishlarning o‘ziga xos

xususiyatlari.

2

13. Farzand tarbiyasi qachondan boshlanadi? 2

14. Farzand tug‘ilishi bilan er-xotin o‘rtasidagi

munosabatlarda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan

muammolar va ularning yechimlari.

2

15. Sog‘lom oila asoslari. 2

AMALIY MASHG‘ULOTLAR

1. Mehmon kutish etiketi. Dasturxon bezatish,

mehmonlarga hush yoquvchi taomnoma tuzish.

Mehmonlarga taom tortiq qilish tartibi.

2

2. Hayotda o‘z o‘rnini topgan onaxonlar bilan davra

suhbati. Vaziyatli hikoya muhokamasi.

2

3. Rashk, Turmush o‘rtog‘ining ishdan kech qaytishi,

Turmush o‘rtog‘i yaqinlari bilan yuzaga keladigan

muammoli vaziyatlar.

2

4. Farzand tarbiyasi: Alla aytish, chaqaloq yo‘rgaklash,

ertak aytib berish, yig‘lab qolgan bolani tinchlantirish.

2

5. Uy-ro‘zg‘or tutishda muammoli vaziyatdan chiqib

ketish, oilada kelishmovchilik sodir bo‘lganda kelin

sifatida o‘zini tutish, oilada umumiy qarorlar qabul

qilinayotganda ishtirok etish.

2

“TURMUSH QURGAN YOSH KELINLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH” O‘QUV KURSI DASTURINING QISQACHA MAVZULAR

MAZMUNI 1- MAVZU. OILA MUQADDAS QO‘RG‘ON VA BU BORADA AMALGA

OSHIRILAYOTGAN ISHLARNING MAZMUN VA MOHIYATI. Oila muqaddasligi tushunchasining ijtimoiy ma’nosi. Nima uchun oila

muqaddas deb sanaladi? Oila muqaddasligi sabablari. O‘zbek oilasining

jamiyatda hamda insonlar hayotida tutgan muqaddas o‘rni bois ma’lum ijtimoiy-

falsafiy kategoriyaga aylana borganligi. O‘zbek oilasining ijtimoiy vazifalari

turg‘un, ya’ni o‘zgarmas kategoriya bo‘lmay, jamiyat hayoti va davr qo‘ygan

talablarga mos ravishda o‘zgarib turadigan, ma’lum transformatsiyalarni

muntazam boshidan o‘tkazadigan ijtimoiy organizm ekanligi. Oila vazifalari

takomillashib borayotganligi. Zamonaviy davrda oila instituti emas, balki oila va

uning mavqei to‘g‘risida fikrlar inqirozga yuz tutganligi. Oila instituti esa qanday

ming yil avval muqaddas sanalgan bo‘lsa, hozir ham mana shunday o‘z

muqaddasligini yo‘qotmaganligi. Barcha davrlarda yagona o‘zgarmas narsa –

oila muqaddasligi ekanligi.

Oila o‘zbek xalqining azaliy qadriyati ekanligi. Oilaviy qadriyatlar,

jumladan, o‘zaro hurmatda bo‘lish, kattalarni e’zozlash, kichiklarni izzat qilish,

birgalikda tinchlik va osudalikda yashash, o‘zaro hamdardlik, hamsuhbatlilik,

ishonch va vafodorlik, mehr, sevgi va muhabbat an’analari avloddan-avlodga

o‘tkazilganligi.

Oila nikoh asosiga qurilishi. Oila institutining va nikohning muqaddasligi.

Oila ixtiyorlik va ikki tomon roziligi asosiga qurilishi. Oila kodeksi. “Oila

kodeksi”dagi oilaning ta’rifi. Islom dinida nima uchun oila muqaddas sanaladi?

Oilaning muqaddaslik belgilari nimalardan iborat?

2 - MAVZU: OILANING KELIB CHIQISH TARIXI VA OILA TIPLARI. O‘zbek oilasi tushunchasi. O‘zbek oilasining tarixiy rivojlanish bosqichlari.

O‘zbek oilasi o‘z takomili jarayonida zimmasiga turli ijtimoiy vazifalarni olishi va

ularni umumjamiyat ravnaqi uchun bajarishi evaziga e’tiborli mavqega ega

bo‘lishi. Oilaning ijtimoy mavqei, imiji, obro‘si. Oila nufuzini barbod etuvchi

omillar va ularni oldini olish masalalari. Oila obro‘sini ta’minlovchi omillar. Nima

uchun yoshlar oila obro‘sini to‘kishdan cho‘chimaydi?

Oila kelib chiqishining tarixiy va ijtimoiy asoslari. Oilaning kelib chiqishiga

doir islom aqidasi. Zamonaviy o‘zbek oilasi. Oilaning tomonlar roziligi, xo‘jalik

yuritishning birligi, nikoh munosabatlariga kirish, zurriyot va uning tarbiyasini

birgalikda olib borish, oila iqtisodining umumiyligi asosiga qurilishi. Oila

jamiyatning va davlatning eng kichik birligi ekanligi. Oilaning bir dunyo ekanligi.

Oilaning jamiyat ustuni ekanligi. O‘zbekistonda oila qurish tartibi va nikoh yoshi.

3 - MAVZU: OILANING HUQUQIY ASOSLARI.

Oila tarbiya o‘chog‘i ekanligi. Har bir shaxsning dastlab oila muhitida ilk

tarbiya va ta’lim jarayonini boshidan o‘tkazishi. Shaxsning oilada shakllanishi.

Oiladagi ijtimoiylashuv asoslari. Oila an’analari va qadriyatlari shaxsning

ijtimoiy dunyoqarashi va diniy aqidalari bunyod bo‘lishi uchun asos rolini

o‘ynashi. Oilaning ijtimoiy funksionalligiga doir zamonaviy talablarning ortib

borayotganligi. Bugungi kunda oila - ijtimoiy faol shaxs shakllanishi uchun

munosib pedagogik poligon ekanligi.

Oilada har bir insonning o‘z burch, huquq va majburiyatlari bo‘lishi.

Burch, huquq va majburiyatlar xususiyatlari. Oila institutining funksional

vazifalari. Oilada erning huquq va majbriyatlari. Oilada xotinning huquq va

majburiyatlari. Islom dinida er mujburiyatlari va xotin majburiyatlari. Oila nima

maqsad uchun qurilishi.

4 - MAVZU: OILADA MILLIY URF-ODAT VA AN’ANALAR HAMDA XALQ UDUMLARI.

Oilaga doir milliy an’analar. Birgalikda tinchlik va osudalikda yashash

tamoyillari. Milliy an’anada erning vazifalari va xotin vazifalari. Oilada vazifalar

va ularni bajarishdagi mas’uliyat. O‘zbek oilasining qadriyatlar tizimi tarixiy

hodisa bo‘lib, oilani muqaddas deb bilish, uni asrash va mustahkamlash

g‘oyalari o‘zbek xalqining azaliy urf va odatlari, kundalik turmush tarzi va axloq-

odobidan juda keng o‘rin olganligi.

To‘y marosimi. To‘y marosimini o‘tkazish bo‘yicha milliy an’analar. Milliy

an’analarning o‘ziga xos jihatlari. To‘y marosimiga doir islom aqidasi.

Oila qadriyatlari: bola va bola tarbiyasi, ozodalik, oilaviy udumlar

(marosim, maraka, bayramlar, tadbirlar), oila salomatligi, oilada sog‘lom

turmush tarzi, dam olish, oilaviy mablag‘larni tejash, oila boshlig‘i, oila boshlig‘i

mas’uliyati, oilada funksional vazifalarning taqsimlanishi, uy boshqaruvi va uy

yumishlari.

5 - MAVZU: OILA VA NIKOH MASALALARI VA ULARNING O‘ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI O‘zbek oilasi. O‘zbeklarda nikoh an’analari. Nikoh muhofazasi. Nikoh

instituti nima? Nikohning kelib chiqishi tarixi, uning ijtimoiy sabablari va

asoslari. Nikoh turlari. Nikohning huquqiy va rasmiy xujjat ekanligi. Nikoh

kafolatlari. O‘zbekiston Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Fuqarolik Kodeksi. Oilaga

doir moddadar va talablar.

Nikoh shartlari va nikoh yoshi. Nikohning buzilishi. Ajrim. Ajrim shartlari.

Zamonaviy davrdagi ajrim sabablari. Sizning fikringiz qanday: Nima uchun

yoshlar ajrashib ketmoqda va oilalar buzilmoqda? Oilalar buzilishining bosh

sababi. Nikohga doir bola huquqlari. Tomonlar ajrashganda bola kimga qolishi

kerak? Yetim bolalar taqdiri. Otalikni belgilash.

Ayolning nasabi, chiroyi, moli va dini uchun uylanish qonuniyati. Sizni nima

uchun xotinlikka tanlashgan? Shar’iy nikoh. Monogamiya nima? Poligamiya

nima? Poligamiya muammosi. Erkaklarning taloq huquqi va uning shartlari.

Ayollarning ajrim huquqi va uning shartlari. Islomda nikoh shartnomasi. Nikoh

va taloqqa oid Qur’on va Hadislarda keltirilgan qarashlar tahlili. Bugungi

kundagi ba’zi ikkinchi nikoh holatlari ayol va bolalarning huquqlarini ta’minlab

bera oladimi? Aldanib qolayotgan ayollar va farzandlar taqdiri.

6 - MAVZU: OILAVIY HAYOTNING MA’NAVIY-AXLOQIY, IQTISODIY VA PSIXOLOGIK ASOSLARI.

Oila milliy ma’naviyatimizning asosi ekanligi. Oila ma’naviyati va shaxs

ma’naviyati. Ma’naviyatning asosida axloq turishi. Oilaviy hayotning ma’naviy-

axloqiy asoslari. Er-xotin munosabatlarining sharqonalik asoslari. O‘zaro

hurmat, qadrlash, hamkorlik, murosasozlik, kelishib yashash, tinchlikni asrash,

sabr-qanoat, rahmdillik, mehribonlik, insonparvarlik, oliyjanoblik kabi ma’naviy

qadriyatlar muhimligi. Oiladagi tinchlik va totuvlik muhiti. Bola tarbiyasida

e’tibor berilishi lozim bo‘lgan axloqiy sifatlar. Yaxshilik, ezgulik, halollik,

oliyjanoblik, or-nomus, hayo, andisha tarbiyasi. Oilaning poklik, ikki tomonlama

muhabbat, sadoqat va vafodorlik asosiga qurilishi. Oila an’analarida

vatanparvarlik fazilatini tarbiya qilish, iymon-e’tiqod, kitobsevarlik, ilmga

ishtiyoq va mehnatsevarlikni targ‘ib qilish. Oila va milliy taraqqiyot, ma’naviy

barkamollik, ma’naviy salohiyat, vatanparvarlik, insonparvarlik, millatparvarlik,

demokratiya, demokratik qadriyatlarni tarbiya qilish. “Milliy taklanishdan – milliy

yuksalish sari” g‘oyasi. Yangi O‘zbekiston g‘oyasi.

Shaxs ma’naviyati. Shaxs ma’naviyatining ijtimoiy ahamiyati. Shaxs

ma’naviyatidan jamiyat ma’naviyati yaratilishi. Er va xotin ma’naviyati. Er

ma’naviyati va xotin ma’naviyatining yagonaligi va yagona qonuniyatlar va

talablarga bo‘ysunishi. Er va xotin inson sifatida faqat yaxshilik uchun xizmat

qilishi lozimligi. Islom aqidalarida ma’naviyatsizlik uchun javobgarlik omillari.

Qur’on va hadislar talqini. Sharq va G‘arb allomalarining ma’naviyat borasidagi

qarashlari tizimi. Barkamol avlodni shakllantirish - umummilliy vazifa sifatida.

Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya jarayonining umumiy

qonuniyatlari. Tarbiya tamoyillari. Tarbiya uslublari. Tarbiyaviy jarayon

shakllari. Tarbiyalanganlik tashxisi.

7 - MAVZU: GLOBALLASHUV SHAROITIDA O‘ZBEK OILASIDAGI MUAMMOLAR VA O‘ZGARISHLAR: IJOBIY VA SALBIY TOMONLAR.

Globallashuv sharoitida ijtimoiy hayotning o‘zgarishlarga moyilligi.

Iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy inqirozlar. Hayot tarzining tezlashuvi va

muammolarning ko‘payganligi. Atrof-muhitdagi muammolarning insonlar

hayotiga va oila hayotiga salbiy ta’siri hamda uning oqibatlari. Globallashuv

markerlari: integratsiya va migratsiya, ya’ni mehnat resurslarining mobilligi.

Globallashuv sharoitida o‘zbek oilasidagi muammolar va o‘zgarishlar.

Globallashuvning o‘zbeklar hayotiga ta’siri bormi? Jamiyatda qutblashuv

vaziyatining kelib chiqqanligi. Kambag‘allar qatlami. Jamiyatda

kambag‘allikning oldini olish bo‘yicha davlat siyosati: maqsad va yo‘nalishlar.

Bir formatsiyadan ikkinchi formatsiyaga o‘tish oqibatlari. Bozor iqtisodiyoti va

uning natijalari. Ish joylari kamligi va ishsizlik. Ishsizlik oqibatlari. Mehnat

migratsiyasi.

Oila institutining inqirozga yuz tutishi. Jahon miqyosida juda katta bahsni

uyg‘otayotgan masalalardan biri bu oila va uning zamonaviy mavqei masalasi

ekanligi.

8 - MAVZU: MIGRATSIYA HOLATIDAGI OILA: UNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI.

Mirgatsiya tushunchasi. Migratsiyaning tarixi. Dunyo miqyosida mehnat

migratsiyasining jadallashgani. Turkiya, Hindiston, Xitoy, Bangladesh, Misr,

Pokiston, Filippin, Rossiya, Bolgariya, Chexiya, Slovakiya, Ukraina, Latviya va

Litva kabi davlatlar mehnat migratsiyasini yetkazib beruvchi davlatlar ekanligi.

AQSH, Kanada, G‘arbiy Yevropa davlatlari, Rossiya, Misr kabilar mehnat

migrantlarini qabul qiluvchi davlatlar ekanligi. Mehnat migratsiyasining milliy

xususiyatlari. Migratsiyaning obyektiv va subyektiv sabablari. Mehnat

migrantlarining boshqa davlatdagi hayoti xususiyatlari. Mehnat migrantlariga

munosabat va ular taqdiridagi muammolar. Mahalliy aholining migrantlar

faoliyatini holis baholash mezonlari.

Mehnat migratsiyasi va uning ijobiy va salbiy tomonlari. Zamonaviy

O‘zbekiston mehnat migratsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari. Erkaklar

psixologiyasidagi o‘zgarishlar: uzoq vaqt oiladan yiroqda bo‘lganligi sababli o‘z

oilasidan uzoqlashish; o‘z xalqidan va oilasidan norozilikning kuchayishi; yangi

oila qurilishi, o‘z oilasi va farzandlarini tashlab qo‘yish, befarqlik, pessimizm,

deviantlik. Ayollar psixologiyasidagi o‘zgarishlar: hayotdan norozilik, pulsizlik,

yolg‘izlik, sho‘rpeshonalik, kasb-korning yo‘qligi, ishsizlik, pessimizm,

deviantlik, depressiya, alkogolizm, yomon yo‘lga kirishi. Bolalar: hayotda

tayanchning yo‘qligi, hech kimga ishona olmaslik, depressiya, suitsid,

konfliktogenlik, yomon o‘qish, betga sapchish, o‘g‘irlik, giyohvandlik, odam

savdosi.

9 - MAVZU: OILADA O‘ZARO KELISHMOVCHILIKLAR VA ULARNI BARTARAF ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

Oila va uning kundalik hayoti. Oilaviy mojarolar. Oilada tomonlar

manfaatlari va ularning to‘qnashuvi. Qaynona-kelin, er-xotin, ota va bola

mojarolari. Mojarolarning bosh xususiyatlari. Eru xotinning urishi – doka

ro‘molning qurishi. Biz nimani talashamiz? Bola tarbiyasi bilan bog‘liq

mojarolar. Bola tarbiyasida eru xotin munosabati qanday bo‘lishi lozim? Bola

tarbiyasi har kunlik muntazam va davomiy mehnat ekanligi.

Oilaviy mojarolarning zamonaviy turlari. Yetakchilik, ya’ni liderlik uchun

kurash. “Mening aytganim bo‘ladi!” tamoyilining zarari. Oilaviy tamoiyllarda

G‘arb falsafasi va uning zarari. O‘z ehtiyojlarini ustun qo‘yish. Individualizm.

Narsaparastlik va molparastlik. Maishiy xudbinlik. Iste’molchilik kasalligi. Moda

ketidan quvish. Meni nima kam joyim bor falsafasi va uning yomon oqibatlari.

Konfliktologiya nima? Konfliktologiya fanining qachon va qaysi vaziyatda

vujudga kelganligi. Xorijiy G‘arb davlatlari va AQSh da konfliktologiyani

o‘rgatish asoslari va tajribasi. Konfliktologiya menga kerakmi? Men nizo va

ziddiyatlarni boshqarishim zarurmi?

Konflikt har kunlik hayot tarzimizga xos bo‘lgan voqelik bo‘lishiga qaramay,

insonlar ko‘pincha ularni noto‘g‘ri talqin etishi hamda ularni “anglangan” holda

qabul qilishga o‘rgatilmasligi.

10 - MAVZU: AGRESSIYA, ZO‘RAVONLIK VA ULAR YUZAGA KELGANDA O‘ZINI QANDAY TUTISH KERAK? VA ULARGA QARSHI

CHORALAR QO‘LLASH MASALALARI. Agressiya bu boshqa insonga nisbatan ko‘rsatilayotgan psixologik, yoki

jismoniy zo‘ravonlik holati bo‘lib, agressiya tomonlar to‘qnashuvining

psixologik-ruhiy natijasi, o‘zga tomonga nisbatan shakllangan xis-tuyg‘u, o‘zini

muhofaza qilish, yoki o‘zga odamga bosim va taz’yiq o‘tkazish usuli sifatida

konflikt vaziyatlarning odatdagi hamrohi ekanligi. Konflikt vaziyatni inkor etish,

uni bartaraf etish strategiyasi. Konfliktda yutib chiqish strategiyasi. Konfliktda

kompromisslarga borish mahorati va uning strategiyasi. Konfliktlarda hamkorlik

munosabatlari strategiyasi. Kompromiss tomonlarning u yoki bu dajada

manfaatlarining inobatga olinganligini tasdiqlab berishi.

11 - MAVZU: HUSHMUOMALA KELINNING TURMUSH O‘RTOG‘INING

YAQINLARI VA QARINDOSHLARI BILAN GO‘ZAL MUNOSABAT O‘RNATISH SIRLARI.

Hushmuomala kelin-sevimli kelin! Xushmuomalalik yaxshi va to‘g‘ri

tarbiya natijasi ekanligi. O‘zini munosib tutish, haqoratga botmaslik uchun,

nozik, muloyim, kamtar va bag‘rikeng bo‘lish xushmuomalalik belgisi ekanligi.

Хushmuomalali kishining barcha inson qalbiga yo‘l topa olishi. Kelin oila

muvozanatini saqlaydigan o‘q tomiridir ekanligi. Gap qaytarish beodoblik

sanalishi. G‘iybatchilik, ginachilik yomon illat ekanligi.

Kelinning turmush o‘rtog‘iga xushmuomalada bo‘lishi. Turmush

o‘rtog‘ining yaqinlari va qarindoshlari bilan go‘zal munosabat o‘rnatish sirlari.

Yangi xonadonga kelin tushdi, endi u turmush o‘rtog‘ining oila a’zolari va

qarindosh-urug‘lari ko‘ngliga yo‘l topa olishi. Qaynona kelin munosabatlari.

Kelinning ro‘zg‘or yuritishning oltin qoidalariga amal qilishi. Kelin ijobiy

fazilatlarni o‘zida mujassam qilish kerarligi.

12 - MAVZU: HOMILADORLIK DAVRIDA VUJUDGA KELISHI MUMKIN BO‘LGAN TIBBIY VA PSIXOLOGIK O‘ZGARISHLARNING O‘ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI.

Ayolning baxti nimada? Homiladorlik davri tushunchasi. Homiladorlik

davrida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tibbiy va psixologik o‘zgarishlarning

kechishi. Homiladorlik davrini betalofat va hursandchilikda o‘tkazish kerakligi.

Fiziologik homiladorligi. Homiladorlikning davomiyligi. Ona-homila tizimidagi

fiziologik o‘zgarishlar. Perinatal tashxislash. Patologik homiladorlik. Embrion va

homilaning salbiy ta’sirlarga nisbatan sezuvchanligi. Dorilarni huda-behuda

ichish mumkin emasligi. Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari mutlaqo ma’n

etilganligi. Homiladorlik davrida yetarli kaloriya va oqsil, mineral, vitaminlarni

ko‘proq iste’mol qilish kerakligi. Homilador ayollar uchun tavsiya etiladigan

vitaminlarning turi. Homiladorlik davrida zo‘riqadigan ishdan tiyilish kerakligi.

Nima uchun homiladorlikda skrining tekshiruvi muhim?! Skrining barchaga

birdek zarurmi?. Dopler tekshiruviga qachon boriladi?. Homiladorlarga 20 ta

maslahat.

13 - MAVZU: FARZAND TARBIYASI QACHONDAN BOSHLANADI?

Farzand tarbiyasi haqida tushuncha. Oila mustahkamligini ta’minlovchi

omillardan biri farzandlar ekanligi. Turmush qurishdan asosiy maqsad ham

nasl davomiyligini ta’minlash, zurriyot qoldirish va uning kamolini ko‘rish

ekanligi. Oilada ulg‘ayadigan bolaning qanday inson bo‘lib shakllanishi ota-

onaga bog‘liq ekanligi.

Farzandni qanday tarbiyalash kerak? Aqliy-intellektual, jismoniy va

fiziologik ehtiyojlarni o‘z vaqtida ta’minlash asosida rivojlanishini ta’minlash

zarurligi. Aqliy tarbiyaning maqsadi bolaning intellektual salohiyatini yaratish va

uni shakllantirishdan iboratligi. Aqliy tarbiya mustaqil qarorlar qabul qilishga

o‘rgatishga teng kelishi. Inson kapitali tushunchasi va uning oilaviy tarbiyadagi tutgan o‘rni. “Inson

kapitali indeksi” indeksi 3 ta asosiy komponentdan iborat ekanligi: omon qolish

darajasi (bugun tug‘ilgan bolaning 5 yoshgacha yashash ehtimoli), ta’lim (ta’lim

davomiyligi va sifati), salomatlik (maktab bitiruvchilarini mehnat bozoriga

mehnatga yaroqli sog‘lom inson sifatida chiqishi). Bu komponentlar 6 ta

ko‘rsatkich bo‘yicha: yangi tug‘ilgan bolaning 5 yoshgacha yashab qolish

ehtimoli, ta’limning davomiyligi, ta’lim natijalari (bilim darajasi), sifatli ta’lim olish

davomiyligi, voyaga yetgan bolalarning yashab qolish darajasi, sog‘lom

o‘sishiga (nuqsonsiz rivojlanayotgan bolalar ulushi) qarab baholanishi.

14 - MAVZU: FARZAND TUG‘ILISHI BILAN ER-XOTIN O‘RTASIDAGI MUNOSABATLARDA VUJUDGA KELISHI MUMKIN BO‘LGAN

MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI.

Farzand tug‘ilishi. Farzand tug‘ilgandan keyingi er-xotin o‘rtasidagi

munosabatlarning buzilishi. Er-xotin o‘rtasidagi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan

muammolar va ularning yechimi. Farzand tug‘ilishi bilan jarayonlarning

bosqichma bosqich amalga oshirilishi. Farzandni ilk kunlardanoq ozodalikka

o‘rgatish kerakligi. Farzand tugilgandan so‘ng ayolning eriga va farzandiga

birdek qarash kerakligi.

15 - MAVZU: SOG‘LOM OILA ASOSLARI.

Buyuk daholarni onalar yetishtirishi. Xotin-qizlarimiz sharqona baxtli oila

qurishga tayyor bo‘lishlari lozimligi. Sharqona baxtli oila modeli va uning

strukturasi, yo‘nalishlari, maqsadlari va vazifalari. Oilaning “Baxtlilik indeksi”.

Uning tarkibiy ko‘rsatkichlari.

Sog‘lom oila asoslari tushunchasi. Baxtiyor oila barpo etish sirlari.

Sog‘lom turmush tarzi va uning tarkibiy qismlari. Nega sog‘lom turmush tarzini olib

borishingiz kerak? Sog‘lom turmush tarzi uchun kun tartibi. Sog‘lom turmush

tarzi uchun to‘g‘ri ovqatlanish. Sog‘lom turmush tarzi va sport. Sog‘lom turmush

tarziga qanday erishish mumkin?. Sog‘lom turmush tarzi uchun motivatsiya.

Zamonaviy oila tarbiyasi.

AMALIY MASHGULOTLAR 1 - AMALIY MASHG‘ULOT. MEHMON KUTISH ETIKETI. DASTURXON BEZATISH, MEHMONLARGA HUSH YOQUVCHI TAOMNOMA TUZISH.

MEHMONLARGA TAOM TORTIQ QILISH TARTIBI.

Mehmon kutish odobi. Halol, pokiza, yangi, mazali, chiroyli, foydali

taomlar tayyorlash. Toza, oppoq dasturxon, sochiq, salfetkalarni tayyorlash.

Mehmonlarga qulay bo‘lishi uchun xontaxtaga yoki stolning ustiga dasturxon

solish. Dasturxonga did bilan taomlarni qo‘yish, mehmonni ochiq chehra,

samimiy xursandchilik, ta’zim bilan o‘ng qo‘lni chap ko‘krakka qo‘yib kutib olish,

yaxshi, qulay joyga o‘tkazish. Mehmonlarning barchasiga teng iltifot ko‘rsatib,

hurmat, e’tibor berish. Mexmonlarga taom tortish tartibiga amal qilish. Mehmon

ketishga ruxsat so‘rasa, darrov javob bermasdan, uch marta so‘ragandan keyin

ruxsat etish. Mehmonning orqasidan yurib, ko‘chagacha chiqib kuzatib qo‘yish.

2 - AMALIY MASHG‘ULOT. HAYOTDA O‘Z O‘RNINI TOPGAN ONAXONLAR BILAN DAVRA SUHBATI. VAZIYATLI HIKOYA

MUHOKAMASI.

Tajribali onaxonlarning oiladagi o‘rni haqida. “Qarisi bor uyning parisi bor”

iborasining bugungi kundagi ahamiyati. “Onasini ko‘rib qizini ol” iborasining

tushunchasi. “Jannat onalar oyog‘i ostidadir” tushunchasiga farzandlar e’tirofi

va unga amal qilishi. Qizlar tarbiyasida onaxonlar maktabining o‘rni. Men

onamdan nimalarni o‘rganib kelin bo‘ldim? Qiz bola tarbiyasida onaning o‘rni.

3 - AMALIY MASHG‘ULOT. RASHK, TURMUSH O‘RTOG‘INING ISHDAN KECH QAYTISHI, TURMUSH O‘RTOG‘I YAQINLARI BILAN YUZAGA

KELADIGAN MUAMMOLI VAZIYATLAR

Er-xotinlik munosabatlarida rashkning o‘rni. Erini huda behudaga rashk

qilish oqibatlari. Rashk-bu ikki insonni bir biridan qizg‘onishi. Rashk qilishda

me’yorni saqlash. Ayol erini er ayolini rashk qilishi tabiiy va bu muhabbatni

mustahkamlaydi. Noo‘rin rashk sababli oilalar buzilib ketishi. Nima sababdan

er ko‘chadan mehr va go‘zallik qidiradi? Er ish yuzasidan biron bir ayol bilan

uchrashsa, yoki telefon orqali muloqotda bo‘lsa siz darrov “Ha kim bu ayol?

“Sizda nima ishi bor?” deb so‘roqqa tutish o‘rinlimi? Islom dinida rashk

masalasi.

4 - AMALIY MASHG‘ULOT. FARZAND TARBIYASI: ALLA AYTISH, CHAQALOQ YO‘RGAKLASH, ERTAK AYTIB BERISH, YIG‘LAB QOLGAN

BOLANI TINCHLANTIRISH.

Farzand tarbiyasi tushunchasi. Farzand tarbiyasida onaning o‘rni. Alla

aytish sirlari. Alla eshitib katta bo‘lgan farzandning dunyoqarashi. Yosh kelinlar

alla aytishni o‘rganganmi? Chaqaloqni yo‘rgaklashning afzalliklari va gigiyenik

talablari. Yosh kelinlarga chaqaloqni yo‘rgaklash to‘g‘risida tushunchalar

berish. Ertakning bola hayotidagi ahamiyati. Ertak eshitib katta bo‘lgan

farzandning dunyoqarashi. Yosh kelinlar ertak aytishni biladimi? Yig‘lab qolgan

bolani tinchlantirish sirlari. Yosh kelinlar yig‘lab qolgan bolani tinchlantira

oladimi?

5 - AMALIY MASHG‘ULOT. UY-RO‘ZG‘OR TUTISHDA MUAMMOLI VAZIYATDAN CHIQIB KETISH, OILADA KELISHMOVCHILIK SODIR

BO‘LGANDA KELIN SIFATIDA O‘ZINI TUTISH, OILADA UMUMIY QARORLAR QABUL QILINAYOTGANDA ISHTIROK ETISH.

Oila va uning kundalik hayoti. Oilaviy kelishmovchiliklar. Oilada tomonlar

manfaatlari va ularning to‘qnashuvi. Uy-ro‘zg‘or tutishda muammoli

vaziyatlarning kelib chiqishi. Qaynona-kelin, er-xotin, ota va bola mojarolari.

Kelishmovchiliklarning bosh sabablari. Kelishmovchiliklar sodir bo‘lganda

kelinning asosiy vazifasi. Oilaviy kelishmovchiliklarning zamonaviy turlari.

Oilada kelishmovchilik sodir bo‘lganda kelinning vazifasi. Oilada umumiy

qarorlar qabul qilinayotganda kelinning ishtirok etishi. Qarorlar qabul

qilinayotganda kelinning o‘z o‘rni borligini qaynona va qaynota hisobga olishi.

O‘QUV KURSINI OLIB BORISH SHAKL VA USLUBLARI:

O‘quv kursi mashg‘ulotlari nazariy va amaliy qismlardan iborat dars

shaklida tashkillashtiriladi. Nazariy va amaliy qismlar “Keys-stadi?”, “Trening”,

“Master-klass”, “Debat”, “Disput”, “Rolli o‘yinlar”, “Ijtimoiy roliklar” kabi

metodlardan foydalangan holda o‘tkaziladi.

MASHG‘ULOTLARNING AMALIY QISMINI O‘TKAZISH BO‘YICHA KO‘RSATMA VA TAVSIYALAR:

Amaliy qismni multimedia vositalari bilan jihozlangan auditoriyada

o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tilishi, mos

ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga

muvofiq. Har ikkala mashg‘ulot shakllarida ham obyеkt ham subyеkt faol

bo‘lishlari, o‘zaro fikr almashishlari, qiziqtirgan savollarga hamkorlikda javob

topishlari, bеriladigan ma’lumotlar yosh kelinlarning oilaviy hayot haqidagi

bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qilishi lozim.

O‘QUV KURSIDAN KUTILAYOTGAN NATIJALAR:

“Turmush qurgan yosh kelinlarni oilaviy hayotga tayyorlash” kursini

muvaffaqiyatli o‘qib tugallagan barcha tinglovchilar quyidagi yo‘nalishlarda

zarur bilim, va ko‘nikma malakalarga ega bo‘ladilar:

- oilaviy hayotga tayyorlash (oila psixologiyasi-pedagogikasi, oilaning

funksiyalari, oilada er va xotinning rollari, sog‘lom ona bo‘lishga tayyorgarlik,

vazifalari);

- ota-onalik ko‘nikmalarini hosil qilish;

- ma’naviy-ma’rifiy tarbiya asoslari;

- oilaning huquqi asoslari;

- reproduktiv salomatlik;

- kiyinish madaniyati va etikasi;

- oila byudjeti va iqtisodi;

- oila mustahkamligi sirlari;

- ro‘zg‘orshunoslik asoslari;

- qaynona-kelin munosabatlari;

- oilada gender tenglikni ta’minlash qoidalari;

-muvaffaqiyatli ijtimoiylashish.

“TURMUSH QURGAN YOSH KELINLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH” BO‘YICHA NAZARIY MASHG‘ULOTLAR MATERIALLARI.

1-MAVZU. OILA MUQADDAS QO‘RG‘ON VA BU BORADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLARNING MAZMUN VA MOHIYATI.

REJA:

1. Oila - muqaddas qo‘rg‘on.

2. Oila borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun va mohiyati.

3. Oilaga doir dunyoviy va islom aqidasidagi qarashlar.

Tayanch iboralar: Oila, ota-ona, farzand, ta’lim-tarbiya, qadriyati, nikoh,

islom aqidasi, oila kodeksi.

1. Oila - muqaddas qo‘rg‘on.

Yurtimizda oila azaldan muqaddas qadriyat sanalgan. Bu borada asrlar

mobaynida shakllangan ibratli udum, an’analar, aytish joiz bo‘lsa xorijliklar

uchun ham namuna olish uchun arzirlidir.

Oila - kishi tafakkuri, ma’naviyati shakllanadigan, uning jamiyatdagi

o‘rnini belgilab beradigan, qolaversa, qadriyatlarni asrdan-asrlarga olib o‘tishda

bosh omil hisoblanuvchi muhim ijtimoiy muhitdir.

Oila – nafaqat bir yurtning, balki umuminsoniyatning katta siyosati. Aytish

kerakki - davlat siyosati. Nega deganda, bashariyatning tirikligi, uzluksizligi –

oiladan! Axir oilaning eng birlamchi va bevosita vazifasi, ma’naviyat tili bilan

aytganda, muqaddas vazifasi – insoniyatning zanjirini sog‘lom va iqtidorli

avlodlar bilan ulab borishdan iborat-ku! Bu – hamma millat, hamma davlat,

hamma xalqlar zimmasigagi sharafli vazifa hisoblanadi.

Oila dastlab ikki kishidan barpo bo‘ladi. Qo‘shgani bilan qo‘sha qarishni,

serfarzand bo‘lishni, hamma bolalari yig‘ilib kelganda uyi to‘ydek bo‘lib

ketishini, chiroyli qarishni orzu qilmagan o‘zbeklar, oila sohiblari topilmasa

kerak.

Sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qo‘rg‘on hisoblangan. O‘zbek

oilalarining serildizlik, serbutoqlik xususiyatlari qadim – qadimdan va hozir

boshqa millat kishilarida ham hayrat, ham hurmat uyg‘otgan xususiyatdir.

O‘zbek oilasida ayol, ona ana shu qo‘rg‘onning posbonlari, oilaning

muqaddasligini ta’minlovchi mo‘tabar insonlardir.

Qur’oni Karimda, hadislarda ayol – onani ulug‘lash kerakligi haqida

ko‘plab ibratli ko‘rsatmalar bor. Ularning hammasi ayol – onaning oilada tutgan

o‘rnidan kelib chiqib aytilgan, albatta. Negaki, dunyoga yangi kelgan farzand

uchun oila – ilk tarbiya maskani, shu muqaddas dargohning ma’naviy – axloqiy

muhitini yaratuvchi mo‘tabar zotdir.

Momolarimiz o‘z cheklariga tushgan bu qutlug‘ vazifani juda sidqidildan

bajarib kelganlar. Ana shu momolar o‘gitini eslash, tiklash, rivojlantirish hozirgi

kunda oldimizda turgan eng dolzarb vazifalarning bir uchquni desak to‘g‘ri

bo‘lar. Qaysi yo‘nalishda bo‘lishidan qat’i nazar, mamlakat taraqqiyotiga oid

hamma dasturlarda millatning yuzi, nozik qalbi, or-nomusi bilan bog‘liq

ma’naviy qadriyatlarga qayta-qayta murojaat qilinishi, ulardan quvvat olinishi,

e’zoz bilan qaralishi bejiz emas. Oila – bashariyat yaratgan bebaho, yombi

ma’naviy qadriyatdir.

Qalbning iymonli va rahmonliligi yoki, aksincha, bag‘ritoshlik va iblislik

ham oilada shakllanadi. Onalarimiz bu muqaddas vazifani juda oddiy yo‘l bilan,

ya’ni odobi, demakki xalq odobining eng ibtidoiy, lekin umri boqiy, qadri abad

qirralari – kattalarga hurmat, kichikka izzat, murosai madora, yulduzga yulduzni

moslab yashash kabilarni singdirish, bu fazilatlarni zamonga qarab

rivojlantirish, oilaning har bir a’zosi ruhida turg‘un qilish bilan o‘taganlar.

Oqibatda xalqimizga ulug‘ farzandlarni etishtirib berganlar.

Yuqorida oila – nafaqat bir yurtning, balki umuminsoniyatning katta

siyosati, aytish kerakki – davlat siyosati, dedik. Shuning uchun ham dunyoda

necha xalq, necha xil millat, necha xil mamlakat bo‘lsa, ularning nashr etgan

behisob adabiyotlari ichida oila, oilaviy munosabatlar, oilaning jamiyatda tutgan

o‘rni xususida alohida varaqlardan tortib, katta-katta ensiklopediyalargacha,

hukumat qarorlari, nizomlardan tortib, kodekslargacha uchratish mumkin.

Oila muqaddas va buyuk ne’mat hisoblangani uchun ham juda ko‘p

donishmandlar oilani tuzishni mamlakatni tashkil qilish kabi muhim deb

biladilar. Oilaning barqarorligi va baxtli hayoti – shu mamlakatning yuzi, obro‘yi

deb qaraladi. Taraqqiy etgan davlatlarning o‘z mamlakatlarida oilaga bunday

katta e’tibor berishi, turli yo‘llar bilan uning nufuzini ko‘tarishga intilishi also bejiz

emas.

Bizda oilalar qurayotganda an’anaviy ko‘rsatmalarga amal qilinadi. Asrlar

davomida ma’naviyatimiz boyib borayotganiga, oilalarimiz mustahkamligiga bu

ko‘rsatmalarning insonparvarligi, umrboqiyligi sabab bo‘layotgani ham sir

emas. Yaxshi oila xushxulqli, iymonli solih kishilarni, ibratli insonlarni

tarbiyalaydi. Voyaga yetayotgan har bir kishi oila to‘g‘risidagi yaxshi ko‘rsatma,

yo‘riq, tuzuk, qonun-qoidalarni yaxshi bilishi lozim. Ana shu bilim va istak

ularning o‘z oilalarini ko‘rkam bo‘lish, shu kichkina mamlakatlarni to‘g‘ri

boshqaruvlariga yordam beradi. Oilada rohatli umr kechirish – barakotli umr

kechirish demakdir.

Shuning uchun ham hamma asrlarda, hamma xalq va millatlarda

dunyoning buyuk olim va fuzalolari, taniqli adiblari umrlarining oxirigacha

qimmatli soatlarini oilani yaratish, uni barqarorlashtirish, insonni eng noyob

farog‘atdan bahramand qilish baxtiga muyassar etish ustida bosh qotirib

o‘tkazadilar.

Garchi oila turmushni iqtisodiy tashkil etuvchi ilk uyushma sifatida ibtidoiy

davrlardan boshlab mavjud bo‘lib kelayotgan bo‘lsa ham, davrlar o‘tishi,

“zamonlar o‘zgarishi” bilan oilaning maqsad va vazifalari ham o‘zgarib, tobora

takomillashib boraveradi. Oila - mo‘jazgina bir jamiyat, deydi dono xalqimiz,

butun insoniyat jamiyatining daxlsizligi ham uning jipsligiga bog‘liq. Oilaning

insoniyat jamiyati bilan uzviy bog‘liqligi uning eng qutlug‘ vazifasi - hayotning

abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlashida yaqqol ko‘rinadi. Oila

xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni o‘zida sinovdan

o‘tkazadi. Yaxshilarini o‘z bag‘rida asrab avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi.

Manbalarida bola dunyoga kelmay turiboq uning kelajagi to‘g‘risida qayg‘urish

kerakligi haqida ko‘rsatmalar bor. Oilaning zimmasidagi muqaddas

burchlarning biri - ulkan tarbiya o‘chog‘i ekani shunda namoyon bo‘ladi.

Oila o‘z farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni

singdirish bilan ularga boshlang‘ich ijtimoiy yo‘nalish beradi. O‘z farzandlarini

katta oqimga - jamiyatga qo‘shish bilan esa oila jamiyat yo‘nalishi, iqtisodiyoti,

madaniyati va ma’rifatini ham belgilashga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun

ham sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qo‘rg‘on hisoblanib kelingan.

Xususan o‘zbek oilalarining serildizlik, serfarzandlik xususiyatlari avval qanday

bo‘lsa, hozir ham boshqa millat kishilarida xuddi shunday ham hayrat, ham

hurmat uyg‘otgan xususiyatlardir. O‘zbek oilalarining tuzilishiga nazar solsak,

uning katta Vatan ichidagi mo‘jaz Vatan ekaniga ishonch hosil qilamiz.

2. Oila borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun va mohiyati.

Yurtimizda oilalarni mustahkamlash borasidagi davlat siyosatining

afzalligi shundaki, davlat oilani o‘ziga xos suveren tuzilma sifatida qadrlaydi,

uning ichki ishlariga aralashmaydi, lekin muayyan sabablarga ko‘ra, oilada

ba’zi qiyinchiliklar, muammolar yuzaga kelgan bo‘lsa, oila a’zolari fuqarolarning

o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat qilish orqali o‘z manfaatlarini

muhofaza etishlari, zarur hollarda esa davlatning madadidan bahramand

bo‘lishlari mumkin.

Oila masalasi davlatimizning doimiy e’tiborida. Harakatlar strategiyasini

Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash

yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi barcha sohadagi davlat siyosatini

yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xususan, Davlat dasturida og‘ir maishiy sharoitlarda yashayotgan,

boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilayotgan

oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan qator tadbirlarning

belgilangani xalqimizning o‘lmas qadriyatlariga xosdir. Quvonarlisi, joriy yilda

ham aholining turli qatlamlari uchun arzon hamda sifatli uy-joylar qurishga

alohida e’tibor qaratilmoqda. Aholi, ayniqsa, yosh oilalar, eski uylarda

yashovchilar va boshqa toifadagi fuqarolarning ehtiyoji muttasil oshib

borayotganidan kelib chiqib, arzon hamda sifatli uy-joylar qurish ko‘lami 1,5-2

barobar oshirilishi nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan milliy hamda maʼnaviy qadriyatlarimiz asosida ushbu sohada yillar davomida toʻplanib qolgan, eʼtibordan chetda qolib kelgan muammolar yechimi yuzasidan tegishli davlat organlari hamda jamoat tashkilotlari oldiga eng muhim va dolzarb vazifalar qoʻyildi.

Mazkur hujjatga muvofiq, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-

quvvatlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan

ayollarni ish bilan ta’minlash, ayniqsa, qishloqlarda yashayotgan yosh qizlarni

tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-

quvvatlash jamoat fondining tashkil qilinishi nur ustiga nur bo‘ldi.

Oʻz navbatida, umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni tahlil qilish

asosida zamonaviy, namunali oila mezonlarini belgilash hamda “Oila jamiyat

va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini keng targʻib etish va jamiyatga

singdirish masalalariga kompleks yondashish faoliyatimizda ustuvor ahamiyat

kasb etmoqda.

Bugungi shiddat bilan oʻzgarib borayotgan globallashuv davriga kelib

ham Oʻzbekiston oʻz istiqboli va kelajagini oilani rivojlantirish, uni eʼzozlashda,

deb bilayotgani yuqoridagi anʼanaviy qadriyatlarimizni yanada boyitgan holda

zamonaviy, namunali va farovon oilani barpo etish davlat siyosatining ustuvor

yoʻnalishlaridan biriga aylanganida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Mamlakatimiz aholisining deyarli yuz foizi oilalarga birlashib yashaydi.

Oilaga birlashish an’anasi, avvalo, nikoh, to‘y-tantanalardan boshlanadi. Bu

tadbir orqali oila qurilganini yaqinlarga ma’lum qilib, o‘z orzu-havaslarini

ro‘yobga chiqaradilar. Afsuski, bugungi kunda ayrim hududlarda ba’zi

kimsalarga ergashib qarzga botib, kimo‘zarga to‘y qilayotgan ota-onalarning

ko‘payib borayotgani, oqibatda oilaviy halovatini yo‘qotayotgani butun

jamoatchilikni tashvishga solmoqda. Achinarlisi shundaki, to‘ydan hech qancha

vaqt o‘tmasdan, sodir bo‘layotgan oilaviy mojarolar, ajralishlar, qudalar

o‘rtasidagi sovuqchilik sabablari ham aksariyat hollarda aynan shu masalaga

borib taqaladi. Haddan ziyod ko‘payib ketayotgan va asosan, ayollar

tomonidan “o‘ylab topilayotgan” yangicha, to‘ydan oldin hamda keyingi turli-

tuman tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilayotgani bot-bot takrorlanmoqda.

Garchi xonadonlardagi totuv, osoyishta, hamjihat muhitni ta’minlash,

asrab-avaylashga mahallalarda ustuvor ahamiyat qaratilsada, haftaning “Ahil

oila” kuni, deb e’lon qilingan shanba kunida bu boradagi masalaga yanada

kengroq e’tibor qaratilmoqda. Endilikda barcha tuman va shahar mahalla va

oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari huzurida Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash

bo‘limlari tashkil etildi. Shuningdek, nikohlanuvchilarga oilaviy-huquqiy

munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv

salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha

bilimlar berilib borilmoqda. Mahalla faollari tomonidan ajralish yoqasiga kelib

qolgan oilalar yarashtirildi.

Shu bilan birga, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” g‘oyalarini hayotga keng tatbiq etish mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatida muhim ahamiyat

kasb etmoqda. “Oila – muqaddas dargoh” shiori ostida har bir mahallada o‘tkazilayotgan chora-tadbirlar bugungi kunda mavjud pandemiya natijasida yuzaga kelgan karantin talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etilmoqda. Ko‘pni ko‘rgan, katta hayot tajribasiga ega nuroniylarni jalb etgan holda yoshlar uchun oilaning muqaddasligi, ibratli milliy qadriyatlarni to‘g‘ri tushuntirishga oid ma’rifiy tadbirlar, oilalarni mustahkamlashga oid ko‘rik-tanlovlar tashkil etilmoqda. “Keksalar maslahati” guruhlari hamda “Ayollar maslahat kengashlari”, Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari, “Buvijonlar maktabi” kengashlari tomonidan namunali va ibratli oilalar ishtirokida aholi o‘rtasida davra suhbatlari va uchrashuvlar muntazamlik kasb etgani bilan diqqatga sazovordir.

O‘zbek oilasi o‘zining chuqur ma’naviy-iqtisodiy poydevoriga ega. Biz bu

poydevorni yanada mustahkamlash chora-tadbirlarini ko‘rishimiz lozim.

Buzg‘unchilik, behayolik, befarqlik razolatiga botgan “ommaviy madaniyat”

girdobidan yoshlarimizni asrab, milliy qadriyatlarimizga asoslangan

an’analarimizni, urf-odatlarimizni, ma’naviy me’rosimizni ular qalbiga

singdirishimiz zarur. Toki, oila atalmish muqaddas qo‘rg‘onimizga aslo darz

ketmasin.

Bularning bari oilalarni yanada mustahkamlash, azaliy ezgu

qadriyatlarimizning o‘rni va ahamiyatini yoshlarga to‘g‘ri tushuntirish, ularning

oila va jamiyat oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi

shubhasiz.

3. Oilaga doir dunyoviy va islom aqidasidagi qarashlar.

Oila tomonlar (erkak va ayol) roziligi asosida quriladi va tomonlarning irqi,

millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, siyosiy va boshqa e’tiqodlari, shaxsiy,

mulkiy va ijtimoiy mavqei hamda holatidan qat’iy nazar ixtiyoriylik tamoyili

saqlab qolinadi.

Nikohni rasmiylashtirish davlat zimmasidagi vazifadir. Nikoh tomonlar

(erkak va ayol) huquqlarini ta’minlashning bosh rasmiy xujjatidir.

O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi barcha millat, elat

va xalqlarning oilalari “O‘zbekiston oilasi” tushunchasi tarkibiga kiritiladi va

oila muhofazasi bo‘yicha davlat siyosati oldida barcha oilalar irqi, millati, dini,

ijtimoiy kelib chiqishi va moddiy ahvoli nuqtai nazaridan teng huquqqa

egadirlar. Ularning barchasi uchun o‘z tili va madaniyatini rivojlantirish, o‘z

milliy an’analari va qadriyatlarini avlodlarga o‘tkazishda huquqiy kafolatlarini

ta’minlash davlat siyosatining maqsadlaridan biridir.

Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash uchun harakat qilish oilaning

ijtimoiy manfaatlaridan biridir. Oila va jamiyatda har bir inson yashash, erkin

bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir. Hech kimning shaxsiy va oilaviy

hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashish, uy-joyi daxlsizligiga, uning

yozishmalaridagi sirlarga yoki uning nomus va sha’niga o‘zboshimchalik bilan

tajovuz qilish mumkin emas. Har bir inson mana shunday aralashuv yoki

tajovuzdan qonun orqali himoya huquqiga ega.

Islom dini ta’limoti oilaga va uni ikki dunyoda saodatli bo‘lishiga alohida

e’tibor qaratdi. Alloh taolo oila farog‘ati va farovonligi, tinchligi va mustahkam

bo‘lishi, unda tavallud topgan farzandlar barkamol bo‘lishi yo‘lida zarur bo‘lgan

barcha tavsiyalarni bayon qildi.

Oila bu – tinchlik va mehr-muhabbat qo‘rg‘oni, ta’lim va tarbiya o‘chog‘i, shaxs yaratuvchisi va inson

ijtimoiylashuvining ilk bosqichi, istiqbol texnologik o‘sish va keskin iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi makon, islohotlar jarayonini insoniy resurs bilan ta’minlash plasdarmi, “inson

kapitalini” bunyod qiluvchi asos, yangi O‘zbekiston quruvchilari zahirasini yaratuvchisi, adolat izlovchi aqliy-

intellektual va jismoniy potensial, korrupsiyaga qarshi kurashning avangardi sifatida baholanadi.

“Fotir” surasida Alloh taolo shunday deb marhamat qiladi:

“Alloh sizlarni tuproqdan, so‘ngra nutfadan yaratib, keyin juft-juft qilib qo‘ydi” (11-oyat).

Alloh taolo “Rum” surasida bunday deb marhamat qiladi:

“Va Uning oyat-belgilaridan sizlarga sokinlik topishingiz uchun o‘zingizdan juftlar yaratganligi va oralaringizda mehru muhabbat va marhamatni solib qo‘yganidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir” (21-oyat).

Insonni erkak-ayolga ajratib, juft

yaratishining o‘zi Allohning Biru Borligi, barkamol

sifatlar sohibi ekanining yorqin dalilidir. E’tibor ila

tafakkur qilib ko‘rilsa, insonning erkak va ayol

qilib yaratilishining o‘zi ulkan mo‘jizadir. Alloh

taolo insonning o‘zidan unga juft yaratib

berishining hikmatini bayon qilib: “sokinlik topishingiz uchun”, - demoqda.

Darhaqiqat, erkak faqat ayolidangina sokinlik, orom, huzur-halovat,

osoyishtalik va tinchlik topadi. Shuningdek, ayol ham o‘ziga kerak sokinlik,

orom, huzur-halovat, osoyishtalik va tinchlikni erkakdan topadi.

Ushbu oddiy va ulkan haqiqatni anglab yetish uchun bir tasavvur qilib

ko‘raylik-a? Dunyodagi barcha inson zoti faqat erkaklardan iborat bo‘lsa, nima

bo‘lardi? Javob bitta: dunyoda erkak uchun sokinlik, orom, huzur-halovat,

osoyishtalik va tinchlik topilmasdi. Aksincha, dunyodagi barcha inson zoti faqat

ayol lardan iborat bo‘lsa, nima bo‘lardi? Bu savolning ham javobi bitta: dunyoda

ayol uchun sokinlik, orom, huzur-halovat, osoyishtalik va tinchlik topilmasdi.

Inson ayoli bir avloddan keyin inqirozga uchrardi.

Demak, insonning juft qilib, erkak va ayoldan iborat qilib yaratilishining hikmati juda ham katta “...va oralaringizda mehru

muhabbat va marhamatni solib qo‘ygani” Alloh taoloning O‘zi er bilan xotinning orasiga sevgi, mehr-muhabbat, rahm-shafqat solmasa, ular bir - birlarining ba’zi kamchiliklarini, oilaviy qiyinchiliklarni ko‘tara olarmidilar? Chidab, birga yasharmidilar? Erkakning tanasini, a’zolarini, ruhiyatini, hattoki eng kichik hujayralarini ham o‘ziga xos qilib yaratgan kim? Ayolning tanasini, a’zolarini, ruhiyatini, hattoki eng kichik hujayralarini ham o‘ziga xos qilib yaratgan kim? Ha, ularni bir-biriga mehribonlikni baxsh etuvchi, mehr-muhabbat asosida o‘zaro kelishib, dunyoni obod qiluvchi etib yaratgan zot qudratli Alloh taolodir. “Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir”. Qur’oni Karim oyatlarida inson zotining juft qilib - erkak va ayol qilib yaratilishining boshqa hikmatlari ham bayon qilinadi.

Masalan, “Nahl” surasida Alloh taolo shunday deb marhamat qiladi:

“Alloh sizlarga o‘zlaringizdan juftlar qildi va sizlarga juftlaringizdan bolalar va nabiralar qildi hamda sizlarni pok narsalardan rizqlantirdi” (72-oyat).

Ushbu oyati karimada insonni juft - erkak va ayol qilib yaratilishining

hikmatlaridan biri - farzand va nabiralar qoldirib, inson sulolasining davomli

bo‘lishini ta’minlash ekani bayon qilinmoqda. Bu orqali o‘sha ulug‘ ne’matlarni

berishga yagona Alloh taoloning O‘zigina haqli ekani ta’kidlanadi.

Shuningdek, Alloh taolo mazkur ne’matlardan bahramand bo‘lgan

bandalarning yagona ilohi – ma’budi bo‘lishga ham haqli ekaniga ishora

qilinadi. “Alloh sizlarga o‘zlaringizdan juftlar qilib” - Alloh taolo sizlarni er-

xotin bo‘lib, juft bo‘lib yashaydigan qildi. O‘sha jufti halolni o‘zingizdan yaratdi.

Erni ham, xotinni ham bir jinsdan qildi, birini yuqori, boshqasini past jinsdan

yaratgani yo‘q.

Balki ikkisi ham inson, ikkisi ham Allohning bandasi o‘laroq yaratildi.

Bularning bari ulkan ne’matdir. Alloh taolo erkaklar uchun ayollarni yoki ayollar

uchun erkaklarni yaratib bermaganida, nima bo‘lar edi? Erkaklarga erkaklik,

ayollarga ayollik xususiyatini Alloh taolo bermaganida, kim berar edi? Ularni bir

oilada yashab, farzand ko‘rish baxtiga Alloh taolo muyassar qilmaganida, kim

muyassar qilar edi? “...va sizlarga juftlaringizdan bolalar va nabiralar qildi...” Alloh taoloning o‘z bandasiga farzand berishi ulkan ne’matdir.

Shuningdek, jigargo‘shining farzandini ko‘rish, ya’ni nabirali bo‘lish ham ulkan

ne’mat hisoblanadi. Shu tariqa inson nasli saqlanib boradi. Alloh taolo insonni

avvalo jonsiz tuproqdan yaratdi. Keyin esa, nutfa (sperma) orqali ko‘payishini

qonunlashtirib qo‘ydi. Faqat bu ko‘payish halol-pok yo‘l bilan bo‘lishi shartligini

o‘z kitobida alohida ta’kidlab ham qo‘ydi. Demak, inson o‘ziga halol juft, bola

va nabiralar bergan Alloh taologa iymon keltirib, ungagina ibodat qilib, oilasini

har jihatdan asrab-avaylab yashamog‘i lozim. Aks holda, noshukurlik qilgan

bo‘ladi. “...hamda sizlarni pok narsalardan rizqlantirdi...” Alloh taolo

insonga pokiza rizq berguvchi yagona Zotdir. Undan boshqa rizq berguvchi

yo‘q.

Demak, bu o‘rinda ham inson Alloh taologa iymon keltirib, Ungagina

ibodat qilmog‘i lozim. Qur’oni Karimdagi ma’lumotga binoan, insonning birinchi

jamiyati oiladan iborat bo‘lgan. Alloh taolo tuproqdan otamiz Odam

alayhissalomni va undan uning jufti - onamiz Havvoni yaratganidan so‘ng

ikkovlari bir oila bo‘lib hayot kechirishni boshlaganlar va ulardan odam nasli

tarqala boshlagan.

Oilaviy hayotdan, er-xotinlik aloqasidan sharafli maqsadlar ko‘zda tutilishi

kerak. Oilaga eru xotinga ulug‘ va sharafli mas’uliyatlarni yuklovchi go‘zal bir

hay’at deb qarash lozim. Eru xotin o‘sha mas’uliyatlarni ado etish uchun

himmatlarini oliy qilib, osonlik va qiyinchilik, kenglik va torlik vaqtlarida ham

o‘zaro hamkorlik qilishlari kerak.

O‘z oilalarini mustahkam qilib, oliyjanob farzandlar yetishtirib, ummat

uchun, vatan uchun foydalar keltirishga harakat qilishlari kerak. Bu esa, o‘z

navbatida har kim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni iymon asosida, vijdonan ado

etishini taqozo qiladi. Eru xotin orasidagi oilaviy aloqa muhabbat, takdirlash,

o‘zaro tushunish asosida bo‘lishi kerak.

Nikoh bu ruhiy ko‘ngil aloqasidir. Bu aloqa abadiy va bardavom aloqadir.

Shuning uchun ham bu aloqa muhabbat, rahm-shafqat asosida bo‘lishi lozim.

Har bir odam ana shu ma’nolarni o‘ziga singdirib olgan holdagina oila qurishga

harakat boshlashi kerak.

👉👉 Topshiriq. Mavzu yuzasidan BBB texnologiyasi bo‘yicha topshiriq va

ko‘rsatma. 1. Ma’ruza rejasiga mos holda 2-ustunni to‘ldiring.

2. O‘ylang, hal eting va javob bering, ushbu mavzu bo‘yicha nimani bilasiz,

3-ustunni to‘ldiring.

3. O‘ylang, hal eting va javob bering, ushbu mavzu bo‘yicha nimani bilish kerak,

4-ustunni to‘ldiring.

4. Ma’ruzani o‘qing.

5. 5-ustunni to‘ltiring.

B/B/B jadvali (Bilaman/Bilishni xoxlayman/Bildim) № Savollar Bilaman Bilishni

xohlayman Bildim

1

2

NAZORAT SAVOLLARI. 1. Nima uchun oila muqaddas sanaladi?

A) Oila inson hayotida muhim o‘rin tutganligi uchun muqaddas sanaladi.

B) Oilaga e’tibor qaratish kerak, shuning uchun muqaddas sanaladi.

D) Oilani davlat himoya qiladi, shuning uchun muqaddas sanaladi.

E) Oila Alloh irodasi va hukmi asosida yuzaga keladi hamda davlat qonuni

asosida rasmiylashtiriladi, shuning uchun muqaddas sanaladi.

2. Oila bu ...

A) kichik jamoa;

B) kichik guruh;

D) kichik jamiyat;

E) kichik madaniyat.

2-MAVZU. OILANING KELIB CHIQISH TARIXI VA OILA TIPLARI.

Reja:

1. Oilaning kelib chiqishiga doir qarashlar tarixi.

2. Oila tiplari va uning o‘ziga xos xususiyatlari.

Tayanch iboralar: Oila, oila tarixi, oila tiplari, er-xotin, nikoh, inson, oila

tarbiyasi.

1. Oilaning kelib chiqishiga doir qarashlar tarixi.

Oila jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va demografik

rivojlanishiga poydevor bo‘ladigan asosiy institutdir. O‘zbekistonda oilaning

mavqei yuqori bo‘lib, respublika aholisining mutlaq ko‘pchiligi oila muhitida va

oila a’zosi bo‘lib yashashi oilaning respublika taraqqiyotidagi o‘rnini belgilab

beradi. Oilalarda qanchadan-qancha bolalar tetapoya bo‘lib, tarbiya topib,

voyaga yetib jamiyat uchun kerakli shaxsga aylanadi.

Professor O. Musurmonova ta’kidlaganidek: “Oilaning asosi er-xotin yohud ota-onadir. Modomiki, er-xotin oilaning tamal toshlarini mustahkam bunyod etishga mas’ul ekanlar, ular unda uchraydigan turmush qiyinchiliklari, hayot quvonchlari-yu, tashvishlarini boshdan kechirishda, oilani idora etishda, farzand tarbiyasida mas’uldirlar”1.

Jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’naviy jihatdan

rivojlanishi har tomonlama kamolga yetgan shaxsning shakllanishiga, uning

siyosiy, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetukligiga bog‘liq. Qachonki, inson vatani

va unda mavjud bo‘lgan oilalar va undagi tarbiya tarixini chuqur bilib, qanday

buyuk ajdodlar avlodi ekanligini bilsa va his etsa, u o‘zligini anglaydi va

yuragida shu yurt, shu millat farzandi ekanidan chuqur milliy g‘ururni, faxrni

tuyib yashay boshlaydi.

Xalqimizning tarixini ko‘zdan kechirsak, oila, uning jamiyat

taraqqiyotidagi o‘rni xususida qimmatli fikrlar aytilgan. Demak, o‘zbek oilasi

tarixi va milliy oila pedagogikasi tarixi juda qadimiydir.

Ajdodlarimiz azaldan oila mustahkamligi sog‘lom avlodning dunyoga kelishi uchun juda e’tiborli bo‘lishgan, oilasi, urug‘i obro‘si mustahkamligi, g‘ururi uchun doimo kurashib kelgan. Buni tarixiy manbalarni kuzatishning o‘ziyoq anglatib turibdi. Yuqorida ta’kidlanganidek, zardushtiylikning muqaddas kitobi “Aveto”da oila, uning mustahkamligi, tarbiya masalalariga katta e’tibor berilgani uning isbotidir. Oilaparvarlik va bolaparvarlik g‘oyalari faqat yo‘l-yo‘riqlar

1 Ойниса Мусурмонова. Оила маънавияти-миллий ғурур. -Т.: “Ўқитувчи”, 2000, 60-бет.

sifatidagina qabul qilinib qolmay, avlod turmushining baxtli-saodatli, to‘la ta’minotli, xushchaqchaq, serfarzand bo‘lishi to‘g‘risida ham katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatilgan. Bunday g‘oyalar avloddan-avlodga aynan oila tarbiyasi orqali singdirib borilgan, deb ta’kidlaydi tadqiqotchi To‘rabek Xo‘janiyozov2.

Bu misollardan ko‘rinib turibdiki, eramizgacha bo‘lgan uzoq o‘tmishda

ham biologik-fiziologik jihatdan sog‘lom erkak yohud ayol kishilar oila qurishga

majbur bo‘lishgani holda ular (insonlar) qavm-urug‘ni toza saqlash, milliy qonni

(avlod ma’nosida) buzmaslik, nikoh tushmaydigan qarindoshlar o‘rtasida oila

qurmaslik kabi axloq-odob me’yorlariga amal qilishgan.

Darhaqiqat, eng buyuk tarixiy ildizlarga ega xalqimiz bugungi kunda

mustaqillikka erishib, bu jarayonda oilaning o‘rni, mas’uliyati va oilada farzand

tarbiyasiga katta e’tibor berilayotganligini e’tirof etish lozim. Insoniyat tarixiga

nazar tashlasak, oilalarning paydo bo‘lishida, odamzodni o‘troq, madaniy

hayotga o‘tishida ayol – Onalar o‘ta muhim rol o‘ynaganini ko‘rish mumkin.

Amerikalik Uolt Uitmen va rus olimasi O.P.Valyanskayalarning fikrlariga ko‘ra,

bolalarning g‘amini yegan onalar ko‘p vaqtlarini ovchi erlarini kutib o‘tkazganlar.

Ana shunda vaqtdan unumli foydalanish maqsadida hunarmandchilikni ham,

omonat kulba atrofida ekin ekishni ham ayollar boshlab berishgan. Keyinchalik

ular erlariga ko‘chmanchilikni tark etib, uy qurish, uy atrofida dehqonchilik qilish

g‘oyasini uqtirishgan. Bu esa hozirgi sivilizatsiyaning – o‘troq yashash,

shaharlar paydo bo‘lishining avvalida onalar ma’naviyati va tarbiyasi

turganligini ko‘rsatadi.

Oila so‘zi aslida arabcha “Ayolmand”, “Niyozmand” ma’nolarini

anglatuvchi “Oil” so‘zidan chiqqanligi “Farhangi zaboni tojiki”da qayd etilgan.

Yangi tuzilgan besh jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” uchinchi kitobida ham

bu so‘zning arabchaligi ta’kidlanib, uning ma’nosi farqlanadi. Bunda: “Er-xotinlarning bola-chaqalari va eng yaqin tug‘ishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui, xonadon”. “Bir maqsad, maslak bilan

2 Хўжаниёзов Т. Оила тарихи ва ҳуқуқ. -Т.: “Адолат”, 2006, 16-17-бетлар.

birlashgan ko‘p kishilar, xalqlar, mamlakatlar” hamda “Rafiqa, xotin. Oilam maktabda o‘qituvchi”3. Arabchadan xotin “zavja” deyilib, uning erkak

bilan qo‘shiluvidan bola-chaqa dunyoga kelib, ayolmandlik yuzaga kelgan,

binobarin, oila shakllangan. Aftidan, oilaning ibtidoiy ko‘rinishlari sanaluvchi

qon-qarindosh oila, undan keyingi bosqichda esa bir guruhga mansub opa-

singillarning boshqa jamoa guruhidagi erlarga xotinlik qiladigan oila dastlab

“oil”dan iborat demografik birliknigina anglatgan ko‘rinadi.

“Oilaning kelib chiqishi hali batamom oydinlashtirilgan emas, - deb yoziladi “Filosofiya lug‘ati”da. - Mutaxassislarning aksariyati ibtidoiy jamoa tuzumining avvalida tartibsiz jinsiy aloqalar hukm surgan va u vaqtda oila hali bo‘lmagan, bu aloqalar o‘rnini jamoaviy nikoh egallagan, so‘ngra esa mazkur jamiyat oilasining asosiy formasi sifatida juft oila paydo bo‘lgan, deb hisoblashda davom etmoqdalar. Yangi tadqiqotlar bir qancha olimlarni eng avval-boshdan juft oila mavjud edi, bu oila er va xotin urug‘i bazasida (otalik davri, onalik davri) yashagan va qarindoshlikni ota tomonidan ham, ona tomonidan ham hisoblab borgan, degan xulosaga olib keldi”. Jamoa va urug‘ning rivojlanishi va buzilishi juft

oilaning avvalida kattakon ota (patriarxal) oilasiga, keyin esa monogamiyaga

(yakka nikohlikka) asoslangan kichikroq ota oilasiga ham aylanishini

belgilagan.

Inson hamjamiyati taraqqiyotining birinchi bosqichlarida bizning

tushunchamizdagi oila yo‘q edi, tartibsiz aloqalar o‘rin olgan edi. Erkak va ayol

intim munosabatlaridagi birinchi ijtimoiy sanksiya jinsiy aloqadan ota-onalar va

ularning farzandlarini mustasno qilish bo‘ldi. Bu o‘sha tarixiy chegara bo‘lib,

undan boshlab ibtidoiy jamiyatning nikohgacha bo‘lgan holati ijtimoiy

boshqariladigan munosabatlarga o‘tdi.

Agar ibtidoiy jamiyatning boshlarida oilada bolalar kattalarning mehnati

jarayonida bevosita ishtirok etish bilan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab

borgan bo‘lsa, keyinchalik ibtidoiy jamiyatning tabaqalanishi natijasida mehnat

3 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. 3-жилд, - Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2007, 97-бет.

turlari ham o‘zgarib bordi. Ayrim oilalarda bolalarni diniy aqidalarni ado etishga

o‘rgatish zaruriyati tug‘ildi. Shunday qilib, ibtidoiy jamiyatning o‘zidayoq oila va

uning tabaqalanish an’anasi paydo bo‘ldi. Jamiyat va oila taraqqiyoti, mehnat

qurollarini takomillashtirish natijasida keyingi avlodga meros qoldiriladigan

tajribalar hajmi ham o‘sib boraverdi.

Garchi ibtidoiy oila faqat shu maqsadda yuzaga kelgan esa-da, davrlar

osha bu maqsad o‘zgara bordi, nasl qoldirmoq, zurriyotni davom ettirmoq va

shu asosda insoniyatning davomiyligini ta’minlamoqdan iborat ijtimoiy ma’no

bilan boyib bordi. Yigit va qiz o‘rtasidagi jinsiy munosabat o‘z-o‘zidan sodir

bo‘luvchi hayvoniy – instinktivlik ruhidan qutula borib, ularning bir-birlarini

tanlab, sevib-sevilib, bir-birlariga o‘zlarini baxshida etish darajasidagi ichki

ma’naviy ehtiyoj zamiridagi taqdirdoshlikka aylandi.

Oilaning birinchi tarixiy shakli deb, matriarxat davridagi urug‘chilik

tarkibida bo‘lgan ona oilasini hisoblash mumkin, ba’zan uni totemik oila deb

ham ataydilar. Bu birinchi to‘rt-besh avloddagi ona tomonidan yaqin

qarindoshlarning xiyla katta guruhi bo‘lgan. Bu tipdagi oilada guruhli nikoh

mavjud bo‘lib, bolalarning otasini aniqlashning iloji bo‘lmagan, shuning uchun

ham bolalarning kelib chiqishi ona tomondan aniqlangan.

Oila va oilada tarbiyaning tarixi uzoq vaqt davomida taxminan XIX

asrning o‘rtalarigacha jamiyatning birlamchi monogam yacheykasi sifatida

o‘rganilgan. Shu sababli ham oila antik, o‘rta asr, qisman yangi davrda

olimlarini o‘ziga xos sotsial institut sifatida emas, balki, uning ijtimoiy tuzumga

va davlatga bo‘lgan munosabati ko‘proq qiziqtirgan.

Demak, oila tarixiy-ijtimoiy hodisa sifatida kishilik jamiyatida qator

vazifalarni bajarib, ham o‘zi, ham jamiyatimizning takomillashuvini ta’minlab

kelmoqda. Chunonchi, oilaning dastlabki va bosh vazifasi – demografik

vazifadir. Sirasini aytganda, oilani nafaqat jinsiy aloqani tartibga soluvchi, balki

zurriyotni davom ettirish ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan ijtimoiy-biologik hodisa

ham deyish mumkin.

2. Oila tiplari va uning o‘ziga xos xususiyatlari.

Oilaning quyidagi turlari mavjud: 1. Katta patriarxal oila, bunda ota-onalar, bolalar, nevaralar bir oilada

yashaydilar; 2. Ikki avloddan – ota-ona va bolalardan iborat oila; 3. Noto‘liq, ya’ni oilada biror sababga ko‘ra ota yoki ona yo‘qligi; 4. Faqat er va xotindan tashkil topgan oila; 5. Aralash, yaqin yoki uzoq qarindoshlar bir xonadonda istiqomat

qiladigan oila; 6. Baynalmilal, turli millat vakillari tuzgan oila. 7. Qayta qurilgan oila.

Oilaning turlari

Katta patriarxal oila, bunda ota-onalar, bolalar, nevaralar

bir oilada yashaydilar

Noto‘liq, ya’ni oilada biror

sababga ko‘ra ota yoki ona yo‘qligi

Qayta qurilgan

oila Faqat er va

xotindan tashkil topgan

oila

Aralash, yaqin yoki uzoq qarindoshlar

bir xonadonda istiqomat qiladigan

oila

Baynalmilal, turli millat vakillari

tuzgan oila

Ikki avloddan – ota-ona va bolalardan

iborat oila

👉👉 Topshiriq. Ven diagrammasi orqali oila tiplari va uning o‘ziga

xos xususiyatlarini aniqlaymiz. Venn diagrammasi asosida bajariladi. Venn diagrammasining har bir

doirasiga asosli fikrlar yoziladi. “Oila tiplari” va “Oila tiplarining o‘ziga xos xususiyatlari”ni alohida-alohida doiralarga, ularning uyg‘unligini doiralarning

tutashgan hududiga qayd etiladi.

NAZORAT SAVOLLARI:

1. Qaysi hujjat oila munosabatlarini tartibga solish uchun eng asosiy hisoblanadi?

A) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi

B) O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi

D) O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati Kengashining 2020-yil

13-iyuldagi QQ-105-IV–son “Erta turmush va erta tug‘ruq holatlari hamda

oilaviy ajralishlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari

to‘g‘risida” qarori

E) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi

PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha

Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni

2. Qaysi turdagi tuzilgan nikoh maqbul? A) Faqat shariy nikoh

B) Qonuniy va shariy nikoh

D) Faqat qonuniy nikoh

D) Fuqarolik nikohi

Oila tiplariga

nimalar kiradi?

Oila tiplarining o’ziga xos xususiyatlari

nimalardan iborat?

3 - MAVZU. OILANING HUQUQIY ASOSLARI.

Reja:

1. Oila huquqi tushunchasi.

2. Oila huquqining asosiy tamoyillari.

3. Oilada erkak va ayolning huquq va majburiyatlari.

4. Oilaviy munosabatlarda er-xotin etikasi.

Tayanch iboralar: Oila huquqi, tamoyillar, ayol va erkak huquqlari, Oilaviy

munosabatlarda er-xotin etikasi, axloqiy munosabatlar.

1. Oila huquqi tushunchasi Oila jamiyatning tabiiy va asosiy xujayrasidir. U qancha mustahkam

bo‘lsa, jamiyat ham shuncha mustahkam va tez rivojlanadi. Jamiyatimiz asosi-

oila moddiy va ijtimoiy jihatdan mustahkamlanmoqda.

Oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar odob-axloq va huquqiy qoidalar

bilan tartibga solinadi. Oila huquqi huquqning mustaqil sohasi bo‘lib, nikoh,

qon-qarindoshlik, bolalarning nasl-nasabini belgilash, ota-ona qaramog‘idan

mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllaridan kelib chiqadigan

munosabatlarni huquqiy tartibga soladi.

Oila huquqining predmeti oila a’zolari o‘rtasidagi shaxsiy va mulkiy

munosabatlar hisoblanadi. Shaxsiy munosabatlarga, er-xotinning familiyasi,

bolalar tarbiyasi, oila turmushi masalalarini hal qilishi, mashg‘ulot turi, kasb va

turar-joy tanlash huquqlari kiradi.

Mulkiy munosabatlarga esa, er va xotinning nikoh davomida orttirgan

umumiy mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning

umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh

shartnomasida boshqacha holat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi

umumiy mulki hisoblanadi.

Shunday qilib, oila huquqi nikoh tuzish tartibi va shartlari, nikohning

tugatilishi, nikohning haqiqiy emasligi, oilada er va xotin o‘rtasida, ota-ona bilan

bolalar o‘rtasida, oilaning boshqa a’zolari o‘rtasida kelib chiqadigan shaxsiy va

mulkiy munosabatlarni, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik, bolalarni oilaga

tarbiyaga olish tufayli kelib chiqadigan munosabatlarni, fuqarolik holati

dalolatnomalarini qayd etish tartiblarini belgilaydigan huquqiy normalar

yig‘indisidan iborat.

2. Oila huquqining asosiy tamoyillari Oila huquqi tamoyillari deganda, ushbu huquq sohasining mohiyatini

aniqlab beradigan hamda huquqiy mustahkamlanganligi sababli

umummajburiy ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy negiz qoidalar tushuniladi.

Oila huquqi tamoyillarini hisobga olmasdan uning normalarini to‘g‘ri

sharhlab va qo‘llab bo‘lmaydi. Oila huquqi tamoyillari nafaqat huquqni qo‘llash

amaliyoti uchun, balki shu bilan birga amaldagi oila qonunchiligining mohiyatini

anglash hamda uning keyingi takomillashtirilishi uchun ham muhim

ahamiyatga ega.

Oila huquqining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1) Oilani jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqi. Oila

jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

63-modda).

a) Oila davlat himoyasida. Oila davlat himoyasida deyilganda avvalo

vujudga kelgan oilalarni saqlab qolish va ularni mustahkamlashga qaratilgan

davlat tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar tushuniladi.

Davlatning oila xususidagi g‘amxo‘rligi, avvalambor hukumat

yuritayotgan kuchli ijtimoiy siyosatda namoyon bo‘lmoqda. Davlat rahbarligida

amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy islohiy chora-

tadbirlarning bosh maqsadi inson, oila manfaatlarini qanoatlantirishdan iborat.

Oilaning davlat muhofazasida ekanligi Respublikamiz Prezidentining

farmonlarida o‘z ifodasini topmoqda. Jahonning bir guruh tadqiqotchi olimlari

tomonidan respublikada oilani, onalik va bolalikni himoya qilish borasida

qilinayotgan ishlar o‘rganib chiqildi. Natijalar chet ellardagi ahvol bilan

taqqoslanganda, oilalarni ijtimoiy himoyalash borasida bizning Yurtboshimiz

kabi ko‘p qaror va farmonlar qabul qilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

b) Oila jamiyat muhofazasida. Oila jamiyat tomonidan muhofaza

qilinadi deyilganda, mamlakatda mavjud bo‘lgan jamiyatlar va jamg‘armalar

tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarning oilaga ham moddiy, ham ma’naviy

yordam berishlari tushuniladi. Bu qoida mustaqil Respublikaning

Konstitutsiyasida belgilangan yangi qoidadir.

Mamlakatimizda jamoat tashkilotlari har xil jamg‘armalar hisobidan oilani

mustahkamlash, bolalar manfaatini himoya qilish uchun turli moddiy va

ma’naviy yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Oila ayni vaqtda jamiyatning, avvalo, uning jamiyat manfaatlari bilan

chambarchas bog‘liq ekanligida hamda ijtimoiy vazifalarida yaqqol aks etadi.

2) Barcha fuqarolarning-jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida tengligi.

Oila huquqida barcha fuqarolarning millati, irqidan qat’iy nazar teng

ekanligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 18-moddasida: “... barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar”- deyilgan. Bu xalqlar do‘stligidan

kelib chiqadigan o‘zgarmas qoida bo‘lib oila huquqida o‘z ifodasini topib

odamlarni har xil millatga tegishli ekanligi yoki irqiga mansubligi oilaviy

munosabatlarda hech qanday ahamiyatga ega emasligini anglatadi.

Nikoh tuzish uchun fuqarolarning har xil millatga mansubligi,

dinga e’tiqod etishligi to‘siq bo‘lolmaydi.

Bolalarni farzandlikka olishda farzandlikka oluvchilarning bolalardan

boshqa millatga tegishli ekanligi ham monelik qilolmaydi. Hayotimizda nikoh,

farzandlikka olish tufayli fuqarolarning bir oilaga birlashganligini ko‘plab

uchratish mumkin.

3) Hamma oilaviy munosabatlarda ayol bilan erkak teng huquqlidirlar.

Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasiga

binoan, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Bu tamoyil konstitutsion

qoidaga aylandi. Jamiyatda ayol bilan erkakning teng huquqliligi

mamlakatimizda erishilgan jinsidan qat’iy nazar fuqarolarni siyosiy tengligiga

asoslanadi. Bu tamoyil Oila kodeksining 2-moddasida: “Oila munosabatlarni tartibga

solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi, er va

xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy masalalarning

o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon

hayot kechirishi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish, voyaga yetmagan va

mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish

ustuvorligi tamoyillari asosida amalga oshiriladi”- deyilgan.

4) Oilaviy munosabatlarda ishtirok etuvchilarni ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning o‘zaro bir-biriga g‘amxo‘rlik qilishi.

Bu tamoyil oilaviy munosabatlarning mazmunidan kelib chiqib, ularning

moddiy hisob-kitoblardan holi bo‘lgan bir-biriga muhabbat, hurmat kabi

hissiyotlarga asoslanadi.

Er va xotin, ota-ona va bolalar, bobo-buvi va nabiralar, aka-ukalar va opa-

singillar, farzandlikka olganlar va farzandlikka olinganlar va hokazolar

o‘rtasidagi munosabatlar avvalo, nikoh, qon-qarindoshlik yoki oilaviy rishtalar

bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlardir.

Oilaviy munosabat ishtirokchilarining bir-biriga munosabati umum axloqiy

tamoyilga va ma’naviy me’yorlar bilan tartibga solinadi. Bu esa huquqiy

demokratik davlatni muvaffaqiyat bilan qurayotgan jamiyat a’zolariga xosdir.

Oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy tartibga solinishi mana

shu tamoyillarga tayanadi va ularga to‘la mos keladi. Ba’zi hollarda qonun oila

a’zolarining o‘z yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatini yuklaydi. Oila

kodeksining 109-moddasiga binoan voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar

mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o‘z ota-onasiga ta’minot berishlari va

ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari shart.

5) Davlat tomonidan onalik, otalik va bolalikni muhofaza etish va ularning manfaatlarini har taraflama himoya qilish.

O‘zbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasi 65-moddasi 2-qismi va

Oila kodeksining 4-moddasi 1-qismiga

binoan oila, onalik, otalik va bolalik

davlat himoyasidadir.

Insonning dunyoga kelishi juda katta baxtdir. U muomala layoqatiga to‘liq

mustaqil ravishda o‘z xohishi bilan nikoh munosabatiga kirib, oilasida bolalar

tug‘ilsa, unga berilgan eng ulug‘ nom, unvon bu onalik, otalikdir.

Onalik. Demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatida

onalikni himoya etishga alohida ahamiyat beriladi. Chunki, ayolning asosiy

vazifasi insoniyat zanjirini bardavom ettirish hisoblanib, onalik ham jamiyat

hayotidagi muhim bir ish bo‘lib qoladi. Onalikni boshqa hech bir vazifa bilan

almashtirish mumkin emas. Ayol kishi uchun dunyoda onalik baxtidan

buyukroq baxt yo‘q. Ona bo‘lish, farzand ko‘rish, alla aytish ayol uchun baxtdir.

Otalik. Oila huquqining tamoyili bo‘lgan “Onalik va bolalikning muhofaza

qilinishi” jumlasi yoniga amaldagi Oila kodeksiga “Otalik” degan so‘z ham

qo‘shildi. Chunki, to‘liq ma’noda “Oilaning, onalik, otalik va bolalikning

muhofaza qilinishi” bilan belgilanadi.

Xotinning homiladorlik davri bo‘lajak ota uchun ham jiddiy sinovdir. Bu

davrda er bo‘lajak ona va bola to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi, xotinning eson-

omon qutulib olishga tayyorlanib borishi uchun yaxshi shart-sharoit yaratib

berishda qo‘lidan kelgancha harakat qilishi lozim. Unga tegishlicha ruhiy-

iqtisodiy muhitning yaratilishi homiladorlikning sog‘lom kechishini ta’minlaydi.

Bolalik. Bola ota-onaning quvonchi, faxri, baxti, er-xotinni bir-biriga

payvand qiladigan ham farzanddir. Bolaga mehr-muhabbat tuyg‘usi onalarda

juda kuchli bo‘ladi. Ona o‘z bolasini tug‘ilmasidan ancha avval sevishga va

unga jonini ham berishga qodir zot. Bola tug‘ilgunga qadar onasi hisobiga

oziqlanadi, rivojlanadi. “Ona o‘z jonidan jon, o‘z tanidan tan ado etadi”, deb

bejiz aytishmagan.

Aholisining yarmidan ko‘prog‘ini 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan

bolalar tashkil etadigan respublikamizda bolalar huquqlarini ta’minlash alohida

ahamiyatga ega.

6) Bolalarni mustaqillik va milliy mafkura g‘oyasi asosida tarbiyalash.

Mustaqillik va milliy mafkura hamma zamonlarda ham eng dolzarb

siyosiy-ijtimoiy masala bo‘lib, har qanday jamiyatni sog‘lom, ezgu maqsadlar

sari birlashtirib, uning o‘z maqsadlariga erishish uchun ma’naviy-ruhiy kuch-

quvvat beradigan poydevor bo‘lib kelgan.

Chunki, mafkura-jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini,

ularning intilishlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Bolalar o‘z taraqqiyot yo‘lini,

ertangi kunini o‘zining milliy g‘oyasi, milliy mafkurasi orqali belgilab olishga

intilishlari lozim.

Oila-mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biridir.

Chunki, oila-jamiyat negizi bo‘lib, ko‘p asrlik mustahkam ma’naviy tayanchlarga ega. Milliy mafkuramizga xos bo‘lgan ilk tushunchalar, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o‘giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Oiladagi sog‘lom muhit-sog‘lom mafkurani shakllantirish manbaidir. Jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonligini, o‘zaro hurmat va ahillikni ta’minlash-milliy mafkurada ko‘zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishda tayanch bo‘ladi4.

3. Oilada erkak va ayolning huquq va majburiyatlari.

Er-xotin bolalar tarbiyasida va oilaviy turmushning barcha masalalarini

birgalikda hal qilish huquqiga egadirlar.

Er-xotin har biri o‘zi tanlagan kasbi, mutaxassisligi, mashg‘ulot turida

ishlash huquqiga ega. Er va xotin yashash joylarini tanlashda ham teng

4 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. –Т.: “Ўзбекистон”, 2000, -66 б.

huquqli. Bundan er o‘z uyida, xotin o‘z uyida yashashi kerak, degan ma’no

chiqmaydi. Lekin turar joy masalasida er va xotin tinch-totuv yashash

imkoniyatini ko‘zlab, oilani saqlash maqsadida bu masalaga yondoshishi lozim.

Er va xotin ularning birgalikdagi umumiy mulki bo‘lgan mol-mulkka egalik

qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishda teng huquqlarga egadir.

Er va xotindan birining umumiy mol-mulkini tasarruf etishi bilan bog‘liq

bitim tuzilganda bu harakat boshqasining roziligiga ko‘ra amalga

oshirilayotganligini anglatadi.

Er va xotinning nikohga qadar o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki,

shuningdek ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki

boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining o‘z mulki

hisoblanadi.

Qimmatbaho buyumlar va zebu-ziynatlardan boshqa shaxsiy

foydalanishdagi buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shu kabilar), garchi

nikoh davomida er va xotinning umumiy mablag‘i hisobiga olingan bo‘lsa ham,

ulardan foydalanib kelgan er va xotinning xususiy mulki hisoblanadi.

Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida

va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda

majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi nikoh deb hisoblanadi.

Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar ham,

shuningdek nikoh davrida ham tuzilishi mumkin.

Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda

tasdiqlanishi lozim.

Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham,

bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin.

Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda

o‘zgartilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Ko‘plab kelinlarimiz o‘zlarining erlaridagi haqlarini mutlaqo bilmaganiday, erlarining o‘zlaridagi haqlarini ham deyarli bilishmaydi. Xotin erining haqlarini bilib, ularni ado qilganidagina soliha, yaxshi, risoladagi xotin bo‘ladi. Erning xotin zimmasidagi eng muhim haqlari quyidagilardir:

1. Xotin erining haqqini o‘z haqidan va hamma yaqinlarining haqidan ham oldinga qo‘yishi kerak. Chunki zimmasidagi erining haqi juda kattadir.

2. Xotin eridan ruxsat olmay nafl ro‘za tutishi mumkin emas. Chunki ro‘za bahra olishga to‘siqdir. Ayol nafl ro‘za tutsa, eri u bilan kunduz kuni qo‘shilolmaydi. Qo‘shilish erining haqidir.

3. Xotin erining uyidan uning ijozatisiz biror narsani o‘zining yaqinlariga ham berishi kerak emas. Agar bersa, xotinga gunoh, erga savob bo‘ladi. To‘g‘ri, faqat taomidan buzmay, sadaqa qilsa bo‘ladi.

4. Xotin eridan ruxsat olmay uydan chiqishi, uydan boshqa joylarga ishlash uchun borishi mumkin emas. Eri istamasa, ayollar bilan aralashmasligi kerak.

5. Xotin Alloh taolo bergan nasibaga rozi bo‘lishi, eriga injiqlik qilmasligi kerak. Maishat qiyinchiligi yo hol nochorligi uchun g‘azablanmasligi va oh-voh urmasligi lozim. Balki xushnudlik va qanoat ko‘rsatib, erining rizq topishdagi mashaqqatlarini qadrlashi, harom kasbga o‘tishidan qo‘rqib, undan hojatdan ortig‘ini talab qilmasligi zarur. Erini ham qanoatga undab, harom yo‘llardan ogohlantirishi zarur. Momolarimiz erlarini kuzatayotib shunday deyishar edi: “Harom kasbdan

saqlaning! Biz ochlik va qiyinchilikka chidaymiz, ammo do‘zax otashiga chiday olmaymiz”.

6. Xotin erining do‘stiga notanishdek bo‘lishi lozim. Eri uyida bo‘lmaganida uning do‘sti eshik qoqsa, o‘zi va eriga rashk qilib, u bilan so‘zlashmasin. Zero, kishi do‘stining xotini bilan tanishar ekan, bu hol rashk va fitnaga sabab bo‘ladi.

7. Xotin go‘zalligi bilan eriga faxrlanmasligi, eri xunuk bo‘lsa, yomon ko‘rmasligi, agar o‘zi boy bo‘lsa, eri oldida moli bilan g‘ururlanmasligi kerak. Balki er tomonini nazarga olishi, uni hurmat qilishi va qadrlashi lozim.

8. Xotin farzandlariga rahm qilishi, ularga hurmat ko‘rsatishi, farzandlarni urishib la’natlashdan, eriga yuzsizlik bilan murojaat qilishdan tilini tiyishi, uning xizmatlari va marhamatlarini inkor etmasligi kerak.

Erkakning majburiyatlari: 1. Ayolingizni juda hissoyotliligi uchun ayblamang. 2. Oilani himoyalash (ma’naviy va jismoniy). 3. Oilani to‘g‘ri yo‘nalishi, oilaning maqsadini belgilash. 4. Mas’uliyatli bo‘lish. 5. Bir savolni bir necha bor bergani uchun ayoliga jahl qilmaslik. 6. Uy ishlarini bajarishda ayolini qo‘llab quvvatlash. 7. Oilada to‘g‘ri muhit hukimron bo‘lishini ta’minlash. 8. O‘z ayolini do‘stlari davrasida muhokama qilmaslik

9. Qiziga mehr berib, o‘g‘lini tarbiyalamoq. 10. Farzandlarini ahloqiy va ma’naviy tarbiyalamoq. 11. Muammolarni ayolidan hafa bo‘lmagan holatda tinch yo‘l bilan hal

qilish. 12. O‘z ayolini jamiyatdagi o‘rnini belgilab berish. 13. Oilani jismonan tarbiyalash. 14. Oila mablag‘ini to‘g‘ri taqsim qilish. 15. Havotirga tushganda ham buni ayoliga bildirmaslik. 16. Oilani moddiy ta’minlash. 17. Yo‘q deganda bir oyda bir marotaba ayolini aylantirish. 18. Vaqti-vaqti bilan gullar, shirinliklar, taqinchoqlar olib berib, ayolini

hursand qilish. 19. Homiladorlik vaqtida uni qo‘llab-quvvatlash. 20. Ayolini ustidan hech qachon kulmaslik. 21. O‘zlari holi qolgan holda ham, o‘zini jiddiy tutish. 22. O‘zga ayollarga qaramaslik va ular haqida gapirmaslik. 23. Qarindosh urug‘chilik masalalarida ayolining nasihatlariga quloq

tutmoqlik. 24. Hamisha ayolini diqqat bilan eshitib, berilgan va’dalarni bajarish.

Ayolning majburiaytlari: 1. Erini pul topishga hamisha ruhlantirish (topganiga qanoat qilib,

hamisha minnatdorchilik bildirish). 2. Erini o‘ziga qaratishni bilish. 3. Erini g‘azablanganligiga xafa bo‘lmasdan, muammolarni tinchlik yo‘li

bilan hal qilish. 4. Erini o‘zga ayollar bilan tutish qoidalarini o‘rnatish. 5. Yaqinlari davrasida erini tanqid qilmaslik. 6. Eriga foydali maslahatlar berish. 7. O‘zining havotirlari va charchaganligi haqida gapirish huquqiga ega

bo‘lish. 8. Erini ishdan charchab kelganda aqliy va jismonan dam olishiga

yordam berish. 9. Oilada tinch muhitni ta’minlash. 10. Ovqat tayyorlash va uyni saranjom tutish. 11. O‘z ko‘rinishini yaxshi holatda tutib yurish. 12. Eri oldiga aniq vazifalar qo‘yish (nima sotib olish kerak, o‘zini qanday

tutmoq kerak va ayoli bilan qanday a’loqada bo‘lish kerak). 13. Uy ishlarini to‘g‘ri tashkil etish – erini ta’mirlash ishlariga

ruhlantirish. 14. Agar uyda janjal sodir bo‘lgan bo‘lsa va bu janjal sababchisi eri

bo‘lgan bo‘lsa ham, birinchi bo‘lib yarashishga harakat qilish, keyinchalik eriga tinch holatda uning xatosini tushuntirish.

15. Erini qadriga yetish. 16. Eri bilan suhbatda unga nisbatan hurmatini hamisha ko‘rsatish. 17. O‘zgalar orasida o‘zini uning ayoli ekanligini bildirgan holda tutmoq

(eriga g‘amxo‘rlik qilish, uni qo‘lini tutish va hamisha uning yonida bo‘lish).

18. Eriga o‘zgalar bilan munosabatni to‘g‘ri tutishiga ko‘mak bermoq. 19. Eriga hamisha vafodor bo‘lmoq (hayollarida, kiyimida va o‘zini

tutishida).

Ko‘pchilik ota-onalar qizlarini ro‘zg‘or yumushlariga o‘rgatishadiyu ammo

ularni ilmli qilishni unutib qo‘yishadi. Ilmdan bexabar qizlar diyonatli xonadonga

kelin bo‘lib tushsa, ko‘pda murosa qila olmay qolishadi. Kuyovlar zavjalarini

tezda bilimlar bilan tanishtirib olishsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lur. Ammo bu

borada ko‘nikma va malakaga ega bo‘lmagan ko‘pchilik qizlar loqaydlik va

tanballik ortidan erlari ko‘ngliga yo‘l topolmay, uning muhabbatini qozona

olmay qolishadi. Chunki har bir diyonatli, iymon-e’tiqodli er tug‘ilajak

farzandining solih, yaxshi axloqli etib tarbiyalanishi ko‘p jihatdan soliha onaga

bog‘liqligini yaxshi tushunadi. Ilm, iymon-e’tiqod bobida peshqadam bo‘lgan

kelinlar esa hamisha ardoqda, suyukli bo‘lishgan.

Muhtarama kelinlar, oilam farog‘at qasri bo‘lsin, er-xotin saodatli, ahil

yashaylik, baxtimizga hech narsa rahna solmasin, desangiz, ana shu tavsiyalar

asosida o‘zingizni turmush sinovlariga tayyorlang, ro‘zg‘or yumushlarini,

ayollarga xos hunarlarni o‘rganing, hamisha ilmga intiling. O‘z huzur-

halovatingizni deb turmushga yuzaki qaramang, uni hazil sanamang.

Ro‘zg‘orning bor-yo‘g‘iga, uning sinov va mashaqqatlariga chidashni ham

o‘rganing. Baxt va farog‘at cho‘g‘lari ustiga kul tortmay, erimnikida izzat va

hurmat ko‘ray, hayotim osoyishta o‘tsin desangiz, yuqoridagi ana shu pandu

nasihatlarni quloqqa olib, bugundanoq bajarishga kirishing. Ehtimol, bu bilan

sizdan ko‘ngli sovib, boshini qayoqqa urishni bilmay yurgan eringiz uchun baxt-

iqbol eshiklarini yana ochib berayotgan bo‘larsiz?! Ehtimol, bu bilan kelindan

yolchimadim, deya xafsalasi pir bo‘layotgan qaynonangizning qalbida umid

shul’alarini uchqunlantirib yuborarsiz?! Alloh taolo kelin-kuyov – ikkovingizning

yulduzingizni bir-biringizga issiq ko‘rsatsin, qalbingizga mehr-muhabbat,

ishonch, oqibat urug‘larini sepib, rizqlantirsin!

4. Oilaviy munosabatlarda er-xotin etikasi Har bir oilada o‘zining odob ahloq qoidalari va normalari bo‘ladi. Turmush

qurgandan keyin ham yangi kelinlarda o‘ziga yarasha ham jismoniy, ham ruhiy

holatida anchagina o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bunday vaziyatlardan osonlik

bilan o‘tib olish har bir yangi kelinchakning oldidagi ulkan vazifasidir. Yangi

hayotini qanday boshlasa butun hayoti shunday davom etadi. Shunday ekan

aziz kelinjonlar, har doim shirin so‘z, hushmuomala, hamma bilan iliq

munosabatda bo‘ling.

Yangi honadonda hayot boshlar ekansiz, avvalo turmush o‘rtog‘ingizni

sher deb biling, unga hurmat izzat ko‘rsatib oila boshi ekanini his qildirib

qo‘ying. Har bir ishda maslakdosh bo‘ling, o‘zboshimchalik qilmang, uni

qarorlarini hurmat qiling, nima yoqadiyu-nima yoqmaydi darrov anglab oling,

ishdan kelishiga bayramona kayfiyatda bo‘ling! Kun davomida uy-ro‘zg‘or

ishlari bilan biroz toliqasiz bu to‘g‘ri, lekin buni ishdan charchab qaytgan

eringizga also sezdirmang, hushboylanib, tabassum bilan iliq kutib oling!

Shunda har qanday sharoitda kelgan erkak yuzida tabassum yugirib sizga ham

shunday javob qaytaradi.

Zudlik bilan ovqat tayyorlab dasturxonga taklif qiling. Ortiqcha be’mani

savollarga tutmang! “Charchamadingizmi?” “Kuningiz yaxshi o‘tdimi?” kabi

savolar bilan undan hoil ahvol so‘rab qo‘ying. Zinhor, unutmang! Zinhor kun

davomida uyda bo‘lib o‘tgan nohush voqealardan gap boshlab, nolib, shundoq

ham tarang bo‘lib turgan asablari torlarini uzmang!!! Erkak kishi qalbiga yo‘l

oshqozondan boshlanadi! Eringiz sevgan taomlarni tayyorlab bering.

Unutmang!!! Erkak kishi ko‘zi bilan sevadi! Doim orasta va go‘zal bo‘lib yuring!

Oila a’zolari bilan munosabatlarda mo‘tadil bo‘ling! Eringizni ota-onasi

bor ekan, demak siz juda baxtlisiz! Turmushgacha o‘z ota-onangiz roziligini

olish uchun xizmatda bo‘lgan bo‘lsangiz, endi turmush o‘rog‘ingizning ota-

onasini roziligini olsih burchingizdir! Unutmang qaynona ham onangiz, qaynota

ham otangizdir. Ular ham sizni qizim deyishadi. Qachonki siz kelinlikning ilk

kunlaridan ularga mehr berib, iltifot ko‘rsatsangiz, otam, onam desangiz suyukli

va erka kelinchak bo‘lib bir umr baxtli hayot kechirasiz. Ko‘pchilik

kelinchaklarimiz ilk kunlardanoq begonasirab hayotlarini boshlaydilar.

Unutmang! Siz endi yangi uyda hayotingiz ohirigacha yashaysiz. Shu uy

qoidalari bilan hamnafas bo‘lishingiz shart. Ota uyida ko‘rgan bilganlaringiz

ustiga yana yangi odatlar va qonuniyatlar qo‘shiladi. Siz shularga moslasha

olsangizgina haqiqiy baxtga erishasiz. Siz kelgan kundanoq o‘zingizni

qoidalaringizni o‘rnatishga harakat qilsangiz bilingki, siz katta xatoga yo‘l

qo‘yasiz. O‘zingizni baxtsizlikka mahkum qilasiz. Kelin shunday diplomat

bo‘lishi kerakki ota uyi va eri uyi o‘rtasidagi nozikkiina ko‘prik misoli ikki oila

rishtasini bog‘lab turishi shart. Qaynonangizdan hamma narsani oldindan bilib

oling ana shunda marra sizniki.

Turmush o‘rtog‘ingiz sizga bir umr shirinso‘z bo‘lib yashashini istasangiz

uning ustidan hukmronlik qilishga also urunmang! Chunki manaman degan

erkak ham ayoli hukmronlikka intilayotganini sezsa ko‘ngli soviy boshlaydi. Siz

har bir ishda eringizni ustunligini his qildiring, sizga yoqmaydigan qarorlar qabul

qilsa, darrov gap qaytarib e’tiroz bildirmang. Bu har qanday erkakka yoqmaydi.

Hayotda baxtli yashashning bir oltin qoidasi bor. Er olov bo‘lsa ayol suv bo‘lishi

shart. Agar er ham ayol ham olov bo‘lsa tasavur qilib ko‘ringga? Nimalar

bo‘ladi? Shunday ekan har qanday vaziyatda turmush o‘rtog‘ingiz hurmatini

bajo keltiring.

Er-xotinlik munosabatlari rishtalarini muhabbat mustahkamlasa, shubha

va gumonlar bu rishtalarni uzilishiga sababchi bo‘ladi. Eringizni huda behudaga

rashk qilmang! Rashk-bu ikki insonni bir biridan qizg‘onish hisoblanadi. Rashk

qilishda ham me’yor bor. Ayol erni er ayolni rashk qilishi tabiy va bu muhabbatni

mustahkamlaydi. Lekin ba’zi ayollar, yoki bazi erkaklar noo‘rin rashki sababli

oilalar buzilib ketmoqda. Siz turmush o‘rtog‘ingiz uchun shunday ayol bo‘lingki

ko‘zi sizni ko‘rib quvnasin, mehringiz otashidan qalblari taskin topsin, uyga

shoshilsinki, toki uyida huzur halovat topsin. Bu ish oson emas albatta, lekin

siz soliha ayol sifatida bu ishlarni o‘z joyiga qo‘ysangiz sizdan baxtli ayol

bo‘lmaydi. Eringiz ko‘chadan mehr va go‘zallik izlamaydi. Eringiz ish yuzasidan

biron bir ayol bilan uchrashsa, yoki telefon orqali muloqotda bo‘lsa siz darrov “

ha kim bu ayol? “Sizda nima ishi bor?” deb so‘roqqa tutmang. Chunki bu

harqanday erkakka yoqmaydi. Siz o‘zingizga ishonasizmi? Demak eringiz

boshqasiga ketib qolmasligiga ham huddi shunday ishoning.

Telefon kavlashni hayolingizga ham keltirmang. Hamma balo shundan

kelib chiqadi. Shubha va gumonlar shaytonningishi. Atrofda sizni baxtingizni

ko‘ra olmaydiganlar fitnasiga ham also uchmang, ular sizni tezroq

ajralishingizni istayotgan bo‘lishlari ham mumkin. Bunday vaziyatlarda eringiz

bilan ochiqchasiga hotirjam gaplashib olishinghiz kerak bo‘ladi. Shunda

hammasi oydinlashadi. Hayot yo‘lini bosib o‘tarkansiz misoli bir cho‘g‘

qalangan yo‘ldan yurgandek bo‘lasiz ba’zida. Rashk mana shunday olovli

yo‘ldir. Bossang kuyasan domiga tushasan. Rashkda ham me’yor bo‘lishi

shart.

Shunday ekan aziz kelinjonlar rashk masalasida juda hushyor

bo‘lmog‘ingiz joizdir. Hayot yo‘lingizda er va xotin orasiga shubha aralashishiga

also yo‘l qo‘ymang!

Soliha ayol bo‘lishning yana bir muhim jihatlaridan biri bu oilaviy sirlarni

tashqariga chiqarmaslik! Er xotin o‘rtasidagi har qanday gap so‘zlar ichkarida

qolishi lozim. Hoh u hazil-mutoyiba, hoh u mayda kelishmovchiliklar bo‘lsin

barchasi ichingizda qolib kestin. Negaki siz har bir narsani darrov

dugonalaringizga, amma-holalaringizga dasturxon qilaversangiz

munosabatlaringizga ko‘z tegadi, yoki darz ketadi.

Eringiz ishlariga hadeb aralashavermang, oilada qaror qabul qilishda

avval eringiz fikrini diqqat bilan eshiting, so‘ng agar sizda biron taklif bo‘lsa

sekin yotig‘i bilan tushuntiring. Darrov lovullab “yo‘q unaqasi ketmaydi”,

“unaqamas bunday qilish kerak” deya ko‘rmang. Erkak hilqati shunday

yaratilgan u doim o‘zini ustun deb biladi. Lekin siz shunday oqila bo‘lingki u siz

bilan maslahatlashsin.

Eringiz ruhsatisiz hech qayerga bormang. Bu ham sizni yana bir

pog‘onaga yuksaltiradi. Erkak zoti itoatkor ayollarni sevadi va o‘zi bilmagan

holda ayolini fikri bilan hisoblashadigan bo‘lib qoladi. Bu o‘z-o‘zidan sodir

bo‘lmaydi vaqt talab etadi.

Kelinlar agarda siz mana shu oltin qoidalarga amal qilib hayotingizni

boshlasangiz, bilingki butun umr suyukli yor, sevimli kelin bo‘lib hayot

kechirasiz. Agarda siz o‘zboshimchalik bilan kelgan honadoningiz jilovini qo‘lga

olib olaman desangiz katta xato qilasiz va hayotingiz turli qiyinchiliklar

qurshovida kechadi.

SOLIHA AYOL SIFATLARI

Hushmuomala

Saramjon-sarishta

Erini hurmatini

joyiga qo‘yadigan

Erini qarorlarini

hurmat qiladigan

Farzand tarbiyasida o‘zaro tenglikni

qadrlaydigan, lekin o‘zida mas’uliyatni

his qiladigan

Rashkda mo‘tadil

👉👉 Topshiriq. Oilaning huquqiy asoslarnii (T-sxema yordamida

o‘rganiladi) yozing.

Oila huquqining asosiy tamoyillari

Oilada erkak va ayolning huquq va majburiyatlari.

NAZORAT SAVOLLARI:

1. Soliha ayol sifatlari sanalgan qatorni ko‘rsating. A) Aynganini qildiradigan, makkora

B) Har bir ishdan noliydigan, eri olib kelgan narsalarga qoniqmaydigan

D) Uy ishlarida yollanma ishchi talab qiladigan

E) Hushmuomala, saranjom sarishta, rashkda mo‘tadil

2. Rashk oilani mustahkamlaydimi?

A) Ha mustahkamlaydi qachonki u me’yorda bo‘lsa

B) Yo‘q, rashk yomon illat undan saqlanish kerak

D) Faqat erkak rashk qilishi kerak

E) Rashk yomon odat, u oilalarni parchalaydi

4-MAVZU. OILADA MILLIY URF-ODAT VA AN’ANALAR HAMDA XALQ UDUMLARI.

Reja:

1. Milliy urf-odat va an’analari haqida tushunchalar.

2. Oilaga doir milliy urf-odat va an’analar.

Tayanch iboralar: Oila, kelin-kuyov, qaynona-kelin, er-xotin, milliy

an’analar, urf-odatlar, xalq udumlari.

1. Milliy urf-odat va an’analari haqida tushunchalar

Milliy urf-odatlardan biri – keksalarni hurmat qilish, parvarishlash, ularga

moddiy, ma’naviy shart-sharoitlar yaratib berish.

Davlat tomonidan keksa avlodga g‘amxo‘rlik qilib pensiyalar, imtiyozlar,

unvonlar, davolanish, dam olish uchun sihatgohlar, shifoxonalar, poliklinikalar,

jamg‘armalar tashkil etilmoqda. Lekin oilada keksalarga mehr, muhabbat,

g‘amxo‘rlik qilish ular uchun eng katta baxt. M. Mont aytganidek: “Qariganda orttiriladigan eng yaxshi boylik – bu yaqin kishilarning muhabbatiga sazovor bo‘lishdir”5. Ota-onani e’zozlash, xotin-qizlarni izzat-hurmat qilish,

mehmondo‘stlik, birdamlik, o‘zaro yordam, bolajonlik, hamdardlik, va’daga vafo

qilish axloqiy urf-odatlardir.

O‘zbek milliy axloqiy urf-odatlari, diniy axloqiy urf-odatlar, bayramlar va

boshqa marosimlar bilan chambarchas bog‘liq, masalan, oilada farzand

tug‘ilganda ota-ona bajarishi muhim bo‘lgan urf-odat bu aqiqadir. Aqiqa

arabcha so‘z bo‘lib, soch olish degan ma’noni anglatadi. Aqiqa – bu chaqaloq

tug‘ilganiga yetti kun bo‘lganda “o‘g‘il bola uchun ikkita teng yoshli qo‘y va qiz

bola uchun bitta qo‘y so‘yish”6, ism qo‘yish va sochini olish marosimi. Albatta,

bu marosimni bajarish uchun yetarli mablag‘ bo‘lishi kerak, mablag‘ yetarli

bo‘lmasa, islom dinida yengilroq yo‘llari ham ko‘rsatilgan. Milliy axloqiy urf-

5 Тафаккур гулшани. – Т: Ғ. Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1989, 433-б. 6 Абу Исо Термизий. Саҳиҳи Термизий. Танланган ҳадислар. – Тошкент: Ғ. Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1993, 33-б.

odatlar – insonlarning munosabatlari, yurish-turishlari, to‘y-tomoshalari,

bayramlarida o‘z aksini topadi.

Urf-odatlar O‘zbek xalqining urf-odatlari asrlar bo‘yi o‘zbeklar millatining tashkil

topishida ishtirok etgan barcha qabilalar va elatlarning madaniy malakalari va

an’analarining uyg‘unlashuvidagi murakkab jarayonlar oqibatida tarkib topgan.

Ular o‘ta o‘ziga xos, yorqin va turli-tuman bo‘lib, urug‘chilik patriarxal

munosabatlaridan kelib chiqadi. Urf-odatlarning ko‘pchiligi oilaviy hayotga oid

bo‘lib, bolaning tug‘ilishi va tarbiyasi (beshik to‘yi, xatna qilish), nikoh (fotiha

to‘yi, to‘y) bilan bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pincha ular islom urf-odatlarining sehrgarlik

amaliyoti bilan bog‘liq bo‘lgan undan ham qadimiyroq shakllarga uzviy kirib

ketishini namoyon etadi. Islom qabul qilinganidan beri ko‘pgina oilaviy-maishiy

urf-odatlar uning ta’sirida o‘zgargan, o‘zbeklarning hayotiga musulmon diiy

marosimlari kirib kelgan. Juma kuni bayram kuni hisoblanadi va shu kuni

barcha yig‘iladigan masjidda umumiy namoz (duo) o‘qiladi. Patriarxal urf-

odatlar masjid, choyxonalar, bozorda o‘tadigan hamda faqat erkaklar ishtirok

etadigan ijtimoiy hayotda hozirgacha ham yashamoqda.

Oilashunos Oynisa Musurmonova aytganidek: “O‘zbeklar qadimdan to‘y turlariga boy xalq. Sunnat to‘yi, nikoh to‘yi, soch to‘yi, tish to‘yi, birinchi qadam to‘yi, fotiha to‘yi, askar to‘yi, uy to‘yi, muchal to‘yi, ellik va undan ortiq yoshlarni nishonlash to‘ylari, ramazon va qurbon hayitlari va hokazolarning har biri, to‘ygacha, to‘y davomida va to‘ydan so‘ng o‘tkaziladigan rasm-rusumlar bilan tantanali nishonlanadi”7.

To‘ylarni o‘tkazish, millatning madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qilishi kerak. Buning uchun oila a’zolari to‘ylarni o‘tkazish odobiga rioya etishlari zarur deb hisoblaymiz, ular quyidagilar:

to‘y o‘tkazish uchun yetarli mablag‘, sharoit bo‘lishi kerak; qarz olib to‘y qilmaslik;

7 Мусурмонова О. Оила маънавияти – миллий ғурур. – Тошкент: Ўқитувчи, 1999, 129-б.

to‘yni boshlashdan oldin ota-ona, yaqinlar bilan maslahatlashib, ularning rizoligini olish;

to‘y o‘tkazishni rejalashtirish, ya’ni soati, kuni, oyini, joyini, taxminan nechta odam kelishi, necha xil taom, ichimliklar, shirinliklar kerakligini belgilash;

to‘ydan taxminan 10-15 kun oldin taklifnomalar tarqatish; to‘yga avvalo ota-onaning qarindosh-urug‘larini, er va xotinning

yaqinlarini, do‘st-birodarlarni, mahalladoshlarni, mehnat jamoasini taklif etish;

to‘y o‘tkazadigan joy, keng, shinam, qulay, chiroyli bo‘lishi kerak; to‘yga iste’dodli musiqachilarni, jonli ovozda qo‘shiq aytadigan

hofizlarni, askiyachilarni taklif etish; to‘yni qiziqarli, maroqli o‘tkazish, hammani xursand etish uchun

so‘zga mohir, usta insonni to‘yni olib boruvchi etib tayinlash; to‘yda kerak bo‘ladigan hamma narsani to‘y boshlanguncha

tayyor qilib qo‘yish; to‘yga kelgan mehmonlarni ochiq chehra, tabassum bilan o‘ng

qo‘lni chap ko‘krakka qo‘yib, ta’zim bilan kutib olish, salomlashish; mehmonga o‘tirish uchun qulay joy taklif qilish; yoshi katta mehmonlarni to‘riga o‘tkazish; taklif etilmagan mehmonlar tashrif buyursa, ranjimaslik,

xursandchilik bilan kutib olib, ularni ko‘proq hurmatlash; to‘y davrasini boshqarib boruvchi mehmonlar to‘plangandan

so‘ng kimlar tabrik so‘ziga chiqishlarini aniqlab, shu yerdagi kattalar bilan maslahatlashadi;

to‘y davrasini to‘y qilayotganlarning ota-onalari boshlab: mehmonlarga kelganlari uchun rahmat aytib, dasturxonga qo‘yilgan taomlardan yeb, xursandchilik qilishlarini aytib, duo qilishlari ma’qul;

mehmonlar ketishga ruxsat so‘rasalar, darhol ruxsat bermaslik, uchinchi marta so‘rasalar, ruxsat berib, duo qilib, rahmat aytib ko‘chagacha kuzatib borish.

Mehmon kutish odobi: halol, pokiza, yangi, mazali, chiroyli, foydali

taomlar tayyorlash, toza, oppoq dasturxon, sochiq, salfetkalarni tayyorlash,

mehmonlarga qulay bo‘lishi uchun xontaxtaga yoki stolning ustiga dasturxon

solish, dasturxonga did bilan taomlarni qo‘yish, mehmonni ochiq chehra,

samimiy xursandchilik, ta’zim bilan o‘ng qo‘lni chap ko‘krakka qo‘yib kutib olish,

yaxshi, qulay joyga o‘tkazish, mehmon qancha ko‘p kelsa, xursand bo‘lish,

mehmonlarning barchasiga teng iltifot ko‘rsatib, hurmat, e’tibor berish, taom

qo‘yishdan avval suyuq ovqat, keyin quyuq ovqat, undan keyin desertlar berish,

har bir mehmonga alohida idishda ovqat bergan ma’qul, mehmonlarga

ovqatdan oling, deb 2-3 marta aytilsa bas, mehmon ketishga ruxsat so‘rasa,

darrov javob bermasdan, uch marta so‘ragandan keyin ruxsat etish,

mehmonning orqasidan yurib, ko‘chagacha chiqib kuzatish, taklifimizni rad

etmasdan kelganingiz uchun rahmat, deyish, agar mehmon piyoda bo‘lsa,

sharoit bo‘lsa, mashinada manziliga olib borib qo‘yish.

2. Oilaga doir milliy urf-odat va an’analar.

Or – nomus, hamiyat, mardlik, vijdon amriga itoat etish,

adolatpeshalik, haqgo‘ylik sifatlari necha asrlardan beri davom etib

kelmoqda. Hayo, andisha, lafz, omonatga xiyonat qilmaslik, rostgo‘ylik

dini islomimizda ham, xalq tushunchasida ham mustahkam o‘rin tutib

kelgan. O‘zbek xalqining ma’naviy qiyofasi uning milliy xususiyatlari

bilan go‘zal va boshqa xalqlardan ham u o‘zining ana shu xususiyatlari

bilan ajralib turadi.

O‘zbek oilasining asosiy o‘ziga xos xususiyatlari mehmondo‘stlik va yoshi

kattalarga an’anaviy hurmat-ehtiromli muomala qilishdir. O‘zbeklar odatda bir

nechta avlodlardan iborat bo‘lgan katta oilalar tarkibida yashaydi, shuning

uchun ular ko‘proq hovlisi bo‘lgan katta uylarni yoqtirishadi. Maishiy hayotida

mehmondo‘stlikning bir qismi bo‘lgan choyxo‘rlik marosimi katta ahamiyatga

ega bo‘ladi. Bunda choy damlash va uni mehmonlarga quyib berish faqat

mezbonning mutlaq huquqi bo‘ladi. Tushlik yoki kechki ovqatga takliflarni

doimo qabul qilish va o‘z vaqtida kelish qabul qilingan. Mehmonga

kelayotganda o‘zi bilan birga mezbonning bolalari uchun suvenirlar yoki

shirinliklarni olgan yaxshi.

Odatda faqat erkaklar bilan qo‘l berib so‘rashishadi. Ayollar hamda

uzoqroq o‘tirgan kishilar bilan o‘ng qo‘lini yuragiga qo‘yib, boshini ohista egib

salomlashish lozim. Qo‘l berib so‘rashish paytida an’anaga ko‘ra kishining

salomatligi, ishda va uydagi ishlari ahvoli to‘g‘risida so‘raydilar. Qishloq

joylarda mehmon kelgan paytda ayollar odatda erkaklarning suhbatiga xalal

bermaslik uchun ular bilan bir dasturxonga o‘qtirmaydilar. Ayollarning

go‘zalligiga qoyil qolish va ularga jiddiy e’tibor berish qabul qilinmagan. Turar

joy xonasiga kirishda poyafzal yechiladi. Mezbon ko‘rsatadigan o‘ringa o‘tirish

kerak. Bunda ushbu joy kirishdan qanchalik uzoqda bo‘lsa, shunchalik hurmatli

bo‘ladi.

Beshik to‘yi

Beshik to‘yi – chaqaloqni birinchi marta beshikka solish bilan bog‘liq

bo‘lib, nishonlanadigan marosimli bayramdir. Bu eng qadimgi va O‘zbekistonda

eng keng tarqalgan tadbirlardan biri. Odatda bu to‘y chaqaloq tug‘ilishining

7-, 9-, 11- kuni o‘tkaziladi. Turli viloyatlarda marosim o‘zicha xususiyatlarga ega

bo‘ladi va oilaning boyligi darajasiga bog‘liq bo‘ladi. O‘ziga to‘q oilalar odatda

bu to‘yni katta ko‘lamda o‘tkazadi, kambag‘al oilalar esa uni kamtarona

nishonlaydilar. Beshik va chaqaloq uchun barcha zarur andomlar chaqaloq

onasining qarindoshlari tomonidan beriladi. Dasturxonga non, shirinliklar va

o‘yinchoqlar o‘rab beriladi. Chaqaloqning ota-onasiga, uning bobo-buvilariga

sovg‘alar tayyorlanadi. Boy bezatilgan beshik, dasturxonlar va sovg‘alar

transport vositasiga qo‘yilib, mehmonlar bilan birgalikda, karnay-surnay va

nog‘ora sadolari ostida chaqaloqning ota-onasi uyiga jo‘natiladi.

An’anaga ko‘ra olib kelingan beshikni avval chaqaloqning bobosi o‘ng

yelkasiga qo‘yadi, keyin o‘g‘lining o‘ng yelkasiga uzatadi, u esa beshikni

chaqaloqning onasiga beradi. O‘tmishda mehmonlarning barcha niyatlari toza

va yaxshi bo‘lishi uchun ular yuziga oq un surar edilar. Mehmonlar

mehmonxonaga yasatilgan dasturxonga taklif etiladi va mehmonlar ovqatlanib,

sozandalarni tinglab, bazm qilib o‘tirgan paytda qo‘shni xonada kampirlarning

ishtirokida bolani yo‘rgaklash va beshikka solish marosimi o‘tkaziladi. Marosim

oxirida mehmonlar bolani ko‘rish uchun oldiga kiradilar, unga sovg‘alarni beradi

va beshikning ustiga parvarda yoki qand sepadilar. Shu bilan marosim tugab,

mehmonlar uy-uylariga qaytadilar.

Xatna qilish

Xatna qilish to‘yi – islom tomonidan muqaddas deb e’zozlangan yana bir

qadimiy o‘zbek odatidir (sunnat to‘yi). Bu marosim o‘g‘il bolalar uchun

3, 5, 7, 9 yoshga kirganda, kamdan-kam hollarda 11-12 yoshda o‘tkaziladi.

Sunnat to‘yining o‘tkazilishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi. O‘g‘il

bolaning tug‘ilgan paytidan boshlab uning ota-onasi asta-sekinlik bilan kerakli

narsalarning hammasini sotib olib, sunnat to‘yiga tayyorgarlikni boshlaydilar.

Ko‘pincha oddiygina “to‘y” ham ataladigan marosimning o‘tkazilishidan bir

necha oy avval unga bevosita tayyorgarlik boshlanadi. Qarindoshlar va

qo‘shnilar ko‘rpalarni tikishda, to‘y sovg‘alarini tayyorlashda yordam beradilar.

Bularning hammasi ko‘p bolali onalarga topshiriladi. To‘ydan avval mahallada

yashovchi oqsoqollar, masjidning imomi va qarindoshlarning huzurida Qur’on

o‘qiladi. Dasturxon yoziladi.

Shundan keyin Qur’ondan suralar o‘qiladi va oqsoqollar o‘g‘il bolaga duo

o‘qiydilar. Shundan so‘ng katta “to‘y” boshlanadi. “To‘y” dan avval bolaga

qo‘shnilar, oqsoqollar, qarindoshlarning oldida sovg‘alarni, zar tikilgan

kiyimlarni kiydirishadi. O‘tmishda toychoqni sovg‘a qilish rasm bo‘lgan edi,

bolani endilikda u jangchi bo‘lganligini bildirib, unga bolani o‘tqazar edilar.

Hamma o‘g‘il bolani tabriklab, unga pul va shirinliklar sepadi, keyin bularning

hammasi ichkarida, ayollarning xonalarida davom etadi. Shu kunning o‘zida

ayollaring davrasida “taxurar” – ko‘rpalar, yostiqlarni supaga taxlash marosimi

o‘tkaziladi, buni odatda ko‘p bolali ona bajaradi. Marosimni mo‘l-ko‘l dasturxon,

jumladan bayram oshi tamomlaydi. An’anaga ko‘ra oshdan keyin kechqurun

hovlida katta gulxan yoqiladi va odamlar gulxan atrofida o‘ynaydilar, turli

o‘yinlarni uyushtiradilar. Ertasiga bayram davom etadi.

Fotiha to‘yi

Nikoh ota-onalarning ruxsati va duosi bilan, bir necha bosqich qilib

o‘tkaziladi. O‘g‘il voyaga yetganda ota-onasi unga mos keladigan qizni izlay

boshlaydilar. Bu jarayonga yaqin qarindoshlari, qo‘shnilari, oshnalari ham

kirishadi. Qizni topgandan keyin yigitning xolalari yoki ammalari qizning uyiga

uni ko‘rish, ota-onalari bilan va ehtimoliy kelinning uydagi ahvoli bilan tanishish

uchun biror bahona bilan kiradilar. Shundan so‘ng qo‘shnilari va tanishlari

tanlangan qizning oilasi haqida surishtiradi. Ijobiy javob olingan holda uyga

sovchilar yuboriladi. Sovchilikning asosiy marosimlaridan biri fotiha to‘yidir.

Sovchilar fotiha qilinadigan kunni belgilaydilar. Shu kuni qizning uyida atrofdagi

taniqli oqsoqolar, mahalla oqsoqoli, qizlar yig‘iladi. Sovchilar o‘zining kelish

maqsadini bayon etganlaridan keyin “non sindirish” marosimi boshlanadi. Shu

paytdan boshlab yoshlar bir-biri bilan bog‘langan, fotiha qilingan deb

hisoblanadi.

Fotiha to‘yi nikoh tuziladigan va to‘y o‘tkaziladigan kunni tayinlash bilan

tugaydi. Sovchilardan har biriga ichita ikkita non, shirinliklar bo‘lgan dasturxon

beriladi, shuningdek qiz tomonidan yigitga va unning ota-onalariga sovg‘alar

berib yuboriladi. Sovchilar kuyovning uyiga qaytganidan keyin ularning qo‘lidan

sovg‘alar qo‘yilgan tog‘aralani olib, “sarpo ko‘rar” marosimini boshlaydilar.

Dasturxon odatda ko‘p bolali ona tomonidan ochiladi. Barcha yig‘ilganlar

kelining uyidan keltirilgan pishiriqlar, shirinliklardan bahramand bo‘ladilar.

Fotiha to‘yidan boshlab va to to‘yning o‘zigacha yoshlarning ota-onalari qalin,

sep masalalarini va to‘y tantanasi bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etadilar.

To‘ydan bir necha kun avval qiznikida “qiz oshi” marosimi o‘tkaziladi, unga qiz

o‘zining yaqinlari va o‘rtoqlarini taklif etadi.

Nikoh to‘yi

Nikoh marosimi an’anaviy tarzda o‘zbeklarning hayotida nihoyatda

muhim ahamiyatga ega bo‘ladi va ayniqsa tantanali nishonlanadi. Umumiy

xususiyatlari bo‘la turib, u turli viloyatlarda o‘zgacha tusda bayram qilinadi.

Nikoh marosimining asosiy payti kelinning ota-onasining uyidan kuyovning

uyiga o‘tishi paytidir. To‘y kuni kuyovnikida to‘y oshi (palov) tayyorlanadi va

kelinnikiga yuboriladi, u yerda u dasturxonga tortiladi. Xuddi shunday osh

kuyovning uyida ham o‘tkaziladi. To‘y kuni masjidning imomi ikki yoshga

“Xutbai nikoh”ni o‘qiydi, shundan so‘ng ular Xudo oldida er-xotin deb e’lon

qilinadi. Imom yoshlarga er va xotinning huquqlari va majburiyatlarini

tushuntiradi. Odatda nikoh o‘qilganidan so‘ng yoshlar o‘zining fuqarolik nikohini

qayd etish uchun FXDYo ga boradi. To‘y kuni kelinnikida kuyovga sarpo (to‘yga

sovg‘a qilingan kiyimlar va poyafzal) kiydiriladi, shundan so‘ng kuyov o‘z

oshnalari bilan kelinning ota-onasi huzuriga salom berish uchun boradi.

Kuyovning oshnalari bilan qaytganidan so‘ng kelin ham keladi. Kuyovning

uyiga yuborishdan avval kelinnikida ota-ona bilan xayrlashish marosimi bo‘lib

o‘tadi. Kelin bilan birga yaqin o‘rtoqlari ham boradi. Ular qo‘shiqlarni aytadilar

(“O‘lan” va “Yor-yor” qo‘shiqlari). Kelinni kuyovning uyida kutib olishdan haqiqiy

to‘y boshlanadi.

To‘y tugaganidan keyin kuyov kelinni ikki yosh uchun ajratilgan xonaning

eshigigacha kuzatadi. Xonada kelinni “yanga” (odatda kelinga yaqin bo‘lgan bir

ayol) kutib oladi, kelin boshqa kiyim kiyadi va chimildiq (go‘shanga) ortida turib,

kuyovni kutib olishga tayyorlanadi. Bir qancha vaqtdan keyin kuyov oshnalari

bilan birga xonaga yaqin keladi va yangi bilan birga uni kelin kutib turgan

go‘shanga oldiga boradi. Kelinning oldiga kirish uchun u kelinni yangadan

ramziy sotib olishi lozim, ular savdolashadi. Shundan keyin kuyov-kelin tuni

bilan birga qoladilar. Ertalab azonda “Kelin salom” marosimi boshlanadi.

Marosim boshlanishiga yaqin hovlida kuyovning ota-onasi, barcha yaqin

qarindoshlari, kuyovning oshnalari va yaqin qo‘shnilari yig‘iladi. Ularning

hammasi navbati bilan kelinning oldiga kelib, o‘zining tilaklari, sovg‘alari va

duolarini baxshida etadi. Kelin har bir kishiga beligacha egilib salom berishi

lozim. Shu tariqa bayram tugab, oilaviy hayot boshlanadi.

Ertalabki osh

Ertalabki osh marosimi to‘y (sunnat to‘yi yoki nikoh to‘yi) va aza

ma’rakasida (o‘limidan keyin 20 kun hamda bir yildan keyin) o‘tkaziladi. To‘yni

o‘tkazuvchilar ertalabki oshning kuni va vaqtini avvaldan mahalla yoki kvartal

qo‘mitasining jamoatchiligi bilan kelishgan holda belgilaydilar. Shu kunga

qarindoshlar, qo‘shnilar va tanishlariga taklifnomalar yuboriladi. Bir kun oldin

kechqurun “sabzi to‘g‘rash” marosimi o‘tkaziladi, unga odatda qo‘shnilar va

yaqin qarindoshlar keladilar. Sabzi to‘g‘rab bo‘linganidan keyin barcha

ishtirokchilar dasturxonga taklif etiladi. Odatda sabzi to‘g‘rashga artistlar ham

chaqiriladi. Ovqatlanish paytida oqsoqollar kelganlar o‘rtiasida ishlarni

taqsimlaydilar. Ertalabki osh bomdod namozining tugashi paytigacha tayyor

bo‘lishi lozim, chunki namozdan chiqqan kishilar birinchi mehmonlar bo‘ladi.

Ertalabki namoz tugagan paytda karnay-surnay va nog‘ora ovozlari ertalabki

osh boshlanganidan xabardor etadi.

Mehmonlar dasturxonga o‘tirib, fotiha o‘qiganlaridan keyin ularga non va

choy tortiladi. Shundan keyingina laganlarda ikki kishiga birlagan hisobidan osh

olib kelinadi. Ovqatdan keyin laganlar olib qo‘yiladi, mexmonlar yana fotiha

o‘qib, mezbonga minnatdorchilik bildirib ketadilar. Ular ketganidan keyin

dasturxon tezgina yangi mehmonlarning tashrifi uchun tuzatiladi. Ertalabki osh

odatda ko‘pi bilan bir yarim-ikki soat davom etadi. Shu vaqt mobaynida taklif

etilgan artistlar qo‘shiq aytadilar. Ertalabki osh tugaganidan keyin faxriy

mehmonlarga sovg‘alar – odatda choponlar (milliy erkak to‘nlari) beriladi. Aza

paytidagi ma’raka oshi shu bilan farq qiladiki, mehmonlar dasturxonga

o‘tirganlarida Qur’on suralarini o‘qiydilar va marxumni xotirlaydilar. Ovqat

tugaganda ham Qur’on suralari o‘qiladi. Ma’raka oshida artistlar chaqirilmaydi,

dasturxon bayram to‘y oshiga qaraganda kamtarroq bezatiladi. Shuni aytib

o‘tish lozimki, bayram to‘y oshi va ma’raka oshida faqat erkaklar xizmat qilib

yuradi.

Navro‘z bayrami

Eng qadimiy xalq bayrami bo‘lgan “Navro‘z” bayrami 21-mart kuni, bahor

kunu-tun tengligi paytida nishonlanadi. Bu tabiatning uyg‘onishi, ekin

ishlarining boshlanishi bayrami bo‘lib, marosimlarida zardushtiylik alomatlari

saqlanib qolgan. Qadimgi O‘zbekistonning ziroatchilik vohalarida har bahor

faslida katta sayllar, bayramona bozorlar tashkil etilgan. An’anaga ko‘ra

uylarda hozir ham “bo‘g‘irsoq” pishiriladi va marosim taomi – “sumalak”

tayyorlanadi.

Bayramdan keyin odatda daladagi ekin ishlari boshlangan, ularning

paytida ham o‘tmishda turli urf-odatlar va marosimlar bajarilar edi. Dalaga

chiqishdan avval ho‘kizlarning shoxlari va bo‘yinlariga moy surtiladi. Birinchi

egatga urug‘ni mahallaning eng e’tiborli va keksa a’zosi o‘tkazadi. Davlat

mustaqilligi davri mobaynida Navro‘zni nishonlash yangicha ko‘lam va

teranlikka ega bo‘ldi. U do‘stlik, barcha xalqlarning birlashuvi, aka-ukaligining

umummilliy bayramiga aylandi. Yorqin rang-barang teatrlashtirilgan

tomoshalarda Navro‘zning falsafiy-shoirona talqini, uning xalq tarixidagi o‘rni

anglab ko‘rsatiladi.

Kiyim

Mahalliy xalqlar kiyimlarining o‘ziga xosligi azaldan iqlimiy, maishiy

sharoitlar va urug‘-qabila an’analari bilan belgilanar edi. XIX asrdayoq kiyim

(to‘nlar, ko‘ylaklar, yaktaklar) arxaik xususiyatlarga ega edi. Keng, butunligicha

bichilgan, uzun kiyim erkin tushib turib, inson tanasining shakllarini yashirib

turar edi. Kiyim shu tariqa tikilgan, ya’ni erkaklar, ayollar, bolalarning kiyimlari,

yozgi va qishki kiyimlar shakli va bichilishi, tikilishi o‘xshash bo‘lgan.

An’anaviy milliy erkak kiyimi belbog‘ bilan bog‘langan, qavilgan issiq to‘n

– chopon, do‘ppi nomli bosh kiyimi va nafis charmdan tikilgan etikdan iborat

edi. Erkaklar to‘g‘ri bichilgan yaktaklar, ostki va ustki choponlarni kiyar edilar.

Chopon yengil yoki issiq, paxta qo‘shib qavilgan bo‘lishi mumkin edi. Chopon

yonidan yurish va yerda o‘tishi oson bo‘lishi uchun kesiklar bor edi. Chopon

odatda belbog‘ - qiyiqcha ro‘mollari bilan bog‘lanar edi.

Shuningdek, bayramona milliy kiyim har kungidan foydalangan

matolarning go‘zalligi va nafisligi, bezaklari va kashtalari kabilar bilan ajralib

turar edi. Ayollarning milliy kiyimi chopon, to‘g‘ri bichilgan va xonatlasdan

tikilgan qulay ko‘ylakdan, pasti torayib boradigan keng yupqa lozimdan

iboratdir. Ayolning bosh kiyimi uchta asosiy qismidan tarkib topgan: qalpoqcha,

ro‘mol va kallapo‘sh. Bayramona ayol kiyimi tikilgan matolarining nafisligi va

chiroyliligi bilan ajralib turadi. Umumiy xususiyatlari bilan birga har bir tuman

yoki qabiladagi kiyimlar ishlatiladigan matosi, bichish shakli va usuli va shu

kabilardan iborat bo‘lgan farqli xususiyatlariga ega bo‘lgan.

Bosh kiyim (do‘ppi) O‘zbekiston xalq amaliy san’atining eng ommaviy va hamma yerda

tarqalgan turlaridan biri har doim do‘ppi – adrasli qattiq yoki yumshoq

qalpoqcha bo‘lgan. Do‘ppi o‘zbek milliy kiyimining ajralmas qismi bo‘lib, o‘zbek

xalqining hayoti va an’analariga chuqur kirib borgan. Do‘ppi (turkcha tepa

so‘zidan) nafaqat o‘zbeklar, balki boshqa Markaziy Osiyo xalqlarining ham

milliy bosh kiyimidir. Do‘ppilar turlariga qarab ajratilgan: erkaklar, ayollar,

bolalar uchun, keksalar uchun turlari mavjud. Bolalarning do‘ppilari (kulohcha,

qalpoqcha, do‘ppi, kallapo‘sh) matolarining turli-tumanligi va rang-barangligi

bilan, popuk va sharchalarining kattaligi, kashtalari, zarlari va tumorlarining

ko‘pligi bilan farqlanadi.

O‘zbek do‘ppilarining eng ko‘p tarqalgan shakllari ozgina konussimon

kabi to‘rt qirrali do‘ppilardir. Do‘ppilar ikki yoki undan ortiq mato qatlamlaridan

tikilib, ipak yoki odiiy iplar bilan qavilib, mustahkamlanar edi. Tayyor do‘ppi

ustidan ipak, zar yoki kumush ip bilan kashta tikilar edi. Do‘ppi tikish san’atini

avvaldan ayollar o‘rgangan. Do‘ppilardagi eng ko‘p uchraydigan naqshlarga gul

naqshlari, hayot va unumdorlik ramzi bo‘lgan bodom naqshi kiradi.

Do‘ppilarning naqshida saqlovchi vosita deb hisoblangan ilon izi naqshi ham

tez-tez tikilar edi. Geometrik shakllardagi naqshlar ham juda ommaviydir. Turli

tumanlarda tikilgan do‘ppilar o‘zining shakli, naqshlari va tanlangan ranglari

bilan farqlanadi. O‘zbekistoning ko‘pgina tumanlarida chust do‘ppilari eng ko‘p

uchraydi. Chust do‘ppilarining eng tarqalgan turi qora matodagi to‘rt dona

qalampir shaklidagi oq naqsh bilan tikilgan bo‘lib, pasti qator joylashgan

gumbazchalar bilan o‘ralgan.

Do‘ppining uchta turi mavjud – dumaloq, to‘rt qirrali dumaloq do‘ppilar va

cho‘zinchoq qalpoqcha. Chust do‘ppilari naqshining keskinligi bilan va pastki

chetining balandligi bilan ajralib turadi. Farg‘ona vodiysi do‘ppilarining boshqa

turlari – “Sandali”, “Akka ikki so‘m”, “Chimboy”, “Surkachekma” va boshqalar

naqshlarining soddaligi bilan ajralib turadi. Samarqand do‘ppilari “piltado‘zlik”

uslubiyotida bajarilgan. Do‘ppilarning boshqa turlari ham bor urgutcha “qalpoq”,

Buxoroning zar tikilgan do‘ppilari, shahrisabzcha “gilam do‘ppi”, Kitob va

Shahrisabz do‘ppilari “sanama” va “chizma”, “taq’ya”, “tayxa”, “chumakli”,

“kush” – Xorazmning erkaklar va ayollar do‘ppilari.

Do‘ppilarda eng ko‘p tarqalgan naqshlar qalampirnusxa do‘ppi (poklik va

barcha foniy narsalardan voz kechish ramzi), xoch, patlar, bulbul, qush

naqshlari (oliy donolik ramzi), atirgul shoxi (tinchlik va go‘zallik ramzi),

muqaddas arab yozuvlari va boshqalar uchrar edi.

👉👉 Topshiriq. Milliy udumlarni (T-sxema yordamida o‘rganiladi) yozing.

Milliy udumlarga nimalar kiradi

Milliy udumlarnining o‘ziga xos jihatlari

NAZORAT SAVOLLARI:

1. “Qariganda orttiriladigan eng yaxshi boylik – bu yaqin kishilarning muhabbatiga sazovor bo‘lishdir” muallifi kim?

A) M. Mont. B) A.Navoiy. D) Mirzo Ulug‘bek. E) Beruniy. 2. Milliy urf-odat va an’analarga nimalar kiradi? A)Beshik to‘yi, xatna qilish, fotiha to‘yi, nikoh to‘yi, ertalabki osh, navro‘z

bayrami, kiyim, bosh kiyim (do‘ppi). B) Fotiha to‘yi, nikoh to‘yi, ertalabki osh, navro‘z bayrami, kiyim, bosh kiyim

(do‘ppi), ko‘pkari. D) Beshik to‘yi, xatna qilish, navro‘z bayrami, kiyim, bosh kiyim (do‘ppi).

E) Beshik to‘yi, xatna qilish, ertalabki osh, navro‘z bayrami, kiyim, bosh kiyim (do‘ppi).

5-MAVZU: OILA VA NIKOH MASALALARI VA ULARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Reja: 1. Oila va nikohga oid tushunchalar. Nikoh shartlari va nikoh yoshi. 2. Nikoh va bolalar huquqi. Otalikni belgilash. 3. Islomda nikoh tuzishning asoslari va talablari.

Tayanch iboralar: Oila va nikoh, nikoh va bolalar huquqi. otalikni

belgilash. islomda nikoh tuzishning.

1. Oila va nikohga oid tushunchalar. Nikoh shartlari va nikoh yoshi.

Muhabbatdan bo‘lur muhabbat paydo, Muhabbatsiz kishidan qoch, Huvaydo.

Nikoh tushunchasi. Nikoh oilaning vujudga kelishida birdan-bir asos

bo‘lgani bois u faqat axloq normalari bilan emas, balki maxsus qonun

hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Nikoh orqali sha’riy yo‘l bilan juft bo‘lib yashashning bir qancha foydasi

bor. Nikoh axloqiy va jismoniy poklikni talab qiladi. Nikoh ahdi insonlarga

mas’uliyat yuklaydi. Chunki oilada erning ham, ayolning ham o‘z vazifalari bor,

ulardan har biri o‘z vazifasini to‘la ado etishga mas’uldir. Nikoh tufayli ota-ona

o‘zidan so‘ng zurriyod qoldirib, inson nasli davom etishiga sabab bo‘ladi.

Qizlarning turmushga chiqishiga alohida e’tibor berilishi lozim. Ularni

mehnatsevar, epli qilib tarbiyalash zarur. Oila qurishda eng zarur sifatlar: erga,

qayin-bo‘yinga muomala qilish, bola boqish (alla, erkalash, ovutmachoqlarni

bilish), taom pishirish, saranjom-sarishtalik, mehmon kutish kabilarni

qizlarimizga o‘rgatib, shu yaxshi fazilatlarga ega qilib uzatish maqsadga

“Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi”.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 63-moddasi 2-qismi

muvofiq. Yigit va qizning nikohgacha bir-birini yaxshi bilishi oila mustaqilligini

ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Muhabbat tuyg‘ulari strukturasini anglamaslik

38% nikohning buzilib ketishiga olib keladi8.

Binobarin, nikoh so‘zi to‘yning tabiatini belgilar ekan, bu arabcha so‘z

bo‘lib, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da: “Er-xotinlikni shariat yo‘li bilan rasmiylashtirish marosimi va shu marosimda domulla tomonidan o‘qiladigan shartnoma” ma’nosiga egaligi qayd etilgan. Qolaversa, boshqa

lug‘atlarda ham nikoh “izdevoj, nikoh ahdi, “er-xotinlik, uylanish” ma’nolarida izohlangan. Ko‘rinadiki, nikoh - qiz va yigit taqdirini payvand

8 Мирахмедов У.М., Рахматов Б.Р. Жинсий тарбия масалалари, -Т.: Ибн Сино номидаги нашриёт, Матбаа бирлашмаси, 1994, 62-бет.

qiluvchi, yangi oilaning bunyodga kelishini tasdiqlovchi voqea, ammo bu voqea

to‘y shaklida umum nazari ostida sodir etiluvchi, umum oldida naslni davom

ettirish va jamiyat nizomlari asosida yashash ahdini zimmaga olish, alal-oqibat

jamiyatni to‘ldirishni nishonlash, ko‘rikdan o‘tkazish shodiyonasidir.

O‘zbek nikoh to‘yi barcha udumlari bilan yaxlit olib qaraladigan bo‘lsa,

ancha uzoqqa cho‘ziladigan muddatni o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy shodiyona

sanaladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, u uch bosqichli tarkibiy tuzilishga

ega.

Birinchi bosqich nikoh kunigacha o‘tkaziladigan marosimlar - beshik

qudalik, qiz tanlash, sovchilik, “non sindirish yoki non ushatish”, “ro‘mol berdi

yoki oqlik berish”, fotiha to‘yi, qalin olish va maslahat oshi yoki padar oshi, “qiz

yig‘indi” (qizlar majlisi yoki Buxoroda hinobandon, Xorazmda xina yoqar)

singarilarni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichga xos yana bir xususiyat shundaki,

unashtirilgan qizning “boshi bog‘liq” hisoblanadi.

Nikoh to‘yinnng ikkinchi bosqichi, kelinni olib kelish yo‘lini ochuvchi

nikohlashdan iborat tantanavor o‘tadigan kunni o‘z ichiga oladi. Bu bosqich,

mohiyatiga ko‘ra, nikoh to‘yining eng oliy nuqtasi sanalib, folkloriy aytimlarga

serobligi jihatidan ham alohida o‘rin tutadi. Xuddi shu bosqichda to‘y turli-tuman

urf-odatlar, irim-sirimlar, xilma-xil qo‘shiqlar (olqishlar, laparlar, yor-yorlar, kelin

o‘tirsinlar, kuyov o‘tirsinlar, salomnomalar, kelin va kuyovni maqtovchi madhiya

qo‘shiqlar, sharbat yalatar, oyna ko‘rsatar va isiriq tutatar aytimlari va h. k.)

ijrosiga singishib o‘zaro sintezlashgan yaxlit ijtimoiy-estetik shodiyona shaklini

oladi.

Uchinchi bosqich kelin kuyovnikiga olib kelingandan keyin, ya’ni nikoh

kunining ertasidan boshlab o‘tkaziladigan “bet ochar” yoki “kelin salom”, “kuyov

salom”, “to‘shak yig‘di” (“joy yig‘di”) yoki Buxoroda “joyg‘un-doron”), charlandi

(charlar yoki Buxoroda talbon), nihoyat, kelin ko‘rdi (yoki Buxoroda kelinbinop)

singari xilma-xil marosimlarni o‘z ichiga oladi.

Nikoh tuzish shartlari. Nikohdan o‘tayotgan erkak va ayol oila qurishga

tayyor bo‘lishlari kerak. Buning uchun, birinchi navbatda, ota-ona yoki ularning

o‘rnini bosuvchilar farzandlarini sog‘lom, odobli, mard, irodali, g‘ururli, erkaklik

mas’uliyatini sezadigan mehnatsevar qilib tarbiyalashlari lozim. O‘g‘il bolalar

ayollar haqida keng va chuqur tasavvurga ega bo‘lishlari kerak.

Yigitlarning uy-ro‘zg‘or ishlarini, bozor-o‘char qilishni bilishlari, oilaning

qadriga yetadigan vafodor, ayolmand, bolajon bo‘lishlari maqsadga muvofiq.

Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlab, ularni sog‘lom, odobli, kattalarni hurmat

qiladigan, iffatli, nomusli, iboli-hayoli, mehnatsevar, uy-ro‘zg‘or ishlarini olib

boradigan, mehmondo‘st uy bekasi darajasiga yetkazish baxtli turmushning

kafolatidir.

O‘zbekiston Respublikasida nikohni uning ijtimoiy mohiyati va maqsadiga

ko‘ra hamda oilani mustahkamlash ehtiyojini, yosh avlodning axloqi va sihat-

salomatligini hisobga olib, bir qator shartlarga rioya qilgan holda tuzish

zarurligi belgilandi.

Bu talablar nikohdan o‘tish shartlari deb yuritiladi. Ular qo‘yidagilardan iborat:

- Nikoh tuzish ixtiyoriydir. “Nikoh tuzish uchun bo‘lajak er-xotin o‘z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi” (Oila kodeksining 14-moddasi).

- Biz qurayotgan adolatli fuqarolik jamiyatda nikoh erkak bilan ayol o‘rtasidagi tenglik va o‘zaro xohish asosida tuzilgan erkin ittifoq bo‘lib, maqsadi oila qurish, farzand ko‘rish, ularni jamiyatning munosib kishilari qilib tarbiyalashdan iborat. Nikohlanuvchilarning o‘zaro roziligi nikoh tuzishning muhim shartlaridan biridir.

- Nikohni o‘zaro rozilik asosida tuzish sharti uning ixtiyoriylik va tenglik tamoyili asosida vujudga kelganligini ta’minlash bilan birga, oilaning barqaror va mustahkam bo‘lishiga ham imkoniyat yaratadi. Nikohning erkin tuzilishi uchun berilgan rozilik chinakam bo‘lishi, u qo‘rqitish, zo‘rlash, aldash yoki nikohlanuvchilarning biri yoxud har ikkisiga ruhan ta’sir etilgan holatda berilgan bo‘lmasligi lozim.

- Tajribada zo‘rlash, qo‘rqitish yoki aldash kabi xatti-harakatlar ko‘proq tor va huquqiy madaniyatning pastligi oqibatida kelib chiqadi. Nikohga kiruvchilarning ko‘p hollarda qizlarning roziligini olmay,

oldindan fotiha qilish, qalin olish hollari, yoshlarni sevmagan kishilariga turmushga chiqishga majbur qilib, ularning baxtiga zomin bo‘lish buning misolidir.

- Nikohga kirishning o‘zaro rozilik asosida bo‘lishi shartining buzilishi uning haqiqiy emas deb topilishigagina emas, balki g‘ayriqonuniy xatti-harakat sodir etib nikohga kirishga zo‘rlagan, aldagan va qo‘rqitgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishga ham asos bo‘ladi.

- Bu javobgarlik O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi 136-moddasida quyidagicha belgilangan: “Ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish yohud ayolning erkiga hilof ravishda u bilan nikohda bo‘lish uchun o‘g‘rilash, shuningdek, ayolning erga tegishiga to‘sqinlik qilish bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yohud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.

- Agar nikohga kiruvchilardan biri nikohni haqiqiy emas deb topishga asos bo‘la olmaydigan boshqa biror holatni (masalan, kasali yoki oldingi turmushdan bolasi borligini) yashirsa, bunday holat nikohni haqiqiy emas deb topishga asos bo‘lmasa-da, ammo nikohdan ajratish vaqtida sud tomonidan hisobga olinishi mumkin.

- Nikoh tuzishlikning navbatdagi sharti amaldagi qonunda nikoh yoshining belgilanganligidir. Unga ko‘ra “Nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilanadi. Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin”. (Oila kodeksining 15-moddasi).

Mutaxassislarning fikricha, mo‘tadil onalik davri 19 yoshdan boshlanadi.

Birinchi bola ona 19-26 yoshga to‘lganda tug‘ilsa, maqsadga muvofiqdir.

Tibbiyot xulosasi shuki, qizlar faqat 18 yoshdan keyin turmushga chiqishlari

lozim. Shundagina barkamol onadan sog‘lom bola tug‘iladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil

31-dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga

tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 820-sonli qarorida yoshlarni oilaviy

hayotga tayyorlash masalalari ta’kidlab o‘tilgan. Yoshlar, ya’ni qizlar va o‘g‘illar

18 yoshdan 30 yoshgacha nikohga o‘tib oila qurishlari maqsadga muvofiq,

buning uchun ular avvalo 18 yoshgacha oila qurishga tayyor bo‘lishlari,

amaldagi er-xotinning huquq va majburiyatlarini belgilaydigan huquqiy qoidalar

mazmunini o‘zlashtirib, ularga qat’iy rioya qilishlari lozim, shundagina bular

tuzgan oila mustahkam va barqaror bo‘ladi.

2. Nikoh va bolalar huquqi. Otalikni belgilash.

Inson hayoti mobaynida oila quradi, farzand ko‘radi va shu tariqa o‘z

naslini davom ettiradi. Islom dini aqidasida hali bola dunyoga kelmay turib,

uning kelajagi to‘g‘risida qayg‘urish buyuriladi.

Bola huquqlari quyidagicha: bola (bolalar) - o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar

bo‘lgan shaxs (shaxslar);

bolaning qonuniy vakillari - ota-onalar, farzandlikka oluvchilar,

vasiylar, homiylar;

vasiylik va homiylik - ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni

ularga ta’minot, tarbiya hamda ta’lim berish, shuningdek ularning huquqlari,

erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning

huquqiy shakli. Vasiylik o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan, homiylik esa o‘n to‘rt

yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan belgilanadi;

yetim bola - otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki ular sud qaroriga

binoan vafot etgan deb e’lon qilingan bola;

jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bola -

nogironlikni belgilash uchun yetarli bo‘lmagan jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) va

(yoki) ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bola;

ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar - yuzaga kelgan holatlar sababli

og‘ir turmush sharoitida qolgan, davlat va jamiyat tomonidan alohida himoya

qilishga hamda qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bolalar, shu jumladan:

nogiron bolalar;

jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar;

yetim bolalar;

ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;

ixtisoslashtirilgan bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar;

muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan bolalar;

kam ta’minlangan oilalardagi bolalar;

jinoiy javobgarlikka tortilgan va jazoni ijro etish muassasalarida turgan

bolalar;

zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, qurolli mojarolar va tabiiy ofatlar natijasida

jabrlangan bolalar.

nogiron bola - jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) va (yoki) ruhiy nuqsonlari

bo‘lganligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy

yordamga, himoyaga muhtoj hamda qonunda belgilangan tartibda nogiron deb

topilgan bola;

ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar - qonunda belgilangan tartibda

bolaga nisbatan ota-onalik huquqini amalga oshiruvchi va ota-onalik

majburiyatlarini bajaruvchi, lekin bolaning ota-onasi bo‘lmagan shaxslar

(farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar);

ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola - har qanday sababga

ko‘ra ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola.

Otalikni belgilash, nikohdan ajratish, nikohni haqiqiy emas deb topish,

aliment undirish, ota-ona ta’minoti uchun farzandidan pul undirish, bola

yashash joyini yoki bola bilan ko‘rish tartibini belgilash, bolani tarbiyaga olish,

otalikni belgilash, ota-onalik huquqidan mahrum qilish, otalikka e’tiroz bildirish,

oila nizolari bilan bog‘liq boshqa nizolar kiradi.

Shu nizolar ichida otalikni belgilash va aliment undirish nizolariga e’tibor

qattiq qaratiladi. Otalikni belgilash nizosi kelib chiqishiga er-xotinning oila

qonunchiligiga rioya qilmasligi, nikohlarini FXDYO bo‘limlarida qayd

qildirmasdan farzandli bo‘lishlari, otalikni FXDYO bo‘limida belgilanishi

bo‘yicha er FXDYO bo‘limiga bormasligi, xotin otalikni sud tartibida belgilash

haqida da’vo ariza berishi sabab bo‘ladi.

Bolaning onasi bilan nikohda bo‘lmagan shaxsning otaligi o‘zini bolaning

otasi deb tan olgan shaxs va onaning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd

qilish organiga birgalikda topshirgan arizasiga binoan belgilanadi.

Ona vafot etganda, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb

topilganda, onaning qayerdaligini aniqlash imkoniyati bo‘lmaganda yoki u

onalik huquqidan mahrum qilinganda, otalik vasiylik va homiylik organi bilan

kelishilgan holda o‘zini bolaning otasi deb tan olayotgan shaxsning arizasiga

binoan belgilanadi.

Bolaning otasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa,

otalikni belgilash to‘g‘risidagi arizani uning nomidan vasiylik va homiylik

organining ruxsati bilan uning homiysi berishi mumkin.

Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ariza bolaning tug‘ilganligini qayd etish

vaqtida, shuningdek, bola tug‘ilganligi qayd etilgandan keyin ham berilishi

mumkin. Agar otalikni belgilash to‘g‘risida bola tug‘ilgandan so‘ng er-xotin

birgalikda ariza berishining imkoni bo‘lmay qolishi yoki mushkul bo‘lishini

ko‘rsatuvchi asoslar mavjud bo‘lsa, tug‘ilajak bolaning o‘zaro nikohda

bo‘lmagan ota-onasi shunday arizani ona homiladorlik vaqtida fuqarolik holati

dalolatnomalarini qayd etish organiga berishga haqli.

Otalikni belgilash rad etilganda, o‘zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs

sud tartibida shikoyat qilishi mumkin.

O‘zaro nikohda bo‘lmagan ota-onadan bola tug‘ilgan taqdirda, ota-

onaning birgalikdagi arizasi yoki bola otasining arizasi bo‘lmasa otalik sud

tartibida belgilanishi mumkin.

Otalikni sud tartibida belgilash ota-onadan birining yoki bolaning vasiysi

(homiysi)ning yoxud bola kimning qaramog‘ida bo‘lsa, shu shaxsning arizasiga,

shuningdek, bola voyaga yetganidan keyin uning o‘zi bergan arizaga muvofiq

amalga oshiriladi.

Otalikni belgilayotganda, sud bolaning onasi bola tug‘ilishiga qadar

javobgar bilan birga yashaganligi va umumiy ro‘zg‘or yuritganligi yoki ular

bolani birgalikda tarbiyalaganliklari yoxud ta’minlab turganliklarini yoki

javobgarning otalikni tan olganligini aniq tasdiqlovchi boshqa dalillarni e’tiborga

oladi.

Bolaning onasi bilan nikohda bo‘lmagan, lekin o‘zini bolaning otasi deb

tan olgan shaxs vafot etgan taqdirda, uning otalik fakti sud tomonidan

belgilanishi mumkin.

Otalikni belgilash to‘g‘risidagi sudning hal qiluvchi qarori qonuniy kuchga

kirgandan keyin sud shu qaror nusxasini bola tug‘ilganligi ro‘yxatga olingan

joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuboradi.

Bu nizolarning ko‘payishiga farzandlarni oilaga tayyorlashda ota-

onalarning, yoshlarning huquqiy ongi yetishmasligi, maxalla faollari, Mahalla

va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan tushuntirish ishlari yetarli olib

borilmayotganligi sabab bo‘lmoqda. Natijada otaligi belgilanmagan farzandlar

ta’minotsiz qolishi, farzandlarning tug‘ilganlik guvohnomalari olinmay qolish

hollari yuz bermoqda.

Sha’riy nikohdan o‘tishning oqibatlari boshqa nizolarni ham keltirib

chiqarmoqda.

Javobgar otalikni tan olmaganligida va da’voni qanoatlantirish uchun

asoslar yetarli bo‘lmaganida, odam DNKsi bo‘yicha sud-biologik ekspertizasi

tayinlanadi.

Otalikni belgilash va aliment undirish da’volari bo‘yicha da’vogar davlat

bojidan ozod qilingan. Biroq, da’vo qanoatlantirilsa, davlat boji javobgardan

undirilishini qonunchilik istisno qilmaydi.

Shuningdek, otalikni belgilash da’volari bo‘yicha qonunchilikda da’vo

muddati qo‘llanmasligi belgilab qo‘yilgan. Ya’ni, da’vogarlar bu mazmundagi

da’vo bilan istalgan paytda sudga da’vo ariza bilan murojaat qilishga haqli.

Bu kabi nizolarni kamaytirish uchun tuman(shahar) Mahala va oilani

qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari

nikohning FXDYO bo‘limida qayd qilinmasligining oqibatlarini tushuntirish

bo‘yicha olib borayotgan huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirishlari lozim.

3. Islomda nikoh tuzishning asoslari va talablari

Inson hayoti mobaynida oila quradi, farzand ko‘radi va shu tariqa o‘z

naslini davom ettiradi. Islom dini aqidasida hali bola dunyoga kelmay turib,

uning kelajagi to‘g‘risida qayg‘urish buyuriladi. Payg‘ambarimiz Muhammad

alayhissalom bir hadisi shariflarida: “Ayol odatda diyonati yoki molu-dunyosi

yohud husni-jamoli uchun nikoh qilinadi. Sen diyonatlisini tanlagin, baraka

topgur!”, - deganlar.

Ma’lumki, nikoh inson naslining davomiyligini ta’minlovchi vositadir.

Yaratganning qudrati va hikmati tufayli dunyodagi barcha mavjudot juft-juft

bo‘lib hayot kechiradi. Buning natijasi o‘laroq yangi avlod dunyoga keladi. Alloh

taolo insonni erkak va ayol jinsidan yaratgan ekan, ularni shar’iy nikoh asosida

oila qurishga buyuradi.

Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom shunday marhamat qilganlar:

“Ey yigitlar jamoasi! Qaysi biringiz uylanishga qodir bo‘lsangiz, uylaning! Chunki uylanish ko‘zni (nomahramga qarashdan) tiyishga, farjni (zinodan) saqlashga yordam beradi. Kimda-kim qodir bo‘lmasa, u holda ro‘za tutsin. Chunki ro‘za uni barcha yomonliklardan saqlaydi”.

Shuningdek, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam, turmushga

chiqadigan qizlarning ota-onalariga qarata ham shunday tavsiyalar berganlar:

“Qachon sizlar (qizingizga) kelgan sovchining dinu diyonatidan va xulqidan rozi bo‘lsangizlar, darhol unga qizingizni bering. Agar shunday qilmasangiz yer yuzida fitna va fasod ko‘payib ketadi”. Mazkur hadisga

binoan, bo‘lajak kelin-kuyov bir-birlarini so‘rab-surishtirishlari joizdir. Chunki bu

ish kelajakda oilaning yanada mustahkam va baxtli bo‘lishiga xizmat qiladi.

“Olloh sizlarni tuproqdan, so‘ngra nuftadan yaratib, keyin sizlarni juft-juft (ya’ni, ayol va erkak) qilib qo‘ydi”.

Qur’oni Karim “Fotir” surasi II-oyat

Uylanish niyatidagi yigit bilan qiz bir-birlarini ko‘rishlari ham joiz. Bunga

quyidagi hadis dalildir: Mug‘ira ibn Shu’ba (Raziyaallohu anhu) aytadilar: “Men bir ayolga sovchi qo‘ygan edim, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam menga: “Uni ko‘rdingmi?”. – dedilar. Men: “Yo‘q”, dedim. Shunda: “Uni ko‘rgin, chunki ko‘rish orangizda muhabbat paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi”, - dedilar.

Payg‘ambarimiz alayhissalom nikoh ahdining bog‘langanini e’lon qilib

qo‘yish mustahab ekanini aytib: “Ushbu nikohni e’lon qilinglar, nikohni masjidlarda qilinglar, uni e’lon qilish uchun do‘mbira chalinglar”, deganlar. Masjidda nikoh qilishga buyurishdan maqsad shuki, u yerda odamlar

to‘planadigan joy bo‘lib, bundan ko‘pchilikni xabardor bo‘lishiga imkon tug‘iladi.

Aksincha, yashirincha nikohlanilsa, bexabar kishilar kelin-kuyov haqida turli xil

gap so‘zlar qilib yurishi mumkin. Demak, uylanishdan maqsad vaqtinchalik

ko‘ngil xushlik emas, balki, nasl qoldirishdir.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Eng barakotli nikoh oz xarajat qilinganidir”, – deb marhamat qilganlar. Ba’zilar to‘yni dabdabali

qilish bilan farzandlarining baxtini emas, balki o‘zlarining obro‘larini o‘ylaydilar.

Ma’lumki, riyokorlik bilan qilingan har qanday ishda baraka bo‘lmaydi.

Ayrimlar Qur’oni Karimda erkaklarga to‘rttagacha uylanishga ruxsat

berilgan, degan gapni pesh qiladilar. Bu masalada ulamo Muxtorjon hoji

Abdulloh Buxoriyning sharhi diqqatga sazovordir.

“Niso” surasining uchinchi oyatida to‘rt nafargacha uylanishga ruxsat

bera turib, darhol orqasidan “agar ular o‘rtasida adolat va tenglikni barqaror qilaolmaslikdan qo‘rqsangiz, faqat bitta xotin bilan kifoyalaning”, deyiladi.

Yana shu suraning 129-oyatida: “Har qancha urinsangizlar ham xotinlaringiz o‘rtasida adolat qilishga qodir bo‘lmaysizlar”9 – deb, Alloh

taolaning o‘zi guvohlik beradi.

Demak, shariatda ko‘p xotinlilikka hech qanday shart-sharoitsiz,

to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruxsat berilgan emas. Ko‘p xotinlilikka qo‘yilgan shartlarni

9 “Қуръони Карим” (Алоуддин Мансур таржимаси). “Нисо” сураси 129-оят. –Т.: “Чўлпон”, 1992й. 303-б.

bajarish esa qiyin. Zero, bizning mamlakatda yakka nikohlilik qonun yo‘li bilan

qaror toptirilgan. Bunday qoida jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichdagi

nikoh-oila munosabatlari talablariga javob beradi. Bu qoidaning buzilishi

nikohni haqiqiy emas deb topishdan tashqari, qonunni buzgan shaxslarni jinoiy

javobgarlikka tortishga ham asos bo‘ladi. Jumladan, bu haqda O‘zbekiston

Respublikasi Jinoyat kodeksining 126-moddasida “Ko‘p xotinli bo‘lish, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash - eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yohud uch yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi”, - deyiladi.

👉👉 Topshiriq. “Sepli kelin bo‘lma, epli kelin bo‘l!” jumlani o‘qing va

xulosa qiling. Umida opa qo‘shnisinikidan kayfiyati buzilib chiqdi. Qo‘shnisi kelinining

saruposi, tilla taqinchoqlari, to‘ylarida qilingan tog‘oralarni aytib, rosa

maqtandi. Umida opaning keliniga onasi aqalli bitta zirak ham qilmagani,

sarupolarining ham tayini yo‘qligini eslab, ichidan o‘kindi. O‘zini qo‘yarga joy

topolmay, oxiri o‘g‘liga yorildi. Keliniga va uning oilasiga nisbatan achchiq

gaplar qildi.

Umida opaning tutgan yo‘lini baholang. Bu vaziyatda o‘g‘il qanday yo‘l tutishi lozim?

A) O‘g‘il onasi aytgan gaplarini xotini bilan muhokama qilishi kerak;

B) O‘g‘il onasiga: Oyi, keliningizni o‘zingiz yoqtirib, orzu-havas bilan

kelin qilgan bo‘lsangiz, hurmatingizni joyiga qo‘yayotgan bo‘lsa,

xizmatingizni qilayotgan bo‘lsa, shu kerak emasmi, sizga. Saruposi

mundoqroq bo‘lsa, nima bo‘pti. Saruposi ming yaxshi bo‘lganda ham ikki-uch

yilda tugaydi. Keyin nimasi bilan maqtanadi shu qo‘shningiz? Undan ko‘ra

kelinining fazilatlarini maqtasin. O‘rnak bo‘ladi boshqa kelinlarga. Sizning

keliningiz bu tomondan hech boshqa kelinlardan qolishadigan joyi yo‘q. Siz

ham ming maqtansangiz arziydi keliningiz bilan. Qayoqdagi gaplarni gapirib

yuribsiz. Shukur qilin, oyi. Keliningiz bilan yaxshimisiz. Eng muhimi shu.

Qolgan narsalar tinch-omonlik, sog‘-salomatlik, xotirjamlik bo‘lsa, topiladi;

D) Umida opa qo‘shnisining gaplaridan hafa bo‘lmasdan, ko‘nglini keng

tutishi, “ha, bor ekan, ota-onasi qilibdi, yo‘q bo‘lsa nimani qilar edi. Hammasi

baxtli bo‘lsin, qo‘sha qarishsin, uvali-juvali bo‘lishsin. Bizning kelinimizning

saruposi beriroq bo‘lsa ham, kelinim, aylanay, tilla. Meni qo‘yarga joy

topolmaydi. Og‘zidan bol tomadi. Ota-onasi juda yaxshi tarbiya bergan ekan

qiziga, baraka topsin. O‘g‘lim ham juda xursand”, - deyishi kerak edi.

Nazorat savollari:

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasining nechanchi qismida “Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi” deb yozilgan.

A) 63-moddasi 2-qismida.

B) 64-moddasi 5-qismida.

D) 37-moddasi 2-qismida.

E) 85-moddasi 3-qismida.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 820-sonli qarorida qaysi dolzarb masalalar ta’kidlab o‘tilgan?

A) Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalari.

B) Kelinlarni hayotga tayyorlash masalalari.

D) Qizlarni oilaga tayyorlash masalalari.

E) O‘g‘il bolalarni hayotga tayyorlash masalalari.

6-MAVZU: OILAVIY HAYOTNING MA’NAVIY-AXLOQIY, IQTISODIY VA PSIXOLOGIK ASOSLARI.

Reja:

1. Oilaviy hayotning ma’naviy-axloqiy, iqtisodiy va psixologik asoslari

nimalardan iborat? 2. Shaxs ma’naviyati. Er va xotin munosabatlari masalalari. 3. Oila byudjetini tashkil etish.

Tayanch iboralar: Oilaviy hayot, ma’naviyat, axloq, iqtisod, psixologiya,

shaxs ma’naviyati, er va xotin, oila byudjetini.

1. Oilaviy hayotning ma’naviy-axloqiy, iqtisodiy va psixologik asoslari nimalardan iborat?

Oilaviy hayotning ma'naviy-axloqiy asoslariga quyidagilar kiradi:

Vatanparvarlik. Bu vatanga muhabbat va hurmatni, Vatanga xizmat qilishni (ma'naviy, mehnat va harbiy) o‘z ichiga oladi.

Boshqalarga va boshqa xalqlarga nisbatan bag‘rikenglik munosabati: milliy va shaxsiy erkinlik, tenglik, boshqalarga ishonch. Bunga quyidagi shaxsiy fazilatlar kiradi: xayrixohlik, samimiylik, qadr-qimmat, rahm-shafqat namoyon bo‘lishi, adolat, burch tuyg‘usi.

Fuqarolik - bu fuqarolik jamiyati a'zosi sifatida shaxs, Vatan oldidagi burchni his qilish, kattalarga hurmat, o‘z oilasi, qonun va tartib uchun hurmat, dinni tanlash erkinligi.

Oila. Sevgi, muhabbat, sog‘liq, moddiy xavfsizlik, oqsoqolga hurmat, kasallarga va bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, yangi oila a'zolarini ko‘paytirish.

Ijodkorlik va ish. Go‘zallik hissi, ijodkorlik, majburiyatlarda qat'iyatlilik, mehnatsevarlik, maqsadni belgilash va unga erishish.

Ilm - yangi narsalarni o‘rganish, kashfiyotlar, izlanishlar, bilimlarga ega bo‘lish, dunyoni ekologik anglash, dunyoning ilmiy rasmini tuzish.

Diniy va ma'naviy namoyishlar: dunyoning diniy rasmini tuzadigan e'tiqod, din, jamiyatning ma'naviy holati g‘oyasi.

Adabiyot va san'at: go‘zallik tuyg‘usi, go‘zallik va uyg‘unlikning kombinatsiyasi, insonning ma'naviy dunyosi, axloq, hayotning mazmuni, estetik tuyg‘ular.

Tabiat va odamni o‘rab turgan barcha narsalar: hayot, vatan, umuman sayyora, yovvoyi tabiat.

Insoniyat: dunyo tinchligi uchun kurash, ko‘plab xalqlar va urf-odatlarning birlashishi, boshqalarning fikri va qarashlariga hurmat, boshqa mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirish.

Oilaning iqtisodiy asosi eng dolzarb masala hisoblanadi. Oila iqtisodiy,

budjeti, daromadini rejali sarflash, kundalik xarajatga, zarur buyumlarga pul

ajratish, bir necha yildan so‘ng olinadigan narsalarga mablag‘ yig‘ish, tejamli

ro‘zgor yuritish er-xotinning katta tajriba, malakaga ega bo‘lishiga bog‘liq.

Shuningdek, oilada o‘sayotgan farzand xam mana shu malaka va

ko‘nikmalarga ega bo‘lib borishi zarurligini unutmagan xolda o‘g‘il-qizga

iqtisodiy masalalarni xal etishni o‘rgata borish lozim. Keyingi yillarda ro‘zgorda

yuzaga kelayotgan iqtisodiy muammolar oiladagi shaxslararo munosabatlarga

salbiy ta’sir etishi bilan birgalikda farzandlar bilim saviyasining pasayishiga xam

olib kelmoqda. Bunday noxush xolatlarning oldini olish maqsadida moddiy

kiyinchiliklar tufayli xosil bo‘ladigan muammolarni bartaraf etishda odamlarga

psixologik yordam ko‘rsatish lozim.

Oila o‘zining shu funktsiyasi tufayli jamiyatga, davlatga katta iqtisodiy

foyda keltiradi. Masalan, bola tarbiyasi, bolani iqtisodiy ta’minlash borasidayok

uning jamiyatga keltirgan foydasi katta miqdorini tashkil etadi. Buni davlat

tomonidan, davlat muassasalarida (bolalar uylarida) bir bolani 16-18 yil

tarbiyalab, ishchi kuchi sifatida etishtirish uchun (uni boqish, kiyintirish, o‘qitish,

moddiy ta’minlash va sh.k ) davlat tomonidan har bir bolaga sarflanadigan

mablag‘ va aynan shunday ishchi kuchini oilada tarbiyalash uchun beriladigan

nafaqa pullari miqdorini solishtiradigan bo‘lsak, o‘rtadagi farq birinchilar

foydasiga bir necha yuz ming so‘mni tashkil qiladi.

Tasavvur qilishga osonroq bo‘lishi uchun aytish mumkinki, har bir bolani

voyaga etkazish uchun oila davlatga kamida bitta “Neksiya” avtomashinasi

qimmati miqdorida iqtisodiy foyda keltiradi. Bu boradagi, ya’ni xar tomonlama

kamol topgan ma’naviy-ahloqiy yetuk, jismoniy-psixologik sog‘lom shaxsni

shakllantirishning ma’naviy-ahloqiy qimmatini esa hech qanday iqtisodiy

mezon bilan o‘lchab bo‘lmaydi.

Bu oilani iqtisodiy funktsiyasini atiga birgina shaxsni shakllantirishdagi

foydasini ko‘rsatish xolos. Oilada xo‘jalik yumushlarini yuritish, ro‘zgorning

yo‘lga qo‘yilishi, oilada moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, fermer xo‘jaligi,

shaxsiy ishlab chikarish kabilar uning jamiyat oldidagi iqtisodiy funktsiyasi va

ahamiyatini tobora ortiraveradi.

Oila psixologiyasi. Aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish, oilalarga

psixologik xizmat qilish oilaviy hayotida turli muammolarni his qilayotgan, og‘ir

turmush sharoitiga tushib qolgan, ota-ona va farzand, er va xotin, qaynona va

kelin va oilaning boshqa a’zolarining o‘zaro va shaxslararo munosabatlarida

muammoli vaziyatlarga duch kelib qolgan fuqarolarga amaliy yordam

ko‘rsatishdan iborat.

Psixologik xizmatni tashkil qilish, uni amalga oshiruvchi xodim shaxsi va

uning professional etik jihatlari nimalardan iborat? Aholi o‘rtasida psixologik

xizmatni tashkil qilish, fuqarolar o‘rtasida psixologik xizmatni amalga oshirish,

muassasalarning tegishli lavozimlariga nomzodlarni qidirib topish, ulardan

munosiblarini tanlab olish va bu borada amaliy psixodiagnostikadan o‘rinli

foydalanish - o‘ta muhim, mas’uliyatli hisoblanadi. Bu ish o‘ziga xos maxsus

ma’lumot, kasbiy mahorat talab qiladi. Chunki, bu o‘rinda gap inson taqdiri, xalq

manfaatlari, yurt kelajagi ustida boradi.

Oilaviy munosabatlar psixologiyasi va ushbu masalaga qarashlar

tarixidan shu narsa ayon bo‘ldiki, inson, uning kim bilan va qanday yashashi

muammosiga qiziqish qanchalik uzoq o‘tmishga borib taqalsa, oila

psixologiyasining fan tarmog‘i sifatida shakllanishi shunchalik navqiron va yosh

bo‘lib, uning shakllanishi yangi davrga to‘g‘ri keladi.

Oila psixologiyasi fan sifatida oilaning ijtimoiy institut maqomidagi

faoliyatining ob’ektiv qonuniyatlarini, oila-nikoh hamda qarindosh-urug‘chilik

munosabatlarining mexanizmlari va turmush tarziga oid konkret vaziyatlarda

oila a’zolari ijtimoiy xulqining namoyon bo‘lishini o‘rganadi. Ijtimoiy

psixologiyaning amaliy tarmog‘i sifatida u nikohga oid ustanovkalarni, oila

a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarning – mehribonlik, g‘amxo‘rlik, hamdardlik,

hamjihatlik, tobelik, bo‘ysunish, etakchilik kabi o‘ziga xos qirralarini, oilaviy

rollar taqsimoti va o‘zaro ta’sirning jinsga oid qonuniyatlarini, ota-ona va

farzandlar, yaqin qarindosh urug‘lar o‘rtasidagi hissiy-emotsional bog‘liqlikni,

oilaviy ro‘zg‘or yuritish va turmush tarzini tashkil etishga bog‘liq bo‘lgan

psixologik jarayonlarning kechishini tadqiq etadi, o‘rganadi. Oilaviy hayot

psixologiyasi, shunday qilib, insonlarning qanday qilib o‘zaro qovushishlari,

birgalikda yaxshi niyat bilan oila – ro‘zg‘or yuritishlari, bahamjihatlikda hayot

kechirishlarini o‘rganuvchi fan tarmog‘idir. Har bir oila konkret davr, vaqt,

zamon va makonda mavjud bo‘lganligi sababli, u avlodlararo bog‘liqlik,

ma’naviy meros, milliy an’analar, urf-odatlar va rasm-rusmlarni saqlovchi

noyob insoniy uyushmadir. Shu institut bo‘lgani sababli, har bir millat, elat va

xalqlarning noyob udumlari asrlar osha saqlanib kelmoqda. Umuman, nikoh

deb atalmish qadriyatning mavjudligi va unga avlodlarning e’tiqod qilishi ham

oilaning muhim vazifasidir.

2. Shaxs ma’naviyati. Er-xotin munosabatlari masalalari.

Shaxs ma’naviyatini o‘rganish ikki yo‘nalishda bo‘lishi mumkin. Birinchisi,

umumiy jihatlarni tasnif va tadqiq etish, ikkinchisi, muayyan shaxs ma’naviyatini

o‘rganish. Ikkinchi yo‘nalishda ko‘proq o‘tmish va bugungi kunning umummilliy

ahamiyatga ega bo‘lgan buyuk shaxslari ma’naviy dunyosini o‘rganish ibratli

bo‘lib, asli bu ham millat ma’naviyatining tarkibiy qismlarini o‘rganish demakdir.

Shaxs ma’naviyatining umumiy jihatlarini o‘rganish yo‘nalishi ko‘p jihatdan

axloqshunoslik mavzulari bilan tutashib ketadi va unga eng yaqin sohadir.

Bundan tashqari, har bir shaxs “o‘zini xalqining bir zarrasi deb sezgandagina,

u haqda o‘ylab, mehnat qilib yashagandagina ma’naviyat bilan tutashadi”.

Boshqacha qilib aytganda, shaxs ma’naviyati voqelikda millat ma’naviyatidan

ayri, undan tashqarida bo‘lmaydi. Ma’naviyat — ilohiy nur, ammo milliy

ma’naviyat tarixiy hodisadir. Har bir alohida shaxs o‘z mustaqil ma’naviy

dunyosiga ega, millat ma’naviyati esa, mutlaq ma’noda ushbu millatga mansub

barcha shaxslar ma’naviyati asosida asrlar, balki ming yillar davomida

shakllanib boradi. Ikkinchi tomondan qaraganimizda kelajakdagi har bir shaxs

ma’naviyatining shakllanuvida millat ma’naviyati yetakchi mavqe egallaydi.

Millat o‘z ma’naviy boyligini qancha unutsa, kelayotgan avlod shu darajada

manqurtlashadi, o‘zligini tanimaydigan darajaga keladi. Millat ma’naviyatining

kelajak avlodlarga to‘laqonli, mukammal yetkazilishidagi bosh omil uning

siyosiy va iqtisodiy mustaqilligidir. Ikkinchi navbatda, millatning yo‘lboshchilari

— uning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohadagi yetakchilari ruhiyatida uyg‘un

barkamollik, Vatan va xalq oldidagi mas’uliyat hissi qay darajada ekanligi ko‘p

narsani belgilaydi. Millatning o‘zligini tanishi uning umumbashariy miqyosda o‘z

o‘rnini, maqom va mavqeini, burch va mas’uliyatini qanchalik anglab yetishi

bilan bog‘liq. Har bir shaxsning, elat va millatning Haq oldida mas’uliyati bordir,

umumbashariy miqyosda vazifasi va maqomi mavjuddir. Millat o‘zligini anglab

yetmagan bo‘lsa, u hali millat emas, ma’naviy tanazzulga yuz tutsa, millat

sifatida o‘zligini boy bera boshlaydi.

2021-yil 19-yanvardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan

takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini

kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida

Prezidentimiz “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va

ruhi ma’naviyatdir”, degan fikrni ilgari surgandi.

Hamma insonlarning tug‘ilishi, yashashi va boshqa tabiiy xususiyatlari

tabiatan bir xil – 9 oy ona qornida yotamiz, och qolsak ovqatlanamiz,

charchasak dam olamiz va hokazo. Ammo yashash tarzimiz har xil,

qarashlarimiz turlicha va odatlarimiz ham shunday. Va hududlarga xos bo‘lgan

mana shu jihatlar – odatlar, qarashlar, madaniyat bizni shaxs sifatida, millat

sifatida shakllantiradi.

Ma’naviyatli insonni mag‘zi to‘q mevaga qiyoslash mumkin. Bunday

odamlarni yo‘ldan ozdirish, maqsaddan qaytarish qiyin. Ular har qanday

holatda ham o‘zligini unutmaydi, qaysi millatdan ekani yodida turadi.

Shaxs ma’naviyatini rivojlantirishning omillari va vositalari ko‘p. O‘zbek

xalqining eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar davom etib

kelayotgan, o‘z ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan ajoyib

qadriyatlaridan biri – ota-onani yuksak darajada e’zozlash, hurmatini joyiga

quyishdan iboratdir. Farzand uchun dunyoda ota-onadan ko‘ra mehribon, aziz

va mo‘tabar zot yo‘q. Ota-ona farzandlarning suyanchig‘i, bitmas-tuganmas

boyligidir.

Ota-ona o‘z farzandidan hech narsani ayamaydi. Ularning tabiat ato

etgan buyukliklari ham ana shunda. O‘zbek xalqi odob-axloqi bo‘yicha,

keksalarning, ota-onaning oldidan salom bermasdan o‘tish gunoh hisoblanadi.

Ota-onani qadrlash, ularning beo‘lchov, beminnat xizmatiga bir umr sodiq

bo‘lish, duolarini olish – bolalarning farzandlik burchidir. Bu milliy

qadriyatlarimizning eng muhim talablaridan biridir.

Buyuk bobomiz hazrat Alisher Navoiy aytganlaridek ota-onani hurmat

qilish “…farzandlar uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating qancha ortiq bo‘lsa ham kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, onang uchun butun jismingni sadaqa qilsang arziydi! Ikki

dunyong obod bo‘lishni istasang, shu ikki odamning roziligini ol! Tunu kuningga nur berib turgan – birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh. Ularning so‘zlaridan tashqari bir narsa yozma, ular chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam ham bosma. Hamma xizmatni sen odob bilan bajar, “adab” so‘zidagi “dol” kabi qomatingni ham qil”.

Kattalarga izzat-ikrom, kichiklarga mehr-shafqat, ota-onalarga e’zoz,

farzandlarga mehr-sadoqat kabi insonni inson sifatida ulug‘laydigan, axloqiy,

ma’naviy jihatdan go‘zal va barkamol qiladigan qadriyatlarimiz odamlar,

ayniqsa yoshlar qalbidan o‘rin ola boshlagani quvonchli bir holdir.

Konstitutsiyada farzandlarning jamiyat, oila, ota-onalari oldidagi insoniy

burchlari va mas’uliyatlari nimalardan iboratligi milliy qadriyatlarimizdagi asosiy

g‘oya va qoidalarga asoslanib belgilab berilgan. Konstitutsiyaning

66-moddasida qayd qilinishicha, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar

o‘z ota-onalari haqida g‘amho‘rlik qilishga majburdirlar.

Xullas, har bir farzandning o‘z ota-onasini e’zozlashi farzandlik burchi va

jamiyat oldidagi mas’uliyati sanaladi. Ota-onani e’zozlashning quyidagi

sharqona talablariga hammamiz amal qilishimiz ham farz, ham qarz, farzandlik

burchimizdir. Ota-onaga taom berish, ozoda qilib kiyintirib qo‘yish, kasal

bo‘lganda shifokorga ko‘rsatish, kerakli dori-darmonni keltirib berish, doimo

hol-ahvol, sihat-salomatliklarini so‘rab turish, ota-ona oldida “uh” tortmaslik

gerdaymaslik lozim bo‘ladi. Ota-ona norizo bo‘lgan ishni qilmaslik, aroq ichma,

yomonlarga qo‘shilma, desa uni qilmaslik va qo‘shilmaslik kerak bo‘ladi.

Ko‘chada yurganda otadan oldin yurmaslik, otadan avval ovqatga, dasturxonga

qo‘l uzatmaslik, otadan avval o‘tirmaslik, otadan ko‘ra poygakda o‘tirish lozim.

Otaning oldida oyoqni uzatib, yonboshlab olish bizning axloq-odobimizga

kirmaydi. Ota-ona chaqirganda labbay deb javob qaytarish, nima ish qilayotgan

bo‘lsa, hech ikkilanmasdan darrov ularga javob berish farzandlik burchi

hisoblanadi. Shunda ota-ona o‘z farzandidan rozi bo‘ladi. Ota-onaning roziligini

olgan farzand baraka topadi, ishi o‘ngidan kelaveradi, oldiga qo‘ygan

maqsadiga erishadi.

Ota-onasi norizo bo‘lgan farzand kechgacha yugursa ham, ishining

barakasi bo‘lmaydi, biri ikkiga aylanmaydi. Turmushga chiqish, uylanishda ota-

onaning roziligini, oq fotihasini olishda hikmat ko‘p. Yuqoridagilarning hammasi

biz uchun bir hovuch oltin, xazina. Kelgusi hayotimiz uchun poydevor qo‘yish

demakdir. Bu dunyo qaytar dunyo, nima eksang shuni o`rasan, siz ota-

onangizga nima qilgan bo‘lsangiz, u sizga farzandlaringizdan qaytadi. Bu ham

tabiat qonuni bo‘lsa neajab!

Er va xotin munosabatlari masalalari.

“Er bilan xotin bir-biriga mos tushsa, o‘rtada boylik va saranjomlik bo‘lur. Uy bezagi undan va uylanganning tinchligi undan. Husni bo‘lsa, ko‘ngilga yoqimli bo‘lur, yaxshiligi bo‘lsa jon ozig‘idir. Aqlli bo‘lsa, turmush intizomli va ro‘zg‘or kerak-yarog‘i tartibli va saranjomli bo‘ladi.

Alisher Navoiy

Er-xotin (O‘zRda, huquqiy holati) — o‘zaro nikohda turgan shaxslar.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FXDYO) organlarida ro‘yxatga

olingan paytdan boshlab nikohni tuzganlar er-xotin hisoblanadi va shu paytdan

e’tiboran ular o‘rtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi.

Er-xotinning oilada tengligi, familiya tanlash huquqi, bolalar tarbiyasi va

oila turmushi masalalarini birgalikda hal qilish, mashg‘ulot turi, kasb va turar joy

tanlash huquqlari kiradi. Er-xotinning oilada tengligi oila huquqining asosiy

tamoyillaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga

asosan, “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar” (46-modda). Oilada ham

erkak va ayollar siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy masalalarda teng huquq hamda

majburiyatga egadirlar. Bo‘lajak er-xotinlar nikohni qayd ettirish uchun FXDYO

organiga ariza berganidan so‘ng, ularga o‘zaro kelishuv asosida familiya

tanlash huquqi beriladi.

Qonunchilik o‘zaro rozilik, tenglik asosida er yoki xotinning familiyasini

umumiy familiya qilib tanlashlariga imkoniyat beradi. Bir tomon familiyasining

o‘zgarishi ikkinchi tomonning ham familiyasining o‘zgarishiga olib kelmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasiga ko‘ra, ota-onalar

o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga

majburdirlar. Ushbu norma Oila kodeksining 21-moddasida ham belgilangan

bo‘lib, unga ko‘ra, bolalar tarbiyasi va oilaviy turmushning boshqa masalalarini

Er-xotin birgalikda hal qilishlari lozim bo‘ladi. Bu borada ular o‘rtasida rozilik

bo‘lmasa, er yoki xotindan biri yoki ikkalasi birgalikda vujudga kelgan nizoni hal

qilish uchun tegishli davlat organiga murojaat etish huquqiga egadir. Er-xotin

mashg‘ulot turi, kasb va turar joy tanlash huquqlarida teng hisoblanadi. Oilada

mashg‘ulot turi, kasb tanlash masalalari kelishilgan holda hal qilinadi. Ammo

ularni uzil kesil hal qilish er-xotinning har biriga tegishli bo‘lgan huquq

hisoblanadi.

Qonun asosida vujudga keladigan mulkiy huquqlariga er-xotinning

nikohgacha bo‘lgan har birining xususiy mulki, ularning umumiy birgalikdagi

mulklari, aliment huquq va majburiyatlaridan kelib chiqadigan mulkiy huquqlari

kiradi. Er-xotin har birining xususiy mulkiga: er va xotinning nikohga qadar

o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki, shuningdek, ulardan har birining nikoh

davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan

mol-mulki kiradi. Er-xotinning xususiy mulkidan tashqari ularning shaxsiy

foydalanishdagi buyumlari ham mavjud bo‘lib, ular qimmatbaho buyumlar va

zebu ziynatlardan boshqa shaxsiy foydalanishdagi buyumlar (kiyimbosh,

poyabzal)dir. Ular garchi nikoh davomida er va xotinning umumiy mablag‘i

hisobiga olingan bo‘lsa ham, ulardan foydalanib kelgan er yoki xotinning

xususiy mulki hisoblanadi. Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-

mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy

mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari agar qonun yoki nikoh shartnomasida

boshqacha xol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki

hisoblanadi (Oila kodeksi, 23-modda).

Er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish er-xotindan birining talabiga

ko‘ra, ular nikohda bo‘lgan davrda ham, nikohdan ajrashgandan keyin ham,

shuningdek, kreditor er va xotindan birining umumiy mulkdagi ulushiga

undiruvni qaratish uchun umumiy mol-mulkni bo‘lish talabi bilan arz qilgan

hollarda amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksida nikoh shartnomasi

normalangan (29-modda). Unga binoan, er-xotinlar yoki bo‘lajak er-xotinlar

nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er-xotin nikohdan ajratilgan taqdirda,

o‘zlarining mulkiy huquq hamda majburiyatlarini nikoh shartnomasiga asosan

kelishib, belgilab olishlari mumkin. Shartnoma shartlariga binoan, er-xotinlar

umumiy birgalikda, xususiy, aliment huquq va majburiyatlarini belgilab,

o‘zgartirib, bekor qilishlari mumkin.

Er-xotin bir-biriga moddiy yordam berishi shart. Bunday yordam

berishdan bosh tortilgan taqdirda, yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er

yoki xotin, shuningdek, xotin homiladorlik davrida va o‘rtada bola tug‘ilgandan

boshlab 3 yil davomida, o‘rtada bolaga qaragan yordamga muhtoj xotin (er)

yordam berishga qodir bo‘lgan er (xotin)dan sud tartibida ta’minot (aliment)

olish huquqiga ega.

3. Oila byudjetini tashkil etish.

Ko‘p pul topish-jasorat, uni saqlash-donolik, va uni mohirona sarflash-san'atdir.

Averbax Bertold.

Oila budjeti – bu oilaga bir oy davomida kelib tushadigan er va xotinning

ish haqi pullari, shuningdek turli hil yordam pullari va boshqa daromadlarning

umumiy yig‘indisidir. Budjetni rejalashtirish – bu oilaning daromad va xarajatlarini to‘g‘ri hisob-kitob qilishdir.

Oilaning har bir a'zosi oila budjetini tuzish jarayonida ishtirok etishi

muhimdir. Bolalarni bunga o‘rgatish orqali siz ularga kelajakda o‘z shaxsiy

budjetlarini boshqarish uchun asos yaratib berasiz.

Oila budjetini yuritishni nazorat qilib borish nima uchun kerak? Budjetni nazorat qilish pulni boshqarishdagi eng muhim omillardan biri

hisoblanadi. Bu sizga pulingizni tejashga va o‘z mablag‘laringizdan maksimal

darajada samarali foydalanishga ko‘mak berib sizga ko‘proq xarajat

qilishingizga yordam beradi. Budjetni yuritishni ayrim ijobiy tomonlari: 1. Ortiqcha xarajatlarni qisqartirish. Statistikaga ko‘ra daromad va xarajatlarining hisobini yuritmaydigan

ko‘pchilik odamlar ishlab topadigan pullariga qaraganda ko‘proq xarajat

qiladilar. Budjetni yuritib borish o‘z mablag‘laringizni nazorat qilishga va

ortiqcha xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi.

2. Maqsadlarga erishishdagi yordam. Budjetni boshqarishingiz tufayli sizda tayyor moliyaviy rejangiz bo‘ladi.

Uni muntazam ravishda kuzatish orqali siz qo‘yilgan maqsadlaringizga

erishishingizni nazorat qilib borishingiz mumkin. Maqsadlarga (telefon,

mashina, mebel va hokazolarni xarid qilish) erishish uchun har oyda ularga

ma'lum miqdorda pul ajratib boring.

3. Moliyaviy savodxonlik va intizom darajasini oshirish. Vaqt o‘tishi bilan siz rejaga to‘liq amal qilishni va xarajatlarni keragidan

oshirmaslikni o‘rganib olasiz. Bu sizni sotuvchilar va reklamalar tomonidan jalb

qilinadigan kutilmagan xaridlardan ajoyib tarzda ximoya qiladi. Shuning uchun

nima xarid qilayotganingizni va u sizga haqiqatdan ham hozirgi vaqtda kerak

ekanligini oldindan yaxshilab o‘ylab ko‘rasiz. Oila budjetini rejalashtirgan va har

bir ishlab topilgan pulni qaerga ketganligini ko‘rgan odam biror narsani darhol

sotib olish uchun qimmatbaho kreditlar va qarzlarni olmaydi. Bunga ehtiyoj

sezilmaydi, chunki siz biron bir narsani sotib olishni rejaga kirg‘izishingiz va uni

bir oz kechroq (masalan, mavsum tugagandan so‘ng va yaxshi chegirma bilan)

qo‘shimcha xarajatlarsiz sotib olishingiz mumkin.

4. Qarz girdobidan tezda chiqish yo‘li. Agar oila katta qarzga botgan

bo‘lsa, rejalashtirish hozirgi vaqt uchun

zarur va birinchi darajali bo‘lgan

maqsadlarga erishish uchun qaysi

xarajatlarni qisqartirish mumkinligini

aniqlashga yordam beradi. Bunday oila

daromadlari oshganda bo‘sh turgan

mablag‘larining katta qismini xaridlar yoki

o‘yin-kulgilarga emas, balki qarzlarni yopishga sarflaydi. Bularning barchasini

hech kimdan qarzdor bo‘lmaganingizdan so‘ng tashkil qilish mumkin.

5. Moliyaviy xavfsizlik yostiqchasi. Sizning budjetingiz kutilmagan holatlar uchun xavfsizlik yostig‘i bo‘lishi

mumkin. Oddiy tilda aytganda, bu qora kun uchun ajratilgan ma’lum miqdordagi

pul. Ya’ni, bu oldindan aytib bo‘lmaydigan qiyin vaziyatlarni "yumshatadigan"

kapitaldir.

Oila budjetini to‘g‘ri yuritish ko‘p pul ishlab topishni va kamroq xarajat

qilishni anglatmaydi. Buning uchun oila budjetini shunday to‘g‘ri shakillantirish

kerakki, unda farovon hayot kechirish uchun oldindan daromad va xarajatlarni

belgilab olish lozimdir.

Oila uchun nima muhim, nima esa ikkinchi darajali ekanligini aniqlab olish

lozim. Ya’ni pulni avvalo muhim va zarur xarajatlarga ajratish, qolgan pulni esa

muhim bo‘lmagan narsalarga ajratish kerak. Buni quyidagicha amalga oshirish mumkin.

1. Muhim xarajatlar ro‘yxatini tuzing. Kelayotgan oyda qiladigan barcha xarajatlaringizni muhimligiga qarab tartib bilan yozib chiqing. Ro‘yxat boshida albatta er solig‘i, kommunal xizmatlar uchun to‘lov, oziq-ovqat mahsulotlari, telefon, kiyim-kechak, transport xarajatlari turadi. Bular muhim xarajatlar. Ularni yozmaslikning iloji yo‘q. Odatda, bu xarajatlar uchun har oyda bir xil pul sarflanadi.

2. Doimiy va majburiy xarajatlar uchun pulni darhol ajratib qo‘ying. Bu xarajatlarni alohida bo‘limlarga ajratib qo‘ysangiz yanada yaxshi (oziq-ovqatga, kommunal xarajatlarga kabi).

3. Kutilmagan xarajatlar uchun daromadning 5-10 foizini ajratib qo‘ying. Keyin, keraksiz buyum va xizmatlardan qoching, zararli odatlarni tashlang. Lekin tejamkorlik qilaman deb o‘ta ziqnaga aylanib qolmang. Bu yerda gap xarajatni keskin kamaytirish haqida emas, balki pulni ahamiyatga qarab sarflash haqida bormoqda. Xarajatlarni oqilona rejalashtirish ko‘p pul topmasdan ham turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

👉👉 Topshiriq. “Tejamkorlik boylikka boylik qo‘shadi!” masalani o‘qing

va tahlil qiling.

Masala. Avaz maktabda futbol o‘ynayotganida uning ketasi biroz yirtildi.

Keyingi hafta darslarga tayyorlanayotib, ketasining yirtig‘ligi esiga tushgan Avaz

yangi keta olib berishlarini aytib harxasha qila boshladi. Avazga ketani yaqinda olib

berishgan bo‘lib, u hali yap-yangi edi.

Oiladagilar qanday yo‘l tutishlari kerak?

A) Onasi: ketang yirtilgan bo‘lsa, men nima qilay? Bor, dadangga ayt

yangisini olib bersin;

B) Dadasi: hamma narsaga men balogardon. Bir-ikki gall jismoniy

tarbiyangga bormasang bormabsan. Vaqtim bo‘lganda yangisini olib beraman;

D) Buvisi: qani, bolam, menga ketangni ko‘rsatchi. Ha, sal yirtilgan ekan-ku.

Yangisini nima qilasan. Menga ip, igna, ko‘zoynagimni ham olib kelgin, hozir buni

boplaymiz, deb nabirasi bilan birga ketasini tikishdi.

NAZORAT SAVOLLARI:

1. Oila psixologiyasi fan sifatida nimani o‘rganadi? A) Oila psixologiyasi fan sifatida oilaning ijtimoiy institut maqomidagi

faoliyatining ob’ektiv qonuniyatlarini, oila-nikoh hamda qarindosh-urug‘chilik

munosabatlarining mexanizmlari va turmush tarziga oid konkret vaziyatlarda

oila a’zolari ijtimoiy xulqining namoyon bo‘lishini o‘rganadi.

B) Oila psixologiyasi fan sifatida oilaning oila-nikoh hamda

qarindosh-urug‘chilik munosabatlarining mexanizmlari va turmush tarziga oid

konkret vaziyatlarda oila a’zolari ijtimoiy xulqining namoyon bo‘lishini o‘rganadi. D) Oila psixologiyasi fan sifatida oilaning ijtimoiy institut maqomidagi

faoliyatining ob’ektiv qonuniyatlarini, turmush tarziga oid konkret vaziyatlarda

oila a’zolari ijtimoiy xulqining namoyon bo‘lishini o‘rganadi. E) Oila psixologiyasi fan sifatida oilaning turmush tarziga oid konkret

vaziyatlarda oila a’zolari ijtimoiy xulqining namoyon bo‘lishini o‘rganadi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechani

moddasida “Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar” – deb belgilangan?

A) 64-moddasida.

B) 46-moddasida.

D) 68-moddasida.

C) 54-moddasida.

7-MAVZU: GLOBALLASHUV SHAROITIDA O‘ZBEK OILASIDAGI MUAMMOLAR VA O‘ZGARISHLAR: IJOBIY VA SALBIY

TOMONLAR.

Reja:

1. Globallashuv sharoitida o‘zbek oilasi. 2. O‘zbek oilasidagi muammolar va o‘zgarishlar.

Tayanch iboralar: Globallashuv, o‘zbek oilasi, muammolar va

o‘zgarishlar, er va xotin, ta’lim tarbiya. 1. Globallashuv sharoitida o‘zbek oilasi

Zamonaviy oilalar mavjud jamiyat bilan uzviy bog‘langandir.

Shaharlarning o‘sishi, yashash sharoitlarining yaxshilanishi, xalqning moddiy

va madaniy turmush saviyasining oshishi yoshlarni barkamol inson qilib

tarbiyalashga ta’sir qiladi. Bularga milliy qadriyatlarga sodiqlik, diniy amallarga

hurmat, bolalarni yaxshi, hayrli ishlarni qilishga undashi, o‘z so‘zida turish,

kattalarning yoshlarga namuna bo‘lishi, sabr-toqatli bo‘lishi, yosh

xususiyatlarining inobatga olinishi, munosabatlarning hamkorligi, o‘zaro

hurmat tamoyillari asosida qurilishi kiradi.

Shuningdek, har bir oila ijtimoiy tizim sifatida jamiyat oldida ma’lum bir

funksiyalarni bajaradi. Oilaning ijtimoiy funksiyalari haqida gapirganda, bir

tomondan jamiyatning oilaga ta’siri, ikkinchi tomondan esa umumiy ijtimoiy

tizimda oilaning o‘rnini, oilaning hal qiladigan ijtimoiy (jamoatchilik)

funksiyalarini hisobga olish lozim va ular quyidagilarga bo‘linadi: iqtisodiy,

reproduktiv, tarbiyaviy, kommunikativ, regulyator.

Albatta, bu sanab o‘tilganlar hozirgi zamon oilasining asosiy

funksiyalarini tashkil etadi va ular naslni davom ettirish, tarbiyaviy, xo‘jalik va

o‘zaro yordam kabi funksiyalarni hozirgi zamon oilasining muhim jihatlari

sifatida ko‘rsatish mumkin. Bu o‘rinda oila funksiyalarini shunchaki sanab o‘tish

emas, balki ularni, bir tomondan odamlarning moddiy, xo‘jalik-maishiy va

ikkinchi tomondan emotsional va ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarni qondiruvini

farqlashdir.

Shuni ham aytib o‘tish lozimki, hozirgi zamon oilasida emotsional va

ijtimoiy-psixologik jarayonlarni qondirish funksiyasining ahamiyati ortib

bormoqda. Xatto sof moddiy xarakterga ega bo‘lgan funksiyalarda ham

hissiylik ko‘proq tus olib bormoqda. Hissiy, emotsional aloqalarning ahamiyati

shahar oilalarida kuchliroq anglanilmoqda. Qishloq oilalari esa uy hayvonlari

va tomorqa yerlarining borligi evaziga shahar oilalariga qaraganda jamiyatning

ishlab chiqaruvchi kuchi va ishlab chiqaruvchilik funksiyasini ko‘proq saqlab

qolmoqda.

Zamonaviy oilada bola uch avlod vakillari: ota-ona, buvi-buvalar, ularning

qarindosh-urug‘ va tanish-bilish, yoru-do‘stlarining murakkab o‘zaro

munosabatlari kechadigan muhitda o‘sib ulg‘ayadi.

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan onalar va bolalarning reproduktiv

salomatligini muhofaza qilish borasida ham ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, oilada bolani psixologik jihatdan tarbiyalashda tashqi va ichki

omillar katta muhim vazifani bajaradi. Hozirda dunyo miqyosida axborot

texnologiyalarining keskin rivojlanayotganligi internet tizimining barcha

davlatlar, madaniy hududlar, barcha yoshdagi insonlar uchun qulay axborot

almashinuvi vositasiga aylanib borayotganligi munosabati bilan axborot

xavfsizligi tushunchasi paydo bo‘ldi. Axborot xavfsizligi - aslida jamiyatning

ob’ektiv, xolis, haqqoniy axborot manbaiga ega bo‘lishi uchun yaratilayotgan

shart-sharoitlarni nazarda tutadi va turli axborot xurujlariga nisbatan

iste’molchida o‘ziga xos immunitetning shakllanishiga yordam beradi.

Afsuski, zamonaviy yoshlarda G‘arb madaniyatiga qiziqish, milliy urf-

odatlarimizga zid bo‘lsa-da, moda ketidan quvishga moyillik bor. Shu sababli

ular Internet va boshqa OAV orqali uzatiladigan turli xil ma’lumotlarni psixologik

ekspertizasiz qabul qiladilar. G‘arb madaniyatiga taqlid, mafkuraviy

tahdidlarning asl ma’nosini tushunib yetmaslik, umuman globallashuvning

salbiy ta’siri yoshlarda o‘ziga xos gedonistik psixologiyaning shakllanishi uchun

shart-sharoit yaratadi. Gedonizm – bu shaxs va uning xulq-atvori motivlarida

faqat nimalardandir lazzatlanish, qoniqish olish va o‘zidagi ichki ruhiy

iztiroblardan holi bo‘lishga intilish ustivor bo‘ladi.

Mamlakatimizda izchillik bilan olib borilayotgan oila siyosatining tom

ma’nosi XXI asr oilasining istiqboldagi rivojlanishi va taraqqiyotining ustivor

yo‘nalishlari jamiyat taraqqiyotining kafolatlari to‘g‘risidagi ezgu g‘oyalarimizga

hamohangdir.

Shunga tayangan holda zamonaviy oilalar rivojlanishiga asos bo‘luvchi

ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy va tibbiy omillar quyidagicha

ifodalanishi mumkin:

- zamonaviy oila, jamiyatda ustivor bo‘lgan demografik tamoyillarga

asoslangan, hech qanday siyosiy kuchlarning subyektiv xohish-irodasiga

qaram bo‘lmaydigan, jamiyatni olg‘a rivojlanishiga to‘siq bo‘luvchi illat va

asoratlarni bartaraf etishga qodir bo‘lgan maskan rolini o‘ynaydi;

- zamonaviy oila, milliy urf-odatlar, milliy qadriyatlar, an’analar va

udumlarning jamiyat rivoji va oila barqarorligiga xizmat qiluvchi jihatlarini ilg‘or,

insoniyat taraqqiyotiga aloqador an’analar bilan uyg‘unlashtiruvchi tabiiy

makondir;

- zamonaviy oila, insonparvarlik va demokratiya tamoyillarining tom

ma’noda jamiyatda ustivor bo‘lishi va har bir jamiyat a’zosi bo‘lgan fuqaro

tomonidan ongli tarzda idrok qilinishi uchun ma’rifat maktabini o‘ynaydi;

- zamonaviy oila, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, mamlakatda

tinchlik va xavfsizlikni ta’minlanishi uchun ma’naviy qo‘rg‘on rolini o‘ynaydigan

ijtimoiy institutdir;

- zamonaviy oila, “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat”, “Inson va uning

manfaatlari har narsadan ulug‘” degan tamoyillarni o‘z a’zolari ongiga singdirish

uchun qulay bo‘lgan mafkuraviy muhitdir;

- zamonaviy oila, xalqimizning ma’naviy boyliklarini, jahon

sivilizatsiyasining eng ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradigan va shu

asnoda har tomonlama barkamol sog‘lom avlodni tarbiyalovchi maskandir;

- zamonaviy oila, har bir fuqaroning kuch va iqtidorini o‘z halol va safarbar

mehnati orqali ro‘zg‘orning iqtisodiy takomilini ta’minlash, shu orqali jamiyat

ishlab chiqarish kuchlarining samaradorligi va qudratini ta’minlovchi ijtimoiy

munosabatlar makonidir. Oila iqtisodini barqarorlashtirishda oilaviy tadbirkorlik,

ijara, oilaviy ishlab chiqarish, kasanachilik shakllaridan oqilona foydalanadi va

oila byudjetini yaxshilash, turmush tarzini farovonlashtirish uchun zamonaviy

texnika va texnologiyalardan, maishiy xizmat shaxobchalaridan unumli va

o‘rinli foydalanadi;

- zamonaviy oila, o‘z fuqarolarida yuksak huquqiy madaniyatni

shakllantirish orqali insonlarga berilgan huquq va erkinliklarga ongli

munosabatini ta’minlovchi, bunda milliy, umuminsoniy va demokratik tamoyillar

ma’no-mohiyatini yetkazuvchi ijtimoiy institutdir;

- zamonaviy oila, o‘zining intellektual salohiyati, aql-zakovati va iqtidori

bilan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanish orqali

innovatsion kashfiyotlar va yuksak texnologiyalarni oila barqarorligiga

yo‘naltiruvchi, san’at sohasidagi sog‘lom ijodiy muhitni ta’minlovchi makondir;

- zamonaviy oila, onalar va bolalar reproduktiv salomatligini muhofaza

qilish tizimi mavjud va uni takomillashganligini tushunib, sog‘lom tibbiy muhitni

yarata olganligidir.

2. O‘zbek oilasidagi muammolar va o‘zgarishlar.

Kelin oyim, mana siz butun boshli bir oila deya atalmish mustahkam

qo‘rg‘onning beshigi va ro‘zg‘orini tebratuvchisiga aylandingiz. Endi sizning

oldingizda yana bir mas’uliyatli vazifa turibdi. Sir emaski bugungi kunda oilaviy

muammolar oilalarning parokadalikka yuz tutishiga sabab bo‘lmoqda. Siz endi

ushbu hurujlardan o‘z qo‘rg‘oningizni himoya qilishni bilishingiz zarur.

Oilaviy muammolarni umumiy jihatdan to‘rt asosiy bo‘g‘inga bo‘lib,

ko‘rsatsa bo‘ladi. Ular: iqtisodiy muammolar; ijtimoiy muammolar; ma’naviy-

axloqiy muammolar; shaxslararo psixologik muammolar.

Iqtisodiy muammolarga quyidagilarni kiritish mumkin: ishsizlik, oila

tebratish uchun mablag‘ning yo‘qligi yoki yetishmovchiligi, kasb-korga ega

emaslik, johillik, bilimsizlik, o‘qimaganlik, ishyoqmaslik, boqimondalik, ota-

onaning yelkasiga chiqib olishlik, oila iqtisodini tebrata bilmaslik, iqtisodiy

uquvsizlik, oilaga tayyor emaslik, uy joyning yo‘qlini, pulni ishlata bilmaslik,

kayf-safoga berilish, xudbinlik, ustuvorlikni, ya’ni prioritetlarni qo‘ya bilmaslik

v.b.

Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi.

Oila iqtisodi, byudjeti, daromadini rejali sarflash, kundalik xarajatga, zarur

buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so‘ng olinadigan narsalarga mablag‘

yig‘ish, tejamli ro‘zg‘or yuritish er-xotinning katta tajriba, malakaga ega

bo‘lishiga bog‘liq. Shuningdek, oilada o‘sayotgan farzand ham mana shu

malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lib borishi zarurligini unutmagan holda o‘g‘il-

qizga iqtisodiy masalalarni hal etishni o‘rgata borish lozim.

Oila o‘zining shu funksiyasi tufayli jamiyatga, davlatga katta iqtisodiy

foyda keltiradi. Ayniqsa, kelajak avlodni tarbiyalashda jamiyatga keltiradigan

ham ma’naviy ham iqtisodiy foydasi benihoya kattadir. Bu oila iqtisodiy

funksiyasining atigi bir shaxsni shakllantirishdagi foydasini ko‘rsatadi, xolos.

Oilada xo‘jalik yumushlarini yuritish, ro‘zg‘orning yo‘lga qo‘yilishi, moddiy

ne’matlar ishlab chiqarish, fermer xo‘jaligi, shaxsiy ishlab chiqarishning

yuritilishi kabilar uning jamiyat oldidagi iqtisodiy funksiyasi va ahamiyatini

tobora orttiraveradi.

Oilada iqtisodiy muammolarning kelib chiqishi, ya’ni er yoki xotinning

kelishgan holda ishlamasligidir. Eng asosiysi ish o‘rinlarining kamligi ishsizlikni

keltirib chiqarmoqda. Pulning yetishmasligi bu o‘z-o‘zidan oiladagi har xil

muammolarni, ya’ni qarz olishga majbur bo‘lish, urish, janjal, kasallik va

nosog‘lom muhitda farzandlarning tarbiyalanishi kabi salbiy holatlarni keltirib

chiqarmoqda.

Ijtimoiy muammolar: oilaviy ajrimlar sonining o‘sib borayotganligi, oilani

ota-ona xoxishi asosida qurishlik, oila qurilishida yosh avlodning huquqsizligi,

ota va ona hamma narsani hal etishi, jinslar o‘rtasidagi munosabatlarni

anglamaslik, gender tenglikning yo‘qligi, oilaga mustaqil tayyor emaslik, oila

tebratish nimaligini bilmaslik, oilaviy vazifalarni tan olmaslik, xususan ota-

onalik, er va xotin vazifalarini bilmaslik na dunyoviy davlat talablari va na islom

dini talablarini bilmaslik, johillik, ijtimoiy oila qurish bo‘yicha tartib, talablarga

bo‘ysunishni bilmaslik, shar’iy nikoh, poligamiya, sabr va qanoatning yo‘qligi,

barcha narsani birdaniga istash, qiyinchiliklarga chidamaslik, uy joyning

yo‘qligi, konfliktlar yechimi bo‘yicha bilimsizlik, ziddiyatlarni kuchaytirish,

deviant va destruktiv kayfiyatlar v.b.

Ma’naviy-axloqiy muammolar: oila nima uchun muqaddas ekanligini

bilmaslik, ma’naviy bilim, malaka va ko‘nikmalarning maqsadli

shakllantirilmaganligi, pastkashlik, oilaviy munosabatlarda axloqsizlik,

vafosizlik, bilganini qilish, kayf-safoga berilish, xudbinlik, faqat o‘z manfaatlarini

o‘ylash, bolalarni tan olmaslik, mas’uliyatsizlik, o‘z zimmasidagi vazifalarni

bajarmaslik, xotinni ko‘paytirish va lekin ular rizqi va taqdiriga bepisandlik,

ikkinchi oilaga uylangandan so‘ng birinchi oilani va bolalarni tashlab qo‘yish

v.b.

Muomala madaniyatining yetishmasligi. Kishilar bilan muomala

o‘rnatishdagi muammolar – psixolog yordamiga murojaat qiluvchilarning asosiy

keng tarqalgan shikoyat sabablaridan biridir.

Ma’naviy manqurtlik – inson va jamiyat ongu tafakkurining

bo‘ysundirilishi, qaram etilishi, ma’naviy

tamoyillarning zaiflashuvi, mustaqil

rivojlanish imkoniyatlarining cheklangani,

taraqqiyotdan ortda qolish, o‘zgalarning

g‘oyaviy-mafkuraviy tazyiqi oqibatida sodir

bo‘ladigan salbiy holat va jarayonni

ifodalovchi inson, shaxs, fuqaro, oila,

millat, xalq va mamlakatga nisbatan

qo‘llash mumkin.

Ommaviy madaniyat - hozirgi davrning yoshlari o‘ziga xos bo‘lgan

“Tushunchalar urushi” sharoitida, ularning keskin tus olgan vaqtida

yashamoqdalar. G‘arbdan kirib kelgan, haqiqiy madaniyatga umuman aloqasi

bo‘lmagan, “Ommaviy madaniyat” atalmish, bu ajnabiy holat barchani bir tusga,

bir qolipga, bir xil ko‘rinishga, bir xil fikrlashga, bir xil turmush tarziga

odatlantirishga, urf-odatlarimizdan, mentalitetimizdan yuz o‘girtirishga

chiranmoqda, ota-bobolarimiz “qora” degan narsalarni “oq”, “oq” degan

narsalarini “qora” deb uqtirishga harakat qilmoqda.

Bu “ommaviy madaniyat” deganlarining lug‘atiga, ya’ni ushbu

“madaniyat” targ‘ib va talqin qilayotgan so‘zlarning mazmun-mohiyatiga bir

nazar tashlasak hammasini ayon bo‘ladi. Masalan:

Isrofgarchilik - boylik, to‘kin-sochinlik, hashamat, dabdaba belgisi;

Yoshlik - tez o‘tib ketadigan, lazzatlanib, rohatlanib, o‘ynab, kulib, kayf-

safo, aysh-ishrat, maishat, har xil beboshliklar, bema’nigarchiliklar,

nomaqbulchiliklar qilib qoladigan va qilinishi kerak bo‘lgan vaqt;

Vafo, sadoqat - feodallar tuzumidan qolgan, umuman qizig‘i, keragi,

foydasi yo‘q eskilik sarqitlari;

Fohisha - hirsli, his-tuyg‘uga limmo-lim, jozibali, latofatli, juda kerakli,

bahosi yo‘q xodima;

Hayo, ibo - madaniyatsizlik, ma’naviyatsizlik va keragi yo‘q bir mavhum

tushunchalar;

Insof qilish – imkoniyatni, fursatni boy berish, chuv tushib, g‘aflatda

qolish;

Saxovat - mablag‘ni, ya’ni g‘amlab qo‘yilgan boylikni, sarmoyani hech

qanday maqsadsiz sovurish;

Yaxshi ota - bola qo‘liga katta miqdordagi pulni berib qo‘yib, barcha

xohish - istaklarini ruyobga chiqaradigan, ulkan imkoniyatlar yaratib bergan

yaxshi sherik;

Yomon ota - bolasiga pul emas, aksincha, ta’lim-tarbiya, bilim, odob-

axloq, malaka egallashga, ko‘nikma hosil qilishga ko‘maklashuvchi, tergab

turuvchi, kezi kelganda jazolovchi yomon sherik;

Oila - shaxsga xohlagan ishini qilishga to‘sqinlik qiluvchi, bema’ni,

keraksiz majburiyatlarni yuklovchi, ko‘ngilxushliklarini, kayf-safosini erkinligini

bo‘g‘uvchi, besh kunlik dunyoda yayrab, o‘ynab qolish kerak, degan aqidaga

g‘ov bo‘luvchi iskanja, zanjir;

Xiyonat - inson zamonaviyligini yorqin namoyondasi, “zanjirband”

bo‘lgan insonga yetishmoq, ozod sevgi tantanasi, g‘alabasi;

Xudbinlik - o‘zini huzur halovatini o‘ylab, mazza qilib o‘zi uchun,

yashashdir. “Zanjirband” qiluvchi oila, rohatni buzuvchi farzand, keragi bo‘lmay

qolgan ota-ona uchun umuman qayg‘urmaslik.

Shaxslararo psixologik muammolar: shaxs va jins psixologiyasini

bilmaslik, bilim, malaka va ko‘nikmalarning yo‘qligi, hamma narsani o‘z

o‘lchami bilan qirqish, xudbinlik, o‘zganing qarashlariga bepisandlik, adolatli

qarorlar qabul qilishni bilmaslik, na o‘zini va na boshqani himoya qila olmaslik,

kompromisslarga bora olmaslik, o‘zini ustun bilish, bo‘ysunmaslik,

o‘zbilarmonlik, o‘jarlik v.b.

BMT aholishunoslik fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi

(UNFPA)ning ma’lumotlariga ko‘ra, yoshlarning 64 foizi reproduktiv (jinsiy)

salomatlik bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega emas. Ular ota-onasidan yoki

mutaxassisdan emas, balki o‘z tengdoshlaridan, internetdan tartibsiz

tarqatilayotgan ma’lumotlarga ishonadi. Buning oqibatida nikohdan keyingi

hayot haqida noto‘g‘ri tasavvur paydo bo‘ladi yoxud ayrim masalalarga to‘g‘ri

yondashuv qanday bo‘lishi haqida aniq ma’lumoti bo‘lmaydi. Tadqiqotga ko‘ra,

o‘g‘il bolalarning 86 foizi, qizlarning esa 93 foizi sog‘lom jinsiy hayot haqida

ko‘proq bilim olishga istak bildirgan.

O‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, 85,7 foiz yigitlar va 22,3 foiz qizlar

amalda 22 yoshdan keyingi nikohni afzal ko‘rishlarini ta’kidlashadi. Oilaga

qadar, ota-onaning o‘z farzandlarini fikran va moddiy mustaqil qilishlari ham

ahamiyatga ega. Ona bo‘layotgan kelinlarning 30 foizi 15–19 yosh oralig‘ida

ekanligi ham masalaning eng og‘riqli nuqtalaridan biri. Yosh, juda yosh onaning

uquvsizligi natijasida ham oila buzilishi ehtimoli ortadi, ham farzand tarbiyasi

katta so‘roq ostida qolgan.

Mafkuraviy immunitetning yetishmasligi: “Mafkuraviy immunitet ma’naviy barkamol, irodasi baquvvat,

iymoni butun shaxsni tarbiyalashda, har qanday reaksion, buzg‘unchi xarakterdagi g‘oyaviy tashabbuslarga bardosh bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda qo‘l keladi”.

Mafkuraviy immunitet – davlat va millatning ma’naviy birligi, ma’naviy

sog‘lomligini himoya qiluvchi g‘oyaviy qalqon vazifasini bajaradi. Xo‘sh,

mafkuraviy immunitet nimalardan shakllanadi? Eng avvalo, bilim va xalqning

milliy o‘zligini anglashidan qaror topadi. Ahmad Yugnakiyning fikriga ko‘ra aql-

zakovatli insonni bilimdan, bilimni esa aqlli kishidan ajratib bo‘lmaydi. Inson

bisotidagi barcha nodonliklarning, uning kundalik amaliy faoliyatidagi barcha

noxushliklarning sababini bilimsizlikdan qidirmoq darkor.

Axloqiy muammolar. Axloqsizlik.

Axloq – ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib, shaxs faoliyatida uning

kamol topishida xulq qoidasining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Axloq – insonning

boshqalar uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlari, kundalik

hayotida amal qilishi shart bo‘lgan tartib-qoidalarning yaxlit yig‘indisi. Buning

aksi esa insonning axloqsizligi sanaladi. Insonning axloqsizligi uning

xudbinligi va tarbiyasizligi oqibatida vujudga keladi.

Ular: yolg‘on – haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, noto‘g‘ri so‘z va amallarni

aytishlik. Yolg‘on yovuzlikka boshlaydi.

Haqorat – insonlarning nafsoniyatiga, sha’niga, iffatiga tegadigan

so‘zlarni aytishlik. Birovni haqorat qilish katta gunohdir.

Zulm

Amalparastlik

Ikkiyuzlamachilik

Xudbinlik

Haqorat Yolg‘on

Zo‘rovonlik

G‘iybat

Manmanlik AXLOQSIZLIK

Tuhmat

Ta’magir

Xudbinlik – inson o‘z manfaatini ko‘pchilik manfaatidan ko‘ra yuqori

qo‘yishi, faqatgina o‘zini va o‘z foydasini ko‘zlashidir.

G‘iybat – insonlarning orqasidan yomonlab gapirish, fisqu-fasod

tarqatishdir. G‘iybat odamlarning orasiga sovuqchilik tushiradi.

Tuhmat – insonlarni nohaq ayblash yoki qoralash maqsadida o‘ylab

topilgan asossiz da’vo, bo‘hton.

Zo‘rovonlik – jismonan baquvvat insonlarning nisbatan ojizlar ustidan

o‘z hukmini o‘tkazishi.

Zulm – insonning o‘z mansabi, boyligi va kuch-quvvatiga ishonib

boshqalarning joniga, mavqeiga yoki boyligiga zarar yetkazmoqligi.

Ikkiyuzlamachilik – insonning bir joyda bir xil, boshqa joyda esa

boshqacha o‘zini tutishi. Bunday kishilar xiylakor, yolg‘onchi, ko‘rnamak va

munofiq bo‘ladi.

Amalparastlik – amalga intilib, axloqqa zid bo‘lgan hatti-harakatlarni

amalga oshirishlik.

Manmanlik – insonning o‘ziga nisbatan juda yuqori baho berib,

boshqalarni nazar - pisand qilmaslik.

Ta’magir – insonning boshqa insonlardan bir narsaga umidvor bo‘lishidir.

Ta’magir kishilar – benomus va bahayo bo‘ladi.

Axloqsizlik turlari ko‘p. Ichkilikbozlik, giyohvandlik va fahsh ishlari ham

axloqsizlikdir. Jinoyat va jinoyatchilikning zamirida ham insonning axloqsizligi

yotadi. Axloqsizlik – illat. Undan saqlanish yoki xalos bo‘lish zarur. Chunki u

inson boshiga kulfat keltiradi.

Bevafolik. Balki avval, vafo nima ekanligini o‘ylab ko‘raylik? Oilada baxtli

bo‘lish uchun talab qilinadigan eng asosiy narsa ishonch va sadoqatdir. Yillar

bo‘yi oilaviy muammolarni tadqiq qilamiz. Shunga amin bo‘ldikki, sadoqat

bo‘lmagan joyda baxt bo‘lmaydi. Oila qurishdan oldin iffatli, oilali bo‘lgach

sadoqatli bo‘lish lozim.

👉👉 Topshiriq. Globallashuv sharoitida o‘zbek oilasidagi muammolar

nimalardan idorat? javob yozing. Savol Javob

Zamonaviy oilaning rivojlanishdagi omillari nimalardan iborat?

O‘zbek oilasidagi muammolarga nimalar kiradi?

Nazorat savollari:

1. Globallashuv tushunchasiga ta’rif bering. A) Globallashuv (globus-yer shari) deganda umumjahon iqtisodiy,

siyosiy va madaniy integratsiyalashuv va unifikatsiyalashuv jarayoni

tushuniladi.

B) Globallashuv deganda umumjahon iqtisodiy jarayoni tushuniladi.

D) Globallashuv (yer shari) deganda umumjahon iqtisodiy va

unifikatsiyalashuv jarayoni tushuniladi.

E) Globallashuv deganda umumjahon iqtisodiy, siyosiy va madaniy

integratsiyalashuv jarayoni tushuniladi.

2. Axloqsizlikka nimalar kiradi?

A) Yolg‘on, haqorat, xudbinlik, g‘iybat, tuhmat, zo‘rovonlik, zulm,

ikkiyuzlamachilik, amalparastlik, manmanlik, ta’magir, bevafolik.

B) Tuhmat, zo‘rovonlik, zulm, ikkiyuzlamachilik, amalparastlik,

manmanlik, ta’magir, bevafolik, mafkuraviy immuninet.

D) Yolg‘on, haqorat, adolatparvarlik, molparastlik, manmanlik, ta’magir,

bevafolik.

E) Zo‘rovonlik, zulm, ikkiyuzlamachilik, molparastlik, manmanlik,

ta’magir, bevafolik, zexinsizlik.

8-MAVZU: MIGRATSIYA HOLATIDAGI OILA: UNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI.

Reja:

1. Migratsiya haqida tushuncha.

2. Migratsiya holatidagi oilaning muammolari va yechimlari.

3. Turmush o‘rtog‘i migratsiya bilan horijga ketgan ayollarga

huquqiy ko‘mak.

Tayanch iboralar: Migratsiya, oila, muammolar va yechimlar, er va

xotin, mehnat muhojirlari, oilalar, oila psixologiyasi, bola, ta’lim, ijtimoiy holat.

1. Migratsiya haqida tushuncha. Migratsiya ko‘pincha uzoq masofalardagi yoki katta guruhlardagi

odamlar tomonidan biron bir hududdan boshqa joyga ko‘chib o‘tishni anglatadi.

Odamlar tarixdan avvalgi va insoniyat tarixida ko‘p ko‘chib kelganliklari ma’lum.

Hozirgi vaqtda populyatsiyalarning harakati mintaqa, mamlakat yoki undan

tashqarida ixtiyoriy ravishda migratsiya hamda odam savdosi va etnik

tozalashni o‘z ichiga olgan holda davom etmoqda. Ko‘chib kelgan odamlarni

tarixiy sharoitga, vaziyatga va istiqbolga qarab muhojirlar, aniqrog‘i muhojir,

immigrant yoki ko‘chmanchi deb atashadi. Mehnat migranti nafaqat o‘z oilasi, vataniga, qolaversa, o‘zi ishlayotgan

davlatga ham foyda keltiradi. Bugungi inqirozdan keyin xorijiy yirik ish

beruvchilarda, ayniqsa qishloq xo‘jaligi sohasida mutaxassislarning

yetishmovchiligi kuzatiladi, bu odamlarning iqtisodiy-ijtimoiy hayotiga jiddiy

ta’sir etadi. Mehnat migratsiya oqimini boshqarish uchun bandlik agentliklari,

ish beruvchilar va davlat hamkorligi yo‘nalishlari hamda ular tomonidan qilinishi

lozim bo‘lgan vazifalarni aniqlab olish zarur.

Migratsiya lot. migrato – ko‘chaman, joyini o‘zgartiraman – degan ma’noni bildiradi.

Inqirozdan keyin bandlik agentliklariga talab va ular tomonidan

fuqarolarni ishga jalb qilish jarayoni kuchayadi. Bu ularning ayrimlari tomonidan

odamlarni ishga yollashda o‘z vazifalarini suiiste’mol qilish xatarini ham

oshiradi. Bu sharoitda vaziyatni samarali boshqarish uchun migrantlarni

jo‘natish ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ayniqsa, ularning sog‘lig‘ini tekshirish

lozim. Bu borada migrantlarni qabul qiluvchi va jo‘natuvchi davlatlar hamda

bandlik agentliklari o‘rtasida ishlarning sifatli tashkil etilishini ta’minlovchi

kelishuv bo‘lishi kerak.

Yana bir muhim jihat, mehnat migrantlari uchun xavfsiz va maqbul

sharoitlarni yaratish uchun avvalo bandlik agentliklari mehnat migrantlari jalb

etilayotgan sanoat sohalarni yaxshi tushunishi lozim.

Ishchilarni jalb qilishda qonuniylik, ochiqlik va huquqlarni himoya qilish

prinsiplariga rioya qilish lozim. Shuningdek, qabul qilingan xalqaro normalarga

muvofiq, mehnat migrantlaridan foydalanishda majburiy va bolalar mehnatiga

yo‘l qo‘ymaslik, ish beruvchi va mehnat migranti o‘zaro ixtiyoriy kelishuvga ega

bo‘lishi, majburiy to‘lovlarga yo‘l qo‘ymaslik, ya’ni, xorijda ishga joylashtirganlik

uchun to‘lovni faqat ish beruvchi amalga oshirishi, mehnat migranti ishdan

tashqari vaqtida erkin bo‘lishi, mehnat shartlarining aniq bo‘lishi, shaxsiy

ma’lumotlarni bandlik agentliklari va ish beruvchilar tomonidan oshkor

qilinmasligi kabi prinsiplarga rioya etishi lozim.

Masalan, dunyoning mashhur savdo belgisiga erishgan yirik

kompaniyalari “ish beruvchi to‘laydi” prinsipiga rioya qiladi.

Biroq, mamlakatimizda xususiy bandlik agentliklari instituti joriy etilgan

bo‘lsa-da, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun to‘lovlar tartiblarini

qat’iy belgilab berilmaganligi, ayrim agentliklar tomonidan fuqarolarimiz

ishonchi suiiste’mol qilinib, firibgarlik holatlari qayd etildi. Bu o‘z navbatida,

bugungi kunda mazkur sohada ijobiy yutuqlarga erishgan davlatlarning

qonunchilik tajribasi va muammolarini tahlil qilgan holda, O‘zbekiston

sharoitida yangi hisoblangan xususiy bandlik agentliklari faoliyatini joriy etish

zaruratini ko‘rsatmoqda.

2021-yil 1-yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasini

yo‘lga qo‘yish va unga asosan xorijga chiqib ketayotgan shaxslarni ishga

yuborishdan oldin majburiy tartibda kasb-hunarga o‘qitish va tilni o‘rgatish

tizimining joriy etilishi - O‘zbekistonda mehnat migratsiyasi muammosini aql

bilan hal etishning bosh nuqtasi deb hisoblash mumkin. Qarorda mamlakatda

mehnat migratsiyasiday dolzarb muammoni hal etishning aniq mexanizmlari

o‘z ifodasini topgan va uni amalga oshirish yo‘llari belgilab berilgan.

2. Migratsiya holatidagi oilaning muammolari va yechimlari. O‘zbekistonda migrant ota-onaning farzandlari ko‘pincha vasiylar

vazifasini bajaruvi qarindosh-urug‘lar, oila a’zolarining qaramog‘ida qoladilar.

Bunday bolalar rivojlanish nuqsonlari, psixososyal va hissiy muammolarga

duch kelishi mumkin bo‘lib, bunda ota-onalarning safardaligi bolaga g‘amxo‘rlik

qilishda muammolar tug‘diradi. Ota-onalarning migratsiyasi, xususan, bolaning

ta’limiga, sog‘lig‘iga va ijtimoiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi kuzatilmoqda.

Ota-onalarning safarda bo‘lishi bolaning ovqatlanishi, ta’lim olish darajasiga

salbiy ta’sir qilishi hamda depressiya holatini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan

uy yumushlari va uning zimmasiga yuklatilgan mas’uliyat bolaning erta

ulg‘ayishiga sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonda bolalarni himoya qilish tizimini baholashning natijalariga

ko‘ra, mamlakatda bolalarni himoya qilish tizimining tarkibiy qismlari mavjud

bo‘lishiga qaramay, ular xodimlar va mablag‘ yetishmasligi hamda idoralararo

muvofiqlashtirish choralarining sustligi tufayli samarali ishlamayotganligi

aniqlandi. Bolalarni himoya qilish xizmatlari asosan bolalarning bitta toifasiga -

ya’ni asosan internat shaklidagi muassasalarga joylashtirilgan ota-ona

g‘amxo‘rligidan mahrum bo‘lgan bolalarga qaratilgan. Tazyiq, zo‘ravonlik,

ekspluatatsiya va beparvolikning oldini olish bo‘yicha xizmatlar va choralarni

bajarish past darajada qolmoqda. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish kasb sifatida

yetarlicha rivojlanmagan va bunday xizmatlar asosan faqat internat shaklidagi

muassasalarda ko‘rsatiladi.

Umuman olganda, ko‘p sonli oilalarning fikriga ko‘ra, migratsiyaning ijobiy

ta’siri salbiy ta’siridan ko‘ra salmoqlidir. Chet elda ishlaydigan oila a’zolari

tomonidan yuborilgan pul jo‘natmalari oilalarning iqtisodiy zaifligini kamaytirishi

mumkin. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, o‘tkazilayotgan moliyaviy mablag‘lar

evaziga oilalar o‘z turmush sharoitlarini yaxshilashlari, o‘quv materiallarini sotib

olish, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan va boshqa shu kabi imkoniyatlardan

foydalanishlari mumkin. Ammo, pul o‘tkazmalari oilalarning ehtiyojlarini,

xususan bolalarning psixologik farovonligini to‘liq qondirish uchun yetarlimi yoki

yo‘qmi hanuz tasdiqlanmagan. Ota-onalarning migratsiyasi sababli, nazoratsiz

qolgan bolalar oilaning buzilishi oqibatlaridan jabr chekishlari, yetarlicha

g‘amxo‘rlik ko‘rmasliklari kabi salbiy holatlarga duch kelishlari mumkin.

Bu, ayniqsa, bolalarning psixologik va hissiy salomatligiga ta’sir qilishi

mumkin. Ba’zi hollarda, bolalar odatda aka-uka va opa-singillarga g‘amxo‘rlik

qilish, uy yumushlarini bajarish va qishloq xo‘jaligi ishlari kabi kattalar

tomonidan bajariladigan ishlarga jalb qilinib, bu ularning ta’lim olishi va bo‘sh

vaqtlarini o‘tkazishlariga xalaqit berishi mumkin. Xususan, tadqiqot davomida

bolalarda uchrashi mumkin bo‘lgan uchta asosiy potensial salbiy ta’siri

aniqlandi.

Bolaga g‘amxo‘rlik qilish. Ushbu tadqiqot shuni ko‘rsatdiki,

o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining aksariyatining farzandlari bo‘lishiga

qaramay, ular yolg‘iz o‘zlari migratsiya qilishni afzal ko‘radilar va ko‘p holarda

bolalarni ota-onaning biri yoki bironta qarindoshning nazorati ostida qoldiradilar

yoki ba’zi hollarda ularni internat shaklidagi muassasalarga joylashtiradilar.

Otalar migratsiya qilganida, onalar odatda bolalarning asosiy homiysi

hisoblanadi. Ota-ona migratsiya qilgan hollarda qarindoshlarning vasiy sifatida

jalb qilinishi eng keng tarqalganligini kuzatish mumkin. Ko‘p hollarda,

qarindoshlar tomonidan ko‘rsatiladigan g‘amxo‘rlik bolalar uchun eng xavfsiz

va barqaror muhit sanaladi. Biroq, bunday vasiylik rasmiy ravishda

rasmiylashtirilmaydi yoki tegishli organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi va

vasiylar iqtisodiy muammolarga duch kelgan holatlarda, bolalar beparvolik,

ekspluatatsiya va tahqirlash xavfi ostida qoladilar. Oiladagi vaziyatdan qat’iy

nazar, bolalarning aksariyati migratsiya paytida ota-onalarini sog‘inadilar.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, vasiylar odatda bolalarni tarbiyalash va

nazorat qilishning turli usullaridan foydalanadilar. Bolalarning 7 foizga yaqini

jismoniy jazolardan, 3 foizi oiladagi zo‘ravonliklardan va 6 foizi maktabdagi

tahqirlashlardan aziyat chekadi. Bolalarning uchdan bir qismi ota-onalarining

migratsiyasidan so‘ng o‘z zimmalariga uy yumushlar, bolalarni parvarish qilish

va aka-uka va opa-singillarga g‘amxo‘rlik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha

majburiyatlarni oladilar. Bolalarning o‘zlari qo‘shimcha yumushlarni o‘qish yoki

hayotning boshqa sohalariga xalaqit beradigan omillar qatoriga qo‘shmaydilar.

Shunga qaramay, tahlil shuni ko‘rsatadiki, uy yumushlari ko‘lamining

kengayishi bolalarning kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Migratsiyaning oshishi noto‘liq oilalarning paydo bo‘lishiga sabab

bo‘lmoqda va ular katta muammoli masalalarni keltirib chiqarmoqda.

Dunyodagi barcha davlatlar, shu jumladan, O‘zbekistonning ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanishi, qishloq va shahar orasidagi tafovutning kamayib borishi,

urbanizatsiya tufayli shahar hayot tarzining qishloqqa kirib kelishi, ayollarning

iqtisodiy jihatdan mustaqilligining kuchayishi, shu bilan birga jamiyatda ma’lum

imtiyozlarning ko‘payib borishi, migratsiyaning keskin oshishi oila instituti,

nikohlar mustahkamligiga muqarrar ravishda o‘z ta’sirini ko‘rsatmoda.

Mustaqillik davrida O‘zbekistonda xalq hayotida misli ko‘rilmagan ijobiy

o‘zgarishlar ro‘y berdi. Shu bilan birga so‘nggi o‘n yillikda bir qator muammolar

yanada dolzarblashdi. Shulardan biri - oila institutining zaiflashishi, ajralishlar

va ularning asorati sifatida noto‘liq oilalar sonining keskin o‘sishidir.

Noto‘liq oilalar masalasi quyidagilar bilan belgilanadi:

Birinchidan, jamiyatda noto‘liq oilalar sonining ortib borishi oila institutiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uning mustahkamligini zaiflashtirib boradi.

Ikkinchidan, noto‘liq oilalar sonining ortishi yoshlarda oila haqidagi tasavvurlarining to‘g‘ri shakllanishiga salbiy ta’sir qiladi. Qizlarning ma’lum qismi noto‘liq oilani o‘zlari uchun andoza sifatida oladilar. Bu esa noto‘liq oilalar sonining yanada oshishiga olib kelishi mumkin.

Uchinchidan, yoshlardan komil shaxs shakllantirishda qator muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.

To‘rtinchidan, yosh oilalar, aksariyat xolda ayollar va bolalarni iqtisodiy jihatdan murakkab vaziyatga tushiradi.

Beshinchidan, voyaga yetmagan yoshlarda jinoyatchilik, shu jumladan, ularning turlarining o‘sishiga shart-sharoit yaratadi.

Oltinchidan, ota-onalarga eng muhim vazifalari - tarbiya funksiyalarini to‘laqonli ado etishlariga yetarli imkon bermaydi.

Yettinchidan, ayollarning ma’lum qismida jinsiy-tanosil kasalliklarining ko‘payishi, reproduktiv organlarida onkologik xastaliklar sonining oshishiga olib kelishi mumkin.

Sakkizinchidan, jamiyatda poliandriya va poligeniya, ya’ni ko‘p erlik hamda ko‘p xotinlik xolatlarining o‘sishiga olib keladi.

To‘qqizinchidan, mahalliy millatlar, jumladan, o‘zbeklardagi o‘ta muhim, qimmatli etnopsixologik xislatlardan biri bo‘lgan ota-ona xurmati, oiladagi mavqei, ota-onalik va farzandlik burchlarining shakllanishiga salbiy ta’sir qiladi.

O‘ninchidan, avlodlar orasidagi hissiy emotsional yaqinlik, ota-ona va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarning zaiflashishiga olib keladi.

O‘n birinchidan, ota modeli, namunasining yo‘qligi o‘g‘il bolalar shaxsining erkak, oila boshlig‘i, ota sifatida shakllanishiga salbiy ta’sir qiladi, ularda ayolsifat xarakterning paydo bo‘lishiga imkon yaratadi. Qizlarda ota yo‘qligi ota mavqei, xurmati, er-xotin munosabatlarini

qurmasligi, voyaga yetib shaxsiy oilaviy hayot ko‘rganda er-xotin munosabatlarini talab darajasida olib borishiga salbiy ta’sir qiladi.

Yuqorida bayon etilgan fikrlardan noto‘liq oilaga qarshi kurashish, noto‘liq

oilani faqat salbiy, muammoli oila turi sifatida ko‘rsatish, ularni yomon jihatdan

idrok etish ma’nosi kelib chiqmaydi. Shunday noto‘liq oilalar borki, ular to‘liq

oiladan o‘n chandon yaxshi yashaydi va o‘z oilaviy vazifalarini to‘laqonli, yuqori

saviyada bajarib kelmoqda.

Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatda erkin bozor iqtisodiy

munosabatlarini shakllantirish hamda oʻtish davrining tabiiy qiyinchiliklari

oqibatida yuzaga kelgan va tobora avj olib borayotgan ishsizlikning oldini olish,

imkon qadar uning koʻlamini jilovlashning, yaʼni ishsizlik muammosini oqilona hal qilishning ikki yoʻli bor edi.

Birinchi yoʻl – bu mamlakatda koʻplab yangi ish oʻrinlarini yaratish va

oʻtish davri qiyinchiliklari hamda tizimli oʻzgarishlar oqibatida barcha ishdan

boʻshaganlarni yangidan yaratilgan ish oʻrinlariga joylashtirish. Muammoning

yechimi sifatida davlat iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlaridayoq kichik

va xususiy tadirkorlikka keng yoʻl ochib berish, unga imtiyozlar berish, qoʻllab-

quvvatlash va rivojlantirishning tezkor choralarini koʻrish siyosatini tutdi. Lekin,

endigina mustaqillikka erishgan va oʻtish davri inqirozini boshidan

kechirayotgan mamlakatda ishsizlik muammosini uzil-kesil hal etishda

davlatning moliyaviy imkoniyatlari benihoya cheklangan edi. Boz ustiga

xalqimizda tadbirkorlik bilan shugʻullanish va uning hisobidan daromad topish

tajribasi hali shakllanmagan edi.

Ikkinchi yoʻl – aholiga boshqa mamlakatlarga chiqib, tirikchilik qilishlari,

oilasini boqish uchun imkoniyat yaratib berish, aniqrogʻi mehnat migratsiyasiga

yoʻl ochib berishdan iborat edi. Respublikamiz uchun bozor iqtisodiyotiga oʻtish

jarayonida ana shunday mashaqqatli va beqaror vaziyatda ishsiz qolganlarning

bir qismi, aniqrogʻi nomigagina bandlikda boʻlib, maosh olib yurganlar yoki

ishdan boʻshab, ishsizlar toifasiga mansub boʻlganlar mana shu ikkinchi yoʻlni

tanlashga majbur boʻlishdi.

3. Turmush o‘rtog‘i migratsiya bilan xorijga ketgan ayollarga huquqiy ko‘mak.

“Temir daftar”ga kiritilgan oila a’zolarini ishga joylashtirish.

“Temir daftar”dagi oilalarning ishsiz a’zolari bandligini ta’minlash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

tuman (shahar)lar hokimliklari tomonidan investitsiya bo‘limlari, aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, tijorat banklari bilan hamkorlikda tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda yaratilayotgan yangi ish o‘rinlariga ishga joylashtirish;

tuman (shahar)lar hokimliklari tomonidan aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bilan birgalikda mavjud vakansiya va zaxira (kvota) ish o‘rinlariga ishga joylashtirish hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;

tuman (shahar)lar hokimliklari tomonidan qishloq ho‘jaligi bo‘limlari bilan birgalikda kooperativlarga jalb etish, g‘alladan bo‘shagan yerlarda takroriy ekin ekish va oborotdan chiqib ketgan yerlarni o‘zlashtirish hisobiga bandlikni ta’minlash;

tuman (shahar)lar hokimliklari tomonidan soliq idoralari, tijorat banklari, aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari bilan birgalikda kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitishni tashkil etish, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish, o‘zini o‘zi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka ko‘maklashish;

tuman (shahar)lar hokimliklari tomonidan markazlashgan manbalar hisobiga amalga oshirilayotgan qurilish obyektlari hamda barcha manbalar hisobiga uy-joy qurilishi obyektlariga ishga joylashtirish.

Ushbu bandda ko‘rsatilgan yo‘nalishlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko‘maklashish.

Tuman (shahar) hokimliklari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashi, tijorat banklari bilan hamkorlikda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarda tomorqadan samarali foydalanishni tashkil etish orqali bandlikni ta’minlashda quyidagi yo‘nalishlarda ko‘maklashadi:

yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish; parranda, asalari, quyon, baliq va bedana boqishni yo‘lga qo‘yish; “Tomorqa xizmati” tashkilotlari va “Dala do‘konlari”ni tashkil

etish. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Vazirlar Kengashi va mahalliy hokimliklar tomonidan dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun yangi o‘zlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarida 0,1 gektardan 1 gektargacha yer ajratish, ajratilgan yer maydonlarini sug‘orish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sug‘orish tizimi va boshqalar) va elektr energiyasi bilan ta’minlash, berilgan yerlarni o‘zlashtirish uchun (yer haydash, urug‘, ko‘chat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratish ishlari amalga oshiriladi.

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish

Oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun kredit olish istagida bo‘lgan oilalarga tijorat banklariga ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:

biznes loyihalarni hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tuzishni o‘rgatish;

oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kredit olishga ko‘maklashish;

kredit ajratilgandan so‘ng kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar tadbirkorligini rivojlantirishni doimiy qo‘llab-quvvatlash.

Kreditlar “Temir daftar”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish.

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlar asosida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam berilishi mumkin.

Ushbu bir martalik moddiy yordamni to‘lash uchun: a) fuqarolar yig‘inlari tomonidan sektorlar rahbarlari bilan kelishgan

holda oilalarning ehtiyojmandlik darajasidan kelib chiqib (har bir fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport seriyasi va raqami ko‘rsatilgan holda) bir martalik moddiy yordam berish miqdorlari ko‘rsatilgan ro‘yxat tuman (shahar) hokimligiga taqdim etiladi;

b) tuman (shahar) hokimligi: “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasining daromadlari prognozidan

kelib chiqib tuman (shahar) moliya bo‘limi bilan kelishgan holda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordamni oyma-oy to‘lash grafigini shakllantiradi hamda tuman (shahar) xalq deputatlari

Kengashiga tasdiqlash uchun kiritadi. Bunda tasdiqlangan oyma-oy to‘lash grafigining nusxasi fuqarolar yig‘inlariga ham taqdim etiladi;

tasdiqlangan grafikka asosan har oyning 5-kuniga qadar fuqarolar yig‘inlari, sektorlar rahbarlari bilan kelishilgan ro‘yxatlar asosida to‘lov vedomostlarini shakllantirib, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga taqdim etadi;

v) tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tasdiqlangan oyma-oy to‘lash grafigi hamda to‘lov vedomostlari asosida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam to‘lovlarini har oyning 5 -27- kunlarida amalga oshiradi.

Oyning oxirgi ish kunida vedomostlar yopiladi, tayinlangan, biroq o‘z vaqtida talab qilib olinmagan moddiy yordam, uni oluvchining nomidagi maxsus depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va oluvchining birinchi talabiga ko‘ra to‘lanadi. Yopilgan vedomostning bir nusxasi sektorlar rahbarlariga taqdim etiladi;

d) tuman (shahar) sektorlar shtabi kotibi muhtoj oilalarga to‘langan bir martalik moddiy yordam to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “saxovat.argos.uz” axborot tizimiga kiritadi.

“Temir daftar”ga kiritilgan uy-joyini ta’mirlashga muhtoj oilalarga ko‘maklashish sektor rahbari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Bir martalik moddiy yordam ajratish kalendar yil davomida bir marta amalga oshiriladi.

Alohida ko‘rsatmalar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumat topshiriqlari va h.k.) asosida to‘lab beriladigan bir martalik moddiy yordamlar bundan mustasno.

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish.

Kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

tibbiy yordamga muhtoj oilalar boshqaruv ofisi tomonidan tegishli tibbiyot xodimini jalb qilingan holda o‘rganiladi;

o‘rganish natijasi bo‘yicha kasalligi aniqlangan va tibbiy yordamga muhtoj oila a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga yuboriladi;

tibbiy ko‘rik natijasi yuzasidan ko‘rsatma bo‘yicha oila a’zolari tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida statsionar yoki ambulatoriya sharoitda davolanadi;

nogironlik belgilari aniq namoyon bo‘lgan bemorlar belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tish uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish.

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralari:

• mehnatga layoqatli ishsiz a’zolari mavjud ehtiyojmand oilalarning bandligini ta’minlash Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi,

Jamoat ishlari jamg‘armasi, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi, xalqaro moliya institutlarining kredit va grantlari;

• tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanishga ko‘maklashish - Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari;

• tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va kredit olishga ko‘maklashish - Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari, tijorat banklari, xalqaro moliya institutlaridan jalb etiladigan kredit va grantlar;

• moddiy yordam ko‘rsatish, sog‘liqni tiklash va boshqalar - “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;

• “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin.

Mazkur bandda belgilangan manbalar hisobidan tuman (shahar)lar bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar taqsimoti har chorak uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan har chorakdan oldingi oyning 20-kuniga qadar tuman (shahar) hokimliklariga yetkaziladi.

Tuman (shahar)lar hokimliklari ushbu manbalar va o‘z mablag‘lari hisobidan oilalarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmat va yordamning turini va ularni oluvchilar sonini belgilaydi.

“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bo‘yicha: bandlikni ta’minlash; tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish uchun

ko‘maklashish; tadbirkorlikka jalb qilish;

moddiy yordam ko‘rsatish; turar joy ijarasi uchun kompensatsiya to‘lash; tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish; “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni yuritish hamda ularga

kiritiladigan yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha tartibni, hisobot berish va ma’lumotlarni taqdim qilish shaklini amaliyotga joriy etish choralarini ko‘rsin;

jamiyatda xotin-qizlar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka, yoshlar va ayollarga tushuntirish, shuningdek, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirsin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qaroriga muvofiq:

o Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tomonidan: turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, ularning

turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish borasida tizimli chora-tadbirlar belgilanishi;

hududiy xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari, mahallalardagi “Ayollar maslahat kengashlari” faoliyati muvofiqlashtirilishi, ularning davlat va jamoat tashkilotlari bilan samarali hamkorligini ta’minlash, ularga uslubiy-amaliy ko‘maklashish;

“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlash, mutasaddi tashkilotlar, sektorlar tomonidan xotin-qizlarning muammolari o‘z vaqtida bartaraf etilishi yuzasidan jamoatchilik nazorati amalga oshirilishi.

Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan,

“Ayollar daftari”ni shakllantirish va unga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz hamda zo‘ravonlikka uchragan ayollar muammolarini aniqlash va hal qilish bo‘yicha mas’ul idora va rahbarlarning natijaga yo‘naltirilgan faoliyati yo‘lga qo‘yilidi va muvofiqlashtirildi.

👉👉 Topshiriq. Baliq skeleti metodi bo‘yicha migratsiyaning xususiyatlarini yozing.

Nazorat savollari:

1. Migratsiya jarayoni o‘zbek oilalarga qanday ta’sir ko‘rsatadi? A) Bolalar rivojlanish nuqsonlari, psixososyal va hissiy muammolarga duch

kelishi mumkin bo‘lib, bunda ota-onalarning safardaligi bolaga g‘amxo‘rlik

qilishda muammolar tug‘diradi.

B) Migratsiyaning oilaga hech qanday aloqasi yo‘q. Ota-onalar farzandga

masofadan turib ham tarbiya berishi mumkin.

D) Ota-onasi boshqa davlatga ketganida farzandlari tarbiyasiga hech kim

qaramaydi va tarbiyasi o‘z o‘zidan buziladi.

E) Migratsiya bolalarning emotsional farovonligini eng past ko‘rsatkichga olib tushadi: otasiz yashagan bolalarning aksariyati kayfiyati tushadi.

2.Xozirgi kunda migratsiya oqibatida oilalarda ko‘paygan poliandriya nima?

A) Ko‘p xotinlik

B) Ko‘p erlik

D) Ajralish xavfi kuchli oilalar

D) Ajrashgan oilalar

9-MAVZU: OILADA O‘ZARO KELISHMOVCHILIKLAR VA ULARNI BARTARAF ETISHNING O‘ZIGA XOS USULLARI.

Reja:

1. Oilaviy nizolar va ularning xususiyatlari. 2. Konfliktologiya asoslari. 3. Oilaviy nizolarga doir islom aqidalari. 4. Ziddiyatlarda erkak va ayol xususiyatlari.

Tayanch iboralar: Oilaviy nizolar, oila, muammolar va yechimlar, er va

xotin, oilaviy ziddiyatlar, bola tarbiyasi.

1. Oilaviy nizolar va ularning xususiyatlari

Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri bu er va xotin o‘rtasidagi

nizolardir. Xo‘sh, eng ezgu niyatlar bilan, bir-birlarini sevib oila qurgan yoshlar

nega oila qurishgandan keyin ularning o‘zaro munosabatlarida nizo-janjallar

ro‘y beradi? Ular nima uchun urushadilar? Umuman, er-xotinlik hayotida

nizolarsiz, urush janjallarsiz ham yashasa bo‘ladimi? Bu kabi savollarni yana

ko‘p davom ettirish mumkin.

Xalqimizda bir gap bor: Oshsiz uy bo‘lishi mum-kin, lekin nizosiz uy bo‘lmaydi. Faqat, nizoning nizodan farqi bor. Bu haqda quyida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Nizoli vaziyatlar har qanday oilada u yoki bu darajada yuzaga keladi. Oila

qanday bo‘lishidan qat’iy nazar nizolardan mutlaqo holi (himoyalangan,

kafolatlangan) bo‘la olmaydi. Chunki oiladagi shaxslararo munosabatlar

odatda nizosiz bo‘lmaydi. Bu nizolar ma’lum darajada er-xotin munosabatlarini

rivojlantiruvchi katalizator vazifasini o‘taydi. Lekin nizoning nizodan farqi bor.

Ular kelib chiqishi, tashqi ifodalanishi, takrorlanib turish tezligi (soni) va nihoyat

oqibatlariga ko‘ra bir-birlaridan farqlanadi. Biror-bir maxsus mezon yo‘qki,

shunga asosan nizolarning qaytalanishi, kuchi, darajasi va boshqa ma’lumotlari

(ko‘rsatkichlari)ni aniq belgilab berish (olish) mumkin bo‘lsa. Bunda hamma

narsa subyektning o‘ziga, uning shaxsiy, psixologik xususiyatlariga, yoshiga,

jinsiga, uning qo‘yilishiga, nizoning qanday idrok qilinishi va boshqa omillarga

bog‘liq bo‘ladi.

Shunday ekan jamiki oilalarga xos bo‘lgan nizolar va ularning sabablarini

yagona bir o‘lcham yoki xarakteristika bilan ko‘rsatib berish masalasi ham

mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan ishdir. Lekin turli toifadagi oilalarni o‘rganish, ular

a’zolarining o‘zaro munosabatlarini taqqoslash va shu kabilar asosida ayrim

nisbiy xulosalarga, mulohazalarga kelish mumkinki, shu nisbiylikdan har bir

odam o‘zi uchun nisbatan “tegishli” xulosalar chiqarib olishi lozim bo‘ladi.

Shuning uchun, biz quyida oilaviy munosabatlar, oiladagi nizolar haqida fikr

yuritar ekanmiz, ularning barcha oilalarga mutlaq tegishli bo‘lishligini

(ekanligini) da’vo qilolmaymiz. Quyidagilar ham bizning nisbiy

mulohazalarimizdir.

Oilada yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan nizo-janjallarning sabablarini aniqlash va ularning oldini olish masalalarini ijobiy hal qilish uchun birinchi navbatda ularni kimlar o‘rtasida yuz berayotganligini farqlab olish maqsadga muvofiqdir. Oilaviy nizolarda kimlar ishtirok etayotganiga ko‘ra ularni quyidagicha asosiy turlarga ajratish mumkin:

• er-xotin o‘rtasidagi nizolar; • qaynona-kelin o‘rtasidagi nizolar; • qaynona-kuyov o‘rtasidagi nizolar; • ovsinlar o‘rtasidagi nizolar; • ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi nizolar.

Albatta, bu ro‘yxatni yanada davom ettiraverish mumkin, lekin biz

hozircha shu yuqorida keltirilganlar bilangina kifoyalanib, oilaviy hayotda ro‘y

berish ehtimoli nisbatan yuqori bo‘lgan nizolarning eng asosiysi bo‘lmish er-

xotin o‘rtasidagi nizolarning ayrim xususiyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga

muvofiqdir.

Bundan ko‘rinib turibdiki, har qanday oilada er-xotinning o‘zaro

munosabatlarida nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi muqarrar. Lekin shu

nizolarning xarakteri, ularning oqibatlariga ko‘ra turli oilalar va ulardagi oilaviy

munosabatlar bir-birlaridan farqlanadi. Shunday ekan biz dastavval

muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz oilalarda ro‘y beradigan nizolarni ko‘rib

chiqaylik. Psixologik adabiyotlarda nizolar shartli ravishda “konstruktiv” (“biriktiruvchi”) va “destruktiv” (“ajratuvchi”) nizolarga farqlanadi. Ular

o‘zlarining yuzaga kelishiga asos bo‘lgan muammolar, bu muammolarning hal

etilishi, kechishi, ishtirokchilari, oqibatlari va boshqalarning xarakteriga ko‘ra

bir-birlaridan farqlanadi.

Biriktiruvchi nizolarning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan muammolar va

ularning hal qilinishi ham erning, ham xotinning, butun oilaning manfaatlariga

qaratilgan bo‘ladi. Agar ular hal etilsa, buning oqibatida oilaning umumiy

manfaatlariga oid muammolar o‘z yechimni topadi. Bunday nizolarga oiladagi

tartib, intizom, ozodalik, oila byudjetini yuritish, saranjomlik, tejamkorlik,

isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, bola tarbiyasi va boshqa shu kabi toifadagi

nizolar misol bo‘la oladi. Ular asosan er-xotin o‘rtasidagina yuzaga keladi,

ularning ishtirokchilari ham faqat er-xotinlarning o‘zlarigina hisoblanadilar.

Bunday nizolarning muvaffaqiyatli hal etilishida er-xotinlarning bir-birlarini

yanada yaqinroq bilib, tushunib, bir-birlarining salbiy va ijobiy xususiyatlarini

o‘rganib borish, bir-birlariga moslashish, muammolarni hal etish borasida

hamkorlik qilish kabi oilaviy hayot mustahkamligini ta’minlashga xizmat qiluvchi

jarayonlar amalga oshadi. Boshqacha qilib aytganda, bunday nizolar “er-

xotinning urushi - doka ro‘molning qurishi” kabi nizolar toifasiga kiradi. “Doka

ro‘molning qurishi” er-xotin o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi.

Ajratuvchi nizolarda ularning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan muammo

va uning yechimi er-xotinlardan birining manfaatiga qaratilgan bo‘ladi. Bunday

nizolarda bir tomon manfaatining hal etilishi ko‘pincha, ikkinchi tomon

manfaatining boy berilishi hisobiga amalga oshadi. Masalan, erni yoki xotinni

shaxsan o‘zi uchun biron nima xarid qilishi, erning yoki xotinning ishi tufayli,

o‘zbek oilasi uchun xarakterli bo‘lgan nizolardan bo‘lmish er yoki xotinning

qarindosh urug‘lari bilan bo‘ladigan munosabatlar tufayli yuzaga keladigan

nizolar shular jumlasiga kiradi. Bunday nizolarning hal qilinishi, ya’ni bir tomon

manfaatlarining qondirilishi ko‘pchilik holatlarda ikkinchi tomon manfaatlarining

boy berilishi hisobiga amalga oshadi. Bunday vaziyatlarda manfaati boy

berilgan tomonda norozilik, e’tiroz saqlanib qoladi va bu keyinchalik yana

kuchayib navbatdagi nizoning yuzaga kelishiga asos bo‘lib xizmat qilishi

mumkin. Ajratuvchi nizolarda, nizo hal etilgani bilan, nizoli vaziyat saqlanib

qolaveradi.

Shuningdek, ajratuvchi nizolar ularni yuzaga keltirgan sabablar bevosita

er-xotinlarning o‘zaro munosabatlari doirasidan tashqaridagi omillarga ham

bog‘liq bo‘ladi. Ularning sababchilari va ishtirokchilari ham ba’zan er-xotindan

tashqari uchinchi odam bo‘lishi mumkin, ularning hal etilishi ham er-xotinlarning

o‘zlarigagina emas, balki shu uchinchi (boshqa) odamga bog‘liq bo‘ladi.

Bularning oqibatida nizolarning yanada kuchayishi, sonining ortishi kuzatiladi.

Ajratuvchi nizolar, aksariyat hollarda “chegaralanmagan” nizolar bo‘lib,

o‘z xarakteri, ishtirokchilari, hal etilishi va oqibatlariga ko‘ra er-xotin

munosabatlari doirasidan chetga chiqadi. Bunday er-xotin nizolariga oilaning

boshqa a’zolari: qaynona, qaynsingil, ovsinlar va boshqalar ham aralashadi.

Ijtimoiy psixologiyada gap, so‘z, nizo haqidagi ma’lumot bir og‘izdan

chiqib, kishilarning keng tomoniga qarab harakatlana boshlaydi. Uning ko‘lami

ma’lumot manbaidan uzoqlashib, undan xabardor bo‘lgan va unga jalb etilgan

ishtirokchilar soni ortib borgan sari kengayib boraveradi.

Shunday ekan, oilaviy hayotda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan nizolarga

birdek salbiy jihatdan qarayverish ham yoki ularni birdek oqlash ham

maqsadga muvofiq emas. Yoshlarimiz oilaviy hayotda ro‘y beradigan

biriktiruvchi nizolarga tayyor bo‘lishlari, ularni biriktiruvchilik, er-xotinni bir-

birlariga moslashuvlariga, ularning o‘zaro munosabatlarining rivojlanishini

ta’minlovchi, ularning har ikkalovining ham, ya’ni “biz”ning manfaatiga

qaratilgan nizolarning biriktiruvchanlik imkoniyatlaridan samarali

foydalanishga, ularni salbiy oqibatlarga olib keluvchi nizolarga aylantirib

yubormaslikka o‘rganishlari lozim. Albatta ajratuvchi, “men” xarakteridagi,

“chegaralanmagan” nizolarni oldini olish, uning oqibatlaridan voqif bo‘lishlari

ham maqsadga muvofiq.

Ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi nizolar. Bunday kelishmovchiliklar uchun zamin bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi:

1. Dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqni hisobga olinmasligi; 2. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mustaqil tashkil etishi, do‘stlar

tanlashdagi mustaqilligi, hissiyot sohasidagi mustaqilligi, modaga, bugungi kun talabiga mos kiyinishi, kasb tanlashdagi mustaqilligi, umr yo‘ldoshi tanlashda mustaqillik uchun ota-onalari bilan ba’zan kurash olib borishning xush kelmasligi;

3. Ota-onalar ichkilikka ruju qo‘yishi yoki or-nomusni yig‘ishtirib qo‘yib, buzuqchilik qilishi

4. Ba’zi bolalarni mehnat qilishga o‘rgatilmaganligi va buning oqibatida yengil-elpi hayot kechirishga o‘rganib qolishi;

5. Ayrim yoshlarning farzandlik burchini unutib qo‘yishi va hokazo. 6. Ota-onalarning psixologik-pedagogik bilim saviyalari yetarli

darajada emasligi natijasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar. Ota-onalar va bolalar munosabatiga oid yuqoridagi kabi kamchiliklar

natijasida oiladan halovat yo‘qoladi, o‘rtaga sovuqchilik tushadi. Farzandlik

burchini bajarmaslik u yoqda tursin, hatto ichib kelib, ota-onasiga qo‘l

ko‘taradigan, ota-onasini sharmanda qilayotgan farzandlar ham uchraydi.

Ba’zi ota-onalar bolalarda 3, 6, 13, 14 yoshlarda muqarrar ravishda bo‘lib

o‘tadigan krizislarni bilmaydilar. Bu yosh bosqichlarida bola ruhiyatida yangi

psixologik qo‘shilmalar yuzaga keladi. Bu esa ularning kattalar, jumladan, ota-

onalar bilan bo‘lgan munosabatlarida ko‘zga tashlanadi. Buni sezmagan ba’zi

ota-onalar “bolam nihoyatda qaysar, quloqsiz bo‘lib qoldi”, deb o‘ylaydilar va

shikoyat qilishga tushadilar. Bunga qarshi o‘zlaricha chora-tadbirlar

belgilashlari natijasida ota-ona va bola bir-birlarini tushunolmay qoladilar.

Bolaning ota-onadan bezish hollari kuzatiladi.

Qaynona-kelin o‘rtasidagi nizolar. Oilaga yangi tushgan kelinlarning

ko‘pchiligi yuzaga keladigan ba’zi qiyinchiliklarni osonlik bilan yengib, kelinlik

vazifalarini ko‘ngildagiday eplab ketadilar, qaynonalarini ro‘zg‘or

tashvishlaridan halos qiladilar, tezda ularning mehriga sazovor bo‘ladilar.

Qaynonalar ham bunday kelinni “qizim” deb bag‘rilariga oladilar, bilmaganini

o‘rgatadilar, qiynalganida yordam beradilar, hayotiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadilar.

Ularga uy-ro‘zg‘or ishlarida va bolalar tarbiyasida yaqin ko‘makdoshga

aylanadilar. Biroq hayotda qaynona-kelin orasida turli to‘qnashuvlar ham sodir

bo‘lib turadi. Gap qaynona-kelin o‘rtasida borar ekan, shuni aytib o‘tishimiz

lozimki, bu masala azal-azaldan odamlarning, insoniyatning atoqli

namoyondalarining diqqat e’tiborida bo‘lib kelgan muammolardan biridir.

Jumladan, XIX asrning ikkinchi yarmida yashab ijod etgan sharq

mutafakkirlaridan biri Ahmad Donish o‘zining “Navodir ul vaqoe” ( Nodir

voqealar) nomli kitobida qaynona-kelin nizolari haqida yozar ekan shunday

deydi: “Qaynona-kelin nizolari bundan oldingi oilalarda ham bo‘lgan, hozir ham

bor va bundan keyin ham bo‘ladi. Ular doimo urishaveradilar. Ular nima uchun

urishadilar? Chunki ular nima uchun urishishayotganliklarini o‘zlari ham

bilmaydilar. Shuning uchun urishadilar”.

Demak, bu o‘rinda qaynona-kelin nizolari, sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish alohida ahamiyatga molik masala ekanligi ko‘rinib turibdi. Bunday kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi sabablardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.

1. Ba’zi qizlarda nikohgacha oilaviy hayotga, qaynonaga, qaynona-kelin munosabatlariga nisbatan salbiy tasavvur shakllangan bo‘ladi.

Ayniqsa, yoshlar qaynonani oldindan faqat salbiy qiyofa sifatida tasavvur

qiladilar. Keyin esa oila qurib, tasavvuridagi emas, balki hayotdagi qaynona

bilan yashay boshlaydilar. Oqibatda ular o‘z tasavvuridagi qaynonaga xos

bo‘lgan kamchilik va illatlarni hayotdagi qaynonadan axtara boshlaydilar.

Boriniku topishlari aniq, hatto yo‘g‘ini ham topishga harakat qiladilar. Chunki

tasavvurlari ularni aldaganini tan olishni istamaydilar.

Hayotda kamchiliksiz odam bo‘lgan emas, bo‘lmaydi ham. Ideal

qaynona, ideal kelin ham bo‘lishi mumkin emas.

Kelinlar o‘zlari tushgan yangi oila a’zolariga ilk taassurot asosida baho

berishga oshiqmasliklari lozim. Aks holda, pashshadan fil yasash ham hech

gap emas. Kelinlar og‘ir-bosiq, sabr-toqatli bo‘lishlari, iloji boricha o‘zlari

tushgan xonadon a’zolarining yaxshi tomonlarini ko‘rishga intilishlari, eri shu

xonadon a’zosi ekanligini unutmasligi lozim. Ana shunda bu oila tinch-totuv

bo‘ladi. Zotan, kelin bu xonadonga besh kunlik mehmon emas, balki bir umrlik

a’zo bo‘lib kelganligini unutmasligi kerak.

2. Qaynona-kelinning dunyoqarashlari va uy-ro‘zg‘or tutishlari orasida kelishmovchilik paydo bo‘ladi va keskinlashadi.

Ikki avlodning dunyoqarashi, hayotiy tamoyillari o‘rtasida tafovut bo‘lishi

tabiiy holdir. Ammo aksariyat hollarda qaynona-kelinlar ko‘p jihatdan bir-

birining aksi bo‘ladilar. Ayrim hollarda esa qaynona-kelin andishani yig‘ishtirib

qo‘yib, har birlari o‘z gaplarini o‘tkazishga harakat qiladilar. Bunday

kelishmovchiliklarning oldini olish uchun kattalar yoshlarni kiyinishi, soch

turmaklashi, yoqtirgan kuy va ashulalarini tinglashi va shu kabi boshqa

masalalarda ularni o‘z holiga qo‘yishlar lozim. Yoshlar ham o‘z navbatida iloji

boricha ota-onalarini tushunishga intilishlari, ularni g‘ashiga tegadigan noo‘rin

qiliq va odatlardan qaynonaga xush kelmaydigan salbiy “hoyu-havaslardan”

o‘zlarini tiyishlari kerak.

3. Ba’zi kelinlar kelinlik va onalik vazifalarni bajarishga tayyor bo‘lmaydilar.

Shunday kelinlar bo‘ladiki, ular na ovqat pishirishni, na kir yuvishni, na

kattalar bilan muomala qilishni biladilar. Kelin kelinligining birinchi kunidanoq

hamma narsani kerakligicha bilishi va katta tajribaga ega bo‘lgan qaynonasi

darajasida turishi juda qiyin. Shuning uchun nikohgacha onalar qizlariga osh-

ovqat pishirishni, meva-sabzavotlardan qishga sharbat, tuzlama, murabbolar

tayyorlashni, uy-joyni saranjom-sarishta tutishni, did bilan mehmon kutishni,

tejamkorlikni, oila byudjetini iqtisod qilishni, uy anjomlari, jihozlaridan asrab-

avaylab foydalanishni va shu kabi uy-ro‘zg‘or ishlarini o‘rgatishga alohida

e’tibor berishlari zarur. Chunki el orasida “qiz birovning xasmi, boshqa oilaga

tushishi bor”, degan hikmat bor. Shunga qarab qizlarni puxta tayyorlash kerak.

Qaynonalar ham kelinlardan hadeb kamchilik va qusur axtarmasdan, uni o‘z

farzandiday ko‘rib, bilmaganini sabr-toqat bilan o‘rgatib borishi lozim.

Kamchiliklarini yuziga solavermasdan, yaxshi tomonlarini gapirib turishlari

kerak. Yaxshi so‘z ham, yomon so‘z ham bir og‘izdan chiqadi. Qaynonalar

kelinlarida hosil qilingan ko‘nikma va malakalarning o‘z o‘g‘li uchun va

kelajakda o‘z nabiralari uchun xizmat qilishini esda tutishlari kerak.

4. Ayrim hollarda qaynona-kelin bolalar tarbiyasi masalasida kelisha olmay qoladilar. Ayrim oilalarda bolalar yo bobo-buvilar yoki ota-onalar tomonidan me’yoridan ortiqcha erkalatib yuboriladi. Natijada ota-

onalar bilan bobo-buvilar o‘rtasida “bolaga kim tarbiya berishi kerak” degan

masalada kelishmovchilik kelib chiqadi. Aslida ular ham, bular ham bolalarni

kelajakda yaxshi kishilar bo‘lib yetishishini istaydilar, tanlagan yo‘llari esa

turlicha, biroq, ular bir bitimga kelib olishmasa bola tarbiyasining holiga voy

deyavering. Buning uchun ular boladan holi joyda bir murosaga, yakdil qarorga

kelib olishlari lozim. Ana shunda bobo-buvilar ham, ota-onalar ham ahillik bilan

bola tarbiyasi borasida o‘zaro mos chora-tarbirlarni belgilab olishlari lozim.

Bunda bola qanday muhit va shart-sharoitda, davrda o‘sayotganini, mijozi turini

hisobga olish zarur.

5. Ba’zan katta xonadonda ovsinlar qaynona iltifotini qozonish yo‘lida bir-birilaridan rashk qilishlari asosida kelishmovchiliklar kelib chiqadi.

Oilada ikki va undan ortiq kelin bo‘lsa, qaynona ularning hammasiga bir

xilda qaray olmasligi tabiiy holdir. Kelinlardan birontasi qaynonaning didiga

yaqinroq, ba’zisi uzoqroq bo‘ladi. Ayollar o‘ta ruhiy sezgirliklari tufayli buni

tezda sezadilar. Natijada “o‘gay” kelin bilan qaynona o‘rtasida kelishmovchilik

boshlanadi. Bunday holning oldini olish va ovsinlar orasiga sovuqchilik

tushirmaslik uchun qaynona o‘z kelinlariga mumkin qadar bir xilda

munosabatda bo‘lishi (ammo bu yerda har bir kelinning muomalasi,

munosabatini, qaynonaga bo‘lgan mehrini hisobga olish inkor etilmaydi) rashk

qilishlariga imkon yaratib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lishlari kerak. Bu o‘rinda

shaxsan kelinlardan ham aql-idrok, mulohazalilik va sabr-toqat talab qilinadi.

6. Ba’zi hollarda qaynona kelinning yosh xususiyatlarini, qiziqishini, orzu-havaslarini, ishlashi yoki o‘qishini hisobga olmaydi.

Qaynonalar orasida umr bo‘yi uy bekasi bo‘lganlari ham bor. Ular ishlash

bilan uy-ro‘zg‘or ishlarini baravar olib borishni o‘z boshidan o‘tkazmagan. Ana

shunday qaynonalar yoshligida o‘zlarini risoladagiday kelin bo‘lganman deb

biladilar, qaynota-qaynonalarini qanday izzat qilganliklarini “ularning soyalariga

ko‘rpacha solganlarini” (rostmi-yolg‘onmi, baribir) tez-tez eslashni yaxshi

ko‘radilar va kelinlarining ham “o‘zlariday” bo‘lishini istaydilar. Ba’zan esa uni

o‘g‘li orqali ochiqdan-ochiq talab qiladilar. Bunga kelinlarining imkoni bormi,

yo‘qmi, o‘ylab ham ko‘rmaydilar. Bunday qaynonalar “ehtiyojini” qondirish

imkoniyatiga ega bo‘lmagan kelinlar ularning g‘azabiga uchraydilar. Kelini

haqida bo‘lar-bo‘lmas gaplarni o‘g‘illarining qulog‘iga quyadilar. “O‘g‘limga

aytib seni qo‘ydirib yubormasam, yurgan ekanman” — deya do‘q-po‘pisa

qiladilar. Ba’zi hollarda maqsadlariga erishadilar ham. Bunday qaynonalar

o‘g‘illari, nabiralari baxtidan ko‘ra o‘z huzur-halovatlarini ko‘proq o‘ylaydilar.

Buning oldini olish uchun o‘g‘ildan g‘oyat tadbirkorlik talab qilinadi.

7. Ayrim kelinlarning yangi oilaga moslashishi qiyin bo‘ladi, oqibatda qaynona-kelin orasida kelishmovchiliklar kelib chiqadi.

Har bir oilaning o‘ziga xos muhiti, qonun-qoidalari, an’analari, atrofda yuz

berayotgan voqea-hodisalarga beradigan baho mezonlari, hatto faqat shu

xonadon a’zolari tushunadigan, shartli ravishda qabul qilingan so‘z, iboralari

bo‘ladi. Yangi tushgan kelin o‘zi bilan o‘z tug‘ilib o‘sgan uyining muhitini, odat-

ko‘nikmalarini ham olib keladi. Shuning uchun ham ayrim hollarda kelin bilan

qaynonaning oilaviy muhitlari mos kelmay qoladi.

Ota-onalar iqtisodiy, moddiy, ijtimoiy saviyasi orasidagi tafovut ham

aksariyat kelin-kuyov orasidagi munosabatlarning keskinlashuviga ta’sir qilishi

mumkin.

Donolar “Qiz bersang o‘zingdan bir pog‘ona balandga ber, sening

xonadoningda ko‘rmaganini yangi xonadonida ko‘rib, yangi xonadonga

ko‘nikishi oson kechadi. Qiz olsang o‘zingdan bir pog‘ona pastdan ol. Shunda

kelin o‘z uyida ko‘rmagan mo‘l-ko‘lchilikni sening xonadoningda ko‘rib, bu

muhitga tez ko‘nikadi” deganlar.

Madaniy-ijtimoiy omil. Kuyov ma’lumotli, madaniyatli oiladan bo‘lib,

kelin aksincha, dehqon, ishchi yoki savdogar oiladan bo‘lsa yoki er-xotindan

biri shahardan, ikkinchisi qishloqdan bo‘lsa bu ijtimoiy-madaniy tafovutlar ham

er-xotin o‘rtasidagi ixtiloflarni keltirib chiqarishi mumkin. Kelin-kuyovlar ijtimoiy

kelib chiqishida ham, iqtisodiy ta’minlanganlikda ham bir-biriga mushtarak

bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir.

Bordi-yu, kelin boshqa millatga mansub bo‘lsa, uning yangi oilaga

moslashishi yanada qiyin bo‘ladi. Masalan, o‘zbek xalqida kekirish to‘yganlik

― shukronalik belgisi hisoblanib kelingan. Rus xalqida esa bu odat o‘ta

odobsizlik hisoblanadi. Shu sababli yangi oilaga moslashish ham osonlikcha

kechavermaydi. Buning ustiga kelin uchun bu oila yangi, ayni paytda

“begona”dek tuyuladi.

Kelinning yangi oilaga moslashishi uning mijozi turiga ham bog‘liq.

Masalan, ko‘proq, xolerik mijozga mansub bo‘lganlar tez moslashadilar. Biroq

yengilroq, tezroq va andishasiz kelinlarni yangi oilaga moslashishi qiyinroq

kechadi.

Yangi sharoitga oson moslashadigan hamda uni osongina o‘zlashtirishga

tayyor bo‘lganlar sangvinik mijozdir.

Flegmatik mijoz esa vazmin, og‘ir karvon bo‘lgani uchun yangi oila

sharoitiga sekinlik bilan moslashadi. Bir moslashib olganidan keyin esa uni

o‘zgartirishni sira-sira istamaydi, uncha-muncha gap-so‘zga parvo qilmaydi.

Melanxolik mijozlar ham shunga yaqin. Ammo sal narsadan ularning ruhi tushib

ketadi, bo‘lar-bo‘lmasga xafa bo‘laveradi. Ruhiy jihatdan esa nihoyatda sezgir

bo‘lishadi.

Har bir mijoz turining yuqorida berilgan qisqacha shartli xarakteristikasini,

ularning o‘ziga xos xususiyatlarini bilib olgan qaynona-kelinlarning til topib

ketishlari oson ko‘chadi.

Ba’zi qaynonalar o‘g‘lini kelinidan qizg‘anadi va oqibatda kelini bilan

kelisholmasdan qoladi. Bunday nizolar, odatda kamfarzand yoki yolg‘iz o‘g‘il

otasiz oilada o‘sgan taqdirda ko‘proq uchraydi.

Kelishmovchiliklar qaynona bilan kuyov orasida ham bo‘ladi. Ichkuyov

ba’zi hollarda kelin xonadoniga moddiy jihatdan qaram bo‘ladi (hech

bo‘lmaganda uy-joy masalasida). Qaynona hamisha ham ziyrak va andishali

bo‘lavermaydi. Kuyovning psixologik hushyorligi oshadi, erki esa birmuncha

qisiladi. Bunisi yetmaganday, ba’zan qaynonalar kuyovga noo‘rin gaplarni aytib

yuboradi, kesatadi (qizim senga aytaman, kelinim sen eshit, qabilida). Betayin

qaynonaning yoshlarning oilaviy hayotiga bunday qo‘pol ravishda aralashishi

turli nizolarni yuzaga keltiradi. Bundan kelin ham og‘ir ahvolga tushadi. Bir

yoqda eri, ikkinchi tomonda tuqqan volidasi o‘rtada qozilik qilishga harakat

qiladi. Bunday qobiliyat esa hammada ham bo‘lavermaydi. Kelin oqibatda yo

onasi yoki eri tomoniga o‘tadi. Har ikkala holda ham oila barbod bo‘lishi

mumkin.

Shunday hollarning oldini olish uchun qaynona yoshlar hayotiga kamroq

aralashmog‘i kerak. Ba’zi qaynonalar qizini (ayniqsa, rus oilalarida) kuyovidan

yoki aksincha o‘g‘lini kelinidan rashk qiladi. Oqibatda esa yana nizolar paydo

bo‘ladi. Bunda birinchi holda rashk qiz onaning yolg‘iz farzandi ekanligidan

kelib chiqadi. Ilgari qizi faqat onasi bilangina maslahatlashgan, dardlashgan

bo‘lsa, ular orasiga kuyov kiradi. Qizning butun diqqat-e’tibori kuyovga — eriga

qaratiladi. Bunda qaynona kuyovni raqib deb biladi. Uning har bir xatti-

harakatini kuzatadi. Qizining oldida uning obro‘sini tushirmoqchi bo‘ladi,

kamsitadi. Bunday hollarda ba’zi qaynonalar nima sababdan kuyovining

qasdiga tushib qolganini o‘zlari ham bila olmaydilar, bunga turli bahonalar

topadilar. Aslida esa buning bitta-yu bitta sababi bor — rashk, faqat qizini

qizg‘anishdir. Bunday holatni kelin erining uyida yashagan juftlarda ham

kuzatish mumkin. Bunda yuqorida bayon qilinganidek, qaynona o‘g‘lini

kelinidan qizg‘anadi.

Buning oldini olish uchun turmushga chiqqanlaridan so‘ng, ayniqsa onasi

bilan birga turadigan bo‘lsa, undan o‘z diqqat - e’tiborini, farzandlik mehr-

muhabbatini darig‘ tutmasligi, yolg‘izlatib qo‘ymasligi lozim. Qaynonalar ham

avvalo, o‘z yoshliklarini eslashlari, qolaversa, qizining kuyoviga, o‘g‘lining

xotiniga mehr-muhabbati, e’tibori ular oilasi baxt-saodatining, iqbolining garovi

ekanligini unutmasliklari kerak. Ayrim qaynonalar ongsiz ravishda kuyovini o‘z

eri bilan taqqoslaydilar. U badavlatlikda, jamiyatda egallagan mavqei va

boshqa bir jihatlari bilan farq qilishi mumkin. Natijada qaynona nazarida

kuyovning obro‘yi pasayadi, qarab turibsizki, yana kelishmovchiliklar chiqishiga

sabab bo‘ladi.

2. Konfliktologiya asoslari.

Konflikt – nima? Yoki aniqroq aytiladigan bo‘lsa, konflikt qanday o‘zini

namoyon etadi, degan savolga ko‘pchilik, konflikt bu – odamlarning urishishi,

janjallashishi, kuch ishlatib, bir-biri bilan to‘qnashishi, so‘z aytishish, birovlarni

ayblash, so‘kinish, g‘azablanish, jahl bilan gaplashish, kesatish, birovlarni urib-

turtish, do‘q qilish, qo‘rqitishga urinish, u qilaman, bu qilaman deb, ularga

tahdid qilish, piching bilan gapirish, to‘g‘ri so‘zlar mazmunini buzib talqin qilish,

birovlarning orqasidan gapirish, qasd qilish, birovlarga jismoniy zo‘ravonlik

o‘tkazish, zo‘rlash, birovlarni oyog‘idan chalish, kamsitish, odamlar ustidan

kulish, guruh-guruh bo‘lib, birovlarni yakkalab qo‘yish, dilsiyohlik, hafagarchilik,

nafrat va qasos, birovlarni mensimaslik, kibrli munosabat bildirish, o‘zini

boshqalardan ustun qo‘yish, kek saqlash, nafsoniyatga tegadigan amallar va

so‘zlar ishlatish, birovning har biri so‘zi va amalidan yomonlik qidirish va

boshqa shunga o‘xshash vaziyatlarni ta’kidlab aytishadi. Mana shunday

insonlararo munosabatlarda uchrab turadigan barcha salbiy holatlar aslida

konfliktlarning turli ko‘rinishlari, odamlar o‘rtasidagi ziddiyatlarning turli

namoyon bo‘lish holatlariga kiradi.

Konfliktlar yomon holatmi, yoki konfliktlarda ham o‘ziga xos ijobiy

tomonlar mavjudmi?! Konflikt – buzg‘unchilikmi, yoki unda yaratuvchanlik

xususiyatlari ham mavjudmi?! Konflikt – zo‘ravonlikmi, yoki insonlarni

muloqotga o‘rgatuvchi asosmi?! Tabiiy ravishda mana shu savollarning

javoblari aslida konfliktning mazmuni va mohiyati biz o‘ylagan qarashlardan

anchayin keng ekanligini, bizning an’anaviy qarashlarimiz esa chegaralangan

va haqiqiy ahvoldan ancha uzoq ekanligini namoyon etadi.

Bizning konflikt borasidagi tasavvurimiz uning faqat bir tomoniga

yo‘naltirilgan. Biz odatda konfliktning faqat bir qirrasini ko‘rishga o‘rganganmiz.

U ham bo‘lsa, konfliktda odamlar ziddiyatga kirishib, o‘zaro urush, nizo,

janjallar chiqarishidir. Ammo har doim ham shunday bo‘laveradimi?!

Konflikt – bu tabiiy holat. Konflikt har doim ham buzg‘unchilik yoki zo‘ravonlik emas. Konflikt to‘g‘ri hal etilsa, u yaratuvchanlik qudratiga ega bo‘ladi. Konflikt tomonlar munosabatlarini yanada mustahamlashi, ularni yangi mazmunda qayta qurishi mumkin.

Masalan, o‘zbeklar “eru-xotinning urushi, doka ro‘molning qurishi”

deb bejiz aytishmagan. Oilada er va xotin o‘rtasidagi ziddiyatlar mavjud bo‘lsa

ham, ko‘p hollarda umumiy manfaatlar ularning tez hal etilishi, manfaatlar

asosida tomonlar uyg‘unligi vujudga kelishini isbotlaydi. Demak, konflikt

vaziyatni vujudga keltiruvchi turli manfaatlarni o‘zaro birlashtirish, ularni

muvofiqlashtirish imkoniyati tabiiy mavjud.

Demak, konflikt vaziyatda har bir tomonning o‘z qarashlari, o‘ylari, fikrlari

tizimi, majmuasi mavjud. Mana shu o‘y va fikrlar tizimi xuddi mana shu

tomonning o‘z shaxsiy manfaatlarini anglatadi. Inson o‘z shaxsiy manfaatlarisiz

yashay olmaydi. Har bir odam, xatto eng kichkina yoshdagi bolakaylarning ham

o‘z shaxsiy manfaatlari mavjud.

Agar kichkina chaqaloqning so‘rg‘ichini qo‘lidan tortib olsangiz, u darrov

baqirib yig‘lashga tushadi. Chunki uning shaxsiy manfaatlariga qarshi ish

amalga oshirilgan bo‘ladi. Chaqaloq “mening narsamni qaytarib beringlar”, deb

uvvos solib yig‘laydi. So‘rg‘ichini qaytarib bersangiz, bola jim bo‘ladi.

Shaxsiy manfaatlar odamning tabiiy ehtiyoji ekanligi aniq. Shunday ekan,

konfliktlarda xuddi mana shu shaxsiy manfaatlar ziddiyatga kirmayaptimi?!

Otaning manfaatlari bilan o‘g‘il manfaatlari, ona manfaatlari bilan qiz

manfaatlari o‘zaro kelisha olmayaptimi?! Aslida, manfaatlar ularni

janjallashishiga, biri-biriga qarshi fikr bildirishga, biri-biridan norozi bo‘lishga

olib kelyaptimi?! Konfliktdagi tomonlar o‘z shaxsiy manfaatlarini saqlashga va

muhofaza qilishga urinyaptimi?! O‘ylab ko‘ring, aslida insonlar to‘qnashuvi –

manfaatlar to‘qnashuvidan iborat emasmi?!

Agar yuqoridagi vaziyatlarda ota va uning o‘g‘lini, ona va uning qizini

ularga xos bo‘lgan manfaatlarni muvofiqlashtirish, birxillashtirish yo‘lidan

borilsa, konflikt saqlanib qoladimi?! Agar tomonlarning qarashlari bir xil qilinsa

ziddiyat mavjud bo‘ladimi?! Yo‘q, albatta. Ota va o‘g‘il, ona va qiz bir xilda

o‘ylashsa va fikr qilishsa, konflikt vaziyat ham vujudga kelmaydi.

Konflikt, quyidagi hollarda ijobiy imkoniyatga ega:

• yashirin imkoniyatlar va muammoning yangi qirralarining ochilishiga sabab bo‘ladi;

• muammo yechimining yangi yo‘l-yo‘riqlari, imkoniyatlari va usullarini kashf etadi;

• ishonch, samimiylik, hamkorlik va haqiqatni tan olishga qaratilgan yangi munosabatlar qurilishiga sabab bo‘ladi;

• odamlarni umumiy g‘oyalar asosida birlashtiradi;

• samimiy va ochiq, iliq muloqot uchun imkon yaratadi va shunday munosabatlarga insonlarni o‘rgatadi;

• o‘z fikr va o‘ylaringizga aniqlik kiritishga va o‘z pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi.

Konflikt quyidagi hollarda vayron etish imkoniyatiga ega bo‘ladi:

• konflikt yechimi topilmasa va uni boshqarish imkoniyati boy berilsa;

• g‘azab, jahl, dilsiyohlik, hafagarchilik, nafrat va qasos xislarining kelib chiqishiga sabab bo‘lganda;

• juda qattiq stressga olib kelganda;

• odamlar o‘rtasida uzoq muddatli nizo va ixtilof vujudga keltirganda;

• pashshadan fil yasab, kichkina muammoni katta mojaroga aylantirganda;

• zo‘ravonlik va urushga sabab bo‘lganda, suitsid va birovning joniga qasd qilish holatlarida.

3. Oilaviy nizolarga doir islom aqidalari.

Bugungi kunda ba’zi oilalarda janjallar ko‘paygan. Bu janjallarning ildiziga

ahamiyat beradigan bo‘lsak, oila a’zolarining bir-birlariga bo‘lgan

muomalalaridagi kamchiliklarni ko‘ramiz.

Abdulloh Nosih Alvon aytadi: “Islom dini er-xotin oldiga bir-biridagi haqlarni bayon qiladigan yo‘lni belgilab bergan. Bu yo‘lni o‘zlariga aniqlik bilan tatbiq qilsalar, baxtiyor hayot kechiradilar. Muammolar qayg‘usi va kundalik tashvishlar dillarini xira qilmaydi”.

Lekin, afsuski, er yoki xotin yoxud ikkisi ham haqlarni ado qilishda Islom

o‘rnatgan yo‘ldan o‘zlarini olib qochadi. Buning oqibatida ziddiyatlar kelib

chiqadi va muammolar paydo bo‘ladi. Ular bir-biriga adovat va nafratni ichlarida

saqlab yurishadi. Ayrim hollarda qarama-qarshiliklar alanga olib, ziddiyat avjiga

chiqadi. Ishning ohiri esa ajrashish yoki taloqqa yetib boradi. Masalan, xotin

eriga yomon muomala qilsa, shariat yuzasidan qaraganda, er darhol taloq

aytishga o‘tishi kerakmi yoki avvaliga Islom ko‘rsatgan yo‘lga amal qilishi

lozimmi? Yoki, aksincha, er xotiniga yomon muomala qilganida, xotin shu

zahotiyoq ajrashishni talab qilib turib olishi lozim ko‘riladimi yoki oldin bunday

holatda muqaddas dinimiz amriga quloq tutish ma’qul hisoblanadimi?

Juda ham zarur holatlarni istisno qilganda, Islom taloq tushishining oldini oladigan ehtiyot choralarini qo‘llaydi. Bunday choralar ikkiga bo‘linadi:

1. Turmush qurishdan oldingi ehtiyot choralari; 2. Turmush qurgandan keyingi ehtiyot choralari.

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy aytganidek: “Er bilan xotin bir-biriga mos tushsa, o‘rtada boylik va saranjomlik bo‘lur. Uy bezagi undan va uylanganning tinchligi undan. Husni bo‘lsa, ko‘ngilga yoqimli bo‘lur, yaxshiligi bo‘lsa jon ozig‘idir. Aqlli bo‘lsa, turmush intizomli va ro‘zg‘or kerak-yarog‘i tartibli va saranjomli bo‘ladi.

Nosoz juft uy uchun ham achchiq va yashirin qo‘rqinchli kasallikdir. Uyatsiz bo‘lsa, ko‘ngil undan ozorlanadi, yaramas bo‘lsa, ruh undan azob tortadi. Tili yomon bo‘lsa, kuyovning ko‘ngli yaralanadi. Yomon ishlik bo‘lsa, erga yuz qoralik keladi. Mayxo‘r bo‘lsa, uy obodligi yo‘qoladi va buzuqi bo‘lsa, uy ichi rasvogarlikka aylanadi”10.

Oiladagi nizolarga asosiy sabab ayol kishining o‘zini turmush o‘rtog‘idan

ustun bilishidir. Bu masalaga kirishdan oldin shariatda nima deyilganiga e’tibor

qaratsak. Alloh taolo o‘zining muqaddas kitobida “Erkaklar ayollarning ustidan rahbardirlar”, deya marhamat qilgan. Mana shu oyatda oilada kim

rahbar bo‘lishi ochiq-oydin aytilgan. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)dan

10 Алишер Навоий. 13-том. – Т.: 1966, 201-бет.

shunday hadis bor: “Agar inson bolasi boshqa bir inson bolasiga sajda qilishi

mumkin bo‘lganida edi ayollarni erlariga sajda qilishiga buyurgan bo‘lardim”,

deya marhamat qilganlar. Shu kabi hadislardan ham dalolatki, oilada faqat

erkak kishi rahbardir. Agarda biz buni buzsak, Qur’onga qarshi ish qilgan

bo‘lamiz. Lekin Qur’onda va hadislarda kelishiga qaramasdan ayrim ayollar

mana shu gunoh amalni bajarishga urinishmoqda.

Alloh taolo erkak kishini rahbar qilib qo‘yishida ko‘p hikmat bor. Alloh o‘zi

yaratgan bu ikki jinsning tabiatini, xususiyatini yaxshi biladi va ularning

xilqatidan kelib chiqib, ularga vazifalar yuklagan. Erkak kishi ayol kishiga

qaraganda kuchliroq, aqlliroq, tadbirkorroq va imkoniyat jihatdan ustun bo‘lgani

uchun u ayol kishiga mas’uldir. Ayol kishi o‘z tabiatidan kelib chiqib, uyning

ichidagi ishlarga buyirilgan hamda nozik masalalar unga yuklatilgan. Masalan,

turmush o‘rtog‘iga xizmat va bolalar tarbiyasi kabi.

Yangi turmush qurgan oilalarda ko‘p kuzatiladigan holatlardan biri shuki,

agar kelin tomon mavqe jihatdan yoki moddiy tomonlama kuyov tarafdan

boyroq bo‘lsa, kelin turmush o‘rtog‘ining uyida o‘zini ustundek tuta boshlaydi.

Kelinning otasi kuyovga avtoulov yoki uy kabi ko‘chmas mulk sovg‘a qiladigan

bo‘lsa, buni ko‘rib turgan kelinning oilada ustunlik qilgisi keladi. Shuning uchun

biz sarpolarda me’yor bo‘lishi haqida ko‘p aytamiz. Bu kabi haddan oshish esa

ayollarimizning tabiatini buzmoqda.

Shuningdek, oilada ayol kishining ishlashi yoki turmush o‘rtog‘idan

ko‘proq maosh olishi ham ayol kishini oilada ustun bo‘lishga undaydi. Ba’zi

ayollarning “Men pul topyapman, kerak bo‘lsa erimni ham ta’minlab

qo‘yganman”, degan gaplarini eshitamiz. Er oilada ustun bo‘lishni istagan

ayolining holatidan, albatta, jahli chiqadi hamda ayoliga nisbatan nafrati oshadi.

Buning oqibatida esa oilada nizo kelib chiqadi.

Ayolining bunday nojo‘ya xulqi oqibatida erkakning ruhiyatiga kuchli zarar

yetadi. Natijada esa boshqa ayollarga e’tibor qaratishi yoki oilasiga xiyonat

qilishi ham mumkin. Chunki erkak o‘z ayoli tomonidan ulug‘lanishini, yuqori

ko‘tarilishini xohlaydi. Er o‘z ayolidan bunday fazilatlarni topa olmagach,

boshqa ayollardan qidira boshlaydi. Yoki o‘ziga tasalli bo‘lishi uchun xarom

qilingan qimor kabi o‘yinlarga, ichish kabi illatlarga ruju qo‘yib yuborishi

mumkin. Natijada esa oilada nizolar kelib chiqa boshlaydi, ayol eriga itoat

qilishni istamaydi va oila buziladi.

Ayol kishining o‘z turmush o‘rtog‘iga gapirayotganda qo‘lini beliga qo‘yib,

baland ovozda mensimasdan murojaat qilishi umuman go‘zal holat emas.

Ayniqsa, bu kabi holatlar yoshi katta ayollar o‘rtasida ko‘proq uchrayapti. Ya’ni

“O‘g‘illarni qatorlashtirib tug‘ib qo‘ydim, ularni katta qildim, uyli-joyli qildim. Endi

nima desam, shu bo‘ladi, butun “saltanat” meniki bo‘lishi kerak”, deb turmush

o‘rtog‘iga ham bepisandlik bilan muomalada bo‘lishmoqda. O‘g‘il va kelin

o‘rtasida nizo kelib chiqsa ham qaynota aralashganini kam ko‘ramiz. Sababi

oilada ayolning aytgani aytgan, degani degan. Hattoki, sovchilikda ham, ya’ni

o‘g‘liga kelin tanlashda ham ayollar ustunlik qilishadi. Buni qarangki, ba’zi

ayollar voyaga yetgan farzandlariga ham imkon bermaydi.

Farzandlar ham ota-ona istagi vojib ekan deb, ularning barcha niyatlarini,

u hattoki noto‘g‘ri bo‘lsa ham amalga oshirishmoqda. Ayniqsa, onalarining.

Agarda farzand onasining niyati noto‘g‘ri ekanligini va uni bajarishni

istamayotganligini aytsa, onasi uni “oq” qilishi bilan, norozi bo‘lishi bilan tahdid

qiladi. Bu nafaqat urf-odatlarimizga, balki odamgarchilik nuqtai nazaridan ham

xatodir. Buni qarangki, ayolning ustun bo‘lish tuyg‘usi nafaqat turmush

o‘rtog‘ining, balki farzandlari va kelinlarining ham xafa bo‘lishiga olib keladi.

Agarda oilada erkak kishi rahbar bo‘lsa, yuqoridagi kabi noxush holatlar

kuzatilmaydi. Noto‘g‘ri vaziyatlarda ayoliga tanbeh beradi, to‘g‘ri yo‘lga

boshlaydi va insof bilan hukm chiqaradi. Oilada erdan ustun bo‘laman, deyish

kibrga ham kiradi. Kibr esa katta gunohlardan biridir. Payg‘ambarimiz

Muhammad (s.a.v.) “Qalbida zarra kibr bo‘lganlar jannatga kirmaydi”, deya

marhamat qilganlar. Agarda ayollar ustunlik qilishga urinishmasa, kibrga

berilishmasa oilalarimiz tinch bo‘ladi, jamiyatimiz ham sog‘lom bo‘ladi.

👉👉 Topshiriq. “Aqliy hujum” metodi orqali savollarga javob bering.

“Aqliy hujum” metodi

1. Oilaviy mojarolar va ularning xususiyatlari nimalardan iborat?

2. Konfliktlar ijobiymi yoki salbiy?

3. Oilaviy nizolarda kimlar ishtirok etayotganiga ko‘ra ularni ntchta turlarga

ajratish mumkin?

4. Oilaviy nizolarga doir islom aqidalari nima?

NAZORAT SAVOLLARI. 1.Oilaviy janjallarda kim aybdor?

A) Oilada janjal kelib chiqishiga ayollar aybdor.

B) Oilaviy inqirozlarga er aybdor.

D) Oilaviy konfliktlarda er yoki xotin aybdor bo‘lmaydi, konflikt va vaziyat

aybdor, muammo aybdor bo‘ladi.

E) Oilaviy nizolarga qaynona aybdor.

2. Oilada qaynota va er o‘rtasida nizo kelib chiqqanda kelin o‘zini qanday pozitsiyada tutishi kerak?

A) Darrov vaziyatni qo‘lga olib, hammaga tanbeh berishi kerak

B) jimgina o‘z xonasida vaziyat yumshashini kutish va eri kirganda

muloyim munosabatda bo‘lishini iltimos qilish

D) Darrov uyiga telefon qilib ota-onasini yordamga chaqirish

E) Darhol qo‘shnilarni yordamga chaqirish

10-MAVZU: AGRESSIYA, ZO‘RAVONLIK VA ULAR YUZAGA KELGANDA O‘ZINI QANDAY TUTISH KERAK? VA ULARGA QARSHI CHORALAR

QO‘LLASH MASALALARI. REJA:

1. Agressiya va zo‘ravonlik haqida tushuncha.

2. Agressiya, zo‘ravonlik va ular yuzaga kelganda o‘zini qanday tutish

kerak?

3. Agressiya nolatida nima qilish kerak?

Tayanch iboralar: Agressiya, zo‘ravonlik, tajovuzkorlik, himoya orderi,

erkak va ayol, nikoh, farzand tarbiyasi.

1. Agressiya va zo‘ravonlik haqida tushuncha. Agressiya – tajovuzkor degan ma’noni bildirib, u insonni qaysidir salbiy

jihatlarini namoyon etuvchi holatdir. Inson qachon tajovuzkor bo‘ladi? Bunga

sabablar nima? – degan savollarga doimo yechim qidiradi va uning oldini olish

yo‘llari bo‘yicha izlanishlar olib boradi.

“Tajovuzkorlik sindromi” kim uchun xavfli?

Albatta, bu sindrom birinchi galda o‘zining sohibini nishonga oladi.

Buzg‘unchi tanqidga odatlangan odamdan salbiy quvvat ajralib chiqa

boshlaydi.

BMTning 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyusiyasi bilan yillar davomida bir

necha davlatlarda “16 kun zo‘ravonliksiz!” deb nomlangan aksiya

o‘tkazilmoqda. Bizning yurtimizda ikki yil oldin ushbu aksiya o‘ziga katta e’tibor

qaratmas edi. Chunki oilaviy kelishmovchiliklar, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik

– nozik mavzular hisoblanib, hamma ham uyda nima sodir bo‘layotganini

bayon qila olmasdi. Chunki hech kim uydagi gapni ko‘chaga chiqishini

xohlamaydi.

Hozirda esa ushbu dolzarb muammoga katta e’tibor qaratilmoqda.

Sentabr oyining boshida O‘zbekistonda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirdi, qiyin

ahvolda qolgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari

ochildi. Xotin-qizlarni himoya qilishda ichki ishlar organlari ayollar masalalari

bo‘yicha inspektorlari ham katta o‘rin tutishadi.

Quyidagilar ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:

• o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni hamda jamiyatdagi va oiladagi ma’naviy-axloqiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa holatlarni qo‘zg‘ata oladigan oilaviy va shaxslararo nizolarning, depressiv vaziyatlarning erta oldini olish, shuningdek, ushbu jarayonda keng jamoatchilik ishtirok etishini ta’minlash;

• ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish tizimini yo‘lga qo‘yishda, yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni, birinchi navbatda oilaviy-maishiy nizoli vaziyatlarni hal qilishda davlat organlarining o‘zaro hamkorligini, shu jumladan fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlik tizimini shakllantirish;

• nizoli vaziyatlarning erta oldini olishga, eng avvalo, “xavf ostidagi guruh”da bo‘lgan shaxslar va oilalarni aniq maqsadda qo‘llab-quvvatlash orqali ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish tizimini takomillashtirishga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish;

• nizoli vaziyatlar, shu jumladan oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatish sabablarini, o‘z joniga qasd qilish kayfiyatini qo‘zg‘atadigan omillarni aniqlash hamda o‘rganish, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;

• jamiyatda oilaviy-maishiy tusdagi zo‘rlik ishlatishning har qanday ko‘rinishiga nisbatan, birinchi navbatda, yaqin qarindoshlar tomonidan murosasiz munosabat muhitini, shu jumladan jazo muqarrarligini ta’minlash, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash orqali qaror toptirish;

• jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, oilaviy va shaxslararo munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish jarayonlariga daxldorlik hissini kuchaytirish.

2. Agressiya, zo‘ravonlik va ular yuzaga kelganda o‘zini qanday tutish

kerak? O‘zbek xalqining ma’naviy va ma’rifiy merosi, sirasida mana shunday turli

salbiy xislatlarning yomon oqibatlari haqida so‘zlanadi: “Zolimlik – o‘zgalar

hayotiga qarshi yo‘naltirilgan kuchdir”, “O‘z so‘zini o‘tkaza olmagan ojiz odam,

kuch va zo‘ravonlikka erk beradi”, “Jizzakilik – o‘zini tuta bilmaslik oqibatidir”

deyiladi, shuningdek “Insonning chin insonligi bahs va safarda anglanadi” deb

hisoblanishi.

O‘zbek xalqi tinchliksevar va

hayot murakkabliklari oldida o‘z

taqdiriga shukronalik bilan munosabat

bildirib, yaratgan bergan qazoyi

qadarga minnatdorlik bilan qaraydigan

xalqdir.

O‘zbek xalqi - boy madaniy

merosga, ijtimoiy hayot va turmush

tarziga, tarixiy obidalar, ko‘xna urf-odatlar, milliy qadriyatlarga ega xalq.

Ko‘pgina olimlar tomonidan psixologiyada “tajovuz” so‘zining ta’rifi har

doim ham mos bo‘lmagan, boshqalarga zarar etkazadigan xatti-harakatlar

shaklidir. Jamiyatning qabul qilingan ijtimoiy me’yorlariga ta’sir etuvchi va katta

ruhiy bezovtalikka olib keladigan xatti-harakatni buzadigan jazo. Bu g‘iybat,

yolg‘on ma’lumot va dushmanlik fantaziyalarini tarqatish, shuningdek qotillik va

joniga qasd qilish.

Hayvonot dunyosida agressiya omon qolishga yordam beradi va taraqqiy

etgan jamiyatda agressiya hujumlari ko‘pincha surishtiruvchi xodimlarning

ko‘plab surunkali kasalliklarini keltirib chiqarmoqda, ular odatda o‘zlarining

boshqaruvi yoki hokimiyatga bo‘lgan noroziliklarini tashlash uchun hech

qanday joyga ega emaslar.

Tajovuzkor qanday turdagi rag‘batlarga bog‘liq va u qurbonlikdan qanday reaktsiyalar kutayotganiga qaramay, sakkiz turdagi tajovuz:

qo‘zg‘olonchi - bu xarakatni keltirib chiqardi; vujudga kelmagan - jabrlanuvchi tajovuzkorni biron-bir tarzda

qo‘zg‘atmagan; tajovuzkor - inson o‘zini himoya qilmaslik uchun zo‘ravonlik

qiladigan birinchi odam edi; himoya qilish - zo‘ravonlik harakatlariga javob; javob - zarar uchun qasos;

tahdiddan kelib chiqqan tajovuz - tahdidni bartaraf etishga yordam beradigan harakatlar;

rag‘batlantirish - bunday harakatlarning sababi nimadir uchun rag‘batlantirish istagi;

sanksiya - jamiyatning ijtimoiy normalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shaxsning tajovuzkorligini faqat uning paydo bo‘lish sabablarini tushunib,

individual dori-darmonlarni (antidepressantlarni) yoki ommabop yondashuvni

(psixolog yoki psixoterapevt, sport, massaj, choy terapiyasi) qo‘llash mumkin.

Boshqa sabablar: spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar va

antisosyal (jamiyatga qarshi bo‘lgan) hayot tarzi. Agressiya bilan kurashda agressiyaning namoyon bo‘lish mexanizmini

tushunish kerak. Biz tez-tez agressiya hujumlari dunyoga nisbatan salbiy

munosabat bilan ham, baholash tizimida ham dushmanlik bilan boshlangan

deb hisoblaymiz, unga ko‘ra inson insonlarni, narsalarni va hodisalarni hukm

qiladi. Keyinchalik, harakatni kuchaytiradigan g‘azab bor, va insonning xatti-

harakati yoki harakati tajovuzdir.

Oiladagi zo‘ravonlik bu er-xotin yoki boshqa yaqin munosabatdagi

kishilardan birining ikkinchisiga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki moliyaviy

zo‘ravonlik ko‘rsatishidir. Odatda, bu turdagi zo‘ravonlik ostida bir tomonning

oiladagi boshqa a’zolar hayoti ustidan nazoratni ushlab turishga bo‘lgan intilishi

yotadi. Oilaviy zo‘ravonlik qurboni ko‘pchilik hollarda ayol kishi yoki yosh

bolalar bo‘ladi, ammo erkaklar hamda qariyalar orasida ham jabrlanuvchilar

yo‘q emas. Oilaviy zo‘ravonlikning keng tarqalgan ayrim ko‘rinishlarini sanab

o‘tamiz:

Erning xotinini urishi, ruhiy kamsitishi, uning nasl-nasabini oilaviy sharoiti

yoki ota-onasi yoki qarindoshlari qilgan ishlar tufayli ayblab haqoratlashi, erning

xotinini jinsiy zo‘rlashi, jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usullar orqali qondirishga

majburlashi yoki jinsiy kamsitishi moliyaviy jihatdan cheklash, pul bermaslik,

ayolning o‘qishiga yoki ishlashiga qarshilik ko‘rsatish va hokazo.

Oilaviy mojarolarni hal etish, ularda zo‘ravonlik alomatlari qay darajada

bo‘lishidan qat’i nazar, odatda, mahallalardagi o‘zini o‘zi boshqarish

organlariga havola etiladi. Bunday holatlarda jabrlanuvchilarning to‘g‘ridan

tog‘ri militsiyaga yoki sudga shikoyat qilishi amaliyotda kam uchraydi. Oilalarni

saqlab qolish hamda ajrashishlar sonini kamaytirishga qaratilgan siyosat

oqibatida zo‘ravonlikdan shikoyat qilib kelgan ayollarni ortga qaytarish, hatto

ularning ajrashishni so‘rab sudga yozgan arizalarnini qanoatlantirmaslik

holatlari ko‘p uchraydi. Natijada bunday oilalarda ayollar va bolalarning yana

zo‘ravonlikka yuz tutishi holatlari davom etadi.

Odatda, oiladagi zo‘ravonlik natijasida jabrlanuvchiga og‘ir shikast

yetkazilgan yoki u vafot etgan taqdirdagina, zo‘ravonlik uchun jinoiy ish

ochiladi.

Oilaviy mojarolarni hal qilishga mahalla vakillarining jalb qilinishi yaxshi

amaliyot, chunki oiladagi ichki muammolar, dastlab, mahalla vakillari orasida

muhokama qilinsa va tomonlarga to‘g‘ri va yetarli nasihat qilinsa, muammo

kuchayishining oldi olinishi va natijada zo‘ravonlikka chek qo‘yilishi mumkin.

Ammo amaliyotda bu tizim kutilganidek samarali ishlayapti, deb bo‘lmaydi.

Ko‘p holatlarda mahalla oqsoqollari masalaga yuzaki yondashib, muammoni

hal qilish yoki jabrlanuvchini himoya qilish o‘rniga, barcha aybni jabrlanuvchiga

yuklaydi.

Ba’zan oilani saqlab qolgandan ko‘ra, tomonlarni yaxshilikcha ajratib

olish muammoning haqiqiy yechimi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun

mahallaning mas’ul yetakchilari vaziyatga to‘g‘ri baho berishlari, agar ayolga

nisbatan shafqatsiz munosabat yoki aziyat yetkazish sodir etilgan bo‘lsa, zudlik

bilan bunga qarshi tegishli chora ko‘rishlari lozim. Ular buni istamagan yoki

amalga oshirmagan holatda, ayolning o‘zi yoki uning vakillari tegishli huquq-

tartibot organlariga shikoyat qilishi lozim.

O‘zbeksitonning ayollar kamsitilishiga qarshi xalqaro konvensiyaga

qo‘shilgani va mustaqillik yillarida ayollarga davlat darajasida yuksak ehtirom

ko‘rsatilgani juda quvonarli holat, albatta. Ammo oiladagi zo‘ravonlik

holatlarining oldini olish, ularni tugatish hamda jabrlanuvchilarni zarur huquqiy

himoya bilan ta’minlab, aybdorlarga munosib jazo berish masalasida hali

qilinadigan ishlar ko‘p.

3. Agressiya nolatida nima qilish kerak? Keling agressiya haqida ozgina gaplashib olamiz!

Bola tinmay yiglayapti, holdan toygan va chorasiz qolgan ona, bolani

tinchlantirish va quchoqlash o‘rniga, bas kelish qiyin bo‘lgan jahl va zulmni his

etadi. Jahl ustida bunday ona bolani bo‘ysundirish, eshitishga majburlash

uchun siltab yuborishi, urishi yoki baqirishi mumkin.

Bunday holatlarda oz ojizligimiz, chidamsizligimiz, qahr, g‘azab va

nochorlikni his qilgan holda kozlarni, quloqlarni yumgancha qochib ketgimiz,

berkinib olib bor ovoz bilan baqirgimiz keladi.

Bola ulg‘aygib, o‘z harakterini ko‘rsatishni boshlaganda, o‘zining “Men”ini

ya’ni “men xohlayman”, ‘‘men xohlamayman”, “men qilaman”, “men

qilmayman” ko‘rsatishni boshlaganda agressiyani yengish onaga juda qiyin

bo‘lib qoladi. Boladan olingan salbiy holatga ta’sir unga agressiya o‘tkazish

bilan yakunlanadi. Ona bolasini urganidan yoki unga baqirganidan so‘ng u

qisqa muddatli yengil tortadi. Ammo ozroq vaqt o‘tib, bu kuch (energiya) ichga

singadi, asta sekinlik bilan bola va atrofdagilar oldida aybdorlilik hissiga

almashadi.

Biz hammamiz bilgan ibora “O‘zim aqlim bilan bilaman noto‘g‘ri ish

qilayotganimni, lekin buni o‘zgartira olmayman” mana shunday sodir bo‘ladi.

O‘zini tutishning bu holatini psixologlar destruktiv (buzg‘unchi) agressiya

deb atashadi. Bu doimo harakatda bo‘luvchi oddiy kuch harakatning bir turi.

Huddi Atomning, quyoshning, suvning kuhci kabi agressiya kuchi ham biologik

boshlanish, o‘zakka ega va yaratuvchan hisoblanadi. Agar odamda agressiya

kuchi bo‘lmaganida odamzot hech qanday yutuqqa erishmagan bo‘lar edi.

Shuning uchun onalar agressiyani o‘ziga singdirish o‘rniga destruktiv

(buzg‘unchi) holatdan konstruktiv (yaratuvchi) holatga o‘tkaza bilishlari kerak.

Konstruktiv agressiya o‘zida iroda, kuchlilik, shijoat, qat’iyat va maqsadga

intilishlik bilan namoyon bo‘ladi. Agressiya kuchi har doim harakatda bo‘ladi va

ma’lum bir maqsadga intiladi. Yo‘lida uchragan to‘siqlar orasiga borib urilib

sekin-asta to‘planadi. Agar chiqish yo‘li yo‘q bo‘lsa, u portlaydi va atrofidagi

barcha narsni yakson qiladi. Huddi yo‘l qidirayotgan suv kabi, katta kuch bilan

u eng haybatli to‘siqlarni ham paymol qiladi. Ichingizga yig‘gan salbiy

energiyaning chiqishi o‘zi bilan turli kasalliklar va noxushliklar olib keladi.

Ammo siz qalbingizga quloq tutib o‘z norozichiliklaringizning asl sababini

anglab olsangiz, beayb bolaga qilinadigan agressiyadan o‘zingizni saqlay

olasiz.

Bir misol keltirsak. Ayol yaxshi ona va xotin bo‘lish uchun bor kuchi bilan

turishyapti. U mazali kechki ovqat tayyorlaydi. U eri injiqligini biladi va nimadir

yoqmasa uyda janjal bo‘lishini aniq biladi, shuning uchun eri ishdan kelgunicha

hamma narsani joyiga qo‘yishga harakat qiladi. Ishdan kelish vaqti

yaqinlashgani sari hali oldinda ko‘p ishlar borligini anglagani sari ayol o‘zini

hotirjamligini yo‘qotadi. Ichki bosim kuchayadi, havotirlanadi, shoshiladi va

faqat o‘ylagan ishlarini ohiriga yetkazish bilan mash’gul bo‘ladi. Shu payt bolasi

kelib uninig oyoqlari ostida o‘ralashadi, yig‘laydi, injiqlik qiladi va ona boladan

alamini oladi. Hotirjamlikka bo‘lgan ehtiyoj, bolaga berilishi kerak bo‘lgan e’tibor

dan ustun keladi. Shunday qilib ona o‘z bolasiga agressiyasini chiqaradi.

Shuni anglab yetingki, siz hozir his qilayotgan hissiyot o‘z kuchingizni

ko‘rsatish ehtiyojini qondirmaydi. Har qanday holatda ham jahl qilish oson

ammo haqiqiy kuch jahldan o‘zini saqlay olishdir. Bu sabr.

Agressiyaning yana bir sababchisi “A’lochilik” sindromidir. Hamma ishni

mukammal darajada bajarishga tirishgan ayol (bolalaridan) atrofidagilardan

ham huddi shunday harakatni talab qiladi. Hammani o‘zining qolipi bilan

o‘lchaydi, oldidagilarni ham o‘zining qoidalariga bo‘ysundirishga intiladi.

Yana bir qoida. Agar ayol eriga agresiv munosabatda bo‘lsa, albatta

bolasiga ham agressiya qo‘lashi aniq. Bolaga qarab g‘azablanyapsizmi?

To‘xtang! O‘zingizdan so‘rang “Erimga shikoyatlarim yo‘qmi?” agar bo‘lsa bor

alamni boladan olish o‘rniga, vaqt topib eringiz bilan bu haqida gaplashib oling

va muammoni hal qiling. Eringizni kamchiliklari haqida doimiy o‘ylab yurish

sizda ozingizni undan ustun qo‘yish hissini uyg‘otad, vaholanki Islomda

hammasi aksincha. Eringizni kamchiliklarini o‘zida qoldiring o‘z ustingizda

ishlash bilan mashg‘ul bo‘ling. Muammolar bizni faqat kuchli bo‘lishga undaydi,

ammo siz yelkangizdagi norozichilik va hafagarchiliklarni tashlasangiz

osoyishta hayot kechirishga erishasiz. Destruktiv agressiya sabablarini

aniqlang va ular bilan kurashing, shunda buyuk maqsadlarga erishasiz.

👉👉 Topshiriq. Agressiya va zo‘ravonlik deb nimaga aytiladi? javob

yozing. Savol Javob

Agressiya va zo‘ravonlik nima?

Agressiya va zo‘ravonlikni qanday engish kerak?

NAZORAT SAVOLLARI.

1. Agressiya nima? A) Agressiya – tajovuzkor degan ma’noni bildirib, u insonni qaysidir

salbiy jihatlarini namoyon etuvchi holatdir. B) Agressiya – insonni qaysidir salbiy jihatlarini namoyon etuvchi

holatdir.

D) Agressiya – tajovuzkor degan ma’noni bildirib, u insonni qaysidir ijobiy jihatlarini namoyon etuvchi holatdir.

E) Agressiya – tajovuzkor degan ma’noni bildirib, u insonni qaysidir ham

salbiy ham ijobiy jihatlarini namoyon etuvchi holatdir.

2. Zo‘ravonlik nima?

A) Zo‘ravonlik birovga jismonan, ruhan, iqtisodiy va jinsiy zarar

yetkazishdir.

B) O‘zbek oilasi muqaddas, unda zo‘ravonlik bo‘lmaydi.

D) Faqat erkaklar zo‘ravonlik qiladi, ayollar zarar topadi.

E) Zo‘ravonlik tabiiy holdir, hamma oilada bo‘lib turadi.

11-MAVZU: HUSHMUOMALA KELINNING TURMUSH O‘RTOG‘INING YAQINLARI VA QARINDOSHLARI BILAN GO‘ZAL MUNOSABAT

O‘RNATISH SIRLARI

REJA:

1. Hushmuomala kelin-sevimli kelin! 2. Turmush o‘rtog‘ining yaqinlari va qarindoshlari bilan go‘zal munosabat

o‘rnatish sirlari.

Tayanch iboralar: Hushmuomalalik, kelin, erkak va ayol, nikoh,

turmush, qarindoshlar, munosabat, farzand tarbiyasi.

1. Hushmuomala kelin-sevimli kelin!

Xushmuomalalik yaxshi va to‘g‘ri tarbiya natijasidir. Do‘stona oilada bir-

biriga haqorat qilish va ovozini ko‘tarish qabul qilinmaydi. Bolalar ota-onasidan

namuna olishadi, shuning uchun nutqingizni eshiting! Erta yoshda ular beixtiyor

kattalardan nusxa ko‘chirishadi. Ular o‘sib ulg‘ayganlarida, o‘zlarining oila

a’zolarining axloqini va odatlarini qabul qiladilar. Ota-onalar farzandiga

gapirishda hurmatga loyiq bo‘lishlari kerak. Xushmuomalalik bu o‘zing munosib

tutish, haqorat qilmaslik, nozik, muloyim, kamtar va bag‘rikeng bo‘lish.

Xushmuomalalik chinakam baxtdir, u faqat baxt eshigini ochishi mumkin,

xolos. O‘zingiz o‘ylang, odam xushmuomala bo‘lsa-yu mehribon va g‘amxo‘r

bo‘lmasa, birovning mushkulini oson qilmay, faqat o‘zining shaxsiy manfaati

uchun ish yuritsa, hurmatga sazovor bo‘lmaydi, yakkalanib qoladi.

Xushmuomalalik zaminida mehnatsevarlik bilan bir qatorda mehribonlik va

g‘amxo‘rlik hissi bo‘lsa, inson umrbod baxtli hayot gashtini suradi. Xo‘sh,

mehribonlik va g‘amxo‘rlik nimadan boshlanadi? Bu “Assalomu alaykum”dan

boshlanadi. Masalan, xotin erining ishidan qaytishdan oldinroq bolalari bilan

hovli va xonalarni tozalaydi, supaga ko‘rpacha va yostiqlarni to‘shaydi,

dasturxon tuzatadi. Shuningdek, ayol o‘zini tartibga solib, yoqimli ko‘rinishda

bo‘ladi. Mana, oila sultoni – ota kun bo‘yi ro‘zg‘or tashvishida o‘zini yuz yoqqa

urib, charchab-toliqib uyiga keladiyu, shu daqiqada ona bolalari bilan peshvoz

chiqib, otani xursandchilik bilan kutib olishadi. Oila mehri otani tetiklashtiradi,

g‘ayratini oshiradi, zavqlantiradi va oilasiga bo‘lgan muhabbatini

mustahkamlaydi. Natijada, ota hamma vaqt uyiga shoshiladi, oilasi uchun

tinimsiz mehnat qilgisi keladi. Mehribonlik iplari barcha oila a’zolarini bir-biriga

chambarchas bog‘laydi. Bunday oilada farzandlar mehnatsevar, odobli,

mehribon va farosatli bo‘lib yetishadi. Bu yerda “Qush uyasida ko‘rganini

qiladi”, degan maqolni keltirish o‘rinlidir.

Bordi-yu xotin eri ishdan qaytganida boshini bog‘lab, hadeb kasalman,

deb cho‘zilib yotaversa, hovli-uylar tozalanmay, bolalar qaerdadir sang‘ib

yurishsa, uning kayfiyati buziladi. Shuni unutmaslik kerakki, dangasa va

beparvo xotinlar mehnat va mehnatsevarlik qilishdan ko‘ra o‘zlarini kasallikka

solishni afzal ko‘radilar. Bunday holat davom etaversa, unga odatlanib qolinadi.

Pirovardida, bunday ayollar chindan ham kasallikka chalinadi. Chunki o‘zini

urintirmaslik va ishyoqmaslik kasallik uyasidir. Ishyoqmas ayollarning kuch-

quvvati tilga to‘planib, g‘iybat, haqorat va janjal qilishga berilib ketishadi.

Andisha va hijolat ular uchun ahamiyatsiz bir narsa bo‘lib qoladi.

Islom dinimizda xushmuomalali va shirin so‘zli bo‘lish eng oliy

fazilatlardan biri bo‘lib, inson qalbini munavvar etadigan, yuzida tabassum va

xursandchilikni namoyon qiladigan go‘zal sifatdir.

Alloh taolo shunday deb marhamat qiladi:

“Odamlarga shirinso‘z bo‘linglar” (Baqara surasi 83-oyat).

Demak, shirinso‘zli bo‘lish yaxshi fazilat ekanki Alloh taolo odamlarni

shirinso‘zli bo‘lishga chaqirdi. Inson zoti doimo yaxshi so‘z va mehr-

muhabbatga ehtiyoj sezadi. Ayniqsa, bolalar bu narsaga juda ham muhtojdir.

Xushmuomalali kishi barcha inson qalbiga yo‘l topa oladi, u xalq orasida

ham, oilasida ham, e’zozga ega bo‘ladi. Xushmuomalali va shirinso‘zli bo‘lish

nafaqat unga ajr olib keladi. Balki u insonni do‘zaxdan ham saqlaydi.

Hayotimizda qancha intilish va o‘zgarishlar bo‘lsa, bularning barchasi

shirin so‘z va go‘zal muomala orqalidir. Zero, Payg‘ambarimiz: “Sizlarning eng yaxshilaringiz oilasi bilan yaxshi muomalada bo‘lganingiz va men sizlardan ham oilam bilan yaxshi muomaladaman”, deganlar.

Kelin bo‘lsin

Lov-Lov yonib gul yuzlari, Oy misoli to‘lin bo‘lsin. Mening aytar tilagim shul, Barcha qizlar kelin bo‘lsin. Hovlilarga suvlar sepib, Shirin-shirin nonlar yopib, O‘zga uydan baxtin topib, Hamma qizlar kelin bo‘lsin. Kattalarni hurmat qilib, Kichiklarni izzat qilib, Qaynonaga xizmat qilib, Barcha qizlar kelin bo‘lsin. Hayosini bezatgan or, Yorga sadoqatli dildor, Takror aytar yana bir bor, Barcha qizlar kelin bo‘lsin.

Buyuk Sharq odobida kelinlik ilmi katta ilm hisoblangan. Kelin oila muvozanatini saqlaydigan o‘q tomiridir. Uning har bitta hatti harakati hisobda turadi va momolarimiz bu borada shunday yo‘l tutgan ekanlar:

1. Kelinchak oila a’zolari qoshida kuyoviga hech qachon yuzlanmagan.

2. Kuyov ham uyidagilar eshitadigan joyda kelinni otini atab chaqirmagan, hatto umr bo‘yi eru ayol bir birini farzandlarining nomi bilan chaqirganlar.

3. Atrofdagilar qarab turganida kelin kuyov bir birlari bilan pichirlashib gaplashmagan.

4. Kelinning oila a’zolari oldida kuyovga noz istig‘no qilishi yoki kuyovning kelinga atoyi lutf qilishi uyat hisoblangan.

Kelin to oilaga kirishib, kuyovning xonadoni uni farzandday suyub

qolguniga qadar, yuroqidagi usul muolaja o‘rnida bo‘lgan yoki aytish mumkinki,

o‘shanday yo‘l bilan kelin kuyovning yaqinlariga botmaygina singib borgan.

Kelin o‘zingizni shunday tutingki, kuyovga ham obdon o‘rgatingki, go‘yo

o‘g‘ilalri sizdan ko‘ra ota-onaisni, aka ukasini, opa singillarini ko‘proq yaxshi

ko‘radi va shuning uchun ularga doim e’tibor beradi. Ana o‘shanda siz malol

kelmaysiz, oiladagilar xotirjam yashaydilar, o‘zingizga ham erkinlik tatiydi.

Kelin chiroyli gapirish, juftiga yoqadigan qilib gapirishi kerak. Erkak zotiga

maqtov qo‘l keladi: “Onam sizni undoq suyadilar, opam bunday deb

maqtaydilar. Akam sizga mana bu ko‘ylakni berib yuboribdi, hurmatingizni

balandligi-da bu!” degani sayin eri sariyog‘day erib ketadi. Sizning opa

ukalaringizni to‘rt besh yo‘qlaganidan keyin, o‘z egachi singlisinikiga bir kirib

qo‘yadi. Sizga bu hol xijolatlik tuyulmaydi, hatto yoqadi.

Oila, ro‘zg‘or degani hamisha bir necha fikr va fe’lning tinmay to‘qnashuvi,

munozaraga kirishuvi demakdir. Gohida bir onadan tug‘ilganlar bir-biriga

singmay qoladi-yu, chetdan kelgan kelin ancha muncha singib ketadi.

Gap qaytarish beodoblik! Ammo har gal indamay qo‘yaversangiz, asta

sekin yelkangizga oyoq qo‘yib yuborsalar, vaziyani yengillatadigan javob topin,

sizda ham o‘tish mumkin bo‘lmagan chegara borligini ozgina sezdiring. Lekin,

hafa bo‘lsangiz, jahlingiz chiqsa, jahlingizni chiqargan oxirgi narsa haqidagina

gapiring. Hargiz eski tuski ginalarni sanamang, ozor berganni qarg‘amang,

atab chaqirmang, ovozingizni ko‘tarmang!

Birovni yomonlaydigan odam avvalo o‘zini qaritadi. G‘iybatchilik, ginachilik yomon elektronni ichida yashash demakdir. G‘aybulla as-Salom "Tolibnoma" kitobida: "Devorning ham qulog‘I bor, u odamlarni tinglab yashaydi. Ichida kulgu, mehr muhabbat shevalari yangragan imorat nuramaydi. Ammo haqorat, yig‘i, janjal bor xonadon zimdan to‘kilib boradi", deydi.

Agar qaynonangizni haqiqiy sevsangiz, unga sadoqat ko‘rsatmoqchi

bo‘lsangiz ularga yoqib oling. Chunki kattalar yoshiga yosh qo‘shilgani sayin

fe’llari toraya boradi. Bundan bu yog‘iga qaynota-qaynonangizning yoqadigan

ishidan yoqmaydigan ishi ko‘p bo‘lishi aniq. Va ularning hamma ishi kelinga

tushib turadi. Ota-onangiz aytmagan minnatdorchilikni siz aytib turing, ular

ilinmaganini siz ilining. Oralariga ko‘prik bo‘ling, ikki tarafni bir-biriga

tushuntiruvchi, isituvchi bo‘ling.

Kelinoyim, siz eringiz ota-onasi, opa-singil, aka-ukalari bilan murosali

hushmuomalada bo‘lavering. Kun kelib albatta quyoshingiz porlaydi.

Betkachoparlik bilan hechkim hurmat qozonmagan, balki o‘zini baxtsizlik

domiga otadi. Eringiz yaqinlari kelsa kulib kutib oling, dasturxonga boringizni

soching, shunda siz aziz va ardoqli kelinoyim bo‘lasiz. O‘zbegimning asl

an’analari shunda. Kelinlik ilmini suvdek simirib olishingiz shartdir!

2. Turmush o‘rtog‘ining yaqinlari va qarindoshlari bilan go‘zal munosabat o‘rnatish sirlari.

Qiz o‘zga xonadonga kelin bo‘lib tushdi. Endi u turmush o‘rtog‘ining oila a’zolari va qarindosh-urug‘lari ko‘ngliga yo‘l topa olishi kerak. Aks holda…

Oltin qoidalar. Qaynota, ayniqsa, qaynonasidan, qaynopayu qaynsingillaridan

noliydiganlarni ko‘p uchratamiz. Ular bilan til topisha olmaslikning esa ikki asosiy natijasi bor. Yaxshisi - ular bilan yaxshi munosabat o‘rnata olsangiz, ahil oilaga ega bo‘lasiz. Yomoni - eringizning yaqinlari bilan o‘rtangizdagi salbiy munosabat o‘z oilangizning ham buzilishiga sabab bo‘lishi hech gap emas. Xullas, qaynota-qaynonangiz bilan bir tom ostida yashaysizmi, alohidami, ular bilan munosabatlarda muayyan qoidalarga amal qilganingiz foydadan xoli bo‘lmaydi.

1. Qaynonangizdan tez-tez maslahat so‘rab turing. Qaynonangiz buni e’tiborliligingizga yo‘yib, xursand bo‘ladi. Agar biror gapi sizga yoqmayotgan bo‘lsa, rad etishga shoshilmang. Bosiqlik va hurmat bilan o‘z variantingizni ham taklif qilib ko‘ring.

2. Bardoshli bo‘ling. Bu qoida har bir ishda, hatto, eng mayda ishda ham qaynota-qaynonasining maslahatlar beraverish odati borlarga tegishli. Ayniqsa, gap farzandingiz salomatligi borasida ketayotgan bo‘lsa, buva va buvisining ko‘rsatmalarini qat’iy rad etmang. Axir ular nima bo‘lganda ham, yaxshilik istashadi. Hatto, maslahatlar haddan ortib ketayotgani sizga yoqmayotgan bo‘lsa ham buni ularga bildirishingiz shart emas. Shunchaki vazminlik bilan qaror qabul qiling.

3. Qaynonangizning har qanday sovg‘asini qabul qiling. Agar ular orasida sizga yoqmaganlari bo‘lsa ham javoningizning bir burchagiga tashlab qo‘ymasdan, hech bo‘lmasa, qaynonangiz oldida foydalansangiz, sizdan xursand bo‘ladi.

4. Har bir bayramda tabriklashni unutmang. Yangi xonadonga kelin bo‘lib tushgach, har bir tug‘ilgan kun va boshqa bayramona sanalarni aniqlab, o‘zingiz uchun belgilab qo‘ying. Bu borada turmush o‘rtog‘ingizga suyanmasangiz ham bo‘ladi. Erkaklar bunday «mayda-chuyda»larni har doim ham eslab qolavermaydi. Aksincha, unga otasi yoki onasining tug‘ilgan kuni ekanini o‘zingiz eslatib turishingizga to‘g‘ri keladi.

5. Farzandlaringizni buva-buvisiga mehrli qilib tarbiyalang. Ular uyingizga mehmon bo‘lib kelishsa, xursand bo‘ling. Bolalarga buvajonisi va buvijonisi olib kelgan o‘yinchoqlarni maqtang, qo‘ng‘iroq qilib, bolalaringizni qaynota-qaynonangiz bilan gaplashtiring. Axir hammadan ham bu aynan farzandlaringiz uchun kerak! Ular nafaqat ota-onaga, shuningdek, sevimli buva va buviga ham muhtoj. Bola atrofida mehrli va mustahkam oila muhitini yaratish aynan sizning qo‘lingizda.

Ayrim “mumkin emas” jihatlar; Birinchidan, har qanday vaziyatda ham turmush o‘rtog‘ingiz yonida

uning yaqinlarini, ayniqsa, onasini yomonlab gapirmang. Unga onasi bilan gap talashib qolganingiz tafsilotlarini so‘zlab berishga shoshilmang. Qaynonangizning bu tortishuvdagi noto‘g‘ri xatti-harakat va gap-so‘zlarini izohlashga urinmang. Vazmin bo‘ling!

Ikkinchidan, turmush o‘rtog‘ingiz ikki o‘t orasida qolib ketadigan vaziyatni yuzaga keltirmaslikka harakat qiling. Unga yaqinlari bilan o‘rtangizdagi ziddiyatlardan shikoyat qilish o‘rniga muammoni mustaqil hal qilishga urining. Hech ilojini topolmasangiz, turmush o‘rtog‘ingizni muammoning amaliy yechimini topish uchun jalb qilishingiz mumkin.

Va nihoyat, agar uning oilasi bir-birini ma’qullamaydigan ikki guruhga bo‘lingan bo‘lsa, hech bo‘lmasa bir tomonning hurmatini qozonish uchun ulardan biriga yon bosmang. Betaraflikka rioya qilib, hamma bilan bir xil munosabatda bo‘lishga urining. Shunda fitnachi, janjalkash kabi nomga ega bo‘lmaysiz.

Shuningdek, Siz quyidagi fazilatlarni o‘zingizga singdirib olsangiz juda katta yutuqlarga egishasiz:

Kamtarlik – inson o‘zini boshqalardan ustun qo‘ymasligi, barchaga tabaqasi, mavqei, boy-kambag‘alligi, chiroyli yoki xunukligiga, millatiga qaramasdan, har qanday sharoitda ham samimiy, beg‘araz munosabatda bo‘lishi.

Mardlik – bu qahramonlik, jasurlik, va’daga vafo, sadoqat, boshlagan ishini yakuniga yetkazish, har qanday to‘siqlarni yengib, maqsadga erishish.

Mehribonlik – insonparvarlik, odamiylik, oliyjanoblik, mardlik, saxovatlilik bilan chambarchas bog‘liq holda namoyon bo‘lib, davlatga, ota-onaga, turmush o‘rtog‘iga, farzandlarga, do‘st, birodarlarga, qarindoshurug‘larga, ustozlarga, shogirdlarga g‘amxo‘rlik, mehrmuruvvatli bo‘lish.

Intizomlilik – inson o‘z ishini, burchini, vazifasini mas’uliyat bilan o‘z vaqtida, joyida tartib bilan bajarishi, doimo va’dasining ustidan chiqishi, o‘zining bilimini, tajribasini orttirib borishi.

Tejamkorlik – uy-ro‘zg‘or buyumlarini avaylab-asrab ishlatish, oziq-ovqatning yetarlisini tayyorlash, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, pulni zarur, faqat kerakli narsalarga sarflash, hamma narsada me’yorga rioya etish.

Iste’dod – ko‘proq ijodkorlarga xos bo‘lib, ularga izlanuvchanlik, kuzatuvchanlik, mantiqiy fikr yuritish, to‘g‘ri xulosalar chiqarish, irodalilik, qat’iyatlilik, tetiklik, vijdonlilik, qat’iyatlilik, tetiklik, vijdonlilik xosdir. Iste’dodli insonlar tinim bilmay mehnat qilib, izlanishda bo‘lib, charchamaydilar.

Muloyimlik – insonning boshqalarga og‘ir, bosiqlik, yoqimtoylik, yumshoqlik, shirinso‘zlik bilan, samimiy muomalada bo‘lishidir. Al-Buxoriy hadislarida muloyimlik haqida quyidagilarni yozadi: “Muloyim

bo‘l, kimda muloyimlik bo‘lsa, husn va kamolotga erishadi va kimda muloyimlik xislati bo‘lmasa u aybli va nuqsonli bo‘ladi”.

Saxiylik – pokiza, ulug‘, qo‘li ochiq, oqko‘ngil insonning boshqalarga himmat qilib, moddiy va ma’naviy yordam berishi.

Saxovatlilik – insonning muhtoj, nogiron, yetim-esirlarga, beva-bechoralarga moddiy yordam ko‘rsatishi, ularni ko‘nglini ko‘tarish, xayr-ehsonlar, yaxshiliklar qilishidir.

Ulfat Mahkamov aytganidek: “Saxovatli inson o‘z baxtini boshqalarning baxtida ko‘radi. O‘z baxtini boshqalar bilan baham ko‘radi, ularning dardiga hamdard bo‘ladi. Odamlarga yordam berish, ularni xursand qilishdan zavqlanadi. Saxovatli kishi haqiqat, adolat asosida ish tutib poraxo‘rlik, tilyog‘lamalik kabi nojo‘ya xatti-harakatlardan qochadi”.

To‘g‘rilik – insonning har qanday sharoitlarda, qiyinchilik, og‘ir paytlarda ham o‘zini foydasini ko‘zlamasdan haqiqatni to‘g‘ri obyektiv gapirishi, barchaga samimiy, adolatli munosabatda bo‘lishidir. Bu fazilat egasi yomonlik qilayotgan, adashgan insonning obro‘li, boy bo‘lishiga qaramasdan halollikni, poklikni avfzal ko‘radi.

Hayolilik – ayollarga xos bo‘lib, ehtiyotkorlik, iffat, uyalish, or-nomus, shon-sharafini, qadr-qimmatini saqlashni bildiradi. Abdulla Avloniy aytganidek: «Hayo dilni ravshan qiladurgan bir nurdirki, inson har vaqt shu ma’naviy nurning ziyosiga muhtojdir… Iffatning pardasi vijdonning niqobi hayodir».

Himmatlilik – insonning har qanday sharoitda ham boshqalarga, beva-bechoralarga, muhtojlarga, yetimesirlarga doimo saxovat ko‘rsatib, yordam berishidir. Himmatli inson saxiy, mehribon, shafqatli, yumshoq tabiatli, bag‘rikeng, dili pok, yomonlik qilganga ham yaxshilik istaydi.

Vafodorlik – vijdonga, qalbga, hissiyotga bog‘liq bo‘lib, sevgi, muhabbatga sadoqatli bo‘lish, bergan ahd, va’dani aniq vaqtida bajarishdir. A. Temur vafo to‘g‘risida shunday degan edi: “Men kimgaki va’da bersam, unga vafo qildim, har bir va’daga xilof ish qilmadim. Men

doimo va’dalarimni aniq bajarsam shundagina odil bo‘lishimni va kimsaga jabr yetkazmasligimni angladim”.

Latofatlilik – ayollarga xos ichki va tashqi go‘zallik uyg‘unligida namoyon bo‘ladi. Latofatli qiz, ayol eng yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lib, ozodalik, pokizalikka rioya etadi, chiroyli, yarashadigan, hammaga ma’qul keladigan kiyimlarni kiyib, pardoz vositalaridan me’yorida foydalanib, pardoz-andoz qilib yuradi. Ayolning latofati hayo, nazokat, iffat, sadoqat, mehr-muhabbat bilan uyg‘unlashganda foydalidir.

Turmush o‘rtog‘ingiz va uning yaqinlari bilan munosabatda bir umumiy

qoidaga amal qiling. Bu ham bo‘lsa, samimiylik. To‘g‘ri, hammadan ko‘ra

turmush o‘rtog‘ingiz bilan bir-biringizni tushunish osonroq kechadi. Axir o‘rtada

muhabbat bor! Umuman, yangi oila a’zolari bilan til topishish o‘zaro hurmat

asosida qurilishi lozim. Bu hurmatga erishish uchun esa, avvalo, o‘zingizni

hurmatga arziydigan tarzda tutsangiz kifoya.

👉👉 TOPSHIRIQ. “Aql yoshda emas – boshda!” masalani o‘qing va

xulosa qiling. Yangi kelin bo‘lib tushgan Zarifaxonning tug‘ilgan kuni. Bu xonadonda

hech kimning tug‘ilgan kuni qutlovsiz qolgan emas. Ishdan vaqtli qaytgan

Anvarjon qo‘lida gul, bir kiyimlik atlas va bir quti konfet bilan xursand holatda

uyga kirib keldi. Unga peshvoz chiqqan suyukli yori Zarifani qutlug‘ ayyomi

bilan tabrikladi. Shu kuni ertalab uyga Anvarjonning turmushga chiqqan singlisi ham

kelgan bo‘lib, u oyisi bilan oshxonada gaplashib o‘tirardi. Singlisining

tug‘ilgan kunida Anvarjon xizmat safarida bo‘lgan, safardan yaqinda kelgan

va shu sababli uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklay olmagan edi.

Anvarjonning singlisi va onasiga be’etiborligidan ularning kayfiyati

tushib ketganligini ko‘rgan Zarifaxon qanday oqilona yo‘l tutsa, millatimizda

asrlar davomida tarkib topgan oilaviy munosabatlarning muqaddas qonun-

qoidalariga muvofiq ish ko‘rgan va o‘zining aqliy va ma’naviy barkamolligini

namoyon qilgan bo‘ladi?

A) qayinsinglisini gul bilan tabriklab, qolgan sovg‘alarni o‘zida qoldirsa;

B) qayinsinglisiga atlas kiyimlikni berib, gul va konfetni o‘ziga qoldirsa;

D) bu oilada hech kim tug‘ilgan kunida qutlovsiz qolmaganligini

anglagan Zarifaxon chopib uyiga kirib ketadi va sepidan bir kiyimlik

qayinsinglisiga munosib kiyimlik olib chiqadi. Feruzaxon, biz Sizga mana bu

sovg‘ani olib qo‘ygan edik. Ammo akangiz xizmat safarida bo‘lgani uchun

sizlarnikiga bora olmadik. Yaxshi bugun o‘zingiz kelib qoldingiz. Kech

bo‘lsayam ayyomingiz bilan tabriklaymiz, - deb yuzlaridan o‘pib qo‘yadi va

sovg‘ani beradi. Gulni vazaga solib, stolga qo‘yadi. Konfetni qaynonasiga

uzatib: oyijon, o‘zingiz tabarruk qo‘llaringiz bilan bizga konfet ulashing, sizga

o‘xshab piru - badavlat bo‘lib yuraylik, - deb erkalanadi.

NAZORAT SAVOLLARI.

1. Qur’oni Karimning qaysi surasi nechanchi oyatida “Odamlarga shirinso‘z bo‘linglar” deyilgan.

A) Baqara surasi 83-oyat.

B) Oli imron surasi 76-oyat.

D) Yosun surasi 45-oyat.

E) Baqara surasi 38-oyat.

2. Xushmuomalali kelin o‘zida qaysi fazilatlarni shakllantirib olishlari

kerak? A) Kamtarlik, Mardlik, Intizomlilik, Tejamkorlik, Iste’dod, Muloyimlik,

Saxiylik, Saxovatlilik, To‘g‘rilik, Hayolilik, Himmatlilik, Vafodorlik, Latofatlilik.

B) Saxovatlilik, To‘g‘rilik, Hayolilik, Himmatlilik, Bevafolik, Latofatlilik.

D) Kamtarlik, Intizomlilik, Tejamkorlik, Iste’dod, Muloyimlik, Saxiylik,

Saxovatsizlik, To‘g‘rilik, Hayolilik, Nopoklik, Latofatlilik.

E) Kamtarlik, Mardlik, Intizomsizlik, Tejamkorlik, Iste’dod, Muloyimlik,

Saxiylik, Saxovatlilik, To‘g‘rilik, Hayolilik, Himmatlilik, Latofatlilik.

12-MAVZU: HOMILADORLIK DAVRIDA VUJUDGA KELISHI MUMKIN BO‘LGAN TIBBIY VA PSIXOLOGIK O‘ZGARISHLARNING O‘ZIGA

XOS XUSUSIYATLARI

REJA:

1. Homiladorlik davri tushunchasi. 2. Homiladorlik davrida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tibbiy va psixologik

o‘zgarishlar. 3. Bunday davrni betalofat va hursandchilikda o‘tkazish uchun tavsiyalar.

Tayanch iboralar: Homiladorlik davri tushunchasi, farzand tarbiyasi,

kelin-kuyov, qaynota va qaynona, ota-ona, qaynona-kelin munosabatlari.

1. Homiladorlik davri tushunchasi.

Ayolning baxti nimada? Bola emizib o‘tirgan ayol dunyodagi eng baxtli

ayoldir. Homiladorlik (lot. graviditas.) — ayol organizmining maxsus holati

bo‘lib, uning reproduktiv a’zolarida rivojlanayotgan embrion yoki homila

mavjudligidir. Homiladorlik bachadon nayida ayol va erkak jinsiy hujayralarining

birlashishi natijasida sodir bo‘ladi, natijada 46 xromosomani o‘z ichiga

olgan zigota shakllanadi.

Bo‘lajak bolaning jinsi jinsiy xromosomalar to‘plamiga bog‘liq (XX yoki

XY), ta’kidlash kerakki, tuxum hujayralar doimo X-xromosoma tashuvchisi

bo‘ladi, spermatozoidlar esa X- yoki Y-xromosoma (1: 1 nisbatda). Shunday

qilib, homilaning jinsi aynan tashuvchisi spermatozoid hisoblangan jinsiy

xromosomalar bilan belgilanadi (X-xromosoma bo‘lganda - qiz,

Y-xromosomalar bo‘lganda - o‘g‘il). Hujayralarning bo‘linishi natijasida

blastosista shakllanadi, u yettinchi sutkaga borib bachadon devoriga birikadi.

Homiladorlik birinchi uch oyida (birinchi trimestr) homilaning a’zolari

shakllanadi, 12-haftaning oxiriga borib yo‘ldosh to‘liq shakllanib bo‘ladi.

Yo‘ldosh orqali homila ozuqa moddalarini oladi va metabolizmning yakuniy

mahsulotlari chiqarib yuboriladi. Inson homiladorligi muddati 9 oy yoki

40 akusherlik haftani tashkil qiladi. Akusherlikda fiziologik va patologik

homiladorlik ajratiladi. Odatda, har qanday homiladorlik tug‘ruq akti bilan

tugaydi - bola dunyoga keladi, ko‘p homilali homiladorlik taqdirida esa -

egizaklar (gomozigotali - bir xil yoki geterozigotali - turli).

2. Homiladorlik davrida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tibbiy va psixologik o‘zgarishlar.

Homiladorlikni erta tashxislash va uning muddatini aniqlash nafaqat

akusherlik nuqtai nazaridan muhim, balki urug‘lantirishdan keyin sodir

bo‘ladigan anatomik, fiziologik va gormonal o‘zgarishlar bo‘lajak ona

anamnezida mavjud tashqi jinsiy a’zolar kasalliklariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi

ham mumkin. Homiladorlikni aniqlashga imkon beradigan barcha belgilar

gumon qilinadigan (shubhali), ehtimolli va ishonchli belgilarga bo‘linadi. Ular

sub’yektiv yoki ob’yektiv ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi mumkin. Biroq,

hozirgi davrda akusherlik amaliyotida ultratovush diagnostikasining (UTT) keng

joriy etilishi munosabati bilan ginekologiya va akusherlik darsliklarida qayd qilib

o‘tilgan homiladorlik alomatlari o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormoqda.

Shubhali belgilar (sub’yektiv ma’lumotlar asosida): • Qusish yoki ko‘ngil aynishi (ayniqsa, ertalablari), hid, ishtaha yoki

oziq-ovqat iste’moliga bog‘liq o‘zgarishlar;

• Asab tizimining buzilishlari (uyquchanlik, tormozlanish, tez-tez kayfiyat o‘zgarishi, bosh aylanishi, holsizlik, bezovtalik);

• Tez-tez siydik chiqarish; • Sut bezlari dag‘allashib, sezuvchanligining ortishi; • Qorin chizig‘i bo‘ylab, siynalar sohasi, yuzdagi terining

pigmentatsiyasi (dog‘lar) o‘zgarishi (kuchayishi); • Sut bezlari, son, qorin terisida homiladorlik chandiqlari (chiziqlari)

paydo bo‘lishi (striya); • Qorin hajmining kattalashishi.

Ehtimolli belgilari (tekshirishda aniqlangan ob’yektiv belgilar): Homilaning harakatlanishi hissi (birinchi marta tug‘ayotgan

ayollarda 18-20 haftada, qayta tug‘ayotgan ayollarda — 16-18 haftada);

• Amenoreya (hayzning yo‘qligi); • Sut bezlarining kattalashishi, og‘iz sutining (lot. colostrum

gravidarum) kelishi; • Qin va bachadon bo‘yni shilliq qavatining ko‘kimtirligi (sianoz); • Bachadon shakli, hajmi va konsistentsiyasining o‘zgarishi (ichki

akusherlik tekshiruvlari bilan); • Gestatsiyaning 5-6 haftasidan boshlab bachadonning o‘sishi, avval

orqa-oldi tomoni, so‘ng ko‘ndalangiga;

• Gorvitz-Gegar alomatlari: bachadonning yumshashi, ayniqsa, toraygan qismida (lot. isthmus uteri). Ikki qo‘lli tekshiruvda bachadonning toraygan qismida barmoqlar qarshiliksiz bir-biriga tegadi. Oxirgi hayzdan boshlab 6-8 hafta davomida xarakterli;

Ishonchli (aniq) belgilari (homiladorlikning ikkinchi yarmida aniqlanadi):

• Homila yurak urishi aniqlanadi (akusherlik stetoskopi yordamida homilaning yurak qisqarishlarini eshitish mumkin);

• Tashqi akusherlik tekshiruv davomida palpatsiya yordamida homilaning katta (bosh, tos) va kichik (qo‘l, oyoq) qismlarini aniqlash, harakatlarini sezish;

• Rentgenogramma va exogrammada homilaning skeleti aniqlanadi; • Ultratovush tekshiruvi yordamida homila va yo‘ldoshni aniqlash.

Fiziologik homiladorlik Har qanday homiladorlikdagi kabi, uning boshlanishi urug‘lantirish

jarayoni bilan bogliq, ya’ni spermatozoid deb ataladigan yetilgan erkak jinsiy

hujayrasining ayol jinsiy hujayralari - tuxum hujayra bilan qo‘shilishi. Shunday

qilib, urug‘lantirish jarayonining yakunlanishi yoki ikki gametaning

uyg‘unlashuvi oxirida shakllangan umumiy hujayra (zigota) yangi organizmning

boshlanishi hisoblanadi.

Homiladorlikning davomiyligi. Urug‘lantirishdan tortib to tug‘ilishgacha bo‘lgan o‘rtacha homiladorlik

muddati 38 hafta hisoblanadi (embrional muddat). Oxirgi hayz boshlanishidan

tug‘ruqqacha bo‘lgan homiladorlikning o‘rtacha davomiyligi esa 40 hafta

(akusherlik muddati).

Insonning ona qorni ichida rivojlanishi odatda davrlarga bo‘linadi. Tuxum

hujayra urug‘lantirilishidan torib implantatsiya boshlanguniga qadar davr

(rivojlanishning birinchi haftasi) preimplantatsion davr deb tavsiflanadi,

keyingi rviojlanish esa postimplantatsion davrga mansub. Preimplantatsion

davrda embrion bachadon devoriga birkmagan bo‘ladi, dastlabki 4 kun

davomida embrion bachadon naylari bo‘ylab urug‘lantirilgan joydan (bachadon

nayining ampulyar qismi) bachadon tomon harakatlanadi, rivojlanishning

4-5 kuni embrion ayol bachadonida o‘zini implantatsiyaga tayyorlashni

boshlaydi.

Shuningdek, rivojlanishning embryonal (urug‘lantirishdan boshlab

dastlabki 8 hafta) va fetal (9 haftadan boshlab tug‘ruqqacha) davrlari

farqlanadi. Embrional davrda birlamchi tuzilmalarning fazoviy tashkillashuvi

(morfogenez), hujayralarning boshlang‘ich differentsiatsiyasi va a’zolar tizimi

shakllanishi (organogenez) sodir bo‘ladi. Fetal davrda esa a’zolar shakllangan

tizim doirasida rivojlanadi, homilaning o‘lchamlari ahamiyatli darajada

kattalashadi.

Fetal davr. Fetal davr akusherlik muddatining 11 haftaligidan to tug‘ilishgacha

davom etadi. Fetal davr boshiga kelib homilada barcha a’zolar tizimi shakllanib

bo‘lgan bo‘ladi (endigi rivojlanish shakllangan tizim doirasida sodir bo‘ladi),

tashqi ko‘rinishidan homila chaqaloqni eslatadi, tana proportsiyalarining

o‘zgarishi va homilaning jadal o‘sishi boshlanadi.

Embrion va homilaning salbiy ta’sirlarga nisbatan sezuvchanligi

homiladorlik muddati qanchalik qisqa bo‘lsa, shunchalik yuqori bo‘ladi.

Embrional davr davomida abort xavfi fetal davrga qaraganda taxminan

10 marta yuqoriroqdir.

Perinatal tashxislash Perinatal tashxislash yoki perinatal diagnostika - rivojlanish

patologiyalarining tug‘ruqqa qadar tashxislanishi - bir necha bosqichda amalga

oshiriladi. 10 va 13-hafta oralig‘idagi davrda UTT va biokimyoviy markerlar

yordamida Daun sindromi va Edvards sindromi xavfini aniqlash uchun

perinatal skrining o‘tkaziladi. 16 va 18-hafta oralig‘i Daun sindormi, Edvrads

sindromi va asab nayi defektlarining uchlangan deb atalmish biokimyoviy

skriningini o‘tkazish uchun optimal muddat hisoblanadi. Uchlangan skrining

14-dan 20-haftagacha o‘tkazilishi mumkin.

Homila harakatlanishining dastlabki hissiyotlari odatda qayta tug‘ayotgan

ayollarda 18 haftada va birinchi marta tug‘ayotgan ayollarda 20-haftada

uchraydi. Biroq, bu bir necha haftaga o‘zgarishi ham mumkin. Ozg‘in ayollar

to‘lacharoq ayollarga qaraganda homila harakatlanishini oldinroq seza

boshlaydilar.

20-24-haftalarda homila a’zolarining holatini aniqlash uchun takroran

ultratovush tekshiruvi o‘tkaziladi.

24-haftada ko‘rsatmalarga ko‘ra platsentar yetishmovchilik rivojlanishi

xavfini istisno qilish uchun yo‘ldosh qon aylanishining dopplerometrik tadqiqi,

26-haftada gestatsion diabet xavfini istisno qilish uchun esa glyukozotolerantlik

testi o‘tkaziladi.

Ko‘p homilali homiladorlikda 28-haftada va bir homilali homiladorlikda

30-haftada tug‘ruq oldi ta’tili tayinlanadi va almashinuv kartasi beriladi, shu

kundan boshlab uni o‘zi bilan birga olib yurish kerak.

30-34-haftalarda homila va yo‘ldoshning holatini aniqlash uchun uchinchi

ultratovush tekshiruvi o‘tkaziladi.

37 haftadan so‘ng homiladorlik ko‘tarib bo‘lingan hisoblanadi. Normada

tug‘ruq 40-haftaga borib sodir bo‘ladi, lekin aslida aniq hisoblangan muddatda

5%dan kamroq ayollarning ko‘zi yoriydi va tug‘ruq vaqtining har ikki tomonga 2

haftaga siljishi normal hisoblanadi. 42 haftadan ko‘p davom etgan homiladorlik

kechikkan hisoblanadi.

Patologik homiladorlik. Perinatal davrning kechish tabiati bo‘lajak farzandning bolalik va yetuklik

davridagi rivojlanishining xususiyatlari va salomatligi holatini ahamiyatli

darajada aniqlab beradi. Ontogenezning perinatal davri kechishiga embrion va

homilaning 28-haftalikga yetguniga qadar rivojlanishini belgilaydigan

xususiyatlari sezilari ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek yangi hayot boshlanishiga

turtki bergan ota-onaning jinsiy hujayralari (gametalar) holati ham. Zamonaviy ilm-fanga homila rivojlanishining anomaliyalari va kasalliklar asosan quyidagilarga bog‘liqligi ma’lum:

• Xromosoma va genetik buzilishlar (mutatsiyalar); • Noqulay ekologik omillar ta’siri; • Faqat atrof muhitning salbiy omillari ta’sirida namoyon bo‘ladigan

genetik buzilishlar. Perinatal patologiya xavfiga ta’sir etuvchi patologik omillar turlicha

effektga ega bo‘lishi mumkin, shu sababli quyidagilar ajratiladi: • Gametopatiya (tug‘ma kasalliklar guruhi); • Embriopatiya (kasalliklar va inson embrionining shkastlanishi); • Fetopatiya (homilaning 3-4 oyligida ro‘y beradigan kasallik).

Homiladorlikning asoratlari. Har doim ham homiladorlik muammosiz kechmaydi.

Murakkabliklarga: • Ko‘ngil aynishi va o‘ta ko‘p qayt qilish; • Muzlagan homiladorlik; • Abort xavfi; • Oyoqlarning varikozi;

• Qin venalarining varikoz kengayishi; • Kech toksikozlar: • Homilaning gipoksiyasi; • Dumg‘azadagi og‘riqlar; • Onaning kamqonligi (anemiya); Homiladorlik asoratining alohida turi bu bachadondan tashqari (ektopik)

homiladorlik hisoblanadi. Bunda homilaning rivojlanishi imkonsizdir va ertami-

kechmi homila tushishi bilan tugaydi.

Ko‘pchilik hollarda o‘z vaqtida aniqlangan holda, zamonaviy tibbiyot

noxush oqibatlarni oldini oladi va asoratlarni minimal darajagacha kamaytiradi.

Dorilarni huda-behuda ichish mumkin emas. Homiladorli paytida iloji boricha dori ichishdan saqlanish lozim. Dori

homiladagi chaqaloqqa juda yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa

homiladorlikning ilk davrida chaqaloqning qo‘li, oyog‘i, yuragi, markaziy nerv

sistemasi kabilar rivojlanadigan davr hisoblanadi. Shuning uchun juda

ehtiyotkor bo‘lish lozim. Qandli diabet yoki yuqori qon bosimi kabi surunkali

kasalliklar yoki infeksiya tushishi orqali yuz beradigan uzoq vaqt davom

etadigan isitma kabi shunchaki o‘z holicha qo‘yib qo‘yilsa homilador ayol va

homilaga jiddiy zarar yetkazadigan kasallik holatlar bo‘ladigan bo‘lsa shifokor

bilan maslahatlashib, albatta dori-darmon iste’mol qilishi va muolajarni qabul

qilishi shart.

Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari mutlaqo ma’n etiladi. Spirtli ichimliklar homilada nogironlikni keltirib chiqaradigan eng xavfli

moddalardan bittasi bo‘lib, homila spirtli sindromini keltirib chiqarishi mumkin.

Homiladorlik paytda aslo spirtli ichimlik ichmaslik kerak. Tamaki esa homila

rivojlanishiga to‘siqlik qiladi va chaqaloq kam vaznli bo‘lib tug‘ilishiga sabab

bo‘ladi. Shuning uchun homilador bo‘lishdan avval tamaki chekishni to‘xtatgan

ma’qul.

Yetarli kaloriya va oqsil, mineral, vitaminlarni ko‘proq iste’mol qilish kerak.

O‘z vaqtida ovqatlanishni kanda qilmasdan o‘z vaqtida ovqatlansa

qo‘shimcha foydali moddalarni iste’mol qilishga hojat yo‘q. Oziqaviy moddalarni

yetarli iste’mol qilsa onada homiladorlikning ilk davrida 4 oy davomida oyiga

1 kg, homiladorlikning ikkinchi davrida 6 oy davomida oyiga 2 kg dan umumiy

13 kg lar vazn oshadi. Lekin, temir moddasini homiladorlikning 5-oyidan

boshlab qo‘shimcha ravishda iste’mol qilish shart. Temir moddasini och

qoringa yeyilsa organizmga so‘rilishini tezlashtiradi. Homilador bo‘lishi

kutilayotgan ayol asab kasalligini oldini olish uchun har kuni ma’lum miqdorda

foliy kislotasi (qon aylanish va immunitetni oshishi uchun zarur bo‘lgan suvda

eriydigan vitamin)ni iste’mol qilishi zarur.

Homiladorlik paytida fiziologik ravishda ichak sistemalari ish-faoliyati

sustlashadi va axlat qattiqlashadi, bachadon kattarishi natijasida ichaklar

siqiladi va buning natijasida ich qotishi yuzaga keladi.

Yangi uzilgan mevalar va ko‘katlarni iste’mol qilish orqali axlatning

hajmini ko‘paytirish kerak hamda suv ko‘p ichib, muntazam harakatlansa ich

qotishini oldini olsa bo‘ladi.

Homilador ayollar uchun vitaminlar Homiladorlikda gormonal tizim faoliyati, modda almashinuvi

o‘zgaradi. Homiladorlikning boshlanishi bilan ayolning vitamin va minerallarga

bo‘lgan ehtiyoji ortadi. Masalan, kaltsiy avvalgiga nisbatan bir yarim marta; rux,

yod, B6 va B12 vitaminlari - o‘rtacha 30%; temir va foliy kislotasi - ikki marta

ko‘proq kerak.

Zo‘riqadigan ishdan tiyilish kerak.

Homilador bo‘ldim deb sport bilan shug‘ullanishni to‘xtatib qo‘yish kerak

emas. Har kuni muntazam ravishda yengil sport bilan shug‘ullanish yaxshi.

Lekin yangi sport turini boshlash yoki sport bilan juda zo‘riqib shug‘ullanish

mumkin emas. Og‘ir mehnat va tepalikka chiqish kabi xavfli hatti-harakatlardan

saqlanish lozim.

Homiladorlik davrida shishlar katta vena qon tomiri va tos suyagi ichidagi

vena tomiri siqilganindan kelib chiqadi. Oyoqlari tepaga ko‘tarsa foydasi tegadi

lekin yuqori qon bosimi bo‘lsa ham bu kasallik kuzatilishi mumkin, shuning

uchun homiladorlikning ohirgi davrida shish paydo bo‘lsa qon bosimini o‘lchab

ko‘rish lozim.

Homiladorlik paytida qinda suyuqlik ajralishi kuchayadi. Bu holat ayol

gormoni ta’siri natijasida bachadon bezidan suyuqlik ajralishi tufayli yuz beradi,

lekin bu kasallik emas. Muntazam ravishda shifokor ko‘rigidan o‘tib turish lozim

Homiladorlik paytida shifoxonadan foydalanib tug‘ruqdan oldingi nazorat

orqali ona va boladagi xavfli kasalliklar alomatlarini oldindan bilib, kasallikning

oldini olsa bo‘ladi.

Agar homilador bo‘lsangiz, qahva miqdorini kamaytirish, alkogolni esa

umuman istisno qilish kerakligini hamma biladi. Hatto tuxum va baliq yog‘i ham

zarar keltirishi mumkin.

Nima uchun homiladorlikda skrining tekshiruvi muhim?! Homilada yuzaga kelishi

mumkin boʻlgan irsiy kasalliklar

ehtimolini aniqlash, rivojlanishdan

ortda qolish va tugʻma nuqsonlar

shakllanishini bartaraf etish

maqsadida skrining tekshiruvidan

oʻtish sogʻlom ayollarga ham tavsiya

etiladi. Mazkur tekshiruv orqali

nafaqat homiladagi patologik oʻzgarishlar, balki qonning biokimyoviy tahlili ham

aniqlanib, yashirin turdagi ayrim kasalliklar haqida aniq maʼlumot

olinadi. Skrining tekshiruvi homiladorlikning kechishiga qarab, uch davrdan

birida oʻtkaziladi va faqat bir martalik amaliyot sanaladi. Unga koʻra: − homiladorlikning 10-14-haftasidagi erta tekshiruv – nasliy

kasalliklar ehtimolini aniqlash, xromosoma oʻzgarishlaridan boxabar boʻlish

uchun amalga oshiriladi. Bunda homilaning biokimyoviy qon tahlili ham

oʻtkaziladi.

− homilada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tugʻma nuqsonlarni

aniqlash maqsadida 16-20 haftalikda oʻtkaziladi.

− homila rivojlanishining kechki davrida yuzaga kelishi mumkin

boʻlgan oʻzgarishlar va bir qancha kasalliklarni aniqlash uchun 32-34 haftalikda

oʻtkaziladi.

Skrining tekshiruviga yoʻllanmani oʻzingiz yashaydigan manzildagi oilaviy

poliklinikadan olishingiz mumkin.

Dopler tekshiruviga qachon boriladi? Homiladorlik shikoyatlarsiz kechayotgan boʻlsa-da, 24 haftalik

muddatdan soʻng yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlarning oldini olish

maqsadida dopler tekshiruvidan oʻtish barcha ayollarga tavsiya etiladi. Bundan

tashqari, agar homiladorlikda quyidagi holatlar aniqlansa, doplerometriya

tekshiruvi bir necha marotaba tavsiya etilishi ham mumkin.

Jumladan: − Qandli diabet, buyrak faoliyati bilan bogʻliq kasalliklar;

− Ikki yoki bir necha homila;

− Gestoz;

− Avvalgi homiladorlikdagi salbiy oʻzgarishlarning takrorlanishi;

− Kardiotokografiya natijalarining qoniqarli emasligi.

Bu tekshiruvda maxsus datchiklar

yordamida homiladagi oʻzgarishlarni

koʻrish mumkin. Dopler koʻrigi “ona-

yoʻldosh-homila” tizimi asosida yoʻlga

qoʻyilgan boʻlib, homiladagi qizil

tanachalar tasvirini aniqlash imkoni

mavjud. Shuningdek, juftliklar oʻz

xohishlariga koʻra, dopler tekshiruviga

murojaat qilsalar ham boʻladi. Doplerometriya koʻrigida aniqlangan holatlar

yuzasidan UTT tahlilchisining tibbiy xulosasi tayyorlanib, zarur hollarda

davolovchi shifokorga yoʻllanma beriladi.

“3D”, “4D” oʻlchamli UTTga zarurat bormi? Agar davolovchi shifokoringiz homilada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan

noqisliklar yoki kechki muddatdagi biror oʻzgarishni taxmin qilsa,

kattalashtirilgan oʻlchamdagi tekshiruvga yoʻllanma berishi mumkin. Mazkur

tekshiruvlar homilaning “2D” oʻlchamida koʻrish mumkin boʻlmagan tasvirini

ifodalash uchun muhim sanaladi. “3D” va “4D” oʻlchamli ultratovush tekshiruvini

homiladorlikning 6-7 haftaligidan 40 haftalik muddatgacha oʻtkazish mumkin.

Bir-biridan farqi nimada? “3D” – odatiy “2D” ultratovush

tekshiruvidan farqli ravishda uch

kesimdagi tasvirni koʻrsatadi. Rangli

tasvirda nafaqat bolaning yuz

tuzilishi va aniq qiyofasini koʻrish

mumkin, balki teridagi yumshoq

toʻqima mushaklarini baholash imkoniyati ham mavjud. Qolaversa, homila

qiyofasidagi ayrim noqisliklar, masalan, yuqori lab va tanglay kemtikligini

kattalashtirilgan tasvirda aniqlash va tibbiy xulosani aniq izohlash imkoniyatini

beradi. “3D” oʻlchamli tekshiruvda homilaning holati tasvirga tushirilgan bir

nechta suratlar orqali namoyish etiladi.

“4D” – “3D” oʻlchamdagi tekshiruv turidan onlayn tasvirni ifodalashi bilan

farqlanadi. Tekshiruv jarayonida xuddi kichik videokamera homila ichida

harakatlanib, tasvirni monitor ekranida aks ettirayotgandek tasavvur hosil

boʻladi. Bu usul maxsus moslama yordamida amalga oshiriladi. “4D” oʻlchamli

tekshiruv homiladagi tugʻma nuqsonlar, turli shishlar, tananing muayyan

qismida suv toʻplanishi kabi holatlarni aniqlash uchun qoʻllaniladi. “4D”

tekshiruvi ikki xil koʻrinishda: homila harakatlarini suratlar orqali aks ettirish va

“4D LIVE” (bolaning ayni damdagi harakatlarini videotasvir orqali koʻrish) turlari

bilan farqlanadi. Xohishingizga koʻra, tekshiruvning u yoki bu turini tanlab,

koʻrikdagi tasvirlarni diskka yozib olishingiz mumkin.

Homiladorlikda UTT kimlarga mumkin emas? Koʻpchilikning fikricha, ultratovush toʻlqinlari oʻzidan issiqlik nurini taratib,

homilaga zarar yetkazishi mumkin. Ammo bu notoʻgʻri! Ultratovush

toʻlqinlarining tebranish holati homila uchun mutlaqo beziyon. Shifokorlar

homiladorlikda UTT kabi tekshiruvlarga kelayotgan ayollarga qorinda

mushaklar tonusi taranglashmagan boʻlishi lozimligini taʼkidlashadi. Chunki

faqat mana shu holatda homila holatini aniqlash biroz mushkul. Qolgan

vaqtlarda UTT uchun qarshi koʻrsatmalar mavjud emas.

Bunday davrni betalofat va hursandchilikda o‘tkazish uchun tavsiyalar. Mutahasislar fikricha homiladorlar foydali taomlarni iste’mol qilishlari

maqsadga muvaffiqdir. Sabzavotlarga boy parxez qilish, spirtli ichimliklarni

ichmaslik, chekmaslik sog‘lom turmush tarzini olib borish kerak bo‘ladi. Doimiy

tarzda jismoniy harakat qilishi sog‘lig‘i uchun foydali bo‘ladi. Taomingizga

e’tibor bering va jismoniy mashg‘ulotlarga vaqt ajrating. Homiladorlik vaqtida

yurish, suzish va mahsus foydali jismoniy mashq bilan shug‘ullanish bu vaqtda

juda ham foydalidir. Vrach ko‘rigidan tez-tez o‘tib turing!

Homiladorlarga 20 ta maslahat Bu maslahatlar sizga homiladorlik vaqtingizni o‘zingizni tinch va yaxshi

o‘tkazishingizga yordam beradi. Bu quyidagilar:

1. Homiladorlik kundaligini tuting. Bu sizga tushunarsiz tuyulishi mumkin, aslida hamma bosqichlarni

sanash, psixologik va jismoniy o‘zgarishlar yozib o‘lchab borsangiz, o‘zingiz

uchun foydali hulosalarni chiqarishingiz oson bo‘ladi. Bu kundalikni tutish

1-chi haftadan 40-haftagacha tutish qulay hisoblanadi.

2. Hech qanday vahima! Bu davrda gormanal o‘zgarishlar tufayli huddi sizni xech kim

tushunmayotganday, turli voqealar, taksikoz qiyin o‘tishi sizni vahimaga tushib

qolishingizga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda yaxshi narsa topa

olmaysiz, balkim mutahasislar bilan maslahatlashish, yaqin dugonalar yoki

o‘zingizga o‘xshagan homiladorlar bilan muloqot maqsadga muvaffiqdir. Bu

holatingizdan, yolg‘izlik qo‘rquvidan havotir olmang. Agar aql bilan ish qilsangiz

bu yomon emas, bu vaqtinchalik narsa hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda

40% ayollar homiladorlikni inoyat deb qa’bul qilishmas ekan, balki qo‘rquvlar

bilan,ishonchsizlik bilan yoki siqilish bilan o‘tkazar ekanlar. Agar siz o‘zingiz

buni uddasidan chiqa olmasangiz psixolog tayyorlov kurslariga yoziling.

3. Uzi qilishdan qo‘rqmang! 9 oy davomida bolani qanday rivojalanayotganini va qanday o‘zgarishlar

bo‘layotganini asosiy bilish vositasi uzidir. Bo‘lajak onalar uzi bolaga zarar

beradi degan havotirda bo‘ladilar. Zamonaviy uzi nafaqat bolani o‘sinini ko‘radi,

balkim agar nuqson bo‘lsa boshlang‘ich davrlarida aniqlaydi. Bunday tashqari

bu zamonaviy uzi orqali ota-onalar bolani ona qornidaligida yuzini ko‘rish

imkoniyatini beradi.

4. Terida turli izlarni qolishini oldini olish. Ko‘pchilik ayollar tug‘riqdan so‘ng terida qolgan izlar ketmaydi deb

qo‘rqishadi. Hozirgi vaqtda ko‘pgina brend firmalarni mahsus moylari mavjud.

Misol qilib oladigan bo‘lsak – 4 ta bolani onasi Viktoriya Bekxem terisida xech

qanday iz yo‘q. Bu yutuqni siri – elemis “yaponskaya kameliya”dir. Bu ajoyib

yog‘ turli o‘simliklarni kollagenlari, terini taranglashtiruvchi hususiyatlariga

egadir. Bu moyni homiladorlik vaqtida va massaj olish vaqtida ishlatiladi. Yana

yaxshi tamoni xidi yoqimli, yopishqoqligi yo‘q va hamma teri turiga tushadi.

5. Shishishga qarshi vositani ishlatamiz. Oyoq ishishi har bir homilador ayollarga tanish holat. Hohlagan

dorixonada oyoqlarni shishishiga qarshi muhsus vositani olish

mumkin. Ortoped salonidan oyoq uchun maxsus paypoq sotib

oling. Paypoqlar asosan homiladorlikni katta vaqtida juda ham yordam beradi.

Shu bilan birga oyoq uchun mahsus kremlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Eng yaxshi – clarins hisoblanadi. Bu ajoyib krem kichkina idishchada bo‘ladi

va u qon aylanishini, charchoqni, taranglikni yaxshilaydi. Bundan keyin

oyoqlaringiz engillikni his qiladi.

6. Homiladorlar uchun mahsus yostiqchani sotib oling. Mahsus banan shaklidagi yostiq turli-xil materiallardan tikilgan. O‘zingiz

uchun qulay va yengillikni beradigan yostiqchani tanlang. Homiladorlikni

boshlang‘ich davrlarida huddi sizga kerak emasday, ikkinchi yarmida esa

noqulayliklarni his qiladi. Mahsus yostiq sizga o‘zingizga qulay holatda

uxlashga yordam beradi.

7. Bandaj taqib yuring. Qorin chiqishi bilan bel og‘rig‘ini his qilasiz. Yuklamani kamaytirish, qorin

mushaklarni ushlab turish uchun mahsus bandajni taqib yuring. Bandajni

variantlari – yopishqoq, kryuchokli yoki zamokli bo‘ladi. Yaxshisi

mutahasislarga ishonib mahsus ortoped salonlaridan bandajni sotib olgan

yaxshi.

8. Eng to‘g‘ri kolyaskani sotib olishni rejalashtiring. Bu eng kerakli va yoqimli bola uchun kerakli narsadir. Shuning uchun

bunga e’tiborlik bilan qarang. Kolyaska yengil, bola uchun qulayini tanlash

kerak. Shuning uchun bir nechta ro‘yxat tuzish kerak yoki brend firmalarga

ishoning. Bu brend zamonaviy bola uchun har tamonlama qulay, bu esa onaga

bir qancha qulayliklarni beradi. Bu brendda siz o‘zingizni yoqgan va qulay

kolyaskalarni sotib oling.

9. Apparat bilan go‘zallashish ishlaridan voz keching. Afsuski chidashga to‘g‘ri keladi. Go‘zallik uchun lazerlar, tatuaj, tatuirovka

va labni ishirish uchun ukollar olish mumkin emas. Homiladorlikni hamma

davrlarida lazerli va fotoepilyattsiya qilish man qilinadi.

10. Dorilarni qabul qilishda ehtiyotkorlik bilan foydalaning. Dorilarni qa’bul qilishdan oldin: agar siz shamollagan yoki boshingiz

og‘riyotgan bo‘lsa – shifokor bilan maslahatlashing. Shu bilan birga

ko‘rsatmasini o‘qib ko‘rib keyin qabul qiling.

11. Shifokor bilan aloqada bo‘ling. Hozirgi vaqtda shifokor bilan aloqa bo‘lish juda muhim hisoblanadi. Uni

telefon raqami doim qo‘l ostingizda bo‘lsin. Bu bilan siz tez sizni bezovta

qilayotgan narsaga qanday yordam berishingizni so‘rab olishingiz mumkin.

12. Sayyohatga chiqishga qo‘rqmang. Faqat bizda sayyohat huddi havfli deb tushuniladi. Aslida dengiz atrofida

dam olish – homiladorlar uchun juda foydali sanaladi. Albatta shifokor bilan

maslahatlashgan holda. Shu bilan birga hamma narsa meyorida bo‘lgani

yaxshi. Quyoshda ko‘p qolmang, haddan ziyod jismoniy mehnatdan qoching

va e’tiborli bo‘ling.

13. Birinchi qorningizdagi bola rasmini saqlab qo‘ying! Bu ajoyib tuyg‘uni saqlab qoling.

14. Sochni bo‘yash mumkin! Bizni onalarimizni omadi kelmagan — ular homiladorlik vaqtida chiroyli

bo‘lishni rad qilishga majbur bo‘lishgan. Bizdachi hozir o‘zimizga oro berishga

hamma imkoniyatlar mavjud. Ammiakli bo‘yoqlar bola uchun havfli bo‘lishi

mumkin, lekin hozirgi vaqtda ammiaksiz bo‘yoqlar mavjud. Ulardan CHI brendi

bo‘yog‘ini homiladorlik vaqtida ishlatish bezararligini aytish mumkin. CHI brendi

bo‘yog‘ini ichida ammiak mavjud emas. Avvallari bitta rangga bo‘yash uchun

avval ammiak bilan rangni o‘chirishga to‘g‘ri kelgan. Hozir esa zamonaviy

bo‘yoqlar sizga bezazrar maqsadingizga erishishda yordam beradi. CHI brendi

nafaqat bezarar balki foydali hamdir. Uni ichida shelk mavjud, bu shikastlangan

sochlarni mustahkamlaydi.

15. Sizga to‘g‘ri keladigan sport turini tanlang. Homiladorlik vaqtida faol bo‘lishdan qochmang. Ayollar ko‘pincha yoga

yoki suzishni tanlashadi. Ikkala tanlov ham mutlaqo bezarar, ular qon

aylanishini yaxshilashga yordam beradi.

16. Garderobni aql bilan yangilang! Albatta sizga qulay kiyim kerak bo‘ladi. Siz tug‘riqdan keyin bu kiyimlarni

kiyishingiz amri maholdir. Shuning uchun yopishib turadigan kiyim tanlashga

qo‘rqmang.

17. Kablukni unuting. Bu katta qurbonlik talab etadi. Oyoqda og‘irlik, shishlar, koordinatsiya

yo‘qolishi mumkin. Sizga qulay oyoq kiyim tanlang.

18. O‘zingiz uchun bayram nishonlang. Bu kayfiyat ko‘tarilish uchun juda muhim. Hohlang yaqinlaringiz bilan,

hohlang umr yo‘ldoshingiz bilan.

19. To‘g‘ri ovqatlaning. Ekspert Viktoriya Dryakova ta’kidlaydiki – bo‘lajak onani birinchi qoidasi

och qolmaslik. Siz harakat qiling turli foydali taomlarni tanavvul qilishga. Shu

bilan homiladorlarga foydali hisoblanadigan – baliq, yog‘siz go‘sht, tuxum,

sharbat, sho‘rvalar va temir bilan boy bo‘lgan hamma mahsulotlar. Konserva

mahsulotlari, sosiska, kalbasa mumkin emas. Agar juda shirinlik hohlasangiz

shokolad va shirin kulchaning o‘rniga, tabiiy bo‘lgan djem va mevalar foydali.

20. Homiladorlikni oxirgi davrlarida chiroyli rasmga tushishni rejalashtiring.

Ishoning bu eng ajoyib rasm bo‘ladi va siz uni yillar o‘tib qayta-qayta

qaraysiz. Bu rasm sizga bir umr quvonch beradi.

👉👉 Topshiriq. “Ota-ona eng tabarruk zotlar!” masalani o‘qing

xulosa chiqaring. Botiralining xotini tug‘ruqxonada – u qizlik bo‘lgan. Bu voqeadan

xursand bo‘lgan Botirali keksa onasini urintirmay o‘zi tovuq sho‘rva qildi.

Uyda qari onasidan boshqa hech kim yo‘q. Boshqa ishlarga alahsib,

hayallagan Botirali kelib ovqatdan habar olsa, u qaynayverib juda kam

qolibdi.

Botirali qanday yo‘l tutishi kerak? A) onasiga hech narsa demay, bor sho‘rvani quyib, tug‘ruqxonaga olib

borishi kerak;

B) oyi, siz non-choy bilan tamaddi qilib turing, tug‘ruqxonadan

kelgandan keyin biron narsa qilib beraman, deb bor sho‘rvani tug‘ruqxonaga

olib borishi kerak;

D) oyi, sho‘rva qaynayverib, juda mazali bo‘libdi. Keling issiqligida ichib

oling, deb hech narsani bildirmasdan oyisiga loyiq sho‘rva quyib berishi,

qolganini boricha tug‘ruqxonaga olib borishi va vaziyatni turmush o‘rtog‘iga

tushuntirishi kerak.

NAZORAT SAVOLLARI. 1. Homiladorlikda qanday mahsulotlar mumkin emas?

A) Spirtli ichimliklar, energetiklar, kuchli gazlangan ichimliklar, hom go‘shtli

mahsulotlar

B) Temir va yod moddasiga boy mevalar

D) Turli ko‘katlar va sabzavotlar

E) Kaltsiyga boy sutli mahsulotlar

2. Homiladorlikda skrining tekshiruvidan o‘tish zarurmi? A) Homilada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan irsiy kasalliklar ehtimolini

aniqlash, rivojlanishdan ortda qolish va tugʻma nuqsonlar shakllanishini

bartaraf etish maqsadida skrining tekshiruvidan oʻtish sogʻlom ayollarga

ham tavsiya etiladi. B) Homilada tugʻma nuqsonlar shakllanishini bartaraf etish maqsadida

skrining tekshiruvidan oʻtish sogʻlom ayollarga ham tavsiya etiladi. D) Tugʻma nuqsonlar shakllanishini bartaraf etish maqsadida skrining

tekshiruvidan oʻtish barcha ayollarga ham tavsiya etiladi. E) Skrining tekshiruvidan oʻtish nosogʻlom ayollarga ham tavsiya etiladi.

13-MAVZU: FARZAND TARBIYASI QACHONDAN BOSHLANADI?

REJA:

1. Farzand tarbiyasi haqida tushunchasi.

2. Farzand tarbiyasi qachondan boshlanadi?

3. Farzandni qanday tarbiyalash kerak?

Tayanch iboralar: Farzand tarbiyasi, nikoh, kelin-kuyov, ota-ona,

homila, kelajak avlod.

1. Farzand tarbiyasi haqida tushuncha.

Oila mustahkamligini ta’minlovchi omillardan biri farzandlardir. Turmush

qurishdan asosiy maqsad ham nasl davomiyligini ta’minlash, zurriyot qoldirish

va uning kamolini ko‘rishdan iborat. Oilada ulg‘ayadigan bolaning qanday inson

bo‘lib shakllanishi birinchi navbatda ota-onaga bog‘liq. Ular esa ishni, avvalo,

bolaga chiroyli tarbiya berishdan boshlamoqlari darkor. Zero, tarbiya barcha

hikmatlarning avvalidir.

Har bir inson o‘z farzandini dunyodagi eng namunali, ilmli va ma’naviyatli

bo‘lishini orzu qiladi. Shunga erishish yo‘llarini axtaradi. Bu yo‘lda to‘g‘anoq

bo‘lgan barcha to‘siqlarni yengib o‘tishga intiladi. Ammo ayrim oilalarda

bolaning risoladagidek inson bo‘lib yetishuvida tarbiya birinchi vosita ekani

e’tibordan chetda qoladi.

Inson aslida baxt va ezgulik uchun dunyoga keladi, shu orzu-umid bilan

yashaydi. Lekin bu bilan ish bitmaydi, u shu niyatiga yetishi uchun intilishi,

g‘ayrat ko‘rsatishi, yaxshilik ko‘rishi uchun yaxshilik qilishi lozim. Insonning

shakllanishida, hayotda o‘z o‘rnini topishida, el-yurt ichida izzat-hurmatga

sazovor bo‘lishida, yuksak axloq-odob qoidalarini o‘zida mujassam etishida oila

asosiy o‘rinni egallaydi. Oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini

ta’minlovchi shaxs shakllanadi, etnik madaniyat, urf-odatlar, axloqiy-milliy

qadriyatlar saqlanadi va rivojlantiriladi, jamiyat taraqqiyotini belgilovchi iqtisodiy

va ma’naviy hayot poydevori qo‘yiladi va mustahkamlanadi. Oila anil va totuv

bo‘lsa, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va

barqarorlik hukm suradi.

Oilada tarbiyaning negizlariga asos solinadi. U bolada shakllanishi lozim

bo‘lgan barcha insoniy mimosabat va fazilatlarni tarbiyalovchi hayot maktabi

hisoblanadi.

Ota-onaning o‘z farzandiga ta’sir etish imkoniyati boshqalarga nisbatan

ko‘p. Chunki ular bu vazifani ado etishda o‘zlaridagi bor mehrni ishga soladi.

Qolaversa, barkamol ota-ona farzandlarining ilmli bo‘lishi uchun muhit, sharoit

yaratib berishga intiladi, har qanday sharoitda ham vaqt ajratib, bolalarining

ta’lim-tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanadi. Oiladagi muhabbat, ishonch, o‘zaro

tushunish va g‘amxo‘rlik bolaning ochiq ko‘ngil va to‘g‘ri so‘z bo‘lib tarbiya

topishiga zamin bo‘ladi. Bolaning tabiati va ruhiyati ota-onalar o‘rtasidagi

munosabatlar asosida shakllanadi. Otasi rafiqasiga qanday munosabatda

bo‘lsa, o‘g‘il bola ayollarga shunday munosabatda bo‘ladi. Va aksincha qiz bola

o‘z onasining xatti harakatlarini takrorlaydi.

Bolaning ota-onada, ota-onaning bolada haqlari bo‘ladi. Har kim o‘z

haqlarini ado qilishi haq egasini ikrom qilish hisoblanadi. Bola ota-onasi

huzuridagi omonat bo‘lib, uning qalbi pokiza bir gavhardir. U har qanday

naqshni qabul qilaveradi. Agar yaxshilikka o‘rgatilsa, yaxshi, odobli bo‘lib

o‘sadi. Buning savobiga esa ota-onasi va ustoz-murabbiylari ham sherik

bo‘ladilar. Agar yomonlikka o‘rgatilsa, yomon, badxulq bo‘lib o‘sadi. Buning

gunohiga ota-onasi va murabbiylari ham sherik bo‘ladilar. Bolaning tarbiyasiga

mutasaddi kishi (ota-ona, valiy) uni turli yomonliklardan, axloqsizliklardan

saqlashi, unga munosib ta’lim-tarbiya berishi lozim. Unga yaxshi axloqlarni

o‘rgatishsin, uni yomon bolalar ta’siridan saqlashsin, o‘tkinchi, havoyi

lazzatlarga qiziqishga odatlantirishmasin, uni zebu ziynatga ruju’ qo‘yishga

qiziqtirishmasin. Toki, katta bo‘lganida zebu ziynat ortidan yurib, umrini zoye

qilmasin.

2. Farzand tarbiyasi qachondan boshlanadi?

Oilada farzand tarbiyasi u tug‘ilmasdan boshlanmog‘i zarur. Homilador

ayolning kayfiyati yaxshi, asablari sokin, iste’mol qiladigan taomlari bola

organizmi uchun foydali bo‘imog‘i zarur. O‘z vaqtida yumushlarini bajarib, dam

olib, sayr qilib, ovqatlanib, tug‘ilajak bola taqdirini o‘ylash uning vazifasi

hisoblanadi. Er-xotin, oilaning boshqa a’zolari o‘rtasidagi sog‘lom ma’naviy

muhit, xushmuomalalik, xursandchilik bolaning bexavotir, sog‘lom tug‘ilishiga

garov bo‘Iadi.

Farzandni tarbiyalash uchun eng avvalo bo‘lg‘usi ota-onalarning

o‘zlarini tarbiyalash, ya’ni ularni farzand tarbiyasi haqidagi bilimlar bilan

qurollantirib va yanada bilimlarini takomillashtirib borish orqali qobil

farzandlarni dunyoga keltirib, voyaga yetkazish kerak.

Xo‘sh, ota-onalar bola tarbiyasini qachondan boshlashlari zarur va

buning uchun nima qilishlari kerak? - degan savolga ko‘pchilik ota-onalar javob

berishga ikkilanib qolishadilar. Chunki dunyo o‘zgarmoqda, O‘zbekiston yangi

davr uchinchi renessans bosqichiga ko‘tarilmoqda. Bu o‘z o‘zidan farzandlar

tarbiyasiga qaysidir jihatdan ta’siri bo‘lishi tayin. Farzandni tarbiyalash uchun

eng avvalo bo‘lg‘usi ota-onalarning o‘zlarini tarbiyalash, ya’ni ularni farzand

tarbiyasi haqidagi bilim, ko‘nikma, malaka va bilimlar bilan qurollantirib hamda

yanada bilimlarini takomillashtirib borish orqali qobil farzandlarni dunyoga

keltirib, voyaga yetkazish kerak bo‘ladi.

Manbalarda keltirilishicha, bola tarbiyasi uch bosqichda amalga oshadi.

Birinchisi – turmush qurgunga qadar yigit va qizni oilaga tayyorlash hamda

munosib jufti halol tanlash, ikkinchisi – homila davridagi parvarish, uchinchisi – farzand dunyoga kelgan kundan boshlab beriladigan tarbiya.

Farzand tarbiyasining birinchi bosqichida turmush qurish arafasida

turgan bo‘lg‘usi kelin va kuyovlarni oilaviy turmushga tayyorlash masalalari

e’tiborga olinadi. Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar o‘zlari oilaviy turmush haqidagi

bilimlarni egallashi va o‘zlari ham tarbiyalangan bo‘lishlari bilan birga odobli va

salohiyatli juft tanlashlari muhimdir. Farzand tarbiyasidagi bu bosqich to‘g‘ri

asosda yo‘lga qo‘yilsa, keyingi jarayonlar ham ijobiy tomonga qarab ketishiga

zamin tayyorlanadi va bunda nikoh masalasining ahamiyati salmoqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasi 2-qismida:

“Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi”, - deb yozilgan. Nikoh orqali sha’riy yo‘l bilan juft bo‘lib yashashning bir qancha

foydasi bor. Nikoh axloqiy va jismoniy poklikni talab qiladi. Nikoh ahdi

insonlarga mas’uliyat yuklaydi. Chunki oilada erning ham, ayolning ham o‘z

vazifalari bor, ulardan har biri o‘z vazifasini to‘la ado etishga mas’uldir. Nikoh

tufayli ota-ona o‘zidan so‘ng zurriyod qoldirib, inson nasli davom etishiga sabab

bo‘ladi. Islom dinida musulmonlarni oila qurib, o‘zlaridan so‘ng zurriyod

qoldirishga bejiz targ‘ib etmaganlar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil

31-dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga

tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 820-sonli qarorida yoshlarni oilaviy

hayotga tayyorlash masalalari ta’kidlab o‘tilgan. Yoshlar, ya’ni qizlar va o‘g‘illar

18 yoshdan 30 yoshgacha nikohga o‘tib oila qurishlari maqsadga muvofiq,

buning uchun ular avvalo 18 yoshgacha oila qurishga tayyor bo‘lishlari,

amaldagi er-xotinning huquq va majburiyatlarini belgilaydigan huquqiy qoidalar

mazmunini o‘zlashtirib, ularga qat’iy rioya qilishlari lozim, shundagina bular

tuzgan oila mustahkam va barqaror bo‘ladi.

Pedagogik manbalarda shaxsni shaxs bo‘lib shakllanishida uchta

omilning ahamiyati muhim ekanligi keltiriladi. Birinchisi – atrof-muhit,

ikkinchisi – ta’lim va tarbiya va uchinchisi – irsiyat.

Sohibqiron Amir Temur ham o‘z davrida o‘g‘il uylantirish, kelin tanlash

hamda farzand tarbiyasini davlat siyosati darajasiga ko‘targanligi ham bejiz

emas. Oilaning mustahkam bo‘lishidagi asosiy mas’uliyat oila boshlig‘i

zimmasida, deb bilgan Sohibqiron: “O‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimni

uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat

yumushlari bilan teng ko‘rdim. Kelin bo‘lmishning nasl – nasabini, yetti pushtini

surishtirdim. Odamlar orqali salomatligini, jismoniy kamolotini aniqladim, odob

- axloqi, sog‘lom va baquvvatligi bilan barcha qusurlardan holi bo‘lsagina el-

yurtga katta tomosha berib, kelin tushirdim” - deydi.

Shuningdek, sarkardaning quyidagi so‘zlari yanada ibratli: “O‘g‘illarim,

nabiralarim va yaqinlarimga biron tomchi sharob ichib, xotinlariga

yaqinlashishni man etdim. Zero, sharobning ta’siri bunyodidan kelgan farzand

nasl-nasabning buzilishiga ta’sir etgay, debon shu pokiza yo‘lni tutdim”.

Demak, Amir Temur nafosatshunoslikni manbai pokizalik, tartib-intizom oila

kuch-qudratini yuksaltirib, jamiyatga poydevor bo‘lishini yaxshi bilgan.

Farzand tarbiyasining ikkinchi bosqichi onaning homilalik davri

hisoblanadi. Tarbiya homiladan boshlanadi. Homila yorug‘ dunyoga kelishidan

avvalo, ona uni o‘z vujudi bilangina emas, qalb tafti bilan ham boqadi,

ulg‘aytiradi hamda mehrga to‘yintiradi.

Farzand ota-onaning kelajagi, umidi, orzusi, boyligi, cheksiz quvonchi,

suyangan tog‘idir. Bo‘lajak ona esa farzandining sog‘lom, ko‘rkam, baquvvat

bo‘lishini butun vujudi bilan istaydi. Farzand hali yorug‘ dunyoga kelmasidanoq,

uni o‘z organizmi bilangina emas, qalb harorati bilan boqadi, mehrga

to‘yintiradi.

Farzand ko‘radigan ayolda shunday bir bebaho tuyg‘u, hissiyot paydo

bo‘ladiki, uni dunyodagi biron-bir narsa bilan taqqoslab bo‘lmaydi, bu Allohning

mo‘jizasi - onalik mehridir. Har bir ota-ona farzandining qobil, axloq-odobli

bo‘lib o‘sishini orzu qiladi. Oilada yaxshi tarbiya topgan farzand eng avvalo ota-

onasiga quloq soladi.

Onalar uchun moddiy va ma’naviy shart-sharoit yaratish. Tug‘ilajak

farzandni parvarishlash, tarbiyalashda zarur bo‘ladigan bilimlarni egallash

kerak. Buning uchun ajdodlarimiz yozib qoldirgan merosni va hozirgi davrda

yozilgan maxsus kitoblarni o‘qib o‘rganish, ijtimoiy shart-sharoitlar yaratish,

homilador ayol parvarishiga katta e’tibor berish, vitaminlarga boy ovqatlar yeb,

ovqatlanish madaniyatiga rioya etish, mutaxassis akusher-ginekologlardan

maslahatlar olib turish, tajribali doyalarni topish, ular bilan bog‘lanib turish, yosh

oilaning ota-onalari, aka-uka, opa-singillari, qarindosh-urug‘lari tushunib,

ularga g‘amxo‘rlik qilib hurmatlarini joyiga qo‘yishlari, oilada tinchlik,

osoyishtalik bo‘lishi, urush-janjal bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, uyni ozoda, pokiza,

tartibda tutish lozim.

Farzand tarbiyasida “Prenapadeya” – “oldingi” (tug‘riqdan oldingi holat,

ya’ni homilaning ona qornidagi tarbiyaviy davri degan ma’noni beradi.)

tushunchasi ham mavjud. Perenetal davr-ayollarning homiladorlik (fiziologik)

davri hisoblanadi. Urug‘lantirilgan kundan boshlab birinchi 8 hafta davomida

rivojlanayotgan jism “embrion” deb ataladi, bu “ichkarida rivojlanayotgan” –

degan ma’noni bildiradi. Bu davr embrion davri deb ataladi va tananing asosiy

tizimlarining shakllanish xususiyati bilan ajralib turadi.

8 haftadan so‘ng to homiladorlik vaqti tugagunga qadar rivojlanayotgan

jism “homila” deb ataladi, bu esa “kelajak avlod” ma’nosini anglatadi. Ushbu

homilalik davri deb ataladigan vaqtda tana kattalashaveradi va uning tasnifi

faoliyat ko‘rsatishni boshlaydi. Homiladorlik vaqti odamlarda odatda xomilador

bo‘lgan kundan boshlab yoki tug‘ilgunga qadar urug‘lantirilgan vaqtdan

hisoblanganda taxminan 38-40 hafta davom etadi.

Ilk turmush qurgan yosh kelin-kuyovlar solih farzand tilaydi. Muborak

Qur’oni Karim “Oli Imron” surasi 38-oyatida bunday deyiladi: “O‘sha joyda Zakariyo Rabbiga iltijo qilib, dedi: “Rabbim, menga (ham) o‘z huzuringdan pok zurriyot ato et! Darhaqiqat, Sen duoni eshitguvchidirsan”. Demak, yaratgan zot o‘z bandalariga qobil farzand, ya’ni

ertangi kun vorislarini O‘zidangina so‘rashni amr etmoqdalar.

Bu davrda onaga ham tashqi ham o‘zi tomonidan katta e’tibor qaratilishi

joizdir. Homiladorlik davrda ayolga moddiy-ma’naviy va psixologik sharoit talab

etiladi. Bola sog‘lom, ko‘rkam va baquvvat tug‘ilishi uchun onani barcha og‘ir

yumushlardan soqit qilish va asabiylashishdan juda ehtiyot qilish kerak. Ayol

ko‘p asabiylashib, majburiy zo‘ravonliklarga duchor qilinsa, bola asab

kasalliklari bilan dunyoga kelishi ko‘p bora isbotlangan. Demak, homilador

ayolni chiroyli, go‘zal va betakror hayotiy his-tuyg‘ular bilan siylasak, vujudida

katta bo‘layotgan tug‘ilajak farzandimizga insoniylikning asl manbalarini

singdirgan hamda uni ruhiy bosimlardan asragan bo‘lamiz.

Ona vujudida bola qanday tarbiyalanadi? Ayol o‘zini ma’naviy va

jismoniy tomondan avaylashi, ya’ni halol luqma yemog‘i, go‘zal narsalarga

qaramog‘i, yoqimli musiqa va so‘zlarni tinglamog‘i va muloyim bo‘lmog‘i,

to‘g‘riso‘zlikka jiddiy ahamiyatni qaratmog‘i zarur. Chunki homila onaning

vujudida uning barcha sifatlari va ruhiy olami bilan muloqotda bo‘ladi. Onadagi

barcha tuyg‘ularni his etadi, uning so‘zlarini tinglaydi.

Amerikalik olim Devid Chemberlen “Tug‘ilishga tayyorgarlik ko‘rish uchun bola bilan aloqada bo‘lish kerak. Ona tug‘ilmagan bolaga boshqa odamlar singari munosabatda bo‘lishi kerak. Farzandingiz muloqot qila oladi, u tashqi dunyoda yuz beradigan barcha muhim voqealarni o‘rganadi va eslaydi”- deydi.

Qadimgi davrlarda ham, ona homiladorlikdagi ko‘p vaqtni tabiat

go‘zalligidan bahra olgan, ular haqida o‘ylab, shirin hayollar og‘ushida

mulohaza yuritgan. Homilador onaga raqslar o‘rgatilgan, u rasm chizgan,

musiqa ohanglaridan zavqlangan. Hatto zamonaviy buvilarimiz ham go‘zal

narsaga tez-tez qarashga maslahat berishadi. Go‘zallikdan rohatlangan

ayoldan bolaga barcha ijobiy hislatlar o‘tgan.

Qadimgi Xitoyda ayol homiladorligining dastlabki oylarida kelajakdagi ota

bo‘lajak farzand bilan uchrashish marosimidan o‘tishi kerak edi. U o‘zini o‘zi

bilan tanishtirdi, o‘zi, kasbi, hayotga bo‘lgan qarashlari haqida gapirdi.

Bu jarayonda otaning muhim roli haqida quyidagi fikrlarni keltirish

mumkin:

- bolaning jismoniy tug‘ilish soatini kutmang, u allaqachon mavjud, u

siznikidir;

- uni yaxshi ko‘ring va homiysi bo‘ling homila bilan muloqot qilish uchun

vaqtni ayamang;

- u bilan gaplashing va tug‘ilgandan keyin u sizni deyarli darhol taniy

boshlaydi;

- onalikka tayyorlanayotgan rafiqangizga mehr va e’tibor bilan

munosabatda bo‘ling, chunki uning tashvishlari va hafaliklari farzandingizning

jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga ta’sir qiladi.

Farzand tarbiyasida ma’rifatparvar Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston

yohud axloq” kitobida bunday keltiradi: “Alloh taolo insonlarni asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi bilan yomonni, foyda bilan zararni, oq bilan qorani ajratadigan qilib yaratgan. Lekin insondagi bu qobiliyatni kamolga yetkazish tarbiya bilan bo‘lur. Qush uyasida ko‘rganini qilar”.

Chunonchi, insonning dunyoqarashi, ma’naviy - axloqiy va aqliy

hislatlarini uning olgan tarbiyasi, yashagan muhiti belgilaydi, deb hisoblanadi.

Agar, odam to‘g‘ri tarbiyalanib, odamiylik hislatlarini o‘zida mujassam etgan

bo‘lsa, bu uning eng qimmatli boyligi va baxti bo‘lsa, noto‘g‘ri tarbiya esa

odamni baxtsizlikka, hatto halokatga yetaklashi mumkin. Aslida, maktab

tarbiyasidan ham avval oila tarbiyasiga katta e’tibor qaratiladi. Nima uchun?

Chunki oilada farzand tarbiyasiga qo‘yilgan ta’mal toshi to‘g‘ri qo‘yilsa, maktab

ta’limi uchun ham katta tayanchdir, aksincha, oilada ilk tarbiya talab darajasida

olib borilmasa, maktabdagi ta’lim-tarbiya ishi o‘zining kutilgan natijasini

bermaydi.

Farzand tarbiyasining uchinchi bosqichida farzand dunyoga kelgan

kundan boshlab beriladigan tarbiya “parvarish davri” ham deyiladi. Farzandni

parvarish qilish uchun yosh onaga birinchi kunlari tajribali doya-hamshira

yordam berib turishi zarur, moddiy sharoit bo‘lsa 1-2 oy yosh onaga malakali

hamshira uyda ham yordam berib tursa ma’qul bo‘ladi, aqiqa, chiroyli, ma’noli

ism qo‘yish, farzandni yoshiga qarab, bosqichma-bosqich tarbiyalab borish,

bolaga yoshligidan kitobga ixlosmandlikni o‘rgatish, qiziqarli kitoblarni, ayniqsa,

o‘zbek xalq ertaklarini o‘qib berish, o‘qib berilgan ertakni qanday tushunganini

so‘rash, ertak bo‘yicha qisqa savollar berish va bolani shu savolga javob

berishga asta-sekinlik bilan shoshmasdan o‘rgatish, ota-ona har kungi odat

bo‘yicha sabr-toqat, diqqat, hurmat, mehribonlik, talabchanlik bilan

farzandlarga munosabatda bo‘lishlari, oilada turli mavzularda farzandlari bilan

suhbatlashish, axloq-odobni o‘rgatish, ilm berish, hunar o‘rgatish, mustaqil

fikrlashga o‘rgatish, go‘daklikdan tozalikka o‘rgatish zarur.

Bu boradagi muhim vazifalardan yana biri bolani chaqaloqlik davridan

boshlaboq mustaqillikka o‘rgatishdir. Chunki bolaning bilimga bo‘lgan

havasining qaror topishida eng mas’uliyatli davr uning uch yoshgacha bo‘lgan

vaqti ekani isbotlangan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun turli

o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularni maktabda

tayyorlaydi. Shuning uchun bolalarning o‘z tengdoshlari bilan o‘yinlarida ularga

mumkin qadar ko‘proq mustaqillik bergan ma’qul. Bolani boshlang‘ich

maktabda o‘qitish davrida eng zarur narsa unda mustaqil o‘z ustida ishlash va

dars tayyorlash malakasini tarkib toptirishdir. Afsuski, ko‘p ota-onalar

farzandining hisob masalalarini yechib beradilar va hokazo. Xullas, bolani

qiyinchiliklarni mustaqil yengishga o‘rgatmaydilar. Natijada ular yuqoriroq

sinflarda o‘qiyotganda shunday qiyinchiliklarga duch keladilarki, buni o‘zlari

mustaqil bartaraf qila olmaydilar.

Shoir va ma’rifatparvar Abay Qunanbayev (1845-1904) o‘z asarlarida,

o‘git-nasihatlarida ta’lim-tarbiya masalalariga katta e’tibor qaratgan. Abay

yettinchi so‘zida: “Bola onadan tug‘ilganda ikki turli odat bilan tug‘iladi. Biri –

yesam, ichsam, uxlasam demoqlikdir, albatta; shuningdek, bular tanning sihat-

salomatligi uchun zarur hamdir; bular bo‘lmasa – tanda jon ham bo‘lmaydi,

o‘smaydi ham, quvvatga ham kirmaydi. Ikkinchisi – ko‘rsam, bilsam

demoqlikdir. Bola yoshligida nimani ko‘rsa – shunga talpinadi, yalt-yult etib

qaraydi, ko‘rgan narsasini qo‘li bilan ushlab, yuzi-ko‘ziga yaqin olib borib

suykagisi, og‘ziga solib tishlagisi keladi. Karnay-surnay ovozini eshitsa – yon-

atrofiga alanglab qaraydigan bo‘ladi. Sal kattaroq bo‘lganidan keyin esa, it

hursa ham, qo‘y ma’rasa ham, birov kelsa ham, yig‘lasa ham o‘rnidan turib,

yugurib chiqib qaraydigan va: “U nima?”, “Bu nima?”, “U nega unday qildi?”,

“Bu nega bunday qildi?” deb ko‘zi ko‘rgan, qulog‘i eshitgan narsalarni

so‘raydigan bo‘ladi – hech tin topmaydi. Bularning hammasi – ko‘rsam ekan,

bilsam ekan, o‘rgansam ekan, degan tabiiy qiziqish alomatidir, albatta”11.

Ikki yoshgacha mutaxassislarning ta’kidlashicha, onalar bu davrda bola

parvarishida quyidagi tavsiyalarga amal qilsalar foydadan holi bo‘lmaydi:

- Bolani ko‘krak suti bilan boqish uning har tomonlama mukammal o‘sishi,

sog‘lom bo‘lishi, immunitetining ortishiga yordam beradi.

- Bolaga kasallik yuqishidan qo‘rqish tabiiy, biroq, shuni unutmangki,

gripp havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi, emizish bilan emas. Bolani

emizayotganda yuzingizda 5-6 qavat doka tutilgan bo‘lishi kerak.

- Bolani to‘g‘ri ovqatlantirishi kerak. Ilik yoki issiq kunlarga bolaga ko‘proq

suv berish lozim.

- Shirin suyuqliklar chanqoqni yaxshi qondirmaydi. Bolani ilk yoshidanoq

shirin ta’mga o‘rgatib qo‘yasiz. Oshqozon osti beziga bosim tushib, diabetga

moyillik ko‘rsatkichini oshirasiz.

- Bola uchun eng foydali ichimlik - qaynatilgan shakarsiz suv. Suv o‘rniga

turli meva kompotlarini berishingiz mumkin.

11 Абай. Танланган асарлар. -Т.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти.1995.,58б.

- So‘rg‘ich bola tug‘ilganidan boshlab, ilk oylarda so‘rishga ehtiyoj kuchli

bo‘lgan paytlarda juda kerak. Aks holda, u barmog‘ini, lablarini, tagliklar

chetlarini, qalam uchlarini so‘rishni boshlaydi.

- Odatda, emizikli bolalar uchun kukun-dorilar beriladi. Ba’zi vositalar sut

bilan ichirilsa, ta’sir kuchi yo‘qoladi, boshqalarini sutsiz ichirib bo‘lmaydi.

- Bola yig‘laganda, injiqlik qilganida, qo‘rqqanida yoki o‘ta xursand

bo‘lganida terlaydi. Sog‘lom, emizikli bola esa issiq sharoitda ham deyarli

terlamaydi.

- Bolani ob-havoga mos kiyintirgan bo‘lsangiz, issiqlashi ehtimoldan

yiroq. Lekin uning ko‘ylakchalari besabab ho‘l bo‘lsa, unga e’tiborliroq bo‘ling.

- Doimiy notabiiy nur bola organizmida bioritmlarni nazorat qiluvchi va

tetiklikni saqlovchi melatonin gormoni faoliyatini susaytiradi. Natijada, biologik

davomiyligi buzilib, bola o‘zini yomon his qila boshlaydi, kunduzi injiqlanadi,

tunda yaxshi uxlolmaydi.

- Amerikalik pediatrlar har 16 ta boladan bittasida bosh suyagi

deformatsiyasini aniqlashdi. Buning sababi, ular uzoq vaqt bir tomonga qarab

yotganligidan yoki D vitamini tanqisligidan aziyat chekadi. Bolaga ushbu

qimmatli vitaminni yetkazib berishni unutmang.

- Har qanday holatda ham bola terisiga me’yordan ortiq yog‘ yoki krem

surmang, ular me’yorda surilgach, bolani tagliklarga o‘rab-chirmab

tashlamang, yog‘ yoki krem ma’lum muddat ichida teriga so‘rilishi lozim. Aks

holda, so‘rilmagan massa taglik teshikchalarini to‘sib qo‘yadi va uning namlikni

tutish xususiyatiga putur yetadi, teri muammolari ham kuchayadi.

- Faqat shirin so‘zlar, chiroyli muomala va erkalashlar orqali tarbiya

qilinadi.

Besh yoshgacha farzand atrofni kuzatadi, aksariyat ma’lumotni shu

davrda oladi. Bu davrda ota-ona amaliy tomondan bolaga namuna bo‘lishlari,

oilada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishlari talab etiladi. Bolaga

yoshligidan kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ayniqsa, o‘zbek xalq

ertaklarini o‘qib berish, 3-4 yoshga kirganda o‘qib berilgan ertakni tushunganini

o‘zidan so‘rash lozim. Keyin o‘qib berilgan ertaklar bo‘yicha bolaga oddiy

savollar berish va uning javob berishiga shoshiltirmaslik kerak. Bolani savolga

bergan har bir javobi uchun maqtab, rag‘batlantirib turish olgan

tushunchalarining xotirasida doimiy muhirlanib qolishga katta imkoniyat beradi.

O‘n yoshgacha bolalar muvozanatli hayotni tez idrok etuvchi,

ishonuvchan, ota-onalariga itoatli, tashqi qiyofa haqida ko‘p e’tiborsiz

bo‘lganligi bois bu oltin yosh hisoblanadi. Bu davrda esa me’yorida qattiqqo‘llik

va intizom talab etiladi. Bola oq-qorani, yaxshi-yomonni ayni shu davrda farqiga

bora boshlaydi. Bu davrda farzandga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatilishi, yaxshi, sadoqatli

do‘stlarga hamroh qilinishi bola biz ko‘zlagan barcha talablarga javob

beradigan odobli, yaxshi inson bo‘ladi. O‘n besh yoshgacha bolalar tafakkurida mustaqil fikrlash boshlanadi,

o‘zim bilaman degan tushuncha paydo bo‘ladi, organizmida fiziologik

o‘zgarishlar yuz beradi, xulq-atvorida qaysidir ma’noda salbiy illatlar namoyon

bo‘la boshlaydi, kayfiyati tez o‘zgaradi, ota-onalariga nisbatan norozilik

bildiruvchi, tez jazavaga tushuvchi va o‘z o‘rnida dunyoga nisbatan ijobiy

munosabat shakllanadi. Ularda did, farosat, o‘zini jamoa orasida tutish, aqllilik,

hazil-mutoyibaga moyillik, chidamlilik, tashabbuskorlik, tashqi qiyofa va

qarama-qarshi jinsdagilarga e’tibori orta boshlaydi.

O‘smir o‘zining ichki dunyosiga e’tiborliligi ortadi, tanqidlarga nisbatan

ta’sirlanuvchan, ota-onasiga “Sizning dunyoqarashingiz boshqacha, unday

emas, bunday bo‘ladi”-degan tanqidiy munosabatlar bildiruvchan hamda do‘st

tanlovchi bo‘ladi. Shuningdek bu davrda voqea-hodisalardan o‘ta darajada

to‘lqinlanish va hayojonlanishi ortadi. Shijoatli, xushmuomila, o‘ziga ishonchi

ortadi, atrofdagi insonlarga e’tibori ortadi va nisbiy farqni ajrata boshlaydi.

O‘n sakkiz yoshgacha o‘spirinlik ularda muvozanatlashuv, hayotdan

quvonish, ichki mustaqillik, emotsional barqarorlik, muomalaga moyillik,

kelajakka intiluvchanlik ortadi. Bu davrda farzand do‘stimiz, suhbatdoshimiz,

ta’bir joiz bo‘lsa sirdoshimiz bo‘lishi kerak. Bola ota-onadan tortinmasligi, balki

do‘sti sifatida yaqinlashmog‘i lozim.

Bu farzandimizni qay darajada tarbiya qilganimizning natijasi o‘laroq farzand hayotining keyingi bosqichini belgilab beradi va bu borada donishmandlarning ta’kidlashicha:

Agar bola tanqidiy ruhda yashasa, u ayblashni o‘rganadi. Agar bola adovat bilan yashasa, u urishishni o‘rganadi. Agar bola qo‘rquvda yashasa, u qo‘rqoqlikni o‘rganadi. Agar bola afsusda yashasa, u afsuslanishni o‘rganadi. Agar bolaning ustidan ko‘p kulishsa, uyatchan bo‘lishni o‘rganadi. Agar bola qiziqish bilan yashasa, u havas qilishni o‘rganadi. Agar bola uyat bilan yashasa, u aybdorlik hissini o‘rganadi. Agar bola qo‘llab-quvvatlash bilan yashasa, u o‘ziga ishonishni

o‘rganadi. Agar bola bag‘rikenglikda yashasa, u sabrli bo‘lishni o‘rganadi. Agar bola maqtov bilan yashasa, u qadrlashni o‘rganadi. Agar bola tan olish bilan yashasa, sevishni o‘rganadi. Agar bola rostgo‘ylik va adolatda yashasa, u haqiqat va adolat

nimaligini o‘rganadi. Agar bola xavfsizlikda yashasa, u o‘ziga va

atrofidagilarga ishonadi. Agar bola do‘stlik bilan yashasa, u yer yuzi yashash uchun ajoyib

joy ekanligini anglaydi. Agar siz osoyishtalik bilan yashasangiz, sizning farzandingiz ham

osoyishtalikda yashaydi.

Kelajak avlod yetuk va komil inson bo‘lib shakllanishi uchun kitob

mutoalasi uchun hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rganishi uchun

barcha zarur shart-sharoitlarni tashkil qilish, ota-ona bolada estetik tarbiya,

go‘zal manzaralardan zavq olish hissini shakllantirish uchun tabiatdagi

manzarali joylarga, muzeylarga olib borishi orqali qalbiga go‘zallik his-

tuyg‘usini singdirishi muhimdir.

3. Farzandni qanday tarbiyalash kerak? Aytish joizki, agar ota-onalar o‘zlari baxtli bo‘lishmasa, hayotdan

minnatdor bo‘lgan bolani tarbiyalay olishmaydi.

Ko‘pchilik ota-onalar muammolar faqat farzandlarida deb, o‘zlarini esa

begunoh sanashadi.

Keyin esa bir xil vaziyatda bir-biriga zid ikki xil shaxs shakllanayotganidan

nolishadi: biri – muvaffaqiyatli va o‘ziga ishonadigan, boshqasi esa aksincha

komplekslarga to‘la, “ichimdagini top” va agressiv. Axir bu kimgadir e’tibor va

muhabbat berilmagani, biroq bu faktni nazardan chetda qoldirilganini namoyish

etuvchi fakt-ku.

Bolani ovqatlantirish, kiyintirishning o‘zi yetarli emas. Bu g‘amxo‘rlik xolos, tarbiya emas. Afsuski, ko‘pchilik ota-onalar buni

yetarli sanaydilar.

Nima eksang – shuni o‘rasan. Farzandimiz qariganimizda biz unga bolaligida qanday munosabatda

bo‘lsak xuddi shunday munosabat bildiradi.

Maktab ta’limi standart fanlarni o‘rganish bilan cheklanmasligi lozim.

Bolalar nazariyani yodlagandan ko‘ra amaliyotda va katta hayotda

amalga oshirishi mumkin bo‘lgan bilimlarni olishi muhimroq. Masalan,

mas’uliyatlilik, qat’iylik, kelisha olish va o‘zgalarning vaqtini qadrlashni

o‘rganish.

Bolaning yomon baho haqidagi kuchli xavotiri ota-onaning bahoga bo‘lgan munosabatinigina aks ettiradi.

Agar ota-onalar bolaning o‘qish, sportdagi muvaffaqiyatsizliklariga

xotirjam munosabat bildirsa, bolalar ham xatolarini xuddi shunday qabul qiladi.

Ular ham xotirjam, o‘zlariga ishonadi, oson ta’lim olib, muvaffaqiyatli odamga

aylanadi.

Bolani xarakteri uchun emas, xatti-harakati uchun jazolash kerak. Agar farzandingiz siz so‘ragan ishni bajarmasa, ovozingizning boricha

baqirib, vaziyatga fojia tusini bermaslik kerak: “Sen kimga o‘xshayapsan?!”

Buning o‘rniga bolaga uning aybi nima ekanini tinchgina tushuntirish, planshet

yoki kompyuter kabi mukofotidan mahrum etish lozim. Ana shunda bolalar o‘z

xatti-harakatlari uchun mas’ul bo‘lishni o‘rganadilar.

Shuningdek, ovqatlanayotganda bolani: “Shovqin qilma!” deb ming marta

ogohlantirish mumkin. Ammo bolaga tanbeh bergach, yarim soat o‘tar - o‘tmas,

ayol eriga baland ovozda gapirsa yoki qattiqroq kulsa, bola yuqoridagi tanbehni

qulog‘ig‘a ilmay qo‘ya qoladi. Shuning uchun aytilganlarga avvalo tarbiya

beruvchining amal qilishi yoki buni bolaga amalda bajarib ko‘rsatishi kerak.

Bolalikda bola so‘zlar olamiga nisbatan taassurotlar olamida ko‘proq yashaydi,

u hali o‘zicha mustaqil o‘ylay olmaydi, balki nusxa oladi. Shuning uchun

kichkina bola bor uyda kishi uning va o‘zining harakatlarini nazorat qilishi

kerak.

Ota-onalarning bolalar oldida o‘z munosabatlari haqida tortishib

ketishidan ularning bolalar oldidagi mas’uliyatsizligi, xudbinligi anglashiladi.

Ularning bu nizolari bolalar ruhiyatiga salbiy ta’sir etadi. Bola onaning

parvarishi va mehriga ehtiyoj sezadi. Shu bilan otaning ham bolaga e’tibori

zarur bo‘ladi. To‘g‘ri, hech qanday narsa ota-ona o‘rnini, uning mehrini

berolmaydi. Lekin boladagi ba’zi jismoniy xususiyatlar erkaklar yordamidagina

shakllanadi. Bolaning jismonan sog‘lom bo‘lishida ularni to‘g‘ri ovqatlantirish

muhim o‘rin tutadi. Bolaga mutlaqo alkogolli ichimliklar, qahva, choy, ko‘p

go‘sht berib bo‘lmaydi. Bolani toza havoda sayr qildirish, badantarbiya bilan

shug‘ullantirish kerak.

Bolaga beriladigan asosiy ruhiy tarbiya aql va nutqdir. Aqlning paydo

bo‘lishi uchun uni zeriktirmaydigan tabiat va san’at bilan tanishtirish, har

qanday xunuk va qo‘pol narsalardan qochish kerak. Chunki bu davrda bola

taassurotlari chuqur va o‘chmas bo‘ladi. Bola bilan aniq va toza tilda gaplashish

kerak. Bu uning tili soqovlanmasdan ravon chiqishi va so‘zlarni aniq-tiniq

ishlatishiga ko‘mak beradi.

Bolaga ertak aytib berish juda zarur. Hech bir narsa bola aqli va tasavvuri,

hayolotini ertakchalik boyitmaydi. Bolalik keyingi murakkab hayot uchun

tayyorgarlikkina emas, bolalik quvonchini yashab o‘tish davridir. Bolalik go‘zal

bo‘lish bilan birga, kelgusi hayotida bir umrga tatigulik jonli xotiralarga ega

bo‘lishi lozim. Barcha bolalar kichikligidayoq o‘zini tutish qoidalarini o‘rganib

borishi kerak. Birinchidan, bolaning taqiqlarga ergashishi uchun avvalo, uning

sabablarini tushuntirish kerak. Bolaga to‘g‘ri so‘z bilan unga har qanday

jarayonni tushunadigan qilib yetkazish kerak. Hech bir holatda bolaga zolimlik

bilan munosabatda bo‘lmang yoki nimanidir bajarishni xohlamaganingiz

uchungina taqiqlamang. Bolaga rostini aytishdan yoki biror narsaga iqror

bo‘lishdan qo‘rqmang, zero, bu bola bilan sizning o‘rtangizdagi ishonchning

mustahkamlanishiga yordam beradi. Bolalarga kattalar gaplashayotganda

ularning gapini bo‘lish mumkin emasligini tushuntiring. Ularni boshqalar bilan

xushmuomala bo‘lishga, dasturxon atrofida o‘zini to‘g‘ri tutishga o‘rgating.

Bolalar stolda to‘g‘ri o‘tirsin. Nojo‘ya harakat qilmasligi, stolda tirsakka suyanib

o‘tirmasligi kerak, bu boshqalarga xalaqit beradi.

Stulni tebratmasligi, dasturxonni o‘ynamasligi lozim. Stuldan yiqilib

tushishi, dasturxonni tortib yuborishi natijasida barcha anjomlarni tushirib

yuborishi, issiq ovqat o‘zi yoki boshqalarning ustiga to‘kilib ketishi

mumkin. Bolalar dasturhon atrofida o‘zini qanday tutishni qancha erta

o‘rgansa, buni shuncha beixtiyor, yengil va erkin bajaradi. Qoshiq - bolaga

beriladigan birinchi anjom. Unga tutqichning pastrog‘idan o‘ng ko‘lning uch

barmog‘i bilan ushlash kerakligini ko‘rsating. Qoshiq butunlay og‘izga kirib

ketmasligi, shu bilan birga qoshikdagi ovqatni oxirigacha yeyish kerakligini

tushuntiring.

To‘rt yoshli bola sanchqidan to‘g‘ri foydalanishni bilishi kerak. Avvalo

unga sanchqini o‘ng qo‘lning uch barmog‘ida qanday tutish kerakligi ko‘rsating.

Yegulikni kesayotganda sanchqini chap qo‘lda qanday qulay tutish

mumkinligini ham ko‘rsating. Shuningdek, sanchqini likopchaga olib

borayotganda perpendikulyar emas, qiya qilib tutishni o‘rgating. Shunda

sanchqi sirg‘alib tushib ketmaydi va ovqat stol, ko‘ylakka to‘kilmaydi. Yumshoq

ovqatlarni sanchqi bilan kesib emas, o‘zining taqsimchasiga ajratib olishi

mumkinligini ham aytishni unutmang. Pichoqsiz, sanchqining o‘zi bilan qiymali

kotlet, teftel, qaynatib pishirilgan sabzavotlar va baliq yeyiladi.

Likopchadagi hamma yegulikni birvarakayiga kesib qo‘yilsa, u tezda

sovib qoladi va yoqimsiz ko‘rinish kasb etadi, shuning uchun ovqatning bir

bo‘lagini yeb bo‘lgandan so‘ng, keyingisini kesgan ma’qul. Pichoqni og‘ziga olib

borishiga yo‘l qo‘ymang, tili yoki labini kesib olishi mumkin. Agar ovqatning

qoldig‘i qolsa, tishni tozalash uchun tishkavlagichdan boshqa hech narsa bilan

tozalab bo‘lmasligini ayting. Ammo buni stol yoki dasturxon atrofida amalga

oshirmasligi kerak. Yaxshisi, bolani ovqatlanganidan so‘ng ichiladigan soda

solib eritilgan issiq suvda og‘zini chayishga o‘rgating. Pichoq bilan kesib

yeyiladigan ovqatlarni yeyishda, sanchqini chap qo‘lda ushlab, kesish o‘ng‘ay

bo‘lishi uchun pichoqni o‘ng qo‘lda tutish kerak. Agar faqat sanchqi bilan

yeyilsa, sanchqi o‘ng qo‘lda bo‘ladi.

Bola suyuq ovqatlarni qoshiqda, tuxumlar, dimlab pishirilgan, suvda

pishirilgan sabzavotlarning sanchqida yeyilishini bilishi kerak. Foydalanilgan

anjomlar stolning ustiga emas, o‘zining likopchasida yoki maxsus tagliklarga

qo‘yiladi. Umumiy qo‘yilgan ovqatdan o‘z likopchasiga olayotganda o‘zi

foydalanayotgan anjomlar bilan olish mumkin emas. Umumiy nonni o‘zining

pichog‘i bilan kesish ham yaramaydi. Shu arzimasdek tuyulgan holat ham

oddiy va hammaga tushunarli bo‘lgan gigiyena talablariga amal qilishni

ko‘rsatadi. Bola ovqatni shoshmasdan, chalpillatmasdan, sekin-asta chaynab

yeyishi kerak. Agar buning aksi bo‘lsa, bu odat xunuk va shovqinli ko‘rinadi,

o‘zi va boshqalarga noqulaylik tug‘diradi.

Bolani o‘zini yaxshi tutishga o‘rgatish uchun anchagina urinish va chidam

bilan harakat qilish kerak bo‘ladi. Bola batartib va to‘g‘ri ovqatlanishni

o‘rganmagunicha, undan hadeb ayb topavermang va doimo uni tanqid

qilavermang, aks holda uning qo‘pol harakatlari yanada ko‘payishi mumkin.

Uning xatolarini xushmuomalalik bilan tushuntiring va uni to‘g‘rilashiga sabr

bilan yordam bering. Vaqti kelib, u hammasini o‘rganadi. Ba’zida bola bayram

yoki ziyofat dasturxonida uzoq o‘tirganida toliqib, zerikadi va injiqlik qila

boshlaydi. Bunday holatda uni koyimang, ayniqsa bola ancha kichkina bo‘lsa.

Jahlingiz chiqayotganini bildirmang, chunki bolalar odamlardagi qo‘pollikka

juda ta’sirchan bo‘ladi. Bunday holatda siz kichkintoyingizni hafa qilib qo‘yasiz.

Bolani jazolash mumkinmi? Bendjamin Spok fikricha, jazolash

tarbiyalash uslubi emas. Jazolash yo‘li bilan yomon xulq-atvorni to‘g‘rilab yoki

o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ota-onalar bolani jazolashi emas, bola nima uchun gapga

kirmayotganini, u boshqalardan nimani xohlayotganining sababini so‘rang va

tushuntiring. Bola erkalik qilishni boshlasa, uning chegaradan chiqib ketishiga

yo‘l qo‘ymang. Bolani boshqa kishilar oldida jazolamang. Umuman, bolani

jazolash uni kamsitadi, ayniqsa, ko‘chada, mehmonlarning oldida jazolash ikki

karra bola nafsoniyatiga tegadi. Bolani o‘zining oldida maqtab yuborish xam

yaxshi emas. Ota-onalarga xos g‘ypyp tezda bolalarga singadi. Bolalarning

ortiqcha maqtashlariga o‘rganib qolishi ularni takabbur va xudbin qilib qo‘yadi.

Bolani ancha kichkinaligidayoq tartib-intizomga, shaxsiy gigiyenaga, o‘z

xonasini va kiyimlarini toza tutishga o‘rgatish kerak. Uyda tartiblilik va

shinamlik, ozodalik hukm sursa, bolalarga tozalik va tartib-intizomga bo‘lgan

mehr beixtiyor singib boradi. Katta bo‘lganlarida ona uyida olgan tartibni saqlab

qoladi. Bola kiyimlarining nafaqat chiroyliligi, balki ozodaligi haqida ham

kayg‘urishni o‘rgansin. Bolaning yaxshi tarbiya topganini anglatuvchi eng

yaxshi ko‘rsatkich atrofdagilarga, o‘zidan kattalarga, ota-onasiga

ko‘rsatayotgan hurmatdir.

Maktab bolani bilimli bo‘lishi bilan birga odobga ham o‘rgatib borishi

kerak. Bola maktabga olti-yetti yoshligida boradi. Shunday ekan, u hayotidagi

eng muhim, birinchi hayotga munosabat davrini uyida o‘tkazadi. Boshlang‘ich

ma’lumot, ya’ni poydevor aynan ilk bolalikda o‘rnatiladi, bu vaqtda yosh qalb

hali toza, yangi va buzilmagan bo‘ladi, bola ishonchi agar u sevimli odami bilan

bog‘liq bo‘lsa, oson bo‘ysunadi, keyinchalik ular mustahkam odatga aylanadi.

Maktab ta’limi boshlanganda oilaviy tarbiya to‘xtatib qo‘yilmaydi. Ular

parallel kechishi va bir-birini to‘ldirib borishi kerak. Maktabdagi ta’lim bir necha

soat davom etadi, uydagi tarbiya esa uzluksiz ravishda kechadi. Bu haqda Jan

Pol shunday degan: “Maktab faqat o‘qitishi mumkin, oila esa tarbiyalaydi, o‘qib-o‘rganish to‘xtatilishi mumkin, tarbiya esa hamisha va to‘xtovsiz davom etishi shart”. Maktabgacha va maktab davrida bolaning birinchi

maslahatguyi va ruhiy rahbari ota bo‘lishi kerak. Shundagina ota uning haqiqiy

otasi hisoblanadi, chunki u bolaning jismoniy va moddiy hayotida, ruhiy

tarbiyasida ham o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Qizaloqlar uchun ham ota tarbiyachidir.

Ayollarga xos tarbiyani faqat onagina berishi mumkin. Ammo ota tarbiyasi ham

hech qanday ortiqchalik qilmaydi. Ota - erkak - tarbiyadagi qonun vakili, ona -

ayol - fe’l-atvor vakili. Ayniqsa, ota-onalar o‘spirinlikning o‘zgarish davrida aql

bilan ish tutishlari kerak. Hech qachon o‘spirin sha’niga qarata asossiz tanqid

yoki piching qila ko‘rmang.

Ota-onalar va o‘spirin bolalar o‘rtasidagi munosabat oila etiketi qoidalari

asosida ko‘rilishi lozim bo‘ladi. Birinchidan, ulg‘ayib qolgan inson tushunishi

kerakki, ota-onalar uning taqdiridan qayg‘uradilar. Ota-onalar o‘spirinning

shaxsiy hayotini boshqarish yoki qiziqish yuzasidan aralashmaydilar. O‘z

navbatida ota-onalar ham sabrsizlik, qo‘pollik, gumonsirash - bola, ayniqsa,

o‘spirin bilan munosabatdagi ma’qul yo‘l emasligini tushunsin. O‘spirinlar bilan

xotirjam va vazmin, hech bir holatda uning taxminlarini xaqoratlamasdan

gaplashish kerak. Bola balog‘atga yetganda boshqa muammolar tug‘ila

boshlaydi. Masalan, pul masalasida, ko‘pgina pedagoglarning fikricha,

boladagi pul miqdori uni nimaga sarflashiga bog‘lik bo‘lishi kerak. Siz bergan

pul uning tengdoshlaridagi pul miqdoridan bola tengqurlari orasida ajraladigan

darajada oshib ketmasin. Buning uchun bolaga pulni aql bilan, imkon va

zarurligiga ko‘ra sarflashga o‘rgatish kerak.

Bolaga pulni har kuni emas, haftasiga berib ko‘ring. Bola buni bir

martadayoq sarflab qo‘yadi, deb tashvishlanmang. Bola o‘z harajatlarini

haftaga yetadigan qilib rejalashtirib olishi kerakligini tezda anglab yetadi. Bu

nasihatdan ko‘ra o‘zi mustaqil o‘rgangani yaxshi ekanligini ko‘rsatadi. Bola

balog‘atga yetganda ota o‘g‘ilga, ona qiziga balog‘at davrining o‘ziga xos

jihatlari, gigiyenasi va jinsiy aloqa haqida to‘g‘ri tushuncha beradi. Chunki, bola

bu haqdagi bilimni kino, internet va bo‘lmag‘ur kitoblardan o‘zlashtirmasligi,

dunyoqarashida buzilish ro‘y bermasligi kerak. Va yana muhimi, bolaning bu

davrda o‘zga jins vakiliga bo‘lgan qiziqishi ortib boradi. Ota-ona esa bu vaqtda

unga kelgusi hayotida baxtli va ahil yashashi, oila qurishi uchun yaxshi juftni

tanlay olishi kerakligini aytsin. Ba’zida ish bilan band bo‘lishingiz mumkin.

Ammo har qanday ish sharoitida ham farzandingizga vaqt ajratishning

uddasidan chiqing. Ishxonadan turib uyga qilingan bir zumlik qo‘ng‘iroq ham bu

ota-onaning farzand tarbiyasi bilan bog‘liq munosabatida muhim o‘rin tutadi.

Eng muhimi esa, bu holatlar ota-onada ham, farzandda ham oilaga tegishlilik

hissini kuchaytiradi va mehr rishtalari mustahkamlanishiga ko‘maklashadi.

👉👉 Topshiriq. “Tarbiyadagi kichkina xato keyinchalik katta

jinoyatga olib kelishi mumkin!” o‘qing va xulosa chiqaring. Kunlardan bir kun Botir o‘ynab yurganida qo‘shnisining tovug‘i ularning

pichanxonasiga tuxum qo‘yib yurganligini bilib qoldi. Yugurib borib yig‘ilib

qolgan tuxumlarni oldi-da, oyisiga olib borib ko‘rsatdi. Oyisi: Mayli, qo‘yaver,

qo‘shnimiz bilib o‘tiribdimi tovuqlarining qaerga tuhum qo‘yib yurganligini.

Qaytanga yaxshi bo‘pti. Bilib qolgunlaricha har kuni o‘zinga bittadan pishirib

beraman, - debdi. Shu ko‘yi Botir har kuni tovuqni poylaydigan, tuxumlarini

oyisiga olib kelib beradigan bo‘ldi. Ona shu tarzda Botirning bundan boshqa

ham mayda-chuyda “toparmanligi”ga e’tibor bermay, aksincha buni

rag‘batlantiradigan bo‘ldi. Natijada yillar o‘tib, Botir kunlarning birida katta

“ish”ga qo‘l urdi va jinoyat kursisiga o‘tirdi.

Ona farzandining dastlabki “yoshlik qoqilishi”ga nisbatan qanday yo‘l tutishi kerak edi?

A) Qo‘shnisidan kechirim so‘rab, farzandi olib kelgan tuxumlarni olib

borib berishi va voqeani tushuntirishi kerak edi;

B) Farzandiga: mayli olgan tuxumlaringning yarmini qoldirib,

qolganlarini qo‘shnimizga olib chiqib bergin-da, voqeani tushuntir. Lekin

bundan buyon bunday ish qilmagin, - deyishi kerak edi;

D) Farzandiga quyidagilarni o‘qdirish kerak: Olgan tuxumlaringni darov

qo‘shnimizga olib borib ber. Bu qilgan ishing yaxshi emas. Ular ham

tovuqlariga don berib, suv berib, senga o‘xshagan bolalarini boqib, katta

qilaman, deb yurishibdi. Ikkinchidan birovning ignaday bo‘lsa ham narsasini

o‘zlariga bildirmay olish – o‘g‘rilik bo‘ladi. Birovning o‘zlariga kerak yoki kerak

emas narsasini so‘rab olish esa, tilanchilik bo‘ladi. har bir narsani o‘zing

mehnat qilib topishing kerak. Ana o‘shanda u shirin va qadrli, beminnat

bo‘ladi. O‘zing esa mehnatga o‘rganasan. Mehnat insonni ko‘klarga

ko‘taradi, o‘g‘rilik esa botqoqqa botiradi.

Nazorat savollari: 1. Ona vujudida bola qanday tarbiyalanadi? A) Ayol o‘zini ma’naviy va jismoniy tomondan avaylashi, ya’ni halol

luqma yemog‘i, go‘zal narsalarga qaramog‘i, yoqimli musiqa va so‘zlarni

tinglamog‘i va muloyim bo‘lmog‘i, to‘g‘riso‘zlikka jiddiy ahamiyatni qaratmog‘i

zarur. Chunki homila onaning vujudida uning barcha sifatlari va ruhiy olami

bilan muloqotda bo‘ladi. Onadagi barcha tuyg‘ularni his etadi, uning so‘zlarini

tinglaydi.

B) Homila onaning vujudida uning barcha sifatlari va ruhiy olami bilan

muloqotda bo‘ladi. Onadagi barcha tuyg‘ularni his etadi, uning so‘zlarini

tinglaydi.

D) Ayol go‘zal narsalarga qaramog‘i, yoqimli musiqa va so‘zlarni

tinglamog‘i va muloyim bo‘lmog‘i, to‘g‘riso‘zlikka jiddiy ahamiyatni qaratmog‘i

zarur. Chunki homila onaning vujudida uning barcha sifatlari va ruhiy olami

bilan muloqotda bo‘ladi. Onadagi barcha tuyg‘ularni his etadi, uning so‘zlarini

tinglaydi.

E) Ayol o‘zini ma’naviy va jismoniy tomondan avaylashi zarur. Onadagi

barcha tuyg‘ularni his etadi, uning so‘zlarini tinglaydi.

2. Farzand tarbiyasi qachondan boshlanadi? A) Oilada farzand tarbiyasi u tug‘ilmasdan boshlanmog‘i zarur.

B) Oilada farzand tarbiyasi u tug‘ilgandan boshlanmog‘i zarur.

D) Oilada farzand tarbiyasi u tug‘ilgandan uch oydan so‘ng

boshlanmog‘i zarur.

E) Oilada farzand tarbiyasi u tug‘ilgandan olti oydan so‘ng boshlanmog‘i

zarur.

14-MAVZU: FARZAND TUG‘ILISHI BILAN ER-XOTIN O‘RTASIDAGI MUNOSABATLARDA VUJUDGA KELISHI MUMKIN BO‘LGAN

MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI

REJA:

1. Farzand tug‘ilishi. 2. Farzand tug‘ilgandan keyingi er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar. 3. Er-xotin o‘rtasidagi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar.

Tayanch iboralar: Farzand tarbiyasi, nikoh, kelin-kuyov, ota-ona,

homila, kelajak avlod.

1. Farzand tug‘ilishi. Farzandning tug‘ilishi nafaqat uning ota-onasi, balki barcha qarindosh-

urug‘lar, yaqinlar uchun ham chinakam quvonchli hodisadir. Shuning uchun u

tug‘ilgan zahoti Allohga maqtov va shukronalar aytib, bu haqda hammaga

ma’lum qilinadi. Boshqalar ota-onani yangi mehmon bilan qutlashadi, unga

uzoq umr, sihat-ofiyat va ezgu tilaklar tilashadi.

Siyrat kitoblarida aytilishicha, tug‘ilgan bola bois xursandchilik qilish

lozim. Abu Bakr ibn Munzir aytadi: Hasan Basriyning oldiga bir kishi kelib, uning

huzurida hozirgina farzandli bo‘lgan kishini ko‘radi. Hasan Basriy unga: “Bola

muborak bo‘lsin! Uni bergan Allohga shukr qil, yaxshilik bilan siylabdi”, deydi.

Ayniqsa, qiz bola tug‘ilganida ko‘proq xursand bo‘lishingiz lozim. Chunki

qiz farzand o‘sha xonadonga yaxshilik va mas’udlik olib keladi, xotinning

barakotlisi ilk farzandi qiz bo‘lganidir.

Ba’zilar faqat o‘g‘il ko‘rishni istashadi, qiz bola tug‘ilganida esa sevinish

o‘rniga hafsalalari pir bo‘lib, hatto xotinlarini ayblashgacha borishadi. Bu

mutlaqo noto‘g‘ridir. Aksincha, agar qiz farzand tug‘ilsa, ota-ona ziyodaroq

xursand bo‘lishi zarur.

Farzand tug‘ilishi bilan quyidagi holatlar bosqichma bosqich amalga

oshiriladi:

1. Emizish. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning emishi (razo‘) o‘tmishda

ham, hozirda ham eng dolzarb masalalardan bo‘lib kelmoqda. Yaqin

o‘tmishimizda ko‘pchilik emizishning, ona sutining hikmatidan bexabarlikda, bu

muhim ishga e’tiborsiz bo‘lib qolgan edi. Tug‘ruqxonalarda suti kam onalarning

bolalari suti ko‘p boshqa onalar suti yoki sun’iy oziqlar bilan boqilar edi. Sut

bergan onaning kimligi noma’lum qolardi. Mustaqil bo‘lganimizdan keyin bu

noto‘g‘ri ishga barham berildi.

2. Chaqaloq tug‘ilganidan keyin birinchi eshitadigan so‘zi azon bo‘lishi

uchun o‘ng qulog‘iga azon, chap qulog‘iga iqomat aytish mustahabdir.

3. Chaqaloq tug‘ilgach, otasi yo boshqa fozil kishi xurmo yo shunga

o‘xshash narsani chaynab, uni chaqaloq og‘ziga surishi, tanglayini ko‘tarishi

ham mustahab.

4. Bola tug‘ilganida unga yaxshi nom qo‘yish sunnatdir. Nom qo‘yishni

yetti kundan kechiktirish noma’qul.

5. Bolaning sochini olish.

6. Aqiqa qilish.

7. O‘g‘il bolani xatna qilish sunnatdir. Uni kechiktirish makruh.

Butun mavjudot orasida eng ulug‘, eng mukarram etib yaratilgan inson

farzandi, uning baxti, kelajagi uchun butun borlig‘ini, kerak bo‘lsa butun umrini

bag‘ishlaydi.

Bu borada bizning millatimizga – o‘zbek xalqiga etadigani kam topilsa

kerak.

Farzandingizni ilk kunlardanoq ozodalikka o‘rgating. Bu katta ahamiyatga

bog‘liq. Bola ozoda sharoitda voyaga yetsa ruhi ham ko‘zi ham poklikka

o‘rganadi.

Tug‘ruqdan so‘ng bir yarim oy o‘tgach, ayol albatta ginekolog huzurida

tibbiy ko‘rikdan o‘tishi zarur. Shifokor ruxsati bilangina er-xotinlik

munosabatlarini tiklash kerak.

Bola tug‘ilganidan so‘ng ayol organizmi qandaydir sirli ravishda qayta

tiklanib, kichik tos sohasidagi nerv tugunlari yangitdan o‘z faoiyatini

boshlagandek bo`ladi. Farzandli ayollar yanada ta’sirchan va nozik bo‘la

boradilar. Tuqqan ayollarning ko‘zlariga bir boqing: ularda qandaydir iqror,

tushunish tuyg‘usi aks etadi. Ayol jismoniydan tashqari, bir qator ruhiy,

emosional o‘zgarishlarga ham duchor bo‘ladi. Farzand dunyoga kelishi bilan

er-xotin o‘rtasidagi nozik munosabatlar sustlashmaydi, aksincha, yangi

bosqichga ko‘tariladi. Faqat siz va turmush o‘rtog‘ingiz yangi, balki avval sizga

notanish bo‘lgan muhit yaratdingiz, endi unga ko‘nikish va o‘zingiz uchun zarur

kayfiyat hosil qilishingiz darkor.

Bola bilan o‘ralashib o‘zingizga oro berish esdasn chiqmasin. Eringiz

avvalgidek sevishiga qoyib bering. Ishdan kelishiga hushboylanib kutib oling.

Toki qadamingizdan Jannat isi ufirib tursin. Bolani bahona qilib ro‘dapo bo‘lib

yurishga odatlanmang. Bu sizni qadringizni pasaytiradi.

Tug‘ruqdan keying yuzingizdagi o‘zgarishlarga hadeb chuqur e’tibor

qilavermang! Hunik bo‘lib qoldim, erim avvalgidek sevmay qo‘ysachi degan

gumonlarni hayolingizga ham keltirmang! Siz hali ham dilbar va latofatli

ekanligingizni his qildirib qo‘yishingiz shart! Shunda muammolar yuzaga

kelmaydi.

Farzand tug‘ilgandan keyin ham tibbiy ko‘rikdan o‘tib turing. Farzandlar

orasidagi masofani ushlashni biling.

2. Farzand tug‘ilgandan keyingi er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar. Endi siz onaga aylandingiz, nafaqat hayotingiz o‘zgargan, balki

boshqalar bilan bo‘lgan munosabatlar - eng yaqin do‘stingiz, hamkasblaringiz,

qarindoshlaringiz bilan. Do‘stlikni saqlab qolish va chegaralarini himoya qilish

doim ham oson emas. Bolaning tug‘ilishidan keyingi munosabatlar

psixologiyasi ko‘pincha o‘zgarmaydi va ko‘pincha yaxshi bo‘lmaydi.

Kichkintoyning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi darajali ko‘rinishi kunning

yangi tuzilishini, yangi qo‘rquvni, yangi qiziqish doirasini nazarda tutadi".

Boshqalar bilan aloqalar ham o‘zgaradi. Bir muncha vaqt o‘tgach, ayol o‘z

dunyosida do‘stlari, qarindoshlari va hatto eridan ajralib ketadi va bu tabiiydir.

Kichkintoy tug‘ilgandan keyingi dastlabki 2-3 oy ichida bizning tanamiz kuchli

silkinishlarni boshdan kechiradi: homiladorlik davrida 50 marta ko‘paygan

gormonlar soni an’anaviy darajada keskin kamayadi. Yosh onalar hech qanday

sababsiz qayg‘urishadi, g‘azablanadilar, tushunarsiz tashvishga tushadilar.

Birinchi oy mobaynida bu kayfiyat ayniqsa og‘ir, ammo ular muntazam va tez

o‘tadi.

Ko‘pchilik yosh oilalarda shirin hayotlari farzand tug‘ilguncha davom etib,

farzandlik bo‘lgandan keyin oralariga “ola mushuk” oralab qoladi. Sababi nima

deysizmi? Sababi bitta er bechora e’tiborsiz qolib ketadi. Siz arsloningizga

avalgidek alohida e’tibor qaratishingiz lozim. Uy ishlariga ulgurolmagan

holatda, shirinzo‘zlik, ustamonlik bilan vaziyatdan chiqib ketish joiz. Ha

deganda bolani ro‘kach qilish odobdanmas, bu Allohga ham hush kelmaydi.

Agar shunday qilaversangiz “Xa nima farzand tuqqan bitta senmi?” - degan

dashnomga qolasiz. Farzandingizni qaynona-qaynotangiz oldida hadeb

erkalayvermang. Ishdan toliqib kelgan eringiz eshikdan kelishi bilan “oling

Bolani charchab kettim, ozgina qarang” demang. Ishdan toliqqan eringiz biroz

dam olsin, o‘zi shundoq ham bolasini olib erkalab hidiga mast bo‘lishni

hohlaydi. Siz ustalik bilan vaziyatni boshqarishni biling.

Tuhmatlar orqasida biz eshitishimiz yoki aytayapmiz, tez-tez o‘z-o‘zini

hurmat qilish, o‘zidan shubhalanish, o‘tkazib yuborilgan imkoniyatlar haqida

qayg‘urish. “Sizning singlingiz azob chekayotganini bilganingizda, uning

shaxsiy hayoti qo‘shilmaydi va uning so‘zlari siz bilan bevosita aloqada emas,

ularga tinchlik bilan javob berasiz va bunga javob berish istagi yo‘qoladi”.

Patriarxal yo‘l bilan oilalarda boshqa muammolar mavjud. “Agar qarindoshlar

bolani kutib qolsalar va bir qiz paydo bo‘lsa, yosh onasi o‘zini aybdor his qiladi.

Bir nechta umumiy qadriyatlarga ega bobolari, amakilari va xolalariga, birodaru

opa-singillarimizga qaramasdan, siz o‘z oilangizga o‘z qoidalari va ustuvorligi

bilan ega bo‘lgan, to‘rtinchi qiz - qayg‘u emas, balki buyuk baxt”.

Bundan tashqari, erkak va ayol o‘zlarining kelajakdagi ota-onalaridan

umidlari qanchalik baland bo‘lsa, bu davrda ular shunchalik qiyinlashadi:

yaqinlik o‘rniga masofa, tushunishning o‘rniga, bola tarbiyasi borasida

kelishmovchiliklar mavjud.

Birinchi farzand tug‘ilgandan keyin er-xotin bilan nima sodir bo‘ladi?

Psixologlar bir nechta muhim jihatlarni, shu jumladan jamiyatdagi ijtimoiy va

madaniy munosabatlarni, bola tug‘ilgandan keyingi birinchi oylardagi eng

yuqori stressni va bu davrda erkaklar va ayollarning xatti-harakatlaridagi

gender farqlarini ta’kidlashadi. Barcha oilaviy va ijtimoiy aloqalar sezilarli

o‘zgarishlarga uchraydi va ular er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarga ham ta’sir

qiladi.

3. Er-xotin o‘rtasidagi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar. Er-xotin o‘rtasida chiroyli oila va baxtli hayot uchun zarur bo‘ladigan

munosabatlar, asosan moliyaviy, ma’naviy va jinsiy munosabatlarga bog‘liq

bo‘ladi. O‘z o‘rnida, er-xotinning jismoniy va ruhiy jihatdan ham sog‘lom bo‘lishi

oilaviy munosabatlarni yanada mustahkamlaydi. Albatta, ortiqcha vazn va

beo‘xshov qomatning shakllanishi ham ko‘pchilik oilalarda er-xotin o‘rtasida

jozibaning yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.

Vaqt o‘tgan sari turmush yumushlari bilan ovora bo‘lib erkak va ayollarda

ortiqcha vazn yig‘ilishi kuzatiladi. Natijada ayol va erkaklardagi qomat buzilib,

xunuk va beo‘xshov holatga kelib qoladi. Albatta, bunday vaziyatda ko‘p

hollarda er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashadi.

Er-xotin o‘rtasidagi muammolardan biri erkak kishining jinsiy zaifligidir.

Shuningdek, erkaklar bepushtligi, ruxiy tushkunlik va ayollarda uchraydigan

hayz davri meyoridan ortib ketishi ham muammodir.

👉👉 Topshiriq. Er-xotin o‘rtasidagi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan

muammolarga javob bering va tahlil qiling.

Savollar Javoblar Er-xotin o‘rtasidagi vujudga

kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va uning yechimi

.........................................

NAZORAT SAVOLLARI.

1. Farzand tug‘ilishi bilan qanday jarayonlar bosqichma-bosqich amalga

oshiriladi?

A) Emizish, qulog‘iga azon aytish, tanglayini ko‘tarishi, chiroyli ism

qo‘yish, bolaning sochini olish, aqiqa qilish, o‘g‘il bolani xatna qilish.

B) Tanglayini ko‘tarishi, ovqatlantirish, chiroyli ism qo‘yish, bolaning

sochini olish, aqiqa qilish, o‘g‘il bolani xatna qilish.

D) Ovqatlantirish, qulog‘iga azon aytish, tanglayini ko‘tarishi, chiroyli ism

qo‘yish, bolaning sochini olish, aqiqa qilish, o‘g‘il bolani xatna va to‘y qilish.

E) Emizish, qulog‘iga azon aytish, ovqatlantirish, chiroyli ism qo‘yish,

bolaning sochini olish, aqiqa qilish, to‘y qilish.

2. Er-xotin o‘rtasida chiroyli oila va baxtli hayot uchun zarur bo‘ladigan munosabatlarga nimalar kiradi?

A) Moliyaviy, ma’naviy va jinsiy munosabatlar.

B) Iqtisodiy, ma’naviy va ruxiy munosabatlar.

D) Moliyaviy, madaniy va jinsiy munosabatlar.

E) Moliyaviy, ma’rifiy va jinsiy munosabatlar.

15- MAVZU: SOG‘LOM OILA ASOSLARI

Reja:

1. Baxtiyor oila barpo etish sirlari.

2. Sog‘lom turmush tarzi va uning tarkibiy qismlari.

3. Zamonaviy oila tarbiyasi.

Tayanch iboralar: Baxtiyor oila, model, baxtlilik indeksi, nikoh, oila,

kelin-kuyov, farzand, tarbiya.

1. Baxtiyor oila barpo etish sirlari.

Har bir kishi oila atalmish muqaddas goʻshani qurar ekan, yori bilan bir

umr baxtli hayot kechirishni, shirindan-shakar farzandlarni ulgʻaytirib, ularning

yaxshi kunlarini koʻrishni, hayot soʻqmoqlarida jufti bilan birga qadam

tashlashni istaydi. Har bir oilaning oʻz baxt sirlari bor. Baxtli oilaning sirlari

nimalarda namoyon boʻladi? Keling, bu sirlarni siz bilan oʻrtoqlashamiz.

Oʻzaro hurmat baxtli oilaning eng birinchi sirlaridan biri. Hurmat

boʻlmasa, haqiqiy muhabbatni tasavvur etish qiyin, oʻzaro hurmatsiz esa oila

boʻlmaydi.

Ishonch. Juftingizning ishonchini yillar davomida qozonishingiz kerak,

ammo uni bir daqiqada yoʻqotib qoʻyish hech gap emas.

Bir-birini tushunish. Ayol va erkak turlicha fikr yuritadi. Ammo biz

insonlarmiz, shu bois ham bir-birimizni tushunishga harakat qilishimiz kerak.

Tinglay olish. Ikki kishi bir aravani tortar ekan, albatta bir-birining

soʻzlariga quloq tutishni ham oʻrganmogʻi lozim.

Doʻst boʻling. Sevishganlarning bir-biriga doʻst boʻlishi muhim emas.

Ammo oilada juftlar, albatta, bir-biriga chin doʻst boʻla olishi kerak.

Bayram uyushtiring. Bir xil hayot tarzi sevgiga putur yetkaza boshlaydi.

Yangi sevishganlar singari bir-biringizga dil izhori qiling. Oilaviy hayot

tashvishlari eng oʻtli muhabbatni ham shunchaki bir-biriga oʻrganishga

aylantirib qoʻyadi. Imkoni boricha bir-biringizga hadyalar qiling, birgalikda taom

tayyorlash ham oʻrtadagi rishtalarni mustahkamlaydi. Hatto eng mushkul

vaziyatda ham fantaziyangizni ishga solib, munosabatlaringizni saqlab qoling.

Eʼtibor. Ayol ham, erkak ham juftining eʼtiboriga muhtojlikni his etadi.

Kimgadir kerakligingni his etish, oilada seni sevimli yoring intiqlik bilan

kutayotganini tasavvur etish qalbga iliqlik bagʻishlaydi. Oʻz ishlari bilan juda

mashgʻul boʻlgan paytda ham sevishgan juftlar bir-biriga eʼtibor qaratishga vaqt

ajrata oladi.

Majbur qilmang. Agar juftingizdan biror nima kutayotgan boʻlsangiz, uni

bu ishga majburlamang. Bosim oʻtkazish bilan biror natijaga erishishingiz

amrimahol, shuningdek juftingiz siz haqingizda yomon fikrga borib qolishi

mumkin. Aksincha, u siz istayotgan ishni oʻz ixtiyori bilan bajarmogʻi kerak.

Shaxs sifatida hurmat qiling. Oilada er va xotin bir-birining oʻrnini

toʻldirib tursa-da, shaxs sifatida oʻz oʻrni boʻlmogʻi lozim. Ana shunda bir-

biringizga qiziqish yoʻqolmaydi.

Haqoratlamang, haqoratlanmang! Sevgida bu juda muhim. Sevgi

haqqi haqoratlarga chidash telbalik. Sevgi uchun biror narsadan voz kechish,

qurbon qilish mumkin. Ammo haqoratlarga chidash aslo mumkinmas. Buni

sevgi deb boʻladimi? Oʻzingiz ham haqoratlamang. Agar yonimizda birga

yashayotgan, bir havodan nafas olayotgan kishini haqoratlasak, bu oʻz-

oʻzimizning ustimizdan kulish emasmi?

Kechirish va kechirim soʻrashni oʻrganing. Bir-biringizga ayb

qoʻymang. Kechira olish aqllilik, kechirim soʻray olish esa sizning kuchli inson

ekaningizdan darak beradi.

Suyanch boʻling. “Siz mening suyangan togʻimsiz!” degan bir ogʻiz soʻz

har qanday kishining yuragini eritib yuboradi.

Sogʻlom rashk qilishni oʻrganing. Nooʻrin rashk hech qachon

yaxshilikka olib kelmaydi. Rashk qilish ham sanʼat. Chiroyli rashk

munosabatlaringizni mustahkamlaydi, ammo keragidan oshib ketsa, oila jang

maydoniga aylanadi.

Shuningdek, 1. Turmush o‘rtog‘ingiz uyga kelganida “Xush kelibsiz” deb,

tabassum ila qarshi oling. 2. Ishdan kelganida unga ko‘proq e’tibor bering, kuni qanday

o‘tganligi haqida so‘rang. 3. Muvaffaqiyatga erishganida yoki ishi o‘ngidan kelmaganda

“men” va “sen” so‘zlari o‘rniga “biz” ni qo‘llang. Turmushda

“menlik”ning “bizlik”ka aylanishi bir-biringiz uchun yashayotganingizning belgisidir.

4. Qanchalik haq bo‘lsangiz ham, tortishishga urinmang. Tortishish er-xotin o‘rtasidagi muhabbatni so‘ndiradi. Bunday holatda sukut saqlang. Bir oz vaqt o‘tgach, xotirjamlik bilan to‘g‘ri tushuntirsangiz, u sizni albatta tushunadi.

5. Turmush o‘rtog‘ingizni boshqalar oldida, ayniqsa, yaqinlari oldida pastga urmang. Aksincha, ular oldida unga ko‘proq hurmat ko‘rsating.

6. Turmush o‘rtog‘ingizga boshqa erkaklarning yutug‘ini gapirib o‘tirmang. Bilingki, har kimning o‘z yutug‘i va kamchiliklari bo‘ladi.

7. Yaqinlaringiz turmush o‘rtog‘ingizga qandaydir yordam ko‘rsatgan bo‘lsalar, buni aslo uning yuziga solmang, minnat qilmang.

8. Uning ota-onasini, qarindoshlarini hurmat qiling, ularning kamchiliklarini aytib yurmang. Uyingizga taklif qilib, mehmon qiling va duolarini oling.

9. Do‘stlari, yaqinlari bilan ko‘rishib turishiga to‘sqinlik qilmang, hadeb qistovga olib uni siqmang.

10. Turmush o‘rtog‘ingiz va uning oila a’zolariga qilgan xizmatingizni aytib, minnat qilmang.

11. O‘zingiz ishlab topgan pulni faqat o‘zingizga sarflamang. Turmushni ham moddiy, ham ma’naviy birdamlik go‘zallashtiradi.

12. Istaklaringiz inobatga olinishi uchun unga buyruq bermang. Yaxshisi, iltimos qiling.

13. Oilangizda moddiy tanqislik sezilayotgan bo‘lsa, buni aytib uni ranjitmang. Bu kabi muammolarni birgalikda hal qilishga harakat qiling.

14. Turmush o‘rtog‘ingizga chiroyli ko‘rinish uchun o‘zingizga oro bering. Ishdan kelishidan avval yoki uyda ekanligida chiroyli va orasta kiyining.

15. Kayfiyatsiz, jahldor yoki xo‘mrayib yurmang. Doim tabassum ila yurishga va go‘zal xulqli bo‘lishga harakat qiling.

16. Turmush o‘rtog‘ingiz uyga kelganida barcha ishlaringizni bir ozga chetga surib, u bilan o‘tirib suhbat quring.

17. U uyda bo‘lmaganida uni sog‘inganingizni, kelganidan quvonganingizni va kelishini sabrsizlik bilan kutganingizni ayting.

18. Nimalarni yoqtirib-yoqtirmasligini bilib, ko‘ngliga yoqadigan ishlarni ko‘p-ko‘p qilib turing.

19. Biror bir xato ish qilganida, “Sizga aytgandim-ku” deb aql o‘rgatmang. Uning ham vaziyatini tushunishga harakat qiling.

20. Sizni bexosdan ranjitib qo‘ysa, undan xafa bo‘lib uzoq vaqt arazlab yurmang.

21. Biron bir iltimosingizni o‘z vaqtida bajarmasa, “Mayli, hechqisi yo‘q. Bu safar bo‘lmasa, keyingi safar”, deb qo‘ying. Keyingi gal ham unutsa, sabr va xotirjamlik bilan yana bir bor eslatib qo‘ying.

22. Turmush o‘rtog‘ingizni xafa qilgan yoki ko‘nglini og‘ritgan bo‘lsangiz, uzr so‘rang va ko‘proq mehr ko‘rsating. Mana shu qoidalarga amal qisangiz eng baxtli oilani shakillantirgan bo‘lasiz.

23. Xato qilib uzr so‘raganida darhol qabul qiling. 24. Uydan chiqayotganida tabassum ila xayrlashing. 25. Ayol turmush o‘rtog‘idan muhabbat kutgani kabi o‘zi ham unga

muhabbat ko‘rsatishi va doim buni bildirib turishni unutmasligi kerak. 2. Sog‘lom turmush tarzi va uning tarkibiy qismlari Sog‘lom turmush tarzi ko‘p qirrali tushunchadir, ammo uning tanani

mustahkamlash va patologiyalarning rivojlanishining oldini olishga

qaratilganligini tushunish muhimdir. Buning uchun siz sog‘lom ovqatlanishni,

mo‘tadil jismoniy faoliyatni birinchi o‘ringa qo‘ying, uyqusizlik va dam olish

rejimlariga qat’iy rioya qiling, yomon odatlarni tashlab, fikr va his-

tuyg‘ularingizni nazorat qilishni o‘rganing. Ekologik vaziyat ham bir xil darajada

muhim, biroq har doim uni o‘zgartirish imkoniyati yo‘q.

Nega sog‘lom turmush tarzini olib borishingiz kerak? Sog‘lom va sog‘lom turmush tarzi odamga barcha faoliyat sohalarida va

uning harakatlarida yordam beradi. Tanaga nisbatan bunday yondashuv tufayli

inson o‘zi bilan muammolarga duch kelmaydi va buning o‘rniga yuqori

intellektual qobiliyat va yaxshi kayfiyatni oladi. Sog‘lom turmush tarzining

foydali ma’nosi - ravshan va qiziqarli bo‘ladi. Shubhasiz, ularning sog‘lig‘i

uchun qo‘rquvning kamayishi shubhasizdir.

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish Rivojlangan jamiyatda aholining sog‘lig‘ini saqlash har bir mamlakatda

ustuvor vazifa bo‘lishi kerak. Bu ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik sohalarda

davlatning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Sog‘liqni saqlash

madaniyatini shakllantirish, zamonaviy olimlarga juda ko‘p vaqt va energiya

beriladi. Ular xalqning salomatligi nafaqat sog‘lom turmush tarziga bog‘liqligiga

ishonadilar. Atrof muhit xavfsizligi, mehnat sharoitlari va sog‘liqni saqlash

tizimini rivojlantirish muhim rol o‘ynaydi.

Yosh avlod uchun sog‘lom turmush tarzini tarbiyalash jismoniy tarbiya.

Bunday sinflarning maqsadi yoshlarni qiziqtirishi va ularni muntazam ravishda

o‘qitishga jalb qilishdir. Buning uchun barcha ta’lim muassasalarida sport turlari

mavjud. Kattalar o‘zlarini tashkil qilishlari va hayotning to‘g‘ri ritmiga

moslashishlari kerak. Eng samarali va ommabop sport turlaridan biri - bu rus

hamomlari va massaji bilan muvaffaqiyatli aralashadigan fitnes.

Insoniyat sog‘-salomat bo‘lishni xohlaydi, ammo ba’zilari harakatga

kirishadi, boshqalari esa hech narsa qilmaydi. Sog‘ligimiz ahvoliga qanday

ta’sir qiladi:

taxminan 50% - sog‘lom turmush tarzi;

taxminan 20% - atrof-muhit;

20 foizdan ozrog‘i - genetik moyillik;

10% gacha - sog‘liqni saqlash tizimi.

Sog‘lom turmush tarzining bunday asoslari va tarkibiy qismlarini ajratib

ko‘rsatish mumkin:

odatdagidek mutlaqo rad etish;

kunlik o‘rtacha sog‘lom ovqatlanish;

faol dam olish;

gigiyena (shaxsiy va jamoat);

his-tuyg‘ularni doimiy nazorat qilish;

intellektual rivojlanish;

ma’naviy va ijtimoiy farovonlik.

Sog‘lom turmush tarzi uchun kun tartibi Rejim sog‘lom turmush tarzi uchun zarur shartdir. Biroq, soatning odatiy

rejasini biroz boshqacha ko‘rish mumkin, eng muhimi uyqu vaqtini to‘g‘ri

aniqlash - kamida 7-8 soat bo‘lishi kerak. Kunning taxminiy shakli shunday

bo‘lishi mumkin:

6.30-7.00 - ko‘tarish, stakan suv ichish.

7.30-8.00 - nonushta.

8.00-10.00 - maksimal faoliyat vaqti. Sport bilan shug‘ullanishingiz

mumkin, so‘ngra dam olish uchun SPA-markazga yoki kosmetologga murojaat

qiling.

10.00-11.00 - bu vaqtda tananing ishlashi imkon qadar tayyor.

11.00 - kech tushlik.

11.30-14.00 - bu vaqtda tinch sharoitda ishlashga arziydi. Joriy, kundalik

ishni bajaring.

14.00 - tushlik.

14.30-16.00 - global masalalarni hal qilish uchun to‘g‘ri vaqt. Miya

faoliyati, ham ijodiy shaxslar, ham intellektuallar orasida eng yuqori darajaga

etadi.

16.00-17.00 - peshindan keyin ovqatlanish.

17.00-18.00 - muzokaralar, ish uchrashuvlarini o‘tkazish yoki ishchilar

bilan ertaga ish rejasini muhokama qilish vaqti keldi.

18.00-19.00 - uyga qaytish.

19.00 - kechki ovqat.

19.30 - 20.00 - hammom yoki dush olish.

22.00-22.30 - uyquga tayyorgarlik va chekinish.

Kuchini tiklash va tanada muvozanatni saqlab qolish uchun siz dam olish

bilan muqobil bo‘lishi kerak. Jismoniy tarbiya uchun soatiga bir necha daqiqa

sarflang, peshin vaqtida toza havoda yurib boring. Sportni o‘ynashni unutmang.

Buning uchun eng yaxshi variantni tanlashingiz mumkin.

Sog‘lom turmush tarzi uchun to‘g‘ri ovqatlanish To‘g‘ri ovqatlanish ajralmas tarkibiy qismlardan iborat. Ochlikning

cho‘kishi tirik organizmning eng muhim instinktlaridan biridir. Butun dunyodan

kelgan nevrologlar quyidagi xulosaga kelishdi:

1. Kuniga to‘rtta taom - sog‘liq uchun ideal variant.

2. Har bir ovqatning o‘z vaqti bo‘lishi kerak.

3. Ertalab va tushlikda, peshindan keyin meva, sabzavot, nordon sut

mahsulotlarini iste’mol qilish uchun go‘sht, baliq va baklagiller.

4. Keyinchalik choy va qahva ichimliklar saqlanib qolishi kerak.

Sog‘lom turmush tarzi va sport Sog‘lom turmush tarzi qoidalari sog‘lom ovqatlanish yoki yomon

odatlardan voz kechishdan iborat. STTning ajralmas qismi sport, lekin bu

barchani qabul qilish va rekord o‘rnatishni bildirmaydi. Formani saqlash va

organlar va terilarning erta qarishini oldini olish uchun jismoniy mashqlar zarur.

Buning uchun juda mos keladi:

jogging;

suzish;

velosipedda yurish;

sayyohlik safarlari;

Tennis.

Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yomon odatlardan xalos bo‘lishga

qaratilgan. Spirtli ichimliklar ichish va chekish eng keng tarqalgan. Ular nafaqat

giyohvandlikka uchragan kishiga, balki uning hamkorlariga ham zarar

etkazishadi. Ayniqsa, tamaki chekish xavflidir, chunki passiv sigaret

chekuvchilar vujudi yomon odatlar bilan zaharlanadi.

Tamaki tutunidan zararlanish: tirnoqlarning, sochlarning, terining rangi yomonlashadi;

tishning emallari sarg‘ayadi;

barcha ichki organlarga zararli ta’sir ko‘rsatadi.

Spirtli ichimliklar organizmga ta’siri: immun tizimi zaiflashadi;

jigar, oshqozon-ichak traktining, yurak-qon tomir va asab tizimi

yomonlashadi, miya faoliyati buziladi;

homiladorlik davrida - homilaning turli patologiyalariga olib keladi.

Sog‘lik va sog‘lom turmush tarzi inson gigiyenasini kuzatishni talab qiladi:

1. Tana faoliyatiga (oddiy dush, hammom).

2. Soch va bosh terisini parvarishlash.

3. Og‘iz bo‘shlig‘iga g‘amxo‘rlik (tishlar muntazam tozalanishi va kariesni

oldini olish, profilaktik choralar, periodontal kasallik va og‘iz bo‘shlig‘ining

boshqa kasalliklari).

4. Poyafzal va kiyimlarning gigiyenasi (toza va zararli bo‘lmagan

materiallarni tanlash).

Sog‘lom turmush tarziga qanday erishish mumkin? Insoniyatning ko‘pchiligi sog‘lom turmush tarzini va unga qanday

munosabatda bo‘lishni o‘ylaydi? "Dushanba kuni" rejasini amalga oshirishni

o‘ylash va keyinroq kechiktirmasdan amalga oshirish. Sog‘lom turmush tarzini

qanday boshlashni rejalashtirishdan oldin, hamma narsani o‘ylab, so‘ngra uni

amalga oshirishni boshlang. Ko‘plab yangi kelganlarning xatosi, ular bir necha

yillar mobaynida qilmagan ishlarini va, ehtimol, ularning barcha hayotlarini

bajarishga harakat qilishadi. Asosiy qoida buning ortidan bormasligi kerak.

3. Zamonaviy oila tarbiyasi O‘zbekistonda oilalar baxtli ekanligidan dalolat beradi. Har yili

dunyo bo‘yicha tayyorlanadigan reyting natijalari ham buni tasdiqlaydi. Ushbu tadqiqotda baxt darajasi ijtimoiy taraqqiyotni ifoda etishi va davlat siyosatining maqsadi hisoblanishi qayd etilgan. Reyting natijalari bir

qancha toifa bo‘yicha o‘z oilasidagi holatni 0 dan 10 balli shkala asosida baholash taklif etilgan 155 mamlakatning 3 ming fuqarosi javobiga asoslangan. Mazkur reytingda O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida eng yuqori va dunyoning 155 davlati orasida 47-o‘rinni egallaganligi keltirilgan.

Zamonaviy oilalar mavjud jamiyat bilan uzviy bog‘langandir.

Shaharlarning o‘sishi, yashash sharoitlarining yaxshilanishi, xalqning moddiy

va madaniy turmush saviyasining oshishi yoshlarni barkamol inson qilib

tarbiyalashga ta’sir qiladi. Bularga milliy qadriyatlarga sodiqlik, diniy amallarga

hurmat, bolalarni yaxshi, hayrli ishlarni qilishga undashi, o‘z so‘zida turish,

kattalarning yoshlarga namuna bo‘lishi, sabr-toqatli bo‘lishi, yosh

xususiyatlarining inobatga olinishi, munosabatlarning hamkorligi, o‘zaro

hurmat tamoyillari asosida qurilishi kiradi.

Shuningdek, har bir oila ijtimoiy tizim sifatida jamiyat oldida ma’lum bir

funksiyalarni bajaradi. Oilaning ijtimoiy funksiyalari haqida gapirganda, bir

tomondan jamiyatning oilaga ta’siri, ikkinchi tomondan esa umumiy ijtimoiy

tizimda oilaning o‘rnini, oilaning hal qiladigan ijtimoiy (jamoatchilik)

funksiyalarini hisobga olish lozim va ular quyidagilarga bo‘linadi: iqtisodiy,

reproduktiv, tarbiyaviy, kommunikativ, regulyator.

Albatta, bu sanab o‘tilganlar hozirgi zamon oilasining asosiy

funksiyalarini tashkil etadi va ular naslni davom ettirish, tarbiyaviy, xo‘jalik va

o‘zaro yordam kabi funksiyalarni hozirgi zamon oilasining muhim jihatlari

sifatida ko‘rsatish mumkin. Bu o‘rinda oila funksiyalarini shunchaki sanab o‘tish

emas, balki ularni, bir tomondan odamlarning moddiy, xo‘jalik-maishiy va

ikkinchi tomondan emotsional va ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarni qondiruvini

farqlashdir.

Shuni ham aytib o‘tish lozimki, hozirgi zamon oilasida emotsional va

ijtimoiy-psixologik jarayonlarni qondirish funksiyasining ahamiyati ortib

bormoqda. Xatto sof moddiy xarakterga ega bo‘lgan funksiyalarda ham

hissiylik ko‘proq tus olib bormoqda. Hissiy, emotsional aloqalarning ahamiyati

shahar oilalarida kuchliroq anglanilmoqda. Qishloq oilalari esa uy hayvonlari

va tomorqa yerlarining borligi evaziga shahar oilalariga qaraganda jamiyatning

ishlab chiqaruvchi kuchi va ishlab chiqaruvchilik funksiyasini ko‘proq saqlab

qolmoqda.

Zamonaviy oilada bola uch avlod vakillari: ota-ona, buvi-buvalar, ularning

qarindosh-urug‘ va tanish-bilish, yoru-do‘stlarining murakkab o‘zaro

munosabatlari kechadigan muhitda o‘sib ulg‘ayadi.

Barchaga ma’lumki, bolalarning o‘zaro muloqoti samimiy, nihoyatda

tabiiy va sodda tarzda kechadi. Lekin ularning o‘z ota-onalari bilan

munosabatlari birmuncha murakkab bo‘lib, bu munosabat ota-onaning

farzandiga nisbatan ko‘r-ko‘rona, barcha erkaliklarga izn beruvchi mehr-

muhabbatidan tortib ko‘pincha otalar tomonidan qilinadigan haddan ziyod

qattiqqo‘llikkacha bo‘lgan turli-tuman muloqot uslublarini qamrab oladi.

Bolaning atrofidagi kishilar, xususan, buvi-buva, qarindosh-urug‘lar bilan

munosabati ham o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra turlicha tarzda kechib, yuqorida

qayd etilgan ikki xil muloqot uslubidan birmuncha farq qiladi. Bir xil muloqotlar

tarbiyaning o‘ta muhim quroli hisoblangan so‘z va nutq yordamida amalga

oshishi tufayli bola ruhiy salomatligiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

Ko‘pincha oila a’zolari bolani jismoniy jazolashdan ko‘ra so‘z bilan

tarbiyalashga harakat qiladilar. Bolaning ruhiy salomatligiga zarar yetkazmaslik

uchun biz kattalar tarbiyaning so‘z va nutq kabi o‘ta ta’sirchan vositasidan

ehtiyotkorlik bilan foydalanganimiz ma’qul. Bolaga ko‘rsatiladigan salbiy

ta’sirlar sirasiga o‘shqirish, qo‘pol munosabatda bo‘lish, ota-onaning

farzandiga behurmatlik ko‘rsatishi kabilarni kiritish mumkin.

Kuchli hayajonlanish holati qo‘rquv, vahima, xavotir, sog‘inch insonga

xos tug‘ma xususiyatdir. O‘qituvchi yoki tarbiyachining aybi bilan bola qo‘rquv

va hayajonga tushishi natijasida unda asab xastaligi paydo bo‘lishi mumkin.

Bularning barchasi ota-onalardan o‘z e’tiborlarini psixologiya va gigiyena

masalalariga qaratishni, farzandining ruhiy salomatligini saqlashga oid

mashg‘ulotlar tizimidan foydalanishlari lozimligini ko‘rsatadi. Chunki, ayni

maktabgacha tarbiya yoshida bolalarda bir umrlik ruhiy salomatlik negizlari

shakllanadi.

Bola ruhiy salomatligining buzilishiga sabab bo‘luvchi manbalar qatorida:

- ota-ona va oilaning boshqa a’zolari bilan nomaqbul munosabatda bo‘lishi;

- bolani aqliy yoki jismoniy jihatdan rivojlantirish uchun o‘ta faollik bilan tarbiyalashga intilish maqsadida farzandni haddan ziyod ko‘p vazifalar yuki ostida ezib qo‘yish;

- bolaga munosabatda uning shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olmasliklari;

- sport seksiyasiga erta borgan bolaning murabbiysi bilan o‘zaro munosabatida noxushlikning mavjud bo‘lishi;

- bolaning atrof-tevarakdagilar, jumladan, tengdoshlari bilan salbiy munosabatda bo‘lishi;

- oila a’zolarining sog‘lom turmush tarziga bee’tibor qarashlari misol bo‘ladi.

Ota-onasi, onasi (kelin) bilan buvisi (qaynona), ota-onasi bilan to‘ng‘ich

farzandlar (aka, opalar) o‘rtasidagi urush-janjallar, kelishmovchiliklar tabiiy

ravishda bola asabining taranglashuviga sabab bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, sport seksiyalarida majburan, o‘zgalar tazyiqi ostida

zo‘riqib shug‘ullanish, aqliy va jismoniy mashqlarni haddan ortiq ko‘p bajarish

bola asabining buzilishiga olib keladi, unda charchoq, uyquchilik, aqliy ish va

jismoniy mashqlarga nisbatan sustkashlik kabi holatlarni keltirib chiqaradi.

Yaxshisi farzandingizning betakrorligi va o‘ziga xosligini to‘g‘ri tushunib,

masalaga uning xarakter xususiyatlarini hisobga olgan holda yondashing.

Bolaning layoqatlarini susaytirish yohud, aksincha, haddan ziyod

kuchaytirishga intilish yaramaydi.

Farzandingiz o‘z tengdoshlari davrasida insoniy munosabatlarga xos

liderlik va itoatkorlik muhitida, o‘zining kerakligi yoki ortiqchaligini sezib,

kimgadir yoqishi yoki yoqmasligini his etgan holda, turli-tuman taassurot va

hissiyotlar qurshovida yashar ekan, kuchli kechinmalarni boshidan o‘tkazishi

tabiiy. Albatta, bu xil kechinma va o‘zaro munosabatlar hissiy jihatlarga ega

bo‘lib, bolangiz ruhiyatiga ta’sir etmay qolmaydi.

Shunday paytda farzandning hissiyotlariga befarq qaramaslik, uning

iztirob va kechinmalarini anglashga, tashvishlariga sherik bo‘lishga intilish

zarur. Ulg‘ayishning mashaqqatli so‘qmoqlarida farzandni qo‘llab-quvvatlash

va unga eng yaqin do‘st bo‘lib qolish ota-onaning insoniy burchi hisoblanadi.

Bola ruhiy salomatligini saqlash va mustahkamlashning samarador

vositalaridan biri unda sog‘lom turmush tarziga xos odatlarni shakllantirish

bo‘lib, bunda farzandingizni faol harakat rejimiga o‘rgatuvchi kun tartibiga,

shaxsiy va umumiy gigiyena (orastalik va sarishtalik) qoidalariga rioya qilishga,

atrof-muhitni muhofaza qilishga, zararli odatlardan saqlanish, jarohatlanish va

yara-chaqalardan o‘zini ehtiyotlashga undash, unga to‘g‘ri jinsiy tarbiya berish

va yuqorida ta’kidlanganidek, tarbiya jarayonida farzandingiz bilan muloqotda

psixogigiyena qoidalariga rioya qilishingiz va bunga erishishingizning

ahamiyati kattadir.

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan onalar va bolalarning reproduktiv

salomatligini muhofaza qilish borasida ham ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, oilada bolani psixologik jihatdan tarbiyalashda tashqi va ichki

omillar katta muhim vazifani bajaradi. Hozirda dunyo miqyosida axborot

texnologiyalarining keskin rivojlanayotganligi internet tizimining barcha

davlatlar, madaniy hududlar, barcha yoshdagi insonlar uchun qulay axborot

almashinuvi vositasiga aylanib borayotganligi munosabati bilan axborot

xavfsizligi tushunchasi paydo bo‘ldi. Axborot xavfsizligi - aslida jamiyatning

ob’ektiv, xolis, haqqoniy axborot manbaiga ega bo‘lishi uchun yaratilayotgan

shart-sharoitlarni nazarda tutadi va turli axborot xurujlariga nisbatan

iste’molchida o‘ziga xos immunitetning shakllanishiga yordam beradi.

Afsuski, zamonaviy yoshlarda G‘arb madaniyatiga qiziqish, milliy urf-

odatlarimizga zid bo‘lsa-da, moda ketidan quvishga moyillik bor. Shu sababli

ular Internet va boshqa OAV orqali uzatiladigan turli xil ma’lumotlarni psixologik

ekspertizasiz qabul qiladilar. G‘arb madaniyatiga taqlid, mafkuraviy

tahdidlarning asl ma’nosini tushunib yetmaslik, umuman globallashuvning

salbiy ta’siri yoshlarda o‘ziga xos gedonistik psixologiyaning shakllanishi uchun

shart-sharoit yaratadi.

Gedonizm – bu shaxs va uning xulq-atvori motivlarida faqat

nimalardandir lazzatlanish, qoniqish olish va o‘zidagi ichki ruhiy iztiroblardan

holi bo‘lishga intilish ustivor bo‘ladi.

Oilada psixologik himoya vositalari yoki mexanizmlari ishga tushishi va

samara berishi uchun birinchidan, har bir inson uchun mustaqil fikr zarur.

Chunki mustaqil fikrga ega bo‘lgan insongina o‘ziga nisbatan qaratilgan yaxshi

yoki yomon ma’lumotning mohiyatiga yetishi va unga nisbatan adekvat, to‘g‘ri,

oqilona munosabatni namoyon etishi, ichki psixologik himoya mexanizmlarini

ishga solishi mumkin.

Ikkinchidan, yoshlar turli yot va buzg‘unchi axborot xurujlariga

berilmasligi uchun biz ularda milliy g‘ururni tarbiyalashimiz va har bir

mashg‘ulot, “Ma’naviyat soatlari” tarbiyaviy muloqotlardan oqilona

foydalanishimiz zarur. Milliy g‘ururning ahamiyati shundaki, bunday fazilati bor

inson boshqalarga qul bo‘lishni, jumladan, axborot xurujlariga tobe bo‘lishni

o‘ziga ravo ko‘rmaydi.

Uchinchidan, milliy g‘ururi bor insonda iymon, insof va diyonat

tushunchalarini shakllantirish osonroq. Chunki inson qalbi bilan bog‘liq bu

qadriyatlar “Internet” va ochiq axborotlar olamida shaxsni adashtirmaydigan

“kompas” rolini o‘ynaydi, shaxsni xolis mulohoza yuritishga, yaxshi bilan

yomonning farqiga borishga o‘rgatadi.

Mamlakatimizda izchillik bilan olib borilayotgan oila siyosatining tom

ma’nosi XXI asr oilasining istiqboldagi rivojlanishi va taraqqiyotining ustivor

yo‘nalishlari jamiyat taraqqiyotining kafolatlari to‘g‘risidagi ezgu g‘oyalarimizga

hamohangdir.

Shunga tayangan holda zamonaviy oilalar rivojlanishiga asos bo‘luvchi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy va tibbiy omillar quyidagicha ifodalanishi mumkin:

- zamonaviy oila, jamiyatda ustivor bo‘lgan demografik tamoyillarga asoslangan, hech qanday siyosiy kuchlarning subyektiv xohish-irodasiga qaram bo‘lmaydigan, jamiyatni olg‘a rivojlanishiga to‘siq bo‘luvchi illat va asoratlarni bartaraf etishga qodir bo‘lgan maskan rolini o‘ynaydi;

- zamonaviy oila, milliy urf-odatlar, milliy qadriyatlar, an’analar va udumlarning jamiyat rivoji va oila barqarorligiga xizmat qiluvchi jihatlarini ilg‘or, insoniyat taraqqiyotiga aloqador an’analar bilan uyg‘unlashtiruvchi tabiiy makondir;

- zamonaviy oila, insonparvarlik va demokratiya tamoyillarining tom ma’noda jamiyatda ustivor bo‘lishi va har bir jamiyat a’zosi bo‘lgan fuqaro tomonidan ongli tarzda idrok qilinishi uchun ma’rifat maktabini o‘ynaydi;

- zamonaviy oila, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, mamlakatda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlanishi uchun ma’naviy qo‘rg‘on rolini o‘ynaydigan ijtimoiy institutdir;

- zamonaviy oila, “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat”, “Inson va uning manfaatlari har narsadan ulug‘” degan tamoyillarni o‘z a’zolari ongiga singdirish uchun qulay bo‘lgan mafkuraviy muhitdir;

- zamonaviy oila, xalqimizning ma’naviy boyliklarini, jahon sivilizatsiyasining eng ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradigan va shu asnoda har tomonlama barkamol sog‘lom avlodni tarbiyalovchi maskandir;

- zamonaviy oila, har bir fuqaroning kuch va iqtidorini o‘z halol va safarbar mehnati orqali ro‘zg‘orning iqtisodiy takomilini ta’minlash, shu orqali jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining samaradorligi va qudratini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar makonidir. Oila iqtisodini barqarorlashtirishda oilaviy tadbirkorlik, ijara, oilaviy ishlab chiqarish,

kasanachilik shakllaridan oqilona foydalanadi va oila byudjetini yaxshilash, turmush tarzini farovonlashtirish uchun zamonaviy texnika va texnologiyalardan, maishiy xizmat shaxobchalaridan unumli va o‘rinli foydalanadi;

- zamonaviy oila, o‘z fuqarolarida yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish orqali insonlarga berilgan huquq va erkinliklarga ongli munosabatini ta’minlovchi, bunda milliy, umuminsoniy va demokratik tamoyillar ma’no-mohiyatini yetkazuvchi ijtimoiy institutdir;

- zamonaviy oila, o‘zining intellektual salohiyati, aql-zakovati va iqtidori bilan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanish orqali innovatsion kashfiyotlar va yuksak texnologiyalarni oila barqarorligiga yo‘naltiruvchi, san’at sohasidagi sog‘lom ijodiy muhitni ta’minlovchi makondir;

- zamonaviy oila, onalar va bolalar reproduktiv salomatligini muhofaza qilish tizimi mavjud va uni takomillashganligini tushunib, sog‘lom tibbiy muhitni yarata olganligidir.

Ma’lumki, iymonlilik, insonparvarlik, diyonat, e’tiqodlilik kabi shaxs

mafkuraviy tasavvurlarining asosida yotgan fazilatlar o‘smirning eng avvalo

oilaviy munosabatlar tizimida tutgan o‘rnidan, ota va ona, oiladagi boshqa katta

avlod vakillarining ijtimoiy mavqelari va roli mazmunidan kelib chiqadi. Zero,

mafkuraviy tasavvurlar hamda ular asosida shakllanuvchi insoniy fazilatlar

shaxsning yaxlit strukturasidagi muhim omillardan hisoblanadi.

Milliy g‘oyani oila muhitida bolaning ongi, qalbiga singdirishning muhim

vositasi – bu oilaviy qadriyatlarni saqlash va ilg‘or oilaviy an’analarni kundalik

tarbiya tizimiga joriy etish, turmush tarzining bir bo‘lagiga aylantirishdir. Bunda

ota-onaning o‘rni va roli bevosita xarakterga ega bo‘lib, faqat sog‘lom muomala

va samimiyat muhitigina o‘smirning dunyoqarashi shakllanishiga ijobiy ta’sir

ko‘rsatadi.

Oilaviy an’analar, rasm-rusumlar va odatlar orqali bolalarimiz ongiga

milliy g‘oyani va istiqlol mafkurasini singdirishni ta’minlovchi psixologik omillar

va shart-sharoitlarni aniq bilish o‘ta dolzarb va muhim vazifadir. Xalq

psixologiyasida mafkuraviy ta’sirchan omillar mohiyatini bilish, yangicha rasm-

rusumlar marosimlarning ahamiyatli tomonlarini kundalik turmush tarziga

aylantirish yoshlar e’tiqodiga samarali ta’sir ko‘rsatuvchi pedagogik

texnologiyalarga kiradi.

Zamonaviy oila tarbiyasining psixologik asosi o‘zida insonparvarlik,

hamkorlik g‘oyalarini ifodalab, xalqning umumiy qiziqish va intilishlarini aks

ettirgani uchun ko‘p hollarda jamiyatni birlashtirib, uning ravnaqi uchun xizmat

qiladigan omil hisoblanadi, bu tom ma’noda mohiyatan o‘zbek oilalarida o‘z

ifodasini saqlab qolgan. Bu qadriyat “oilaviy burch”, “hamjihatlik ruhi”, “fidoyilik”,

“vatanparvarlik”, “oilaviy qadriyatlarga sadoqat”, “kattalarga hurmat”, “kichikka

g‘amxo‘rlik” kabi tushunchalarga asoslanadi.

Hozirgi davrning mohiyatidan kelib chiqib oilalarning ijtimoiy tarkibi ham

o‘zgarmoqda, bu esa o‘z navbatida oila tarkibida, turmushi va uning qiyofasida

jiddiy o‘zgarishlarni vujudga keltirmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,

o‘zbek oilalarida bunday tarkibiy o‘zgarish, yangicha munosabatlar tarixiy tarkib

topgan milliy o‘ziga xoslikni yo‘qotishga emas, balki oilalardagi

munosabatlarning har tomonlama pedagogik nuqtai nazardan rivojlanishiga,

ko‘p millatli respublikamiz aholisi urf-odatlari, an’analarining uyg‘unlashuviga,

mazmunan boyishiga sabab bo‘lmoqda. Kattalarga hurmat va bo‘ysinish

o‘zbek oilalaridagi an’anaviy tarbiya uslublaridan biridir. Oilada bolalarni to‘g‘ri

tarbiyalash, ota-onalarning va katta yoshdagi barcha kishilarning namunasi

bola shaxsini shakllantiruvchi, uning dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, jamoa

orasida o‘zini tuta bilishiga tayyorlovchi omildir. Aynan oila bolani qadam

qo‘ydiradi, uning o‘ziga xos xususiyati va ma’naviy qiyofasining shakllanishiga

asos soladi. Yosh avlodning qiziqish va tirishqoqligi, mehnatsevarligi birinchi

navbatda oila va undagi tarbiyaviy holatlarga bog‘liqdir.

Oiladagi tarbiyaviy jabhalarning saviyasi uning tuzilishiga, ko‘p bolalik

yoki kam bolalik, ikki yoki uch avlodning birgalikda yashashi, ota-onaning

mavjudligi yoki ulardan birortasining yo‘qligi, har ikki jinsdagi bolalarning

borligiga, ota-onalarning ma’lum saviyasiga, oila a’zolarining ijtimoiy ahvoliga,

bolalar tarbiyasi bo‘yicha o‘z burchlarini his etishlari, er va xotinning tarbiyaviy

jabhalarga munosabati kabi ijtimoiy omillarga bog‘liq. Shuningdek, oilaviy

tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashda oila tuzilishining milliy o‘ziga

xosligini va milliy an’analardan foydalanish darajasini hisobga olish lozim.

Oilada farzand tarbiyasining pedagogik-psixologik xususiyatlari. Oilaning asosiy ustuni – bu er-xotinning o‘zaro izzat-hurmati,

xushmuomala va shirinso‘zligi, bir-biriga yordam berishi va hamjihatligidir. Bu

bolalar tarbiyasida ham muhim ahamiyatga ega. Chunki farzand aytilgan

nasihatni esidan chiqarishi mumkin, lekin ko‘rganini hech qachon esdan

chiqarmaydi. Tarbiyaning bu jihatiga e’tibor berish lozim.

Ota-ona va farzandlar orasidagi adolatning axloqiy va huquqiy buzilishlari

salbiy sifatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Oilada bolalarning yoshligidan

boshlab yaxshi sifatlarini shakllantirib borishga jiddiy e’tibor berish lozim,

hayotiy masalalarni hal qilishda ota-onaning bilimi, ma’naviyati, o‘zini tutishi,

yurish-turishi katta ahamiyatga egadir.

Farzandlar odamlar orasida adolatparvarlik xislatlarini kamol toptirishda

o‘rnak ko‘rsatish, tushuntirish va uqtirish, rag‘batlantirish, ogohlantirish, tanbeh

berish, uyaltirish, suhbat, munozara va bahs kabi usullardan foydalanish

mumkin.

Zamonaviy oila tarbiyasida ijobiy jarayonlar bilan birga salbiy holatlar

ham keng o‘rin tutadi. “Sog‘lom oiladan chiqqan jinoyatchi” – bu atama hozirgi

kunda yuristlar, pedagoglar va sotsiologlarni, voyaga yetmaganlar ishlari bilan

shug‘ullanuvchilarni o‘ylantirib qo‘ymoqda. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘plab

shahar va viloyatlarda jinoyatga tortilgan yoshlarning ko‘p qismi o‘ziga tinch,

moddiy jihatdan yaxshi ta’minlangan oilalarda tarbiyalanganligi aniqlangan.

Ularni ota-onalarining yomon tarbiyasini olgan yoki moddiy jihatdan qiynalgan

sharoitlarda yashagan deyishga asosimiz yo‘q. Unda sababi nimada? - degan

savol tug‘ilishi tabiiydir. Har qanday holda ham asosiy sababini oiladan, uning

hayot bosqichlaridan ma’naviy-axloqiy turmush tarzidan, qadr-qimmatidan

qidirish lozim.

Hozirgi zamon oilalarida o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama tarbiyalashning barcha vasitalari, shakl va uslublari keng qo‘llanilmoqda. Olib borilgan kuzatishlar natijasida bolalar tarbiyasida ota-onalarning er va ayol sifatidagi faollik darajasi turlicha ekanligining guvohi bo‘ldik. Ularning bolalar tarbiyasiga ta’sir darajalarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

1. Oilada ota va ona bir xil ta’sir ko‘rsatadi. 2. Oilada otaning ta’siri kuchli. 3. Oilada onaning ta’siri kuchli. 4. Oilada ota yo‘q (vafot etgan, ajralishgan, ketib qolgan).

5. Oilada ona yo‘q (vafot etgan, ajralishgan, ketib qolgan). 6. Oilada o‘gay otaning ta’siri kuchli. 7. Oilada o‘gay onaning ta’siri kuchli. Umuman olganda hamma oilalar tarbiyasi uchun yaroqli umumiy formula

topish mumkin emas, lekin bolalar tarbiyasi bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar

asosida oilaning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, kelajakda kutilishi

mumkin bo‘lgan tarbiya natijalarini hisobga olib, maslahat berish mumkin.

Masalan, bolalar tarbiyasida oilaviy muhit maxsus ta’sir kuchiga ega. Muhit

deyilganda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari, bolalarga ta’sir ko‘rsatish

usullari, oilada mavjud bo‘lgan boshqa shakl va uslublar yig‘indisiga aytiladi.

Oila muhitining mazmuni ota-onalarning, katta yoshdagi a’zolarining g‘oyaviy-

siyosiy ongliliklarida namoyon bo‘ladi.

Hozirgi zamon oilalari tobora biqiqlikdan har tomonlama rivojlanish

darajasini namoyon etishmoqda. Atrof-muhit bilan bevosita aloqa, o‘z millatiga

mansub an’anaviy urf-odatlar bilan tanishish, ulardan o‘z bolalarini g‘oyaviy-

axloqiy jihatdan tarbiyalashda foydalanishlariga yordam bermoqda.

👉👉 Topshiriq. Sog‘lom oila asoslari bo‘yicha savollarga javoblar

yozing. Savollar Javoblar

Baxtiyor oila tushunchasi nima?

Sog‘lom turmush tarzi tushunchasi

nima?

Xotinning oiladagi burchlari

tushunchasi nima?

NAZORAT SAVOLLARI.

1. Nega sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish kerak? A) Sog‘lom va sog‘lom turmush tarzi odamga barcha faoliyat sohalarida

va uning harakatlarida yordam beradi. Tanaga nisbatan bunday yondashuv

tufayli inson o‘zi bilan muammolarga duch kelmaydi va buning o‘rniga yuqori

intellektual qobiliyat va yaxshi kayfiyatni oladi.

B) Sog‘lom turmush tarzining foydali ma’nosi - ravshan va qiziqarli

bo‘ladi. Shubhasiz, ularning sog‘lig‘i uchun qo‘rquvning kamayishi

shubhasizdir.

D) Sog‘lom turmush tarzi odamga barcha faoliyat sohalarida kerak.

Tanaga nisbatan bunday yondashuv tufayli inson o‘zi bilan muammolarga duch

keladi va buning o‘rniga yuqori intellektual qobiliyat va yaxshi kayfiyatni oladi.

E) Odamga barcha faoliyat sohalarida va uning harakatlarida yordam

beradi. Tanaga nisbatan bunday yondashuv tufayli inson o‘zi bilan

muammolarga duch keladi va buning o‘rniga yuqori intellektual qobiliyat va

yaxshi kayfiyatni oladi.

2. Ayolning oiladagi vazifasi nimadan iborat? A) Oilada farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanish. Oila yumushlarini o‘z

vaqtida bajarish, oilada ijobiy psixologik muhit yaratish.

B) Oila yumushlarini o‘z vaqtida bajarish, oilada ijobiy psixologik muhit

yaratish.

D) Oilada ijobiy psixologik muhit yaratish.

E) Oilada farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanish.

AMALIY MASHG‘ULOTLAR

1-MAVZU. MEHMON KUTISH ETIKETI. DASTURXON BEZATISH, MEHMONLARGA HUSH YOQUVCHI TAOMNOMA TUZISH.

MEHMONLARGA TAOM TORIQ QILISH TARTIBI.

Reja:

1. Mehmon kutish etiketi. Dasturxon bezatish, mehmonlarga hush

yoquvchi taomnoma tuzish. Mehmonlarga taom toriq qilish tartibiga doir blis-

so‘rov.

2. Mavzuga oid keys topshiriqlarini bajarish.

3. O‘zbeklarda mehmon va mezbon odobiga doir tushunchalarni yozing.

Mashg‘ulotning borishi

I. Mehmon kutish etiketi. Dasturxon bezatish, mehmonlarga hush

yoquvchi taomnoma tuzish. Mehmonlarga taom toriq qilish tartibiga doir blis-

so‘rov.

Topshiriq blis-so‘rov.

1. Mehmon kutish etiketi tushunchasi –

2. Dasturxon bezatish, mehmonlarga hush yoquvchi taomnoma tuzish –

3. Mehmonlarga taom toriq qilish tartibi -

II. Mavzuga oid keys topshiriqlarini bajarish.

1. Keys bayoni. Mehmon kutish etiketi. Dasturxon bezatish,

mehmonlarga hush yoquvchi taomnoma tuzish. Mehmonlarga taom toriq qilish

tartibi muayyan bosqichlarda amalga oshiriladi.

Keys topshirig‘i: Mehmon kutish etiketi. Dasturxon bezatish,

mehmonlarga hush yoquvchi taomnoma tuzish. Mehmonlarga taom tortiq qilish

tartibiga doir vazifalarni bosqichlar bo‘yicha yozing.

Bosqichlar Vazifalar

1-bosqich -----------------------------

2-bosqich ---------------------------

3-bosqich -----------------------------

III. O‘zbeklarda mehmon kutish odobiga doir tushunchalar

yozish.……………………………………………………….

Mavzuga oid testlarni yechish. 1. Rask oilaning buzilib ketishiga sabab bo‘lishi mumkinmi? A) Noo‘rin rashk qilinsa

B) Bo‘lishi mumkin emas

D) Ba’zi hollarda

E) Bo‘lishi mumkin

2. Rashkning ijobiy tomonlari numalardan iborat? A) Ikki yoshni hiyonatdan saqlaydi.

B) Ikki yoshni bir-biriga ishonchini oshiradi.

D) Ikki yoshni bir-birigan uzoqlashtiradi.

E) A va B javoblar to‘g‘ri.

2 – MAVZU. HAYOTDA O‘Z O‘RNINI TOPGAN ONAXONLAR BILAN DAVRA SUHBATI. VAZIYATLI HIKOYA MUHOKAMASI.

Reja:

1. Hayotda o‘z o‘rnini topgan onaxonlar bilan davra suhbati. Vaziyatli hikoya

muhokamasiga doir blis-so‘rov.

2. Mavzuga oid “Kichik esse” yozish.

3. Nasalani o‘qish, fikr yuritish va xulosa bo‘yich qisqacha yozish.

Mashg‘ulotning borishi I. Hayotda o‘z o‘rnini topgan onaxonlar bilan davra suhbati. Vaziyatli

hikoya muhokamasiga doir blis-so‘rov savollariga javob yozish. Topshiriq blis-so‘rovi. 1. Oila masalasida hayotiy tajribalar tushunchalari –

2. Hayotda o‘z o‘rnini topgan onaxonlar –

3. Onaxonlar maktabi haqida -

II. Mavzuga oid “Kichik esse” yozish.

“Kichik esse” uchun taklif etiladigan mavzular: 1. Qarisi bor uyning – parisi bor. 2. Qaynona kelin munosabatlarida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning o‘rni. 3. “Mening oyim general”.

III. “Baxt mol-dunyoda emas!” masalani o‘qing, fikr yuriting va

xulosangizni qisqacha yozing. Gapdan gap chiqib, qayinona-kelin aytishib qolishdi. Qayinona:

“O‘g‘lim uchun men sizni kelin qilib yuribman. O‘g‘limga ichim achiydi. Agar

menga qolsa, sizni bir kun ham unga xotin qildirmas edim. Ota-onangiz past

odamlar ekan – na bir arzigulik tilla narsalaringiz bor, na bir mebelni yaxshi

qilishmagan, qilgan sarupolari bir tiyinga qimmat”, - deb kelinga ta’na toshini

yog‘dirdi. Bundan dili vayron bo‘lgan kelin kechqurun ishdan qaytgan eriga

bor gapni ochib soldi. Oilada noxush holat paydo bo‘ldi.

Oila a’zolarining bunda bildirgan quyidagi munosabatlarini tahlil qiling:

A) Eri: “Nega hafa bo‘lasan, oyim bor gapni aytibdi. Onang menga ham

yalchitib kiyim qilmagan-ku”, - deb battar xotinining dilini xufton qildi;

B) qayinota xotini va o‘g‘liga: “O‘zlaring nimani qoyil qilib qo‘yibsizlar.

Kelinni yo oilamiz baxtli bo‘lsin, o‘zidan-o‘zi ko‘paysin, avlodimiz davom

etsin, qariganda huzur-halovatini ko‘raylik, deb oldikmi yo uning moli uchun

oldikmi? Birovning aziz bolasini o‘rtaga olib, nega uni hafa qilasizlar?

Qo‘lidan kelgan xizmatini qilib yuribdi. Ikkalangning ham hurmatini joyga

qo‘ysa, o‘zi oydek bo‘lsa, aqli-hushi joyida bo‘lsa. Yana nima kerak senlarga.

Mol-dunyo hech qachon insonga do‘st bo‘lgan emas. Tinchlik-omonlik, mehr-

oqibat bo‘lsa, hamma narsa bitadi. Peshonasiga bersin. Sizlarni shunchalik

pastkashlikka borasizlar deb o‘ylamagan edim. Bundan buyon bunday

noma’qulchilikni ko‘rmay”.

1. Eringiz ish yuzasidan biron bir ayol bilan uchrashsa, yoki telefon orqali muloqotda bo‘lsa siz qanday munosabat bildirasiz?

A) Ish yuzasidan bo‘lsa vaziyatga qarab tushunaman.

B) Ha kim bu ayol? “Sizda nima ishi bor?” deb so‘roqqa tutaman.

D) Begona ayollar bilan gaplashishiga yo‘l qo‘ymayman.

E) Mana shu vaziyatda barch ayollar ham rash qiladi.

2. Eringizni huda behudaga rashk qilasizmi? A) Ha, rashk qilaman. Lekin erimda ishonaman.

B) Ha, rashk qilaman. Chunki erimni qattiq sevamanda.

D) Yoq, rashk qilmayman.

E) Ha, ba’zida rashk qilaman.

3-MAVZU: RASHK, TURMUSH O‘RTOG‘INING ISHDAN KECH QAYTISHI, TURMUSH O‘RTOG‘I YAQINLARI BILAN YUZAGA KELADIGAN

MUAMMOLI VAZIYATLAR.

Reja: 1. Rashk, turmush o‘rtog‘ining ishdan kech qaytishi, turmush o‘rtog‘i

yaqinlari bilan yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarga doir blis-so‘rov.

2. Mavzuga oid keys topshiriqlarini bajarish.

3. Mavzuga oid testlarni yechish.

Mashg‘ulotning borishi I. Rashk, turmush o‘rtog‘ining ishdan kech qaytishi, turmush

o‘rtog‘i yaqinlari bilan yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarga doir blis-so‘rovini bajarish.

Topshiriq blis-so‘rovi. 1. Rashk nima? –

2. Turmush o‘rtog‘ining ishdan kech qaytishiga munosabat -

3. Turmush o‘rtog‘i yaqinlari bilan yuzaga keladigan muammoli -

II. Mavzuga oid keys topshiriqlarini bajarish. 1. Keys bayoni. Rashk, turmush o‘rtog‘ining ishdan kech qaytishi,

turmush o‘rtog‘i yaqinlari bilan yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar

muayyan bosqichlarda amalga oshiriladi.

Keys topshirig‘i: Rashk, turmush o‘rtog‘ining ishdan kech qaytishi,

turmush o‘rtog‘i yaqinlari bilan yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni

muayyan bosqichlar bo‘yicha yozing.

Bosqichlar Vazifalar 1-bosqich -----------------------------

2-bosqich ---------------------------

3-bosqich -----------------------------

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-

quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5325-sonli Farmoni qachon qabul qilingan?

A) 2018-yil 2-fevralda

B) 2019-yil 2-fevralda

D) 2020-yil 2-aprelda

E) 2021-yil 5-martda

2. “Ayollar maslahat kengashi” xonalariga qaysi yo‘nalishlar doirasida talablar qo‘yiladi?

A) Pedagogik, psixologik-fiziologik, texnika xavfsizligi va gigiyenik, estetik

talablar.

B) Pedagogik, texnika xavfsizligi va gigiyenik, estetik talablar.

D) Pedagogik, psixologik-fiziologik, gigiyenik, estetik talablar.

E) Pedagogik, psixologik-fiziologik, texnika xavfsizligi, estetik talablar.

4-MAVZU: FARZAND TARBIYASI: ALLA AYTISH, CHAQALOQ

YO‘RGAKLASH, ERTAK AYTIB BERISH, YIGLAB QOLGAN BOLANI TINCHLANTIRISH

Reja:

1. Farzand tarbiyasi: Alla aytish, chaqaloq yo‘rgaklash, ertak aytib berish,

yiglab qolgan bolani tinchlantirish yuzasidan blis-so‘rov.

2. Mavzuga oid “Kichik esse” yozish.

3. Mavzuga oid masalani o‘qish va xulosa qilish

Mashg‘ulotning borishi

I. Farzand tarbiyasi: Alla aytish, chaqaloq yo‘rgaklash, ertak aytib berish, yiglab qolgan bolani tinchlantirish yuzasidan blis-so‘rovga javob yozish.

Topshiriq blis-so‘rovi. 1. Farzand tarbiyasi tushunchasi -

2. Alla aytish, chaqaloq yo‘rgaklash -

3. Ertak aytib berish –

4. Yiglab qolgan bolani tinchlantirish-

II. Mavzuga oid “Kichik esse” yozish.

“Kichik esse” uchun taklif etiladigan mavzular: 1. Farzand tarbiyasi qachondan beriladi? 2. Farzand tarbiyasida atrof muxit, irsiyat va ta’lim – tarbiyaning o‘rni.

3. Farzand tarbiyasida buva va buvilarning o‘rni.

III. Mavzuga oid masalani o‘qish va xulosa qilish. “Tarbiyadagi kichik nuqson katta fojeaga olib kelishi mumkin!” Ota o‘g‘lining yetuklik attestatini olishi va 16 yoshga to‘lishi munosabati

bilan ziyofat berdi. U o‘ziga va o‘g‘liga qadah to‘ldirdi. O‘g‘lini bugungi baxtli

kuni bilan tabriklab, unga qadaq uzatdi. Bu voqeaga oila a’zolari quyidagicha

munosabatda bo‘ldilar.

A) Dadasi: o‘g‘lim, muborak yoshing, mustaqil hayotga qadam

qo‘yishing bilan tabriklayman! Shu munosabat bilan bir qadah ko‘taraylik;

B) Buvisi: Jon bolam, sen spirtli ichimliklarga o‘g‘lingni o‘rgata ko‘rma.

Hech qachon ichmasin – martabasi ulug‘ bo‘ladi.

D) Buvasi: Mayli, dadangning so‘zi yerda qolmasin. Do‘stlari oldida uni

izza qilma. Qadahni urishtirib, bir ho‘plab bera qol;

E) Oyisi: O‘g‘lim, dadang senga qadah uzatib, bu spirtli ichimliklarning

qanchalik zararli ekanligini bilish yoki bilmasligingni sinab ko‘rmoqchi, - deb

o‘g‘li va eriga qarab qo‘ydi.

1. Tarbiyaning tarixiy xarakteri deganda nima tushunasiz? A) Tarbiyaning tarixiy rivojlanish bilan, tarix fani blan bog‘liqligini

tushunamiz.

V) Inson tarbiyasini u yashagan tarixiy sharoit bilan bog‘liq xolda amalga

oshirilishi.

D) O‘quvchilarni har bir xalqning tarixiy an’analari ruhida tarbiyalashni

tushunamiz.

E) Jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti bilan bog‘liq holda tarbiya

xarakteri, mazmuni, vazifalari, metodlarining o‘zgarib borishi.

2. Umuminsoniy tarbiyaviy qadriyatlarga nimlar kiradi?

A) Butun insoniyatning ta’lim – tarbiya sohasidagi tajribalari.

B) Barcha xalqlar uchun umumiy bo’lgan ilg’or tarbiyaviy g’oyalar, an’nalar.

D) Tarbiyada archa insonlarning qadr – qimmatini hurmat qilish.

E) Barcha millatlarga xos axloqiy normalar. 5-MAVZU: UY-RO‘ZG‘OR TUTISHDA MUAMMOLI VAZIYATDAN CHIQIB

KETISH, OILADA KELISHMOVCHILIK SODIR BO‘LGANDA KELIN SIFATIDA O‘ZINI TUTISH, OILADA UMUMIY QARORLAR QABUL

QILINAYOTGANDA ISHTIROK ETISH

Reja: 1. Uy-ro‘zg‘or tutishda muammoli vaziyatdan chiqib ketish, oilada

kelishmovchilik sodir bo‘lganda kelin sifatida o‘zini tutish, oilada umumiy

qarorlar qabul qilinayotganda ishtirok etish yuzasidan blis-so‘rovini bajarish.

2. Mavzuga oid keys topshiriqlarini bajarish.

3. Mavzuga oid masalani o‘qish va xulosa qilish

Mashg‘ulotning borishi

I. Uy-ro‘zg‘or tutishda muammoli vaziyatdan chiqib ketish, oilada kelishmovchilik sodir bo‘lganda kelin sifatida o‘zini tutish, oilada umumiy qarorlar qabul qilinayotganda ishtirok etish yuzasidan blis-so‘rovga javob yozish.

Topshiriq blis-so‘rovi. 1. Uy-ro‘zg‘or tutishda muammoli vaziyatdan chiqib ketish –

2. Oilada kelishmovchilik sodir bo‘lganda kelin sifatida o‘zini tutish –

3. Oilada umumiy qarorlar qabul qilinayotganda ishtirok etish -

II. Mavzuga oid keys topshiriqlarini bajarish. Keys bayoni. Uy-ro‘zg‘or tutishda muammoli vaziyatdan chiqib ketish,

oilada kelishmovchilik sodir bo‘lganda kelin sifatida o‘zini tutish, oilada umumiy

qarorlar qabul qilinayotganda ishtirok etish muayyan bosqichlarda amalga

oshiriladi.

Keys topshirig‘i: Uy-ro‘zg‘or tutishda muammoli vaziyatdan chiqib ketish,

oilada kelishmovchilik sodir bo‘lganda kelin sifatida o‘zini tutish, oilada umumiy

qarorlar qabul qilinayotganda ishtirok etishga doir vazifalarni bosqichlar

bo‘yicha yozing.

Bosqichlar Vazifalar 1-bosqich -----------------------------

2-bosqich ---------------------------

3-bosqich -----------------------------

III. Mavzuga oid masalani o‘qish va xulosa qilish. “Mehmonning oldida mushugingni pisht dema!” Mehmonlar bilan band bo‘layotgan Nasibaxonning oldiga qizchasi 2-3

bor noniga yog‘ surib berishini so‘rab kirdi. U mehmonlarning oldiga

kirganida mehmonlardan birining: “Voy, bu qiz juda shirin ekan-da, ko‘ylagini

qarang chiroyliligini”, - degan maqtovlari yoqib, uning mehmonlarning oldiga

yana kirgisi kelardi. Qizi Ra’no onasining non ustiga surib bergan yog‘ning

o‘zinigina yaladi-da, mehmonlarning oldiga yana kirdi. Jahli chiqqan onasi

uni jerkib berdi va qo‘lidan ushlab siltaganicha mehmonlarning oldidan olib

chiqib ketdi. Ra’noning yeb turgan qo‘lidagi noni mehmonxonadagi gilamga

tushib qoldi. Birozdan keyin Ra’noning yig‘lagan ovozi eshitildi. Qo‘lida latta

va chelakda suv bilan kirgan Nasibaxon qizi tushirib qoldirgan nonning

yog‘idan gilamda qolgan dog‘ni artishga tushib ketdi va “Yog‘ning dog‘i

qolmasmikan, gilam chet elniki edi”, deb qo‘ydi.

Ona bu yerda qanday tarbiyaviy va ma’naviy xatolarga yo‘l qo‘ydi? U ushbu holda qanday yo‘l tutishi kerak edi?

A) “Mehmon kelganda hadeb kiraverding. Nima, yog‘

ko‘rmaganmisan?”, - deb koyishi kerak;

B) “Meni mehmonlarning oldida rosa uyaltirding. Yog‘ yeging kelsa,

oshxonada yemaysanmi? Aqling yo‘qmi? U gilamning necha pul turishini

bilasanmi?”, - deb urushishi kerak;

D) “Ona qizim, uyga mehmon kelganida ularning oldiga kirib, salom

berib, keyin chiqib ketish kerak. Mehmonlarning oldiga qayta aylanib kirish

kerak emas. Mehmonlarning oldidagi narsalardan yeging kelsa, oshxonada

stol ustida turibdi, ana shulardan olib yegin. Undan keyin – agar birov seni

maqtasa, taltayib ketmagin. Uning o‘rniga bundan ham yaxshi, odobli qiz

bo‘lishga harakat qil”.

1. Oilada uyga maishiy xizmat vakillarini (har xil ta’mirlash ustalarini) kim chaqirib, ular bilan gaplashishi kerak deb hisoblaysiz?

A) odatda bu ishni xotin bajaradi

B) ko‘proq xotin, lekin b a ’zan er ham

D) ko‘proq er, lekin ba’zan xotin ham

E) odatda bu ishni er bajaradi

2. Oilada uyning shinamligi va qulayligi uchun kim ko‘proq jon kuydirishi kerak deb o‘ylaysiz?

a) asosan er

b) ko‘proq er, lekin xotin ham

d) ko‘proq xotin, lekin er ham

e) asosan xotin

GLOSSARIY

So‘z Ma’nosi

Oila Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini

saqlaydigan, milliy qadriyatlarning rivojini

ta’minlaydigan, yangi avlodni dunyoga keltirib, uni

ma’naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalaydigan,

jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi muqaddas

maskandir. Oila deb qon-qarindoshlik va nikoh orqali

yoki birga istiqomat qilish orqali bog‘langan odamlardan

iborat ijtimoiy guruhdir. Oila ijtimoiylashuv asosidir. Oila

— nikoh yoki tug‘ishganlikka asoslangan kichik guruh.

Monogamiya Bir xotinlilikka asoslangan oila tipidir.

Poligamiya Ko‘pxotinlilikka asoslangan oila tipidir.

Nukliar oila Er va xotin bo‘lgan yoshlarning o‘zlari, ularning

bolalaridan iborat bo‘lgan, ota-ona va bobo-buvilardan

mustaqil tarzda xo‘jalik yurituvchi oila tipi. Nukliar oilada

tomonlar munosabati aynan er va xotin munosabatlari

asosiga quriladi.

Murakkab oila Bir necha avlod vakillari birga yashaydigan oila, o‘zbek

oilalarining ko‘pchiligi murakkab oila tipiga kiritiladi,

chunki qaynona, qaynota, er va xotin, nabiralar

birgalikda bir makonda bir va yagona xo‘jalik yuritish

asosida yashaydilar.

Patriarxat oila Insoniyat tarixidagi an’naviy oila tipi bo‘lib, unda erkak

ma’lum axloqiy-ma’anviy qadriyatlar egasi va ularni

targ‘ib qiluvchi sifatida namoyon bo‘ladi, erkak avtoriteti

ustunlik kasb etadi, erkak oila va uning a’zolari taqdiri

ustidan mas’ul qilib belgilanadi, erkak oila tirikchiligini

ta’minlovchi bo‘ladi, oila an’analari avloddan avlodga

o‘tkaziladi.

Patrilokal oila Oila a’zolarining yashash tamoyili asosida yaratiladi,

patrilokal oila tipida er va erining oila a’zolari, xususan

ota-onasi bilan yaxlitlikda va birgalikda yashaydigan,

mana shu oila urf-odatlari va talablariga rioya qilish

ustunlik bo‘lgan oila tipi.

Oilaning tarbiyaviy funksiyasi

Oila instituti orqali va uning yordamida shaxsda

muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni

shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayondir.

Tarbiya insonning jamiyatda yashashi uchun zarur

bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida

ko‘riladigan chora tadbirlar yigindisidir.

Oilaning xo‘jalik-maishiy funksiyasi

Uy tutishning iqtisodiy va maishiy tomonlari o‘zida

mujassam etgan, amallar, oila byudjeti, oila ehtiyojlari,

uy tutish bo‘yicha vazifalar taqsimoti va ularga ketadigan

mablag‘larni taqsimlash funksiyasidir.

Konflikt O‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan ziddiyatli manfaatlar va

munosabatlarning ochiq to‘qnashuvidir.

Konfliktning ikki tomoni nima

Konfliktning ikki tomoni mavjud. Bir tomon - ziddiyatni

kuchaytirish, ikkinchi tomon – ziddiyatni pasaytirish. Bir

tomon – ziddiyatni buzg‘unchilikka olib kelish, ikkinchi

tomon – ziddiyatni murosaga, yaratuvchanlikka va

osoyishtalikka olib kelishdir. Konflikt faqat bir tomondan

iborat bo‘la olmaydi. Konfliktda, uning qanchalik

murakkab bo‘lishiga qaramay, har vaqt ikki tomon –

buzg‘unchilik va yaratuvchanlik mavjud bo‘ladi.

Stereotip O‘ngimizga o‘rnashib qolgan, biz to‘g‘ri deb o‘ylagan,

aslida noto‘g‘ri bo‘lgan qarashlar, fikrlar tizimi

Konfliktogen Konfliktga olib kelishi mumkin bo‘lgan so‘zlar, amallar,

yoki harakatsizlik konfliktogen deb ataladi

Konflikt vaziyat Biz jo‘natayotgan va qabul qilayotgan axborotlar

orasidagi xissiy-emotsional hamda psixologik

muvozanat buzilganda yuzaga keladi

Konfliktogenlar eskalatsiyasi

Konflikt vaziyatni kuchaytirishga xizmat qiluvchi

konfliktogenlarning haddan ortiq kuchayishi va konfliktni

vujudga keltirishidir.

Konflikt signallari

Konflikt signallari konfliktning to‘la namoyon bo‘lishidan

oldin tomonlar o‘rtasidagi odatdagi to‘g‘ri munosabatlar

o‘rtasida kelishmovchilik, inqiroz, o‘zaro tushunmaslik,

g‘ayirlik, ayrmakashlik, anglashilmovchilik vujudga

kelayotganligini namoyon etadi. Konflikt signallariga

bee’tiborlilik uning kelgusida rivojlanib ketishi uchun

asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois, konflikt signallarini

bilish va ularga e’tiborli munosabat talab qilinadi. Konflikt

signallariga inqiroz, tomonlar orasidagi tanglik,

tushunmovchilik, insidentlar, diskomfort kiradi.

Gender Xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning

jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu

jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va

madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon

bo‘ladigan ijtimoiy jihatidir.

Zo‘ravonlik Xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki

iqtisodiy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazish

choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ularning

hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va

qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari

hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy

harakat (harakatsizlik)dir.

Himoya orderi Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxsga davlat

himoyasini taqdim etuvchi va ayolga tazyiq

o‘tkazayotgan yoki unga nisbatan zo‘ravonlik sodir

etgan shaxsga yoki bir guruh shaxslarga Qonunda

belgilangan ta’sir choralarini qo‘llashga sabab bo‘luvchi

hujjatdir. Himoyaga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarni o‘z

vaqtida aniqlab, ularga nisbatan yakka tartibdagi,

manzilli profilaktik chora-tadbirlarni qo‘llashning huquqiy

kafolatlangan mexanizmidir. “Tazyiq va zo‘ravonlikdan

jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini

ta’minlash va monitoring olib borish to‘g‘risidagi

Nizom”ga asosan, Himoya orderini berish uchun

quyiadiglar asos hisoblanadi: tazyiq va zo‘ravonlik

qurbonining murojaati; jismoniy yoki yuridik

shaxslarning xabarlari, shu jumladan, ommaviy axborot

vositalari va (yoki) ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan

xabarlar; tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etish yoxud ularni

sodir etishga urinish holatlarining vakolatli organlar va

tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanishi;

davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan olingan

materiallar.

G‘ayriijtimoiy xulq-atvor

Shaxsning jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari

va qoidalarini buzuvchi turmush tarzi, harakati

(harakatsizligi)dir.

Ruhiy zo‘ravonlik

Ayolga nisbatan bir shaxs yoki bir guruh shaxslar

tomonidan turmushda, ish joylarida, ta’lim

muassasalarida amalga oshiriladigan va uning or-

nomusi, qadr-qimmatini toptash, kamsitish, haqoratlash,

unga tuhmat qilish, uni doim tanqid qilish, ranjitish,

masxara qilish, uning ishonchini suiste’mol qilish,

yuragini olish, uni uydan ketish yoxud uydan haydash,

ta’lim muassasasidan chiqarib yuborish, mehnat

shartnomasini tugatish bilan qo‘rqitish orqali ayol hayoti

va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan ruhiy ta’sir ko‘rsatishga

qaratilgan harakat (harakatsizlik)dir.

Jinsiy zo‘ravonlik

Ayolga nisbatan bir shaxs yoki bir guruh shaxslar

tomonidan turmushda, ish joylarida, ta’lim

muassasalarida amalga oshiriladigan va jinsiy aloqa

qilishga majburlash maqsadida zo‘rlik qilish yoki zo‘rlik

qilishni tahdid qilish orqali uning or-nomusiga, qadr-

qimmatiga va jinsiy daxlsizligiga tajovuz qiladigan

harakat yoxud 18 yoshga to‘lmagan ayol jinsiga mansub

shaxslarga nisbatan axloqsiz harakatlardir.

Iqtisodiy zo‘ravonlik

Ayolga nisbatan bir shaxs yoki bir guruh shaxslar

tomonidan turmushda, ish joylarida, ta’lim

muassasalarida amalga oshiriladigan va uning oziq-

ovqat, uy-joy hamda normal yashashi va rivojlanishi

uchun boshqa zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlashga

doir huquqlarini cheklaydigan, mol-mulkka, ta’lim olish

va mehnat qilishga doir huquqini, birgalikda egalik

qiladigan mulkdan foydalanish va o‘ziga taalluqli

ulushni tasarruf etish huquqini amalga oshirishni

cheklaydigan harakat (harakatsizlik)dir.

Ish joyi Ayol tomonidan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq

u ishlashi yoxud xizmat vazifalarini bajarishi tufayli

bo‘lishi kerak bo‘lgan yoki borishi zarur bo‘lgan ish

beruvchi tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat

qilinadigan joy.

Turmush Nikoh qurgan shaxslarning va ular oila a’zolarining,

shuningdek umumiy xo‘jalik yuritadigan birga

yashaydigan shaxslarning yoki qon-qarindoshlik

rishtalari bilan bog‘langan alohida yashaydigan

shaxslarning kundalik hayotidir.

Tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish

Ayol hayotiga, sog‘lig‘iga xavf soladigan tahdidni

bartaraf etish, shoshilinch chora-tadbirlarni talab

qiladigan hayotiy vaziyatlar yuz berganda uning

xavfsizligini ta’minlash, shuningdek tazyiq

o‘tkazayotgan va zo‘ravonlik sodir etayotgan shaxs

tomonidan takroriy va uzoq davom etadigan

g‘ayriqonuniy harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida

vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladigan ruhiy,

ijtimoiy, huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa

xususiyatga ega shoshilinch tadbirlar tizimidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Rasmiy xujjatlar

1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T: O‘zbekiston, 2014. –

40 b.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoevning “O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi

to‘g‘risida”gi Farmoni // Xalq so‘zi, 2017-yil. 8-fevral. №

28(6722)//http://lex.uz/pages/getpage.aspx? lact_id=3107036

3. Mirziyoyev Sh. M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,

yangi bosqichga ko‘taramiz. – J. I. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017-yil

4. Mirziyoyev Sh. M. Xalqimiz roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy

bahodir. – J. II. – Toshkent: O‘zbekiston, 2018-yil

5. Mirziyoyev Sh. M. Bilimli avlod – buyuk kelajagimizning, tadbirkor xalq –

farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir. –

Toshkent: O‘zbekiston, 2018-yil.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan

Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi // Ma’rifat,

2017, 20-sentabr. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y.,

18-son, 313-modda, 19-son, 335-modda, 24-son, 490-modda)

7. Abidov B.K. Maktabgacha ta’lim (xorijiy mamlakatlar tajribasi) //

Zamonaviy ta’lim, 2017, -№ 11.

8. Abu-l-Qosim Mahmud az-Zamaxshariy. Nozik iboralar /sharhlar muallifi

va tarjimon U. Uvatov/. Nashrga tayyorlovchi Asad Dilmurod. – T.: Kamalak,

1992. -B. 25-45

9. Anvar Hojiahmad. Jannat kaliti. –T.: Movarounnahr, 1998.-B. 208

10. Zunnunov A. Pedagogika tarixi. –Toshkent: “Sharq”, 2004. – 335 b.

11. Zunnunov A. Pedagogika nazariyasi. –Toshkent: “Aloqachi”, 2006. –

164b.

12. Jadid ma’rifatparvarlik harakatining g‘oyaviy asoslari. –Toshkent: 2016. –

215 b.

13. Jo‘rayev N. Ma’naviyat – inson qalbining sarchashmasi. – T.: Ma’naviyat,

2015. – 30 b.

14. Inomova M. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy

qadriyatlardan foydalanishning pedagogik asoslari: Ped. fan. d-ri.diss. –T.,

1998. –316 b.;

15. Kenjaeva D. R. Madaniyatning tarbiyaviy funksiyasi va uning ijtimoiy

falsafiy tahlili. Dis. … fal. fan. nomz. – Toshkent, 1999. - 158 b.

16. Mardonov Sh. K., Zaripov K. Z. O‘qituvchilar malakasini oshirish

pedagogikasi. –Toshkent: Fan va texnologiya, 2018. -284 b.

17. Maxmudova M. Xalq pedagogikasi mazmuni asosida talaba-yoshlarni

oilaviy hayotga tayyorlash tizimi. Dis. … ped. fan. d-ri. – T., 2007. – 282 b.

18. Munavvarov A. Oila pedagogikasi. – T. O‘qituvchi, 1994. –112 b.

19. Musurmonova O. Oila ma’naviyati - milliy g‘urur. – T.: O‘qituvchi, 1999. –

200 b.

20. Musurmonova O. Oila - jamiyat tayanchi. – T. Yoshlar nashriyot uyi,

2019. 251 bet.

21. Musurmonova O. Farzandlarimga nasihatlar. – T. Yoshlar nashriyot uyi,

2020. - 268 b.

22. Musurmonova O., To‘ychieva G. U. Respublikaning mahalla, tuman,

shahar va viloyatlari kesimida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ni

shakllantirish ishlarini olib borish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. –Toshkent: 2020.

– 72 b.

23. Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi (Aksiologiya). – Toshkent: Faylasuflar

jamiyati, 2004. – B.31.

24. Orif Usmon. Bahoviddin Naqshband va uning ta’limoti haqida. –T.:

Universitet, 1993-yil

25. To‘ychiyeva G.U. Oilaviy psixolog xizmati qachon yo‘lga qo‘yiladi? //

“Mahalla” gazetasi. - № 35 (1965). 23 oktabr, 2020-yil

26. To‘ychiyeva G.U. Yoshlar va konfliktlar: konfliktlar yechimiga o‘rganish. –

Toshkent, 2008, -198 b.

27. To‘ychiyeva G. U. Mahallada qizlarni sog‘lom turmush tarzi asosida

oilaga tayyorlash o‘quv kursi dasturi. -Toshkent, 2006 (hammualliflikda). –B. 34

28. Uvatov U. Donolardan saboqlar. – T.: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi

nashriyoti, 1994

29. Umarzoda Muhsin. Avesto sirlari. // Jahon adabiyoti, 1997, 4-son, -B.

199-200

30. Fitrat A. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. 2-nashr. - T.: Ma’naviyat, 2000

-112 b.

31. Forobiy Abu Nosir. Fozil odamlar shahri. –T.: Xalq merosi, 1993. – 224

b.

32. Xayrullaev M.M. O‘rta Osiyoda ilk uyg‘onish davri madaniyati. –T.: Fan,

1994. -80 b.

33. Shayxova X., Nazarov K. Umuminsoniy qadriyatlar va ma’naviy kamolot.

–T.: O‘zbekiston, 1992

34. Shodmonova Sh. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. O‘quv-metodik

qo‘llanma. –Toshkent: «Fan va texnologiyalari», 2008. – 147 b.

35. Egamberdieva N. Ijtimoiy pedagogika. –Toshkent: Alisher Navoiy

nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2009. -232 b.

36. Egamberdieva N. M. Madaniy-insonparvarlik yondashuv asosida

talabalarni shaxsiy hamda kasbiy ijtimoiylashtirish nazariyasi va amaliyoti.

ped.f.dokt. ... diss.avt. -Toshkent: 2010, -B.18

37. Qayumov A,, Is’hoqov M., Otaxo‘jaev A., Sodiqov Q. Qadimgi yozma

yodgorliklar. –T.: Yozuvchi, 2000. –B. 10

38. Hoji Ismatulloh Abdulloh. Markaziy Osiyoda islom madaniyati.-T.:Sharq.

B. 384