M A' R U Z A L A R M A T N I

108
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI NAVOIY VILOYATI PEDAGOG XODIMLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI KIMYO VA EKOLOGIYA KAFEDRASI 5140300 «KIMYO VA EKOLOGIYA» TA’LIM YO’NALISHI TALABALARI UCHUN «KIMYO O’QITISH NAZARIYASI VA METODIKASI » FANIDAN M A’ R U Z A L A R M A T N I NAVOIY - 2005

Transcript of M A' R U Z A L A R M A T N I

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI

NAVOIY VILOYATI PEDAGOG XODIMLARNI QAYTA TAYYORLASH

VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

KIMYO VA EKOLOGIYA KAFEDRASI

5140300 «KIMYO VA EKOLOGIYA» TA’LIM YO’NALISHI

TALABALARI UCHUN «KIMYO O’QITISH NAZARIYASI VA

METODIKASI » FANIDAN

M A’ R U Z A L A R M A T N I

NAVOIY - 2005

2

Ushbu ma’ruza matni «Kimyo o’qitish nazariyasi va

metodikasi» kursininig «Kimyo-ekologiya» yo’nalishi talabalari

uchun tavsiya etiladi. Unda har bir mavzu uchun reja,

o’rganiladigan asosiy tushunchalar, nazariy muqaddima va nazorat

savollari berilgan.

Uslubiy qo’llanma talabalarning «Kimyo o’qitish nazariyasi

va metodikasi» kimyo kursi bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni

chuqur egallashda uchun yordam beradi.

Muallif: M.S. Hotamova

Taqrizchilar: dotsent

dotsent

------- SO’Z BOSHI -------

3

1991 yil O’zbekiston Mustaqillikka erishgach barcha fanlar qatori

kimyo fanidan darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matnlari va boshqa

adabiyotlarni milliy ruhda yozish va o’qitish imkoniyati yaratildi. Kimyo

o’qitish metodikasi fani o’quvchilarga mukammal bilim berishda o’qituvchi

tomonidan tuziladigan dars rejalari, jadvallari va boshqa metodik

adabiyotlardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir.

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar

tayyorlashning Milliy dasturi” va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari asosida respublikamizning

akademik lisey va kollejlari hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan

o’quvchilar va kasb- hunar ta’limi mutaxassislari tayyorlashga imkon

yaratildi.

Bu qarorlarda o’quvchilarning milliy, ma’naviy- ma’rifiy o’zligini

anglashi, zamonaviy- iqtisodiy tafakkurini o’z faoliyatiga tatbiq eta olishi,

kasbining fidoyisi bo’lishligi ta’kidlab o’tilgan.

Kimyo o’qitish metodikasi kimyo fani bo’yicha nazariy va amaliy

bilimlarni o’quvchiga qiziqarli qilib, sodda ravon til bilan, oddiydan

murakkabga tomon bosqichma-bosqich o’rgatib borishda har bir o’qituvchi

o’ziga xos usullardan foydalanish tabiiy.

Ushbu ma’ruza matn O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim

to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston o’rta ta’limi konsepsiyasi, akademik

litsey va kasb- hunar kollejlarida kimyo fani o’qitish yo’qirnomasida

ko’rsatilgan ish rejasi va har bir darsning asosiy bosqichlari qisqacha bayon

qilindi. Darsning maqsadi, vazifalari, mavzular yakuni nazorat savollari

orqali o’quvchilar bilimlarini aniqlashga e’tibor qaratildi.

--------- KIRISH -----------

4

Talabalar hozirgi zamon fan asoslari to’g’risidagi bilimlar bilan

qurollantirish bizning kasb-hunar kollej va akademik liseylarimizning eng

muhim vazifasidir.

Hozirgi zamon fan asoslarining mazmuni butun kasb-hunar kollej va

akademik liseylarimizni g’oyaviy- siyosiy yo’li bilan belgilanadi. Kasb-hunar

kollej va akademik litsey talabalariga amaliy hayot bilan chambarchas

bog’langan nazariy bilimlar beradi. Talabalar har tomonlama barkamol

insonga xos xislatlar hosil qilish kimyo o’qituvchisining eng muhim

vazifasidir.

1. Fanni o’qitishning maqsad va vazifalari. Kimyo o’qitish metodikasining

maqsadi talabalarni chuqur va mustahkam bilimlar bilan qurollantirish,

fanga qiziqtirish, mustaqil ishlash va fikrlashga o’rgatishdan iboratdir.

2. Fanning maqsadi: Maktab kimyo darsligi uchun kerakli hajmda dalillarni

tanlash, talabalar bilimini oshirishda, o’qituvchi bilimi orqali, kitob, kino,

radio, televizor va boshqa vositalardan foydalanish demakdir.

3. Fanning vazifalari: Kelajagi buyuk mustaqil O’zbekistonimiz uchun

talabalarni hozirgi zamon kimyo fani asoslarini ongli ravishda va puxta

o’zlashtirishga erishishi, talabalarni kimyoning atrofdagi tabiatni asrash va

undan foydalanish uchun zarur bo’lgan ilmiy asoslari bilan tanishtirish,

talabalarni ilmiy bilishning vositalaridan biri bo’lgan kimyo

eksperimentidan foydalana oladigan qilib tarbiyalash, talabalarni mehnatga

va mustaqil bilim olishga o’rgatishdan iborat.

Talabalar bilimiga qo’yiladigan talablar esa, talabalarni bilim va

ko’nikmalarini tekshirish, talabaning ish faoliyatini kuzatish, og’zaki so’rash,

sinov, yozma nazorat ishlari, kimyodan test savollarini tuzish va yechish usuli

va boshqa ta’limning turli bosqichlarida talabalarning bilim va ko’nikmalariga

qo’yiladigan talablardir.

1-ma’ruza

Mavzu: Kimyo ta’limi metodikasi fani va o’quv predmeti. Yangi pedagogik

texnologiyaning vazifalari.

5

Ma’ruza rejasi:

1. Kimyo ta’limi metodikasi fani.

2. Kimyo fanini maktabda hamda akademik lisey va kasb-hunar kollejlarda

ham fan, ham o’quv predmeti sifatida.

3. Yangi pedagogik texnologiyaning vazifalari.

O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Kimyo o’qitish metodikasi kimyo

fanini o’qitish uslubiyotiga bag’ishlangan o’quv kursi ekanligi, kimyo o’qitish

metodikasi fanining asosiy vazifasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, uning

maqsad va vazifalari.

Kimyo o’qitish metodikasi kursining matni O’zbekiston Respublikasining

«Ta’lim to’g’risida»gi qonuni O’zbtkiston o’rta ta’lim konsepsiyasi, umumiy o’rta

ta’lim maktablarida kimyo o’qitish yo’riqnomasida ko’rsatilgan istiqlol munosbati

bilan respublikamizning umumiy o’rta ta’lim maktablarida hamda oliy o’quv

yurtlari oldiga qo’yilgan asosiy maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda

tayyorlandi.

O’zbekiston Respublikasi yer osti boyliklari bilan haqli ravishda

faxrlanadi. Bu yerda mashhur D.I. Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha

elementlari topilgan. Masalan: 105 ta neft, gaz, 155 ta istiqbolli kon, rangli nodir

va radioaktiv metallar bo’yicha oltin, mis, uran, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari,

fosforitlar, kalionlar va boshqa mahsulotlar.

Kimyo o’qitish metodikasi to’g’ri metod bilan olib borilishi kerak. Bu

metod ishning g’oyaviy- siyosiy yo’nalishiga, uni bajaruvchining malakasiga

bog’liqdir.

O’qitishni umumiy maqsadlariga muvofiq kimyo o’qitish uslubiyoti oldida

quyidagi asosiy vazifalar turadi:

1. Kimyo o’qitishning aniq maqsadlari va o’quv predmetining mazmunini

aniqlash;

2. Qo’yilgan maqsadlarga yetishishga qaratilgan ko’proq ma’qul uslublar va

o’qitishning tashkiliy shakllarini ishlab chiqish;

3. Kimyo o’qitishning zarur vositalarini ko’rib chiqish va kimyo o’qituvchisi

ish amaliyotida ularni qo’llash bo’yicha yo’riqnomani ishlab chiqish;

Boshqa so’z bilan aytganda xuddi har qanday dars uslubiyoti oldida

turganidek kimyo o’qitish uslubiyoti oldida ham an’anaviy quyidagi savol turadi.

1. O’qituvchi oldiga predmetni o’qitishda aniq maqsad, vazifalar qo’yish yoki

nima uchun o’qitish savollariga javob berishni ilgari suradi.

2. Kimyo predmeti o’quv mazmuni didaktik maqsad va talablarga javob berishi

kerak yoki nimani o’qitish kerak.

3. O’qitishning mazmuni metodlar, shakllarini aniqlash yoki predmetni qanday

o’qitishga javob izlaydi.

4. Predmetning mazmunini o’quvchilar o’zlashtirib olishlari masalasi yoki

o’quvchilar qanday o’qiydilar.

Kimyo o’qitish uslubiyoti mazmunini uning umumiy, nazariy, asosiy

savollari (kimyo umumiy uslubiyoti) va alohida bulimlarini o’rganish savollari

(alohida yoki maxsus) tashkil etadi.

6

Kimyo predmetini o’qitish maqsadlarini aniqlashda birinchi navbatda

umumta’lim maktablarida akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida

o’qitish va tayyorlashni umumiy maqsadalariga asoslanmoq zarur. Umumiy o’rta

ta’lim maqsadi, bu ta’lim, tarbiya va davlat o’quv standartlariga muvofiq

o’quvchilarni fikrlash, jismonan, jarayonlarida bilimlari asosini to’liq egallashini

ta’minlash, o’quvchlarga dunyoning hozirgi ilmiy ko’rinishini shakllantirishda,

kimyo fanining ahamiyatini, anglagan holda ratsional ko’nikmalarini hosil

qilish.

O’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqish va mehr, shu predmetga

mas’uliyatli munosabat uyg’otish, kimyo fanuining hozirgi davrdagi roli va o’rni

haqida to’g’ri tasavvur shakllantirishni aynan o’qituvchi bajaradi. Bunday

mas’uliyatli vazifani bajarish uchun o’qituvchining o’zi yangi pedagogik

texnologiya va uning vazifalariga bo’lgan talablarini egallashi kerak. Kimyo

fanining pedagogik funksiyasi uning insonni umumiy ta’lim olishdagi asosiy

vazifalarini aniqlashdagi xususiyatlari bilan aniqlanadi. Bular:

1. Ilmiy dunyoqarash asosini tashkil qilish. 2. Maktab o’quvchisi fikrini

rivojlantirish. 3. Maktab o’quvchilarini amaliy faoliyatga, mehnatga nisbatan

bo’lgan ta’limini davom ettirishga tayyorlash.

Maktab kimyo kurslari mazmunini tanlashga ma’lum qarama-qarshilikda

turgan asosiy ikki guruh omillari ta’sir ko’rsatadi: ilmiylik va qulaylik, yengillik

va umumta’limga xoslik. Bir tomondan kimyoning maktab kursi zamonaviy,

hayotning hamma qiyin talablariga javob bera oladigan, boshqa tomondan oddiy

bo’lishi kerak. Bu ikki talabni birlashtirish oson vazifa emas.

O'qituvchilar, talaba va o'quvchilar jamoasida hamkorlik va ijodiy muhitni

yaratishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o'rni beqiyos.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar- ta'lim jarayonini har tomonlama

mukammal loyihalashtirish, aniq maqsadlar qo'yish va ularga kafolatlangan

holda erishish, rejalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkoniyatini

beruvchi uzviy bog'langan komponentlar yig'indisidir.

Ushbu qoidadan kelib chiqqan holda har bir o'qitiladigan mavzuga keng

qamrovli loyiha ishlab chiqish bilan bir qatorda, o'quv-metodik majmua tayyorlash

uning tarkibiga loyihaga qo'shimcha mavzuga daxldor bo'lgan barcha axborotlar,

tarqatma materiallar, ma'lumotnomalar, manbalar, ulardan foydalanish metodikasi

kiritilishi kerak.

Yangi pedagogik texnologiyaning vazifalari.

1. Kelajagi buyuk O’zbekistonimiz uchun talabalarni hozirgi zamon

kimyo fan asoslarini ongli ravishda va puxta o’zlashtirishlariga erishish;

2. Talabalarni kimyoni atrofdagi tabiatni izohlab berish va undan oqilona

foydalanish uchun zarur bo’lgan ilmiy asoslar bilan tanishtirish;

3. Talabalarni tabiatga to’g’ri materialistik nuqtai nazardan qarash

xususiyatlarini hosil qilishga alohida e’tibor berish lozim.

4. Talabalarni ilmiy bilishini vositalaridan biri bo’lgan kimyoviy

eksperimentidan foydalana oladigan qilib tarbiyalash.

5. Talabalarni mehnatga o’rgatish – ularni kelgusi amaliy faoliyatga

tayyorlash zarurdir.

6. Talabalarni kimyo faniga qiziqishini yanada orttirish.

7

7. Talabalarni mustaqil ravishda izlanuvchanlikka va bilim olishga

o’rgatish.

8. Talabalarda kundalik turmushda, hayotda bo’ladigan o’quv va

malakalarini hosil qilish.

9. Talabalarni qo’lidan keladigan ijtimoiy-foydali ishga jalb qilish

10. Kimyo fanining hayotimizdagi ahamiyatini tushuntirish.

11. Jismonan baquvvat, aqlan yutuk insonlar darajasiga yetkazish.

12. Kimyo o’qitish talabalarni mehnatsevar, Vatanga muhabbat, fanga

qiziqish ruhida tarbiyalash kerak.

Nazorat savollari:

1. Kimyo o’qitish metodikasi predmeti nimani o’rganadi?

2. Kimyo o’qitish metodikasi fanining rivojlanish tarixi haqida nimani

bilasiz?

3. Kimyo o’qitish metodikasi fani oldiga qanday asosiy vazifalar qo’yiladi?

4. Yangi pedagogik texnologiyaning vazifalari nimalardan iborat.

2 - ma’ruza

Mavzu: Kimyo ta’limining maqsad va vazifalari.

Ma’ruza rejasi:

1. Kimyo ta’limining maqsadi

2. Kimyo ta’limining vazifalari

3. Kimyo ta’limining Davlat ta’lim standarti va uning vazifasi

4. Kimyo ta`limi standartining asosiy bo’limlari to’g’risida tushuncha

Umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi kimyo ta’limi pedagogik jarayonining

ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, ta’limning umumiy maqsadlariga muvofiq

o’quvchi shaxsini tarbiyalashga xizmat qiladi. Respublikamiz mustaqilligining

dastlabki yillarida ta’lim- tarbiya sohasini isloh qilish natijasida to’plangan

tajribalar, chiqarilgan bir qator xulosalar asosida amaldagi ta’lim-tarbiya tizimini

hozirgi taraqqiyot va kelgusidagi talablar darajasiga ko’tarishga, uni

takomillashtirishga jiddiy e’tibor berish zarurligi ta’lim- tarbiyaning

uzluksizligini ta’minlashdan kelib chiqib, «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi»

va «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX

sessiyasida muhokama qilindi va tasdiqlandi. Shu munosabat bilan barcha o’quv

predmetlari qatori kimyo ta`limi oldiga ham aniq vazifalar qo’yildi. «Ta`lim

to’g’risida»gi Qonunga muvofiq:

1. Umumiy o’rta ta`lim maktablarining kimyo ta`limi konsepsiyasini qayta

ishlab chiqish;

2. Umumiy o’rta ta`lim maktablarining kimyo ta`limi konsepsiyasidan kelib

chiqqan holda, uning standartini ishlab chiqish taqozo qilinadi.

Kimyo ta`limi standarti kimyo o’quv predmetining majburiy mazmunini belgilab

beradi.

Umumiy o’rta ta`lim maktablarining kimyo ta`limi standarti, kimyo ta`limi

tizimidagi barcha komponentlarni: ta`limning mazmuni, maqsadi, ta`limning

8

uzluksizligi, tashkiliy shakllari, usullari, vositalari va boshqalarni qayta ko’rib

chiqish mezoni hisoblanadi.

Kimyo ta`limi konsepsiyasiga muvofiq kimyo ta`limining yo’nnalishi va

maqsadi yosh avlodning kimyo fani asoslarini chuqur egallashi, o’quvchilarning

siyosiy - g’oyaviy, estetik, ekologik tarbiyasi, tabiatga va jamiyatga bo’lgan

ijobiy munosabat, qadimgi yashab ijod etib o’tgan buyuk mutafakkirlar, keyingi

yillarda olimlarimizning kimyo sohasidagi erishgan yutuqlariga oid o’quv

materiallari bilan tanishtirib borish orqali vatanga bo’lgan e`tiqodni

shakllantirish, kasbga yunaltirish ko’zda tutiladi. Kimyo ta`limi standarti-kimyo

o’qitishda o’quvchilarga beriladigan ta`lim va tarbiyaning mazmuni negizini

belgilovchi ko’rsatkichlar, shuningdek o’quvchilarning tayyorgarlik

darajasidagi bilim va amaliy faoliyatlari darajasi me`yorini belgilaydigan mezon

bo’lib hisoblanadi.

Kimyo ta`limi standarti – umumiy o’rta ta`lim maktablari uchun

tuziladigan kimyo ta`limi dasturi va o’quv materiallarining hajmini

belgilab beruvchi mezon bo’lib xizmat qiladi.

Kimyo ta`limi standarti – kimyo ta`limida o’qituvchilarning davlat va

jamiyat oldidagi vazifalari, burchi va javobgarligini qay darajada his qilishlari

mezoni bo’lib ham hisoblanadi.

Umumiy o’rta ta`lim maktablarining kimyo ta`limi standarti-kimyo o’quv

predmetidan o’quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, o’quvchilar

egallaydigan bilim, hosil qiladigan amaliy ko’nikma va malakalar hajmini

ko’rsatuvchi me`yor bo’lib, umumiy o’rta ta`lim maktablaridagi kimyo ta`limi

negizini belgilovchi ko’rsatkichlar o’quvchilarning kimyo ta`limidan

tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasidan iborat bo’lgan hujjat

tariqasida tasdiqlanadi va xizmat qiladi.

Umumiy o’rta ta’lim o’quvchilar oladigan bilimlarning zarur hajmiga asos

soladi, o’quvchilardagi tashkilotchilik qobiliyati, malakalari va amaliy

tajribasini ruvojlantiradi. Davlat ta’lim standartlarida kimyo ta’limi sohasida

quyidagicha standartlar belgilangan: Kimyo ta’limi sohasiga o’quv rejasida

VII- IX sinflar uchun 204 o’quv soati ajratilgan bo’lib, ularning sinflar

bo’yicha taqsimoti quyidagicha:

Sinflar VII VIII IX Jami

haftalik o’quv

soati

2 2 2 6

Yillik o’quv soati 68 68 68 204

Kimyo ta`limi standartining tuzilishi uzluksizlikni ta`minlash asosida,

kimyo ta`limi sohasi mazmuninimg asosiy yunalishlari: «Kimyoviy

tushunchalar», «Modda», «Moddaning tuzilishi va xossalari», moddalarning

olinishi, kimyoviy til, eng muhim kimyoviy tushunchalar va qonunlar,

9

nazariyalar, kimyoviy ishlab chiqarishning texnologiyasi, respublikamizda

kimyo sanoatining erishgan yutuqlari, organik moddalarning ayrim vakillari,

polimerlar, tabiat va jamiyatga kimyoviy ishlab chiqarishning ekologik ta`siri

haqidagi bilimlarni berishga va amaliy malakalar hosil qilishga qaratiladi. (

«Ma’rifat» gazetasi.28.08.98. 3-bet) Bunda, o’quvchilarning bilishi, anglashi,

amaliy ishlarni bajara oladigan ko’nikma va malakalariga ega bo’lishlarini

ta`minlash va uning sifatini aniqlashga imkon beradi.

Kimyo ta`limi standarti quyidagi uchta bo’limdan iborat.

1) Kimyo ta`limi mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar.

2) Kimyo ta`limida o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan

standartning minimal talablari.

3) Kimyo ta`limida o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan

standartning maksimal talablari.

«Kimyo ta`limi mazmuni negizining belgilovchi ko’rsatkichlar» bo’limi

o’quvchilarga kimyodan beriladigan bilimlar, ekologik ta`lim-tarbiya va

o’quvchilarda hosil qilinadigan amaliy ko’nikma va malakalarni o’zida

mujassamlashtiradi.

Ikkinchi va uchinchi bo’limda esa o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga

quyilgan talablar yoritiladi.

O’quvchilarga maksimal ball yoki baho qo’yishda har ikkala, ya`ni

minimal va maksimal tayyorgarlik darajasiga bo’lgan talablar hisobga olinishi

zarur. Bu esa, kimyo ta`limi standarti o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish

ko’rsatkichlarni ifodalashga kimyo ta`limi sifatini baholashda o’lchov mezoni

bo’lib xizmat qilishiga imkon beradi.

Nazorat savollari:

1. Kimyo ta’limining maqsadi nima?

2. Kimyo ta’limining vazifalari nimalardan iborat?

3. Kimyo ta`limi standarti asosiy bo’limlarini vazifasini tushuntiring.

4. Kimyo ta`limida o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan

standartning minimal va maksimal talablarini tushintiring.

Asosiy tushunchalar.

1. Umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi kimyo ta’limi pedagogik

jarayonning ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, ta’limning umumiy maqsadlariga

mubofiq o’quvchi shaxsini tarbiyalashga xizmat qiladi.

2. Kimyo ta`limi standarti – umumiy o’rta ta`lim maktablari uchun

tuziladigan kimyo ta`limi dasturi va o’quv materiallarining hajmini belgilab

beruvchi mezon bo’lib xizmat qiladi.

Davlat ta’lim standartlarida kimyo ta’limi sohasida o’quv rejasida VII-

IX sinflar uchun 204 o’quv soati ajratilgan bo’lib, haftasiga 2 soatdan qilib

belgilangan.

10

3-ma’ruza

Mavzu: O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi qonuni va

O’zbekiston maktablaridagi kimyo ta’limining konsepsiyasi.

Ma’ruza rejasi:

1. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni

2. O’zbekiston maktablaridagi kimyo ta’limining konsepsiyasi. 3. «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi» va uning vazifalari

4. Kimyo ta’limining didaktika ta’limoti

5. Kimyo fanining rivojlanishi haqida tarixiy ma’lumotlar

O’rganiladigan asosiy tushunchalar: O’zbekiston Respublikasining

«Ta’lim to’g’risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi»,

«Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»ning asosiy maqsadi, ta’limiy, tarbiyaviy,

va rivojlantiruvchi funksiyalardir, kimyo ta’limining didaktika ta’limoti, kimyo

fanining rivojlanishi tarixi.

1997 yil 29 avgustda O’zbekiston Oliy majlisining I- chaqiriq IX –

sessiyasida «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlashning Milliy

dasturi» qabul qilindi. «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi»ning 3 ta asosiy

maqsadi bo’lib, ular:

1) Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish

2) Ta’lim sohasini o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan

to’la xalos etish

3) Rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy-axloqiy

talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini

yaratish.

Demak, yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun, har bir fanni shu

jumladan kimyo fanini ham ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida o’qitish talab

etiladi.

Qonun va dastur talablarida hozirgi talablar darajasida didaktika

ta’limotini amalga oshirish asosiy vazifa qilib qo’yilgan.

Jamiyat ta’lim-tarbiya muassasalari oldiga o’sib kelayotgan yoshlarimizda

bilim tafakkur qirralarini o’stirib faol mushohada qilish kabi xislatlarini

shakllantirish, ilm borasida kuch quvvatni rivojlantirish kabi talabni qo’yadi. Shu

sababli Prezidentimiz kuch-bilim va tafakkurda degan g’oyani ilgari surdi.

Didakrtik tafakkurning shakllanishi va taraqqiy etib rivojlanishi ta’lim

jarayonida amalga oshiriladi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun o’quvchilar fan

asoslarini bilim, ko’nikma, malakalarni chuqur egallab borishlari kerak.

- Hozirgi sharoitda jamiyat talabiga muvofiq ta’lim-jarayonida uchta asosiy

funksiya amalga oshadi.

Bular: ta’limiy, tarbiyaviy, va rivojlantiruvchi funksiyalardir. Bu uchta

funksiya ilmiy bilimlarning o’ziga xos tomonlarini o’rganadi. Ta’limiy soha –

11

didaktikani, tarbiyaviy soha – tarbiya nazariyasini, rivojlantiruvchi soha –

psixologiya bilan bog’liqlikni o’rganiladi.

Bu o’rinda eng murakkabi kimyo predmeti bo’lib hisoblanadi. Ana shu to’rt

soha birgalashib yangi bilimlar sohasi tizimi bo’lmish kimyo o’qitish nazariyasi va

metodikasini tashkil etadi.

O’rta maktablarda kimyo o’qitish nazariyasi va metodikasi: ta’lim

jarayonida pedagogik fan bo’lib, kimyo o’qitish jarayonida o’quvchilarga ta’lim

beradi, tarbiyalaydi va rivojlantiradi.

Kimyo o’qitish nazariyasi va metodikasi o’z oldiga aniq muammolarni

qo’yadi.

Bu masalalar ta’lim jarayoning yuqoridagi uch funksiyasi asosida amalga oshadi.

- Kimyo o’qitish nazariyasi va metodikasi: a). kimyo b). pedagogika –

psixologiya fanlari v). jamiyatshunoslik fanlari g). boshqa fanlar bilan bog’liq

holda o’rganiladi.

- Kimyo o’qitish metodikasi ma’lum ketma-ketlik tartibida o’rganiladi.

Oldin ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi bilimlarning o’rta maktab hajmidagi

mazmuni o’rganiladi. Bu etap maktab kursida dominatlik bloki vazifasi bo’lib

hisoblanadi.

Keyingi blok kimyo o’qitish jarayonining tashkil etilishi bilan bog’liq yoki

uning ko’rinishi kimyo o’qitish metodlari, manbalari, shakllari va o’quvchi ishini

ilmiy asosda tashkil etish bo’lib hisoblanadi.

Bu jarayon ham ta’limiy – tarbiyaviy rivojlantiruvchi aspektda ko’rib

chiqiladi.

Aniq maqsadga erishish uchun qaysi metodlarni qanday holda qo’llash, bu

funksiyalarni qanday amalga oshirish, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini tashkil

etish uchun o’qitish shakli va mazmunini qanday tanlash katta ahamiyat kasb

etadi.

Boshqa fanlar qatori kimyo o’qitish fani ham o’z tarixiga ega.

Kimyoni o’qitish shu fan tarixi bilan bog’liq. Fandagi kashfiyotchilar shu

fanni o’qitish bilan ham shug’ullanib kelganlar.

Albatta, buyuk kimyogar olimlar M. V. Lomonosov, A. Lavuaze, D. Dalton,

S. Kanissaro, D. I. Mendeleevlar kimyo fanining buyuk o’qituvchilari bo’lgan.

Kimyo o’qitishning eng katta yutig’i D. I. Mendeleev kashf etgan kimyoviy

elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi bo’ldi. O’rta Osiyo tabiiy fanlar

rivojiga Abu Ali ibn Sino, Farobiy, Beruniy, Ulug’bek kabi olimlar katta hissa

qo’shganlar.

O’zbek kimyogarlari, metodistlari bu fanni o’qitishga keyingi vaqtda katta

hissa qo’shdilar.

Organik birikmalarni o’rganishda O’zbekiston tabiiy organik birikmalarga

boy mamlakat ekanligi haqida to’xtalib, akademiklar O.S.Sodiqov, S.Y.Yunusov,

X.N.Oripovlar singari o’zbek olimlari va ularning shogirdlari tomonidan o’simlik

mddalari kimyosini o’rganish borasida xalqaro miqiyosda katta ilmiy tadqiqot

ishlari olib borganligi haqida, shuningdek H. Shohidoyatov rahbarligida

O’zbekiston Fanlar Akademiyasining O’simlik moddalar kimyosi instituti olimlari

tomonidan yaratilgan o’nlab dorivor moddalar amaliyotga tavsiya etilganligi,

ulardan «Allapinin» dorivor moddasi yurak kasalligini davolashda keng

12

qo’llanilmoqda. Bu misollarni keltirish o’quvchilarda o’simliklar dunyosini

asrashda va ulardan oqilona foydalanishga bo’lgan munosabatlarini

shakllantirishga yordam beradi.

Kimyo va ilmiy texnika taraqqiyoti mavzusiga 2 soat ajratilgan bo’lib, bu

mavzularni yoritishda O’zbekistonda kimyoviy ishlab chiqarish azotli, fosforli va

boshqa o’g’itlar ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq ekanligi haqida to’xtalib,

Farg’ona va Navoiy shaharlaridagi «Azot» ishlab chiqarish birlashmalarida

akademiklar M.N.Nabiyev, N.R.Yusupbekov, B.N.Beglov, S.T.To’xtayev singari

olimlarning ilmiy tadqiqotlari natijalaridan amaliyotga keng foydalanilayotganligi

haqida so’zlab berish orqali o’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqishni

orttirish mumkin.

Bo’lajak kimyo fani o’qituvchisi bilishi kerak:

1. Kimyo o’qitish jarayonida o’qituvchilarning ta’limiy, tarbiyaviy va

rivojlantiruvchi maqsadini.

2. Maktab dasturlari, darsliklari, o’quv metodik adabiyotlari, normativ hujjatlari

mazmuni.

3. Kimyo o’qitishning nazariy va metodik asoslarini.

Kimyo o’qitish kursi asosida qo’yidagi metodologik holatlarga e’tibor

beriladi.

1. Umumiy dialektik metod bilish jarayoninig rivojlanib takomillashib borishi.

2. Kimyo o’qitishda sistemalilik va birin-ketinlik, aniq reja.

3. Barcha metodologik kategoriyalarni ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi

anspektda qarab chiqish.

4. Didaktik yo’nalish - kimyo o’qitishning nazariy asoslarini belgilab berdi.

O`qitishda (diqqatni tortish, ichki tuyg’u, istak, zaruriyatlar shakllanishi)

o`quv jarayonida o`quvchi va o`qituvchi uchun asosiy harakatlantiruvchi kuch bu

ichki motivasiyadir.

O`quvchi - bilim olishga intilish va bilim olishga ehtiyoj sezish kerak,

o`qish maqsadi ichki ehtiyojga aylanishi kerak. O`quvchi real hayotga kirib borishi

va unda faol ishtirok etishi uchun, bilim, ko`nikma va malakalar bilan birga ilmiy

bilish metodlariga ega bo`lishni ongli ravishda tushunsin. Bu dunyoni anglab

yetish unda o`zining munosib o`rnini topish uchun o`quvchi erkin izlansin.

O`qituvchi - o`quvchilarda tashabbuskorlik, mustaqillik, bilimlarni puxta va

chuqur o`zlashtirish uchun zarur ko`nikma malakalarni shakllantirish ularda

kuzatuvchanlik tafakkurli nutqni o`stirish, xotira va ijodiy tasavvurlarni

tarbiyalashga imkon beruvchi didaktik prinsiplarni ro’yobga chiqarish kerak.

Tekshiruv savollari:

1. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni haqida

tushincha bering?

2. O’zbekiston maktablaridagi kimyo ta’limining konsepsiyasi deganda

nimani tushunasiz? 3. «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi» va uning vazifalarini

tushuntiring.

4. Kimyo ta’limining didaktika ta’limoti haqida tushincha bering? 5. O’zbek kimyogar olimlarining faoliyati haqida nimalarni bilasiz?

13

4 - ma’ruza

Mavzu: Hozirgi didaktik talablar asosida maktab kimyo kursining

tuzilishi va mazmuni

Ma’ruza rejasi:

1. Maktab kimyo kursi mazmunining shakllanishi va unga bo’lgan talablar.

2. Hozirgi maktab kimyo kursi mazmunining tuzilishi.

3. «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi» talablari asosida maktab kimyo

kursi mazmuni.

Kimyo predmeti ham boshqa fanlar qatori hozirgi barkamol avlodni tarbiyalab

voyaga yetkazishga xizmat qiladi. Bu buyuk maqsadni amalga oshirish uchun

kimyo kursini o’qitishda uning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi

funksiyalari birligini ta’minlash zarur.

Maktab kimyo kursini o’qitish jarayonida qo’yidagilarni amalga oshirish asosiy

vazifa bo’lib hisoblanadi.

1) Fanning eng muhim tayanch bilimlarini (tushuncha, qonun, nazariyalar)

yoki fanning asosini o’quvchilar tushungan holda o’zlashtirib olishlariga

erishish.

2) Ilmiy materialistik dunyoqarashni shakllantirish:

3) O’quvchilarda hozirgi jamiyat rivojiga ijobiy munosabatda bo’lish,

mehnatsevarlik, fanga qiziqish, tabiatga ehtiyotkorona bo’lishni va asrash

kabi xislatlarni tarbiyalash;

4) O’quvchilarda tafakkurni rivojlantirish, fanni mustaqil holda faol egallash

kabilarni uyg’unlashtirish.

5) O’quvchilarda hamma fanlarga bo’lgan qiziqishni, xalq xo’jaligini

kimyolashtirish, ularda ko’nikma va malakalarni shakllantirish, kelgusi

mustaqil hayotlari uchun kerakli bo’ladigan kasb – korni ongli tanlash kabi

ta’lim prinsiplarini amalga oshirish.

Maktab kimyo kursi mazmuning shakllanishi va unga bo’lgan talablar.

Maktab kimyo kursining hozirgi mazmuni birdaniga shakllanmagan.

Maktab kimyo kursining asosiy mazmuni D.I.Mendeleev tomonidan kimyoviy

elementlar davriy qonuni kashf etilgach katta sakrash bilan rivojlana boshladi.

Davriy qonunning kashf etilishi fanda katta sakrash bilan birga bir qancha

metodologik va metodik muammolarni yechilishini ochib berdi.

Kimyoviy o’quv predmeti materiali Davriy qonun va elementlar davriy sistemasi

asosida logik va metodik joylashtirish masalasi yechildi.

Davriy sistema asosida D.I.Mendeleev o’zining kimyo asoslari darsligini yozdi.

Bu darslik oliy o’quv yurtlari uchun birinchi yangi tipdagi darslik bo’ldi. Shu

darslikda o’rta maktab uchun ham material bayon qilindi, lekin o’rta maktab

kimyo kursida davriy qonun ko’p vaqtlar o’qitilmay keldi.

14

1920 yillarda V.N.Verxovskiy rahbarligida Petrograd, hamda P.P.Lebedov

rahbarligidagi Moskva variantlari kimyodan tuzildi. Petrograd varianti avtorlari

fanning ahamiyati o’quvchilarda bilimga bo’lgan qiziqishni oshirish, ularni

fikrlashga o’rgatish g’oyasini ilgari surdilar. Moskva varianti avtorlari esa xalq

xo’jaligida kimyoning imliy ahamiyatini ko’rsatish g’oyasini ilgari surib

materialistik yo’nalishi aniq ko’rsatildi.

Bu dasturlarda davriy qonunni o’rganishga e’tibor sustligicha qoldi.

1932 yildan boshlab V.N.Verxovskiy proekti asosida stabil darsliklar yaratildi va

nazariy qismga e’tibor kuchaydi.

Maktab kimyo fani mazmuniga didaktik talablar 4 ko’rinishdan iborat: Bu

talablar jamiyatning maktab oldiga qo’ygan buyurtmasidan kelib chiqadi.

1) Ilmiy bilimlar tizimi (fan asoslari)

2) O’quv – malakalar tizimi (maxsus qiziqishli va umumiy o’quv

malakalar).

3) Fanning shu sohasi bo’yicha insoniyat faoliyat jarayonida to’plangan

ijobiy natijalar yig’indisi.

4) Atrof- muhitdagi haqiqiy holatga qarab o’z faoliyatini chamalab

bilish.

Bu turdagi talablar o’zaro bog’liq.

Avvalo kimyoviy bilimlar tizimi maktab kimyo kursini asosini (Fan asoslari

tayanch bilimlarini) tashkil etadi. Unga bo’lgan didaktik talab alohida ahamiyatga

ega. Maktab kimyo kursi muammosi har qanday davr uchun ham murakkab, eng

muhim muammo bo’lib kelgan.

Shu fan sohasida inson erishgan hamda insonga ma’lum bo’lgan fan

asoslarini eng muhimlarini o’quvchilarning yoshi, bilimi, dunyoqarashiga moslab

ajratib olib o’qitishning eng muhim didaktik talabi bo’lib hisoblanadi.

Tanlab olingan bilimlar paketi kelgusida turg’un har tomonlama o’quvchini

rivojlantiradigan, tarbiyaviy aspektga javob beruvchi hamda yangi bilimlar olishga

rag’batlantiruvchi, tafakkurni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi talablarga javob

bersin.

1. Shu sababli didaktik ta’lim jarayonida eng muhim va birinchi o’rin bo’lib

ilmiylik talabini ilgari suradi.

2. Ikkinchi didaktik talab moslik.

Bu prinsipda asosiy ahamiyat berayotgan bilimlarning o’quvchi yoshi bilim

darajasi, hayotiy tajribasi rivojlanganlik darajasiga mos bo’lsin, hamda

o’quvchining bilimi darajasini fanning mazmuni rivojlantirish asosida

rivojlantirishga xizmat qilsin.

3. Moslilik talabi o’z o’rnida tizimlilik yoki sistemalilik prinsipi bilan

mustahkam bog’liq.

Bu jarayonda faktlar, tushuncha, qonun, qoidalar tartib bilan, birin-ketinlik

asosida shakllanishiga olib keladi. Har bir tayanch bilim mohiyati aniq faktlar

orqali izohlanishi shart.

Ta’lim jarayonida bilmaslikdan bilishga, sayoz bilishdan aniq va chuqur

bilishga tomon yoki oddiydan murakkabga boriladi.

O’quv materiali tanlab joylashtirilganda induktiv yoki deduktiv bilish

yo’liga amal qilinadi.

15

4. Didaktiv talabning yana muhim yo’li politexnik talab bo’lib hisoblanadi.

Bu talab ko’proq jamiyatning maktab oldiga qo’ygan talablaridan kelib chiqadi.

Hozirgi maktab kimyo kursining mazmuni ma’lum davrlarda shakllandi va

rivojlanib keldi.

Maktab kimyo kursining mazmuni quyidagi didaktik bilimlarni o’rganish

jarayonida egallaniladi.

1. Qonunlar va nazariyalar

2. Tushunchalar: modda, kimyoviy element, kimyoviy reaksiyalar,

kimyoviy ishlab chiqarish

3. Faktlar - elementlar va birikmalari xossalariga doir bilimlar

4. Kimyo fani metodlari

5. Kimyo amaliyotga asoslangan nazariy fan buyuk kimyogarlarning fanga

qo’shgan hissasi.

Maktab kimyo ta’limining bosh maqsadi - modda haqidagi tushunchalarni

shakllantirish kimyoviy element, kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy ishlab chiqarish

tushunchalarni o’rgatishdan iborat.

Tushunchalarning mohiyati yangidan sifat xarakteristikasi u yoki bu nazariy

qism o’rganilganda amalga oshib boradi.

Maktab kimyo kursi 4 ta nazariy konsepsiya asosida ma’lum bosqichlarda

o’qitiladi.

1. Atom molekulyar ta’limot

2. D.I. Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi,

moddaning tuzilishi

3. Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi

4. Organik moddalar tuzilishining hozirgi zamon tuzilish nazariyasi

Maktab kimyo kursini o’rganish to’rt bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqich - kimyoning kirish qismi davriy qonungacha bo’lib, atom

molekulyar ta’limot asosida o’rganiladi

Ikkinchi bosqich -D.I. Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy qonuni

va davriy sistemasi, moddaning tuzilishini o’rganish

Uchunchi bosqich -davriy sistema guruhlari asosida tipuk elementlarni

o’rganish.

To’rtinchi bosqich –Organik birikmalarning xossalarini hozirgi zamon

tuzilish nazariyasi asosida o’rganish.

Davlat Ta’lim standartlarida belgilab berilganidek, o’quvchilar kimyo

asoslariga oid quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarini egallashlari shart:

1. Modda va uning tarkibi, tuzulishi, xossalari tarkibini bilish

2. Kimyoviy elementlar va ularning birikmalardagi valentligi hamda

kimyoviy formulalarini tuza bilish

3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida umumta’lim maktabi

kimyo kursi mazmuni (Ma’rifat gazetasi 18.08.1999 yil)

O’quvchilar kimyo asoslariga oid quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarini

egallashlari shart:

1. Modda, uning uning tarkibi, tuzulishi, xossalari tarkibini bilish:

2. Kimyoviy elementlar va ularning birikmalardagi valentligi hamda kimyoviy

formulalarini tuza bilish

16

3. Kimyoviy qonunlar va nazariyalarni, atom – molekulyar ta’limotni bilish

4. Anorganik birikmalarning eng muhim birikmalari tarkibi, xossalari va

qo’llanilishi

5. Kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi

6. Kimyoviy bog’lanish turlari

7. Kimyoviy reaksiyalar va ularning turlari

8. Kichik davrda joylashgan kimyoviy elementlar tavsifi va ularning fizikaviy va

kimyoviy xossalarini o’rganish

9. Kislota, ishqor, asos va tuzlarning dissosilanishini yoza bilish

10. Ion almashinish tenglamalari

11. Metall va metallmaslarning ayrim vakillari, ularning fizikaviy va kimyoviy

xossalarini o’rganish

12. Buyuk allomalarimiz va ularning kimyo fani rivojlanishiga qo’shgan hissalari

haqida

13. O’zbekistonda olinadigan kimyoviy xom ashyolar va ularning ahamiyati

14. Organik birikmalarning xossalarini hozirgi zamon tuzilish nazariyasi asosida

o’rganish.

15. Anorganik va organik kimyoga oid masalalar yecha olish

16. Polimerlarning xossalari va ularning qo’llanilishi

17. Kimyoviy reaktivlar va jihozlardan foydalana olish

18. Kimyoviy ishlab chiqarish jarayoni kimyoviy moddalardan foydalanishni

ekologilk no’qtai – nazardan tushuntira olish.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari

1. Maktab kimyo ta’limini takomillashtirishda Davlat Ta’lim standartlarining

o’rni.

2 Maktab kimyo kursining oldingi va keyingi mavzulari asosida «Anorganik

birikmalarning eng muhim sinflari» haqidagi bilimlarni umumlashtirish

mavzusining bog’liqligini izohlang.

3. Maktab kimyo kursi mazmunida eng muhim didaktik prinsiplarning tatbiq

etilishi.

4. Umumlashtiruvchi mavzularning maktab kimyo kursidagi o’rni.

Asosiy tushunchalar:

Maktab kimyo fani mazmuniga didaktik talablar 4 ko’rinishdan iborat:

1. Ilmiy bilimlar tizimi (fan asoslari)

2. O’quv – malakalar tizimi (maxsus qiziqishli va umumiy o’quv malakalar).

3. Fanning shu sohasi bo’yicha insoniyat faoliyat jarayonida to’plangan ijobiy

natijalar yig’indisi.

4. Atrof muhitdagi haqiqiy holatga qarab o’z faoliyatini chamalab bilish.

5-ma’ruza

Mavzu: Anorganik kimyo bo’yicha o’quvchilarning bilim va

ko’nikmalariga qo’yiladigan asosiy talablar (VIII sinf misolida).

17

Ma’ruza rejasi:

1. Nazariy o’quv materiallarni o’zlashtirishga bo’lgan talablar.

2. Faktlarni o’zlashtirishga bo’lgan talablar.

3. Kimyo tilini o’zlashtirishga bo’lgan talablar.

4. Kimyoviy eksperimentning bajarilishiga bo’lgan talablar

5. Hisoblashga doir masalalarning yechilishga bo’lgan talablari.

O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Nazariy o’quv materiallarni

o’zlashtirishga bo’lgan talablar, faktlarni o’zlashtirishga bo’lgan talablar,

kimyo tilini o’zlashtirishga bo’lgan talablar, kimyoviy eksperimentning

bajarilishiga bo’lgan talablar, hisoblashga doir masalalarning yechilishga

bo’lgan talablari.

Kimyoning to’liq kursi shunday asosda tuzilganki, uning har bir bosqichi

bilimida ta`lim jarayonining nazariy konsepsiyasi o’z aksini kuradi.

Ulardagi bosh vazifa – eng muhim kimyoviy tushunchalar element, modda,

kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy qonunlar, kimyo ishlab chiqarishi kabi nazariy

tayanch bilimlarni shakllantirish, boyitish va rivojlantirishdan iborat. Shu bilan

birga o’quvchilar elementar va ular birikmalari xossalarini bashorat qilishga

o’rgatiladi. Bashorat qilish esa o’quvchilardagi nazariy tayanch bilimlarni

faoliyatiga tadbiq etish, qo’llash, fikr yuritish yoki tafakkur mahsuli bo’lib

hisoblanadi. Natijada har bir tayanch bilimlarining 1) ta`limiy maqsadi, 2)

tarbiyaviy maqsadi, 3) rivojlantiruvchi maqsadi ta`lim jarayonida ochib berish.

Har bir darsning nazariy qismi ta`limiy maqsadi shu darsning konsepsiyasini

tashkil etadi.

Bu nazariyalar konsepsiyasi rivojlanuvchi kimyo ta`limiga asos solishi bilan

birga o’quvchilarda dialiktik materialistik qarashlarning shakllanishi va

rivojlanishgia imkoniyat yaratadi. Natijada o’quvchilarda olamning moddiy birligi

va uni bilish mumkunligiga ishonch tug’diradi.

VIII sinflarda anorganik kimyo fanining mazmuni o’quvchilarda ilmiy

dunyoqarashini shakllantirish bilan birga olingan bilimlar amaliy faoliyatida

qo’llanish imkoni boricha o’quvchilarning tefarak-atrof muhiti, ishlab chiqarish

bilan bog’liq holda bilishini ta`minlash zarur.

Umumiy o’rta ta`lim maktablari uchun kimyo fani dasturida (T. O’qituvchi

1993) VIII sinfda anorganik kimyo bo’yicha o’quvchilarning bilim va

ko’nikmalariga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagicha berilgan:

Nazariy o’quv materiallarni o’zlashtirishga bo’lgan talablar. Atom

molekulyar ta`limotining asosiy qoidalarini bilish, ushbu ta`limot asosida

quyidagi tushunchalarni tadbiq etish: nisbiy atom massa va nisbiy molekulyar

massa, modda miqdori, molyar massa, molyar hajm, gazlarning nisbiy zichligi,

oddiy va murakkab moddalar, kimyoviy element, valentlik oksidlar, asoslar,

kislotalar, tuzlar, kimyoviy reaksiyalarning (ajralish, birikish, almashinish, o’rin

olish) tiplari, neytrallanish reaksiyasi, almashinish reaksiyasining bir turi

sifatida.

18

Moddalar massasining saqlanish qonuni ta’riflashni, ushbu qonunning

ahamiyatini misollar yordamida tushintira olishni va hisoblashlarda hamma

reaksiya tenglamasini tuzishda ushbu qonunni tadbiq eta olishni bilish.

Kimyoviy elementlar davriy qonunning hozirgi zamon ta’rifini

D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi asosiy

qonuniyatlar, dastlabki uch davrda kimyoviy elementlar atomlardagi

elektronlarning taqsimlanishini bilish. Asosiy gruppachalardagi elementlarning

davriv sistemadagi joylashgan o’rni va atomlarning tuzilishi asosida umumiy

tavsifnoma berishni, shuningdek ushbu elementlar hosil qilgan oddiy va

murakkab moddalarni bilish: quyidagi tushunchalarni aniqlash va tadbiq eta

olish: kovalent bog’lanish (qutbli va qutbsiz), ion bog’lanish, oksidlanish

darajasi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi, kristall panjara (ionli, atom,

molekulyar) izotoplar.

D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi va atomlarning

tuzilishi bo’yicha olingan bilimlar asosida eng muhim birikmalar

formulalarning tuzilishini, kimyoviy bog’lanish turlari va moddalarning

umumiy xarakterli xossalarini, elementli atomlarni, oddiy moddalar va

kimyoviy birikmalarni xarakterlashda ma`lum atomlarni ko’rsatishni bilish.

D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi va davriy

qonunining ma`nosini aytib berishni, moddalar va kimyoviy elementlarning

moddiy birligini miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tishini

misollarda tushintirib berish, davriy qonun misolida nazariy bilimlarni

umumlashtiruvchi va oldindan aytib beruvchi funksiyalarni ko’rsatish, fan

taraqqiyoti va ishlab chiqarish uchun davriy qonunning ahamiyatini ko’rsata

bilish.

Faktlarni o’zlashtirishga bo’lgan talablar. Kislorod, vodorod, suv

molekulasining o’rganilgan oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlarning tarkibini,

galogenlarning asoslarini, xlorid kislota, xloridlarning xossalarini hamda

ishlatilishini bilish.

O’rganilgan moddalarning tarkibi va xossalarini taqqoslashni, kuzatilgan

tajribalarning natijalarini analiz qilishni, o’rganilgan nazariya nuqtai nazaridan

kimyoviy reaksiyalarni tushintirib berishni, anorganik birikmalarning sinflari

o’rtasidagi genetik bog’lanish hamda moddalar tarkibini, xossalari va ishlatilishi

o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash.

Kimyo tilini o’zlashtirishga bo’lgan talablar. Elementlarning kimyoviy

belgilarini (kamida 20 ta) kimyoviy formula va tenglamalarning ma`nosini

tushintira olishni bilish.

Kimyoviy elementlarning valentliklari bo’yicha olingan bilim asosida ikki

elementdan tarkib topgan birikmalarning formulalarini tuzishni, kislota qoldiqlari

va metall valentliklari ma`lum bo’lgan tuzlar hamda asoslarning formulasini

o’rganilgan oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlarni nomlanishi, o’rganilgan

reaksiyalar tuzishni bilish.

19

Dastlabki uch davrdagi elementlarning elektron qobiqlaridagi elektronlar

sonini ko’rsatgan holda atomlarning tuzilishi sxemalarni tuzishni, birikmalarning

formulalari asosida elementlarni oksidlash darajasini aniqlashni elementlar

yuqori oksidlarning hamda tegishli kislota va asoslar formulasini tuzishni,

elementlarning davriy sistemada joylashgan o’rniga qarab metallmaslarning

vodorodli birikmalarini, o’rganiladigan oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari

misolida elektron balans metodi bilan kimyoviy tenglamalar tuzishni bilish.

Kimyoviy eksperimentning bajarilishiga bo’lgan talablar. Moddalar va

eng oddiy asboblar bilan ishlash qoidalarini bilish.

Probirkalar, o’lchov kolbalari, laboratoriya shtativi, spirt lampa yoki gaz

gorelkasi bilan ishlashni, qattiq moddalarni eritishni, qizdirishni, tindirishni,

filtrlashni, kislota va ishqorlar bilan ishlashni vodorodning tozaligini sinab

ko’rishni molyar koncentrasiyali va erigan moddalarning massa ulushi ma`lum

miqdorda bo’lgan eritmalar tayyorlashni, tayyor detallardan gaz olish asbob

yig’ish va idishlarga havo hamda suvni siqib chiqarish yuli bilan shu gazni

to’ldirishni bilish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish. Kislorod, vodorod,

is gazi, kislota va ishqorlarning eritmalari, yod, xloridlarni aniqlay olishni bilish.

Almashinish reaksiyasi orqali vodorod xlorid olish va uni suvda eritishni bilish.

Hisoblashga doir masalalarning yechilishga bo’lgan talablar. Moddalarning

nisbiy molekulyar massasini, kimyoviy formulalar asosida hisoblay olish.

Eritmadagi moddaning massa ulushini va eritmada erigan moddaning

massasini, gazlarning nisbiy zichligini, reaksiyaga kirishayotgan yoki reaksiya

natijasida olinadigan moddalardan birining ma`lum miqdoriga ko’ra moddalar

massasini yoki gazlarning hajmini (n.sh.da), kimyoviy tenglamalar asosida

gazlarning hajmiy nisbatini hisoblashni bilish.

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari

1. Nazariy o’quv materiallarni o’zlashtirishga bo’lgan talablar deganda nlmani

tushinasiz?

2. Eritmalar tayyorlashga doir eksperimental masalalar bajarilishiga bo’lgan

talablarni ayting.

3. Hisoblashga doir masalalarning yechilishi mavzuda bilimni tekshirishning

qaysi nazorat turini taklif qilasiz?

4. Shu mavzu bo’yicha laboratoriya ishlari uchun vazifalar tayyorlang.

6 - ma’ruza

Mavzu: Kimyo o’qitish jarayonida o’quvchilarni tarbiyalash.

Ma’ruza rejasi:

1. Maktab kimyo kursi asosida tarbiya berish va dunyoqarash g’oyalarini

shakllantirish.

2. Dunyoqarash g’oyalarini shakllantirish bosqichi

3. Ta’lim jarayonida o’quvchilarni tarbiyalashga yalpi yondashiash

20

4. Kimyo ta’limi jarayonida vatanparvarlik tarbiyasi.

Barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish hamma vaqt ham

maktabning muhim vazifasi bo’lib hisoblanadi.

Har qanday ijtimoiy tuzum tarbiya oldiga o’z talablarini qo’yadi.

Bizning mustaqil demokratik fuqorolik jamiyatimiz ham shunday talablarni

qo’yadi.

Bu talablar «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi» da o’z ifodasini topgan.

Kimyo ta’limining mazmuni ham o’quvchilarda ilmiy- materialistik

dunyoqarash g’oyalarini hosil qiladi.

Bunga erishish uchun tizimli, fan asoslarini amaliyot bilan bog’lab o’qitish

talab etiladi. Maktabda kimyo o’qitishning tarbiyaviy vazifasi o’quvchilarda

dastlab mehnatga ongli ehtiyoj sezish, o’z xalqining tarixan shakllangan

an’analariga sodiq bo’lish, insonlar qadriga yetish va shu orqali vatanparvar va

baynalminal inson bo’lib yetishishi, insonlar yashab turgan muhitni e’zozlash,

mahalliy sharoitda mavjud bo’lgan tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish,

xalq mo’lkini ko’z qorachig’iday saqlash, kelajakda o’z vatani va xalqiga sadoqat

bilan xizmat qilish, shuningdek kimyoviy bilimlar asosida ekologik etiqodni hosil

qilishdek istaklarni tarbiyalashdan iborat. Bunda, o’qituvchi kimyo ta’limidagi

o’rganiladigan mavzularning mazmunidan kelib chiqqan holda va mahalliy

jarayonlarni hisobga olib o’quvchilar ongiga ekologik ta’lim- tarbiyani

shakllantirib borishni taqozo etadi.

O’rganilayotgan har bir mavzuning fan va qishloq xo’jaligida,

o’quvchilarda vatanparvarlik g’oyalarini shakllantirish ahamiyatini ko’rsata bilish

lozim.

Shu bilan birgalikda kimyo predmeti mazmuni, o’quvchilardagi zahira

tayanch bilimga tayanib falsafiy tushunshalar, kategoriyalar; materiya, harakat,

miqdor, sifat, xossa, qarama-qarshilik, inkor, sabab, oqibat kabilarnig mohiyatini

ochib berish.

Kimyo kursidagi har bir mavzuning mazmunidan kelib chiqib uning

o’quvchini hamma tomonlama tarbiyalashni amalga oshirish zarur.

Kimyo ta’limi jarayonida o’quvchilarni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash

asosiy vazifa bo’lib hisoblanadi.

O’quvchilar dunyoqarashni shakllantirish quyidagi bosqichlarda amalga

oshadi.

Birinchi bosqich - Alohida g’oyalar, tushunchalar holatlarning mohiyatini

anglash (tayyorgarlik bosqichi)

M: Dastlabki kimyoviy tushunchalar mavzusida modda va ularning xossalari

haqida tushuncha beriladi.

Ikkinchi bosqich - materiyaning kimyoviy harakat shakli haqidagi

tushunchalar tartibga solinadi.

Davriy qonun va davriy sistema mavzusida atomlarning ichki holatlari,

xossalari, ularning xossalaridagi o’xshashlik va farq qiluvchi tomonlari

o’rganiladi.

21

Uchunchi bosqich - VIII-IX- sinflar oxirida o’qituvchi va o’quvchilarning

birgalikdagi faoliyatlari tufayli dunyoqarash tushunchalari g’oyalari

chuqurlashtiriladi va yangi material aniq tartibga keltiriladi.

To’rtinchi bosqich - dunyoqarash g’oyalari tushunchalarini falsafiy nuqtai

nazardan izohlash

Beshinchi bosqich - materiyaning kimyoviy harakat ko’rinishlarini tabiiy

ilmiy va falsafiy nuqtai nazardan tizimga kiritishdan iborat. Didaktik qonunlar

mohiyatini kimyoviy misollar vositasida ochib berish.

Jamiyatda ijtimoiy faol, tafakkuri keng, mulohazali mustaqqil fikrlovchi shaxsni

tarbiyalashga yalpi yondoshish talab etiladi.

Tarbiyada bunday yondoshish «Ta’lim to’g’risi»dagi qonun, «Kadrlar

tayyorlash milliy dasturi»da o’z aksini topgan.

Tarbiyaga yalpi yondoshishda: vatanparvarlik tarbiyasi, mehnatsevarlik,

dialektik materialistik, ekologik, estetik, huquqiy iqtisodiy tarbiya kabilarni

unutnaslik kerak.

Har bir mavzuni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o’rganib chiqish zarur.

O’quvchi boshqa fanlardan olgan saboqlarini yangi sharoitda qo’llay bilsinlar.

Mustaqil O`zbekistonimiz zaminida D.I.Mendeleev davriy jadvalidagi barcha

elementlar mavjud.

Prezident I.A.Karimovning "O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida" asarida

tabiiy boyliklarimiz ularni o`rganish xalq xo`jaligi taraqqiyoti uchun xizmat

qildirish haqida tushunchalar, bilimlar berilsa o`quvchida vatanparvarlik hislari

kuchli qaror topadi.

Tekshiruv savollari

1. Prezident I.A.Karimovning asarlarida kimyoviy xom-ashyo resurslaridan

Vatan taraqqiyoti yo`lida foydalanish g`oyalarining yaratilishi.

2. Kimyo o`quv predmetini tarbiyalovchilik maqsadini tavsiflang.

3. Vatanimiz kimyoviy xom - ashyo resurslari misolida vatanparvarlik tarbiyasi

berish yo’llarini ko`rsating.

4. Kimyo ta`limi mazmuni orqali o`quvchilarda dialektik - materialistik

dunyoqarashni shakllantirishni xarakterlang.

5. O`zbekiston Konstitutsiyasi materiallaridan kimyo o`qitish jarayonida

foydalanish.

6. O`zbekiston kimyogar olimlari va ularning fan - texnikani rivojlantirishdagi

faoliyati.

Tayanch iboralar:

Kimyo o’qitishning tarbiyaviy vazifasi –o’quvchilarda dastlab mehnatga

ongli ehtiyoj sezish, o’z xalqining tarixan shakllangan an’analariga sodiq bo’lish

kabi vazifalar singdirishdan iborat.

7- 8 –ma’ruza

Mavzu: Kimyo o`qitish jarayonida o`quvchilarni bilim va ko’nikmalaini

rivojlantirish.

22

Ma’ruza rejasi:

1. Rivojlantiruvchi ta`limning psixo – pedagogik asoslari.

2. Kimyo mazmuni tizimi o`quvchilarni rivojlantirish manbai.

3. Rivojlantiruvchi ta`limda kimyoviy umumlashtirishlarning ahamiyati.

4. O`quvchilarni yakkama-yakka munosabat orqali rivojlantirish.

5. Muammoli ta`lim o`quvchini rivojlantirish manbai.

O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Rivojlantiruvchi ta`limning psixo –

pedagogik asoslari, rivojlantiruvchi ta`limda kimyoviy umumlashtirishlarning

ahamiyati, o`quvchilarni yakkama-yakka munosabat orqali rivojlantirish,

muammoli ta`lim o`quvchini rivojlantirish manbai.

Rivojlantiruvchi ta`limni vazifasi dastlab o`quvchilarda mustaqil bilim

egallash ko`nikmalarini shakllantirish, ularda mehnat qilish uchun o`quv

malakalarni shakllantirish lozim.

Darsda qo`llanilayotgan moddalar, turli xil jihozlar bilan ishlash

ko`nikmasini shakllantirish, ular bilan ishlashda texnika xavfsizlik qoidalariga

amal qilsin.

Bo`layotgan kimyoviy hodisalarni kuzata bilish, uning mohiyatini aniqlash,

tahlil qilish, taqqoslash, o`z mulohazalarini ayta bilish, darslik, qo`llanmalar

ommabop adabiyotlardan foydalanish. Ta`lim jarayonida o`quvchilar yangi bilim

o`quv malakalar egallaydilar. Bu juda murakkab jarayon hisoblanadi. Bu

jarayonda o`quvchi bilimlar mohiyatini birinchi marta eshitadi. Bu holda hali

bilimlar endi shakllana boshlaydi. Bilimlar mustahkam bo`lmagan sayoz dastlabki

o`zlashtirishdir. Biz buni ta`lim jarayonining dastlabki didaktik vazifasi deb

bilamiz.

Demak materialni chuqur va mustahkam egallab olish uchun qo`shimcha

ishlash talab etiladi. Bu talab ikkinchi didaktik vazifadir.

Olingan zahira bilimlarni faoliyatga, amaliyotga tadbiq etish orqali ular

rivojlanadi, bu esa ta`lim jarayonining uchinchi didaktik vazifasidir. Aynan shu

jarayonda bilim, ko`nikma malakalar yoki tayanch bilimlar sayqal topib

o`quvchining o`z mulkiga aylanadi. Sayqallanib, shaxsiy mulkka aylangan bilim

o`quvchining mustaqil hayot faoliyati davrida – inson uchun yo`lchi yulduzga

aylanadi.

Rivojlantiruvchi ta`limning asosiy pedagogik qoidalari:

1) Ta`limni yuqori darajada o`rtacha og`irlikda tashkil etish;

2) O`quv materialini tez va o`quvchiga tushinarli holda o`rgatish;

3) Nazariy bilimlar salmog`ini tezda oshirish;

4) Bilimlarni ongli o`zlashtirish bilan ongli holda faoliyatda qo`llash;

O`quvchi olgan bilimlarni faoliyatda ongli holda qo`llasagina undagi

bilimlar rivojlanadi. Rivojlantiruvchi ta`limning psixologik holatlari;

1) Bilimlarni qo`llaganda, qanday fikrlash hatti – harakat lozimligiga e`tibor

berish.

Bilimlarning rivojlanishi mustaqil, ijodiy ishlash rivojlanishining asosidir

23

2) Intellektual ko`nikmalar shakllanishi va rivojlanishi;

o`quvchiga logik fikrlash xossalarini chog`ishtirish, tahlil qilish, sintezlash ulardan

eng muhimlarini ajratib olib xulosa chiqarish, umumlashtirish.

3) O`qish faoliyatini to`g`ri tashkil eta bilish (o`qishni o`rganish.)

- O`quvchilar rivojlanishining asosiy manbai kimyo kursi mazmunining o`zi

bo`lib hisoblanadi. Sinfdan sinfga ko`chgan sayin bola shaxsi rivojlana boshlaydi.

Maktab kimyo kursi dasturi nazariy masalalari rivojlanib, chuqurlashib,

murakkablashib borish tartibida tuzilgan.

Bu tuzilish tayanch bilimlarning yana yuqori darajada izohlanishi va

o`rganishga olib keladi. Natijada o`quvchi shaxsi ham rivojlanadi.

- Rivojlantiruvchi ta`limda kimyoviy umumlashmalar katta ahamiyat kasb

etadi. O`rta maktab kimyo kursida maxsus umumlashma mavzular mavjud M:

Anorganik birikmalarni eng muhimi sinflar haqidagi birikmalarni umumlashtirish;

Davriy qonun, davriy sistema hamda anorganik birikmalar haqida olingan

birikmalarni ham umumlashtiruvchi mavzular berilgan. Kimyo fani o`qituvchisi

o`quvchilarda umumlashmalar hosil qilishi haqida bilimlarni ham shakllantirishi

kerak. Masalan:

a) Kimyoviy reaksiyalar klassifikasiyasi. Klassifikasiyalashning belgilari

anorganik va organik kimyodan misollar keltirish;

b) Anorganik va organik moddalar orasidagi genetik bog`lanish asoslari haqida;

v) Anorganik va organik birikmalar gidrolizi.

Umumlashma mavzular yakunida o`quvchi amaliyotga tayangan holda yoki

olingan tayanch bilimlarini faoliyatda qo`llash orqali egallangan bilimlar

rivojlanadi, sistemaga tushadi va aniqlashadi.

Ta`lim jarayonida kimyo fanining rivojlanuvchi faollik xususiyatini yana,

1). Muammoli ta`lim. 2). Ko`rgazma va o`qitishning texnika vositalari.

3). Egallangan bilimlarni doimiy nazorat qilishi. 4). Mo`staqil ishning xilma –

xilligi. 5). O`quvchilarga yakkama – yakka yondashuv kabilar yanada oshiradi.

- O`quvchilar bilan yakkama – yakka munosabat bo`lish, har bir o`qituvchining

individual xususiyati bilim darajasiga mos tuzilgan savollar mashqlar,

masalalarni alohida – alohida kartateka, sinov varaqalaridan foydalanish va ularni

bajarish darajasini nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan: elektrolitik

dissosiasiya mavzusi asosida:

- Quyidagi moddalarning dissosiyalanish natijasida qanday ionlar hosil bo`ladi:

a). bariy gidrooksidi. b). fosfot kislotasi. v). mis nitrati.

- Quyidagilar eritmasida qanday ionlar bo`ladi?

a). kislotalar. b). asoslar. v). tuzlar.

- Kislotalarning barchasi o`xshash umumiy xossalarga ega ekanligini qanday

izohlash mumkin?

a). mis sulfati. b). rux xloridi qanday moddalari bilan birikishi mumkin.

Savollar mazmuni jihatidan qiyinlashib boradi.

Birinchi savol reproduktiv oddiyroq javob talab qilsa, ikkinchi savolga

javob o`zaro chog`ishtirishni talab qiladi: uchinchi savolning javobi tahlil va

sabablari bog`lanishni ochish bilan bo`ladi, to`rtinchi savolning javobi ilgari

olingan bilimlarni yuqoriroq va kengroq bog`lanishlarda ochib berishni talab

qiladi.

24

To`rtala savollarga kim javob bersa a`lo baho qo`yiladi.

Xuddi shunday topshiriqlar ham uyga beriladi. Shunday savollarga javob

topish uchun adabiyotlarga murojaat qilanadi.

Muammoli ta`lim o`quvchini rivojlantirish manbai bo`lib xizmat qiladi.

Muammoli ta`limning mohiyati va uni hozirgi ta`lim jarayoniga olib kirishning

zarurati nimadan iborat?

Hozirgi fanlarning qo`shilib ketishi, ilmiy texnikaning o`sishi sharoitida

ta`limning rivojlanuvchi funksiyasi ham o`shib bormoqda. Ta`lim jarayoni

o`quvchiga faqat tayyor bilimlarni berish bilan chegaralanmasdan o`quvchida

tafakkur qirralarini o`stirish unda dialektik fikrlashni mustaqil ishlash ko`nikma –

malakalarni hosil qilish kerak. Zarurat esa ana shu maqsaddan kelib chiqadi.

Muammoli ta`lim – rivojlanuvchi o`qitishdir. Insonda qachonki nimaningdir

mohiyatini tushinish, anglash ishtiyoqi tug`ilsa shundagina fikr yurita boshlaydi,

unda bilim o`rganish egallashga intilish paydo bo`ladi. Bunday intilish muammoli

ta`lim jarayonida hosil bo`ladi.

O`qituvchi shu jarayonni o`quvchida hosil qilgach va vazifalar nimadan

iborat ekanligini anglagach endigi vazifa muammoli ta`limdan qachon va qanday

foydalanishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi.

Asosiy vazifa muammoli ta`limni joriy etish jarayonida avvalo ta`lim

mazmunini tahlil etib chiqish va undan muammolarni ajratib tushinib olish, keyin

esa ularni bir – biriga bo`ysundirish darajasida tartib bilan joylashtirishdan iborat.

Bu tartib tizimlilik holatini keltirib chiqaradi, tafakkur rivojlanishi uchun eng

muhim sanaladi.

M: Moddalarning xossalari ularning tarkibiga bog`liq degan qoida dastlabki

kimyoviy tushunchalar mavzusida markaziy muammo sifatida qaraladi. Bu

muammo VII sinfda har bir mavzuda xususiy holat kasb etsa VIII – sinfda atom

tuzilishi nazariyasi o`rganilgach, elementlarning xossalari ularning tuzilishiga

bog`liq degan umumiy nazariyani kelib chiqardi yoki VII sinfdagi tarkib

tushunchasi o`rnini tuzilishi tushunchasi to`ldiradi.

M: Nima uchun litiyning xossalari natriyga o`xshash, nima uchun elementlarning

xossalari davriy ravishda o`zgarib boradi.

Yoki atom massalarining ortib borishi tartib buzilishiga qaramay argon

bilan kaliy 18 va 19 tartib nomerda joylashgan teskari emas?

Demak o`qitishning har bir bosqichda o`zining muammolari mavjud.

Ularga o`quvchi o`zining tayyorgarlik darajasi va rivojlanish holatida beradi.

Kimyo ta`limida o`quv muammolarini keltirib chiqarish usullari yo`llari

mavjud o`quv muammolarini nazariyalar va faktlar, nazariyalar va tushunchalar,

alohida tushunchalar orasidagi bog`liqlik orqali tushuntiriladi, hamda ajratib

olinadi.

M: Nima sababdan ayrim moddalar elektr tokini o`tkazadi yoki elektrolit ayrimlari

unday emas. Demak moddalarning eritmalaridagi har xil xususiyatlari ularning

o`zaro aloqasi tuzulishi nazariyasi asosida yechim topadi.

Moddalar xossalarining ular tuzilishiga bog`liqlik tushunchasi,

moddalarning tuzulishi nazariyasi va modda tushunchasi bog`liqligi tushuniladi.

Demak ta`limiy muammolar uning mazmunidan kelib chiqadi.

25

Ta`lim muammolarini amaliy jihatdan o`qitishning istalgan bosqichida

amalga oshirsa bo`ladi. Ular ta`lim mazmuni va o`quvchilarning rivojlanish

holatlariga bog`liq.

Muammoli ta`limni amalga oshirish bosqichlari mavjud.

O`quv muammolarining ko`rininshlari quyidagilardan iborat: muammoli

holatning mavjudligi, sub`ektning izlanishini yechishga tayyorgarligi, bir necha

yo`l bilan yechish imkoniyatlari bularni muammoli ta`limni amalga oshirish

shartlari deb aytiladi.

Muammoli ta`lim bosqichlari quyidagilardan iborat:

Birinchi bosqich - Muammoni tushunishga tayyorgarlik. Bu bosqichda

bilimlarni faollashtirish, muammoni yechish uchun kerakli bilimlarni eslash

fikrlash yechiladigan muammo uchun kerakligini ajratib olish:

Agar VII sinf o`quvchisiga nega bir xil miqdor va sifat tarkibiga ega modda

har xil xossa namoyon qiladi deb so`ralsa kimyoviy jihatdan eng muhimi bu

muammo o`quvchini yechishga undamaydi, chunki ularning bu muammoni

yechishga bilim darajalari hali yetarli emas.

Ikkinchi bosqich – Muammoli holatni vujudga keltirish. Bu vaziyat

muammoli ta`limning eng javobgarligi muhim va murakkab bosqich hisoblanadi.

O`quvchi bu bosqichdan o`qituvchi tomonidan o`z oldiga qo`ygan muammoni

muhimligini tushinishi yoki o`zidagi bilimlar bilan uni yecha olmasligini anglab

yetib, yangi bilimlarga zaruriyat sezishi va shu bilimlar bilan uni yecha olmasligini

anglab yetib, shu bilimlarni egalashi lozim. Muammo o`quvchiga aniq bo`lishi

uning bu muammoni yechishiga imkon beradi.

Uchinchi bosqich – muammoning aniq ifodalanishi kelib chiqqan vaziyat

muhitining natijasidir. O`quvchi qanday savolga javob qaytarishiga o`z kuchini

qaratsin.

Bilimga qaratilgan bu vazifani o`qituvchi o`quvchilar oldiga qo`ya bilishi

kerak.

Agar o`quvchi doimiy ravishda muammolarni yechib kelgan bo`lsa,

muammolar yechimiga o`zi kela biladi.

To`rtinchi bosqich – muammolarni yechish jarayoni u bir necha pog`onada

amalga oshadi:

a) bashoratlarni ilgari surish;

b) har bir muammoni tekshirishning rejasini tuza bilish;

v) muammoning tasdiq topishi.

Beshinchi bosqich – Tanlangan yechim to`g`riligini isbotlash, agar imkon

bo`lsa, amaliyotda ko`rsatish. Bunday muammoli vaziyatlarni tashkil etish

o`qituvchidan katta mahorat talab etadi.

Muammoli vaziyatlar tashkil etish usullari quyidagilardan iborat.

1. O`quvchilarga noma`lum bo`lgan ma`lumotlar faktlarni tushintirish va

demonstratsiya qilib ko`rsatish. Ularda yangi bilimlarning kelib chiqishiga

imkon beradi M: o`qituvchi elementning shakl o`zgarishlarini (allatropiyasini)

tushintirib uning kelib chiqish sabablarini so`raydi, yoki ammoniy xlorid bilan

kaliy xlorid aralashmasini qanday bir – biridan ajratish mumkin. (ammoniy

xloridni haydash yo`li ajratish mumkinligini hali o`quvchi bilmaydi ).

26

2. Ma`lum faktlar bilan ma`lum bilimlar orasida uyg`unlik bo`lmasligi mumkin.

Natijada o`quvchilar noto`g`ri xulosaga kelishi mumkin. M: ohakli suv orqali

uglerod (IV)-oksidi o`tkazib tiniq eritma olish mumkinmi? O`quvchilar

o`zlaridagi zahira bilimlarga tayanib yo`q javobini beradilar. O`qituvchi esa

kalsiy gidrokarbonatning olinishini tajriba qilib ko`rsatadi.

3. Aniq nazariyalarga asoslanib faktlarni izohlashda ham muammoli vaziyatlar

kelib chiqadi. M: nima sababdan natriy sulfat eritmasini elektroliz qilganda

katodda vodorod, anodda esa kislorod ajraladi. O`quvchilar savollarga kerakli

jadvallar, metallarning aktivlik qatori, anionlar qatori, oksidlanish-qaytarilish

reaksiyalarining elektroliz mohiyati yordamida javob izlab topadilar.

4. Ma`lum nazariyalar yordamida bashorat qilib uni keyin amaliyotda sinaladi. M:

sirka kislota boshqa organik kislotalar orqali kislotalarning umumiy

xossalarini namoyon etadilarmi? O`quvchilar o`z fikrlarini bildiradilar.

5. Oxirgi maqsad natija va muammoning sharti berilgach, uni hal etishning oson

yo`lini topish. M: O`qituvchi eksperimental masala taklif etadi. Uchta

probirkada moddalar berilgan, bu moddalarni tezroq va qisqa tajribalar

o`tkazib aniqlang.

6. Muammoning shartlari berilgani asosida mustaqil ish tarzda yechimga kelishi.

Bu ijodiy masala bo`lib uni yechish uchun dars yetarli emas. O`quvchilarga

o`ylash, fikr qilish uchun vaqt beriladi. Uyda esa qo`shimcha adabiyot va

kerakli ma’lumotlardan foydalansin. M: Moddalarning xossalarini bilgan

holda aniq reaksiya uchun sharoit tanlash va o`rganilayotgan moddani ishlab

chiqish jarayoni uchun optimal sharoit haqida fikrlar bildirish.

7. Tarixiylik prinsipi ham muammoli vaziyatlarni yaratadi.

M: D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni xulosasiga bir qancha sistemalashlar

natijasida kelgan fan tarixi shuni ko`rsatadiki, kimyoviy qonunlar fanning

rivojlanib tartibga tushishi bilan kashf etilgan. Muammoli vaziyat xarakter,

mohiyat mazmuni jihatidan bir – birini almashtirib borsa o`quvchining tafakkuri

rivojlanadi.

Muammolarning eng mahsulli davri shundaki, qachonki o`quvchilar o`zlari

muammoni shakllantira olsalar, munozarali darslar shulardan kelib chiqadi.

- Darsda muammoli ta`limdan foydalanish xususiyatlari ham mavjud. O`qituvchi

muammoli ta`limni amalga oshirish jarayonida sinfdagi barcha o`quvchilar faollik

ko`rsatsa, tashabbuskor bo`lsa, noto`g`ri bo’lsa ham o`zlarini fikrini bildirsa,

boshqa o`quvchilarni munozara, tortishuvi o`z fikrini bildirishga undasa, ta`lim

samarali kechadi. O`qituvchining savoli muammoli xarakterda bo`lishi kerak.

Bitta darsda muammoli harakatlarning barcha bosqichlarini qo`llash shart

emas. Muammoli harakatlarning yoki o`quvchilarni chalg`itib bilimlarining

mustahkamligini sinash uchun to`g`ri natijalar ham berishi mumkin.

Xullas, o`quvchi muammo sabablarini izohlab berishga o`rgansin.

Muammoli ta`limning eng samaradorligi uning rivojlantiruvchi

xususiyatidir. Demak muammoli ta`lim o`quvchi rivojlanishi uchun asosiy

manba bo`lib hisoblanadi.

Nazorat savollari

27

1. O’quvchilarning aqliy qobiliyatini rivojlantirishda kimyo predmeti ahamiyatini

tavsiflang.

2. Qanday o`qitishni - rivojlantiruvchi deb ataymiz.

3. O`quvchilar qaysi mavzularni o`qishda tahlil usullari, taqqoslash,

umumlashtirish asosiy mazmunini ajratib olish hollarini shakllantirish mumkin.

4. O`quvchilarni fikr yuritishga undaydigan kimyoviy jarayonlarga misol

keltiring.

5. Biror mavzu misolida o`quvchilar mustaqil ishlari uchun differensiyalashgan

topshiriqlar tuzing.

6. O`quv muammolari qanday tuziladi. Misol keltiring.

7. Muammoli va muammosiz topshiriqlar tuzib ularning o`xshashligi va farqini

ko`rsating.

8. Tayanch bilimlarni rivojlantirishning didaktik asoslari.

9. Tayanch bilimlarning mohiyati ta`lim jarayonda tutgan o`rni.

10. Kimyo ta`limida tayanch bilimlarni qo`llash va rivojlantirish muammolari.

9- Ma’ruza

Mavzu: Kimyo darslarida o’quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya berish.

Ma’ruza rejasi:

1. O’quvchilarga kimyo darslarida ekologik ta’lim- tarbiya berish.

2. Atrof- muhitni zararlantiruvchi omillar

3. Kimyo sanoatining ekologiyasi.

4. Atmosfera havosining ifloslanishi.

O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Ekologiya deganda nimani

tushinasiz? Kimyo darslarida ekologik ta’lim - tarbiya berishning ahamiyati,

atrof-muhitni zararlantiruvchi omillar, kimyo sanoatining ekologiyasi, atmosfera

havosining ifloslanishi.

Tabiyatni muhofaza qilish - bugungi kunning eng asosiy muammolaridan

biridir. Jamiyat va tabiat, inson va atrof-muhit o’rtasidagi munosabatlarni ongli

ravishda boshqargandagina ekologik muvozanatga erishiladi. Bu munosabatlar

mohiyatini o’quvchilar ongiga to’g’ri yetkaza olish, ularning tabiatga bo’lgan

munosabatini ongli ravishda amalga oshira bilishga o’rgatish ekologik ta’limning

asosiy negizidir.

O’quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya bershda kimyo va biologiya

o’qituvchlari muhum rol o’ynaydi. Kimyo darslarida uni amalga oshirishda

tabiatning bir butunligi va uning ozaro aloqadorligiga, inson faoliyati ta’sirida

tabiatda sodir bo’ladigan o’zgarishlarga tabiiy resurslardan oqilona foydalanish

kabi masalalarga alohida et’ibor beriladi.

Buning uchun o’quvchilar ongida yangicha ekologik tafakkurni

shakllantirish, bu ishda samarador tashkiliy ishlarni qo’llash- milliy tarbiyani

tizimi oldiga qo’yilgan hayotiy muammolardandir.

28

Bu masalani hal etishda sinfdan tashqari tashkil etiladigan ekologik

tarbiyaviy tadbirlar o’zining mazmunan boyligi, tashkiliy shakllarining serqirraligi

bilan ajralib turadi. Biz bu o’rinda sinfdan tashqari tashkil etiladigan ekologik

tarbiyaning ayrim samarador shakllari xususida fikr yuritishni lozim deb topdik.

Bundan ko’zlangan maqsad sinf va to’garak rahbarlarini, tarbiyachilarni aniq

uslubiy tavsiyalar bilan qurollantirishdan, samarador tashkiliy shakllarning

tarbiyaviy jarayondagi o’rni va ahamiyati haqida ma’lumotlar berishdan, ekologik

tarbiyani tashkil etishda sezilarli siljish yasashga turtki bo’ladi. Sinfdan tashqari

tashkil etiladigan ekologik tadbirlarning quyidagi shakllari samarador bo’lib

hisoblanadi.

a). an’anaviy bayramlarni nishonlash – 35,3%

b). tabiat qo’yniga sayohatlar, sayrlar – 21,4%

v). amaliy va to’garak mashg’ulotlari – 16,1%

g). ijtimoiy foydali mehnat - 9,7%

d). boshqa omillar – 17,5%

Ekologik to’garaklar, o’quvchilarni mahalliy ekologik vaziyat bilan kengroq

tanishtirish, ularni vujudga kelgan keskinlikni bartaraf etishda ishtirok etish

istiqbolini ochadi. Kimyo zavodlarning atrof-muhitga chiqaradigan chiqindilari,

havo havzasini ifloslantiradigan gazlar va ularning inson salomatligiga, tirik

jonzod va o’simliklar dunyosiga ta’sirini o’rganishga to’g’ri keladi. Kislorod,

oltingugurt, azot, fosfor, mineral o’g’itlar mavzulari o’tilganda, zavodning atrof-

muhitni ifloslantirayotgan chiqindilari va zaharli gazlarga alohida to’talib o’tish

kerak. Buning sabablari va ularni kamaytirish yo’llarini o’quvchilar bilan

muhokama qilishlari lozim. Turli xil savol-javoblar o’tkazish va bular asosida

o’quvchilarda ekologik ta’lim shakllanib boradi, ulardan tabiatga, o’simliklar

dunyosiga va butun tirik mavjudodlarga bo’lgan qiziqishi va havaslari ortib

boradi.

Kimyo sanoatining kuchli rivojlanishi, mashinasozlikning rivojlanishi,

kimyoviy mahsulotlarning xalq xo’jaligida qo’llanish darajasi ortib borgan sari

havoning har xil sanoat chiqindilari (changlar, zaharli gaz moddalari) bilan

ifloslanishi kuzatulmoqda, bu kishilar salomatligiga salbiy ta’sir qilmoqda.

Bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino toza havo insonlar sog’lig’iga ijobiy ta’sir

etuvchi eng asosiy omillardan biri ekanligini bundan ming yil burin uqtirib o’tgan

edi.

Shuni ta’kidlash lozimki, atmosfera havosining ortiq darajada ifloslaniishiga

kimyo sanoatida chiqindisiz ishlashni ta’minlaydigan texnologik jarayonlarning

yetarlu ishlab chiqilmagani ham sabab bo’lmoqda. Hozir hamma joyda shu

muammo bo’yicha keng izlanishlar olib borilmoqda. Bunday izlanishlar kumyo

sanoati kuchli rivojlangan O’zbekiston Respublikasi uchun juda muhum

ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda atrof –muhutni zararlantiruvchi omillardan yana biri

transport vositalaridan chiquvchi zararli gazlardir.

Atrof –muhutni zararlantiruvchi moddalar tarkibini asosan uglerod oksidi

(CO2), oltingugurt oksidi (SO2), azot oksidi (NO2) , uglevodorodlar (CnHm ) va

shu kabi boshqa gazlar tashkil qiladi. Statistik ma’lumotlarga murojat qiladigan

bo’lsak, har yili O’zbekistonda 2900 ming tonnadan ziyot ifloslantiruvchi

29

moddalar chiqariladi. Shu jumladan uglevodorodlar 182,7 ming t, uglerod oksidi

129,6 t, azot oksidi 117 ming t, oltingugurt oksidi 542 ming t, uglerod oksidi va

uglevodorodlar ko’pincha zararlantiruvchi moddalarning asosiy qismini

«avtomabil» transporti tashkil qiladi .

«Suv havzalarini ifloslantiruvchi omillar», «Suvni ifloslanishdan saqlash»

mavzulari o’tilganda ekologik holatni doimo bir me’yorda saqlash uchun,

tabiatning bir butunligi to’g’risidagi tushunchalarning berilshi yaxshi natija

beradi.

O’zbekiston Respublikasi suvni eng ko’p sarflaydigan (chunki bu yerda

sug’oriladigan dehqonchilik bilan shug’ullanadi) davlat hisoblanadi. Orol-Kaspiy

havzasiga quyiladigan daryolarning suvlari asosan muzliklardan oqib tushadi,

ichish uchun yaroqli hisoblanadi. Ammo keyingi 25-30 yil ichida ana shu

daryolarning suvlari sanoat chiqindilari ko’plab tashlanishi va qishloq xo’jaligida

o’g’itlardan noto’g’ri foydalanish tufayli hamda boshqa sabablarga ko’ra ichishga

yoki texnik maqsadlarda foydalanishga yaroqsiz bo’lib qolmoqda.

Suv havzalarini (suv omborlari, daryolar, soylar, yer osti suvlari va

boshqalar) ifloslantiradigan omillar asosan quyidagilardan iborat:

1. Sanoat korxonalarining chiqindi suvlarini chuchuk suv oqayotgan soy va ular

orqali daryolarga, daryolardan suv omborlariga oqizib yuborish.

2. Neftni haydaydigan va qayta ishlaydigan sanoat korxonalarida neft

mahsulotlarining oqar suvlarga tushushi, yer ostiga singishi va yer osti suvlari

bilan sizot suvlarga, undan zovurlarga o’tishi.

3. Yoqilg’ini yoki ishlatilgan mashina moylarini ariqlarga to’kishi, mashinani

oqayotgan ariq, soy, daryo bo’yida yuvib oqavasini suvga oqizish. Shuni esdan

chiqarmaslik lozimki, suvga tushadigan har kg neft yoki benzin 1000 m daryo

suvi yoki sizot suvni zaharlash uchun yetarli bo’ladi.

4. Qishloq xo’jaligida mineral o’g’itlardan noto’g’ri foydalanish, sug’orish

shaxobchalarining yaxshi ishlamasligi yoki sug’orish agrotexnikasiga amal

qilinmaganligi tufayli tuproq haydov qatlamining yuvilib zovurlarga va

ariqlarga tushishi, qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi kimyoviy kurash

vositalaridan noto’g’ri foydalanganligi tufayli ularning suvga tushishi.

5. Sanoat korxonalarida gaz (SO2, NO2) va qattiq moddalarning haddan ziyod

miqdorda havoda tarqalishi, ularning havodagi namlik va yomg’ir suvi bilan

yuvilib, yer ustiga va suv havzalariga tushishi.

6. Odamlarning ro’zg’orda bo’ladigan hamda sayohatgoh va ziyoratgoh joylarga

to’plangan chiqindilarni soylar, daryolar va ko’llar suviga tashlashi natijasida

suv ifloslanadi.

Tabiiy suvni ifloslanishdan saqlash ham insonning o’ziga bog’liq.

Kimyo darslarida o’quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya berish hozirgi kunning

muhim dolzarb masalasi hisoblanadi.

Tekshiruv savollari

1. O’quvchilarga kimyo darslarida ekologik ta’lim- tarbiya berishning

ahamiyatini tushintiring..

2. Atrof - muhitni zararlantiruvchi omillarni ayting?

3. Kimyo sanoatining ekologiyasi deganda nimani tushinasiz?

30

4. Atmosfera havosining ifloslanishi va uning oldini olish mavzusida dars

konspekti yozing.

10- ma’ruza

Mavzu: Kimyo o`qitishning metodlari va uslublari haqida tushuncha

Ma’ruza rejasi:

1. Kimyo o`qitishning metodlari va vazifalarini aniqlash, ular qo`llaniladigan

o`rnini belgilash.

2. Kimyo o`qitishning umumiy metodlari.

3. Kimyo o`qitishining dogmatik metodlari.

4. Kimyoda ilyustrativ va evristik metodlar.

O’rganiladigan tayanch tushunchalar: Kimyo o`qitishning metodlari va

vazifalarini aniqlash, ular qo`llaniladigan o`rnini belgilash, umumiy metodlar,

dogmatik metod, ilyustrativ metod, evristik metod.

Kimyo o`qitishning metodlari, shakllari, manbalari o`qituvchi mehnatini ilmiy

asosda tashkil etish, kimyo o`qitish nazariyasining eng muhim bo`limlari sanaladi.

O`qitish metodi falsafiy nuqtai - nazardan ta`lim jarayonida ta`lim

mazmunini harakatlantirish shakli bo`lib hisoblanadi. Agar predmetning mazmuni

fanning didaktik ekvivalenti bo`lib hisoblansa, o`qitish metodlari o`rganilayotgan

fan yoki bilish lozim bo`lgan narsalar metodlarining didaktik ekvivalentidir.

Didaktikada fanni o`rganish metodlari va o`qitish metodlari mavjud.

O`qituvchining asosiy vazifasi o`quvchilarga ta`lim, tarbiya beruvchi ularni

rivojlantiruvchi metodlarni optimal tanlashdan iborat.

O`qitish metodi - o`qituvchi rahnamoligida o`quvchilarning maqsadga

qaratilgan birgalikdagi faoliyati bo`lib hisoblanadi. Kimyo o`qitish metodikasining

o`ziga xos alohida xususiyatlari mavjud: ular;

1. Kimyo o`qitish mazmuni va metodikasi amaliyotga asoslangan nazariy fan.

2. O`quvchilarning bilish faoliyati tafakkur qirralarini o`stirishga qaratilgan

bo`lib, moddaning aniq xossasi o`zgarishi, holati, xossalari, tuzilishi, tarkibi

kabilar fikr yuritishga o`quvchilarni o`ylashga olib keladi. Har bir metod

ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi funksiyalarni qaerda samarali amalga

oshirsa o`sha yerda o`sha jarayonda qo`llanilishi maqsadga muvofiq.

Metodlar o`zining qo`llanilishi bilan ham o`quvchilarni tarbiyalaydi.

Shu sababli o`qituvchi har bir metodni tanlaganda uchala funksiyani

samarali amalga oshirishiga e`tibor berishi kerak.

Metodlarni optimal tanlash muammolari mavjud. Unda quyidagilarga

e`tibor berish kerak.

1) O`qitishning qonuniyatlari va prinsiplari.

2) O`qitishning maqsad va vazifalari.

3) Shu fan mazmunining hamda o`rganilayotgan mavzuning mazmun va uzviy

mosligi.

4) Maktab o`quvchilarning o`qish imkoniyatlari. (yoshi, tayyorgarlik darajasi, sinf

jamoasining xususiyatlari).

5) Tashqi sharoitning o`ziga xosligi.

31

6) O`qituvchining o`z imkoniyatlari.

O`qitish metodlarining tuzilishi har xil bo`lib, ular ma`lum jarayonning

takomillashuvi bilan to`xtovsiz ravishda o`sib boradi. Bu o`sish jamiyatda

madaniyat darajasini o`sishiga bog`liq. Shu sababli o`qitish metodlarini tartibga

solish va klassifikasiyalash zarurati kelib chiqadi. Maktablarda bilim asoslarini

berish lozim. Mustaqil O’zbekistonimiz maktabi tarbiyalovchi ta’limni amalga

oshiradi. Bu maktab beradigan ta’limning tarbiyalovchi xususiyati shundan

iboratki, u o’quvchilar dalialiktik-materialistik dunyoqarash asoslari hosil qiluvchi

chinakam ilmiy bilimlar beradi. Bizning maktabimizda ta’lim berishning

talabalarda aktivlik, tashabbus, mustaqil fikrlash, qo’yilgan maqsadga intilish, o’z

bo’rchini his etish, boshqa metod va usullari tarbiya jihatidan katta rol o’ynaydi.

Kimyo o`qitishning metodlari turli usullarda olib boriladi. Metod – bu

«yo’l» demakdir. U dogmatik, illyustrativ, evristik bo’lishi mumkin.

O’qitishning dogmatik metodi- o’qituvchining materialni og’zaki,

ko’rsazma vositalardan foydalanmay, dalil isbotsiz va faqat talabalarni bu

materialni takrorlashga va yod olishgagina jalb etish bilan bayon qilishdan iborat.

O’qitishning ilyustrativ metodi- o`qituvchi o`quvchiga tayyor bilimlarni

tushintirib, har xil xususiy metodlarni qo`llaydi. Ular: o`qituvchining

tushuntirishi, darslik bilan ishlash, magnitafon va hakozolar bilan ishlash. Bunday

ko`rgazmalar eksperiment, modellar, ekran qo`llanmalari tablisalardan

foydalaniladi.

O`qituvchi laboratoriya tajribalarini ko`rsatib tushuntirib beradi.

Ilyustrativ metodda o`qituvchi ayrim amaliy mashg`ulotlarni bajarish

texnikasi va metodikasini bajarish tartibini qo`llaganda ham foydalanadi. Bu

metod o`quvchilarda minimum bilimlar zapasi yig`ilgach kengroq qo`llaniladi.

O`quvchilarda amaliy o`quv ko`nikmalarini shakllantirish, tajribalarni bajarib

ko`rsatish texnikasini shakllantirishda M: probirkaga eritmani qo’yish,

qoshiqchadagi eritmani bo’g’latish kabilarda tushuntirib ko`rsatish amalga

oshiriladi.

O’qitishning illyustrativ metodi - kimyo kursining boshlang`ich qismida

ko`p qo`llanadi. Bu davrda o`quvchilarda ko`nikma va malakalar yetarli

bo`lmaydi. Shu davrda o`qituvchi tajribalarni o`zi ko`rsatib tushintirib beradi.

Bu metoddan o`quvchilar tajribalarni mustaqil bajarib izohlab berishda ham

keng foydalaniladilar.

O’qitishning evristik metodi- o’quvchilarning o’zlari qiladigan ish asosida

tuziladi, talabalar bevosita o`qituvchining faol ishtiroki ostida kashfiyot qiladilar.

Bu metodning «evristik» degan nomi «tadqiqot» metodi degan so’zdan kelib

chiqqan. Masalan, galogenlar xossalarining chog`ishtirma tavsifi mohiyatini

aniqlashda qo`llaniladi.

Bu davrda o`quvchilar galogenlarning xossalarni chog`ishtirib izohlashini

o`qituvchi tartibga solib turadi. Masalan, kaliy yodid eritmasiga kraxmal

kleystrini qo`ysak rang sezilmaydi, alohida xlorli suvga kraxmal kleystrini

qo`shsak yana rang o`zgarishi sezilmaydi. Uch komponentni birgalikda qo`shib

aralashtirsak kraxmal ko`k tusga kiradi. Sababini esa talabalar o`zlari izohlab

berishlsri lozim. Bu qisman izlanuvchanlikdir.

32

Izlanuvchanlik metodi mustaqil ishlash, mustaqil izlanishning bir turi bo`lib

hisoblanadi. O`quvchi nazariy bilimlar to`g`riligini amalda sinab ko`radi. Masalan,

eksperimental masalalar yechishda bu metoddan foydalaniladi.

Klassifikasiyalash asosiy xarakterga (nisbiy xarakter) ega. Amaliyotda

metodlarning bir nechtasidan bir vaqtda foydalaniladi. Ular o`zaro bog`liqlikka

ega. Klassifikasiyada har xil holatlar asosiy belgi sifatida qabul qilinadi.

Nazorat savollari.

1. Kimyo o`qitish metodlariga ta’rif bering.

2. Ta`lim mazmuni bilan o’qitish metodlari mohiyatining didaktik birligini

ko`rsating.

3. O`qitish metodlarini klassifikasiyalashga nimalar asos qilib olinadi.

4. O`qitish metodlarini tanlash sabablari nimalardan iborat.

Tayanch tushunchalar

1. Metod- yo’l

2. Dogmatik metod - og’zaki materialni ko’rgazma vositalaridan foydalanmay,

yod olish bilan bayon qilish.

3. Ilyustrativ metod – tayyor bilimlar metodi. Bu metod ko’rgazma

materiallardan foydalangan holda bayon qilish.

4. Evristik metod – esa o’quvchilarning o’zlari qiladigan ish asosida tuziladi.

Evristik- tadqiqot demakdir.

11 -12 –m a’ruza

Mavzu: Kimyo ta’limining og’zaki, ko’rgazmali, amaliy metodlari.

(Monologik va diologik metodlar)

R e j a

1. Monologik metodlar: tavsiflash, tushuntirish, so’zlab berish, ma’ruza haqida

tushuncha berish.

2. Dialogik metodlar: suhbatlar, seminarlar, disput tushunchalari

3. Tajribalar o’tkazish o’qituvchining og’zaki nutqlari bilan uyg’unlashtirish.

4. Mustaqil ishlash metodlari: amaliy va laboratoriya metodlari

O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Monologik metodlar- so’zlab berish,

ma’ruzalar, Diologik metodlar, suhbatlar, seminarlar, laboratoriya tajribalari –

yangi bilimlar olish, yangi materialni o`rganish amaliy mashg’ulotlar.

Kimyo o`qituvchisidan o’quv materialini o’zi bayon etishi, talabalarni ham

mustaqil ishlashga o’rgatish talab etiladi. Shu talabga asosan kimyo o`qitishning

metodlari 2 ga bo’linadi:

1. bayon etish metodlari.(monologik va diologik metodlar)

2. mustaqil ishlash metodlari.

Maktablarda eng ko’p qo’llaniladigan metodlar:

33

1. O`qituvchining o’quv materialini bayon etish metodlariga, bunda so’zlab

berish, ma’ruza, suhbatlar, ekskursiyalar, demonstratsion tajribalar va ko’rsatmali

o’qitishning boshqa vositalaridan foydalanish

Monologik metodlar- so’zlab berish, ma’ruzalarga, bo`linib, o`quv

materiali mazmunini o`qituvchining o`zi tushintiradi. Bu metodda o`quvchilar

faktlar, eksprement orqali kuzatib o`rganadilar: fandagi ma`lum bilimlar atrof

muhit himoyasi, element va moddalarning sodir bo`lishi tarzida ko`rgazmali holda

ifodalanadi.

Tushuntirish metodi qo`llanganda o`quvchilarga nazariy bilimlar mohiyati

ochib beriladi. Moddalar massasining saqlanish qonuni atom - molekulyar nuqtai -

nazaridan tushuntirilganda yoki elementlar xossalarining davriy ravishda

takrorlanish kabi holatlar tushintirilganda tushunchalar ketma - ket ochilib

umumlashtiriladi.

Ma`ruza - metodi ancha vaqt olinadigan monoton metod bo`lib hisoblanadi.

Maktab ma`ruzasi 30 minutdan ko`proq vaqtni olib asosan yuqori sinf

o’quvchilari va talabalar uchun qo’lay.

Monoton metodda o`qituvchi o`zining nutqi ravonligiga katta e`tibor

beradi.

O`qituvchi nutq ravonligi, sofligi, mazmunli holda materialni izohlash bilan

o`quvchilar diqqatini o`ziga torta bilishi kerak.

Diologik metodlar- bularga har xil suhbatlar, seminarlar, misol bo`lib

o`qituvchi va o`quvchi orasida bog`lanishli nutq tarzida olib boriladi.

Suhbat - bu o`quvchi va o`qituvchi orasidagi diolog bo`lib hisoblanadi.

O`qituvchining savollariga o`quvchi javob beradi yoki aksincha.

Maktab amaliyotiga keyingi vaqtlarda Yangi pedagogik texnologiya tarzida

seminar darslari kirib keldi. Masalan, uglevodorodlarning xossalari ularning

tuzilishiga bog`liqligi kabi mavzulari seminar tarzida o`rganilsa, o`quvchilarda

tafakkur qirralari o`sib tayanch bilimlarni qo`llash orqali rivojlanish bo`ladi. Bu

metod ko`proq yuqori sinflarda olib boriladi.

2. Mustaqil ishlash metodlari- laboratoriya ishlari, amaliy mashg’ulotlar,

kimyodan masalalar yechish va adabiyotlar bilan ishlash.

Kimyo o`qitishda ko`rsatiladigan eksperimentlardan foydalanish eng muhim

metod sanaladi. Kimyo o`quv predmetining o`ziga xos xususiyati ham shu nazariy

mazmunning bir vaqtning o`zida mavhum holda emas, isbotiy bo`lishi bilan

ahamiyatlidir. Demonstransion eksperimentni o`qituvchi, laborant yoki talaba

ko`rsatib turishi va o`qituvchi izohlab borishi mumkin. Kurs boshida hali

o`quvchilarda kimyoviy tajribalarni bajarish ko`nikma va malakalar

rivojlanmaganda o`qituvchi o`zi yoki laborant o`tkazadi. Demonstrasion tajribalar

ayniqsa foydali holat kasb etganda katta qiziqish orttiradi.

Masalan, CO 2 bilan o`t o`chirishni ko`rsatish;

Ko`rgazmalilik - shunday olib borish kerakki bajarilayotgan tajribalarni

o`quvchilar hammasi ko`ra olsin. Ko`rgazmalilikdan kadoskop va boshqa TCO

dan unumli foydalanish lozim.

O`quvchilarga ko`rsatiladigan tajribalar oddiy, xavfsiz, ishonchli tarzda

bo`lishi shart. O`tkazilayotgan eksperiment tafsilotlarini albatta izohlab borish

lozim.

34

Tajribalar o`tkazilayotganda quyidagi metodlarga amal qilish tavsiya etiladi:

1. Tajribaning maqsadini qo`ya bilish: o`quvchilar nima sababdan tajriba

o`tkazilishini tushinishi kerak.

2. Tajribalar o`tkazilayotgan priborlarning chizmalarini chizish; sharoitni

belgilash, (reaksiya qanday sharoit va muhitda olib boriladi.)

3. O`quvchilarning kuzata bilishini tashkil etish. (Nima bo`layapti-yu, natija nima

bo`ladi anglab yetish)

4. Nazariy xulosalar chiqara bilish; eksperimentning rivojlantiruvchi funksiyasi,

o`qituvchining so`zi bilan amalga oshadi. Ular:

1) Tajribaning o`zidan bilimlar paydo bo`lishi.

2) O`qituvchining so`zi izohlari kuzatishini to`ldirib borishi.

O`qituvchi o`qitish jarayonida o`quv - ko`rsazmali vositalardan

foydalanishi-

bu holat kimyo ta`limi sifatida ijobiy ta`sir etadi. Ular: sinf doskasi, har xil jadval

va tablisalar, modellar, maketli, magnitli applikasiyalar, ekran qo`llanmalari va

hokazolar.

Sinf doskasi eng muhum vosita rolini bajaradi. Dars mazmuniga doir

formula, tenglamalar ayrim yozuvlar doskadan unumli foydalangan holda yozilishi

kerakki mavzu mazmunini tushuntirish yakunigacha doskadan o`chirmaslik kerak.

-Og’zaki ko’rgazmali - amaliy metodlar asosida o`quvchilarning amaliy faoliyati

yotadi. Bu faoliyatda o`qituvchining rahnomoligi albatta yunaltiruvchi faoliyat

kasb etadi. O`quvchilarning mustaqil ishlashlari har xil shaklda amalga

oshiriladi. Bu shakllar: jamoa, guruh, yakka - yakka ko`rinishlarda bo`ladi.

Ularning turlari ham har xil. M: O`quvchi eksperiment (laboratoriya tajribalari

amaliy mashg`ulotlar). Kimyoviy masalalar yechish, adabiyotlar bilan ishlash,

ijodiy topshiriqlar bajarish, (priborlar konstruksiyasi, modellar yasash) nazorat

ishlarini bajarish, mustaqil ishlar o`quvchilarning yangi bilim egallash ko`nikma

va malakalar shakllanishidagi, fanni o`rganishdagi eng muhim sohasi bo`lib

hisoblanadi.

Olingan bilim, ko`nikma, malakalar faoliyatga mustaqil ravishda tadbiq

etilsa samarali bo`ladi. Mustaqil ishlar o`quvchilarga ta`lim- tarbiya berish,

rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi.

O`quvchining mustaqil ishi olingan bilim ko`nikma malakalarni faoliyatda

tadbiq etish bilan bilimlar manbai bo`lib hisoblanadi.

O`quvchi eksperimenti - mustaqil ish turi bo`lib hisoblanadi. Shu usul

bilan o`quvchi o`zidagi bilim ko`nikma malakalar darajasini ham sinab ko`radi.

O`quvchi eksperimenti maqsadi, uni kelgusi mustaqil hayotga

tayyorlashdan iborat. O`quvchi eksperimenti laboratoriya tajribalari va amaliy

mashg’ulotlarga bo`linadi.

Ular didaktik maqsadlar bilan farq qiladi.

Laboratoriya tajribalari - yangi bilimlar olish, yangi materialni o`rganish

bo`lib hisoblanadi.

O`quvchi eksperimenti quyidagi bosqichlarda amalga oshadi:

1) Tajribani maqsadini tushuntirish;

2) Moddalarni o`rganish;

3) Priborni yig`ish yoki tayyorlashdan foydalana bilish;

35

4) Tajribani bajarish;

5) Natijalar tahlili va xulosalar chiqarish;

6) Olingan natijalarni izohlash va kimyoviy tenglamalar tuzish.

7) Hisobot yoza olish.

O`quvchi o`z oldiga qo’ygan muammoning yechimini tushunib yetishi

kerak.

Kimyo fanidan o`quvchilarning laboratoriya tajribalari yakka, guruh, jamoa

holda amalga oshadi. Laboratoriya mashg`ulot joylari oldindan o`quvchiga ajratib

qo’yiladi.

Laboratoriya tajribalari yangi material mazmunini tushuntirish jarayonida

olib boriladi.

Amaliy mashg’ulotlar - ma`lum mavzular o`rganilgach, ularning oxirida

olingan bilimlarni mustahkamlash, takomillashtirish, konspektlash hamda

ko`nikma va malakalarni takomillashtirishga xizmat qiladi.

Kimyodan amaliy mashg’ulotlar- o’quvchi va talabalarning bilim

ko`nikmalarini shakllantirishning asosiy omilidir. Amaliy mashg`ulotlarda

ko`nikma va malakalar shakllanishiga katta e`tibor beradi. Amaliy mashg`ulot

VII sinfdan boshlab o`tkazila boshlaydi. Har bir amaliy mashg`ulotni o`tkazishda

reaktiv, pribor va kimyoviy asbob-uskunalar bilan ishlashning texnik qoidalari,

muomila qilish ko`nikmalariga alohida ahamiyat berish, xavfsizlik texnikasi

qoidalariga amal qilish talab etiladi. Amaliy mashg`ulotlar ikki xil ko`rinishda

bo`ladi: berilgan instruksiya asosida o`tkaziladigan mashg`ulotlar va

eksperimental masalalar yechish bilan bog`liq tajribalar.

Instruksiya - berilgan yo`l - yo`riq asosida o`tkaziladigan tajribalar. Unda

tajribaning har bir bosqichi yozma holda berilgan bo`ladi. Ular darslikda yozilgan

holda mavjud.

Eksperimental masalalar - instruksiya berilmasdan masala sharti beriladi.

Shu shartga asosan o’quvchi ijodiy ravishda mustaqil ish bajaradi. Eksperimental

masala yechishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda, kerakli

reaktiv priborlar stolga qo`yiladi.

Tajribalar yakunida maxsus daftarga hisobotlar yoziladi. Hisobotlar kimyo

xonasida saqlanadi.

Hisobot shakli quyidagicha bo’lishi mumkin:

1) sinf. 2) o`quvchi f va i. 3) fan. 4) ishning mavzusi. 5) tajribaning nomi. 6)

tajribaning maqsadi. 7) bajarish tartibi. 8) pribor chizmasi va kuzatish xulosalari.

9) xulosa va reaksiya tenglamalari.

O’qitish metodiga qo’yiladigan talablar: Normal tashkil qilingan ta’lim-

tarbiya jarayoni biror universal metoddan emas, balki mavjud metodlarning

hammasidan kimyoda foydalanishni talab qiladi.

Har bir metod o’quv materialining mazmuni va umumiy xarakteriga,

talabalarning saviyasiga va tayyorgarligiga, maktabning (kimyo laboratoriyasi bor-

yo’qligiga) qarab tanlanadi.

Tekshiruv savollari.

1. VII-VIII sinf mavzularidan qaysilarini: a) ma`ruza, b) hikoya, v) suhbat, g)

tushuntirish metodlarida o`qitish mumkin. Nima uchun?

36

2. IX sinf darsligidan ma`ruza metodi bilan o`qitiladigan mavzuni tanlang?

3. Kimyoni o`qitishning umumiy metodlari qaysilar?

4. Kimyoda demonstrasiyali o`qitishga qanday talablar qo’yiladi?

5. O`quvchilar eksperimentning qanday turlari mavjud.

6.

Tayanch tushunchalar:

1. Monologik metodlar- so’zlab berish, ma’ruzalarga, bo`linib, o`quv materiali

mazmunini o`qituvchining o`zi tushintiradi. Bu metodda o`quvchilar faktlar,

eksperiment orqali kuzatib o`rganadilar:

2. Diologik metodlar- bularga har xil suhbatlar, seminarlar, misol bo`lib

o`qituvchi va o`quvchi orasida bog`lanishli nutq tarzida olib boriladi.

3. Laboratoriya tajribalari – yangi bilimlar olish, yangi materialni o`rganish

bo`lib hisoblanadi.

4. Amaliy mashg’ulotlar – ma`lum mavzular o`rganilgach, ularning oxirida

olingan bilimlarni mustahkamlash, takomillashtirish, konspektlash hamda

ko`nikma va malakalarni takomillashtirishga xizmat qiladi.

13- ma’ruza

Mavzu: Kimyo o’qitish metodikasida masalalardan foydalanish usullari.

Ma’ruza rejasi :

1. Kimyoviy masalalar yechishda qo’llanadigan metodlar

2. Kimyo o`qitishda masalalarning ahamiyati va ularning klassifikasiyasi.

3. Kimyoda sifatga doir masalalar yechish tiplari

4. Kimyoda hisoblashga doir masalalar yechish metodikasi

5. Hisoblashga doir masalalarning tiplari

O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Kimyo o`qitishda masalalarning

ahamiyati va ularning klassifikasiyasi, kimyoda sifatga va hisoblashga doir

masalalar yechish tiplari, hisoblashga doir masalalar yechish metodikasi.

Kimyoviy masalalar yechish politexnika, o`qitishni turmush bilan bog`lash,

kasb tanlash, mehnatsevarlik maqsadga intilish, dunyoqarashni shakllanishi,

fanlararo aloqadorlikni ta`minlash kabi hollar katta ahamiyat kasb etadi. Masalalar

yechish, o`quvchida rivojlanish funksiyalarida katta rol o`ynaydi. Rivojlanish

fikrlashning turli usullari, bilimlarning haqiqiy qo`llanishi, o`z-o`zini nazorat

qilish, ko`nikmalarni hosil qiladi. Eng muhimi o`quvchida mustaqillikni

rivojlantiradi.

Masalalar yechish jarayonida tayanch bilimlar tadbiq etiladi va natijada

moddalar va kimyoviy jarayonlar haqidagi bilimlar mustahkamlanadi va

takomillashadi. Masala yechish jarayonida muammolar o`z yechimini topadi.

Ayniqsa bu hol sifatga doir masalalar yechishda ko`proq qo`llaniladi. Masala

yechish jarayoni abstrakt holatlardan aniq yechimlarga olib keladi.

37

Amaliyotda esa bu metodologik aspektni o`z boshidan kechiradi va

abstrakdan fikrlashga, undan amaliyotga - oddiydan murakkabga beriladi.

Masalalar yechish turiga ko`ra masalalar sifatiga va hisoblashga doir bo`ladi.

Kimyoda sifatga doir- masalalarning ko`p qo`llanadigan tiplari

quyidagilar:

1. Tavsiflangan va kuzatilgan hodisalarni izohlash. M: Nima sababdan kalsiy

karbonat bilan sulfat kislota orasidagi reaksiya kuchli boshlanadi - yu keyin

to`xtab qoladi? Yoki nima uchun quruq ammoniy karbonat qizdirilganda

boshqa modda hosil bo`ladi?

2. Aniq moddaning xarakteristikasi: xlorid kislota qanday moddalar bilan va nima

uchun reaksiyaga kirishadi.

3. Moddalarni bilish: Qaysi probirkada kislota, ishqor, tuz borligini aniqlang.

Qaysi probirkada xlorid kislota, sulfat kislota, nitrat kislota berilganini

aniqlang.

4. Moddaning sifat tarkibini isbotlash; Ammoniy xlorid tarkibida ammoniy ioni

va xlor ioni borligini qanday isbotlaysiz?

5. Aralashmalarni ajratish va toza modda olish: Qanday qilib, uglerod (IV)-oksidi

aralashmasidan kislorodni tozalash mumkin?

6. Moddalarni olish: Ma`lum bo’lgan barcha usullar bilan rux xloridni olish.

Masalani og`zaki, yozma yoki eksperimental holda yechish mumkin..

Kimyoda hisoblashga doir masalalar - VII sinf masalalari «massa» tushun-

chasiga moslashgan. VIII sinfda esa kimyoda miqdoriy nisbatlarga mos masalalar

yechiladi. O`quvchilarda shunday fikr shakllanishi kerakki, moddalar bir - biri

bilan qat’iy belgilangan miqdorda birikadilar.

Hisoblashga doir masalalar tiplari quyidagilar: VII sinfda formulalar

bo`yicha hisoblash:

a). moddaning nisbiy molekulyar massasi bo`yicha hisoblash;

b). murakkab modda tarkibida element atomlarining massasini aniqlash;

v). elementning moddadagi foiz miqdorini aniqlash;

Yechish: Eritmada erigan moddaning foiz miqdorini aniqlash:

VIII sinfda formulalar bo`yicha hisoblash:

a). aniq miqdordagi moddaning massasini hisoblash;

b). gazlarning massasi va hajmini topish (normal sharoitda);

v). gazlarning nisbiy zichligini hisoblash

Yechish: Tenglamalar asosida hisoblash

a). reaksiyaga kirishgan va hosil bo`lgan modda yoki gazlarning aniq miqdorini

hisoblash;

b). kimyoviy tenglamalar bo`yicha gazlarning hajmiy nisbatini hisoblash;

v). termokimyoviy tenglamalar asosida hisoblash.

IX sinf uchun. Tenglamalar asosida hisoblash:

a). reaksiyaga kirishuvchi moddalarning birortasi ortiq olingan taqdirda kimyoviy

tenglamalar asosida hisoblash;

b). nazariy hisoblashga qaraganda hosil bo`lgan moddaning massa miqdorini

aniqlash;

v). ma`lum miqdor qo`shimchalari bo`lgan boshlang`ich moddadan reaksiya

natijasida hosil bo`lgan moddaning miqdorini aniqlash.

38

X sinf uchun. Formulani topishga doir hisoblash

Gazsimon moddalarning molekulyar formulasini elementlar (% da) zichligi va

massa miqdori asosida hisoblash.

Kimyoviy masalalarni yechishda bir xil metodik uslubni qo`llash kerak.

O`quvchilarga masala yechishda tanlashda, o`qituvchi ularni quyidagi

maqsadlar asosida tanlashi lozim.

1. Masala yechilishi jarayonida qanday tushuncha qonunlar, nazariyalar, faktlar

yoki tayanch bilimlar mustahkamlanadi. Moddalarning qanday kimyoviy

xossalari hisobga olinadi.

2. Yechishning qaysi usullari hisobga olinadi.

3. Masala yechilishi jarayonida qanday tafakkur qirralari rivojlanadi.

4. Qanday didaktik funksiyalarni berilgan masala bajaradi.

Albatta murakkab masalalar ijodiy yondashishini, aqliy faoliyat

ko`rsatishni, mustaqil ishlashni talab qiladi.

Iqtidorli o`quvchilar bilan ko`proq ishlab ularga albatta murakkab va

muammoli masalalar yechish katta samara beradi.

Nazorat savollari

1. O`quvchilar eksperimentining qanday turlari mavjud.

2. Eksperimental masalalar yechishning didaktik maqsadi nima?

3. IX sinfda kimyodan amaliy mashg`ulotlar o`tkazishda qanday malakalar

shakllanadi.

4. Azot va fosfor gruppachasi misolida nazorat topshiriqlar variantlariniing

tuzilishi. Ularni yechishning metodik yo`llarini asoslang.

5. Bir necha tipga mos sifatga doir masalalarga misollar tuzing.

6. Har bir tipga mos miqdoriy masalalarga misollar tuzing.

Tayanch tushunchalar

Masalalar yechish jarayonida tayanch bilimlar tadbiq etiladi, natijada

moddalar va kimyoviy jarayonlar haqidagi bilimlar mustahkamlanadi va

takomillashadi. Masala yechish jarayonida muammolar o`z yechimini topadi.

14 - ma’ruza

Mavzu: O’quvchilar bilimini nazorat qilishning nazariy asoslari.

Ma’ruza rejasi :

1. Kimyo o`qitish natijalarini nazorat qilishning maqsadi, vazifalari, ahamiyati va

mazmuni.

2. Kimyo fani bo’yicha o’quvchilar bilimini nazorat qilishning turlari.

39

3. Joriy nazorat turlari: og’zaki, so’roq, uy ishi, o’quvchilarning o’quv faoliyatini

kuzatish, laboratoriya ishi (amaliy mashg’ulot) nazoratning ijodiy shakli

(noan’anaviy)

4. Oraliq nazoratning funksiyalari, kimyo fani bo’yicha o’quvchilarning bilimini

oraliq nazorat qilishning turlari: kimyo fani bo’yicha diktant, hamda mustaqil

ish.

5. Kimyo fani bo’yicha o’quvchilar bilimini yakuniy nazorati: funksiyalari,

maqsad va vazifalari. Yakuniy nazorat turlari: test va yozma ish.

O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Kimyo fani bo’yicha o’quvchilar

bilimini nazorat qilish turlari, joriy nazorat, oraliq nazorat, yakuniy nazorat,

chorak nazorat, yillik nazorat.

O`qitish natijalarini nazorat qilish ta`lim jarayonining - eng muhim

sohasi hisoblsnadi. Uning vazifasi o`qitish maqsadining amalga oshganlik

darajasini aniqlashdan iborat. Nazorat maktab ta`limida o`qitish xarakterida bo`lib

uning metodlari boshqa metodlar bilan yaqin aloqadorlikda bo`ladi.

O’quvchi bilimi malaka va mahoratini tekshirish va baholash ta’lim

jarayonining muhim tuzilishi, komponentidir va butun o’quv yili davomida

sistemali izchillik va ta’limning puxtaligi prinsiplariga muvofiq ravishda olib

boriladi. Shu bilan bilimni tekshirish va baholash turlari mavjud.

Ulardan asosiylari:

-joriy nazorat.

-oraliq nazorat

-yakuniy nazorat

-chorak nazorat

-yillik nazorat

- o’tkazish va bitiruv nazorat imtihoni.

Tekshirish va baholashda asosiy vazifalar:

Qanday yechilayotganiga, ya’ni o’quvchi qanday bilimga malaka va mahoratga,

dunyo qarashi va axloqiy-estetik qarashlari ijodiy faoliyatga ega ekanligiga

e’tibor qaratish muhimdir. O’quvchini o’qishga qanday munosabatda bo’lishiga,

qanday shug’ullanayotgani hokazolarga bog’liq.

Kimyo o`qitish natijalarini nazorat qilishning shakl va turlari har xil

bo`lib o`qituvchining o`quvchilar bilan nazorat ishlarini tashkil etishdan kelib

chiqadi. Didaktikada nazoratning yagona klassifikasiyalangan shakli mavjud

emas. Misol tariqasida beriladigan klassifikasiya mavjud.

Tashkil etish turi: a) yakkama-yakka

b) differensiyalli

v) guruh-guruh

g) yalpi

Informasiyalar berish turi:

a) og’zaki

b) yozma

v) eksperimental

40

Kimyo o`qitish natijalarini og’zaki nazorat qilish metodlari: yakkama -

yakka holda bilimlarni hisobga olish har bir darsda amalga oshiriladi.

Bu bilim nazorat qilishning eng muhim va sinovdan o`tgan turi bo`lib

hisoblanadi. Bu jarayonda nazoratning hamma turlaridan foydalaniladi.

Bu turda o`quvchining bilimi, ko`nikmasi, malakasi, dunyoqarashi, nutq

madaniyati kimyoviy formulalar, tenglamalarni yoza olish, bilish, materialni

o`zlashtirganlik darajasi, tayanch bilimlarni yangi sharoitda tadbiq etish undan

foydalana bilish darajasi aniqlanadi. O`qituvchining og`zaki nazoratni amalga

oshira olishi katta san`at bo`lib hisoblanadi.

Har bir o`quvchining bilimini o`qituvchi VII-VIII sinflarda 2-3 minut,

yuqori sinflarda 4-5 minut davomida aniqlab olish kerak.

O`quvchilarga beriladigan savollar qisqa aniq bo`lib, o`quvchi ha yoki yo`q

deb javob bermasdan, o`quvchining fikr yuritishga kengroq aniq javob berishga

undash kerak.

Uyga berilgan topshiriqlarga javob berish rejasini o`quvchiga berish

mumkin. M: Atom tuzilish nazariyasi o`rganilgach davriy sistemada joylashish

holatiga muvofiq elementlarga xarakteristika berish rejasi:

1. D.I.Mendeleev elementlar davriy sistemasida elementning joylashish o`rni.

2. Yadro zaryadi va atomda elektronlar soni.

3. Energetik pog`onalar soni.

4. Tashqi energetik pog`onada elektronlar soni.

5. Element xossalari xarakteri.

6. Elementning yuqori musbat oksidlanish darajasi.

7. Yuqori oksidining formulasi va uning xarakterli xossalari.

8. Yuqori gidroksidining formulasi va uning xarakterli xossalari.

9. Elementning manfiy oksidlanish darajasi (agar bo`lsa).

10. Uchuvchan vodorodli birikmasining formulasi (agar bo`lsa).

O`quvchi doskaga chaqirilganda ham shu reja asosida elementlarning davriy

sistemasidagi holatini xarakterlashi kerak.

Har qanday holatda vaqtdan unumli foydalanishga katta e`tibor berish

kerak.

Yalpi holatdagi nazorat suhbati – albatta ko`p vaqt olmasligi kerak.

Savollar ham javoblar ham aniq va qisqa bo`lishi kerak. Agar baho qo`yish lozim

bo`lsa, belgilangan o`quvchining javobini hisobga olish kerak. Savol butun sinfga

berilib, doskaga ham bahosi kam o`quvchi chiqarilishi mumkin. Hozirgi sharoitda

o`quvchilar bilimning nazorat qilishning reyting test tizimi ishlab chiqarilgan.

Bularning barchasi o’quvchilar bilimini tekshirish va baholashning turli

usullarini qo’llashning zarurligini ko’rsatadi. Kimyo fani bo’yicha bir davrda

o’quvchilar bilimini joriy nazorat- qilishning turlarini klassifikasiyasini ko’rib

chiqamiz: og’zaki so’roq, uy ishi, o’quvchilarning o’quv faoliyatini kuzatish,

laboratoriya ishi (amaliy mashg’ulot) nazoratining ijodiy shakli.

O’quvchilarni bilimini nazorat qilishning qiziqarli shakllari sifatida turli

referatlar, krasvordlar, rebuslar taklif qilish mumkin.

Oraliq nazorat - joriy nazoratga qaraganda ko’proq nazorat turi

hisoblanadi. Unda o’quv dasturlarini va aniq o’quv fanining o’ziga xos

xususiyatlarini chuqur hisobga olish imkoniyati bor. Oraliq, joriy va yakuniy

41

nazoratning turli maqsadlari, ularning turli funksiyalarida o’z aksini topadi.

Oraliq nazoratning quyidagi funksiyalari bor: O’quv faoliyatida samara darajasini

(baholash), tekshirish, diagnostik (orqada qolish sabablarini e’lon qilish), tashkiliy

(qo’llanilayotgan metodlar samaralari): tarbiyaviy motivasion (oraliq nazorat

natijalari bilan o’quvchilarning o’zlarini o’zlari baholashni mustahkamlash) oraliq

nazoratining maqsadi, o’quvchilarning o’quv sohasida ma’lum bir mavzularni

o’zlashtirilganligini tekshirish. Oraliq nazorat o’qituvchi tomonidan og’zaki va

yozma shaklda o’tkaziladi. Oraliq nazorat o’tkazilishi oldindan o’quvchilarga

aytiladi. Kimyo fani bo’yicha oraliq nazorat turlarini ko’rib chiqamiz:

Kimyo fani bo’yicha diktant, darturli diktant, mustaqil ish. Kimyo fani

bo’yicha diktant o’zaro tematik bog’langan, lekin tekst 4-8 iboralardan iborat.

Diktantdagi gaplar aniqlik va qisqalik bilan ajralishi kerak. O’quvchi

eshitayotgan vazifani bajarishi lozim. Shuning uchun ibora yoki chalkashlik

diktantga to’g’ri kelmaydi.

Yakuniy nazorat - chorak, yillik va davlat imtihonlariga bo’linadi. U

yozma ish, og’zaki va test shaklida o’tkaziladi.

Yozma ish yakuniy nazoratning eng ko’p tarqalgan shaklidir. Bu sezilarli

qisqa vaqt ichida bir vaqtda ham o’quvchi bilimini baholash, ham baholarning

xolisligi imkoniyati bilan tushuntiriladi. Yana bir afzalligi: bahoning pasayishiga

olib kelgan o’quvchi yo’l qo’ygan xatolar va nohaqliklar hamda munozarali

holatlarni hal qilishga asoslangan yondashish. Bu usulning mohiyati o’qituvchi

bir-ikki dars o’tgach o’quvchi bilimini tekshirish maqsadida yozma ish o’tkazadi.

Yozma ishni o’tkazishda qator didaktik talablarga e’tibor qaratilishi kerak.

Birinchidan, yozma ish vaqti o’tilgan material yaxshi o’zlashtirilganligiga

o’qituvchining ishonchi komil bo’lsagina o’tkaziladi. Ikkinchidan, yozma ish

o’quvchilarga oldindan e’lon qilinishi kerak va tayyor vazifalari ishlab

ko’rsatiladi. Uchinchidan, yozma ish ichida o’tilgan darslar mazmunini beruvchi

ijodiy savollar bo’lishi kerak. To’rtinchildan, o’quvchilar mustaqil ishlab,

o’qituvchi ko’chirishga yo’l qo’ymasligi kerak. Ishni nihoyat o’qituvchi e’tibor

bilan analiz qilishi kerak.

Tekshiruv savollari:

1. O’quvchilar bilimini nazorat qilishning maqsad va vazifalari qanday?

2. Siz o’quvchilar bilimini nazorat qilishning qanday turlarini bilasiz. Ularni

ta’riflang.

3. Joriy nazoratning qanday turlari mavjud.

4. Oraliq nazoratning funksiyasi nima?

5. Oraliq nazoratning qanday turlari mavjud, misol keltiring.

6. Yakuniy nazoratning funksiyalari maqsad va vazifalari qanday?

15 -ma’ruza

Mavzu: Test asosida tekshirish. Komp'yuter asosida test olish uslubi

42

Ma’ruza rejasi:

1. Test asosida tekshirish.

2. Test turlari.. .

3. Kompyuter asosida test olish uslubi.

O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Testlarni turlari, eslash va to’ldirish uchun

testlar, tanlov testlari, alternativ, ko’p tanlovli va kesishuvchi tanlovli testlar

Hozirda o’quvchilarning bilimini sinab ko’rishda asosan – test-sinov

usulidan keng foydalanilmoqda. Testli sinovda o’quvchilar faqat o’zlarining

bilimlarini tekshirib ko’rishmaydi, balki mazkur fandan olgan bilimlarini mustaqil

ravishda takomillashtirishadi va chuqurlashtirishadi.

Test (test)- inglizcha so’z bo’lib, tadqiq etish, tekshirish, sinab ko’rish

degan ma’noni anglatib, diagnostika metodi hisoblanadi, unda standart savollar

beriladi.

Testli sinov va imtihonlarning an’anaviy imtihonlardan afzalligi shundaki,

o’quvchi o’zining chuqur bilimini, keng dunyoqarashini to’laroq namoyon qilish

imkoniyatiga ega bo’ladi.

Test sistemasi o’quvchilarni baholashning boshqa ko’rilgan uslublariga

qaraganda qanday afzallikka ega. Undan foydalanish mohiyati nimada?

1. Barcha o’quvchilarga teng sharoit yaratiladi (vaqt hisobida ham, test

savollarini tanlash hisobida ham)

2. Ma’lum vaqt ichida ham o’quvchilaring keng doirasini ham mavzuning

to’liq doirasini qamrab olish mumkin.

3. Berilgan savollarda tasodifiylik elementlari kamayadi, bu esa imtihon

oluvchining noxolisligini yo’qqa chiqaradi.

4. Imtihon oluvchi va topshiruvchi o’rtasida subyektiv fikrni yo’qqa

chiqaradi.

5. Tekshirishga vaqt va kuch sarflash kamayadi, shu bilan birga o’qituvchi va

o’quvchi ustida nazoratni yengillashtiradi.

6. Test javoblariga mashina tomonidan tezda statik ishlab chiqish

imkoniyatiga ega bo’ladi, chunki savol va javoblar standart shaklga ega.

Testlarni bir qancha turlari mavjud.

-eslash va to’ldirish uchun testlar.

-tanlov testlari.

Tanlov testlari o’z navbatida anternativ, ko’p tanlovli va kesishuvchi

tanlovli testlarga bo’linadi.

Testlarning bunday xilma-xilligi 1-rasmda ko’rsatilgan.

T e s t l a r

Eslash va to’ldirish

uchun testlar Tanlov testlar

43

Kimyo darslarida o’quvchilar bilim va ko’nikmalarini tekshirish va

baholashda test sinovlari muhim o’rin tutadi. O’quvchilardan kimyoviy testlarni

olishda ularning o’zlashtirish darajasiga qarab, test topshiriqlarini tuzish maqsadga

muvofiq bo’ladi. Test topshiriqlarida nazariy savollar bilan birga kimyoviy

masalalardan foydalanish yaxshi samara beradi, chunki o’quvchilar bunday

masalalarni yechayotganda o’zlarining nazariy bilimlariga tayanib, mustaqil

fikrlash qobiliyatini oshiradilar. Guruhdagi har bir o’quvchining bilim va

ko’nikmalariga qarab test materiallarini tuzish ularning o’zlashtirish darajasining

yanada yaxshilanishiga olib keladi. O’zlashtirish saviyasi yaxshiroq bo’lgan

o’quvchilarning test topshiriqlariga nisbatan murakkabroq masalalardan kiritish

bilan ularning bilim saviyasini yanada oshirish mumkin. O’zlashtirish saviyasi

o’rtacha bo’lgan o’quvchilarga nisbatan engilroq masalalr berib, keyinchalik ular

e’tiborini ancha qiyinroq masalalarni yechishga qaratish mumkin. Past

o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun o’tilgan mavzulardagi asosiy kimyoviy

tushunchalarni o’zida mujassam etuvchi engil masalalar berib, ularni masalalarni

yechish usullarini o’rganishga jalb qilish kerak. Buni quyida keltirilgan misollarda

ko’rishimiz mumkin;

O’zlashtirish saviyasi yaxshiroq bo’lgan o’quvchilar uchun:

Masala: 5% li 50 g bariy gidroksid eritmasiga 5% li 50 g natriy sulfat

eritmasi qo’shildi. Natijada necha gramm cho’kma hosil bo’ladi?

A. 3, 40 B. 3, 25 C. 2, 25 D. 4, 40 E. 3, 0

O’zlashtirish saviyasi o’rta bo’lgan o’quvchilar uchun:

Masala: 60% li eritma tarkibidagi erituvchining massasi uch barobar

ko’paytirildi. Hosil bo’lgan eritmaning massa ulushini hisoblang.

A. 20 B. 15 C. 25, 5 D. 33, 3 E. 35, 5

O’zlashtirish saviyasi past bo’lgan o’quvchilar uchun:

Masala: Na2SO 4 ning 1, 5 mol miqdori necha grammga teng?

A.142 B.213 C.284 D.355 E.426

Maktabda kimyo o’qitish jarayonida o’quvchilarni ko’rsatib o’tilgan

masalalarni yechishga o’rgatish bilan bir qatorda, ularni kimyo fani va uning

yutuqlarini xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llash darajasining ortib

borayotganligidan xabardor bo’lishga o’rgatishimiz kerak. Eng muhimi, inson

zakovatining uzluksiz taraqqiyoti, fan va texnikaning rivojlanishi tufayli

insonning tabiat sirlarini chuqurroq o’rganib borishi hayotiy zaruriyat ekanligini

his qilib, maktab o’quvchilarini mamlakatimiz fan va texnikasini rivojlantirish

uchun, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qiluvchi sog’lom va barkamol avlod

ruhida tarbiyalashimiz lozim.

Ammo kompyuterda test olish ko’p jihatdan o’qituvchi va o’quvchi ishida

yengillik yaratadi.

M u q o b i l

t e s t l a r

Kesishuvchi

tanlovli testlar

Ko’p tanlovli

testlar

44

Tekshiruv savollari:

1. Test deganda nimani tushunasiz?

2. Testlarning qanday turlari mavjud?

3. Qanday qilib testni to’g’ri tuzish mumkin. Misol keltiring.

4. Kompyuterlarda test olishning qanday afzalliklari va kamchiliklari bor.

16 - ma’ruza.

Mavzu: O’quvchilar bilmini tekshirishda reyting tizimi.

Ma’ruza rejasi:

1. O’quvchilar bilimini tekshirishda reyting tizimi: asosiy vazifalar, joriy etish

tamoyillari, asosiy talablar.

2. O’quvchilar bahosini aniqlash tartibi.

3. Baholash tizimi.

4. Nazoratning uslub va shakllarini tanlash.

O’rganiladigan asosiy tushunchalar: O’quvchilar bilimini tekshirishda

reyting tizimi: asosiy vazifalar, joriy etish tamoyillari, asosiy talablar, o’quvchilar

bahosini aniqlash tartibi, baholash tizimi, nazorat uslub va shakllarini tanlash.

Hozirgi kunda mustaqil yurtimizda ilm-fan, texnika va sanoat jadal sur’atda

rivojlanayotgan, ijtimoiy, ekologik holat keskinlashib borayotgan paytda o’rta

maktablarda kimyo fanini o’quvchilarga chuqurroq, yangicha yondashib o’qitish

bir tomondan zaruriyat bo’lsa, ikkinchi tomondan, zamon talabi hamdir. Shu

munosabat bilan barcha o’quv predmetlari qatori kimyo ta’limi oldiga ham aniq

vazifalar qo’yildi va uning ta’lim standarti ishlab chiqildi. Umumiy o’rta ta’lim

maktablarining kimyo ta’lim standarti – kimyo o’quv predmetidan o’quvchilarga

beriladigan bilimlar miqdori, o’quvchilar egallaydigan bilimi, hosil qiladigan

amaliy ko’nikma va malakalarhajmini ko’rsatuvchi me’yor bo’lib, umumiy o’rta

ta’lim maktablarida kimyo ta’limi negizini belgilovchi ko’rsatkichlar

o’quvchilarning kimyo ta’limidan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar

majmuasidan iborat bo’lgan hujjat tariqasida tasdiqlanadi va xizmat qiladi.

So’ngi paytlarda olib borilayotgan kuzatishlardan shu narsa ko’rinayaptiki,

maktab o’quv dasturlarini shunchaki o’zgartirib, ya’ni uni soddalashtirib yoki

murakkablashtirib, shuningdek unga qandaydir yangi materiallarni kiritib yoki

biror eski materiallarni chiqarib tashlab ko’zlagan maqsadga erishib bo’lmaydi.

Har qanday yaratilgan zamonaviy dasturlar kimyo fanida va kimyoviy ishlab

chiqarishda erishilgan hamma yutuqlarni aks ettira olmaydi. Demak shunday

ekan, kimyodan o’quv dasturining asosiy vazifasi o’quvchilar ayni fanning zaruriy

tushunchalari va qonunlari asosida kimyoviy jarayonlarni boshqarishni o’rganish,

zamonaviy usullar bilan yangi-yangi moddalar olish va ulardan sanoat, qishloq

xo’jaligida va kundalik turmushda foydalanishning umumiy yo’nalishlarini

aniqlab olishdan iborat bo’lishi kerak.

45

O’quvchilar kimyoning asosiy tushunchalarini va uni o’qitish jarayonida

egallanadigan ko’nikmalarni puxta egallashlarini ta’minlash uchun har qanday

o’quvchi dastlab o’zi ta’lim-tarbiya berayotgan o’quvchilar guruhida har bir

shaxsning xislatlarini, kimyo fanini o’rganishga bo’lgan munosabatini aniqlab

olmog’i lozim. Shundagina kimyo o’qitishni tabaqalashtirilgan holda tashkil etish

va o’zlashtirishi qiyin bo’lgan o’quvchilarga tegishli yordam yo’li bilan ularga

o’zlashtiruvchi o’quvchilar qatoriga qo’yish imkonini beradi. Kimyo darslarini

tashkil etish va o’tkazishda har bir o’qituvchi kimyoning nazariy tushunchalari

orasidagi mantiqiy bog’lanishlarni yaxshi aniqlab olmog’i, har bir darsning

kimyodan ta’lim-tarbiya jarayonini atroflicha, maqsadga muvofiq tashkil etishdagi

o’rni va uning maqsadini mukammal belgilab olmog’i lozim. Shundagina, kimyo

fani dasturining darsdan-darsga, mavzudan-mavzuga o’tishi qay darajada bajarilib

borilayotganligi haqida fikr yuritushumiz mumkin. O’quvchilarning bilim sifatini nazorat qiluvchi reyting tizimi O’zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining № 203.13.05.1998 yilgi O’zbekiston

Respublikasining umumiy o’rta ta’limni tashkil qilish to’g’risidagi qarori “Kadrlar

tayyorlash milliy dasturi”ning ijrosi asosida kiritildi. Reyting tizimining

kiritilishining asosiy vazifasi quyidagilar hisoblanadi.

O’quvchilarga UO’T DTS talablarini o’zlashtirish uchun barcha sharoitlar

yaratish.

O’quvchilar bilim sifatini baholashda xolislik va aniqlikni ta’minlash.

Ta’lim jarayoni sifat nazoratini xolislashtirish, respublikaning turli

regionlarida va turli tipdagi maktablarning o’quv natijalarini solishtirish

O’quvchilarning fikrlash faoliyatini aktivlashtirish, o’zaro o’qishda yuqori

yutuqlarga erishishlari kabi ijobiy qiziqish tug’dirish, o’quvchilarda o’quv

ishida mustaqil bo’lishga intilishni rag’batlantirish,

O’qituvchi mehnati natijalarini xolislashtirish, uning yangi zamonaviy

axborot texnologiyasi va pedagogik bilimlarni izlashga va ijodiy

faoliyatini oshirish

O’quvchilarning ta’lim sohasida erishgan yutuqlarini, o’qituvchi ta’lim

muassasalarining mehnatini ochiq va oshkorligini ta’minlash.

O’quvchilarning individual-psixologik alohida shaxsligiga ta’sir etishga

ko’maklashish.

Reyting tizimi o’zida quyidagilarni aks ettiradi:

O’quvchilarning ta’lim faoliyatining uzluksiz nazorati, uning natijalari bilan

ko’p balli baholash shkalasi qo’llanilishining differensiyasi, ularning barcha o’quv

ishlar bo’yicha yig’indisi, shaxsning erishgan yutuqlarini rag’batlantirish.

Reyting tizimini qo’llash tamoillari:

Tizimlilik, xolislik, ishlatishning oddiyligi, bir ma’nolik va tezkorlik,

o’quvchilarning psixo-fiziologik yoshi, tomonlarini hisobga olish, rivojlantirish,

shaxsning faoliyatdagi birligi, mustaqillik va faollikni vujudga kelitirish, ta’lim

birligi, tarbiyalash va rivojlantirish, ochiqlik va oshkorlik, “Kadrlar tayyorlash

milliy dasturi” asosida DTS ni rivojlantirishni hisobga olish.

Reyting tizimini ishlab chiqishda asosiy talab bu - o’quvchilar bilim sifatini

baholashdagi xolislik, o’quvchilarning ta’lim olish faoliyati va o’qituvchilarning

mehnatini rag’batlantirish.

46

Reyting tizimida ta’lim sifatini baholash quyidagi ko’rinishlarda amalga

oshiriladi.

Joriy nazorat

Oraliq nazorat

Yakuniy nazorat

Bir chorakdagi nazorat jarayonining miqdori ta’lim sohasining majburiy

bilimlarning darajasi malaka va mahorat, davlat tomonidan belgilanadi. Ta’lim

sohasidagi standartlar haftadagi soatlar soniga bog’liq. Eng kam va yetarli son

nomenklatura 7-8-9-sinflari uchun har bir majburiy fanlar bo’yicha majburiy

oraliq va joriy nazorat ishlarining usullari (og'zaki, so’roq, yozma ish, seminar,

referat, laboratoriya ishi, test, vazifalar yechish va hokazolar.) odlindan aniqlanadi

va O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligining ilmiy metodik

kengashiining qarori bilan tasdiqlanadi.

Reyting tizimi o’z ichiga o’quvchi o’quv faoliyatini uzluksiz nazorat qilish,

ko’p ballik baholardan foydalanib, o’quvchi faoliyati natijalarini farqlash,

o’quvchilarni o’zlashtirishiga qarab tartiblashtirish, o’quvchilarni erishgan

yutuqlari uchun rag’batlantirishni o’z ichiga oladi.

Bunday ishni bajarish uchun tayyorgarlikda vazifalar tizimi tuziladi. Butun

vazifaga yoki qismlariga ball quyiladi.

Nazorat savollari:

1. Nima uchun o’quvchilar bilimini tekshirishda reyting tizimi kiritilgan?

2. Reyting kiritishda asosiy vazifalar qaysilardan iborat?

3. Reyting nazoratini kiritishda qanday printsiplarga asoslangan?

4. Maktabda kimyo fani bo’yicha reyting nazorati qanday amalga

oshiriladi? Akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarida-chi?

Asosiy tushunchalar :

O’quvilarning bilim sifatini nazorat qiluvchi reyting tizimi O’zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 203.13. 05 1998 yilgi O’zbekiston

Respublikasining umumiy o’rta ta’limni tashkil qilish to’g’risidagi qarori “Kadrlar

tayyorlash milliy dasturi” ning ijrosi asosida kiritiladi.

Reyting tizimi - bu bilim sifatini nazorat qilish usuli demakdir.

17 - ma’ruza

Mavzu: Kimyo ta’limining tashkiliy shakli bo’lgan –d a r s, va uning

xususiyatlari.

Ma’ruza rejasi:

1. Dars ta`lim - tarbiya ishini tashkil etishning asosiy shakli.

2. Darsning umumpedagogik didaktik va metodik maqsadi.

3. Kimyo darslarini rejalashtirish.

4. Dars tizimi jarayoni.

5. Kimyo darslari klassifikasiyasi.

47

O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Dars ta`lim - tarbiya ishini tashkil

etishning asosiy shakli, darsning umumpedagogik didaktik va metodik maqsadi,

kimyo darslarini rejalashtirish, yillik va yarim yillik rejalashtirish, tematik

rejalashtirish, har bir dars rejasi, dars tizimi jarayoni, darslari klassifikasiyasi.

Dars - maktabda ta`lim – tarbiya, yani o’quv ishining tashkil etishning

asosiy shakli bo`lib hisoblanadi. Dars bu - didaktik vazifalar: ta`lim beruvchi,

tarbiyalovchi, o`quvchilarni rivojlantiruvchi tizim qo`llaniladigan, o`qituvchi

tomonidan ma`lum jarayonda ta`lim mazmuni, ta`minoti shakl va metodlarini

tadbiq etgan asosiy tashkiliy shakldir.

Aniq qo’yilgan maqsad o’qituvchining shu maqsadga erishish uchun zarur

faktik materialni tanlab olishiga imkon beradi. Qo’yilgan maqsadga qarab, darsda

o’qitiladigan konkret material har xil bo’lishi mumkin.

Dars 3 qismga bo’linadi:

1. Kirish

2. Asosiy qism

3. Xulosa

Darsning kirish qismida- o’quvchilar bilan tanishish, o’quvchilar e’tiborini

ishning o’ziga jalb etish, umuman sinfni o’quv ishiga tayyorgarligini ko’rib

chiqish kerak.

Darsning asosiy qismida - so’rash va baholash kiradi. Yangi materialni

bayon etish. Materialni umumlashtirish va puxtalash, uyga topshiriq berish.

To’g’ri tashkil etilgan uy topshiriqlari – o’quvchilarda mustaqil ishlash

malakalari hosil qilishning eng muhim vositalaridan biridir

Tipik dars quyidagi sxema asosida tuzilgan.

1. Sinfni o’quv ishiga tayyorlash.

2. So’rash.

3. Yangi materialni bayon etish.

4. Materialni umumlashtirish va puxtalash.

5. Uyga topshiriq berish.

Darslar xilma-xil bo’lish mumkin:

Har xil dars – o’quvchilarda bilimga havas hosil qilishning va bu havasni

rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biridir.

Ta’lim-tarbiya jarayoni juda xilma-xildir: ko’zlangan maqsadga va

materialning mazmuniga qarab, ta’lim-tarbiya jarayoni bir qolipga solingan

tashkiliy formalarni emas, balki jonli, xilma-xil tashkiliy formalarni talab

etadi. Darslar- yangi materiallarni o’rganish, amaliy mashg’ulotlar darsi, mashq

va masalalar darsi, nazorat darslari va boshqalar.

Darsga shu sababli katta talab qo`yiladi. Asosiy talab ta`limiy, tarbiyaviy,

rivojlantiruvchi funksiyalarni bajarish bo`lib hisoblanadi. Har bir darsning

funksiyasi uning didaktik maqsadlaridan kelib chiqadi. Har bir darsning dars

tizimidagi o`rnini aniqlash lozim. Shu dars mavzusi tizimida qanday o`rin

egallashini aniqlab olish muhimdir.

Kimyo ta`limi dasturi tahlil qilinganda avvalo uning ta`limiy funksiyasi

hisobga olinadi. Shu jarayonda eng muhum tayanch bilimlar- kimyoviy

48

tushunchalar, nazariyalar, qonunlar, faktlar, hisobga olinadi. Ana shu tayanch

bilimlar o`qitish jarayonining mazmuni, bir - biriga bog`liqligini, ketma - ketligini

ochib beradi. Bu jarayonda o`qituvchi o`zi va darslikdagi tayanch bilimlar

mazmunini naqadar o`quvchilar ongiga yetkaza bilishi asosiy ish yoki faoliyat

darajasining mezoni bo’lib hisoblanadi. Darsda tarbiyaviy funksiyani amalga

oshirish shu mavzu mazmuni asosida o`quvchilarda ilmiy - materialistik

dunyoqarashni shakllantirish bilan belgilanadi.

Darsdagi rivojlantiruvchi funksiya- o`quvchini dars mazmuni asosidagi

imkoniyatlar chegarasida logik fikrlash, fanga qiziqtirish, mustaqil faoliyatni

ta`minlash kabilar bilan belgilanadi. Har bir dars tizimi rejasini tuzganda ulardagi

mavzularning mazmuni asosida darsning maqsadi, uning boshqa fanlar bilan

bog`liqligi kabilar hisobga olinadi.

Darsga tayyorlanish- og’ir ish bu o’qituvchini o’ziga xos ijodiy laboratoriyasi,

lekin yaratish uchun uslubiyot sohasida yaxshi nazariy bilimga ega bo’lishi, shu

bilan birga darsga tayyorlanish va rivojlantirishni bilishi kerak.

Rejalashtirish tizimi o’z ichiga quyidagilarni oladi:

1. Yillik va yarim yillik rejalashtirish.

2. Tematik rejalashtirish.

3. Har bir dars rejasi.

Bunday taqsimlanishga muvofiq darsga tayyorlanishni 3 bosqichga bo’lish

mumkin: ya’ni o’quv yiliga tayyorlanish, o’quv temasi bo’yicha fanlar tizimiga

tayyorlanish, navbatdagi darsga tayyorlanish.

Birinchi bosqichda aniq sinf o’quvchilarini nima uchun, nimaga va qanday

o’qitish kerak degan savollar yechiladi. Bunday o’quvchilar o’tgan yili nimani va

qanday o’qiganligini ya’ni kelajagini ko’ra bilishi zarur.

"Kimyo" fani bo’yicha darslarni rejalashtirish uchun dastlabki hujjatlar bu :

- O’quv jarayonida kimyo darsnining o’rni.

- Uning mazmunini aniqlovchi, kursning rasmiy dasturi

- Tematik reja, odatda xalq ta’limi vazirligini instruktiv hujjati yoki o’qituvchi

uchun metodik qo’llanmalari.

O’quv yili boshlanguncha o’qituvchi dasturni o’rganib chiqadi, maktab

darsligi mazmunini tahlil qiladi, o’qituvchi va o’quvchi uchun alohida adabiyotlar

ro’yxatini tuzadi.

O’quv yili boshlanguncha kimyo xonasining jixozlari, ularning ishlashi ,

pedagogik dasturiy ta’minot (PDT) mavjudligi tekshiriladi.

O’quv rejasi va dasturiga muvofiq darslar bo’yicha o’quv materialini

taxminiy bo’lishini o’z ichiga olgan yoki yarim yillik rejalashtirish amalga

oshiriladi.

O’qituvchi darsga tayyorlanishinig asosiysi tematik rejalashtirishdir. Tematik

rejalashtirish har bir aniq darsni berilgan mavzu bo’yicha darslarning umumiy

zanjirida muhim bug’inday ko’rib chiqishga imkon beradi. Bu shubhasiz, har bir

darsni ahamiyatini oshiradi, o’qish sifatini butunlay yaxshilaydi. kimyo darslarini

kimyo xonasida o’tkazishga tayyorlanish va rejalashtirishning ajratib turuvchi

xusisiyatlari, dars negizida qo’shilishi kerak bo’lgan pedagogik vositalarnig

bo’laklarining barcha, aspektlarni yaxshilab ko’rib chiqish zarur.

49

Shu bilan birga pedagogik dasturiy ta’minotdan foydalanmoqchi bo’lgan

darsga tayyorlashda, o’quvchining ratsionalizasiyalash uchun u barcha vositalar

kimyo xonasida o’quv- metodik kompleks formada, uning ichida pedagogik

vositalar, o’quv jarayonida undan foydalanuvchi bo’yicha metodik tavsiya,

pedagogik dasturiy ta’minotdan foydalanish bilan dars o’qitishning metodikasi

tasvirlanishi kerak.

Ular orasida:

- reja maqsadga muvofiq usha yoki boshqa pedagogik dasturiy ta’minotni

ishlatish.

- tayin vaqtdla pedagogik dasturiy ta’minotdan foydalanishda talab qilinadigan

bilim.

- o’quvchilarning kimyoviy asboblar bilan ishlashda gigiyenik chegarasi.

- pedagogik dasturiy ta’minot talab qiladigan tayyorlik va qobiliyat.

Kimyo darsiga tayyorlanish o’qituvchini boshqa darslarga tayyorlanish

rejasidan farq qilmaydi, lekin bir qancha hal qiluvchi omillar borki, ularsiz kimyo

darsiga tayyorlanish samarasiz va maqsadga muvofiq emas.

Kalendar tematik ish reja kimyo dasturi asosida tuziladi. Hozirgi

sharoitda umumta`lim maktabi uchun Davlat ta`lim standartlari ishlab chiqilib

aprabasiyadan o`tkazildi. Bu holat “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini

ruyobga chiqarishning yorqin misoli edi.

Kalendar tematik ish reja qo`yidagi ko’rinishda bo`ladi.

№ Dars

mavzulari

Darsning aso-

siy ta’limi

vazifasi

Soat Dars

tipi

Fanlararo

bog’lanis

h

Ko’rgazmali

qurollar

O’tilg

an

vaqt

Dars bir butun harakatdagi tizim bo`lib o`qitish va o`rganish

orasidagi bog`liqlikni ta`minlaydi. Darsni tashkil etish shartlari quyidagilar:

Ijtiimoiy – pedagogik - ijodiy xarakterli, kvalifikasiyali o`qituvchilarning

uyushgan inoq jamoasi bo`lishi, darslik o`quv qo`llanmalarining yetarli bo`lishi,

yaxshi psixologik muhit yaratilishi kabilar

O’qitish shu mavzu mazmuni asosida o`quvchilarda ilmiy - materialistik

dunyoqarashni shakllantirish bilan belgilanadi.

Psixologik - didaktik: o`quvchilarning o`qishga qiziquvchanligini, didaktik

qonuniyatlarga bo`ysunishi, o`quv - tarbiya qoidalarining amalga oshishi hamda

o`qitish maqsadiga mos funksiyalarning amalga oshishi. Bular dars tizimi

tuzilishini tashkil etadi.

Nazorat savollari

1. Darsga qo’yiladigan umumiy talablar nimalardan iborat?

2. Nima uchun darsni ta’lim- tarbiya ishini uyushtirishning asosiy shakli deb

ataymiz.

3. Kimyo darsiga tayyorgarlik tizimini izohlab bering?

4. Darsning maqsadi bilan vazifalari o’rtasidagi farqni aniqlang.

50

5. O’quv yiliga tayyorgarlik nimadan boshlanadi? Alohida darsiga

tayyorgarlikchi?

6. Kimyo fani bo’yicha darslarni rejalashtirishda qanday boshlang’ich hujjatlarni

olish mumkin?

7. Tematik rejalashtirish nimasi bilan har bir dars rejasidan farqlanadi?

8. Dars reja-konspektini umumiy sxemasini keltiring.

18 -19- ma’ruza

Mavzu: Dars tiplari va tuzilishini aniqlash

Ma’ruza rejasi:

1. Kimyo darslari klassifikasiyasi.

2. Yangi bilimlarni o’zlashtirish darslari

3. O’quv malakalarni qo’llash darslari

4. Tayanch bilim, o`quv malakalarini qo`llash va rivojlantirish darslari.

5. Bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish darslari

6. Kimyo darslari konspekti.

7. Kimyo darsi tahlili.

O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Yangi bilimlarni o`zlashtirish

darslari, o`quv malakalarini qo`llash darslari, tayanch bilim, o`quv malakalarini

qo`llash va rivojlantirish darslari, bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish

darslari, bilim, o`quv, malakalarini tekshirish darslari, aralash darslari, kimyo

darslari konspektini tuzish, kimyo darslari tahlili.

Darsning tashkil etilishi ta`lim mazmuni, sinfning xususiyatlari, dars tipi va

metodlari kabi maqsadlardan kelib chiqadi.

O`qituvchining o`z fanini chuqur bilishi bilan birga, uni o`quvchilarga

yetkaza olishi katta tayyorgarlik va mahorat talab qiladi. O`qituvchi keyingi

darslarga tayyorlanar ekan, o`zining bilimi, mehnat va turmush tarbiyasi,

pedagogik mahorati darajasiga, shuningdek maktabning imkoniyatlarini hisobga

olib ishga kirishmog’i lozim.

O`rganilayotgan har bir ta`lim mazmunini usuliy jihatdan turli variantlarda

ishlab chiqib eng ishonchli va samaralisini tadbiq etish maqsadga muofiqdir.

Fanni o`zlashtirish, egallash amaliy faoliyatga tadbiq etish ta`lim

mazmunidan kelib chiqib, darslarni tiplarga ajratish zaruratini paydo qiladi. Har

bir dars murakkab pedagogik jarayon bo`lib, uni chuqurroq tushuntirish uchun uni

tiplarga ajratib tavsif qilib olishning ahamiyati katta.

Pedagogik adabiyotlarda darslarni tiplarga ajratishning bir qancha turlari

berilgan, xususan darslarning

a). asosiy mazmuni va maqsadiga ko`ra

b). o`qitish jarayoni taxminiga ko`ra

v). tuzilishiga qarab tiplarga ajratish ko`p uchraydi.

51

Biz tayanch bilimlarni amaliy faoliyatga tadbiq etishni o`zida namoyon

qiladigan ta`lim mazmuni asosiga tuzilgan dars tiplari haqida fikr yuritamiz.

Biz ko`p yil pedagogik tajriba va kuzatish xulosalariga asoslanib bilim

o`quv va malakalarni yalpi qo`llash darslari tipini "tayanch bilim, o`quv va

malakalarni qo`llab rivojlantirish darslari" deb ta`riflashni tavsiya qilamiz.

Bundan asosiy maqsad tayanch bilimlar mohiyatini chuqurlashtirish, tartibga

solib kengaytirish, ularni faoliyatga tadbiq eta bilish kabi didaktik vaziyatlar

e`tiborga olingan holda darslarni tiplarga ajratishdir.

Shunday qilib, biz dars tiplarining quyidagi tavsifini tavsiya etamiz.

1. Yangi bilimlarni o`zlashtirish darslari.

2. O`quv malakalarini qo`llash darslari.

3. Tayanch bilim, o`quv malakalarini qo`llash va rivojlantirish darslari.

4. Bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish darslari

5. Bilim, o`quv, malakalarini tekshirish darslari.

6. Aralash darslar

Keyingi vaqtda nostandart dars xillari haqida gaplar ko`p tilga olinadigan

bo`ldi. Vaholanki, inson azaldan puxta o`ylab tuzilgan reja asosida ish yuritib,

samaradorlikka erishib kelganini unutmaslik kerak. Odatda fan yutuqlari ilg`or

tajribalar sinovdan takror - takror o`tgach, amaliyotchi o`qituvchilarga faoliyatga

qo`llash uchun tavsiya qilinadi va bu eng ma`qul yo`l hisoblanadi.

Biz darslarni asosiy ta`lim mazmuni va maqsadlariga ko`ra tiplarga ajratish

tarafdorimiz. Chunki har bir darsning asosiy maqsadi ta`lim mazmunidan kelib

chiqadi. Darsning maqsadi ta`lim mazmunini o`quvchiga berish bilan birga shu

mazmun asosida uni shaxsini tarbiyalash hamda kamol toptirishdan iborat.

Albatta, darsning biz yuqorida tilga olgan tiplari ham metodlari ham nisbiy

bo`lib hisoblanadi. Har bir tip yoki metod tanlanganda o`qituvchi ularning shu

darsda dominatlik vazifasini bajarishini hisobga olmog`i kerak. Chunki darsda

metodlarning bir nechtasidan foydalaniladi. Asosiy maqsad darsning mazmunini

o`quvchiga yetkazish tipi va metodiga qaratiladi.

1.Yangi bilimlarni o’zlashtirish darslari tipiga misol:

№1-dars. Kimyo predmeti. Moddalar.

Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga kimyo predmeti, uning

qamrab olgan sohalari moddaning bir - biridan farqi, kimyo fani nimani

o`rganishi, uning vazifalari, ahamiyati va boshqalar haqida ma`lumot berish.

O`quvchilar tabiatshunoslik, biologiya, fizika va boshqa fanlarni o`rganish

jarayonida egallagan zahira bilimlarini eslash, yangi - yangi mavzu mazmunini

o`rganishda qo`llashga doir suhbat uyushtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarda shu fanni o`rganishga

moyillik hosil qilish, moddalarni bir - biridan farqlash, ajrata olish, malakalarni

hosil qilish, kimyoviy reaktiv va moddalar bilan ishlashda ehtiyot choralari va

moddalarni avaylab asrash, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishini

shakllantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilar ilgari egallagan

bilimlarini sistemalash, mavzuni boyitish rivojlantirish moddiy borliq haqida bir

moddani boshqa moddaga aylantirish mumkinligi haqida aniq tasavvurlar orqali

dialektik materialistik dunyoqarashni shakllantirish.

52

Dars metodi: ma`ruza ( dominant metod).

Darsni jihozlash va o’tkazish joyi.

Darsning borishi: Yangi mavzu mohiyati to`liq ochib beriladi. Qilib

ko`rsatiladigan laboratoriya, amaliy demonstrasion tajriba, ko`rgazmalardan

foydalangan holda mavzu mazmuni tushuntiriladi.

Darsni mustahkamlash:

Uyga vazifa berish:

2. Ko’nikma malakalarni o’zlashtirish darslari tipiga misol.

№33 dars №3 amaliy mashg`ulot. Kislorodning olinishi va xossalari.

Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilar kislorodning kimyoviy

xossalarini olinishiga doir bilimlarini takrorlaydilar va mustahakamlaydilar.

Kislorodni olinishiga va uning xossalari bilan tanishishda zarur bo`ladigan

kimyoviy priborlar, reaktivlar bilan muomila qilish jarayonida ularni ishlata

bilish ko`nikma va malakalarini o`zlashtirib oladi hamda takomillashtiradi

Katalizator tushunchasi mohiyatini o`rganadi.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Asbob va reaktivlar bilan ishlashda texnika

xavfsizligi qoidalariga amal qilish kabi xislatlarni shakllantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi. Kislorod haqida olingan nazariy

bilimlarni amaliyotga tadbiq etish o`zi sinab ko`rish orqali bilim, ko`nikma,

malakalarni rivojlantirish va takomillashtirish.

Darsning metodi: Amaliy mashgulot

Darsni jihozlash: Kislorod olish, uni yig’ish va uning xossalari bilan

tanishish jarayonida kerak bo`ladigan asboblar reaktivlar yoziladi.

Darsning borishi: Darslikdagi amaliy mashg`ulotni o`tkazish ko`rsatmasi

asosida olib boriladi. O`quvchi amaliy ishlar uchun tutilgan daftarga quyidagi

jadvalni chizib to`ldiradi:

Nima qilindi Nima kuzatildi. Xulosa va reaksiya

tenglamalari

Dars uning maqsadini tushuntirish bilan boshlanadi. Ayrim o`quvchilardan

nima ish qilish va qanday bajarishni so`raydi. Ayrim o`quvchiga ishni bajartirib

boshqalari kuzatish topshiriladi. Keyin esa o`quvchilar guruh - guruh bo`lib, ishni

bajaradilar. O`quvchilarda quyidagi bilim, ko`nikma va malakalar bo`lishi kerak:

1. Kislorodning fizik xossalari.

2. Kislorodning kimyoviy xossalari.

3. Gazlarni olish asboblari: yig`ish malakasi.

4. Kislorod olish va yig`ish malakasi.

5. Laboratoriya shtatividan foydalanish malakasi.

6. Gaz gorelkasidan foydalanish malakasi.

3. Tayanch bilim, o`quv - malakalarini qo`llash va rivojlantirish

darslari tipiga misol:

Mavzu: Galogenlarning kimyoviy elementlar davriy sistemasi jadvalida

joylashgan o`rni va atomining tuzilishi.

53

Darsning ta`limiy maqsadi: Galogenlarning davriy jadvaldagi o`rni,

atomlarning tuzilishi, energetik pog`onalarda elektronlarning joylashishi,

galogenlarning kuchli oksidlovchi ekanligi hamda metallar bilan birikib tuz hosil

qilishi haqida bilim berish va oldin olingan davriy qonun, atomlar tuzilishi

haqidagi tayanch bilimlarni qo`llash orqali yanada rivojlantirish. Elektronlarni

taqsimlanishi misolida yadro elektronlari haqidagi bilimlarni tadbiq etgan holda

rivojlantirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: D.I.Mendeleevning fandagi jasorati. Oldin

aytilgan xossalarning o`z isbotini topishi misolida tarbiya berish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarda ilmiy -materialistik

dunyoqarashning shakllanishi, galogenlarning davriy sistemasidagi o`rni va atom

tuzilishi nazariyasiga muvofiq xossalarini bashorat qilish malakalarni

shakllantirish va rivojlantirish.

Darsning metodi: ma`ruza (mustaqil ish ham qo`llaniladi).

Darsning jihozi: D.I.Mendeleev elementlar davriy sistemasi, darslikdagi

galogenlar atomlarida elektronlarning taqsimlanishi jadval chizmasi, xlor atomi

oksidlanish darajasi sxemasi, galogenlar atom radiuslari va nisbiy

elektrmanfiyligi ko`rgazmasi.

4. Bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish darslari tipiga misol.

№92 dars Galogenlarining chog`ishtirma xaraktiristikasi mavzusi misol bo`ladi.

Kimyo darslari konspektini tuzish. Darsni o`tkazishdan oldin o`qituvchi

o`sha darsning konspektini tuzadi. Dars konspektini tuzishdan oldin o`qituvchi

darsning kimyoviy mazmunini o`zi tahlil qilib chiqadi. Shu tahlil jarayonida

ta`limiy va didaktik maqsadlarni aniqlab oladi. Tahlil davomida shu mavzuning

oldingi mavzu bilan bog`liqlik tomonlariga tayangan holda keyingi mavzuga

zamin yaratishi kabilarni albatta hisobga oladi. Bu hol predmetning ichki o`zaro

aloqadorligini ta`minlaydi.

Dars konspekti tuzishda albatta dars mazmuni o`rganib tahlil qilib chiqilgan

shu asosda dars tipi, maqsadi, metodlari yangi mavzuni tushuntirish rejasi,

mustahkamlash, uy ishini tekshirish (so’rash) hamda uyga topshiriq berish kabilar

albatta hisobga olinadi. Dars mazmuni asosida uning tipini, maqsadini aniqlab,

belgilab olish o`qituvchidan katta mahoratni talab qiladi.

Bizga ma`lumki bir soatlik dars yirik bir asardir deyiladi.

Mazkur metodistlar darsni yirik asar darajasiga ko`tara olish uni tashkil

etish o`qituvchining bilimi, tajribasi, ijodiy izlanishi yoki pedagogik mahoratga

bog`liq. Shu sababli umuman bir soatlik darsni o`tkazishning va shu darslarda

yangi mavzuning mohiyatini o`quvchiga o`tkazishning rejalarini oldindan

belgilash didaktik jihatdan katta samara beradi.

Hozirgi amaliyotchi o`qituvchilarimiz dars konspektlarida darslarni

tiplarga ajratish umuman o`z aksini topmagan. Shu sababli qanday tip dars

bo`lishidan qat`iy nazar ta`lim mazmunini bir xil andozada berish natijasida

darsning samaradorligi pasayib ketmoqda.

Kimyo darslari tahlili. Darsni tahlil qilish uchun avvalo uning predmet

mazmuni, tuzilishi, tizimi ta`limiy maqsadi ilmiyligi darslar tartibidagi o`rnini

bilish kerak.

54

Darsni tahlil qilish bayonnoma yurgizish orqali bo`lib, bayonnomada

quyidagilar yoziladi:

1. Sinf, maktab, smena.

2. O`qituvchining familiyasi ismi, otasining ismi.

3. Sana, hafta kunlari, dars jadvali bo`yicha shu kundagi nechachi dars mavzusi.

4. Dars maqsadi (tahlil qiluvchi maqsad) ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi.

5. Darsning borishi: daftarning o’ng tomoniga mulohazalar + belgisi bilan va -

belgisi bilan chizib boriladi.

Hamma darsdagi maqsadlar: "Ti"-ta`limiy, "Tb"-tarbiyaviy, "Rv"-

rivojlantiruvchi holatlar ko`rsatib yozib boriladi. Tahlil jarayonida o`qituvchi va

o`quvchilar darsdagi bajarayotgan ishlari hisobga olinib yozib boriladi.

Darsning tashkil etilishi to`liq yozib boriladi.

Bu jarayonda: Darsning kirish qismi, mazmuni berilishi Ti, Tb, Rv

funksiyalarga e`tibor, uy ishini tekshirish metodlari, yangi bilimlarni egallashga

o`quvchida qiziqish uyg`otish, savol va javoblarning aniqligi, ko`rgazma, TSO,

eksperiment va didaktik materiallardan foydalanish o`rinlari to`liq tahlil etiladi.

Hozirgi yangi pedagogik va ilg`or texnologiyalardan standart va nostandart

dars ko`rinishlaridan foydalanish kabilarga katta e`tibor beriladi.

Darsning har bir etapi: Boshlanishi, uy topshiriqlarini so`rash, xulosalash -

baholash, yangi mavzu bayoni, uni mustahkamlash, shu jarayonda o`quvchilarning

mustaqil ishlarini tashkil etish, o`quvchilarning javoblari mazmuni, o`quvchilar

faolligi bilim, ko`nikma, malakalarning o`zlashtirilganligi, ko`rgazma, didaktik

materiallardan foydalanish darajasi muammoli vaziyatlar tashkil etilishi va

ularning samara berishi to`liq hisobga olinadi.

O`qituvchining darsni o`quvchilar bilan birga mustahkamlashi

umumlashmirish va xulosalar chiqara bilishi, dars tiplari, metodlaridan

foydalanish o`rni va darajasiga e`tibor beriladi. Darsning to`g’ri tashkil etilganligi

uning mazmunini o`quvchi o`zlashtirib olganlik darajasi bilan belgilanadi.

Demak, dars jarayonida va tahlilida hech bir narsani ikkinchi darajaga

qo`ymasligini anglab yetish kerak.

Tahlilda o`quvchi va o`qituvchi faoliyatiga ular munosabati, diologiga yoki

qayta aloqaga e`tibor berish lozim.

O`quvchilarning darsdagi faoliyati tavsiflanayotganda quyidagilarga e`tibor

qaratish lozim: darsda intizom, o`quvchilarning faoliyat turi (jamoa bo`lib, yakka

tartibdagi ishlari, faolligi, diqqati, qiziqishi va h.k.).

O`qituvchining o`quvchilar bilimini mustahkamlash etapida: uni o`z

o`rnida tashkil etish, (dars tiplari asosida) mustahkamlash turi (savollar asosida,

mashq, topshiriq bajarish orqali, kimyo eksperiment o`tkazish yo`li bilan darslik

ustida ishlash, darslikdagi savol - topshiriqlarga javob yozish). O`qituvchining

vaqtdan unumli foydalanishga alohida e`tibor beriladi.

Darsning eng muhim bo`laklaridan qismlaridan biri uyga topshiriq berish

va uni izohlashdir. O`quvchi nima ish qilib kelishni aniq bilishi va tasavvur eta

olishi lozim. Uning hajmiga e`tibor berish qiyinchiliklar o`quvchini o`qishdan

zeriktirib hafsalasini sundirmasin. O`qituvchining nutq madaniyatiga alohida

e`tibor berish kerak, ketma – ketlik ko`proq o`quvchini gapirtirish va boshqalar.

55

Agar dars jarayonida laboratoriya tajribasi, amaliy ish bajarilsa quyidagi

larga e`tibor qaratish kerak.

1. Sinf xonasining laboratoriya tajribalari o`tkazishga tayyorgarligi, kerakli

jihozlarning o`rni o`quvchi va o`qituvchiga yetarligi.

2. O`quvchilar va o`qituvchining ish maqsadini anglab yetish.

3. Ishni bajarishga bo`lgan metodik yo`llar (muammoli, tadqiqot, ko`rgazmali)

4. O`quvchilar mustaqil ishni tashkil etishi, texnika xavfsizlik qoidalariga e`tibor

berish, o`quvchilarga ishni bajarish tartibi haqida metodik ishlanmalar yetarligi,

kim nima ish qilishi taqsimotiga rioya etilishi.

5. Ishning borishi, o`qituvchi va o`quvchilarning mashg`ulot davomidagi xulqi.

6. Laboratoriya tajribasi yakunlari muhokamasi.

7. Ishni yakunlashni tashkil etilishi ish o`rnilari, tarkibi, tozaligi.

8. Ish yakunlarining o`quvchilar daftarida qayd etilishi.

9. Ish davomida mehnatsevarlik, estetik tarbiyaning amalga oshishi ko`nikma va

malakalarning rivojlanishi.

Mavzu yuzasidan nazorat savollari

1. Kimyo darslari tiplarini sanang va izohlang.

2. Darsning maqsadi bilan bilish vazifalari o`rtasidagi farqni ko`rsating.

3. Nima uchun darslarga tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar qo`yiladi.

4. Yangi materialni o`zlashtirish jarayonida induktiv va deduktiv metodlarini

qo`llash.

5. Yangi mavzuni tushuntirish rejasida nimalarga e`tibor beriladi?

6. Dars konspektga bo`lgan talablar nimalardan iborat?

7. Kimyodan kalendar - tematik ish reja tuzilishini tavsiflang.

20 - ma’ruza

Mavzu: Kimyo o`qitishning ta`minot tizimi

Ma’ruza rejasi:

1. Kimyo kabinetida mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi.

2. Kimyo darsligi va uning tuzilishi.

3. Maktab kimyo kursi dasturlari.

O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Kimyo kabinetida mehnatni muhofaza

qilish va texnika xavfsizligi, o`qituvchi uchun qo`llanmalar, maktab kimyo kabinetini

jihozlash, kimyo darsliklari.

O`qitish va tarbiyalash manbalariga - o`quvchilarni ma`lumotli qilib

tarbiyalash, ular shaxsini rivojlantirish uchun xizmat qiladigan materiallar va

ob`ektlar tizimi misol bo`ladi. Bu tizim funksiyalarining birligini ta`minlaydi.

Ta`minot manbalari uchta katta guruhga bo`linadi. Bu bo`linish maqsadi

va o`quvchiga ta`sir etishi usullariga ko`ra quyidagilar bo`lib hisoblanadi.

1. O`qituvchi uchun qo`llanmalar.

2. Maktab kimyo kabinetini jihozlash.

56

3. Kimyo darsliklari.

O`qituvchi uchun qo`llanmalarga - ijtimoiy - siyosiy, metodik, ilmiy

ommabop adabiyotlar misol bo`ladi. Ulardagi mazmun o`quvchiga o`qituvchi

orqali o`tadi. Maktab kimyo kabineti bevosita o`quv tarbiya jarayoniga xizmat

qiladi.

Darslik - shu fan bo`yicha o`quv kitobi bo`lib o`quvchi uchun yoziladi.

Undan mustaqil holda o`quvchi maktabda va uyda foydalanadi.

Bu uch komponent o`zaro bir - biri bilan doimiy aloqadadir.

Maktab kimyo xonasisiz hozirgi ta`lim - tarbiya jarayonini tasavvur etish

mumkin emas.

Maktab kimyo kabineti o`quv qurollari pribor reaktivlar, jadval va

hokazolar maxsus joylashtirilgan xonadan iborat. Kimyo kabineti o`quvchilarni

o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadlariga xizmat qiladi.

Kimyo kabinetiga bo’lgan talablar 4 guruhga bo’linadi.

1. Ilmiy-metodik. Kimyo kabineti kimyo ta`limi mazmuniga, didaktik talablarga,

psixologik va tarbiya nazariyasi talablarga javob berishi kerak.

2. Ekologik, gigiyenik va texnika xavfsizligi talablari ya`ni kabinet

mehnatining ilmiy asosda tashkil etish, o`quvchilar va o`qituvchi sog`ligini

asrash talablariga javob berish.

3. Texnik, texnologik guruh - xona jihozlari oddiy va qo`lay, hozirgi barcha

talablarga javob beruvchi mustahkam, arzon materiallardan tayyorlanishi

lozim.

4. Maxsus talablar. Kimyo fanini o`qitishga daxldor ta`minot bo’lishi kerak.

Maktab jihozlari uchun maxsus Davlat standartlari (GOST) hamda texnik

sharoitlar (TU) bo`lishi kerak. Kabinet yuqoridagi talablarga javob beruvchi mos

joydan tanlanishi kerak.

Kimyo kabineti o’quv jihozlari tizimi:

1. Tabiiy ob’ektlar: reaktivlar, idishlar, probirkalar, instrumentlar, minerallar

kolleksiyalari materiallari va boshqalar.

2. Tabiiy ob’ektlarning ko`rinishlari: modellar, maketlar, ekran jihozari.

3. Har xil jadvallar, sxema, grafik, chizmalar.

4. TSO, kinofilmlar, diafilmlar, diapozitivlar, magnitafon, yozuvlar,

programmalar, video yozuvlar. Kabinetda o`qituvchi va o`quvchilarning

ish o’rni alohida bo`lishi lozim.

O`qituvchining ish o`rni katta stol bo`lib, uning qavatli va yuza qismi

demonstasion tajribalar olib borishga mos linoleum qoplanadi. Qilinayotgan

tajribalar hamma o`quvchilarga ko`rinarli bo`lishi kerak. Pastki qismida kerakli

jihozlar o`qituvchi olishi uchun moslanadi, albatta zaharli gazlar moddalar uchun

havo tortar (mo’rili) shkaf bo`ladi. Sinf doskasi 3 shitli bo`lishi talab etiladi.

O`quvchilar o`rni texnika xavfsizligiga mos holda ko`nikma va malakalarni

rivojlantirishga mo`ljallanishi kerak? O`quvchilar guruh va yakka mustaqil holda

ishlashi kerak.

Kabinet suv, elektr energiyasi gaz va boshqa barcha kerakli inventar

jadval, maketlar bilan to`liq ta`minlanishi kerak. Kimyo kabinetida alohida

laborant xonasi bo`ladi. Laborant xonasidan ham sinfga, ham zalga chiqiladi.

57

Kimyo kabinetida mehnatni muhofaza qilish va texnik xavfsizligiga rioya

qilish xalq ta`lim vaziriligi tomonidan tasdiqlangan o`qituvchi uchun

mo`ljallangan maxsus yo`l - yo`riq, qo`llanmalari normativ hujjatlari asosida olib

boriladi. Albatta, kabinetda texnika xavfsizligi qoidalari bo`lib, laboratoriya

demonstrasiya tajribalari va amaliy mashg`ulotlarda unga amal qilish hamma

uchun zarur.

Kimyo darsligi - maktabda eng muhim adabiyot sanaladi. Darslik

muammosi doim dolzarb bo`lib, u o`zining mazmuni gigiyenik xarakteristikasi,

tarbiyaviy funksiyasining alohidaligi bilan ajralib turadi. Ta`lim tizimida kimyo

darsligi alohida murakkab o`rin egallaydi.

Darslikda ta`lim mazmuni maktab ta`limiga mos holda, dasturga asoslanib,

Davlat ta`lim standartlariga moslab beriladi.

Darslik o`quvchida dunyoqarashini shakllantiradi, unda metodologik

bilimlar, falsafiy g`oyalar, o`quvchilarning aqliy rivojlantiruvchi hamda ularda

ko`nikma malakalar shakllanishi o`z ifodasini topadi. Unda o`quvchiga

yondashishning yalpi usullari aks etgan bo`ladi. Darslik mazmuni tizimi

quyidagicha o`qitish maqsadga muvofiq:

1. Kimyo predmeti mazmuni

2. O`qitish metodlari

3. O`qitish ta`limoti

4. O`quv ishini tashkil etish.

O`quvchilarning darslik bilan ishlash metodikasi

Kimyo ta`limining dastlabki darslarida o`quvchilar darslik bilan ishlashga

o`rgatish talab etiladi. Ular quyidagilardan iborat:

1. Berilgan mavzuni diqqat bilan o`qib chiqish va unda nima haqida fikr

yuritilishini aniqlash.

2. Shu mavzuni oldingi mavzular orasida bog`liqlik mavjudligini topishi.

3. Mavzuni to`liq o`qib chiqib undagi noaniq so`zlarni yozib olishi, chizma va

rasmlarni ko`zdan kechirib, uning mazmunini ajratishi lozim. Mavzuni

o`rganishning rejasini tuzib, formula va kimyoviy tenglamalarni yozib oling.

4. Tushunmagan so`zlarni yana aniqlang, ularni izohlashga harakat qiling. Ularni

kimyoviy lug`atdan izlang. Hamda daftaringizga ular mazmuni va

ahamiyatini yozib oling.

5. Mavzu mazmunini yana o`qing. Uni reja bilan solishtirib chiqing.

6. Mavzu oxiridagi savollarga javob bering. Unga o`zingizning javoblaringizni

hozirlang. Ularni sinfda o`qituvchi aytgan va darslikdagi mazmuni asosida

chog`ishtiring.

O`qituvchi o`z o`quvchilarini shu asosda doimiy ishlashga tayyorlab

o`rgatish, odatlantirib borish ta`lim jarayoniga sifatli ta`sir etadi.

O`quvchilarning uy topshiriqlarini bajarishi daftarlarida o`z ifodasini

topishi kerak.

58

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar.

1. O`qitish ta`minoti sifatida foydalaniladigan natural ob`ektlarga misol keltiring.

2. Zavod, agrokimyo laboratoriyasi va boshqa ob`ektlarni kimyodan o`quv

ekskursiyasi o`rni deb tanlash mumkinmi? Nima uchun?

3. Uglerod mavzusini o`rganish uchun qanday kimyoviy ta`limotdan foydalanish

mumkin. Javobingizni asoslang.

4. Maktab kimyo kabineti uchun xos bo`lgan kimyodan texnik xavfsizlik

qoidalarini ko`rsating.

5. VII-VIII sinf kimyo darsligini qaysi mavzulari o`quvchilarning bilim

qobiliyatini oshiradi?

6. VII-VIII sinf kimyo darsligini qaysi mavzularini o`quvchilarga mustaqil

o`rganish uchun tavsiya etish mumkin? Javobingizni izohlang.

21 - ma’ruza

Mavzu: Kimyo fanida komp’yuter dasturi.

Ma’ruza rejasi :

1. Umumiy ta’limda kimyo fanini komp’yuter dasturlarida o’rganishning

ahamiyati

2. Kimyo fanining laboratoriya mashg’ulotlarini o’tishda komp’yuterli

dasturlarning o’rni

3. Kimyo fanini komp’yuter dasturlarida o’rganishning afzalliklari.

Kasb-hunar kollejlarida bo’lg’usi kichik mutaxassislar kasbiy

tayyorgarligiga yuqori talablar qo’yilmoqda. Kichik mutaxassislar ishlab chiqarish

jarayoniga tezkor usulda ko’nikib ketishlari uchun kasbiy tayyorgarligining

safarbarlik ko’rsatkichlari yuqori va tezkor xarakterda bo’lishiga erishmog’i

lozim. Jumladan, kichik mutaxassislarni kimyo yo’nalishida tayyorgarlik sifatini

oshirish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Zotan, kimyo kabinetlarining

yetarli jihozlanmaganligi, kimyoviy reaktivlarning yetarli emasligi har doim ham,

frontal o’qitish imkonini bermaydi. Shuning uchun ham kimyo ta’limining

interaktiv metodlaridan biri komp’yuter dasturlari asosida o’qitish hisoblanadi.

Bu yerda albatta o’rta umumiy ta’limda kimyo dasturini nechog’lik

o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilganligi kasb-hunar ta’limidagi kimyo o’qitishni

yangi sifat darajasiga ko’tarish imkonini beradi.

Kasb-hunar kollejlarida kimyo fanini komp’yuter dasturlarida o’rganish

mantiqiy – strukturasini tuzishdan boshlanadi. Mantiqiy, strukturani tuzish uchun

kasb-hunar kollejlarida o’rganilayotgan kimyo kursi mazmuni ayrim bloklarga

yoki modullarga bo’linadi. Har bir modulning nomi va nomeri bo’ladi. Shuning

bilan birga har qaysi modul qaysi chorakda necha soat davomida o’rganilishi

ko’zda tutiladi.

Kimyo fanining laboratoriya mashg’ulotlarini o’tishda komp’yuterli

dasturlarning o’rni beqiyosdir. Bu yerda o’quvchi komp’yuterdan laboratoriya

mashg’ulotining yozma tavsiloti bilan tanishadi, xavfsizlik texnikasi qoidalarini

o’rganadi. Keyingi bosqichda laboratoriya mashg’uloti uchun kerakli jihozlarni

tanlaydi. Ularning ishga yaroqliligini komp’yuterlardan tekshirib oladi.

59

Galdagi vazifa komp’yuterda laboratoriya jixozlarini yig’ish va ish holatiga

keltirish. Laboratoriya jihozlari yig’ilib, texnika xavfsizligi qoidalariga amal

qilinganidan keyin bevosita laboratoriya ishini komp’yuterlarda bajarishni

boshlash mumkin. Buning uchun kerakli moddalar kerakli miqdorda kimyoviy

reaksiyaga kiritiladi va kutilgan sifat va miqdordagi kutilgan rangdagi yangi

xossalarga ega bo’lgan yangi kimyoviy modda olinadi. Olingan yangi moddaning

sifatlari kimyoviy ko’rsatkichlari, laboratoriya mashg’uloti tafsilotida keltirilgan

manbalarga solishtiriladi. Agarda, laboratoriya mashg’uloti uchun tayyorlangan

yuriqnomadagi ma’lumotlar yetarli bo’lmasa, o’quvchi darsliklarga, elektron

darsliklarga murojaat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, kimyo fanini komp’yuter dasturlarida o’rganish

quyidagi afzalliklarga ega ekanligi bizning tajribalarimizda o’z tasdig’ini topdi.

Birinchidan: O’quvchilar kimyodan laboratoriya mashg’ulotini mustaqil

bajarishadi. Natijada o’quvchilarda o’z-o’ziga ishonchi, mustaqil fikrlash darajasi

ortadi.

Ikkinchidan: Laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishda texnika xavfsizligi

qoidalari aniq bajariladi, aks holda komp’yuter o’quv faoliyatini to’xtatishgacha

olib boradi.

Uchinchidan: Kollej o’quvchilarini kimyo dasturlarini komp’yuter dasturlari

asosida o’rganishi jarayonida qimmatli kimyoviy modda va reaktivlar iqtisod

qilinadi.

To’rtinchidan: O'quvchilarning komp’yuterda mustaqil ishlash bilim va

ko’nikmalari aniq misollarda mustahkamlanadi.

Nazorat savollari

1. Maktablarda, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida " Kimyo fanida

komp’yuter dasturi " mavzusi mohiyatini uslubiy tahlilini qiling.

2. Bu mavzuni o’rganish uchun nimani qaytarish zarur.

3. Bu mavzu bo’yicha tematik reja tuzing.

4. Bu mavzu bo’yicha reja konspekt yozing.

5. Bu mavzuda bilimni tekshirishning qaysi nazorat turini taklif qilasiz?

6. Bu mavzu bo’yicha laboratoriya ishlari uchun vazifalar tayyorlang.

22 - ma’ruza

Mavzu: Kimyodan sinfdan tashqari ishlar. Sinfdan tashqari ishlarning ta’lim

va tarbiyaviy ahamiyati

Ma’ruza rejasi:

1. Kimyodan sinfdan tashqari ishlarning tashkiliy shakllari

2. Maktabda o’tkaziladigan kimyo kechalari, mavzuli anjumanlar

3. O’quvchilarning fan olimpiadalari

O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Kimyodan sinfdan tashqari

ishlarning tashkiliy shakllari, maktabda o’tkaziladigan kimyo kechalari, mavzuli

anjumanlar, o’quvchilarning fan olimpiadalari

60

Sinfdan tashqari mashg’ulotlar talabalabalar ehtiyojidan va ijodiy ishga

bo’lgan tabiiy intilishidan kelib chiqadi, sinfda o’tkaziladigan dastur

materialining kamini to’ldirishga emas, balki uni yanada chuqurlashtirishga

qaratilgan bo’ladi. Bunda, o’qituvchilarning mustaqil ish metodlariga tayanish

ham kerak. Sinfdan tashqari ishlarga- fakultativ mashg’ulotlar, ijodiy kechalar,

to’garaklar, mustaqil ilmiy izlanish, kurs ishi, diplom ishi, referat, olimpiyadada,

ko’rik -tanlovlarda qatnashish; ilmiy konferensiyada qatnashish; pedagogik

amaliyot, kitobxonlar uyushmasi, bayramlar, mustaqillik bayrami, konsitutsiya

kuni, har –xil mavzudagi qiziqarli kechalar; talabalarning sevimli mashgulotlari

ustida estafetalar shular jumlasidandir.

Ta’lim metodlarini qo’llashni quydagicha ko’rsatish mumkun; talabalarda

tashkilotchilik, boshqaruvchilik, mustaqil ilmiy izlanish, o’z fikrini himoya qila

olish, bahs yuritish ko’nikmalarini shakillantirishda guruhlar tashkil etib ijodiy

topshiriqlar berish, guruhlararo bahs yuritish, aqliy hujum metodi, ebristik metod,

klaster metodi kabilardan foydalaniladi. Talabalarda ijrochilik, boshqaruvchilik

ular bilimlarini sinab ko’rishda ma’ruza bilan chiqish, muammo qo’yish,

muammoli ma’ruza qilish ham yaxshi natija beradi. Talabalarda malaka oshirish,

kasbiy qobilyatlarini rivojlantirish uchun rollar ijro etish orqali erishish

mumkun.

Ularni yangi g’oya yechimini yaratish, ularni shaxsiy tajribaga yoki

vaziyatga bog’lash, bahsli g’oyalarni ma’qullashga o’rgatish uchun esa guruhli

bahslar, ma’lum bir hoiatlar tahlili, savol –javoblar, so’rovnomalardan foydalanish

maqsadga muvofiq.

Bu boradagi qiziqish quydagi pedagogik talablarga amal qilinganda

samarali natijalar beradi; ta’lim jarayonining puxta loyihalanganligi; maqsadlaring

aniqligi; talabalarni birlashtira olish, vazifani to’g’ri bilib berish, ishni to’g’ri

rivojlantirish; didaktiv talablar, o’quv materialini saralash va tayyorlash,

ko’rgazmali qurollar, jihozlar, o’quv materiallarini aniq ishonarli, tarzda yetkazib

berish, perispektiv talablar: talabalar ma’naviy dunyosiga kira olish, ularning

emotsional holatlarini ob’ektiv kuzata olish, tadqiqotchilik qobiliyati. Pedagogik

holatlarini aniqlash va ob’ektiv baholay olish: yuksak pedagogik

texnologiyalaridan foydalana olish va h.z.

Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning 3 shakli: guruh bo’lib ishlash, yalpi

ishlash va yakkama-yakka bo’lib ishlash shakllaridan foydalanish.

Guruh bo’lib ishlash shakli kimyo to’garagi, o’rta maktabda

o’tkaziladigan sinfdan tashqari mashg’ulotning asosiy shaklidir. Faqat bir

sinf o’quvchilaridan iborat to’garak eng samarali ishlaydi. Yalpi mashg’ulot:

kino ko’rsatish , kimyo kechasi , kimyoviy ekskursiyalar , ijodiy konferensiya

, olimpiada va hokazo.

Yakkama-yakka ayrim bolalar uchun olib boriladi.

Sinfdan tashqari kimyodan ishlashning shakl va turlari

61

Sinfdan tashqari kimyodan ishlash

shakllari

Sinfdan tashqari ishlarning turlari.

Yakka Adabiyot bilan ishlash, ma’ruzalar,

referatlar yozish, kichik ilmiy

izlanish, kimyo kabinetini

jihozlash;

Guruh Kimyoviy to’garak, devoriy

ro’znomalar chiqarish, stendlar

tayyorlash.

Umumiy Kimyoviy kecha, olimpiada,

kimyoviy haftalik, viktorina, kimyo

soati, konferensiya, ekskursiya,

kimyoviy jamiyat.

O’quvchilar ekskursiyalarga juda qiziqadilar. Ma’lumki, o’quvchilarni

maktab matbuoti bilan tarbiyalash DTM larning muhim yo’nalishidir. U maktab

gazetalari mazmuni va o’quvchilarni gazeta chiqarish jarayonida muharrir,

redkollegiya sifatida faol qatnashish ta’siri ostida amalga oshiriladi. O’quvchilar

a mustaqil gazeta chiqarishlari uchun, ularni mavzu va grafik redaktorlari bilan

ishlashga o’rgatish kerak.

Kecha va konkurslar o’quvchilar uchun muhim ahamiyatga ega. Ular

o’quvchilarni ishlashga bo’lgan qiziqishlarini yanada shakllantiradi. Kecha

dasturi turli bo’lishi, hamda fan bilan bog’liq bo’lishi kerak.

O’quvchilarda har xil konkurslarga qiziqish uyg’otadi. Kimyo fani

bo’yicha konkurs sifatida "Nima? Qayerda? Qachon?", "Mo’jizalar maydoni"

o’yini musobaqasi" konkurslarini taklif etish mumkin.

Kimyo fani bo’yicha olimpiada boshqa fanlar kabi faqat darslardan

tashqari tadbirlar butun kompleksning oxirgi etapi bo’lsa, uning foydasi bor.

Agar olimpiada o’tilgan mavzularini qaytarmasa, ular o’quvchilarni

qiziqtirolmaydi. Olimpiada butun yil yakuni bo’lib qolmay o’tilganlarni

rivojlantirishga yaxshi imkoniyat yaratadi. O’z oldiga kimyo fani bo’yicha

olimpiadaga qatnashish maqsadini qo’yib, o’quvchi kimyo fani bo’yicha

olimpiada masalalarini yechishga to’garakka katta xoxish bilan boradi.

Olimpiadaning tarbiyaviy vazifalari ham bor: uyushqoqlikka,

intizomlilikka, irodani muvstahkamlashga va alohida o’quv jarayonida o’zini

tekshirishga o’rgatadi.

Kimyo fani bo’yicha olimpiada paydo bo’lgandan beri 2 turda o’tkaziladi.:

nazariy va amaliy. Nazariy va hisobli masalalarni yechadilar. Birinchi turning eng

yaxshi qatnashchilari, masala yechganlari, natija oladilar. Amaliy turda

o’quvchilardan anorganik, analitik va organik kimyo fanlaridan tajriba

o’tkazishadi.

Nazorat savollari

1. Kimyo fani bo’yicha sinfdan tashqari ishning funksiya va vazifalari

qanday?

62

2. Kimyo fani bo’yicha sinfdan tashqari ishlarni tashkillashtirish prinsiplari

qanday? Misol keltiring.

3. Kimyo fani bo’yicha sinfdan tashqari ishlarning sizga qanday shakllari

ma’lum. Ularni ta’riflang.

4. Qanday qilib kimyo fani bo’yicha olimpiadalar tashkillashtirish mumkin.

5. Sinfdan tashqari ishlarning biridagi dasturini misol bilan keltiring.

23-ma’ruza

Mavzu: Kimyo ta’limida dastlabki kimyoviy tushunchalarni

shakllantirishning nazariy asoslari

Ma’ruza rejasi:

1. Kimyo ta`limini eng muhim uch funksiya asosida o`rganish.

2. Kimyo kursida atom - molekulyar ta`limotini o`rganish.

3. Mavzu mazmunining tahlili

4. Dastlabki kimyoviy tushunchalarning mazmuni

5. Mavzuning o’rganishning metod va manbalari

Kimyo o`qitish nazariyasi va metodikasida maktab kimyo kursi mazmunini

uchta funksiya: ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi holatlarda o`rganish eng

muhim bosh masala bo`lib hisoblanadi. Maktab kimyo kursi shunday tuzulganki,

uning har bir bosqichining o`z nazariy konsepsiyasi mavjud.

Bu konsepsiyaning bosh vazifasi: eng muhim kimyoviy tushunchalar,

element haqidagi bilimlar, modda, kimyoviy reaksiyalari, kimyoviy ishlab

chiqarish, o`quvchilarni element xossalarini bashorat qilishiga o`rgatish kabi

bilimlarni shakllantirish, boyitish, nazariy jihatdan rivojlantirishdan iborat.

Kimyo o`qitishning aniq masalalarini ko`rib chiqishda quyidagicha ketma -

ketlikka asoslanamiz. Avvalo har bir nazariy konsepsiyani o`rganishning

metodikasini ko`rib chiqamiz.

Keyin, eng muhim kimyoviy tushunchalarni shakllantirish, rivojlantirish,

faoliyatga tadbiq etish, ular orasidagi nazariy bog`lanishlar tizimiga kiritishdan

iborat.

Maktab kimyo kursida atom - molekulyar ta`limot, dastlabki kimyoviy

tushunchalar mavzusida o`rganiladi.

Maktab kimyo kursining boshlang`ich tushunchalari, kirish qismi aynan

shu mavzu bilan boshlanadi. Bu mavzudagi tushuncha qoida, qonun, nazariya

faktlari - tayanch bilimlar deb atalib kimyo kursining kelgusi boshqichlarida shu

belgilarga asoslanadi. Dastlabki kimyoviy tushunchalar mavzusini o`rganishning

maqsadlari quyidagilar:

Ta`limiy maqsad: Modda haqida, kimyoviy elementlar, kimyoviy

reaksiyalar haqidagi tushunchalarni shakllantirish. Atom - molekulyar

ta`limotining asosiy qoidalarini ongli holatda egallash. Tarkibining doimiyligi

qonuni, modda massasining saqlanish qonuni, mohiyatini o`rganish va ularni

qo`llashga erishish;

63

Oddiy kimyoviy asbob- uskunalar va tajribalarni amalga oshirish kimyoviy

tajribalarni bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishni o`rganish.

Tarbiyaviy maqsad: Fizika, biologiya, tabiatshunoslik kabi fanlar bilan

aloqadorlikni ta`minlash orqali dialektik - materialistik ishonchini shakllantirish; atom

molekulalarning realligi va olamning materiyadan jihatidan birligini shakllantirish;

Ilmiy kashfiyotlarning ochilishi qiyinligini ko`rsatish bilan mehnatsevarlikni

tarbiyalash, O`zbekiston kimyogar olimlari kashfiyotlari orqali vatanparvarlik

tarbiyasini berish. Kimyo faniga qiziqishni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi maqsadi: Kimyoviy tushunchalar mohiyatini anglab olishda

dastlabki kimyoviy tushunchalar mavzusi juda katta rol o`ynaydi. O`quvchining

dunyoqarashini shakllantiradi.

1. Mavzu mohiyatini qo`llash orqali o`quvchilarda fikrlash usullari,

chog`ishtirish, analiz va sintez qilish kabi tafakkuriy qirralarini

takomillashtirish.

2. Kimyo fani metodlari bilan tanishish orqali o`quvchilar kuzatish, xulosa

chiqarish, muhokama qilish kabi ko`nikmalarga ega bo`ladilar.

3. Atom va molekula haqidagi tushunchalar, kimyoviy simvolika haqidagi

bilimlar orqali o`quvchilarda abstrakt tafakkur rivojlanadi.

4. Normal bo`lmagan bilimlarning shakllanishi va rivojlanishini ta`minlash.

Mavzu mazmunining tahlili. Har bir kimyoviy nazariya o`zida o`zaro

bog`langan tushunchalarning murakkab tizimdan iborat.

Ettinchi sinf kimyo kursining birinchi nazariy mavzusi dastlabki kimyoviy

tushunchalar bo`lib hisoblanadi. Unga atom molekulyar nazariya mohiyatining

nazariy konsepsiyasi bayon etiladi. Bu mavzuning nazariy konsepsiyasini

o`quvchiga birdaniga berish mumkin emas. Avvalo tushunchalar mohiyati

shakllantiriladi. Keyin esa nazariy konsepsiya beriladi. Dastlabki kimyoviy

tushunchalar tuzilishi va mazmuni o`zaro bog`langan bo`lib, ular o`z ichiga

quyidagi tushunchalarni oladi.

“Atom molekulyar ta`limot nuqtai nazaridan kimyoning asosiy

tushunchalari va qonunlari” bo’limida Italiya olimi Avogadro (1776-1856)

qonunini o’rganish nazarda tutilgan. Bu bo’lim quyidagilarni o’z ichiga oladi:

1. Avogadro qonuni.

2. 1 gramm – molekula gazning hajmi.

3. Gazlarning molekulyar og’irligini topish.

4. Molekulyar formula chiqarish

5. Formulalar orqali reaksiya tenglamasini yozish.

Avogadro gazlarning xususiyatiga qarab bir xil sharoitda bir xil hajmdagi

har xil gazning molekulyar soni teng bo’ladi.

Bir gramm - molekula gazning hajmi deb, moddaning molekula

og’irligiga son jihatidan teng qilib, gramm hisobida olingan miqdoriga

aytiladi.

1 gramm - molekula gazning og’irligini normal sharoitda shu gazning 1 litr

og’irligiga bo’linadi. Masalan:

O2 uchun = l4,225285,1

32

64

CO2 uchun = l4,229770,1

44

Dastlabki kimyoviy tushunchalarning mazmuni

1). a). Kimyoviy element tushunchasi;

b). sifat tavsifi-atom;

v). miqdor tavsifi - nisbiy atom massa, valentlik;

g). simvoli - kimyoviy belgisi.

2). a). Modda tushunchasi;

b). sifat tavsifi - molekula oddiy modda, murakkab modda; oddiy va murakkab

moddalar aralashmasi,

v). miqdoriy tavsifi, nisbiy molekulyar massa, moddada elementning massa

miqdori;

g). simvoli - kimyoviy formula.

3). a). Kimyoviy reaksiya tushunchasi;

b). sifat tavsifi: fizikaviy va kimyoviy hodisalar. Kimyoviy reaksiyalar

borishining shart - sharoitlari va belgilari. Kimyoviy reaksiya tiplari;

v). miqdor tavsifi: kimyoviy reaksiyalarda moddaning massa nisbati;

g). simvolli - kimyoviy tenglamalar.

Kimyoviy simvollikani o`rganishda quyidagi ketma - ketlikda boradigan

bosqichlarga e`tibor berish kerak:

1. Kimyoviy belgining mohiyatini anglash;

2. Kimyoviy formulani mohiyatini o`zlashtirish;

3. Kimyoviy tenglamalarning mohiyatini o`zlashtirib olish;

4. Qoldirilgan koeffisentlarni tanlash va tenglamani tekshirib ko`rish.

5. Aniq formulalar misolida dastlabki modda va reaksiya natijasida hosil bo`lgan

modda aniq bo`lgan holatda kimyoviy tenglamalarni mustaqil tuzish.

6. Kimyoviy valentlikdan foydalanib formula va tenglamalar tuzush,

o`quvchilarning kimyoviy belgilarni egallab olishlarida bu tizim didaktik

jihatdan maqsadga muofiqdir.

Mavzuni o`rganishning metod va manbalari: Mavzuni o`rganishning metod

va manbalari mavzuning maqsadi va mazmunidan kelib chiqadi. Metodni

shunday tanlash kerakki o`quvchi mavzu mazmunini o`rganib olishi bilan birga

tarbiyalansin va rivojlansin. Buning uchun kimyoning dastlabki darslaridan

boshlab muammoli o`qitishga e`tibor qaratmoq lozim.

Mavzuning mohiyatini o`rganishda o`quvchilarda jonli mushohada qilishni

o`rgatishga imkon yaratish, shakllantirish uchun ko`rgazma, demonstrasion

eksperiment kabilaridan keng foydalanish.

Kimyo darsidagi og`zaki, ko`rgazmali ommaviy metodlarni keng qo`llash

ularda politexnik ta`limni amalga oshiradi.

65

O`quvchilarning mustaqil ishini tashkil etish natijasida ko`nikma va

malakalar shakllantiradi.

VII sinfda abstrakt tushunchalarining shakllanishi uchun modellar,

aplekasiyalar, kimyoviy belgi va sxemalardan keng foydalaniladi.

Ikki elementdan hosil bo`lgan modda formulasini tuzishda quyidagilarga

e`tibor berish:

1. Ikki element belgilarini yonma - yon yozish.

2. Element belgilari ustiga tegishli valentligini yozish.

3. Ular uchun umumiy bo`lgan valentlik sonini aniqlash.

4. Aniqlangan sonni har qaysi sonni valentiga bo`lish indeksni topish.

5. Topilgan indekslarni element belgisining ung tomon pastki qismiga yozib

chiqish.

6. Umumta`lim maktab kimyo kursida D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar

davriy qonuni va davriy sistemasini o`rganish.

Bu mavzuni o`rganishda uchta eng muhim aspekt: ta`limiy, tarbiyaviy,

rivojlantiruvchi holatlarning birligiga qarab chiqish katta samara beradi.

Nazorat savollari

1. Umumta`lim maktabi uchun Davlat ta`lim standartlari asosida: a). VII sinf,

b). VIII sinf, v). IX sinf uchun tayanch bilimlar tizimini ishlab chiqing.

2. Moddalarning ishlatilishiga asos bo`lgan xossalarini VII, VIII, IX sinf

materiallari asosida mavzular ketma - ketligida ishlab chiqish.

3. Kimyoviy element tushunchasining VII - VIII - IX sinf materiallarida

rivojlanish dinamikani ishlab chiqing.

4. Maktab kimyo kursining nazariy asosini tashkil etuvchi konsepsiyalarning

mohiyati nimadan iborat?

5. Kimyoviy tushunchalar necha bosqichdan iborat?

Tayanch iboralar:

Konsepsiyaning bosh vazifasi: eng muhim kimyoviy tushunchalar, element

haqidagi bilimlar, modda, kimyoviy reaksiyalari, kimyoviy ishlab chiqarish,

o`quvchilarni element xossalarini bashorat qilishiga o`rgatish kabi bilimlarni

shakllantirish, boyitish, nazariy jihatdan rivojlantirishdan iborat.

Analogiya- o’xshash

Aspekt- yo’nalish

24 - ma’ruza

Mavzu: Umumta`lim maktablari anorganik kimyo kursida

moddaning tuzilishini o’rganish. Moddaning tuzilishining o`rganishning

maqsad va ahamiyati.

Ma’ruza rejasi:

1. Moddaning tuzilishi haqidagi tushunchalar tizimi

2. Moddaning tuzilishi haqidagi tushunchalarni rivojlantirish

3. Moddaning tuzulish nazariyasini samarali o`rganish sharoitlari.

66

O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Moddaning tuzilishi - modda

haqidagi tushunchalar, moddaning tuzilishi haqidagi tushunchalar tizimi: atom

tuzilishi haqidagi tushuncha, yadro tarkibi, izotoplar, atomda elektronlar

holati: s va p elektron bulutlarning gibridlanishi, elektron qobiqlar.

Moddaning tuzilishi bilan bog`liq bo`lgan muammolar hozirgi zamon

kimyosining diqqat markazida turadi. Maktab kimyo kursini shu muammolardan

tashqarida o`rganib bo`lmaydi. Kimyoviy elementlar xossalari, kimyoviy

jarayonlar barchasi moddaning tuzilishi asosida tahlil etiladi.

Moddaning tuzilishi - modda haqidagi tushunchalar, tuzilishlar, bilimlar

majmui bo`lib hozirgi vaqtda katta rivojlanish bilan birga - yalpi nazariyaga

aylanadi. Bu mavzuni o`rganish o`quvchilar oldiga aniq maqsad qo`yadi.

Uning ta`limiy maqsadi - o`quvchilar atom murakkab sistema, kimyoviy

bog`lanish turlarining eletron mohiyati kristall panjaralar tipi kabilarning mohiyat

mazmunini o`rganishlari lozim.

Mavzuning tarbiyaviy ahamiyati - shundan iboratki elementlar va moddalar

tabiatda bir xil mohiyat kasb etib o`quvchilar dialektik - materialistik qarashlari

haqidagi tushunchalarini shakllantiradi.

Davriylik nazariyasi o`quvchilarda moddlar tuzilishining ichki qonuniyatlari

haqidagi bilimlar rivojlanishiga olib keladi.

Moddaning tuzilishi haqidagi bilimlarni o`rganish o`quvchilar tafakkurini

rivojlantiradi. Rivojlantiruvchi ta`lim funksiyasi amalga oshadi. Mohir

pedagoglarning tajribalarini to`plab, umumlashtirib o`rganish, ko`p yillik shaxsiy

tajribalar asosida o`quvchilar tayanch bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish

yo`llariga oid muayyan xulosalar vujudga keladi. Bu xulosalarning negizi

o`quvchilarni kimyo faniga bo’lgan qiziqishlari, ularning moddiy olamni bilib

borish singari oddiydan murakkabga qarab borishni tashkil etadi.

Dastlabki kimyoviy tushunchalarni o`rganishga maktab dasturida 24 soat

vaqt ajratilgan. O`quvchi tegishli mavzularni o`rganish jarayonida kimyoviy

elementlar, qonunlar, tushunchalar haqida ilk ma`lumot oladi va ularda kimyo

faniga qiziqish uyg`onib, kimyoviy reaktivlar bilan munosabatda bo`lish malakasi

hosil bo`ladi.

Biz quyidagi tajribaga tayangan holda, o`quvchilarni asta - sekin davriy

qonun va moddalarni tuzilishini o`rganishga tayyorlash uchun o`qituvchi dars

davomida nimalarni amalga oshirsa, qanday maqsad va vazifalarni ruyobga

chiqarsa ijobiy natijaga erishishi xususida to`xtalamiz.

1. kimyoning predmeti moddalar mavzusida:

a) darsning ta`limiy maqsadi - o`quvchilarga kimyoning predmeti, uning

qamrab olgan sohalari, moddaning eng muhim fizik xossalari, moddalarning bir -

biridan farqi kimyo fani nimani o`rganishi, uning vazifalari, ahamiyati va

boshqalar haqida ma`lumot berish:

b) darsning tarbiyaviy maqsadi - o`quvchilarning shu fanga qiziqtira bilish,

ularda moddalarning fizik xossalari asosida bir - biridan ajrata olish malakalarini

hosil qilish;

v) darsning rivojlantiruvchi maqsadlari - o`quvchilarning ilgari olgan

bilimlarini tartibga solish, ularda moddiy borliq haqida bir moddani boshqa

67

moddaga aylantirish haqida, kimyoning xalq xo`jaligidagi ahamiyati haqida aniq

tasavvurlar hosil qilish.

2. Toza moddalar va aralashmalar mavzusida;

a) darsning ta`limiy maqsadi - toza moddalar va aralashmalar haqida, bir

jinsli har xil jinsli moddalar, moddalarni aralashmalardan tozalash usullari haqida

tushunchalarni o`quvchi ongiga singdirish:

b) o`quvchilarda moddalarni va tabiatni toza saqlash, aralashmalarni bir -

biridan ajrata bilish ko`nikmalarini hosil qilish:

v) o`quvchilarda toza va aralashma moddalar haqida tushunchalarni

rivojlantirish.

3. Fizikaviy va kimyoviy hodisalar, kimyoviy reaksiyalar mavzusida:

a) o`quvchilarda fizikaviy, kimyoviy hodisalar, kimyoviy reaksiyalarning

belgilari va ularning sodir bo`lish shart - sharoitlari, fizikaviy va kimyoviy

hodisalarning ahamiyati, tirik organizmda sodir bo`ladigan jarayonning mohiyati

haqida tasavvur uyg`otish;

b) o`quvchilarda fizikaviy kimyoviy o`zgarishlar, hodisalar reaksiyalarining

sodir bo`lish shart - sharoitlari haqida tushuncha hosil qilib, shu asosida ularni

hayotiy faoliyatga tayyorlash.

v) o`quvchilarning fizikaviy, kimyoviy hodisalar, olgan bilimlarini amaliy

faoliyatga qo`llash ko`nikmalarini rivojlantirish.

Modda haqidagi tushunchalar tuzilishi va tizimi. Maktab kimyo kursining asosiy

vazifasi davriy qonun mohiyatini moddaning tuzilish nazariyasi asosida

o`quvchilarga o`rgatishdan iborat. Moddaning tuzilish nazariyasi butun kimyo

kursi orqali o`tib o`quvchilar bilimini va tafakkurini rivojlantiradi. Natijada

o`quvchida moddaning tuzilishi bilan uning xossalari orasidagi bog`liqlik

tasavvuri yuzaga chiqadi. Bu mavzu mohiyatini o`rganish o`quvchilarda ma`lum

qiyinchiliklar paydo qiladi. Moddaning xossalari uning ichki tuzilishi bilan

bevosita bog`liq. Moddaning tuzilishi haqidagi tushunchalar tizimi o`z ichiga

quyidagilarni oladi:

1) atom tuzilishi haqidagi tushuncha

-yadro tarkibi, izotoplar

-atomda elektronlar holati: s va p elektron bulutlarning gibridlanishi, elektron

qobiqlar, dastlabki 4 davrda elektron qobiqlari to`la bo’lishi.

2) Kimyoviy bog` va ular turlari haqida tushuncha

- kovalent (qutbli, qutbsiz), ion, vodorod, metall bog`lar.

3) Kristall panjaralar haqida tushuncha:

-atom, molekulyar, ionli, metall panjaralar.

Moddaning tuzilishi haqidagi tushunchalarni rivojlantirish. Modda molekula

haqidagi dastlabki ma`lumotlarini o`quvchilar atom - molekulyar ta`limoti

mavzusini o`rganishda oladilar. Bu tushuncha mavzudan- mavzuga va sinfdan -

sinfga o`tgan sayin kengayib chuqurlashib boradi.

Atom haqidagi bilimlari - uning ichki tuzilishini, molekula haqidagi bilimlar

kimyoviy bog`lanishlarni o`rganish jarayonida yanada chuqurlashadi.

Modda haqidagi bilimlar kristall panjaralar tiplari haqidagi bilimlarni

o`rganish jarayonida yanada kengayadi. Moddaning tuzilishi haqidagi bilimlar

68

elektrolitik dissosiasiya nazariyasi va organik moddalarining tuzilishi

nazariyalarini o`rganishda yanada rivojlanadi.

Moddaning tuzulish nazariyasini samarali o`rganish sharoitlari. Ta`lim

jarayonning har bir bosqichida moddaning tuzulishi haqidagi g`oyalar modda va

uning xossalarini o`rganishga asos bo`ladi. O`quvchilarda qiyinchiliklarni bartaraf

etish maqsadida mavzuni o`rgatishda ketma - ketlik, fanlararo aloqadorlik,

tayanch bilimlarga tayanish predmetning ichki aloqadorligini ta`minlash samara

beradi.

Muammoli ta`lim o`quvchilarga faol fikrlashni o`stiradi. Ayniqsa bu holat

ham tuzulishi va xossalari, kristall panjaralar tipining xossalarga bog`liqligida

yaqqol namoyon bo`ladi.

Moddaning tuzulishi haqidagi tayanch bilimlar kimyoning sistematik

kursini o`rganish jarayonida qo`llanish orqali yanada rivojlanadi va chuqurlashadi.

Tekshiruv savollari:

1. Modda deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring.

2. Moddalarning fizikaviy va kimyoviy xossalariga misollar keltiring.

3. Moddaning tuzilishi haqidagi tushunchalarni rivojlantirish deganda nimani

tushunasiz?

4. Moddaning tuzulish nazariyasini samarali o`rganish sharoitlarini ayting.

25 -26 - ma’ruza

Mavzu: O’rta maktabda D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy

qonuni va davriy sistemasi, davriy tizimi hamda atom tuzilishini o’rganish.

Ma’ruza rejasi:

1. Mavzuni ta`limiy aspekti

2. Mavzuning tarbiyaviy aspekti

3. Mavzuni o`rganishning metod va manbalari

4. D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi mavzusini

o`rganishdagi tayanch bilimlar tizimi.

O’rganiladigan asosiy tushunchalar: D.I.Mendeleev elementlar davriy

qonuni va davriy sistemasi mavzusini o`rganishdagi Tayanch bilimlarga tizimi,

davrlar, qatorlar, guruhlar, metallar va metalmaslar,

D.I.Mendeleev davriy qonuni va davriy sistemasi tabiatining eng muhim

qonuni bo`lishi bilan birga - kimyo fanini o`rganishning eng muhim metodik asosi

hamdir.

Davriy qonunning kashf etilishi katta ilmiy jasorat bo`lishi bilan birga,

qator eng muhim metodologik va metodik muammolarning yechimini beradi.

Davriy qonun asosida kimyo fanining sistematik kursi tuzildi. Bu tizimda

D.I.Mendeleevning "Kimyo asoslari" darsligida o`z ifodasini topdi. Hozirgi

sharoitda barcha kimyo kursi darsliklari davriy qonun asosida tuzilgan.

Umumta`lim maktabi anorganik kimyo kursining nazariy asosini

D.I.Mendeleev davriy qonuni va davriy sistemasi tashkil qiladi.

69

Shu sababli anorganik kimyo kursini o`rganishni uch bosqichga bo`lamiz.

Birinchi bosqich - o`quvchilarni D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni

va davriy sistemasini o`rganishga tayyorlash.

Ikkinchi bosqich - D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy

sistemasi hamda atom tuzilishi nazariyasini o`rganish .

Uchinchi bosqich - anorganik kimyo kursining sistematik kursini yoki

elementlar va ular birikmalari xossalarini D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni

va davriy sistemasi hamda atom tuzilishi nuqtai - nazaridan o`rganish.

Davriy qonun va davriy sistema mavzusidagi tushunchalar mohiyati

mazmuni o`zaro bog`langan ma`lumotlar asosida ochib beriladi. Ular, kimyoviy

elementlar va moddalar xossalarining davriy o`zgarishini, elementlar atom

og`irligi ortishi, elementlar atom tuzulishi bilan bog`liqligi haqidagi ma`lumotlar.

Ana shu blok haqidagi ma`lumotlarning bog`lanish sabab va oqibatlarini ochib

berish. Oldingi va keyingi blok ma`lumotlar mavzuning o`rganishning bosh

ta`limy vazifasi bo`lib hisoblanadi.

Umumta`lim maktabi kimyo dasturida mavzu mazmuni tarixiy - logik

asosda tuzilgan. Avvalo D.I.Mendeleevning elementlar va ular xossalarining

atom massasiga bog`liqligini ochib bergani bayon etilsa, keyin esa ularning

sabablari elementlar atomlarining tuzilishi asosida tushuntirilgan.

Bu usulda yo`l tutish avvalo - o`quvchilarning tatqiqot faoliyatini

rag`barlantirsa ularni o`quv jarayonida faollashtirsa, ikkinchidan tarbiyaviy

aspektni kuchaytirib, D.I.Mendeleevning ilmiy jasoratini yechib beradi.

Mustahkam ko`nikmalar hosil qilish uchun o`quvchi mustaqil ish

jarayonida mashqlar bajaradi.

Mavzu mazmuni o`quvchilarni bashorat qilishga o`rgatadi. Davriy qonun

va davriy sistema, atom tuzilishi va nazariyasi asosida elementlar va ular

birikmalari xossalarini deduktiv metod orqali bashorat qilishi malakalariga ega

bo`ladi.

Mavzuning tarbiyaviy aspekti. D.I.Mendeleevning davriy qonun va

kimyoviy elementlar davriy sistemasi mavzusini o`rganish orqali o`quvchilar fan

va ishlab chiqarishning rivojlanishi, miqdor o`zgarishlarning sifat o`zgarishiga

o`tishi, elementlar atomlari ichki tuzilishi, kimyoviy o`zgarishlarning ichki

sabablarini tushinib yetadilar.

Bu tushunchalarning mohiyati dialektik - materialistik dunyoqarash

shakllanishiga olib keladi. D.I.Mendeleevning ijodiy faoliyatini o`rganish orqali

o’quvchilarda mehnat qilish, vatanparvarlik milliy g`ururi kabi hislatlari qaror

topadi.

Mavzuning rivojlantiruvchi funksiyasi: O`quvchilarda elementlar

xossalarining o`ziga xosligini ajrata bilish. Oddiy va murakkab moddalarning

kimyoviy xossalarini davriy qonun, atom tuzilishi, davriy sistemasi asosida

xarakterlash va bashorat qilish, kimyoviy bog`lanishlar turi orqali ularni tavsiflash

kabi ko`nikma malakalarni rivojlantirish, mavzuni o`rganishda tayanch bilimlarni

tadbiq qilish orqali o`quvchilarda fikrlash, tafakkur qirralari rivojlanadi. Bu

mavzu o`quvchilarda muammoli vaziyat vujudga keltirish, uning yechilishini

mavzu mohiyati orqali ochib berishni rivojlantiradi.

70

Mavzuni o`rganishning metod va manbalari. Davriy qonunni o`rganishda

muammoli ta`lim, muammoli metod qo`llanadi. Mavzuning rivojlantiruvchi

funksiyasini amalga oshirish uchun muammoli metod dominantlik vazifasini

bajarish kerak.

Birinchi davrda bunday sabab uchun elementlarni metall va nometallga

ajratish asosiy manba bo`lib, xizmat qiladi. Muammoli vaziyatlarni keltirish

uchun elementlar va ular birikmalari xossalarining davriy ravishda takrorlanishi

ikkinchi manba bo`ladi.

Davriy sistemada elementlar gruppalari ichida podgruppalar hosil bo`lishi

uchinchi holatda muammolar yaratishga sabab bo`ladi.

Muammoli vaziyatlar hosil qilishning to`rtinchi bosqichi davriylik

nazariyasini rivojlanishi perespektivi orqali amalga oshadi.

Muammoli vaziyatlar atomlarning elektron tuzilishi va xossalari ularning

o`zaro bog`liqligini aniqlashda o`quvchilarga beriladigan mustaqil ishlardan

namoyon bo`ladi.

Yana muammolarni har bir element haqida yozilgan ma`lumotli varaqalar,

ularni joylashtirish sabablarini ochib berishi bo`yicha beriladigan topshiriqlar

orqali amalga oshirish mumkin.

Mavzuni o`rganishda nazariy umumlashtirishlar chiqarish, eksperiment

diafilm D.I.Mendeleevning davriy qonuni degan kino filmlarni ko`rsatish orqali

o’quvchilar bilimini oshiradi.

D.I.Mendeelevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi

hamda atomning tuzilishi mavzusi o`rta maktab noorganik kimyo kursining ilmiy

asosini tashkil etadi. Bu mavzular darslarda o`quvchilar kimyoviy elementlar

o`zaro davriy qonunda tasvirlanganidek, bog`liqligini, hamda elementlar

xossalarining, ularning birikmalar xossalari atom tuzilishidan davriy sistemaga

joylashgan o`rniga muvofiq ekanligini o`rganadilar. O`quvchilardan davriy qonun

va atom tuzilishi nazariyasi asosida elementlar ularning birikmalari xossalarini

oldindan ayta olishlik malakalari rivojlantiriladi.

O`quvchilar davriy qonun va atomlar tuzilishi haqidagi bilimlar asosida

keyingi o`rganiladigan kimyoviy elementlar guruhlari xossalarini, tuzilishlarini

oldindan ayta biladilar va shu asosida elementlar hamda ularning birikmalari

haqida umumiy xulosalar chiqara oladilar. D.I.Mendeleev elementlar davriy

qonuni va davriy sistemasi umumlashtiruvchi xarakterga ega. Uni o`rganishda

quyidagi Tayanch bilimlarga katta e`tibor beriladi.

1. Kimyoviy element haqida tushuncha. Kimyoviy elementning nisbiy atom

massasi, uning valentligi.

2. Oddiy va murakkab modda haqida tushuncha.

3. Kimyoviy elementning kislorodli birikmalari va uning valentligi haqida

tushuncha.

4. Kimyoviy elementning vodorodli birikmalari va uning valentligi haqida

tushuncha.

5. Metallar va nometallar xossalari haqidagi bilimlarni umumlashtirish.

6. Oksidlar haqida tushuncha (Asosli va kislotali).

7. Gidroksidlar haqida tushuncha.

71

8. Metallar, asosli oksidlar, asoslar, nometallar, kislotali oksidlar, kislotalar

orasidagi genetik bog`lanish haqida tushunchalar. Metallar - a). qattiq

(simobdan tashqari); b). metal yaltirog`i bor; v). issiqlik va elektr tokini

yaxshi o`tkazadi; g). bolg`alanadi.

Metallmaslar - a). qattiq, (brom suyuq), gazsimon; b). metall yaltirog`i yo`q; v). izolyatorlar; g). mo’rt.

Amfoter elementlar - (grekcha "amfoteros" - "ikkalasi" degan so`zidan ikki xil

birikma namoyon qiladigan kimyoviy elementlar rux, berilliy, alyuminiy, xrom,

qo`rg`oshin). Bu elementlar tarkibiga kirgan oksidlar, gidroksidlar ikki xil

xossaga, ya`ni kislotali va asosli xossalarga ega. Amfoter oksid, gidroksidlarga

muofiq keladigan kimyoviy elementlardir. Ularni xossalari jihatidan tipik

metallarga ham tipik metalmaslarga ham kiritib bo`lmaydi.

Davriy qonun - (D.I.Mendeleevning ta`rifi) - oddiy jismlarning xossalari,

shuningdek elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlar atom

og`irliklarining qiymatiga davriy ravishda bog`liq bo`ladi. Hatto atom

tuzilishi haqidagi kashfiyot asosida davriy qonun quyidagicha ta`riflanadi:

Kimyoviy elementlarning va ular hosil qiladigan oddiy hamda

murakkab moddalarning xossalari shu elementlar atom yadrolarining

zaryadlari qiymati bilan davriy bog`lanishda bo`ladi.

Davrlar - elementlarning xossalari asta - sekin o`zgarib boradigan gorizantal

elementlar qatorlarini (masalan, letiydan neongacha) D.I.Mendeleev davrlar deb

atagan .

Davriylarda 1,2,3 - davrlar kichik davrlar. Keyingi davrlar katta davrlar 4 va 5

darvlarda o`n sakkiztadan, 6 - davrda o`ttiz ikkita element bor. 7 - davr

(tuganlanmagan) davrdir. Hozirgi kunga qadar kimyoviy elementlarning 112

ta soni ma`lum

Shuning uchun ham o`quvchilarga tavsif qilinishlar haqida ma`lumot berish

foydalidir. O`quvchilarga kimyoviy elementlarni tavsif qilish zarurati, bu yo`ldagi

dastlabki urinishlar dastlabki elemetlarni metallar va metallmaslarga bo`lishdagi

xatoliklar haqidagi tushuncha berish shuningdek amfoter xossaga ega bo`lgan

moddalar bilan tanishtirish ularda kimyo fani uning tarixi haqidagi tasavvurlarning

boyishiga olib keladi.

O`quvchilardagi tayanch bilimlar asosida metallar va metallmaslar

xossalaridagi farqni payqash ularning birikmalari formulalarini yoza bilish

malakalari shakllantiriladi.

Darsning boshlanishida o`qituvchi diqqatini quyidagilarga qaratadi: a)

dastlab D.I.Mendeleev shunday degan, (kimyodagi nazariy ma`lumotlarga

qaraganda butun quruqlik elementlaridan tashkil topgan. Ularning asosiy o`xshash

va farq qiluvchi xossalarini aniqlash lozim, keyin shu xossalar asosida ular hosil

qilishi lozim bo`lgan moddalarning xossalarini ayta bilish mumkin.

Bu kimyoviy elementlarning asosiy sifatlarini o`rganishga bosh yo`ldir.

O`tgan asrning 70 - yillariga kelib 60 dan ortiq kimyoviy elementlar ma`lum edi.

Boshqa fanlardagi kabi kimyoda ham ma`lumotlar yig`ila boshladi.

Elementlar metallar va metallmaslarga bo`lingan. Bu o`rinda o`qituvchi

tipik metallar va tipik metallmaslar o’rtasidagi farqlarni so`raydi va unga aniqlik

kiritadi.

72

Tipik metallar oksidi suv bilan birikib asos hosil qiladi. Masalan,

oltingurgut oksidi suv bilan birikib kislota hosil qiladi.

O`qituvchi ikki xil xossaga ega bo`lgan moddalar ham borligi haqida

tushuncha beradi. Ularniing gidroksid kuchli kislotalar bilan birikkanda asos

bo`lib reaksiyaga kirishadi. Masalan, kalsiy gidrokidi

Amfoter gidroksidlar kuchli asos bilan birikkanda kislota vazifasini

bajaradi. Keyin, o`qituvchi sxema asosida metallar va metallmaslarning

xossalarini yuqorida keltirilgan asoslar bo`yicha chog`ishtirib chiqadi. Keyin

amfoterlik hodisasini tushuntirib, xossalarni qiyoslab, ularni tipik metallar yoki

tipik metallmaslarga kirib bo`lmaydi degan xulosaga keladi.

O`xshash elementlar guruhlari haqida tushuncha berishda: a) o`quvchilarni

kimyoviy elementlarning tabiiy oilasi bilan ularning kimyoviy xossalarini inert

gazlar va ishqoriy metallar misolida tanishtiriladi. Ishqoriy metallar tipik

metallarning tabiiy oilasi sifatida ularning atom massalari ortishi bilan kimyoviy

va fizikaviy xossalaridagi o`xshashliklarning o`zgarib borishi ko`rsatiladi. Shu

o’rinda bu hodisa falsafaning eng muhim qonunlaridan birining to`g`riligini yaqqol

isbotlashi xususida ham ma`lumot berilsa, o`quvchilarda ilmiy dunyoqarashning

oshishiga turtki bo`ladi.

O`tgan darsda o`quvchilar egallagan bilimlar haqida, o`qituvchi hozirgi

mavzu mazmunini bayon etishda qo`shimcha ravishda nimalarga e`tibor berishni

belgilab oladi.

Keyin xlor vodorod bilan birikib, vodorod xlorid birikmasini hosil qilishi,

shunga o`xshash ftor, brom, yod ham vodorod bilan bir valentli birikmalar hosil

qilishi jadval yordamida batafsil tushuntiriladi. Jadvalda litiy, berilliy, bor,

uglirod, azot, kislorod, ftor, nion, ikkinchi qatorda natriy, magniy, alyuminiy,

kremniy, fosfor, oltingugurt, xlor, argon elementlarining yuqori kislorodli

birikmalari valentligi, yuqori vodorodli birikmalaridagi valentligi, yuqori

oksidlari formulasi, asoslari, vodorod bilan hosil qilgan birikmalari tushuntiriladi.

D.I.Mendeleev davriy qonuni darsida: a) o`quvchilarning davriy qonunining kashf

etilishi tarixi va mazmuni bilan tanishtirish. Davriy qonunga elementlar atom

massalari bilan kimyoviy xossalri uzviyligi asos qilib olinganligini aniq dalillar

misolida ochib berish. Davriy qonun va davirlar haqida ma`lumot berish,

o`quvchilardan ishonchli tushunchalar hosil qilish.

b), v) o`quvchilarda elementlar va ularning birikmalari ma`lum tizimga

kiritib o`rganish mumkinligi haqidagi bilimini rivojlantirish.

O`qituvchi darsni suhbatdan boshlaydi. Nima sababdan elementlarni

sistemaga solish yo`llaridagi oldingi harakatlar muvaffaqiyatsiz chiqdi? Bir oila

elementlari xossalarining o`zgarishidan qanday umumiy qonuniyat mavjud?

O`qituvchi o`quvchilar diqqatini quyidagilarga qaratadi: a). davriy qonun

kashf etilishi arafasida 63 ta element ma`lum edi; b). elementlar atom massalari

aniqlanishi ustida fikr yuritiladi; v). o`quvchilarga o`zlari tayyorlab kelgan

kartochkalarni partada elementlarning atom og`irliklari ortib borishi tartibida

quyib chiqish topshiriqlari va jadvallardan foydalanib quyidagilarni tushuntiradi:

1). Litiydan ftorgacha bo`lgan qatorda atom og`irliklari ortib borishi bilan

elementlarda metallik xossasi zaiflashib, metallmaslik xossasi kuchayib boradi.

Ftordan keyin inert gaz keladi va kimyoviy xossalarda katta sakrash ro`y beradi.

73

2). Atom og`irliklari ortib borishi tartibida litiydan uglerodgacha kislorodli

birikmalardagi valentlik 4 dan 1gacha kamayib boradi.

3). Natriy elementidan boshlab, elementlar xossalarini takrorlaydi masalan,

litiy xuddi natriy elementiga o`xshash kuchli metallik xossasini namoyon qiladi.

Magniy - berilliy, alyumeniy - borga, kremniy - uglerodga, fosfor -

mishyakka va hokazolar tarzida tushuntiriladi.

4). Kaliy (tartib raqami-19) tipik ishqoriy xossalaridan tipik metallmaslik

xossali galogen yo`nalishida xossalar asta - sekin o`zgara boshlaydi.

Bu qatorda 18 ta element joylashgan.

5). D.I.Mendeleev elementlarni atom massasi ortib borishi tartibida

joylashtirib, ularning xossalarida davriy o`zgarishni kuzatdi. Bu qonuniyat 1869

yilda DAVRIY QONUN sifatida ta`riflaydi, ya`ni oddiy moddalarning xossalari:

shuningdek, element birikmalarining shakl va xossalari elementlarning atom

og`irliklariga davriy ravishda bog`liqdir;

6). Shunday qilib, litiydan neongacha va natriydan argongacha atom

og`irliklari ortib borishi bilan ularning xossalari bir xilda o`zgarib boradi, ya`ni

a). metallik xossalari zaiflashadi; b). oksidlaridagi yuqori valentligi ortadi;

v). metallmaslik xossalari kuchayib boradi; g). vodorod bilan hosil qilgan

valentligi kamayib boradi;

7). elementlar atom og`iriliklarning ortib borishi bilan ularning kimyoviy

xossalari davriy ravishda o`zgaradi yoki muayyan elementlardan keyin navbatdagi

elementlarning xossalari asosan takrorlanadi.

D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi mavzusini

o`tishda,

a). O`quvchilar davriy sistema kimyoviy elementlarning tabiat qonuniga

asoslangan tizimi, davriy sistema kimyoviy elementlar davriy qonunining jadval

shaklidagi ifodasi ekanligini bilib olishga doir, asosiy guruh va qo`shimcha guruh

haqida tushunchalarga ega bo`lishi lozim;

b). Davriy sistema asosida o`quvchilar elementlar va ularning birikmalari

xossalarining bashorat qilish malakalarini shakllantiradi;

v). O`quvchilarda kimyoviy elementlar davriy sistemasida har bir element

va ularning birikmalari xossalari haqida xususiy xulosalar chiqara bilish

qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda falsafiy umumlashmalar hosil qilish,

malakalarini hosil qilish kerak.

Yangi materiallarni o`qituvchi quyidagi reja asosida tushuntiradi:

1). Atom og`iriliklari ortib borishi tartibida elementlarning grafik tasviri

sistemasi va uning qo`llay bilishi uchun qisqa shaklga keltirish.

2). D.I.Mendeleev "Davr" deb ishqoriy metalldan boshlanib, inert gaz bilan

tugaydigan elementlar qatorini ataganligi haqida tushuncha berish, jumladan katta

va kichik davrlar haqida hamda har bir davrda joylashgan elementlar va ularning

soni haqida tushuncha berish.

3). Davriy sistemadagi gorizantal va vertikal qatorlar haqida so`zlash:

4). Davriy sistemadagi asosiy guruhlar, qo`shimcha guruhlarni izohlash;

5). Bir guruhga kiruvchi elementlarning kislorod birikmalaridagi yuqori

valentlik guruh raqamiga to`g`ri kelishi, asosiy guruhlarda nisbiy atom og`irligini

74

ortishi bilan yuqoridan pastga metallik xossasi kuchayib, metalmaslik xossasi

zaiflashib borishini tushuntirish.

D.I.Mendeleevning ilmiy jasorati misolida o`quvchilarda fan, texnika,

kasbga bo`lgan muhabbatni tarbiyalash, bilimga intilishni shakllantirish va

rivojlantirish bilan bog`liq pedagogik maqsadni amalga oshirish uchun mashg`ulot

seminar shaklida o`tkaziladi.

Seminar rejasi: 1. Kimyoviy elementlarni tavsiflash bo`yicha dastlabki

urinishlar. 2. D.I.Mendeleevni elementlarni tavsif qilishda tayangan asoslar.

3. Davriy qonunga D.I.Mendeleev bergan ta`rif va atom tuzilish nazariyasi

asosida yaratilgan ta`rif hamda ularning mohiyati birligi. 4. D.I.Mendeleev

elementlar davriy sistemasi. 6. Hali kashf qilinmagan kimyoviy elementlar

borligini D.I.Mendeleev nimaga asoslanib bashorat qiladi va xossalarni

ta`riflaydi?

7. Davriy sistema va atom tuzilish uzviyligi. D.I.Mendeleev ayrim elementlari

massasini to`g`ri hisoblaganligi. 8. Davriy qonunning hozirgi atom tuzilishi

nazariyasini yaratishdagi ahamiyati. 9. D.I.Mendeleev ilmiy bashoratini keyingi

rivojlanishi. 10. Davriy qonunning kimyoviy taraqqiyotidagi roli.

O`qituvchi mazkur rejaga o`z imkoniyatlarini hisobga olib o`zgartirishlar

kiritishi mumkin.

D.I.Mendeleevning hayotiga bag`ishlangan darsda: a). o`quvchilar

D.I.Mendeleev hayoti va ilmiy amaliy faoliyati bilan tanishtirish: b). o`quvchilar

adabiyotlardan foydalanib mustaqqil tarzda ma`ruza tayyorlash so`zga chiqish

malaka hosil qilish o`quvchilarni mustaqil faoliyat ko`rsatishi, ruhida

tarbiyalaydi.

Nazorat savollari:

1. D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi mavzusini

o`rganishdagi Tayanch bilimlarga tizimi deganda ninmani tushinasiz?

2. Maktablarda, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida "Davriy qonun va

davriy sistema " mavzusi mohiyatini uslubiy tahlilini qiling.

3. Bu mavzuni o’rganish uchun nimani qaytarish zarur.

4. Bu mavzu bo’yicha tematik reja tuzing.

5. Bu mavzu bo’yicha reja konspekt yozing.

27-ma’ruza

Mavzu: Kimyo kursida kimyoviy bog’lanish moddalarning

tuzilish nazariyasini o’rganish.

Ma’ruza rejasi:

1. Kimyoviy bog’lanishning asosiy tavsiflari

2. Kovalent bog’lanish. Qutbli va qutbsiz kovalent bog’lanishlar

3. Molekulalararo ta’sir kuchlari

4. Ion va metall bog’lanish

75

O’rganiladigan asosiy tushuncha va qoidalar: Kimyoviy bog’lanish,

bog’lanish energiyasi, kovalent bog’lanish, qutbli va qutbsiz kovalent bog’lanish,

molekulalararo ta’sir kuchlari, ion va metall bog’lanish, vodorod bog’lanish.

Bu mavzular bir necha darslar mobaynida kichik mavzularga bo’lib o’rganiladi.

“Kimyoviy elementlarda elektrmanfiylik” mavzusida:

a). Kimyoviy elementlarda elektrmanfiylik hodisasining kuchliligi, elektron

berish, nometallik xossasining kuchliligi elektron qabul qilish bilan bog’liqligini

misollar yordamida o’quvchilarga singdirish;

b). O’quvchilarning metall va metalmas elementlar va ularning xossalari

haqidagi bilimlari tushunchalarini rivojlantirish.

O’qituvchi yangi materialni bayon etish haqida tuzilgan rejaga ko’ra darsda

quyidagilar to’g’risida batafsil ma`lumot beradi:

Kimyoviy bog’lanish xarakteri, element tabiatiga, ularning tuzilishi va

xossalariga bog’liq. Kimyoviy bog’lanish xususiyatlarining atomlarini

elektrmanfiylik deb ataluvchi xossasi belgilaydi.

Metallik xossalari o’ziga elektronlarni tez biriktirib oluvchi elementlar

atomida metallmaslik xossalari erkin namoyon bo’ladi. Xususan,

a). Elementlar davriy sistemasida davrning boshida joylashgan elementlar

atomi valent elektronlarini oson chiqaradi, Demak, ularda metallik xossasi yaqqol

namoyon bo’ladi;

b). Davrning o’rtasida joylashgan elementlar atomlari valent elektronlarini

qiyinchilik bilan beradi, demak, ularning oksid va gidroksidlari amfoter xossasiga

ega.

v). Davrning oxirida joylashgan elementlar atomlari elektronlarni tez qabul

qilib oladi, demak, bu elementlarda metallmaslik xossasi kuchli namoyon bo’ladi.

Kimyoviy element atomining o’z sirtqi qavatini tugallash uchun boshqa

atomlardan elektronlar tortib olish xossasi elektromanfiylik deb ataladi.

Elektrmanfiylikni ifodalash uchun litiyning elektrmanfiylik bir deb qabul qilingan.

II davr elementlarining elektrmanfiyligi quyidagi ko’rinishda bo’ladi.

2-davr Li

Be B C N O F

1,0 1,5 2,0 2,5 3,0 3,5 4,0

Metallarda elektrmanfiylik ikkidan kichik, metallmaslarda ikkidan katta.

Elektrmanfiyligi eng kuchli element – ftor bo’lib, uning elektrmanfiyligi 4 ga

teng.

76

Davriy sistemada elektrmanfiylik quyidagicha namoyon bo’ladi.

Davr Qator Gruppalar

1 2 3 4 5 6 7 8

I

II

III

IV

V

Kuchayadi

Kuchayadi

Kimyoviy bog’lanishning asosiy tiplari mavzusida: a). Darsda o’quvchilarga

elementlar orasidagi elektrmanfiylik tushunchasiga muvofiq sodir bo’ladigan

kimyoviy bog’lanish tiplari (ion bog’lanish, metall bog’lanish, kovalent

bog’lanish, qutbli va qutbsiz bog’lanish, vodorod bog’lanish) haqida,

elektronlarning bir element atomidan ikkinchi element atomiga kuchishi yoki

siljishi haqida bilim berish.

b). O’quvchilarga kimyoviy elementlar va ular hosil qilgan birikmalarning

orasida qanday bog’lanishlar mavjud bo’lishini farqlay olish bog’lanishlar hosil

bo’ladigan sxemalarni chiza bilish qobiliyatlarini tarbiyalash.

Darsni quyidagi savollarni takrorlashdan boshlash mumkin:

1. Natriy, alyuminiy, oltingugurt, xlor elementlari atomlarining elektron

sxemalarini chizing.

2. Shu elementlar tashqi elektronlar qobig’ida tugallanmagan elektron qobiq

bo’lishi uchun nechta elektron yetishmaydi.

3. Ishqoriy metallar va galogenlar atomlarining tashqi elektron qobiqlari

bir-biridan qanday farq qiladi?

Quyilgan savollarga javob beradigan yangi materiallar mazmunini

o’qituvchi quyidagi reja asosida tushintiradi:

Elementlardagi elektrmanfiylik tushunchasiga muvofiq kimyoviy bog’lanish

tiplarini oldindan aytish mumkin. Ular uch tipga bo’linadi, ya`ni:

1) elektrmanfiyligi bir xil bo’lgan element atomlari orasidagi kimyoviy

bog’lanish;

2) elektrmanfiyligi bir-biridan uncha katta farq qilmaydigan elementlar

orasidagi kimyoviy bog’lanish. Masalan, suv, vodorod xlorid, metan kabi

birikmalarda;

3) elektrmanfiyligi bir-biridan keskin farq qiladigan elementlar orasidagi

kimyoviy bog’lanish. Masalan, ishqoriy metallar va galogenlar orasidagi kimyoviy

bog’lanish.

77

Elektrmanfiylik- birikmalar hosil bo’lishida atomlar orasida elektronlarning

taqsimlanishiga ta`sir qiladi. Barqaror elektron qavatining turli yullar bilan hosil

bo’lishiga asoslanib, kimyoviy bog’lanishlarni bir necha turlarga bo’lish mumkin:

kovalent bog’lanish, ion bog’lanish, metall bog’lanish, vodorod bog’lanish.

Kovalent bog’lanish – bu tip bog’lanish elektrmanfiyligi bir xil bo’lgan

elementlar atomlari oralig’idagi bog’lanishda uchraydi.

O’qituvchi misollarni doskaga yozib ko’rsatgan holda tushintiradi.

Atomlarning elektronlar jufti vositasidagi bog’lanish kovalent bog’lanish deb

ataladi degan xulosaga kelinadi.

Odatda kimyoviy birikmalar hosil bo’lishida har bir element atom o’zining

tashqi elektron qobig’ida elektronlar sonini – elektron konfigurasiyasini o’ziga

yaqin bo’lgan tuzilishi holatiga yetkazishga intiladi va yetkazadi. Biz bu o’rinda

o’quvchilarning atom tuzilishi nazariyasi haqidagi bilimlarini yangi materiallarni

o’rganish jarayonida qo’llaymiz va rivojlantiramiz. Boshqacha qilib aytganda,

avval o’rganilgan materiallarni o’zlashtirish uchun tayanch qilib olinadi. Demak,

har bir oddiy modda atomdagi valent elektronlar bir xil elementining ikki atomi

uchun umumiy bo’lib qoladi.

O’qituvchi mavzuni takrorlash vaqtida o’rganish uchun berilgan qo’shimcha

materiallardan o’tilgan mavzuni takrorlashi va mustahkamlash bosqichlarida

foydalanishni tavsiya etadi.

O’qituvchi azot elementining elektronlar joylashishini energatik pog’onalar

bo’yicha chizib, π va σ bog’lanishlar hosil bo’lishini tushintiradi. Agar s-s; s-p;

p-p elektronlar bulutlar kesishmasi hosil bo’lsa 6 ta-sigma bog’lanish, agar

ikkilamchi va uchlamchi bog’ sifatida yon tomonlarda bo’lsa π (pi bog’lanish)

hosil bo’ladi.

Masalan: :N N: yoki N-N o’rtadagi mustahkam sigma bog’ ikki yon

tomondagi π bog’lardir.

Elektrmanfiylik natijasida hosil bo’ladigan ikkinchi tip kimyoviy bog’lanishlar

misolida qutbli va qutbsiz kovalent bog’lanish tushuntiriladi.

Bir xil atomdan tuzilgan oddiy moddalarda elektronlar jufti ikkala atomga bir

xil tegishli bo’ladi. Bu kovalent bog’lanish turi qutbsiz bog’lanishdir.

Agar elektronlar jufti har xil ikkita atomni bog’lasa, bu elektronlar jufti hamma

vaqt atomlarning biriga tomon siljigan bo’ladi. Kovalent bog’lanishning bu turi

qutbli deb ataladi. Masalan, HF, HCI, H2O yordamida tushintirish mumkin. Bu

holatda elektronlar jufti kuchliroq elektrmanfiy element atomi tomon siljigan

bo’ladi.

78

Kimyoviy bog’lanish elektrmanfiyligi bir – biridan keskin farq qiladigan

elementlar orasida sodir bo’ladi. Bu holda valent elektronlar bir element atomidan

ikkinchi element atomiga to’liq siljiydi. Natijada musbat va manfiy zaryadli ionlar

hosil bo’ladi.

Ionlar zaryadlangan zarrachalar bo’lib, atom elektron berganda yoki

elektron biriktirib olganda ana shu ionlarga aylanadi.

Ionlar orasidagi elektrostatik tortishuv kuchi ta`sirida hosil bo’lgan

bog’lanish ion bog’lanish deb, hosil bo’lgan birikmalar esa ion birikmalar deb

ataladi.

Oksidlanish darajasi mavzusini o’rganishda :

a). O’quvchilarda oksidlanish darajasi tushunchasining mohiyatini anglab

yetish, moddaning formulasiga qarab ham, elektrmanfiylik mavzusida olingan

bilimlar asosida oksidlanish darajalarini aniqlay olish kabi malakalarni

shakllantirish:

b). Oksidlanish darajalarini belgilash, oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari

tenglamalarini tuza bilish natijasida qaysi element oksidlanadi, qaysi element

qaytariladi kabi o’quv malakalarini shakllantirish va tarbiyalash.

Dars yangi mavzu mazmunini tushuntirish bilan boshlanadi. Bu dars oldingi

mavzularga bogliq bo’lganligi sababli so’rash va mustahkamlash bilan qo’shib

olib boriladi. Avvalo, o’qituvchi darsni vodorodning xossalari va ishlatilishini

takrorlash va eslashni taklif qiladi. Vodorodning kislorod bilan birikishi –

oksidlanish jarayoni, oksidlovchi, qaytaruvchi, oksidlandi, qaytarildi kabi

tushunchalarning mohiyati eslanadi.

Oksidlanish darajasi - bir atomdan ikkinchi atomga siljigan elektornlar soni

bilan ifodalanishi tushuntirib beriladi. Shuningdek, qanday hollarda oksidlanish

darajasi nolga hamda element valentligiga teng bo’lishi sharklanadi.

Kristall panjaralar mavzusida:

a). O’quvchilarga kristall panjaralar haqida tushuncha berish. Ion,

molekulyar, atom kristall panjaralari tiplari haqida, ularning fizik xossalari haqida

ma`lumot berish.

b). Olingan ma`lumotlar asosida moddalardagi kristall panjaralarni tiplarga

ajrata bilish.

Dars boshlanishida oksidlanish darajasi, oksidlanish - qaytarilish

reaksiyalari haqidagi bilimlar qisqacha takrorlanib, mustaqil ish beriladi, ya`ni

muayyan reaksiya tenglamalarini yozib, oksidlanish darajasi va oksidlovchi

qaytaruvchi atomlarni ko’rsatish taklif etiladi.

Kristall va amorf moddalar. Agar temirni mexanik jixatdan maydalasak,

ham kichik bo’laklarda uning shakli qoladi. Bunday moddalar kristall moddalar

deyiladi. Shisha smola bo’laklari maydalanganda shaklsiz holatga kiradi. Ular

amorf yoki shaklsiz deb ataladi. Shu jarayon va tushunchalarni o’qituvchi

ko’rgazmalar yordamida batafsil o’rgatadi. Undan keyin kristall panjaralarda

ionlar, atomlar, molekulalar aniq tartibda joylashishi olmos, osh tuzi, grafit kristall

panjaralari misolida tushuntiriladi.

Ion kristall panjaralari ion bog’lanishli birikmalarga xos osh tuzi kristall

panjaralari misolida izohlanadi. Atom kristall panjaralar kovalent bog’li

birikmalarda uchraydi, buni olmos, grafit panjaralari misolida o’quvchilarga

79

yetkaziladi. Molekulyar kristall panjaralar qirralari qutbli va qutbsiz molekulalar

holida uchraydi. Bunga kislorod molekulasi va vodorod xlorid molekulasi misol

bo’ladi. Ayrim fizik jismlarning xossalari kristall panjaralarga bog’liq ekanligini

o’quvchilarga singdirish kerak. Chunki moddaning tuzilishi ma`lum bo’lsa, uning

xossalarini oldindan aytish yoki xossalari aniq bo’lsa, uning tuzilishini belgilash

mumkin. Bu hol fanda juda katta ahamiyatga ega. O’quvchilar diqqatini

moddalarning bu xususiyatiga qarata olish, ularning ijodiy fikrlashlariga shart-

sharoit yaratish munosib zamin hozirlash imkonini beradi.

Nazorat savollari:

1. Kimyoviy bog’lanish nima va u qanday hosil bo’ladi?

2. Kimyoviy bog’lanish qanday tavsiflarga ega?

3. Kimyoviy bog’lanishning qanday turlari mavjud?

4. Vodorod bog’lanish nima va uning hosil bo’lishini tushuntiring?

5. Kristall va amorf moddalar mavzusiga reja tuzing.

28-ma’ruza

Mavzu: O’rta maktab kimyo kursida elektrolitik dissosiasiya nazariyasi.

Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi mavzusining o`rni va ahamiyati

Ma’ruza rejasi:

1. O’rta maktab kimyo kursida elektrolit va elektrolitik dissosiasiya nazariyasi

2. Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi mavzusining o`rni va ahamiyati

3. Dissosilsnish darajasi va uning ahamiyati

4. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar

O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Elektrolit va elektrolitik dissosi-

lanish, kation, anion, dissosilanish darajasi, kuchli va kuchsiz elektrolitlar, tuzlar

gidrolizi.

O’rta maktab kimyo kursida elektrolitik dissosiasiya nazariyasi 9-sinfda

o’tiladi.

Kimyoviy bog’lar qonuniyatiga asoslanib, u davriylik bilimini rivojlantiradi,

moddalar tuzilishi bilimlariga yangi tushunchalar kiritadi.

Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi maktab kimyo kursining eng muhim

nazariy konsepsiyasining birini tashkil etadi. Bu mavzuni o’tishda

o’quvchilarning oldingi kimyoviy muvozanat bilimlari asos qilib olinadi.

Moddaning tuzilishi, kimyoviy bog`lanish mavzularida olingan bilimlar yanada

sistemaga kiradi va rivojlantiradi. Natijada o`quvchilar qanday sabablar ta`sirida

kimyoviy bog`lanishlar uzilishi sodir bo`lishi hamda elektrolitlar suvli eritmalarda

qanday xossalar namoyon qiladi. Nima uchun? kabi savollar o`z yechimini

topadi. Kurs yakunida kimyoviy muvozanat hosil bo`lishi haqidagi ma`lumotlar

bilan tanishiladi. Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi bo`yicha o`quvchilar

egallashi lozim bo`lgan bilimlar, ko`nikma, malakalar tizimida maktab kimyo

ta`limi davlat ta`lim standartlarida o`z ifodasini topgan.

Mavzuning ta`limiy maqsadida - dissosiasiya jarayoni tushunchalarining

mohiyati, mexanizmi, shartlari, moddalar, eritmadagi ionlarning holati va ular

orasida boradigan reaksiyalar haqida tushuncha beriladi.

80

Elektrolitik dissosiasiya nazariyasini o`rganish jarayonida eng muhim

tarbiyaviy maqsadlar qo’yiladi. Boshqa nazariy mavzular kabi bu mavzu ham

dialektik materialistik dunyoqarashni shakllantirish uchun boy material manbaga

ega. Ichki elektrolitik qarama - qarshiliklar, har xil zaryadli zaryadlangan ionlar

orqali aniq misollarda falsafiy kategoriya va qonunlarning mohiyatini ochib

beradi. Natijada o`quvchida modda haqidagi dialektik tushunchalarning ichki

aloqadorligi ochiladi.

Mavzuni o’rganish jarayonida o`quvchilarni rivojlantirivchi maqsadi.

Modda haqidagi tushunchalarning kengayishi bilan, kimyoviy reaksiyalarning

mohiyati chuqurlashadi. Bu mavzuni tarkibi quyidagicha:

Avval elektrolit va elektrolitmaslar farqlanadi, keyin dissosasiya hodisasi

tushuntiriladi. Elektrolit dissosasiya gidratlangan ionlar jarayoni kimyoviy jarayon

ekanligi aytiladi, eritma ichidagi ion almashinish hamda oksidlanish - qaytarilish

misolida kimyoviy reaksiyalar tushintiriladi. Bunda 3 muhim yo’nalish:

1. Ionlar bog’lanishi yo’nalishidagi almashinish reaksiyasi boradi

2. Elektrolit tuzining suv bilan ta’siri

3. Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari eritmalarda boradi, tarkibi va ion

zaryadlari o’zgarishiga olib keladi.

O`quvchilarning bilimi yangi sifat bosqichiga ko`tariladi.

Mavzu kursning qolgan mavzularini o`rganish uchun yuqori nazariy bazani

vujudga keltiradi.

O`quvchilar oldingi tushunchalarni yangicha fikrlaydilar, o`zlarining

tushunchalar mohiyatini rivojlantiradilar.

Elektrolitik dissosiasiya mavzusi mazmunining tizimi.

O`quvchilar kislota, ishqor, tuzlarning dissosiasiyasini tuza bilish,

dissosiasiya tushunchasining mohiyatini bilishi hamda, ion almashish reaksiya

tenglamalarini tuza olish kabi bilim ko`nikma, malakalarni egallashlari o`z

ifodasini topgan. Mavzu mohiyatini ochishda modda haqidagi tushunchalarning

to`rtta muhim tomoniga e`tiborni qaratish lozim. Ular: elektrolitlar, eritmada

ionlar, dissosiasiya jarayoni mohiyati, eritmada ion reaksiyalari bo`lib

hisoblanadi.

Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi mavzusidagi tushunchalar mohiyati

quyidagicha ketma - ketlikda ochib beriladi:

1) - elektrolit moddalar:

- elektrolitlar tuzilishi.

- dissosiasiyalanishining alohida xususiyatlari;

- elektrolitlarning klassifikasiyasi.

2) - eritmada ionlar reaksiyasi.

3) - Ion almashinish reaksiyalari.

- Tuzlar gidrolizi.

- Oksidlanish- qaytarilish reaksiyalari.

4) - Dissosiacsya jarayoni mohiyati.

- dissosiasiya sharoiti.

- dissosiasiyaning mexanizmi.

Bu o`rinda kimyoviy reaksiya tushunchasining sifat jihatdan sakrashi

alohida ahamiyatga ega.

81

1. Almashinish reaksiyalarining ionlar bog`lanishi tomonga siljishi;

2. Elektrolit tuzlarining suv bilan birikishi (gidroliz).

3. Eritmada oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tarkibini va ionlar

zaryadining o`zgarishga olib kelishi. Natijada oksidlanish-qaytarilish

reaksiyalari hamda elektrolitik dissosiasiya nazariyalarining o`zaro bog`liqligi

tarkib topadi.

Mavzuni o`rganishning metodlari. Ta`lim mazmuni va uning maqsadi

asosida metod tanlanadi. Shu tanlangan metod asosida o`quvchilarda bilim va

ko`nikmalar shakllanadi. Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi muammoli metodlar

tanlanganda sifat jihatdan samarali bo`ladi.

Asosiy muammo-elektrolitlar xossalarining eritmada parchalangan ionlar

xossalariga bog`liqligi masalasini o`quvchiga yetkaza bilish bo`lib hisoblanadi. Bu

muammoni yechish uchun quyidagi savollarga javob berish muhim bo`lib

hisoblanadi.

1. Nega elektrolitlar elektr tokini o`tkazadi-yu, noelektrolitlar o`tkazmaydi?

2. Nima uchun ion va qutbli bog`lanishli birikmalar ionlarga dissosilanadi,

kovalent bog`lanishli birikmalar ionlarga dissosilanmaydi;

3. Dissosiasiyaga nima ta`sir etadi – erituvchi-mi yoki elektr toki;

4. Atom va ion orasida farq mavjudmi va hokazo.

Mazkur mavzuni samarali o`rganish uchun demonstrasiya, laboratoriya,

eksperiment kabi tajribalarni bajarish kerak.

Tuzlar gidrolizi mavzusini o’rganishning ahamiyati. Gidroliz tushunchasi

o`quvchilarga alohida qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Bu qiyinchiliklarni

bartaraf etish va gidroliz tushunchalari mohiyatini rivojlantirish ion almashinish

reaksiyalari, qaytar reaksiyalar, kimyoviy muvozanat, kuchli va kuchsiz

elektrolitlar kabi holatlarda o`z yechimini topadi. Gidroliz - nazariy tushunchadir.

U elektrolitik dissosiasiya nazariyasining asosini tashkil etadi.

Tuzlar gidrolizini faqat ion reaksiyalari asosida tasavvur etish kerak.

Mavzuni o`rganish, muammoli metodda olib boriladi. Avvalo o`quvchilar

faollashtiriladi. Indukatorlarga tuzlarning munosabati ochib beriladi. O`qituvchi

bu holatni laboratoriya tajribalari orqali namoyish etadi. O`qituvchi aniq misollar

yordamida tuzlar gidrolizining nazariy mohiyatini ochib beradi.

Nazorat savollari

1. Elektrolit va elektrolitik dissosiasiya nima?

2. Dissosilanish darajasi nima va uning ahamiyati nimadan iborat.

3. Dissosilanish doimiysi deganda nimani tushinasiz?

4. NH4OH, H2CO3 tipdagi kuchsiz elektrolitlar uchun dissosilanish doimiysining

matematik ifodalarini yozing.

29-30-ma’ruza

Mavzu: Organik moddalar tuzilish nazariyasini o`rganishning ahamiyati.

82

Ma’ruza rejasi:

1. Organik moddalar tuzilish nazariyasini o`rganishning ahamiyati

2. Hozirgi zamon tuzilish nazariyasi organik kimyo kursining asosi - sifatida

3. Izomeriyalar va gomologlar haqidagi tushunchalarni o`rganish.

O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Organik moddalarning o’rganilish

tarixi, organik moddalarning xarakterli xususiyatlari, organik moddalarning

klassifikasiyasi, to’yingan, to’yinmagan uglevodorodlar.

Organik moddalarni o’rganish “Anorganik va organik modda” lardan

boshlanadi. O’quv materialining o’zi ham, uni bayon qilish formasi ham yetarli

darajada aniq va ishonarli darajada bo’lishi lozim. Kirish qismining aniq

materialida:

a). “Organik modda”lar tushunchasini oydinlashtirish;

b). Organik moddalarning xarakterli xususiyatlarini alohida qayd qilish;

v). Organik moddalar haqidagi idealistik, vitalistik qarashlarning

asossizligini ko’rsatish;

g). Organik moddalarning amaliy ahamiyati haqida ba’zi tasavvurlar hosil

qilish lozim.

Organik kimyo taraqqiyotining asosiy bosqichlari to`rtta davrga ajratiladi:

1. Empirik davr- insonning organik moddalar bilan ilk bor tanishuvi, ularni

ajratib olish va qayta ishlash usullari o`rganilgan vaqtdan to organik kimyo fani

sifatida shakllangunicha (XVIII asrning oxiri).

2. Anolitik davr - XVIII asr oxiridan XIX asrning 60 - yillargacha. Bu

bosqichda dastlabki nazariyalar yaratilib organik kimyo fani sifatida shakllana

boshladi.

3. Tuzilish nazariyasi davri - XIX asrning 60 - yillardan to hozirgacha.

4. Organik kimyo rivojlanishining hozirgi zamon molekulyar atomistik yoki

ilmiy takomillashuv davri. Organik kimyoning ilmiy takomillashuv davrida asosan

tuzilish nazariyasi rivojlanadi va o`rganiladi.

Organik kimyoni o`qitishning tub mohiyati uning mazmunidan kelib

chiqadi. Albatta anorganik kimyo kursida o`rganilgan kimyoviy tushunchalarga

organik kimyo kursini o`rganishda ham ehtiyoj seziladi.

Organik birikmalarda boradigan kimyoviy reaksiyalar uni o`rganishning

o`ziga xosligini ko`rsatadi. Anorganik kimyoda bo`ladigan kimyoviy reaksiyalar

qisqa muddat ichida sodir bo`lsa, organik kimyoda bu jarayonlar ancha vaqtni

talab etadi. Organik kimyoda predmetlararo aloqadorlik katta ahamiyat kasb etadi.

Ayniqsa, bu bog`lanish biologiya, molekulyar biologiya, genetika, fizika, fan

tarixi, organik sintez, kimyo sanoati, kimyoning falsafiy asoslari kabi fanlarda

yaqqol ko`rinadi.

Organik moddalar tuzilish nazariyasini o`rganishning ahamiyati.

Organik moddalarning tuzilish nazariyasi butun kimyo kursining nazariy

bazasi bo`lib hisoblanadi. Bu nazariya asosida eng muhim kimyoviy tushunchalar

shakllanadi. Kursni o`rganishning eng muhim soxasi - A.M.Butlerovning organik

moddalarning tuzilish nazariyasining hozirgi ahvoli haqidagi dastlabki

nazariyalarni analiz qilishdan boshlanadi. Atom va molekulalar haqidagi dastlabki

83

qarashlar va hozirgi qarashlar tahlili natijasida ular chog`ishtiriladi. Moddalar

xossalarining tarkibi va tuzilishiga bog`liqligiga katta ahamiyat beriladi.

Kimyoviy tuzilish nazariyasini o`rganishda A.M.Butlerov, V.V.

Markovnikov, A.E.Arbuzov singari rus olimlarining xizmatlarini e’tirof etish bilan

birga, o’zbek olimi A.G’.Maxsumovning kimyoviy tuzilish nazariyasini

rivojlantirib, murakkab zarrachaning tuzilishi uning tarkibiga, hamda kimyoviy

tabiati elektron va fazoviy tuzilishiga bog’liq ekanligini izohlab berganligini

tushintirish o’rinlidir.

Organik kimyoni samarali o’rganishning sharoitlari. Ko`p sonli

o`qituvchilar, metodist olimlarning amaliy faoliyati bilan nazariyani birga olib

borishlari natijasida o`qituvchilarga bir qancha yo`llanmalar berilgan. Bular;

1. Anorganik kimyo bilan o’zaro aloqadorlikni ta`minlash.

2. Kimyoviy tuzilish nazariyasining shakllanishida tarixiylikga ijodiy yondashish

3. Organik moddalarning tuzilishi, ularning elektron, fazoviy tuzilishlarini

o`rganishda Butlerov g`oyalarini ochib berish.

4. Moddalar xossalarining ular tuzilishiga bog`liqligini yoritish. Organik

moddalarni bilishda, o`rganishda ichki qarama - qarshiliklarni yoritish. Organik

sintez, izomeriya hodisalari mohiyatini ochish.

5. Ko`rgazmali qurollar, modellar, ekran ko`rgazmalaridan foydalanish.

Har bir fanning ilmiy asosini shu fanning tayanch bilimlari: tushuncha,

qonun hamda nazariyalar tashkil etadi.

Organik kimyoda tushunchalarning tizimi quyidagicha:

1. Kimyoviy reaksiyalar qonuniyatlari haqida tushunchalar.

2. Yuqori molekulyar birikmalarni o’rganish.

3. Steriokimyoviy tushunchalar.

4. Elektron nazariy tushunchalar.

5. Kimyoviy tuzulish nazariyasi tushunchalari.

6. Har bir tushunchaning alohida belgilari.

Tizimdagi tushunchalarning ichki mohiyatiga alohida e`tibor bilan qarash

lozim.

Kimyo fanlari tizimiga kiritilgan “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida

sinflash va sertifikatlash” ixtisosligi O’zbekistonda yaratilgan yangi yunalish

bo’lib, yuqorida ta’kidlangan 6 milliondan ortiq organik moddalarni ham xalqaro

iqtisodiy munosabatlar uchun sinflash va sertifikatlashni takomillashtirishga yo’l

ochib bermoqda va shu bilan organik kimyo fani rivojiga salmoqli hissa qo’shish

imkoniyatlarini yaratmoqda.

Izomeriyalar va gomologlarni o`rganish.

Tarkibida uglerod tutgan

Noorganik moddalar

C, CO, CO2, H2CO3

va karbonatlar

Organik moddalar:

Uglevodorodlar, spirt,

yog’lar, qandlar va b.

84

Organik birikmalrning tuzilish nazariyasi o`rganilganda tarkibi bir xil lekin

tuzilishi har xil moddalar yoki izomerlar, izomeriya hodisasi, gomologlar haqidagi

tushunchalar shakllanadi.

Tayanch bilimlar tushunchalari asosida izomeriyalar hodisasi tushunchalari

rivojlantiriladi. Moddalar haqidagi miqdor va sifat ko`rsatgichiga xos tushunchalar

rivojlantiriladi. Izomeriya σ va π bog`lari haqidagi tushunchalar, fazoviy tuzilish

nazariyasi ko`rib chiqiladi.

Gomologlar va izomeriyalar haqida tushunchalar uch bosqichda ochib

boriladi.

1. Har bir tushunchaning eng muhim belgisi va aniqligini ajratib ko`rsata bilish.

2. Gomologlar va izomerlar orasidagi bog`lanishni ko`rsata bilish.

3. Har xil sinfga oid gomologlar va izomerlarning shakllarini o`rganish;

Izomer va izomerlar, gomolog va gomologlar orasidagi belgilar haqida aniq

tasavvurga ega bo`lish.

Izomeriyalarda mavjud:

1. Bir xil sifat tarkib.

2. Bir xil miqdoriy tarkib.

3. Har xil kimyoviy tuzilish.

4. Har xil xossa.

Gomologlarda mavjud:

1. Bir xil sifat tarkib.

2. Bir xil miqdoriy tarkib.

3. O`xshash kimyoviy tuzilish.

4. Har xil fizikaviy xossa.

5. O`xshash kimyoviy xossalar.

Organik kimyoda umumlashmalar

Organik kimyodan olingan bilimlarni umumlashtirish mavzusi maktab

kursining yakunlovchi mavzusi bo`lib hisoblanadi. Bilimlarni umumlashtirish

albatta olgan bilimlarni rivojlantirish shaklida amalga oshiriladi.

Umumlashtirishda A.M.Butlerov nazariyasining ikki holati amalga oshadi.

1. Atom va molekulalar aniq ketma - ketlikda, o`zlarining valentliklariga mos

birikkan.

2. Moddalarning xossalari birikish ketma - ketligi va atomlarning o`zaro ta`siriga

bogliq.

Bu holatlar yakunlovchi umumlashmada quyidagi holatlarda o`z yechimini

topadi.

1. Atom va molekulalar real mavjud bo`lib, ular tarkibsiz emas aniq va ketma -

ketlikda tartib bilan joylashgan.

2. Atomlarning birikishi ular valentligiga mos holatda amalga oshadi.

3. Organik birikmalarda uglerod to`rt valentli, uning atomlari bir - biri bilan

normal, tarmoqlangan va yopiq zanjir hosil qilib birikadi.

4. Moddaning xossalari sifat, miqdori, tarkibi va molekulalarning tuzilishiga

bog`liq.

5. Molekulalarning kimyoviy tuzilishi, moddalarning tuzilish formulalari orqali

ifodalanadi. Har bir modda bitta tuzilish formulasiga ega.

85

6. Molekulaning kimyoviy tuzilishini o`rganib boradi. Uni kimyoviy xossalarini

o`rganish orqali, bir turdan boshqasiga o`tish hamda sintez mahsulotlari orqali

aniqlanadi.

7. Bir xil tarkibli moddalar izomeriyalarining tuzilish formulasi har xil bo`ladi.

8. Atomlar o`zaro yaqinlashib, elektronlar buluti zichligi orqali molekula hosil

qiladi.

9. Yangi molekulada atomlar turlicha xossalar namoyon qiladi.

10. Molekula turg`un bo`lmasligi mumkin ularda ichki harakat mavjud.

Organik kimyo kursining nazariy asosini moddalar tuzilishining hozirgi nazariyasi

tashkil etadi.

Nazorat savollari

1. Organik kimyoning paydo bo’lish tarixi haqida nimalarni bilasiz?

2. A.M.Butlerovning tuzilish nazariyasi haqida ma’lumot bering.

3. Izomeriya nima?

4. Quyidagi o’zgarishlarning kimyoviy reaksiyalarining tenglamalarini tuzing.

C - CH4 - CH3CI - C2H6 - C2H5CI

5. Fenoplastlar nima?

31-ma’ruza

Mavzu: Kimyoviy ihlab chiqarish.

Ma’ruza rejasi:

1. Maktabda kimyoviy ishlab chiqarishning ahamiyati

2. O’quvchilarni kimyoviy ishlab- chiqarishlar bilan tanishtirish

3. «Kimyo fanining xalq xo’jaligidagi ahamiyati» mavzusida o’rganilishi

O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Maktabda kimyoviy ishlab

chiqarishning ahamiyati, o’quvchilarni kimyoviy ishlab- chiqarishlar bilan

tanishtirish, «Kimyo fanining xalq xo’jaligidagi ahamiyati» mavzusida

o’rganilishi.

Maktabda kimyoviy ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini o’rganish-

o’quvchilarga politexnik tayyorgarlik berish vazifasini hal qilish uchun eng

mugim vositalardan biridir. Kimyo ishlab chiqarishni o’rganish nazariyasi bilan

amaliyotni bog’laydi, bilimlarni konkretlashtiradi, chuqurlashtiradi va puxtalaydi,

yoshlarimizni maktabni tugatgandan keyin erkin ravishda kasb tanlab olishlariga

va mustaqil davlatimizning aktiv ishtiroklari bo’lib, erishishlariga yordam beradi.

Kimyo o’qituvchilari kimyo darslarida kimyoning amaliy turmushda

qo’llanilishiga e’tiborni jalb qiladilar, o’quvchilarni eng muhim kimyoviy ishlab

chiqarish bilan tanishtiradilar, mahalliy sanoatga ekskursiya o’tkazadilar,

texnologik sxemalar, jadvallar, modellar, diapozitivlar, kinofilmlar va boshqa

ko’rgazmali qo’llanmalardan foydalanadilar.

O’quvchilarni kimyoviy ishlab- chiqarishlar bilan tanishtirish jarayonida

o’qituvchi oldida bir qancha masalalar turadi: jumladan, kimyoviy ishlab

chiqarishni tanlash, kimyoviy ishlab-chiqarish to’g’risidagi beriladigan bilimlar

86

me’yori, kimyoviy ishlab chiqarishlar bilan tanishtirishning metodik prinsiplari,

ishlab chiqarishlarini o’rganish rejasi va boshqalar.

Umumiy o’rta ta’lim maktabi kimyo darslarida xalq xo’jaligi jihatdan

muhum ahamiyatga ega bo’lgan, o’quvchilar yaxshi tushunadigan va eng tipik,

kimyoviy nazariya hamda qonuniyatlarini amaliy hayotda qo’llanishini aks

ettiruvchi kimyoviy ishlab chiqarishlargina o’rganilishi lozim.

O’rta maktablarning quyidagi siniflarda ishlab chiqarish mavzulari alohida

o’rganib boriladi. Masalan: 8-sinfda suvni tozalash, ohak ishlab chiqarish, xlorid

kislotani sentiz usulda olish, sulfat kislotasi ishlab chiqarish , (kontakt usulda ) .

9-sinfda ammiak va nitrat kislota ishlab chiqarish, azotli o’g’itlar ishlab

chiqarish, superfosfat ishlab chiqarish .

10-sinfda alyuminiy ishlab chiqarish, chuyan va po’lat ishlab chiqarish,

neftni qayta ishlash, toshko’mirni koksga aylantirish va boshqalar .

11-sinfda organik moddalarni sentiz qilib olish va boshqalar .

Maktab atrofida joylashgan mahalliy ishlab chiqarishlardan o’quv dasturida

nazarda tutilgan talablar me’yoridagina o’quv maqsadlari uchun foydalaniladi.

Eng muhum ishlab chiqarishlar misolida o’quvchilar hozirgi zamon

kimyoviy ishlab chiqarishlari uchun umumiy, tipik bo’lgan ilmiy prinsiplar va

ishlab chiqarish asboblari bilan tanishadilar.

Hozigi zamon kimyoviy ishlab chiqarishlarining umumiy o’rta ta’lim

maktablarida o’rganilishi lozim bo’lgan umumiy ilmiy prinsiplarga quydagilar

kiradi.

1. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning sifatini oshirish .

2. Issiq, almashinish.

3. Qarshi oqim;

4. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning sirkulyasiyasi;

5. Kimyoviy reaksiya tezligini va yunalishini o’zgartirish (katalizator,

optimal temperatura, bosim va konsentrasiyadan foydalanish).

Kimyoviy ishlab chiqarishlarni ratsional uyushtirish prinsiplariga

quydagilar kiradi:

1. Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi va fazalarga bo’linishi:

2. Mexanizasiya va avtomatizasiya.

3. Elektrdan foydalanish;

4. Ishlab chiqarishni kombinirlash;

5. Mehnatni muhofaza qilish;

6. Ishchilarning mehnat unumdorligini oshirish metodlari;

O’rta maktab kimyo kursiga kiritilgan ishlab chiqarish materiali kimyo

nazariy asoslarining normal o’zlashtirilishi jarayoniga xalaqit bermasdan,

aksincha, bunga yordam berishi kerak.

Ishlab chqarishning ilmiy prinsiplari bilan o’quvchilarni asta-sekin va

ma’lum tartibda tanishtirish zarur.

O’qituvchi kimyoviy ishlab- chiqarish texnologiyasini yetarli darajada to’liq

va ravshan bilmasa, o’quvchilarga beriladigan politexnik tayyorgarlik, albatta,

abstrakt, yuzaki bo’lib qoladi.

87

Kimyoviy ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli chiqishi uchun o’qituvchi bilan

birgalikda o’quvchi ham tayyorgalik ko’rishi kerak.

Bularninig hammasi ishlab chiqarishning o’rganish rejasi asosida olib

boriladi.

Mustaqil taraqqiyot yo’lini bosib o’tayotgan mamlakatimizning kelajak

vorislari- yosh avlodning bilim darajasini oshirishda umumiy o’rta ta’lim

maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litsiylarda o’tiladigan fanlar

qatorida kimyo fanining ham munosib o’rni bor albatta. Kimyoviy bilimlar berish

jarayonida o’quv dasturlarida ko’rsatilgan mavzularni turmush bilan bog’lab

o’rganish, mahalliy materiallardan kengroq foydalanish, O’zbekiston zaminida

mavjud bo’lgan elementlarva ularning birikmalari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan

boyitgan holda bayon etish- yosh avlodni milliy mafkura talablariga mos tarzda

vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun samarali xizmat qiladi. Bu vazifalarni

amalga oshirishda, bizning fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti

I.A.Karimovning «O’zbekiston buyuk kelajak sari» nomli kitobida yoritilgan

ma’lumotlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Kimyo darslarida O’zbekiston

zamini ega bo’lgan tabiiy boyliklar to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalanishga

oid misollar keltiramiz.

«Kimyo fanining xalq xo’jaligidagi ahamiyati» mavzusida quyidagi

ma’lumotlardan foydalanish lozim bo’ladi: “O’zbekiston o’z yer osti boyliklari

bilan haqli suratda faxrlanadi. Bu hududda Mendeleev davriy sistemasidagi

deyarli barcha elementlar uchraydi. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali

qazilma konlari va ma’dan suvlari bor bo’lgan” istiqbolli joylar aniqlangan.

Ular yuzga yaqin mineral xom-ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Shundan

oltmishdan ortig’I ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib

topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zahiralari 970 milliard AQSH dollarini

tashkil etadi. Bu xom ashyolarni qayta ishlab xalq xo’jaligi uchun zarur

mahsulotlor tayyorlashda kimyo fani va sanoatining katta hissasi borligi

ta’kiqlanadi.

Metallarning umumiy tavsifiga oid ma’lumotlar berilganda, metallarning

tabiatda tarqalishi mavzusi asosida quyidagi materiallardan foydalanish mumkin.

O’zbekiston dunyodagi juda katta oltin, kumush va boshqa qimmatbaho

hamda yer bag’rida kam uchraydigan metallar zahiralariga ega bo’lgan davlatlar

qatoriga kiradi. Hozirgi vaqtda 40 ta qimmatbaho metall konlari mavjud.

Oltinning asosiy zahiralari oltin konlarining o’zida- Markaziy Qizilqumda

joylashgan bo’lib, tasdiqlangan zahiralar bo’yicha Respublikamizni dunyoda

to’rtinchi o’ringa olib chiqadi. Oltinni tozalash uchun O’zbekiston- Amerika

qo’shma korxonasi tashkil etilgan va unda sof metall olish jarayonining

zamonaviy texnologiyasi joriy etildi.

O’quvchilar diqqatini O’zbekiston rangli metallar –mis, qo’rg’oshin, rux,

volfram va shu guruhga kiruvchi boshqa metallarning 15 dan ortiq turi mavjud

ekanligi va ularning qazib olinishi katta ahamiyatga ega. Bu rangli metallar

rudalarining zahiralari asosan Olmaliq ruda maydonida joylashganligini Qalmiqqir

koni noyob konlardan bo’lib, bu konning rudasini O’zbekistondagi eng yirik

korxonalardan biri bo’lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qayta sof

metallar olinayotganligini ko’rsatib o’tish lozim.

88

Ishqoriy metallarning tabiatda uchrashi o’rganilayotganda respublikamiz

tosh tuzi konlariga boyligi, aniqlangan 5 ta tosh tuzi koni –Xo’jaikon, Tubakat,

Borsakelmas, Boybichakon va Oqalla konlarida taxminan 90 milliard tonna

xomashyo borligi, hozirgi vaqtda Borsakelmas konining tuzlaridan kimyoviy

usulda soda ishlab chiqaradigan korxona Qo’ng’irotda qurilayotganligi

to’g’risidagi ma’lumotlar o’quvchilarga yetkaziladi.

Barpo etilayotgan soda ishlab chiqarish korxonasida tabiiy osh tuzining

konsentrlangan eritmasi sovitib turgan holda ammiak bilan to’yintiriladi, so’ngra

bu aralashma orqali bosim ostida karbonat angidrid o’tkaziladi. Bunda, ammiak,

karbonat angidrid va suvning o’zaro ta’sirlashuvidan ammoniy gidrokarbonat

hosil bo’ladi:

NH3 +CO2 +H2O = NH4HCO3

Ammoniy gidrokarbonat osh tuzi bilan almashinish reaksiyasiga kirishib,

natriy gidrokarbonat va ammoniy xlorid hosil qiladi:

NH4HCO3 + NaCI = NaHCO3 + NH4CI

Reaksiyaning borishiga sovuq suvda qiyin eruvchan natriy

gidrokarbonatning hosil bo’lishi va cho’kmaga tushishi imkon beradi, uni filtrlab

ajratib olish mumkin. Ajratib olingan natriy gidrokarbonat angidridga

parchalanadi:

2NaHCO3 = Na2CO3 +CO2 +H2O

Ajralib chiqayotgan CO2 ni ishlab chiqarishda yana foydalaniladi.

Ammoniy xlorid bor bo’lgan eritmani Ca(OH)2 qo’shib qizdirilsa, ammiak hosil

bo’ladi va uni ishlab chiqarishda qo’llash mumkin.

2NH4CI + Ca(OH)2 = 2NH3 + CaCI2 + 2H2O

Ammiakli usul (Solve usuli) da olingan soda tarkibida kristallizasiya suvi

bo’lmaydi. Soda ishlab chiqarish uchun kerak bo’ladigan ammiak va karbonat

angidridni Respublikamiz korxonalarida ishlab chiqariladi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar, o’quvchilarni O’zbekistonning ulkan

mineral xom ashyo zahiralaridan unumli foydalanish va mamlakatimizni

dunyodagi eng boy mamlakatlar qatoriga olib chiqadi, degan xulosa chiqarishga

asos bo’ladi.

Nazorat savollari:

1. Bu mavzuni turli sinflarda o’tkazilishining ahamiyati nimalardan iborat?

2. Kimyoviy ishlab chiqarishlarining umumiy o’rta ta’lim maktablarida

o’rganilishi lozim bo’lgan umumiy ilmiy prinsiplarga qaysilar kiradi?

3. Nitrat kislota, azotli o’g’itlar va superfosfat ishlab chiqarish mavzusining

ahamiyatini ayting.

4. Bu mavzu bo’yicha reja konspekt yozing.

32-ma’ruza

89

Mavzu: Qishloq xo’jaligini kimyolashtirish asoslari haqidagi

tushunchalarni o’rganish.

Ma’ruza rejasi:

1. Qishloq xo’jaligini kimyolashtirish asoslari haqidagi tushunchalarni

o’rganishning ahamiyati

2. Kimyo o’quv kursida qishloq xo’jaligini kimyolashtirish asoslarini

o’zlashtirilishi

3. Kimyo kursida ammiakli selitra va superfosfat ishlab chiqarish

mavzularining ahamiyati.

O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Qishloq xo’jaligini kimyolashtirish

asoslari haqidagi tushunchalarni o’rganish, tuproqning kimyoviy tarkibi,

fotosintez, mineral o’g’itlar, ularning tarkibi, ahamiyati va ularni ishlab

chiqarishning kimyoyiv mohiyati.

Ta’lim to’g’risidagi qarorlar mamlakatimiz qishloq xo’jaligini rivojlantirish

munosabati bilan kimyo kursida dars berish jarayonida kimyo o’qituvchisi oldida

muhim vazifalar turadi:

a). o’quvchilarni kimyoning qishloq xo’jaligimizda tutgan roli bilan

tanishtirish- ishlab chiqarishning kimyolashtirishning ilmiy asoslarini ochish;

b). o’quvchilarni bu ishlab chiqarishda zarur bo’ladigan bir qator masalalar

bilan qurollantirish;

v). o’quvchilarni qishloq xo’jaligi mehnatiga muhabbat qo’yadigan qilib

tarbiyalash kerak;

Qishloq xo’jaligini kimyolashtirish tuproq, ekin hayvonlarga- qishloq

xo’jaligi ekinlarining zararkunandalariga, yovvoyi o’tlar va boshqalarga kimyoviy

ta’sir ko’rsatish yo’li bilan ekinlar hosilini oshirish va qishloq xo’jaligi

hayvonlari mahsuldorligini oshirishga qaratilgan bir butun kompleks tadbirlarni

o’z ichiga oladi:

O’quvchilar qishloq xo’jaligini kimyolashtirish masalalarining hammasi

bilan emas, balki faqat kimyo o’quv kursiga kiritilgan o’quv dasturidan tashqariga

chiqmaydigan va o’quvchilar uchun qiyinlik qilmaydigan masalalar bilan

tanishtiriladi, chunki umumiy o’rta ta’lim maktabining asosiy vazifasi kimyo

asoslarining o’zlashtirilishini ta’minlashdan iboratdir.

Kimyo o’quv kursida qishloq xo’jaligini kimyolashtirish asoslariga

quyidagilar kiradi:

1. Tuproqning kimyoviy tarkibi, tuproqqa ohak va gips solish jarayonlari

va kimyoviy mohiyatlari;

2. Kimyoviy elementlar: azot, fosfor, kaliy, kislorod va vodorodning

o’simliklar rivojlanishiga ta’siri.

3. Qishloq xo’jalik ekinlari uchun kerak bo’ladigan kimyoviy elementlarni

tabiatda eng ko’p tarqalgan eng muhim birikmalari.

4. Qishloq xo’jalik ekinlari uchun kerak bo’lgan kislorod, azot, uglerod va

boshqa elementlarning tabiatda aylanishida o’simlik va hayvonlarning roli.

5. Fotosintez, uning ahamiyati va mohiyati, uglevodlar, yog’lar va oqsillar

sintezida o’simlik va hayvonlarning roli.

6. Mineral o’g’itlar (ularning tarkibi, ahamiyati va ularni ishlab

chiqarishning kimyoviy mohiyati).

90

7. Qishloq xo’jalik ekinlarida bo’ladigan kasalliklar va zararkunandalarga

qarshi kurashishning eng muhim kimyoviy vositalari (ularning tarkibi, xossalari va

organizmga ko’rsatadigan ta’siri)

8. Qishloq xo’jalik ekinlarining o’sishi va rivojlanishini tartibga soladigan

kimyoviy vositalar.

9. O’simliklarda bo’ladigan kasalliklar va zararkunandalarga qarshi

kurashishning kimyoviy usullari: urug’larni dorilash, dudlash, tutun bilan qoplash

va kimyoviy o’toq.

10. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash: shakar, kraxmal, gidroliz

spirt, sovun ishlab chiqarish, sellyuloza, yog’lar, oqsillar va boshqalar qishloq

xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashning mohiyati

Kimyo o’qituvchisi o’quv materialini qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi

masalalari bilan sistemali ravishda bog’lab boradi – bu ishlab chiqarishning ilmiy

asoslarini o’quvchilar oldida asta- sekin ocha boradi.

O’quvchilarni qishloq xo’jaligini kimyolashtirish asoslari bilan umumiy

sistema asosida tushuntirib boriladi.

O’quvchilar tuproqning kimyoviy asoslari bilan asosan sinfdan tashqari

mashg’ulotlar jarayonida tanishadilar.

Darslik o’quvchilarni amaliy hayotdan ajratib qo’ymasligi kerak: u

o’quvchilarni qishloq xo’jaligida keng qo’llaniladigan eng muhim moddalar bilan,

shuningdek, jahonda eng mexanizasiyalashgan bizni qishloq xo’jalik ishlab

chiqarishimizni yanada rivojlantirish uchun yangidan-yangi, keng perespektivalar

ochib beradigan moddalar bilan tanishtirish zarur.

O’quvchilar dasturda nazarda tutilgan mineral o’g’itlar bilan birin- ketin

tanishib chiqadilar.

Kimyo kursida ammiakli selitra ishlab chiqarish hamda superfosfat ishlab

chiqarish mavzulari alohida o’tiladi.

Anorganik kimyo kursida «Fosfor va uning birikmalari», «Fosforli

o’g’itlar» kabi mazkur asarda ko’rsatilgan fosfarit xom ashyosi to’g’risadagi

ma’lumotlardan foydalanish mumkin.Chunonchi Respublikamizning fosfaritlarga

boy ekanligi, mamlakatimizda zahiralari 300 million tonnaga yaqin bo’lgan

fosforit konlari borligini ko’rsatib o’tish kerak. Qizilqumda fosfarit kombinati

qurilib, mahsulot berayotganligi, va eng muhim fosforli o’g’itlar- ammofos va

ammoniylashtirilgan superfosfat ishlab chiqaradigan juda katta korxonalar

(Olmaliq mineral o’g’itlar kombinati, Samarqand kimyo zavodi) mavjudligini

ta’kidlab o’tish lozim.Bu kimyo korxonalarida boyitilgan fosforit mamlakatimizda

(Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Samarqand kimyo zavodi, Qo’qon

superfosfat zavodi) ishlab chiqariladigan sulfat kislota bilan qayta ishlanadi va

undan ekstraksion usul yordamida fosfat kislota olinadi:

Ca3(PO4)2 + 3H2SO4 = 2H3PO4 + 3CaSO4

Hosil bo’lgan fosfat kislota CaSO4 cho’kasidan ajratilib, ammiak eritmasi

(ammiak Chirchiq shahridagi «Elektrokimyosanoati», Navoiy shahridagi

«Navoiyazot» va Farg’ona shahridagi «Azot» ishlab chiqarish birlashmalarida

sintez qilinadi) bilan ishlanib undan ammofos og’iti olinadi.

91

H3PO4 + NH4OH = NH4H2PO4 + H2O

NH4H2PO4 + NH4OH = (NH4)2HPO4 + H2O

Ushbu o’g’itjar (NH4H2PO4 – ammofos, (NH4)2HPO4 – diammofos)

tarkibida o’simliklarning o’sishi va rivoshlanishi uchun zarur bo’lgan

elementlardan azot (12-21%) va (53-58% P2O5 holida) bo’lib, ularning keng

ko’lamda qo’llanilishi evaziga dehqonchilikda katta muvaffaqiyatlarga erishiladi.

Kimyo o’qituvchisining yaxshi rahbarligida qishloq xo’jaligiga oid

mavzularda o’tkaziladigan mashg’ulotlar o’quvchilarga politexnik tayyorgarlik

berish vazifasini hal qilish va ularning kelajakda o’zlari uchun kasb tanlab

olishlariga imkon beradi.

Nazorat savollari:

1. Ishlab chiqarishni tanlashda qanday prinsiplar ishlatiladi?

2. O’rta maktab kimyo kursida qishloq xo’jaligini kimyolashtirishning

asosiy masalalari nimalardan iborat?

3. Respublikamizning fosfaritlarga boyligini qanday izohlaysiz?

4. Ammiakli selitra hamda superfosfat ishlab chiqarishning reaksiya

tenglamalarini yozing.

33-34-ma’ruza

Mavzu: Anorganik birikmalarning asosiy sinflari haqidagi tushunchalarni

shakllantirish.

Ma’ruza rejasi:

1. Anorganik birikmalarning asosiy sinflari haqida tushuncha

2. Oksidlar, asosli, kislotali, amfoter oksidlar haqida tushuncha berish

3. Kislotalar, kislorodli va kislorodsiz kislotalar

4. Asoslar va ularning turlari

5. Tuzlar haqida tushuncha

O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Oksidlar, asosli, kislotali, amfoter

oksidlar, kislotalar, kislorodli va kislorodsiz kislotalar, asoslar, ishqorlar, suvda

eriydigan, kam eriydigan asoslar, tuzlar, nordon, normal, qo’sg, asosli tuzlar

Anorganik birikmalarning eng muhim sinflariga doir bilimlar bilan

o’qituvchi kislorod, oksidlar yonish kimyoviy reaksiyalar, vodorod, kislotalar,

tuzlar, suv, eritmalar, asoslar mavzularini o’rganish jarayonida dastlab

tanishadilar. Ayniqsa o’quvchilar anorganik birikmalarning eng muhim sinflariga

doir bilimlarni umumlashtirish mavzusida oksidlar, kislotalar, asoslar, tuzlar kabi

tushunchalar mohiyatini ularning asosiy farq qiluvchi belgilari orqali

umumlashtiruvchi mavzularda aniq yorqin shakllana boradi. Avvalo

tushunchalarning mohiyati shu bilan birikmalar tarkibini aniq belgilab olish,

tushinish orqali amalga oshadi.

92

Kimyoviy tushunchalarni hosil qilish jarayoni o’quvchilarning jonli

mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga izchillik bilan

o’tishlaridan iborat deb qaraladi.

Tushunchalar mohiyati oldin o’rganilgan bilimlar; tayanch tushunchalar

mohiyati yangi mavzuni o’rganish jarayonida oldin egallangan bilimlarni yangi

sharoitda amaliyotda tadbiq etish katta samara beradi. O’quvchi tushunchalar

mohiyatini yoki qoidasini yod olish bilan chegaralanib qolsa-yu, nima sababdan

oksid kislota, asos, tuz deb aytamiz degan savolga javob berolmasa demak bu

tushunchalar mohiyatining shakllanishi talabga javob bermaydi. Tushunchalarning

mohiyatini bir-biridan farqlash uchun ular orasidagi o’zaro bog’liqlik va farq

qilish tomonlari mohiyatini o’zlashtirib olish zarur. Anorganik birikmalarning

sinflari orasidagi farqni ajratib olish uchun ularning bir-biri bilan ta`siriga yoki

kimyoviy xossalariga katta ahamiyat berishni amalga oshirish kerak.

Tushunchalar orasidagi aloqalarni anglab yetish, farqlarini ajrata bilish

tushunchalar tizimining shakllanishiga olib keladi. O’rganilgan, mohiyati

anglangan tushunchalar asosida anorganik birikmalarning ma`lum sinflari

sxemasini tuzish tushunchalarning shakllanishini yanada tartibga soladi.

Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari haqidagi olti turda namoyon

bo’ladi. Ikkita oddiy moddalar sinfi, to’rtta murakkab moddalar sinfi.

1. Kimyoviy elementlar yoki oddiy moddalar; a) metallar, b) metallmaslar;

2. Murakkab moddalar; a) oksidlar; b) kislotalar; v) asoslar; g) tuzlar

Kimyoviy o’zaro bog’liqlik asosida quyidagi sxemani tuzish mumkin:

Tp

Kimyoviy elementlar

Oddiy elementlar

Metallar Metallmaslar

Tuzlar

Metallar

oksidlari (asosli

oksidlar)

Metallmaslar

oksidlari (kislotali

oksidlar)

93

Bu sxemada oddiy moddalar, oksid, kislota, asos, tuzlar o’zaro bog’liqligi

o’z aksini topgan. Raqamlar orqali esa moddalarning bir birlari bilan o’zaro ta`siri

natijasida hosil qilish mumkinligi o’z ifodasini topgan.

Ana shu umumlashtirish orqali o’quvchilarda anorganik birikmalarning eng

muhim sinflari haqidagi tushunchalar yaqqol ifodalanib shakllanadi. Anorganik

birikmalarning eng muhim sinflariga doir tushunchalarni umumlashtirish ikki

holatda namoyon bo’ladi;

Avvalo har bir tushunchaning hosil bo’lishi, so’ngra esa tushunchalar

tizimining shakllanishi natijasida tarkib topadi.

Anorganik birikmalarning eng muhim sinflariga oid bilimlarni ularning bir-

biridan ajratib o’rganib bo’lmaydi. Bir sinf haqidagi tushunchalar shakllanishi

jarayonida ikkinchi sinf haqidagi tushunchalar ham shakllana boradi. Natijada

tushunchalar tizimi hosil bo’ladi. Shu sababli o’quvchi har bir tushuncha

haqidagi bilimlar yig’indisidan umumiy, shu sinf haqidagi tushunchalar tizimi

haqida yakuniy xulosalar chiqaradi. Natijada o’quvchida jonli kuzatishdan

abstrakt fikrlash, tafakkur orqali tushunchalar haqida umumlashmalar shakllanadi.

Oksidlar. O’quvchilar oksidlar haqidagi dastlabki ma`lumotlarni

darslikning 7-sinfida oladilar.

Keyin oksidlar haqidagi tushunchalar kislorodning kimyoviy xossalarini

o’rganish jarayonida uchraydi. Oksidlar tushunchasining mohiyatini o’quvchilar

kislorodning olinishi va xossalari mavzusini o’rganish darsida tushunadilar.

O’quvchi oksidlarning tarkibi haqida ma`lumotni kislorodning

laboratoriyada olinishi haqidagi ma`lumotlar bilan birga egallaydi.

1. Toza suvni o’zgarmas elektr toki yordamida parchalaganda vodorod va

kislorod hosil bo’lishi;

2. Simob oksidini qizdirishda simob va kislorod hosil bo’lishini o’rganib

shunday xulosaga kelinadiki, oksidlar ikki elementdan tashkil topganligi, yoki

uglerodning kislorod bilan birikishi, oltingugurtning kislorod bilan birikishi;

fosforning kislorod bilan birikishi natijalarida oksidlar hosil bo’lishini anglab

yetadilar.

Natijada shunday xulosaga kelinadiki:

Biri kislorod bo’lgan ikki element atomidan tashkil topgan murakkab moddalar

oksidlar deyiladi.

Asoslar

Kislotalar

94

O’quvchiga oksidlanish haqida tushuncha berilganda albatta moddalar faqat

kislorod ta`sirida oksidlanadi deb xulosa chiqarmaslikni eslatish kerak.

O’quvchilar diqqatini darslikdan mazmun mohiyatiga alohida e`tibor berishga

qaratiladi.

1. Yonish jarayonida moddalar issiqlik va yorug’lik chiqarib oksidlanadilar.

Oqibatda turli moddalarning oksidlari hosil bo’ladi.

2. Oksidlanish jarayonida oksidlanadigan modda va oksidlovchi modda

ishtirok etadi. Kuzatilgan tajribalarda uglerod, oltingugurt, fosfor va temir

oksidlanadigan moddalar kislorod esa oksidlovchi hisoblanadi.

Bu o’rinda “Oksidlanish” tushunchasi haqida o’quvchiga dastlabki

ma`lumot beriladi. Natijada o’quvchi oksidlanadigan moddalar qanday modda

yoki element, oksidlovchi bu o’rinda faqat kislorod ekanligini anglab yetadilar.

Biz bu o’rinda tushunchalar turlari mohiyatini anglab olishga e`tiborni

qaratmog’imiz o’rinli. Oddiy modda degan tushunchaning mohiyatini ma`lum bir

aniq shaklda quyidagicha ifodalashga o’quvchining diqqati qaratiladi, yani,

Bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi.

Oksidlar esa- murakkab modda tushunchasini ifodalaydi. Chunki unda

oddiy moddanikidek bir xil element atomi emas, har xil element atomidan tashkil

topgan. Shu sababli ular kimyoviy birikmalaridir. Tushunchaning aniq mohiyatini

aniqlash uchun uning qandaydir belgilarini izlash, unga tayanish muhim. Bunday

belgi uning tarkibi tuzilishi asosidagi xossalari bo’lib qolishiga alohida e`tibor

berib, tushunchaning mohiyat mazmunini ochib beradi. Biz har xil rangdagi, har

xir agregat holatdagi oksidlar namunalarini tarqatma material o’quvchilarga

darsda tarqatib kuzatishni taklif etamiz.

M: Mis(II)- oksidi; magniy oksidi, temir (III)- oksidi, kremniy (IV)-oksidi,

azot (IV)- oksidi, vodorod oksidi (suv). Shu oksidlarning fizik xossalari haqidagi

ma`lumotlarni jadval tarzida beriladi.

Tarkibi (formulasi) va nomi Agregat

holati

Suyuqlanish

temperaturasi

rangi

CuO- Mis(II)- oksidi Qattiq 8000 Cdan yuqori qora

Fe2O3 -Temir (III)- oksidi Qattiq 15650C da

parchalanadi

qo’ng’ir

MgO - Magniy oksidi Qattiq 28000C Oq

SiO2 -Kremniy oksidi Qattiq 16800C Rangsiz

H2O- Vodorod oksidi Suyuq 00C Rangsiz

CO2- Uglerod (IV)- oksid Gaz -56,60 C Rangsiz

Oksidlar formulasidan shu narsa ma’lum bo’ladiki, ularning hammasining

tarkibida kislorod va yana boshqa elementlar mavjud. Boshqa element metall yoki

nometall bo’lishi mumkin. Demak oksidlar ikki elementdan tashkil topgan

moddalar binar birikmalar. Oksidlarning tarkib (formulasi) asosida ularni ikki

guruhga ajratamiz: Metallar oksidlar, nometallar oksidlari. Suhbat va

tushuntirishlar natijasida o’quvchilar bilan shunday xulosaga kelinadi:

95

Metallar oksidlari tarkibida metall elementining borligi uning asosiy

belgisidir. Nometallar oksidlarining asosiy belgisi esa uning tarkibida nometall

elementlar mavjudligi bo’lib hisoblanadi.

Ana shunday asosiy belgilarni ajratib o’quvchilar o’quv faoliyati jarayonida

tafakkur kuchi orqali xulosa umumlashmalar chiqarish, xossalarni ma`lum bir

tartib asosida sinflash guruhlashga o’rganadilar. Bu holat ta`lim jarayonida

o’quvchida tushunchalarni shakllantirish bilan birga tayanch belgilar asosida

umumlashmalar, chiqarishni ta`minlaydi.

Kislotalar. O’quvchilar vodorodning fizik va kimyoviy xossalari,

ishlatilishi mavzusida kislotalar haqida ma`lumot oladilar. Kislotalarning tarkibi

va nomlanishi mavzusini o’rganish jarayonida kislotalarning ayniqsa sulfat

kislotaning magniy metali bilan, xlorid kislotaning alyuminiy metali bilan

reaksiyaga kirishib vodorod ajralib chiqishini amaliy mashg’ulotda ko’rib, ishonch

hosil qiladilar, natijada o’quvchi darslikdagi qoidalarning kelib chiqishiga ichki

ishonch-umumlashma xulosa keltirib chiqaradilar. Metallarning atomlariga o’z o’rnini bera oladigan vodorod atomlari bilan kislota

qoldiqlaridan tarkib topgan murakkab moddalar kislotalar deyiladi.

O’quvchilarda

1. Kimyoviy reaksiya vaqtida kislota qoldig’i saqlanib qolishi, faqat bir modda

molekulasidan ikkinchi modda molekulasiga tarkibiga o’tishi:

2. Kislota qoldig’i valentligi molekulada ular necha atom vodorod bilan

birikkanligiga qarab aniqlanishi kabi nazariy tushuncha shakllanadi. Bu o’rinda

rus olimi N.N.Beketovning metallarning kislotalar molekulasidan vodorodni va

birikmalardan bir-birini siqib chiqarish qatorini tuzganligi va uning mohiyatiga

katta e`tibor qaratish lozimligi diqqat markazda bo’lmog’i kerak. Anorganik

birikmalar orasidagi genetik bog’lanish hodisasini kislotalarni o’rganish

jarayonida ham tadbiq etish imkoni tug’iladi. Biz yuqorida nometallarning

oksidlari haqida fikr yuritgan edik. Demak kislotalar nometallarning oksidlariga

(kislorodli kislotalar) suv ta`sir etishi natijasida hosil bo’lishi tushunchasi

shakllanadi. Bu o’rinda asosiy genetik skeletda nometall element borligi alohida

urg’u bilan ifodalanadi. Tuzlar haqidagi dastlabki tushunchalarni o’quvchilar

kislotalarning metallar bilan o’zaro birikishini o’rganish jarayonida oladilar.

O’quvchilar metallar bilan kislotalar va metallarning oksidlari bilan kislotalar

orasida sodir bo’ladigan kimyoviy reaksiyalarda tuzlar hosil bo’lishini bilib

oladilar.

O’quvchilarda shunday tushuncha shakllanadiki: Tuzlar – metallarning atomlari bilan kislota qoldiqlaridan hosil bo’lgan

murakkab moddalardir.

Tuzlar haqidagi bilimlar, tushunchalar o’quvchida tuzlarning nomi –

metall bilan kislota qoldig’i nomidan kelib chiqishi, tuzlarning formulalarni

tuzishda valentlik tushunchasiga katta e`tibor berilishi uqtiriladi. Shu bilan birga

1) tuzning tarkibi yonma-yon yozilish, 2) metall va kislota qoldig’i formulasi

ustiga ular valentligini yozish, 3) metall bilan kislota qoldig’ining valentligini

ifodalovchi sonlarning eng kichik umumiy ko’paytmasini topish, 4) eng kichik

umumiy ko’paytma metallning valentligini ko’rsatuvchi songa bo’linib olingan

96

hosila indeks tarzida qo’yilishi kabi tushunchalar misollar yordamida ilgari

olingan tayanch bilimlar tadbiq etilgan holda shakllantiriladi.

Tuzlar tarkibida metall, nometall elementlarning mavjudligi birikmalarning

genetik uzviyligini ko’rsatadi.

Asoslar. Metall oksidlarining suvga munosabatini tushunish natijasida

o’quvchida ayrim oksidlar M: Mis oksidi, temir (III)- oksidi suvda erimasligi,

ayrim oksidlar M: natriy oksidi suv bilan birikib gidroksid hosil qilishi bilimi

shakllanadi. U asosda o’quvchining gidroksidlar bilan tanishuvi boshlanadi.

O’quvchi suvning kimyoviy xossalarini o’rganish jarayonida natriy

metalining suv bilan o’zaro ta`siri, yoki sundirilmagan ohakning suv bilan

reaksiyaga kirishib asoslar hosil qilishini o’rganib oladi.

Asoslar metallar bilan gidroksil gruppalardan tashkil topganligi negizida

quyidagi ta`rif mohiyati ochib beriladi. Tarkibida bitta yoki bir necha gidroksil gruppalar bilan birikkan metallarning

atomlari kiradigan murakkab moddalar asoslar deyiladi.

Bu mavzularni o’rganish orqali oksid, kislota, tuz, asos orasida mohiyati

belgilar borligi, ularning uzviy bir-biri bilan genetik bog’liqligi kabi umumiy

tushunchalar o’quvchida shakllanadi.

- Tipik va amaliy jihatidan ahamiyatli moddalar misolida bir xil sinf birikmalari

o’zaro tarkibi, xossalari jihatdan tavsifi beriladi.

- Xalq xo’jaligida eng ko’p ishlatiladigan birikmalarning olinish usullari va

ishlatilishi haqida bilimlar shakllanadi.

- O’quvchida shu birikmalar bilan muomala qilish ular bilan tanishish kabi amaliy

malaka hosil bo’ladi.

- O’quvchi kimyoviy nomenklatura, terminlar, simvolikaning farqlarini

anglaydilar.

Xossalarni chogishtirish bilimlarni umumlashtirish va tartibga solish orqali

birikmalar sinflari haqida tushunchalar shakllanadi.

- Moddalarni ma`lum guruhlarga kiritib o’rganish mumkin ekan degan xulosaga

olib kelinadi.

Davriy qonunni o’rganishga zamin tayyorlaydi.

- O’quvchilar anorganik birikmalar orasida genetik aloqalar borligi kabi

tushunchaga ega bo’ladilar.

Nazorat savollari:

1. Maktablarda, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida " Anorganik

birikmalarning asosiy sinflari haqida tushuncha " mavzusi mohiyatini

uslubiy tahlilini qiling.

2. Bu mavzuni o’rganish uchun nimani qaytarish zarur.

3. Bu mavzu bo’yicha tematik reja tuzing.

4. Bu mavzu bo’yicha reja konspekt yozing.

5. Bu mavzuda bilimni tekshirishning qaysi nazorat turini taklif qilasiz?

35-ma’ruza

97

Mavzu: Galogenlar mavzusini o’rganishda atom tuzilishi haqidagi

bilimlarni qo’llash va rivojlantirish.

Ma’ruza rejasi:

1. Galogenlarning maktab kimyo kursida o’qitilishining maqsad va

vazifalari.

2. Galogenlarning davriy sistemadagi o’rni.

3. Xlor, uning xossalari, tabiatda uchrashi va ishlatilishi

4. Galogenlarning oksidlovchilik xossalari.

O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Galogenlarning maktab kimyo

kursida o’qitilishining maqsad va vazifalari, galogenlarning davriy sistemadagi

o’rni, xlor, uning xossalari, tabiatda uchrashi va ishlatilishi, galogenlarning

oksidlovchilik xossalari, vodorod xlorid va unung xossalari

Ma`lumki, o’rta maktab noorganik kimyo kursining ilmiy asosini

D.I.Mendeleev elementlar davriy qonuni va atom tuzilish nazariyasi tashkil

qiladi. Shu sababli bundan keyingi mavzularni o’rganishda davriy qonun va

atom tuzilish nazariyasi haqidagi bilimlar tayanch qilib olinadi.

“Galogenlarning umumiy xarakteristikasi” mavzusida:

a). O’quvchilarga galogenlarning davriy sistemadagi o’rni, atomlarining

tuzilishi, energetik pog’onalarda elektronlarning joylashishi, ularning kuchli

oksidlovchi ekanligi hamda metallar bilan birikib tuz hosil qilishi haqida bilim

berish;

b). O’quvchilarda galogenlarning davriy sistema va atom tuzilish

nazariyasiga muvofiq xossalarini oldindan ayta olish malakalarini shakllantirish.

Galogenlar kimyoviy elementlar davriy sistemasining VII guruh asosiy

guruhchasini tashkil qiladi.

Galogenlar atomlarida elektronlarning taqsimlanishi:

Ftor: + 9 F 2e7e 1s2/2s22p5

Xlor: + 17CI 2e8e7e 1s2/2s2/2p6/3s23p53d0

Brom: + 35 Br 2e8e18e7e … 3d10/4s24p54d0

Yod: + 53 J 2e8e18e18e7e … 4d10/5s25p55d0

Galogenlarning tashqi elektron qobig’ida 7 ta elektron mavjud.

O’ziga yaqin inert gaz atom tuzilishi holatini olish uchun galogenlarda bitta

elektron yetishmaydi. Galogenlarni shu davrdagi metallar bilan solishtirsak,

bularning yadro zaryadi katta, atom radiusida bittadan juftlashmagan elektron

mavjud. Shu sababli bitta elektronni tez qabul qilib, o’zining tashqi elektron

qavatini sakkiztaga yetkazib oladi.

Galogenlar juda kuchli oksidlovchilardir. Ularning oksidlovchilik xossasi

atom radiusining kichiklashib borgani sayin kuchayib boradi. Galogenlar kislorod

bilan musbat zaryadli birikma hosil qiladi.

«Xlor, uning xossalari, tabiatda uchrashi va ishlatilishi» mavzusida:

a). Darsda o’quvchilarga barcha galogenlar ichida ahamiyatlisi, xlor haqida,

uning davriy sistemadagi o’rni, olinishi, xossalari, oddiy va murakkab moddalar

bilan birikishi, tabiatda uchrashi va ishlatilishi haqida ma`lumot berish, xlorning

kimyoviy xossalarini xarakterlovchi reaksiya tenglamalarini tuzishni o’rgatish;

98

b). Laboratoriya ishlarini bajarishda asbob-uskunalardan to’g’ri foydalanish,

xlor moddasi bilan tajribalar o’tkazishda ehtiyot choralarini qo’llash kabi

xislatlarni tarbiyalash.

Mavzuni tushuntirishda D.I.Mendeleev elementlar davriy sistemasidan,

ladoratoriyada xlorid kislotadan xlor olishda ishlatiladigan asbob-uskuna va

reaktivlardan, xlorning natriy, mis va temir bilan birikishida qo’llaniladigan

laboratoriya asboblari va reaktivlardan, xlorning moddalar bilan birikishi va

ishlatilishiga doir chizmalardan foydalaniladi. O’quvchilarni xlorning xossalarini

uning davriy sistemadagi o’rni, atomlarning tuzilishiga asoslanib, oldindan

aytishga

o’rgatiladi. Xlorning xossalari, uning birikmalarining xossalarini bashorat qila

bilish bundan keyingi elementlar va ularning xossalarini shu metod bilan

o’rganish, ya'ni didaktikadagi diduksiya metodidan induksiya metodi tomon

borish prinsipiga o’quvchilarni tayyorlashda ahamiyati katta.

Bu darsda quyidagi ma'lumotlar o’quvchilarga singdiriladi.

1. Xlor tabiatda xloridlar tarkibida uchraydi. Natriy xlorid, kaliy xlorid,

silvinit,

karnallit, magniy xlorid hamda yer qobig’ida 0,45 foiz miqdorda uchraydi.

2. Xlorning laboratoriyada olinishi namoyish qilinib ko’rsatiladi va kimyoviy

reaksiya tenglamasi yozib, tushuntiriladi;

OHCIMnCIOMnCIH t

222

414

3. Xlorning fizikaviy xossalari - oddiy sharoitda sariq yashil tusli, o’tkir hidli

zaharli, gazsimon modda, u havodan 2,5 hajm xlor eriydi. Xlor 0,6

atmosfera bosimida uy temperaturasida suyuqlikka aylanadi. U ballon yoki

sisternalarda tashiladi.

4. Xlorning kimyoviy xossalari (chizma yordamida, laboratoriyada namoyish

tajribalari o’tkazilib, tushuntiriladi), xlorning oddiy moddalar bilan

birikishi. Masalan, barcha metallar bilan birikib, tuz hosil qilishi.

CINaCINa 22 2

0

Bunda natriy metali qaytaruvchi - oksidlanadi, xlor esa oksidlovchi -

qaytariladi.

b). xlor vodorod bilan birikadi: CINaCIH 20

2

0

2

Xlor molekulasidagi kovalent bog’ uzilgach, atom holidagi xlor molekula

holidagi xlorni parchalab boraveradi. (Shu o’rinda zanjir reaksiyalar haqida

tushuncha berish mumkin). Hosil bo’lgan xlorid suvda eritilib, xlorid kislota

hosil qilinadi.

Xlorning murakkab moddalar bilan birikishi:

a). xlorning suv bilan birikishi:

CI2 + H2 O → HCI + HCIO

xlorid kislota gipoxlorid kislota

Gipoxlorid kislota kuchli oksidlovchi

99

HCIO → HCI + O

b). xlor ishqorlar bilan birikadi:

2KOH + CI2 → KCIO + KCI + H2O

6KOH + 3CI2→ KCIO3 + 5KCI + 3H2O

v) xlor tuzlardan brom va iodni siqib chiqaradi:

2 KBr + CI2 → 2 KCI + Br2

2 KJ + CI2 → 2 KCI + J2

Vodorod xlorid. Avogadro qonuni (gazlarning molyar hajmi)" mavzusida:

a). O’quvchilarda vodorod xloridning formulasi, molekulyar tuzilishi,

sanoat va laboratoriyada olinishi, fizikaviy va kimyoviy xossalari, ishlatilishi

haqida ma'lumot berish, vodorod xlorid misolida gazlar haqidagi Avogadro

qonunining mohiyatini tushuntirish, gazlarning molyar hajmi xususida bilim

berish;

b), v). Vodorod xlorid bilan ishlashda, uni hosil qilishda texnika xavfsizligi

qoidalariga rioya qilish, gazlarni hisoblash bo’yicha olib boradigan hisob -

kitoblarni amalga oshirish malakalarini tarbiyalash:

Darsni suhbatdan boshlab, o’quvchilarni xlorning vodorod bilan birikish

imkoniyati, uning borish mexanizmi, xlorning suv bilan birikish reaksiyasi haqida

savol-javob o’tkazish, muhokama yuritish kerak.

Shuningdek, vodorod xlorid molekulasi hosil bo’lishidagi kimyoviy

bog’lanish va kristall panjaralar tipi, vodorod xloridning suvda erishi va hosil

bo’lgan eritma haqidagi bilimlarni yuzaga chiqarish lozim.

O’qituvchi reja asosida quyidagilarni tushuntiradi:

1. Vodorod xloridning galogen vodorodlar ichida eng muhimi suvdagi eritmasi

xlorid kislotadir, uning formulasi HCI elektron (H :CI) qutbli kovalent

bog’lanishdagi modda.

2. Vodorodning xlorda yonishi, H2 + CI2 → 2 HCI

Vodorod xlorid laboratoriyada osh tuziga sulfat kislota qo’shib qizdirish natijasida

olinina

3. Vodorod xloridning fizikaviy xossalarini tushuntirishda uning rangsiz,

havodan og’ir, o’tkir hidli, suvda juda yaxshi eriydigan gaz ekanligi alohida

aytiladi.

4. Vodorod xlorid gazsimon modda bo’lganligi sababli oddiy sharoitda

metallar va oksidlar bilan reaksiyaga kirishmaydi.

5. Vodorod xlorid asosan xlorid kislota hosil qilish, plastmassa va kauchuk

ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

6. O’qituvchi vodorod xlorid gazi misolida har qanday gazning bir moli

normal sharoitda 22,4 l.hajmni egallashi haqidagi Avogadro qonunining kashf

etilishi, uning mohiyati, ahamiyati hamda bu qonun yordamida olib boriladigan

hisoblash ishlarini tushuntiradi.

Nazorat savollari

100

1. Galogenlar deb qanday elementlarga aytiladi?

2. Galogenlarning tartib raqami ortishi bilan:

a). Oksidlovchilik (qaytaruvchilik) xossalari qanday o’zgaradi.

b). Vodorodli birikmalarining xossalari qanday o’zgaradi?

36-ma’ruza

Mavzu: Xlorid kislota va uning xossalari, uning tuzlari. O’zbekistonda osh

tuzining olinishi.

Ma’ruza rejasi:

1. Xlorid kislotaning maktab kimyo kursida o’qitilishining maqsad va

vazifalari.

2. Xlorid kislotaning olinishi, fizikaviy va kimyoviy xossalari.

3. Xlorid kislotaning tuzlari, tuzlarning O’zbekistonda olinishi.

a) O’quvchilar xlorid kislotaning olinishi, fizikaviy va kimyoviy xossalari,

ishlatilishi haqidagi, uning tuzlari, tuzlarning ishlatilishi xususida bilimga ega

bo’lishi bilan boradigan kimyoviy reaksiyalarning tenglamalarini tuza bilish kabi

o’quv va malakalarni egallashlari lozim;

b), v) O’quvchilarda xlorid kislota bilan ishlashda ehtiyot choralari

ko’rish, xlorid kislota va uning tuzlari xalq xo’jaligida ko’p ishlatilishi misolida

ularni asrash va tejab - tergab ulardan foydalanish xislatlarini tarbiyalash.

Yangi material mazmunini quyidagi reja asosida bayon etish mumkin:

1. Olinishi. Xlorid kislota vodorod xloridning suvdagi eritmasidir, darslikda

ko’rsatilganidek asbob yig’ib, laboratoriyada xlorid kislota olish ko’rsatiladi.

Sanoatda esa vodorod xloridni vodorodning xlorda yonishidan hosil bo’lgan

mahsulotni suvda eritib olinadi.

Xlorning (-1) oksidlanish darajasi birikmalari xloridlar deyiladi.tarkibiga

ko’ra ularni metallar va metallmaslarning xloridlariga ajratish mumkin.

Element Na Mg AI Si P S

Xlorid NaCI MgCI2 AICI3 SiCI4 PCI5 SCI6

xloridning

tarkibi

asosli amfoter Kislotali

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, elementlarning davrlar bo’yicha tartib raqami

ortishi bilan xloridlarning xossasi asoslidan kislotaliga o’zgaradi.

2. Vodorod xloridni suvda eritib 40 %, zichligi 1,19 g/sm3 li xlorid kislota

olish mumkin.

Konsentrasiyali xlorid kislota rangsiz, nam havoda "tutun" hosil qiluvchi,

kuchli hid tarqatuvchi moddadir. Bundagi "tutun" kislotadan ajralib chiqayotgan

vodorod xloridning havodagi suv bug’lari bilan hosil bo’lgan tomchilardan

iborat.

3. Kimyoviy xossalari - xlorid kislota ham boshqa kislotalarda uchraydigan

umumiy xossalarga ega. Xlorid kislotaning metallar, metall oksidlari, asoslar,

101

tuzlar bilan o’zaro ta'siri jadval yordamida kimyoviy tajribalar ko’rsatib, kimyoviy

tenglamalar yozib tushuntiriladi

Xlorid kislota va uning tuzlariga xos xususiyatlarni reaksiya tenglamalari

yozib tushuntiriladi.

HCI + AgNO3 → AgCI + HNO3 kumush nitrat oq cho’kma

Xlorid kislota va uning tuzlariga kumush nitratni ta'sir ettirsak, suvda va

kislotada erimaydigan oq cho’kma hosil bo’ladi. Xlorid kislotaga

oksidlanuvchilarni ta'sir ettirsak zaharli gaz - xlor ajralib chiqadi.

6HCI + KCIO3 → KCI + 3H2O + 3CI2

4. Xlorid kislotaning ishlatilishi hamda osh tuzining ishlatilishi chizmalar

yordamida tushuntiriladi..

5,6 litr (n.sh.) vodorod hosil qilish uchun alyuminiyga ortiqcha olingan

holda qancha miqdor xlorid kislota sarf bo’ladi?

6 HCI + 2 AI → 2 AICI3 + 3 H2

219 67,2 l

67,2 l vodorod olish uchun 219 g xlorid kislota kerak.

gX 33,182,67

2196,5

xlorid kislota

"Galogenlarning chog’ishtirma tavsifi" mavzusida:

a). Galogenlar xossalarining bir-biriga nisbatan farq qiluvchi aktivligini

ochib berish, o’quvchilarning galogenlar haqidagi bilimlarini ularga chog’ishtirma

tavsif berish orqali umumlashtirish:

b), v). O’quvchilarda galogenlarning xossalari asosida ularni tavsiflay olish,

davriy sistema, atom tuzilishi nazariyasiga tayanib guruhlari xossalarini oldindan

ayta bilish qobiliyatlarini o’stirish.

Yangi material mazmunini yuzaga chiqarishga avvalgi materialni tayanch

qilib olib, yangi material o’quvchiga quyidagi reja asosida yetkaziladi:

1. Xlorid kislotaning olinishi, fizikaviy va kimyoviy xossalarini ayting.

2. Xlorid kislotaning tuzlari, tuzlarning O’zbekistonda olinishi haqida nimalarni

bilasiz?

Respublika tosh tuzi konlariga boy. Aniqlangan 5 ta tosh tuzi konlarida –

taxminan 90 milliard tonna xom ashyo bor. Hozirgi vaqtda Borsakelmas konining

tuzlaridan kalsiy va kaustik soda ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida

foydalanish ko’zda tutilmoqda. (I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida:

xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. 244-245 betla.r)

3. Galogenlarning ishlatilishi. Bu o’rinda o’quvchilarga oldindan tanish bo’lgan

xlorning ishlatilishini esga solish kerak. Galogenlar ichida xlor va uning

birikmalari eng ko’p ishlatiladi. Odam bir kecha-kunduz davomida qariyb 10g osh

tuzi iste'mol qiladi. Bu bir yilda 3,5 kg natriy xlorid degan gap.

Agar biz bu raqamlarni yer kurrasidagi barcha odamlarga nisbatan olsak,

17,5 mln tonna bo’ladi. Shuncha tuzni vagonlarga yuklansa, bu sostavning

uzunligi 5000 km ga yetadi. Shu misolning o’zi inson hayotida galogenlar va ular

birikmalarining naqadar ahamiyatli ekanligini bildiradi. Galogenlarda xlor va

102

uning eng muhim birikmalari orasidagi genetik bog’lanish qo’shimcha material

sifatida quyidagicha

beriladi.

a). galogenlarni erkin holatda olish usullarini izohlang.

b). galogenlarning atom massalari kattalashishiga qarab ularning fizikaviy

va kimyoviy xossalari o’zgarishini tushuntiring;

Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirishga imkon beradigan reaksiya

tenglamalarini yozing:

CI2→ CuCI2→ Cu(OH)2 → CuO→ CuCI2→ Cu

d) xlor va xlorid kislota xossalarini quyidagi jadval asosida izohlang.

Xlor xlorid kislota

1. Umumiy tavsif

2. Tabiatda uchrashi

3. Olinishi

a) laboratoriyada

b) sanoatda

4. Fizikaviy xossalari

5. Kimyoviy xossalari

6. Ishlatilishi

Nazorat uchun savollar

1. Xlorid kislota tuzlari O’zbekistonning qaysi tumanlarida uchraydi va ular

qaysi maqsadlarda ishlatiladi?

2. HCI formulasini qaysi holatda vodorod xlorid, qaysi holatda xlorid kislota

deymiz? Nima uchun xlorid kislota solingan idish og’zi ochilsa tutaydi?

3. Bu mavzu bo’yicha tematik reja tuzing.

4. Bu mavzu bo’yicha reja konspekt yozing.

5. Bu mavzuda bilimni tekshirishning qaysi nazorat turini taklif qilasiz?

6. Bu mavzu bo’yicha laboratoriya ishlari uchun vazifalar tayyorlang.

103

O’quvchilar foydalanishlari uchun qo’shimcha tavsiya

etiladigan adabiyotlar ro’yxati

1. I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’sida: xavfsizlikka taxdid,

barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.---T.: O’zbekiston, 1997

2. I.A.Karimov. “Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”

--T.: O’zbekiston, 1997

3. Umumiy o’rta ta’lim davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi. Toshkent,

1999, 3-son

4. I.R. Asqarov. Organik birikmalar nomenklaturasi va izomeriyasi.- T.:

O’qituvchi, 1995.

5. I.R. Asqarov., K. G’ofurov., va boshqalar. Kimyodan test. T.:

O’qituvchi, 1997.

6. A.G. Muftaxov. Organik kimyodan olimpiada masalalari va ularning

yechimlari. O’rta umumta’lim maktablari uchun qo’llanma.- T.:

O’qituvchi, 1997.

7. I.R. Asqarov., va boshqalar. Martabda kimyodan amaliy mashg’ulotlar.

T.: O’qituvchi, 1992.

8. T. Gulboyev. Ta’lim jarayonining tayanch bilimlari. T.: Fan, 1996.

104

9. T. Gulboyev. Ta’lim jarayonida tayanch bilimlarni rivojlantirishning

didaktik asoslari. T.: Fan, 1998

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Asosiy adabiyotlar

1. И.А.Каримов. Ызбекистон XXI аср быса\асида: хавфсизликка тахдид,

бар=арорлик шартлари ва тара==иёт кафолатлари.T.: Ызбекистон,

1997

2. И.А.Каримов. “Баркамол авлод Ызбекистон тара==иётининг

пойдевори”. T. Ызбекистон, 1997

3. Умумий ырта таълим давлат таълим стандарти ва ы=ув дастури.

Тошкент, 1999, 3-сoн

4. И. Н. Борисов. Химия ы=итиш методикаси. Тошкент, 1958.

5. З.Азимова. “Кимё дарсларида ы=увчиларга экологик таълим-тарбия

бериш” Т.: 1995.

6. “Хал= таълими журнали” Т.1998-2005 й.

7. Х.Т.Омонов., М.Н.Мирвохидова. “Кимё ы=итиш методикаси”

маърузалар матни. 2001

105

8. В.Н.Верховский. “Мактабда химия эксперименти

техникаси ва методикаси” 1-2 том. Т. Ы=итувчи, 1964

9. И. Мирзаев. “Дарс тащлили” Т. Ы=итувчи,1980

10. Л.Н. Глинка. Умумий химия Т.1968

11. Г.Щакимов. “Химиядан олимпиада масалаларини ечиш”.Т.1992.

12. Ёш химик энциклопедик лу\ати – Т. 1990

13. Т.Гулбоев. Таълим жараёнининг таянч билимлари. Т. Фан, 1996

14. Т.Гулбоев. Таълим жараёнида таянч билимларни ривожлантиришнинг

дидактик асослари. Т. Фан, 1998

15. Т.Гулбоев. Кимё таълими назарияси ва методикаси. Навоий,2001

MUNDARIJA

1. So’z boshi-------------------------------------------------------------------------------------------3

2. Kirish-------------------------------------------------------------------------------------------------4

3. Kimyo ta’limi metodikasi fani va o’quv predmeti. Yangi pedagogik texnologiyaning

vazifalari.---------------------------------------------------------------------------------------------5

4. Kimyo ta’limining maqsad va vazifalari----------------------------------------------------------7

5. O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi qonuni va O’zbekiston

maktablaridagi kimyo ta’limining konsepsiyasi.------------------------------------------------10

6. Hozirgi didaktik talablar asosida maktab kimyo kursining tuzilishi va mazmuni---------13

7. Anorganik kimyo bo’yicha o’quvchilarning bilim va ko’nikmalariga

qo’yiladigan asosiy talablar (VIII sinf misolida).-----------------------------------------------17

8. Kimyo o’qitish jarayonida o’quvchilarni tarbiyalash.------------------------------------------20

9. Kimyo o`qitish jarayonida o`quvchilarni bilim va ko’nikmalaini rivojlantirish.-----------22

10. Kimyo darslarida o’quvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya berish.-----------------------------27

11. Kimyo o`qitishning metodlari va uslublari haqida tushuncha--------------------------------30

12. Kimyo ta’limining og’zaki, ko’rgazmali, amaliy metodlari.

(Monologik va diologik metodlar)-------------------------------------------------------------32

13. Kimyo o’qitish metodikasida masalalardan foydalanish usullari.---------------------------36

14. O’quvchilar bilimini nazorat qilishning nazariy asoslari.-----------------------------------38

15. Test asosida tekshirish. Komp'yuter asosida test olish uslubi---------------------------------41

16. O’quvchilar bilmini tekshirishda reyting tizimi.------------------------------------------------44

17. Kimyo ta’limining tashkiliy shakli bo’lgan –d a r s, va uning xususiyatlari.-------------46

18. Dars tiplari va tuzilishini aniqlash --------------------------------------------------------------50

19. Kimyo o`qitishning ta`minot tizimi-------------------------------------------------------------55

20. Kimyo fanida komp’yuter dasturi.--------------------------------------------------------------58

106

21. Kimyodan sinfdan tashqari ishlar. Sinfdan tashqari ishlarning

ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati.------------------------------------------------------------------59

22. Kimyo ta’limida dastlabki kimyoviy tushunchalarni

shakllantirishning nazariy asoslari---------------------------------------------------------------62

23. Umumta`lim maktablari anorganik kimyo kursida moddaning tuzilishini o’rganish.

Moddaning tuzilishining o`rganishning maqsad va ahamiyati.-------------------------------65

24. O’rta maktabda D.I.Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy

sistemasi, davriy tizimi hamda atom tuzilishini o’rganish.-----------------------------------68

25. Kimyo kursida kimyoviy bog’lanish moddalarning

tuzilish nazariyasini o’rganish.------------------------------------------------------------------74

26. O’rta maktab kimyo kursida elektrolitik dissosiasiya nazariyasi.

Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi mavzusining o`rni va ahamiyati------------------------79

27. Organik moddalar tuzilish nazariyasini o`rganishning ahamiyati.----------------------------82

28. Kimyoviy ihlab chiqarish.-------------------------------------------------------------------------85

29. Qishloq xo’jaligini kimyolashtirish asoslari haqidagi tushunchalarni o’rganish-----------89

30. Anorganik birikmalarning asosiy sinflari haqidagi tushunchalarni shakllantirish.------91

31. Galogenlar mavzusini o’rganishda atom tuzilishi haqidagi bilimlarni

qo’llash va rivojlantirish--------------------------------------------------------------------------97

32. Xlorid kislota va uning xossalari, uning tuzlari

O’zbekistonda osh tuzining olinishi.--------------------------------------------------------100

33. O’quvchilar foydalanishlari uchun qo’shimcha tavsiya etiladigan

adabiyotlar ro’yxati---------------------------------------------------------------------------- 103

34. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati------------------------------------------------------------104

107

108