2013 yil yakunlari

35
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ISLOM KARIMOVNING MAMLAKATIMIZNI 2013-YILDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH YAKUNLARI VA 2014-YILGA MO‘LJALLANGAN IQTISODIY DASTURNING ENG MUHIM USTUVOR YO‘NALISHLARIGA BAG‘ISHLANGAN VAZIRLAR MAHKAMASINING MAJLISIDAGI MA’RUZASI 18.01.2014 Hurmatli majlis ishtirokchilari! Biz bugun 2013-yilning yakunlari haqida gapirganda, avvalo, o‘tgan yilda mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda mutanosiblikka erishgani, modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur’atlar bilan rivojlanganini qayd etamiz. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o‘sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo‘jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko‘rsatkichidan past bo‘ldi va 6,8 foizni tashkil etdi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, tashqi davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 17 foizni, eksport hajmiga nisbatan qariyb 60 foizni tashkil etdi. Bu avvalambor xorijiy investitsiyalar va umuman, chetdan qarz olish masalasiga chuqur va har tomonlama puxta o‘ylab yondashish natijasidir. 2013-yilda iqtisodiyot sohasidagi soliq yuki 21,5 foizdan 20,5 foizga, jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘ining eng kam stavkasi 9 foizdan 8 foizga tushirilganiga qaramasdan, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz profitsit bilan bajarildi.

Transcript of 2013 yil yakunlari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ISLOM KARIMOVNINGMAMLAKATIMIZNI 2013-YILDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISHYAKUNLARI VA 2014-YILGA MO‘LJALLANGAN IQTISODIY DASTURNINGENG MUHIM USTUVOR YO‘NALISHLARIGA BAG‘ISHLANGAN VAZIRLARMAHKAMASINING MAJLISIDAGI MA’RUZASI18.01.2014

Hurmatli majlisishtirokchilari!

Biz bugun 2013-yilningyakunlari haqida gapirganda,avvalo, o‘tgan yildamamlakatimizning iqtisodiyva ijtimoiy sohalarda

mutanosiblikka erishgani, modernizatsiya vadiversifikatsiya hisobidan yuqori sur’atlar bilanrivojlanganini qayd etamiz.

Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o‘sdi,sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga,qishloq xo‘jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi– 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognozko‘rsatkichidan past bo‘ldi va 6,8 foizni tashkil etdi.

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, tashqi davlat qarzi yalpiichki mahsulotga nisbatan 17 foizni, eksport hajmiganisbatan qariyb 60 foizni tashkil etdi. Bu avvalamborxorijiy investitsiyalar va umuman, chetdan qarz olishmasalasiga chuqur va har tomonlama puxta o‘ylabyondashish natijasidir.

2013-yilda iqtisodiyot sohasidagi soliq yuki 21,5foizdan 20,5 foizga, jismoniy shaxslar uchun daromadsolig‘ining eng kam stavkasi 9 foizdan 8 foizgatushirilganiga qaramasdan, davlat byudjeti yalpi ichkimahsulotga nisbatan 0,3 foiz profitsit bilan bajarildi.

Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohagayo‘naltirilgan xarajatlar yuqori darajada saqlanibqoldi va umumiy xarajatlarning 59,3 foizini tashkiletdi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida yuz berayotgan jiddiy sifato‘zgarishlari alohida e’tiborga sazovordir.

Yurtimizda qabul qilingan 2011-2015-yillarda sanoatniustuvor darajada rivojlantirish dasturi va ishlabchiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologikyangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalgaoshirilishi natijasida sanoat tarkibida yuqoriqo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan, raqobatdoshmahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlariningo‘rni tobora ortib bormoqda. Bugungi kundamamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoatmahsulotlarining 78 foizdan ortig‘i aynan ana shutarmoqlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

2013-yilda yuqori texnologiyalarga asoslanganmashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati 121foizga, qurilish materiallari sanoati 113,6 foizga,yengil sanoat 113 foizga va oziq-ovqat sanoati 109foizga o‘sgani misolida buni yaqqol ko‘rish mumkin.

Telekommunikatsiya uskunalari, kompyuter texnikasi vamobil telefonlar, keng turdagi maishiy elektronikamahsulotlari ishlab chiqaradigan yangi zamonaviykorxonalar tashkil etilmoqda. Iqtisodiyotimizningdeyarli barcha tarmoqlari modernizatsiya qilinib,amalda texnologik jihatdan yangilanmoqda.

Ana shunday o‘zgarishlar natijasida yalpi ichkimahsulot tarkibida sanoatning ulushi hozirgi vaqtda24,2 foizdan ziyodni tashkil etmoqda. Holbuki, buko‘rsatkich 2000-yilda 14,2 foizdan iborat edi.

Mamlakatimizda iste’mol tovarlari ishlab chiqarishnitubdan oshirish bo‘yicha o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar ham amaliy samarasini bermoqda.

O‘tgan yili ana shunday tovarlar ishlab chiqarishningo‘sish hajmi 14,4 foizni tashkil etdi va yalpi sanoathajmida ularning ulushi 35,5 foizga yetdi. Bundaytovarlarning raqobatdoshligi nafaqat ichki bozorda,balki tashqi bozorda ham tobora ortib bormoqda.

Hech shubhasiz, bu borada sanoat kooperatsiyasi asosidatayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘laminikengaytirish bo‘yicha bajargan ishlarimiz muhim rolo‘ynadi.

So‘nggi 3-yilda mamlakatimizda mahalliylashtirilganmahsulotlar ishlab chiqarish hajmi qariyb ikki barobaroshdi. Faqat o‘tgan yilning o‘zida 455 ta korxonadamahalliylashtirish dasturi asosida 1 ming 140 ta loyihaamalga oshirildi. Buning natijasida ishlab chiqarishhajmi 1,2 barobar ko‘paydi va import o‘rnini bosishbo‘yicha yakuniy samara 5 milliard 300 million AQShdollarini tashkil etdi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o‘rnitobora mustahkamlanib borayotganining o‘ziiqtisodiyotimizning tarkibida bo‘layotgan ijobiyo‘zgarishlardan dalolat beradi. Faqatgina o‘tganyilning o‘zida yurtimizda 26 mingdan ziyod kichikbiznes sub’ekti ish boshladi, ushbu sektorda faoliyatko‘rsatayotgan korxonalarning umumiy soni yil oxirigakelib 190 mingtaga yetdi.

Bugungi kunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotiningqariyb 55,8 foizi ayni shu sohada ishlab chiqarilmoqda.Vaholanki, 2000-yilda bu ko‘rsatkich 31 foizdan iboratedi.

Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan jami sanoatmahsulotlarining 23 foizi, ko‘rsatilayotgan bozorxizmatlarining deyarli barchasi, mahsulot eksportining18 foizi, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan bandbo‘lgan aholining 75 foizi kichik biznes ulushigato‘g‘ri kelmoqda.

Ana shu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, kichik biznesshaklan kichik bo‘lishiga qaramasdan, iqtisodiyotimiznibarqaror rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlashmuammosini hal etish va xalqimiz farovonliginiyuksaltirishda tobora katta rol o‘ynamoqda.

Iqtisodiyotimiz tarkibidagi chuqur o‘zgarishlarmamlakatimiz eksport salohiyatini mustahkamlash,eksport hajmini barqaror oshirish va uning tarkibidaijobiy o‘zgarishlarga erishishda eng muhim omilgaaylandi.

Jahon bozoridagi kon’yunkturaning beqarorligigaqaramasdan, 2013-yilda eksport hajmining o‘sishi 10,9foizdan iborat bo‘ldi. Tashqi savdo faoliyatidagiijobiy saldo 1 milliard 300 million dollarni tashkiletdi. 2013-yilda qimmatbaho metallar narxining keskinpasayganiga qaramasdan, mamlakatimiz oltin-valyutazaxirasi o‘tgan yil davomida 2 foizga ko‘paydi.

So‘nggi yillarda eksport tarkibida raqobatdosh tayyormahsulotlar ulushi barqaror sur’atlar bilan o‘sibborayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2013-yildaumumiy eksport hajmining 72 foizdan ortig‘i tayyortovarlar hissasiga to‘g‘ri kelgani iqtisodiyotimizdiversifikatsiya qilinayotganining yaqqol dalolati,desam, xato bo‘lmaydi.

Mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlarning amalga oshirilganieksport faoliyatiga 450 dan ziyod yangi korxonani jalbetish imkonini berdi. Bu borada Tashqi iqtisodiy

faoliyat milliy banki huzurida barcha hududlarda o‘zfiliallariga ega bo‘lgan Kichik biznes va xususiytadbirkorlik sub’ektlari eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tashkil etilgani muhimahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu jamg‘armaning asosiy vazifasi mamlakatimizdaishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilishdazarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordamko‘rsatishdan iboratdir. Jamg‘armaning o‘tgan qisqadavrdagi faoliyati davomida 153 ta tadbirkorliksub’ektiga umumiy qiymati 56 million dollardan ziyodbo‘lgan eksport shartnomalarini tuzishda yordamko‘rsatildi.

Hurmatli majlis ishtirokchilari!

Ruxsatingiz bilan, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligidaamalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga alohidato‘xtalmoqchiman.

Avvalo, quyidagi raqamlarga e’tiboringizniqaratmoqchiman. 2013-yilda qishloq xo‘jaligimahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2000-yilga nisbatan2,3 barobar ko‘paydi. Faqat o‘tgan yilning o‘zidaqishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 6,8foizga, jumladan, dehqonchilik – 6,4 foizga,chorvachilik – 7,4 foizga o‘sdi.

Aytish kerakki, izchil yuqori o‘sish sur’atlari bilanbirga, yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmida qishloqxo‘jaligi mahsulotlari ulushining kamayish tendensiyasikuzatilmoqda. Masalan, 2000-yilda bu boradagiko‘rsatkich 30,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2013-yilda faqatgina 16,8 foizni tashkil etdi.

Buni avvalambor iqtisodiyotimizda amalga oshirilayotganchuqur tarkibiy o‘zgarishlarning, mamlakatimiz birpaytlardagi agrar respublikadan bosqichma-bosqich

ravishda sanoati rivojlangan zamonaviy davlatga aylanibborayotganining yaqqol tasdig‘i sifatida qabulqilishimiz darkor.

Qishloq xo‘jaligining o‘zida keng ko‘lamli o‘zgarishlarva sifat jihatdan yangilanishlar yuz bermoqda.

Yurtimizda ekin maydonlarini optimallashtirish vaqishloq xo‘jaligi ekinlarini rayonlashtirish borasidahar tomonlama puxta o‘ylangan siyosat olibborilayotgani eng muhim xomashyo va eksportbop mahsulotbo‘lmish paxta yetishtirishning nisbatan barqarorhajmini saqlagan holda, boshqa qishloq xo‘jaligimahsulotlari yetishtirishni bir necha barobarko‘paytirish imkonini berdi. Eng muhimi, xalqimiznioziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlashga zamintug‘dirdi, kerak bo‘lsa, ularni chet mamlakatlargaeksport qilishga imkon bermoqda. Xususan, g‘allayetishtirish 2000-yilga nisbatan 2 barobar, kartoshka –3,1-marta, sabzavot – 3,2 barobar, uzum – 2-marta,go‘sht va sut – 2,1 karra, tuxum – 3,4 barobar oshdi.

O‘tgan 2013-yilda mirishkor dehqon va fermerlarimizningfidokorona mehnati bilan misli ko‘rilmagan natijalargaerishildi – 7 million 800 ming tonna g‘alla, 8 million400 ming tonna sabzavot yetishtirildi. Mamlakatimizningulkan xirmoniga 3 million 360 ming tonnadan ortiq paxtaxomashyosi yetkazib berildi.

Fursatdan foydalanib, bugun mana shu yuksak minbardanturib, o‘zining peshona teri, qadoq qo‘llari bilanmamlakatimiz boyligiga boylik qo‘shayotgan, el-yurtimizfarovonligini ta’minlayotgan barcha qishloqmehnatchilariga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan chuqurminnatdorlik va hurmat-ehtirom bildirishni ham qarz,ham farz, deb hisoblayman.

Qishloqlarimiz hayotida yuksak natijalarga erishishda,avvalo, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil

etishning asosiy shakli sifatida fermerlikni yo‘lgaqo‘yganimiz va uning rivoji uchun keng imkoniyatlarochib berganimiz hal qiluvchi rol o‘ynadi.

Bugungi fermer xo‘jaliklari samarali faoliyat yuritishuchun o‘z ixtiyorida ijara asosidagi yetarlicha ekinmaydonlariga ega bo‘lgan, yuksak samarali zamonaviytexnika bilan ta’minlangan, ilg‘or texnologiyalarnipuxta egallagan yirik xo‘jaliklardir. Muxtasaraytganda, ular qishloqlarimizning tayanch ustunidir.

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligimahsulotlari yetishtirish bilan birga, ularni chuqurqayta ishlash, qurilish ishlarini amalga oshirish vaqishloq aholisiga xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlardasamarali faoliyat ko‘rsatmoqda va o‘z istiqbolinitopmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda bunday fermerxo‘jaliklarining soni 18 mingdan ziyodni tashkiletmoqda.

Yurtimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishningkelajagi haqida gapirganda, yer va suv resurslaribo‘yicha imkoniyatlarimiz cheklanganini hisobga olib,bu borada yagona to‘g‘ri yo‘l – qishloq xo‘jaliginiintensiv asosda rivojlantirish, yerlarning meliorativholatini tubdan yaxshilash, seleksiya ishlarinichuqurlashtirish, yuksak samarali zamonaviyagrotexnologiyalarni joriy etish va suvdan oqilonafoydalanish, eng muhimi – dehqon va fermerlarning dardibilan yashash, desam, o‘ylaymanki, barchangiz meningfikrimga qo‘shilasiz.

Faqat yerga mehr, uning unumdorligini oshirish vabirinchi navbatda dehqon va fermerga doimiy e’tibor,ularning manfaati haqida g‘amxo‘rlik qilish – buqishloqni va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishinirivojlantirish bo‘yicha biz tanlagan yo‘ldir.

2008-yildan boshlab mamlakatimizda qariyb 1 million 500ming gektar sug‘oriladigan yerning meliorativ holatiyaxshilandi, yer osti suvlari yuqori bo‘lgan maydonlar415 ming gektarga yoki salkam 10 foizga qisqardi,kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan maydonlar 113 minggektarga kamaydi.

Xabaringiz bor, o‘tgan yili 2013-2017-yillardasug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatiniyaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanishbo‘yicha kompleks chora-tadbirlar davlat dasturiniqabul qildik. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Sug‘oriladiganyerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi,Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar hokimliklari, barcha manfaatdor idoralar,Fermerlar kengashi va avvalambor fermerxo‘jaliklarining o‘zi ushbu dasturda ko‘zda tutilganchora-tadbirlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlashidarkor. Vazirlar Mahkamasi mazkur dastur ijrosi ustidantizimli nazorat o‘rnatsin.

Iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirishda xizmatko‘rsatish sohasi tobora katta rol o‘ynamoqda.Bizo‘tgan yilning boshida 2013-2016-yillarda qishloqjoylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadalrivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlardasturini tasdiqladik. 2013-yilda xizmat ko‘rsatishbo‘yicha 13 mingdan ortiq korxona, jumladan, savdo-maishiy komplekslar, minibanklar va sug‘urtakompaniyalari filiallari va boshqa korxonalar tashkiletildi.

2013-yil yakunlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan xizmatlarhajmi 13,5 foizga, ularning yalpi ichki mahsulotdagiulushi esa 2000-yildagi 37 foizdan 53 foizga o‘sdi.

Bu raqam va ko‘rsatkichlar mamlakatimiz xizmatko‘rsatish sohasini rivojlantirishda taraqqiy topgan

ko‘pgina davlatlar darajasiga tobora yaqinlashibboryapti, deb aytishga asos beradi.

O‘tgan yili bank tizimini rivojlantirish va isloh etishmasalasi ham e’tiborimiz markazida bo‘ldi.Banklarningresurs bazasi kengayib, mustahkamlanmoqda, ulartomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiyaxshilanmoqda. 2013-yilda iqtisodiyotning realsektoriga ajratilgan kreditlarning yalpi hajmi 30foizga oshdi.

O‘tgan yili tijorat banklarining jami kapitali 25foizga, 2000-yilga nisbatan esa 46 barobardan ziyodko‘paydi. Natijada bugungi kunda banklarimizkapitalining yetarlilik darajasi 24,3 foizni tashkiletmoqda, bu esa bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasitomonidan 8 foiz etib belgilangan talabdan uch barobarko‘pdir.

Bank tizimining likvidligi 65 foizdan ziyod bo‘lib, bujahon amaliyotida umumiy tarzda qabul qilingan,«yuqori» deb ataladigan ko‘rsatkichdan 2,2 barobarortiqdir. Kredit portfeli jami mablag‘larining 80foizga yaqini ichki manbalar ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ayniqsa, bank xizmatlaridan foydalanish darajasinialohida e’tirof etish o‘rinlidir. Masalan, yurtimizdahar yuz ming katta yoshdagi aholiga 49,7 ta bankmuassasasi to‘g‘ri kelayotgani, har ming kishi nomiga 1ming 28 ta bank hisobraqami ochilgani xalqaro normalarbo‘yicha «yuqori» degan baho ko‘rsatkichiga mos keladi.

Shu o‘rinda mamlakatimizdagi deyarli barcha tijoratbanklari yetakchi xalqaro reyting agentliklaritomonidan beriladigan «barqaror» reyting darajasiniolishga erishganini mamnuniyat bilan qayd etishniistardim. Va shu fursatdan foydalanib, bugungi murakkabbir zamonda ayni shu yutuqlarni qo‘lga kiritishdaxizmat qilgan mutasaddilarga minnatdorlik bildiraman.

Hurmatli do‘stlar!

Biz oddiy bir haqiqatni doimo esda tutishimiz darkor.Ya’ni, sarmoyasiz taraqqiyot yo‘q, ishlab chiqarishniva umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, texnikva texnologik yangilashni investitsiyalarsiz tasavvuretib bo‘lmaydi.

2013-yilda Investitsiya dasturini amalga oshirishdoirasida mamlakatimizda 13 milliard dollar qiymatidagikapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi, bu 2012-yilganisbatan 11,3 foizga ko‘pdir. O‘zlashtirilgan kapitalqo‘yilmalar umumiy hajmining deyarli yarmini, ya’ni 47foizini xususiy investitsiyalar – korxonalar vaaholining shaxsiy mablag‘lari tashkil etgani alohidae’tiborga loyiqdir.

Jalb etilayotgan investitsiyalarning asosiy qismi – 70foizdan ortig‘i, birinchi navbatda, ishlab chiqarishob’ektlarini qurishga yo‘naltirildi, eng yangizamonaviy uskunalar xarid qilishga sarflanganinvestitsiyalar ulushi esa qariyb 40 foizni tashkiletdi.

Umuman olganda, mamlakatimiz iqtisodiyotigainvestitsiya kiritish hajmi yalpi ichki mahsulotganisbatan 23 foizdan iborat bo‘ldi.

O‘zlashtirilgan umumiy kapital qo‘yilmalar hajmining 3milliard dollardan ortig‘ini xorijiy investitsiyalartashkil etdi. Shuning 72 foizdan ziyodi yoki 2 milliard200 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiyinvestitsiyalardir.

O‘ylaymanki, hammamiz yaxshi anglab olganmiz: agaro‘zimiz harakat qilmasak, chetdan sarmoya vainvestitsiyalarning mamlakatimizga, o‘lkamizga kiribkelishi uchun qulay sharoit va imtiyozlar tashkiletmasak, kerak bo‘lsa, ayni shu yo‘nalishda astoydil,

butun vujudimiz bilan ishlamasak, bunday raqamlarnitushimizda ham ko‘rmasdik. Bu – aniq gap.

Mamlakatimizda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiningtashkil etilgani chet el investitsiyalarini jalbetishda ko‘p jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda,desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. Jamg‘armaningasosiy vazifasi iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari vayo‘l-kommunikatsiya sohasidagi strategik muhiminvestitsiya loyihalarini xorijiy sheriklar bilanhamkorlikda moliyalashda faol ishtirok etishdan iboratekani, o‘ylaymanki, sizlarga yaxshi ma’lum.

Jamg‘arma faoliyat boshlaganidan buyon o‘tgan qisqavaqt mobaynida 15 milliard dollardan ziyod miqdordagiaktivlarga ega bo‘lgan qudratli moliya institutigaaylandi.

Jamg‘arma o‘z mablag‘lari bilan umumiy qiymati 29milliard dollardan ziyod 86 ta strategik ahamiyatgamolik investitsiya loyihasini hamkorlikdamoliyalashtirishda ishtirok etmoqda. Faqat 2013-yilningo‘zida Jamg‘arma mablag‘lari ishtirokida qiymati 780million dollardan ortiq bo‘lgan 33 ta o‘ta muhim loyihaamalga oshirildi.

2013-yilda Investitsiya dasturi doirasidamoliyalashning barcha manbalari hisobidan umumiyqiymati qariyb 2 milliard 700 million dollardan iboratbo‘lgan 150 ta ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihaniamalga oshirish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Bularqatorida Toshkent issiqlik elektr markazidakogeneratsion gaz turbinali texnologiyani joriy etish;Janubiy O‘rtabuloq – Muborak gazni qayta ishlash zavodigaz quvurini va kompressor stansiyasini barpo etishorqali Somontepa va Janubiy O‘rtabuloq konlarini to‘liqjihozlash; «Angren» konini modernizatsiya qilish orqaliYangi Angren issiqlik elektr stansiyasining 1-5-energiya bloklarini yil davomida ko‘mir bilan ishlashga

o‘tkazish; «Angren» maxsus industrial zonasi hududida«Ohangaron» podstansiyasini rekonstruksiya qilish,«Bekobod sement» ochiq aksiyadorlik jamiyatida yangiliniya qurish hisobidan faoliyat ko‘rsatayotgan sementishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilish,“Quyuv-mexanika zavodi” sho‘ba korxonasida metallquyishni rekonstruksiya qilish va boshqa yirikloyihalar borligini alohida qayd etish lozim.

Shu bilan birga, Toshkent va Namangan viloyatlaridazamonaviy to‘qimachilik komplekslari, Jizzax va Xorazmviloyatlarida yigiruv va to‘quv, Samarqand viloyatidasport poyabzallari ishlab chiqarish korxonalari tashkiletildi. Oziq-ovqat sanoati bo‘yicha 21 ta korxonadaishlab chiqarish modernizatsiya qilindi va texnik qaytajihozlandi.

Ma’lumki, biz mamlakatimizdagi ishlab chiqarishkorxonalarini modernizatsiya qilish va yangilash,zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va yuksaksamarali texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘zoldimizga katta maqsadlar qo‘yganmiz. Ularni amalgaoshirishda kerakli imtiyozlarga ega bo‘lgan maxsusindustrial zonalarni tashkil etish yo‘lida oxirgiyillarda biz ko‘pgina tajribalarga ega bo‘lmoqdamiz.

Buning amaliy tasdig‘ini «Navoiy» va «Angren» maxsusindustrial zonalari faoliyati misolida ko‘rish mumkin.

«Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkiletilganidan buyon uning hududida umumiy qiymati 100million dollardan ziyod bo‘lgan 19 ta investitsiyaloyihasi bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari ishgatushirildi. Jumladan, yuksak texnologiyalar asosidamodem va televizorlar uchun pristavkalar, elektrenergiyani elektron hisoblagichlar, yuqori kuchlanishgachidamli kabellar, issiqlik va suv isitish qozonlari,mobil va statsionar telefon apparatlari, tayyor dori

vositalari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlabchiqarish yo‘lga qo‘yildi.

2013-yilda maxsus zonadagi korxonalar tomonidan qiymati100 milliard so‘mdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildiva bu boradagi o‘sish sur’ati 2012-yilga nisbatan 25,8foizni tashkil etdi.

«Angren» maxsus industrial zonasi hududida qisqamuddatda umumiy qiymati qariyb 44 million dollarbo‘lgan 5 ta loyiha asosida energiyani tejaydigandiodli yorug‘lik lampalar, turli kattalikdagi misquvurlar, ko‘mir briketlari kabi yuksak texnologiyalarasosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.Shuningdek, shakar ishlab chiqarish bo‘yicha yangizavod va boshqa korxonalar tashkil etildi.

Ayni shu yo‘nalishda to‘plangan tajribani hisobga olib,o‘tgan yilning mart oyida Jizzax viloyatida «Jizzax»maxsus industrial zonasi tashkil etilgani sizlargayaxshi ma’lum. Sirdaryo viloyatida bu zonaning filialifaoliyat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda «Jizzax» maxsus industrial zonasihududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirishbo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.

O‘tgan yilning o‘zida mazkur zona hududida Xitoykompaniyalari ishtirokida 100 ming dona mobil telefonishlab chiqarish, shuningdek, chorva mahsulotlariniqayta ishlash va ozuqa tayyorlash bo‘yicha umumiyqiymati qariyb 6 million dollar bo‘lgan dastlabki 3 taloyiha amalga oshirildi.

2013-yilda yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiyainfratuzilmalarini qurish va rekonstruksiya qilishishlari yuqori sur’atlar bilan olib borildi.

O‘zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiradiganavtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilishishlari izchil davom ettirildi. Masalan, umumiyfoydalanishdagi 530 kilometrlik avtomobil yo‘liqurilib, rekonstruksiya qilindi. To‘rt qatorli G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynov avtomobil yo‘lining 141 kilometrliktarmog‘ini sement-beton bilan qoplash, to‘rt qatorliToshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni orqalio‘tadigan 18 kilometrlik qismida asfalt-beton yotqizishishlari amalga oshirildi, ana shu yo‘lning Qo‘qonshahrini aylanib o‘tadigan 15 kilometrlik tarmog‘i,shuningdek, Toshkent aylanma yo‘lining yangi yo‘nalishibarpo etildi hamda Buxoro shahridagi halqa yo‘lda yo‘lo‘tkazgich qurilishi yakuniga yetkazildi.

Mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun o‘tgan yiliRespublika yo‘l jamg‘armasi va xalqaro moliyainstitutlarining 565 million dollar qiymatidagimablag‘lari jalb etildi.

2013-yilda temir yo‘l transport kommunikatsiyalariniyanada rivojlantirish bo‘yicha ishlar jadal olibborildi. Yil davomida ushbu maqsadlar uchun 477 milliondollar qiymatidagi kapital qo‘yilmalar yo‘naltirildi.Bu, o‘z navbatida, 240 kilometrlik temir yo‘ltarmoqlarini modernizatsiya qilish, o‘z kuchimiz bilan550 ta yuk va 30 ta yo‘lovchi tashiydigan vagon ishlabchiqarish imkonini berdi.

O‘tgan yili mamlakatimiz janubiy viloyatlariningiqtisodiy salohiyatini yanada oshirishda katta ahamiyatkasb etadigan Maroqand-Qarshi va Qarshi-Termiz temiryo‘l uchastkalarini elektrlashtirish ishlari faol olibborildi.

2013-yilda xitoylik sheriklarimiz bilan hamkorlikdatransport kommunikatsiyasi sohasida mamlakatimiz uchunulkan strategik ahamiyatga ega bo‘ladigan yana biryirik loyihani amalga oshirishni boshladik. Bu o‘rinda

so‘z Angren-Pop yo‘nalishida elektrlashtirilgan yangitemir yo‘lni va 19 kilometrlik temir yo‘l tonneliniqurishni ko‘zda tutadigan loyiha haqida bormoqda.

Bu tonnel O‘zbekistonning markaziy qismini Farg‘onavodiysi viloyatlari bilan ishonchli bog‘lash,mamlakatimiz hududida yagona temir yo‘l transporttizimini shakllantirish bo‘yicha ishlarni yakunigayetkazishda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, uYevropa qit’asini Osiyo bilan bog‘laydigan transmilliytransport yo‘lagining muhim bo‘g‘ini bo‘lib xizmatqiladi.

O‘tgan yili iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga vakundalik hayotimizga axborot-kommunikatsiyatexnologiyalarini keng joriy etish masalasiga o‘tamuhim e’tibor qaratildi. Xususan, «Shaharlararokommutatsiya markazlarini yangi avlod tarmoqtexnologiyalari asosida modernizatsiya qilish vakengaytirish» (NGN), «FTTx texnologiyasi bo‘yicha kengqamrovli formatda foydalanish imkonini beradigan optiktarmoqlarni rivojlantirish», «O‘zbekiston Respublikasimintaqalarida EVDO texnologiyalarini joriy etish orqaliCDMA-450 mobil tarmog‘ini rivojlantirish» kabi vaboshqa yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishe’tiborimiz markazida bo‘ldi.

Ushbu loyihalarning samarali nihoyasiga yetkazilishidunyoning zamonaviy aloqa va axborot vositalari yuqoridarajada rivojlangan mamlakatlari qatoriga qo‘shilish,ishbilarmonlik sohasidagi aloqalarni kengaytirishbo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Mamlakatimiz aholisining 45 foizdan ziyodini raqamlitelevideniye bilan qamrab olishni ko‘zda tutadigan 5 taraqamli televizion uzatgichni Jizzax, Toshkent,Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida o‘rnatish ishlariamalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uzatish, statistika, moliya va soliqhisobotlarining elektron shakli va tarmoqlarihayotimizga izchil va tizimli asosda joriy etilmoqda.Bugungi kunda tadbirkorlik sub’ektlarining 89 foizdanortig‘i soliq hisobotlarini, qariyb 86 foizi statistikhisobotlarni elektron shaklda topshirmoqda.

2011-yilda birjada savdo ishtirokchilarining yuqoridarajadagi raqobatini va teng ishtirokinita’minlaydigan, elektron savdo shaklida amalgaoshiriladigan zamonaviy davlat xaridlari tizimi joriyetilgani har tomonlama e’tiborga va qo‘llab-quvvatlashga loyiqdir.

2013-yilda elektron savdolardagi davlat xaridlari hajmi417 milliard so‘mni tashkil etdi va savdo yakunlaribo‘yicha 83 milliard so‘mlik byudjet mablag‘lari tejabqolindi. Bunda davlat xaridlari doirasida sotuvgaqo‘yilgan tovar va xizmatlarning 83 foizdan ziyodikichik biznes sub’ektlari tomonidan amalgaoshirilganini alohida qayd etish kerak.

Bundan tashqari, tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni,bankdagi hisobraqamlari va plastik kartochkalardanfoydalangan holda, Internet tarmog‘i va mobil telefonorqali, aholidan qo‘shimcha vositachilik haqiniolmasdan amalga oshirish tizimi joriy etildi.

Ayni vaqtda bularning barchasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish bo‘yichakelgusi yillarda amalga oshirishimiz zarur bo‘lgan kengko‘lamli chora-tadbirlar tizimidagi dastlabki qadamlarbo‘lib, bu ishlarni izchil davom ettirishimiz lozim.

Hurmatli majlis ishtirokchilari!

O‘tgan yili aholining ijtimoiy farovonligini ta’minlashva sotsial sohani rivojlantirish masalalarifaoliyatimizda hal qiluvchi o‘rin egalladi.

Yangi ish o‘rinlari tashkil etish, bandlikni ta’minlashva aholi daromadlarini oshirish masalalari doimoe’tiborimiz markazida bo‘lib qolmoqda.

Ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandliginita’minlash bo‘yicha mintaqaviy dasturlarning amalgaoshirilishi natijasida 2013-yilda qariyb 970 ming kishiish bilan ta’minlandi. Bu ish o‘rinlarining 60,3foizdan ortig‘i qishloq joylarda yaratildi. Bu boradakichik korxonalar, mikrofirmalar va yakka tartibdagitadbirkorlikni rivojlantirish evaziga 480 mingdanortiq, kasanachilikni kengaytirish hisobidan esa 210mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etildi.

O‘tgan yili biz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lmish kasb-hunar kollejlarining 500 ming nafardan ortiqbitiruvchisi ish bilan ta’minlandi va aytish joizki,buning ahamiyatini baholashning o‘zi qiyin. O‘z xususiyishini ochib, biznes bilan shug‘ullanishga qaror qilgankollej bitiruvchilariga 140 milliard so‘mdan ziyodimtiyozli mikrokreditlar ajratildi.

Mamlakatimizda ijtimoiy sohani isloh etish borasidaamalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tizimida qishloqaholi punktlarining qiyofasini tubdan o‘zgartirish,namunaviy loyihalar asosida yangi uy-joylar qurish,qishloqda mohiyat e’tibori bilan yangi infratuzilmanishakllantirish hisobidan qishloq ahlining hayotiniyanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.

2009-yildan boshlab mamlakatimizning 159 ta qishloqtumanida namunaviy loyihalar asosida 900 dan ortiqyangi uy-joy massivlari barpo etildi, umumiy maydoni 4million 500 ming kvadrat metr bo‘lgan 33 ming 500 danziyod yakka tartibdagi uy-joy foydalanishgatopshirildi. 732 kilometr asfalt qilingan avtomobilyo‘llari, mingdan ortiq ijtimoiy va bozorinfratuzilmasi ob’ektlari barpo etildi.

2013-yilda qishloq joylardagi 353 ta massivda umumiymaydoni 1 million 500 ming kvadrat metr bo‘lgan 10mingta shinam uy-joylar barpo etildi, bu ko‘rsatkich2012-yilga nisbatan 17 foizga ko‘pdir. Ushbu maqsadlaruchun qariyb 650 million dollar qiymatidagi mablag‘yo‘naltirildi. Buning 106 million dollari Osiyotaraqqiyot bankining kredit mablag‘laridir.Qishloqlarimizni obod qilish, qishloq aholisiningturar-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha bizningbunday tajribamiz xalqaro hamjamiyatda katta qiziqishuyg‘otmoqda.

O‘tgan yil aprel oyida Toshkent shahrida zamonaviy uy-joy qurilishi mavzusida o‘tkazilgan xalqarokonferensiyada Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Xalqarovalyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyotbanki, Islom taraqqiyot banki, Janubi-Sharqiy Osiyomamlakatlari uyushmasi (ASEAN), YuNESKO va boshqanufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari,dunyoning 60 dan ziyod mamlakatidan 300 dan ortiq olim,mutaxassis va ekspertlar ishtirok etgani buning yorqinisbotidir.

Qadrli do‘stlar!

2013-yilda ta’lim-tarbiya sohasida islohotlarni yanadachuqurlashtirish, ta’lim standartlari va dasturlarinitakomillashtirish, maktablar, litsey va kollejlar, oliyo‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini yanadamustahkamlash masalalariga katta e’tibor berildi.

O‘tgan yili 28 ta yangi kasb-hunar kolleji qurildi, 381ta umumta’lim maktabi, oliy o‘quv yurtlari tizimidagi45 ta ob’ekt, 131 ta kasb-hunar kolleji va litseylarrekonstruksiya qilindi va kapital ta’mirlandi.Shuningdek, 55 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 112ta bolalar sporti ob’ekti va 4 ta suzish havzasifoydalanishga topshirilib, ularning barchasi zaruruskuna va inventarlar bilan jihozlandi.

2013-yilda ta’lim-tarbiya tizimini isloh etish borasidaamalga oshirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar haqidaso‘z borar ekan, o‘sib kelayotgan yosh avlodningxorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasini oshirishgaqaratilgan ishlarni alohida qayd etmoqchiman. Jahondaintegratsiya jarayonlari kuchayib, kundalik hayotgakompyuter texnologiyalari va Internet keng joriyetilayotgan bugungi sharoitda chet tillarni puxtabilmasdan va egallamasdan turib kelajakni quribbo‘lmasligini barchamiz yaxshi anglab olmoqdamiz.

Shularni inobatga olib, biz o‘tgan o‘quv yilidanboshlab umumta’lim maktablarining birinchi sinfidanchet tillarni o‘rgatishning uzluksiz tizimini joriyetdik.

Barcha umumta’lim muassasalarida chet tillarnio‘rgatish bo‘yicha 17 mingdan ortiq o‘quv xonalaritashkil etildi. 1-sinf o‘quvchilari uchun chet tillarbo‘yicha multimedia varianti ilova qilingan, 538mingdan ziyod rangli darslik chop etildi. 2 mingnafarga yaqin chet tili o‘qituvchisi tayyorlandi vaularning umumiy soni 26 ming kishiga yetdi.

Mamlakatimizning barcha mintaqalarida chet tillarni birxil sharoitda o‘qitish, qishloq joylarga yuqorimalakali ingliz tili o‘qituvchilarini jalb etishmaqsadida, tarif stavkalariga 30 foiz qo‘shimcha haqbelgilangan holda, ularni moddiy rag‘batlantirishtizimi joriy etildi. Televideniyeda chet tillarnio‘rgatish bo‘yicha qiziqarli o‘yinlar dasturiga egabo‘lgan maxsus bolalar ma’rifiy kanallari tashkilqilindi.

2013-yilda tibbiyot-sanitariya sohasida birinchi yordamko‘rsatish oilaviy tibbiyot prinsipi asosida ishlashshakliga o‘tkazildi. Bu esa yurtimizda sog‘liqnisaqlash sohasini isloh etishni yanadachuqurlashtirishbo‘yicha joriy etilayotgan chora-

tadbirlar tizimida muhim qadam bo‘ldi. Bunday o‘zgarishqishloq joylarda, ayniqsa, chekka tumanlardayashayotgan 14 million 600 ming nafar aholiga malakalitibbiy yordamdan foydalanish imkonini berdi.

Tug‘ish yoshidagi ayollar, shuningdek, bolalar vao‘smirlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘liqta’minlandi. 2011-2013-yillarda 535 ming nafarhomilador ayol irsiy va tug‘ma kasalliklar bo‘yichatekshiruvdan o‘tkazildi.

Bu 2013-yilda qariyb 2,7 ming bolaning tug‘maxastaliklar va rivojlanishdagi nuqsonlar bilantug‘ilishining oldini olish imkonini berdi. Muxtasaraytganda, «Ona va bola skriningi» dasturining hayotgatatbiq etilishi natijasida rivojlanishda nuqsoni borbolalarning tug‘ilishi 2000-yilga nisbatan 1,8-martakamaydi.

Aholining ovqatlanishini yaxshilash, un va tuzni zarurmikroelementlar bilan to‘yintirish, onalar va bolalarnivitaminga boy dori-darmonlar bilan ta’minlash bo‘yichaamalga oshirilgan chora-tadbirlar tufayli bugungi kundabolalarimizning 92 foizi rivojlanish ko‘rsatkichlaribo‘yicha Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotistandartlariga mos keladi va hech shubhasiz, bu bizerishgan katta yutuqlardan biridir.

Faqatgina 2013-yilning o‘zida sog‘liqni saqlashsohasiga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 2010-yilga nisbatan 3,8 barobar oshdi. Buning natijasida 295ta tibbiyot ob’ekti rekonstruksiya qilinib,foydalanishga topshirildi. Respublikaixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini jihozlashdarajasi 1,8 barobar ortdi va 91,7 foizga yetdi,jumladan, yuqori texnologiyalarga asoslangan uskunalarbilan jihozlash darajasi 82,6 foizni tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, hozirgi vaqtda qishloq vrachlikpunktlarining faoliyati, ayniqsa, kasalliklarni ertaaniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha zamonaviytalablarga to‘la javob bermasligini qayd etish darkor.Qishloq vrachlik punktlarini yalpi tekshirishnatijalari buni yana bir bor ko‘rsatdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilanhamkorlikda qisqa muddatda qishloq vrachlik punktlarifaoliyatida zarur tartib o‘rnatish, tajriba tariqasidabir qator tumanlarda patronaj hamshiralarining faoliyatsamaradorligini kuchaytirish bo‘yicha tegishlirag‘batlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishizarur.

O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda amalgaoshirayotgan ijtimoiy siyosatimizning aholimizninghayot darajasi va sifatini yuksaltirishdagi ta’siri vanatijalari haqida alohida to‘xtalib o‘tishni zarur debbilaman.

2013-yilda xalqimizning real daromadlari 16 foizgaoshdi, o‘rtacha oylik ish haqi, pensiya, ijtimoiynafaqa va stipendiyalar 20,8 foizga ko‘paydi.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda pensiyalarning o‘rtachamiqdori o‘rtacha ish haqiga nisbatan 37,5 foiznitashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich Rossiyada 25,7 foizdan,Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa 23-28 foizdaniboratdir. Joriy 2014-yilda mamlakatimizda buko‘rsatkichni 41 foizga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Oilalar daromadlari tarkibi o‘zgarmoqda –tadbirkorlikdan olinayotgan daromadlar aholi yalpidaromadlarining yarmidan ziyodini tashkil etmoqda.Holbuki, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridabu ko‘rsatkich o‘rtacha 20-25 foizdan oshmaydi.

Eng muhim jihati shundaki, O‘zbekistonda eng past vaeng yuqori daromad oladigan aholi guruhlari o‘rtasidagitafovut darajasi so‘nggi yillarda 8 barobarga to‘g‘rikelmoqda. Ko‘pgina, shu jumladan, qo‘shni davlatlardabu raqam mamlakatimizdagi ko‘rsatkichdan bir nechabarobar yuqori ekani, ya’ni o‘ta kambag‘al va nochoraholi guruhlari va o‘ta boylar guruhi orasidagi tafovutoshib borayotganini ta’kidlash lozim.

2013-yilda 2000-yilga nisbatan aholimizning iste’molxarajatlari 9,5 barobar oshganining o‘zi ko‘p narsadandalolat beradi.

So‘nggi yillarda jon boshiga to‘g‘ri keladigan engmuhim oziq-ovqat tovarlari bo‘yicha iste’mol hajmimuttasil o‘sib bormoqda, ayni vaqtda nooziq-ovqatmahsulotlarni xarid qilish va xizmatlar uchunto‘lanadigan sarf-xarajatlar miqdori ham sezilarliravishda ko‘paymoqda. Misol uchun, mustaqillikyillarida go‘sht iste’moli – 1,4-marta, sut – 1,3barobar, sabzavot va poliz mahsulotlari – 2,6-marta,kartoshka – 2 barobar, mevalar iste’moli – 6,4 karraoshdi.Yurtimizdagi oilalarni uzoq muddat foydalanishgamo‘ljallangan tovarlar bilan ta’minlash borasidagiahvol ham tubdan o‘zgardi. Xonadonlarni xolodilnik,konditsioner, shaxsiy kompyuter, televizor, mobiltelefon va boshqa zamonaviy maishiy texnika vositalaribilan ta’minlash darajasi oshmoqda.

Ayniqsa, so‘nggi yillarda aholining o‘zimizda ishlabchiqarilgan yengil avtomobillar bilan ta’minlanishdarajasi o‘sgani e’tiborlidir. Agar 2000-yilda har 100ta oilaga o‘rtacha 20 ta yengil avtomobil to‘g‘rikelgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 41,4 taga yetdi.

Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki,mamlakatimizdagi oilalarning 11 foizdan ortig‘i

ikkitadan yengil avtomobilga ega. Bu ko‘rsatkichlarningbarchasi avvalo nimadan dalolat beradi?

Bu ko‘rsatkichlar eng avvalo bizning o‘z oldimizgaqo‘ygan yuksak maqsad – dunyodagi rivojlangandemokratik davlatlar qatoriga kirish yo‘lidan izchil vabosqichma-bosqich ilgarilab borayotganimizning isbotibo‘lib, ana shu mamlakatlar erishgan marralarga biz hamalbatta yetamiz, degan ishonchni tug‘diradi.

Hurmatli yurtdoshlar!

Iqtisodiyotimizning 2014-yilga mo‘ljallangan asosiyvazifa va ustuvor yo‘nalishlari avvalo busohaningyuqori sur’atlar bilan o‘sib borishinita’minlash, buning uchun mavjud barcha rezerv vaimkoniyatlarni safarbar etish borasida qabul qilinganstrategiyani davom ettirishga qaratilgan.

Yalpi ichki mahsulot hajmini 8,1 foizga, sanoatni 8,3foizga, qishloq xo‘jaligini 6 foizga, chakana savdoaylanmasini 13,9 foizga ko‘paytirish, bozorxizmatlarini 16,2 foizga oshirgan holda, uning yalpiichki mahsulotdagi ulushini 55 foizga yetkazish ko‘zdatutilmoqda.

Soliq yukini yanada kamaytirish, jumladan, yuridikshaxslar uchun foyda solig‘i stavkasini 9 foizdan 8foizga, jismoniy shaxslar uchun eng kam soliq hajmini 8foizdan 7,5 foizga tushirish iqtisodiyotimiz rivojidaalbatta muhim ahamiyat kasb etadi.

Bunday soliq yengilliklari 130 milliard so‘mdan ortiqmablag‘ni tejash va uni korxonalar ixtiyorida qoldirib,ularning o‘z aylanma mablag‘larini ko‘paytirish, ishlabchiqarishni modernizatsiya qilish va texnologikyangilash, shuningdek, aholi daromadlarini 90 milliardso‘mdan ko‘proq oshirish imkonini beradi.

2014-yilning 1-yanvaridan boshlab Markaziy bankningqayta moliyalash stavkasi 12 foizdan 10 foizgatushirildi.

Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, 2014-yil sanoatsohasida yuksak texnologiyalarga asoslangan vazamonaviy muhim ob’ektlar va quvvatlarni ishgatushirish, investitsiyalarni oshirish vatakomillashtirish yili bo‘ladi.

Moliyalashning barcha manbalari bo‘yicha kapitalqo‘yilmalarning umumiy hajmi 14 milliard 300 milliondollarni tashkil etadi va bu ko‘rsatkichning o‘tganyilga nisbatan 10,1 foizga o‘sishi ta’minlanadi, asosiykapitalga kiritiladigan investitsiyalar hajmi yalpiichki mahsulotga nisbatan 2013-yilgi 23 foiz darajasidasaqlab qolinadi.

Barcha investitsiyalarning 73 foizdan ortig‘i ishlabchiqarish ob’ektlarini barpo etishga, kapitalqo‘yilmalarning qariyb 40 foizi mashina va uskunalarsotib olishga yo‘naltiriladi.

Joriy yilda 3 milliard 900 million dollardan ziyodxorijiy investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirish,ularning hajmi o‘tgan yilga nisbatan 29 foizgao‘sishini ta’minlash mo‘ljallanmoqda.

Xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar qariyb 69 foizni tashkil etishiva ularning hajmi 2014-yilda 22,4 foizga ortishialohida e’tiborga loyiq.

Bu yil umumiy qiymati 4 milliard 400 million dollarbo‘lgan 150 dan ortiq yirik ishlab chiqarishob’ektlarini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Shular qatorida «Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlarzavodining ishlab chiqarish quvvatini 200 ming tonnadan600 ming tonnaga oshirish», «Xorazm viloyatida «Damas»

rusumidagi yengil avtomobillar ishlab chiqarishnitashkil etish», «Jizzax viloyatida 760 ming tonnaportlandsement yoki 350 ming tonna oq sement ishlabchiqarishni yo‘lga qo‘yish», «O‘zbekiston-Xitoy gazquvurining uchinchi tarmog‘ini qurishni nihoyasigayetkazish», «Sho‘rtan va Alan konlariniobodonlashtirish va kompressor stansiyasini barpoetish» bo‘yicha va boshqa muhim loyihalarni nihoyasigayetkazish mo‘ljallanmoqda.

Surg‘il koni bazasida Ustyurt gaz-kimyo kompleksiniqurish, Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksida ishlabchiqarilayotgan tozalangan metan negizida sintetiksuyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishbo‘yicha qurilish ishlari davom ettiriladi.

Elektr energetikasi sohasida Tollimarjon issiqlikelektr stansiyasida quvvati 450 megavatt bo‘lgan 2 tabug‘-gaz qurilmasini barpo etish yo‘li bilankengaytirish ishlari olib boriladi. Toshkent issiqlikelektr stansiyasida quvvati 370 megavatt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi ishga tushiriladi. Navoiy issiqlik elektrstansiyasida quvvati 450 megavatt bo‘lgan ikkinchibug‘-gaz qurilmasini barpo etish orqali kengaytirishishlari bajariladi.

Kimyo sanoatida Qo‘ng‘irot soda zavodining ikkinchinavbati quriladi va shuningdek, “Navoiyazot” ochiqaksiyadorlik jamiyatida metanol, ammiak va karbamidishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va boshqa loyihalaramalga oshiriladi.

Hurmatli majlis ishtirokchilari!

2014-yilga mo‘ljallangan keng ko‘lamli dasturiy maqsadva vazifalar islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish,mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishi yo‘lida g‘ovbo‘lib turgan muammolarni yechish uchun bor kuch vaimkoniyatlarimizni safarbar etishni talab qilishi

haqida bugun gapirib o‘tirishning zarurati yo‘q, debo‘ylayman.

Bu o‘rinda so‘z, birinchi navbatda, mamlakatimizda tomma’nodagi raqobat muhitini shakllantirish haqidabormoqda. Ma’lumki, bunday muhit ishlab chiqarishnitexnik va texnologik yangilash va modernizatsiyaqilish, jahon bozorlariga chiqish yo‘lida hal qiluvchiomil bo‘lib xizmat qiladi.

Bugun shuni tan olishimiz kerakki, bu yo‘nalishdaamalga oshirilayotgan dasturiy chora-tadbirlarzamonaviy talablarga hali-beri to‘liq javob bermaydi.

Biz hanuzgacha eskicha fikrlash qolipidan chiqaolmayapmiz, o‘z umrini o‘tab bo‘lgan, eski va yaroqsizplanli-taqsimot tizimi qoldiqlari, afsuski, butunlaybarham topgani yo‘q. Keskin raqobat sharoitida soliqimtiyozlari va proteksionistik choralar hisobidanyashash mumkin, degan noto‘g‘ri qarash miyamizga chuquro‘rnashib qolgan.

Bunday choralar, avvalo, korxonalar manfaatiga zararyetkazib, ularning daromadini kamaytirish bilan birga,davlat byudjetiga sezilarli ravishda ziyon yetkazishihaqida o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Eng muhimi, har qandayimtiyoz va preferensiyaning umri uzoq emasliginiesimizdan chiqarmasligimiz zarur.

Faqat shunday imtiyoz va preferensiyalarga tayanibqolgan korxonalar ochiq iqtisodiyot sharoitida xorijiykompaniyalar bilan nafaqat tashqi, balki ichki bozordaham raqobatlasha olmaydi.

O‘ylaymanki, bu masala bo‘yicha tushuntirish va izohberib o‘tirishning davri o‘tdi, eskicha boshqarishqoliplari va usullaridan qutula olmayotgan rahbarlardanqat’iy voz kechadigan vaqt keldi. Bugun hayotning o‘zikorxona va birlashmalarni boshqarishda zamonaviy

fikrlaydigan, puxta tayyorgarlikka ega bo‘lganmenejerlarga tayanishni talab etmoqda.

Hech kimga sir emaski, ishlab chiqarish xarajatlariningyuqori ekani, tayyorlanayotgan mahsulotlarning materialva energiyani ko‘p talab qilishi va avvalo iqtisodiyotreal sektori tarmoqlarining texnologik jihatdanqoloqligi bugungi kunda raqobatdoshlikni oshirishdajiddiy to‘siq bo‘lmoqda.

Yurtimizdagi 500 dan ortiq real sektor korxonasidaishlatilayotgan 160 mingdan ziyod uskuna bo‘yichao‘tkazilgan texnik audit natijalari shuniko‘rsatmoqdaki, ana shu uskunalarning 30 foizdanortig‘i eskirib ketgan. Jumladan, elektr texnikasanoatida uskunalarning 44 foizi, mashinasozliktarmog‘ida 37 foizi, kimyo sanoatida 21 foizi, qurilishmateriallari ishlab chiqarishda 20 foizi, oziq-ovqatsanoatida 19 foizi, yengil sanoatda 8 foizi eskirgan.

2009-2013-yillarda samarasiz ishlayotgan 172 ta korxonatijorat banklari balansiga o‘tkazildi. Ularning 112tasida ishlab chiqarish faoliyati tiklandi va yangimulkdorlarga sotildi. Banklar balansida qolgankorxonalarning 43 tasida esa ishlab chiqarish faoliyatitiklandi, yana 17 ta korxonada bu borada ish olibborilmoqda.

Ana shu korxonalarda modernizatsiya va ishlab chiqarishfaoliyatini tiklash jarayonlarini amalga oshirish uchun316 milliard so‘m hajmidagi investitsiya kiritildi vabuning natijasida 9 mingdan ziyod yangi ish o‘rniyaratildi.

Shu bilan birga, bugungi kunda 140 dan ortiq korxonazarar ko‘rib ishlamoqda. Ularning 67 tasi yirikkorxonalar bo‘lib, 10 tasi sanoat sohasiga, jumladan,qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, kimyo, elektr texnikava farmatsevtika sanoati tarmoqlariga tegishlidir.

Masalan, Toshkent traktor zavodi, “Agregat zavodi”,“Chirchiqqishloqmash”, “O‘zpaxtamash” ochiqaksiyadorlik jamiyatlari og‘ir moliyaviy ahvolga tushibqolgan.

“Samarqand kimyo zavodi”, “Jizzax plastmassa” ochiqaksiyadorlik jamiyatlari kabi yirik kimyo sanoatikorxonalari, shuningdek, mamlakatimizda turli yoritishvositalariga ehtiyoj katta ekaniga qaramasdan, Toshkentshahridagi “Oniks” ochiq aksiyadorlik jamiyatida hamahvol qoniqarli emas.

Kommunal sohada 26 ta zarar ko‘rib ishlayotgan korxona,shu bilan birga, yo‘l qurilishi sohasida 13 taiqtisodiy nochor korxona mavjud ekani ham tashvishuyg‘otadi.

Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliyavazirligi, manfaatdor tuzilmalarni jalb etgan holda 3oylik muddatda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan korxonalarbo‘yicha ularni moliyaviy inqirozdan va bankrotlikdanchiqarish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” deb ataladigandasturlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

Bunday chora-tadbirlarni qo‘llash foydasiz bo‘lgankorxonalarni esa nol qiymati bo‘yicha xususiy jismoniyshaxslarga sotish masalasi ko‘rib chiqilsin.

Bugungi kunda xususiy mulk shaklidagi korxona davlatmulki bo‘lgan korxonadan ko‘ra ancha samaraliishlashini isbotlab o‘tirishning zarurati bo‘lmasakerak.

Tan olish kerakki, bu haqda gapirganda, ba’zan xususiymulk tushunchasini nodavlat mulkka asoslangankorxonalar tushunchasi bilan chalkashtiramiz. Mazkurta’riflarga qat’iy aniqlik kiritish va eng muhimi,qonunlarimizga muvofiq ravishda iqtisodiyotda xususiy

mulkning ustuvorligini amalda ta’minlash, uni qo‘llab-quvvatlash va daxlsizligini kafolatlash darkor.

Ishbilarmonlik – biznes yuritish uchun amaliy qulaysharoit tug‘dirib berish, kichik biznes va xususiytadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash varag‘batlantirish real iqtisodiyotni isloh etishningnavbatdagi eng muhim yo‘nalishiga aylanmog‘i zarur.

So‘nggi yillarda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish,biznes yuritish, iqtisodiyotimizga mahalliy va xorijiyinvestitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoitva qulay muhit yaratish borasida biz ulkan ishlarniamalga oshirdik.

Tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining ustuvorligihaqidagi prinsip joriy etildi. Faqat o‘tgan yilningo‘zida ruxsat berishga oid 80 dan ortiq tartib-taomil,litsenziyalanadigan faoliyat turlarining 15 tasi, 65turdagi statistik hisobotlar, 23 turdagi hisobotnitaqdim etish muddatlari qisqartirildi, 22 turdagiinterfaol soliq xizmati joriy etilib, zarurruxsatnomalar berish muddati 2-marta va mazkurjarayonlar uchun xarajatlar qiymati 5-martaqisqartirildi.

Shuni qayd etish joizki, tadbirkorlik sub’ektlaritomonidan ruxsatnoma olish jarayonida to‘lanadiganxarajatlar 8 barobar kamaytirildi, banklardahisobraqami ochish uchun to‘lovlar bekor qilindi va shuborada boshqa zarur tadbirlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston biznesni ro‘yxatga olish shartlari bo‘yichajahon miqyosida 66 pozitsiya yuqoriga ko‘tarilib,reyting o‘tkazilgan 189 mamlakat orasida 21-o‘rinniegalladi, kredit ajratish bo‘yicha reytingda esa 24pozitsiya yuqoriga ko‘tarildi.

Ayni paytda shuni e’tirof etish kerakki,mamlakatimizdagi ishbilarmonlik muhiti va biznesyuritish sharoitining bugungi holati erkin bozoriqtisodiyotining talab va prinsiplari, umumiy xalqaronormalarga to‘liq javob beradi, deb ayta olmaymiz.

Tadbirkorlarimiz qishloq joylarda energiyata’minotining beqarorligiga, ishlab chiqarish va yo‘linfratuzilmasining kerakli darajada rivojlanmaganiga,tekshiruvlarning ko‘pligiga, shuningdek, joylarda ijrointizomining nisbatan pastligiga haligacha duchkelmoqda.

Bu o‘ta muhim masalaga yana va yana bir bor e’tiborqaratib, alohida ta’kidlashni zarur deb bilaman:tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalgaoshirish uchun turli ruxsatnomalar berish muddatlariniyanada qisqartirish, ularning tartib-taomillarinisoddalashtirish va arzonlashtirish, tadbirkorlikyo‘lidagi ortiqcha byurokratik g‘ovlarni bartaraf etishva bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslikni jiddiy nazoratgaolishimiz shart.

Litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarinielektron shaklda taqdim etish, kommunal xizmatlar,shuningdek, soliq solish va bojxona rasmiylashtiruvibo‘yicha xizmatlarni interfaol shaklda ko‘rsatishgao‘tishni tezroq amalga oshirish zarur.

Elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni joriy etish muhim ahamiyatga ega. Hozirgipaytda mamlakatimizda 10 milliondan ziyod plastikkartochka muomalaga chiqarilgan bo‘lib, ularning qariyb2 million 500 mingtasi onlayn kartochkalardir. Bugungikunda telekommunikatsiya va kommunal xizmatlar uchunto‘lovlarni Internet orqali to‘lash mumkin. Eng qisqamuddatlarda bu boradagi g‘ov va to‘siqlarni bartarafetish, ushbu sohani yanada rivojlantirish kerak.

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliqqo‘mitasi, Aloqa, axborotlashtirish vatelekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiboshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda ikki oymuddatda Vazirlar Mahkamasiga elektron tijoratnikengaytirishga doir takliflarni kiritsin va 2004-yildaqabul qilingan va bugungi kun talablariga javob bermayqolgan «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonunning yangitahrirdagi loyihasini tayyorlasin.Ijtimoiy sohani rivojlantirish, ish joylarinishakllantirish va aholi bandligi, uy-joylar qurish vaaholi punktlarini obodonlashtirish, ta’lim-tarbiyajarayonlari va sog‘liqni saqlash tizimini yanada islohetish va takomillashtirish doimo e’tiborimiz markazidabo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘libqoladi.

Joriy yilda davlat byudjeti xarajatlarining qariyb 60foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Mamlakatimiz parlamenti tomonidan tasdiqlangan dasturgamuvofiq 2014-yilda salkam 1 million ish o‘rni tashkiletish ko‘zda tutilmoqda.

Joriy yilda mehnat sohasiga qariyb 500 ming nafar yoshyigit-qizlar – 2-3 tadan mutaxassislikni va ishko‘nikmalarini egallagan, olgan bilimlariniiqtisodiyotimizning turli sohalarida, xizmatlar vaboshqaruv jabhasida qo‘llashga tayyor bo‘lgan kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari kirib keladi.

Bu o‘rinda navqiron avlodimizni faol mehnat faoliyatigato‘laqonli jalb etish bo‘yicha viloyat, shahar, tumanhokimlari, korxona va kollejlar rahbarlarining o‘zzimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yichamas’uliyati haqida gapirishning hojati bo‘lmasa kerak.

Vazirlar Mahkamasi bu boradagi ishlarni zarur darajadamuvofiqlashtirishni ta’minlasin.

Bugungi kunda aholini har tomonlama shinam va qulay uy-joylar bilan ta’minlash, uy-joy massivlari atrofidagiinfratuzilmalarni obod qilish yuzasidan olibborilayotgan ulkan ishlar odamlarning kayfiyati vadunyoqarashiga, ularning hayot sifatiga qanday kuchlita’sir ko‘rsatayotgani haqida ortiqcha so‘zyuritishning zarurati yo‘q, deb o‘ylayman.

Bu o‘rinda gap birinchi navbatda qishloqlarimiz aholisihaqida bormoqda. 2014-yilda 388 ta massivda umumiymaydoni 1 million 500 ming kvadrat metr bo‘lgan 11mingta namunaviy uy-joy barpo etish ko‘zda tutilmoqda.

Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston RespublikasiVazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Davlatarxitektura va qurilish qo‘mitasi, Moliya vazirligi,“Qishloq qurilish bank” va “Qishloq qurilish invest”kompaniyasi shu yilning fevral oyidan kechiktirmasdanjoriy yil dasturi bo‘yicha moliyalashtirishniboshlashi, mart oyida esa uy-joylarni qurish ishlariniboshlashni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarniko‘rishlari darkor.

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston RespublikasiVazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimlarie’tiborini bir masalaga alohida qaratib aytmoqchiman:qishloqlarimiz aholisi nafaqat qulay uy-joylarda, aynivaqtda barcha zarur muhandislik va transportkommunikatsiyalariga, ijtimoiy va bozor infratuzilmasiob’ektlariga – tibbiyot, sport, bank, maishiy xizmatko‘rsatish, savdo va madaniyat muassasalariga egabo‘lgan obod posyolkalarda yashashi lozim.

Lo‘nda qilib aytganda, yangitdan barpo etilgan bundayposyolkalardagi uy-joylarning sifat darajasi vayaratilgan maishiy qulayliklar shahardagi sharoitlardanaslo kam bo‘lmasligi kerak.

2014-yilda ta’lim-tarbiya sohasida 380 ta umumta’limmaktabi hamda 161 ta kasb-hunar kolleji va akademiklitseyni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashuchun 410 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirishmo‘ljallanmoqda.

Kasb-hunar kollejlarining o‘quv-ishlab chiqarishustaxonalarini yuksak texnologiyalar asosida ishlabchiqarilgan zamonaviy uskunalar va o‘quv texnikasibilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur.O‘tgan 2-yil davomida oliy o‘quv muassasalariningmoddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha ko‘pishlar amalga oshirildi. Xususan, Qarshi, Termiz,Urganch va Buxoro universitetlari, Toshkent davlattexnika universiteti, Navoiy davlat konchilik institutiva boshqa oliy o‘quv yurtlarining yangi o‘quvbinolarini qurish va mavjud korpuslarini rekonstruksiyaqilish, ularni zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash ishlari amalga oshirildi.

2014-yilda 34 ta oliy o‘quv muassasasida qurilish,rekonstruksiya va jihozlash ishlarini amalga oshirishuchun 173 milliard so‘m mablag‘ ajratish ko‘zdatutilgan. Jumladan, Andijon, Qarshi davlatuniversitetlarida, O‘zbekiston davlat jahon tillariuniversiteti va boshqa oliy o‘quv yurtlarida yangio‘quv binolari va axborot-resurs markazlari qurishmo‘ljallanmoqda. Shuningdek, 51 milliard so‘m mablag‘hisobidan mamlakatimizdagi 17 ta oliy o‘quv yurtidakapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirishbelgilangan.

Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh etish vatibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasinimustahkamlash masalalari 2014-yilda ham doimiye’tiborimiz markazida bo‘lib qoladi.

Joriy yilda sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun ajratiladigan

mablag‘lar 407 milliard so‘mdan ziyodni tashkil etadiyoki ularning hajmi qariyb 30 foizga ortadi.

Bundan tashqari, tibbiyot muassasalarini jihozlashuchun xalqaro moliya institutlarining 28 milliondollardan ortiq imtiyozli kreditlarini jalb etishko‘zda tutilmoqda.

Shuni alohida qayd etish kerakki, biz 2014-yildaMustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridao‘xshashi bo‘lmagan, xalqaro standartlar bo‘yicha engyuqori, ya’ni to‘rtinchi darajali hisoblanadigan ko‘ptarmoqli maxsus bolalar shifoxonasini KoreyaRespublikasi hukumatining 103 million dollarmiqdoridagi mablag‘i hisobidan barpo etishniboshlaymiz. Aytish kerakki, ushbu shifoxona 250 tadavolash o‘rniga va bir kecha-kunduzda 200 nafar bolaniqabul qila oladigan poliklinikaga ega bo‘ladi.

Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larihisobidan 2014-yilda 115 ta bolalar sporti ob’ektiniqurish va rekonstruksiya qilish, ularni asosanmamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarilayotganzamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash uchun 107milliard so‘m mablag‘ ajratish rejalashtirilmoqda.

Qadrli vatandoshlar!

Bizning o‘z oldimizga qo‘ygan asosiy maqsadimiz –boshlagan islohotlarimiz, iqtisodiyotimizni yangilashva modernizatsiya qilish jarayonlarini davom ettirishva chuqurlashtirish, hayotimiz darajasi va sifatiniizchil oshirib borishni ta’minlash, tenglar ichida tengbo‘lib, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashdaniboratdir.

Yangi – 2014-yilning yurtimizda “Sog‘lom bola yili” debe’lon qilingani jamoatchiligimiz, xalqimiz tomonidanqanday ko‘tarinki kayfiyat va mamnuniyat bilan kutib

olinganiga, keng qo‘llab-quvvatlanayotganiga barchamizguvohmiz.

Joriy yilga bunday nom berganimiz, avvalambor,bolalarimizning sog‘lig‘i haqida, ularning kelajagihaqida ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yanabir amaliy ifodasidir.

Bizning vazifamiz, kerak bo‘lsa, oliy burchimiz –farzandlarimizning ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdanuyg‘un rivojlangan, zamonaviy bilim va tajribalarnipuxta egallagan, Vatanimiz va xalqimiz kelajagi uchunmas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lganbarkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishi uchunqo‘limizdan kelgan barcha-barcha ishlarni amalgaoshirishdan iboratdir.

Biz yaqin kunlarda “Sog‘lom bola yili” bo‘yicha kengko‘lamli davlat dasturini qabul qilamiz. Bu dasturbizning ana shunday haqiqatan ham buyuk maqsad-muddaolarimizni ro‘yobga chiqarishda, hech shubhasiz,yangi va ulkan qadam bo‘ladi.

Barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, belimizni mahkambog‘lab, har birimiz o‘z joyimizda astoydil mehnatqilsak, Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotiga munosibhissamizni qo‘shsak, men ishonaman – oldimizda turganvazifalar qanday ulkan va murakkab bo‘lmasin, biz o‘zko‘zlagan ezgu marralarimizga albatta erishamiz.

Shu yo‘lda barchangizga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayratva omad tilayman.